logo

PARRANDALAR GIGIYENASI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

24.3740234375 KB
PARRANDALAR GIGIYENASI
Reja:
1. Parrandalarni saqlash usullari va parrandaxonalar qurish gigiyenasi.
2. Tovuqlarni   oziqlantirish,   boqish,   go‘sht   va  tuxum   etkazishda  gigiyena
talablari.
3. Inkubatsiya va jo‘jalarni o‘stirish gigiyenasi
4. Kurka, o‘rdak va g‘ozlarni saqlashda gigiyena talablari. XX asr oxirlarida O‘zbekistonda 29 mln bosh parranda bo‘lib, 770 mln
dona   tuxum   etkazilgan.   Vazirlar   mahkamasining   yig‘ilishlarida
parrandachilikni   rivojlantirish,   bosh   sonini   ko‘paytirish,   xalqimizni   parhez
go‘sht   va   tuxumga   bo‘lgan   talabini   qondirish   borasida   qator   qarorlar   qabul
qilindi.     Bir   yilda   jon   boshiga   Amerikada   -   247,   Fransiyada   -   262,
Vengriyada   -   315   va   Rossiyada   -   240   dona   tuxum   ishlab   chiqariladi.   Bizda
esa   bu   ko‘rsatkich   112   donani   tashkil   etadi.   SHundan   ko‘rinib   turibdiki,
parrandachilikni   rivojlantirish   va     mahsuldorligini   ko‘paytirish   asosiy
vazifalardan biri hisoblanadi.
Parrandalar   uchun   quriladigan   parrandaxonalar   saqlash   usuliga   qarab
moslashtiriladi. Parrandalar asosan   polda   va   katakli   batareyalarda saqlanadi.
Erkin   holda  almashtiriladigan  yoki  almashtirilmaydigan   qalin  to‘shamalarda
saqlansa ichiga qo‘noqlar qilinadi yoki qo‘noqsiz bo‘ladi. Alohida yoki guruh
holida   kataklarda   saqlansa   boshqa   parrandaxona,   lager   sharoitida   saqlansa
boshqa binolar quriladi.
Parrandalardan   asosan   tuxum,   go‘sht   va   qo‘shimcha   ravishda   pat
olinadi.   SHuning   uchun   veterinariya-sanitariya   va   gigiyena   talablarini
hammasini   inkubatsiyaga,   jo‘jalarni   o‘stirish,   katta   yoshdagi   parrandalarni
parvarish   qilish,   broyler   jo‘ja   go‘shtini   etishtirishga   qaratish   lozim.
Parrandalarni   erkin   holda   va   kataklarda   saqlashni   o‘ziga   xos   afzalliklari
hamda   kamchiliklari   bor.   Erkin   holda   saqlanganda   bemalol   harakat   qiladi,
toza   havo   va   quyosh   nuridan   foydalanadi,   modda   almashish   yaxshilanib,
kasalliklarga chidamliligi ortadi, ammo hamma qilinadigan ishlar qo‘l kuchi
bilan   bajariladi.   Kataklarda   saqlansa   hamma   texnologik   jarayonlar
mexanizatsiyalashtirilib   mehnat   engillashadi,     mahsulot   tannarxi
arzonlashadi.   Lekin   bir   bosh   parranda   uchun   ajratilgan   joy   maydoni
kengayadi, ya’ni 1 m 2 
 joyga erkin holida boqilsa 5 - 6 bosh joylashtiriladi. Hozirgi   vaqtda   parrandaxonalar   kurishda   TLM   4   -   83   talabiga   javob
beradigan   yangi   loyihalardan   foydalanilmokda.   Parranda   fermalari   va
fabrikalari qurishda joyni to‘g‘ri tanlash, binolarni joylashtirish, bosh sonini
ko‘paytirish,   mahsuldorligini   oshirish,     sog‘lom   parranda   etkazish   asosiy
vazifadir.   Parrandaxonalar   o‘rtasida   yo‘lak   qo‘yilib   ikkiga   bo‘linadi.   Har
tomoni ham yana bir nechta seksiyalarga bo‘linib, alohida eshiklar qo‘yiladi.
Ferma   atrofi   2   metr   balandlikda   devor   o‘ralib,   yagona   kirish   chiqish   yo‘li
qilinadi.   Tovuqxonaning   janubiy   tomonidan   yayratish   maydoni   qilinib,
qo‘noqlar o‘rnatiladi. Qo‘noqlar har 250-500 bosh tovuq, 100 o‘rdak, 60 g‘oz
va   150   ko‘rkaga   bitta   o‘rnatiladi.   Parrandaxonalarning   poli   er,   sement,
asfaltdan bo‘lishi mumkin. Tovuqxona ichida kataklar, oxur, sug‘orish idishi
(avtosug‘orgich),   kul   solingan   yashikchalar   o‘rnatiladi,   Kul   solingan
yashikchalar   o‘lchami   1,2   x   1,2   m   va   balandligi   18   -   20   sm   bo‘ladi.
Parrandaxonalarda     1   m 2    
joyga   1   kunlik   jo‘jalardan   25   bosh,   2   oyligida   16
bosh, 2-3 oyligida 12 bosh, 5 - 6 oyligida 9 bosh, katta tovuqlardan 4 - 5 bosh
joylashtiriladi.
Parranda   fabrikalarini   qurishda   ayniqsa   o‘sayotgan   jo‘jalar   uchun
ajratilgan   binolar   shamol   esish   tomoniga   qaratib   quriladi.   Veterinariya
jihozlari,   sanitariya   so‘yish   va   o‘til   qilish   sexlari   shamol   yo‘nalishiga   qarab
quriladi.   Parrandachilik   fermalari   har   xil   yuqumli   kasalliklar   tarqalmasligi
uchun   alohida   sektorlarga   bo‘linadi:   Bunda   tuxum   tug‘adigan   tovuqlar,
inkubatsiya, so‘yish, patlash, xo‘jalik – boshqaruv bo‘limlariga  bo‘linadi. Bu
binolar   bir   biridan   alohida   ajratilib,   maxsus   eshiklar   orqali   kiriladi.   Har   bir
bo‘limga   kirish   joyida   sanitariya   ijozat   xonasi,   dezobarer,   dezomat   va
boshqalar qurilishi kerak.
Tovuqlarni   oziqlantirish,   boqish,   go‘sht   va   tuxum   etkazishda   gigiyena
talablari   -   Parrandalarni   oziqlantirishda   ozuqa   ratsionining   tuyimliligi   talab
darajasida   bo‘lishi   va   ratsiondagi   hazmlanuvchi   protein,   aminakislotalar, mineral   moddalar   va   vitaminlar   organizmning   talabini   qondirishi   kerak.
Ozuqa   ratsionining   tuyimlilie   darajasi,   mikroiqlim   ko‘rsatgichlarini     me’yor
darajasida bo‘lishi turli yuqumsiz,   yuqumli va parazitar kasaalliklarni oldini
olish   hamda   organizm   chidamliligini   oshirishning   asosiy   omillaridan
hisoblanadi.
Jo‘jalarni   60   kunligigacha   kuniga   4   -   5   marta     oziqlantirilib,   oziqa
doimo   oxurdan   uzilmasligi   kerak.   Parrandachilik   xo‘jaliklari   uchun   maxsus
omuxta   em   tayyorlanib,   uning   tarkibida   kalsiy,   fosfor,   natriy,
aminokislotalar, vitaminlar va makro - mikroelementlar bo‘ladi.
Parrandalarga   beriladigan   ozuqalarni   sifati   past,   sanitariya-   gigiyena
talablariga   javob   bermasa   parrandalarning   mahsuldorligi   pasayadi   va   turli
yuqumli   kasalliklarga   chalinadi.   Jumladan   aspergillyoz,   kandidomikoz;
avitaminoz,   mineral   va   oqsil   almashinishini   buzilishi   kasalliklarini   keltirib
chikaradi.   Parrandalarda   vitamin   etishish   -   etishmasligini   aniqlash     uchun
ulardan   namuna   suyilib,   jigarida   vitamin   A   ni   bor   yo‘qligini   qaraladi.
Masalan,   bir   kunlik   jo‘ja   jigarida     15   -   20   mkg,   10   kunligida   25   -   30,   1
oyligida   -   40;   2   -   4   oyligida   80   -   100   va   kattalarida   300-350   mkg   karotin
bo‘ladi.
Yirik   xo‘jaliklarda   broyler   jo‘jalarining   bosh   soni   3   mln.   gacha   etadi.
Bunday xo‘jaliklarda yil davomida jo‘jalar 56 - 63 kun boqilib tirik vazni 1,5
kg   ga   etkazib   suyiladi.   Bunda   jo‘jalarni   bosh   sonini   saqlab   qolish   -   97%
bo‘lib,   1   kg   tirik   vaznga   2,5   -   3   kg   omuxta   em   sarf   bo‘ladi.   «Broyler-20»
parrandaxonalarida   asosiy   ish   mexanizatsiyalashgan.   Bunda   jo‘jalar   to‘rt
xaftalik   yoshigacha   +18   -   20 0
S   da   saqlanib,   nisbiy   namlik   60-70%,   havo
harakati 0,5 - 1m/sek, SO
2   gazi 0,15 – 0,20%, ammiak 0,01-0,015 mg/l dan
oshmasligi kerak. Ular uchun alohida yoritish tizimi bo‘lib, 20 kunligigacha
24 soat, 21 - 40 kunligida 24 - 17 soat va 41 - 70  kunligida 17 soat davomida
yoritilib turiladi. 1 m 2
 joyga broyler jo‘jalari 14 - 15 bosh joylashtiriladi.  Jo‘jalar go‘sht uchun kataklarda ham o‘stiriladi. Umuman veternariya-
sanitariya gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish kerak, Ozuqalarning sifati,
to‘yimliligi,   ratsion   tarkibi,   mikroiqlim   ko‘rsatgichlari,   sifatli   suv   bilan
ta’minlash va boshqalar nazorat qilinishi zarur.
Yirik ferma va fabrikalarda tovuqlar kataklarda saqlangan jo‘jalar erkin
yurganga   qaraganda   tez   etiladi,   hatto   15   kun   oldin   tulaydi.   1   -   60   kunlik
jo‘jalar uchun KBE-1 katakli batareyalar ishlatilib, uning uzunligi 31 m, eni 9
m   bo‘ladi.   Unda     elektr   isitish   batareyasi,   sug‘orish   sistemasi,   oziqlantirish,
tozalash   kabi   ishlar   mexanizatsiyalashgan   bo‘ladi.   Keyingi   yoshdagilar
KBM-2,   KBM-2A,   KBM-25   batareyalarida   saqlanib   ular   uzunligi   va   ko‘p
qavatligi bilan farq qiladi. Katta yoshdagi tovuqlar alohida yoki  guruh holida
kataklarda saqlanadi.   Ko‘pincha kataklar yoni va poli panjarali yoki turdan
qilinadi.   Polni   oldingi   tomoni   pastrok   qiya   qilinadi,   ya’ni   tuxumni   namlab
kelishi uchun eng ko‘p tarqalgan, tuxum tug‘adigan tovuqlar KBM-1 markali
4   qavatli   katakli   batareyalarda   saqlanib,   ozuqa   tarqatish,   tagini   tozalash,
tuxum terish kabi ishlar birdaniga bir harakat bilan bajariladi. Ixtisoslashgan
fabrikalar   100-250   ming   bosh   tug‘adigan   tovuqqa   muljallanib   quriladi.
Jo‘jalar saqlanadigan binolarda nisbiy namlik 65-70 %, keyinchalik 55-60%
bo‘lishi   va   yoritishni   17   soatgacha   etkazish   kerak.   Uzoq   yoritish   jo‘jalarni
tuxumga   kirishini   tezlashtiradi,   ammo   o‘sishni   sekinlatib,   tuxumni   puchog‘i
ham qattiq bo‘lmaydi. Tug‘adigan tovuqlar uchun havo harorati +16 0   
- 18 0
S,
nisbiy namlik 60-70 % bo‘lishi kerak.
I nkubatsiya   va   jo‘jalarni   o‘stirish   gigiyenasi   –   P arrandachilik
xo‘jaliklarida   bir   kunlik   jo‘ja   olish   uchun   inkubatsiya   keng   qo‘llaniladi.
Ayniqsa   «Universal»   inkubatori   keng   qullanilib,   unda   tuxumlarni
joylashtirish,   havo   almashish,   harorat,   namlik   me’yori   avtomatik
boshqariladi.   «Universal»-45   va   «Universal»-50   inkubatorlari   45   yoki   50
ming   tuxumga   muljallanib   3   ta   inkubatsiya,   1   ta   chiqish   shkafi,   eshigi   va unda   qarab   turadigan   oynasi   bo‘ladi.   Tuxum   joylashtiriladigan   lotoklarni
bittasiga   120   ta   tovuq   tuxumi,   90   ta   o‘rdak,   50   ta   g‘oz   yoki   ko‘rka   tuxumi
sig‘adi. Tuxum solingan lotok maxsus baraban ustiga o‘rnatilgan bo‘lib har 2
soatda   avtomatik   ravishda   90   0
  ga   buriladi.   Inkubatsiya   yashigida   birinchi
jo‘jalar   chiqishi   boshlanishi   bilan   tuxumlar   jo‘ja   chiqadigan   yashigiga
o‘tkaziladi.
«Rekord   –   39»   va   «Rekord   –   42»   inkubatorlari   39,   42   ming   tuxumga
muljallanib,   shaxsiy     va   fermer   xo‘jaliklar   sharoitiga   moslashtiriladi.
Texnologik loyihaga asosan qurilgan inkubatsiya binosining o‘lchami 54x18
m bo‘lib, vodaprovod, kanalizatsiya, isitish va ventilyasiya hisobga olingan.
Inkubatsiya   binosi   tarkibiga     inkubatsiya,   jo‘ja   chiqish   zali,   tuxum   qabul
qilish,   saqlash,   saralash   ombori,   dezokamera,   yuvish,   bir   kunlik   jo‘jani
saqlash va saralash xonasi hamda qo‘shimcha binolar bo‘ladi.
Inkubatsiyaga   qo‘yiladigan   tuxumlar   saralanib,   yuqori   baholanishi
kerak.   Embrion   o‘sa   boshlagandan   boshlab   ovoskop   yordamida   doimo
ko‘zatilib   boriladi.   Saralangan   tuxum   to‘g‘ri   shaklda,   silliq,   toza,   pustlog‘i
mustahkam     bo‘lishi   kerak.   Inkubatsiyaga   qo‘yiladigan   tuxumning   og‘irligi
quyidagicha bo‘lishi shart: tovuq tuxumi 56-58 g, o‘rdak 70-90 g, g‘oz 120-
180   g,   ko‘rka   70-90   g,   seskarkaniki   35-45   g   bo‘lishi   va   yuqori   tomondagi
havo bushlig‘i 1,8-2 sm dan oshmasligi kerak. 
Har   xil   parrandalar   bir   vaqtda   tuxum   tug‘maydi   ya’ni   tovuq,   ko‘rka,
sessarka ertalab va kunduzi, o‘rdak tong azonda tug‘adi. Tuxumlar tezda terib
olinib vaqtinchalik harorati +8 0
  - 12 0
S, nisbiy namligi 70 %   bo‘lgan saqlash
xonasida saqlanadi.
Tuxumdan   jo‘ja   chiqish   muddati   turlichadir   ya’ni   tovuq   tuxumidan   -
21,   o‘rdak   va   ko‘rka   27,   g‘oz   tuxumidan   -   30   kunda   jo‘ja   chiqadi.   Jo‘ja
tuxumdan   chiqishidan   1-2   kun   oldin   tuxumlar   chiqish   latogiga   o‘tkaziladi.
Embrionni   ko‘zatganda   birinchi   kundan   boshlab   qon   tomirlarining   o‘sishi, ovoskopda   allantois,   qon   tomirlari   va   uchinchi   ko‘zatishda   esa   embrionni
o‘sishi   yaqqol   ko‘rinadi.     Agar   ko‘zatishda   qon   tomirlarini   o‘sishi
kuzatilmasa yoki yo‘q bo‘lsa, bunday tuxumlar olib tashlanadi.
Inkubatsiyadagi   tuxumlar   11-13   %   gacha   og‘irligini   yo‘qotadi   ya’ni
namligi   ketadi.   SHuning   uchun   inkubatsiya   shkafida   harorat   +37,4-37,5 0
S,
nisbiy   namlikni   55%,   nam   termometrni   ko‘rsatkichini   29 0
S   da   saqlash
mumkin. Jo‘ja chiqish zalida harorat +36,5-37,5 0
S, nisbiy namlik 55% ammo
jo‘ja   chiqish   vaqtida   nisbiy   namlik   80   %   gacha   ko‘tariladi.   Inkubatsiya
jarayonida   harorat   pasaysa   embrionni   o‘sishi   sekinlashadi,   havo   almashishi
yomon   bo‘lsa   kislorod   15%   gacha   kamayadi,   karbonat   angridrid   gazi   1   %
gacha   ortadi.   Natijada   embrion   nobud   bo‘ladi.   Havoning   harakat   tezligi   2
m/sek yoki soatiga 15 marta almashishi kerak.
Tuxumdan   chiqqan   jo‘jalar   usti   qurigancha   inkubatoriyada   saqlanadi.
Keyin   3   guruhga   -   sog‘lom,   nimjon   va   mayiblarga   saralanadi.   Naslchilik
xo‘jaliklarida   maxsus   mashinalarda   jo‘jalarni   burun   teshigining   1/3     qismi
pastidan kesiladi va ho‘rozchalarni tirnoqlari qirqiladi.
Sog‘lom   jo‘jalar   60   x   60   sm   kenglikdagi   va   18   sm   balandlikdagi
maxsus   yashiklarga   solinadi.   YAshik   4   bo‘limga   ajratilgan   bo‘lib,   har
bo‘limga   25   bosh   tovuq,   15   o‘rdak,   10   bosh   g‘oz   yoki   ko‘rka   jo‘jasi
joylashtirilib   kerakli   joylarga   junatiladi.   Jo‘jalar   1   -   60   kunligigacha   10-20
ming boshdan polda yoki kataklarda saqlanadi. Yirik jo‘jaxonalar  texnologik
loyiha asosida qurilib uzunligi 72-92 m, kengligi 12-18 m bo‘ladi. Jo‘jalarni
hayotini birinchi 5 kunligida jo‘jaxonada harorat +34 0
-35 0
S, keyinchalik asta
sekin   pasaytirilib   40-60   kunligida   +22-20 0
S   bo‘ladi.   Jo‘jalar   keltirilishidan
oldin   yaxshilab     ta’mirlanadi,   tozalanadi   va   dezinfeksiya   qilinadi.   2
oylikkacha   bo‘lgan   jo‘jalar   qalin   to‘shama   va   polda   20   ming   boshdan
saqlanadi. Bunda tovuqxona 2 bo‘limga bo‘linib, isitish qurilmalari qo‘yiladi va   1   m 2
  joyga   bir   oylikdan   26   ta,   1-2   oyligidan                               16   ta,   61-150
kunligidan 9 va 151-190 kunligidan 5-6 bosh joylashtiriladi.
Kurka,   o‘rdak   va   g‘ozlarni   saqlashda   gigiyena   talablari   -   Kurkalar
asosan go‘sht uchun boqilib, to‘g‘ri tashkillashtirilsa 1 kg o‘sishga 3,5-4,5 oz.
birligi   sarflanadi   va   120-150   kunligida   5-6   kg   ga   etishi   mumkin.   Ona
ko‘rkalar   keng   hajmli   alohida   bo‘limlarga   bo‘lingan   binolarda   va
almashtirilmaydigan   to‘shamada   saqlanadi.   Har   bir   bo‘limga   2   -   2,5   m 2
hisobidan   500   boshgacha   ko‘rka   joylashtiriladi.   Ular   asosan     quruq   ozuqa
bilan boqilib, oziqlanish oxuri 8 sm va sug‘orish oxuri 4 sm qilinadi. 
Inkubatsiyadan   chiqqan   ko‘rka   jo‘jalari   saralanadi   va   8-10   ming
boshdan   batareya   sexlaridagi   kataklarga   o‘tkazilib,   20   -   30   kunligigacha
boqiladi.   U   erdan   aklimatizatorga   (moslashadigan   sex)   o‘tkazilib   60
kunligigacha   saqlanadi.   Keyin   yo‘nalishiga   qarab   boshqa   binolarga
o‘tkaziladi.
Bir kunlik jo‘ja KBE-1 batareyali katakda boqiladi. Har bir katakga 12
boshdan   joylashtiriladi.   Polda   saqlansa   ularning   1   m 2
  pol   yuzasiga   1   -   2
oyligida 8 bosh, 2-3 oyligida 5 bosh, 3-5 oyligida - 3 boshdan  joylashtiriladi.
Bino   ichida   ularni   o‘tirishi   uchun   qo‘noqlar   qilinadi.   Qo‘noqlarni   uzunligi
har bir ko‘rka hisobiga 35 - 40 sm bo‘lishi va qo‘noq yog‘ochlari oralig‘i 50
sm,   poldan   balandligi   ham   50   sm   bo‘lishi   kerak.   Ko‘rkalar   uchun   bino
harorati   +22 0
  -   21 0
S   va   nisbiy   namlik   60-62%   bo‘lishi   lozim.   Ularni   doimo
to‘yimli   ozuqalar   bilan   ta’minlash   zarur,   ayniqsa   yosh   ko‘rkalarga   doimo
ko‘k ozuqalar, o‘stirilgan don, ko‘k piyoz va boshqa oziqaga muhtoj bo‘ladi.
O‘rdaklar - suvda   va   suvsiz   sharoitda   boqilib,   go‘sht   va   tuxum   etkazib
beradi.   Go‘sht   yunalishidagi   o‘rdaklar   fermalarda   o‘stirilib,   50-55   kunligida
og‘irligi   2,2-2,5   kg   ga   etadi.   Inkubatsiya   tuxumlari   uchun   ona   o‘rdaklar
polda, qalin to‘shamada saqlanib, doimo yayratish maydoniga chiqib yuradi.
O‘rdakxona   bo‘limlarga   bo‘linib,   har   bo‘limda   25-75   bosh   saqlanadi   va tug‘ish   uchun   50x30   sm   kenglik   va   20   sm   balandlikdagi   yashikchalar
o‘rnatiladi.   O‘rdaklar   1   m 2
  pol   yuzasiga   2   -   3   boshdan   joylashtirilib,
o‘rdakxona  harorati  +14 0
S, nisbiy namlik 70-80 % bo‘lishi va yorug‘lik 15-
16 soat berilishi zarur.
Ixtisoslashgan   xo‘jaliklarda   o‘rdak   jo‘jalari   katakli   batareyalarda   10
kunligigacha  30   boshdan   saqlanadi.  Bu   vaqtda  harorat  +28 0
  -30 0
S  va   nisbiy
namlik   65-70%   bo‘lishi   lozim.   O‘rdak   jo‘jalari   30   kunligidan   bo‘rdoqiga
boqilib, 55 - 60 kunligida tirik vazni 2,1-2,3 kg etadi. Mahalliy ozuqalar bilan
boqilib suvda saqlanadigan o‘rdaklar 2 - 3 haftaligidan keyin suvga qo‘yiladi.
Havzada   suvning   harorati   +14 0
S   bo‘lishi   va   1   ga   suv   havzasiga   200
boshgacha   o‘rdak   qo‘yiladi.   Suvda   boqilganda   30%   gacha   ozuqa   kam
sarflanadi. 
G‘ozlar- yaxshi   sifatli   go‘sht   berib,   uning   jigaridan   tayyorlangan
konserva   dunyo   miqyosida   dietik   ozuqa   hisoblanadi.   Ona   g‘ozlar
mexanizatsiyalashgan  g‘ozxonada  qalin  to‘shamada  saqlanadi.  G‘ozlar  1  m 2
pol yuzasiga 1,5 bosh hisobidan, har bir bo‘limga 25 boshdan joylashtiriladi.
Bino   yoniga   yayratish   maydoni   qurilib   ikkiga   bo‘linadi,   ya’ni   birida
oziqlanadi,   ikkinchisida   dam   oladi.   Ular   yaylov   ozuqalarida   ham   boqilishi
mumkin (2 kg gacha o‘t is’temol qiladi). Go‘sht uchun jadal usulda boqilsa
60 - 75 kunligida tirik vazni 4-5 kg ga etadi. Binoning poliga ohak sepilib (1
kg/m 2
), ustidan qum va uning ustidan to‘shama solinadi. G‘ozlarning yoshiga
qarab   havoning   harorati   5   kunligigacha   +25 0  
-   26 0
S,   6-15   kunligida   +23 0  
-
24 0
S, 16-30 kunligida +18 0 
- 22 0
S bo‘lishi kerak.
Yozning issiq paytlari bostirma tagiga o‘tkazilib 5 - 6 boshga 1 m 2   
joy
ajratiladi va har bo‘limda 800 - 1000 boshgacha saqlanadi. Havoning sovuq
vaqtlarida yopiq binolarda 150 - 175 boshdan guruh holida saqlanib, harorat
+14 0
S   bo‘lishi   lozim.   G‘ozlar   uchun   yorug‘lik   kuni   15-17   soat,   sun’iy
yorug‘lik esa 10 vt/m 2
 bo‘lishi kerak.  Adabiyotlar
1. Suvonqulov Y.A. "Qishloq xo‘jaligi  hayvonlari gigiyenasi"  Toshkent,
1994 y.
Qo‘shimcha adabiyotlar.
1. Kuznetsov A.F., Demchuk M.V. – «Gigiyena selskoxozyaystvennыx 
    jivotnыx» Moskva, 1991
2. Medvedskiy V.I. «Soderjanie, kormlenie i uxod za jivotn ы mi».  Minsk,
2007
3. Kochish   I.I.,   Kolyujnыy   N.S.,   Volchkova   L.A.,   Nesterov   V.V.
«Zoogigiyena», Moskva, 2008
4. Selyanskiy V.I. «Mikroklimat v ptichnikax» Moskva, 1995

PARRANDALAR GIGIYENASI Reja: 1. Parrandalarni saqlash usullari va parrandaxonalar qurish gigiyenasi. 2. Tovuqlarni oziqlantirish, boqish, go‘sht va tuxum etkazishda gigiyena talablari. 3. Inkubatsiya va jo‘jalarni o‘stirish gigiyenasi 4. Kurka, o‘rdak va g‘ozlarni saqlashda gigiyena talablari.

XX asr oxirlarida O‘zbekistonda 29 mln bosh parranda bo‘lib, 770 mln dona tuxum etkazilgan. Vazirlar mahkamasining yig‘ilishlarida parrandachilikni rivojlantirish, bosh sonini ko‘paytirish, xalqimizni parhez go‘sht va tuxumga bo‘lgan talabini qondirish borasida qator qarorlar qabul qilindi. Bir yilda jon boshiga Amerikada - 247, Fransiyada - 262, Vengriyada - 315 va Rossiyada - 240 dona tuxum ishlab chiqariladi. Bizda esa bu ko‘rsatkich 112 donani tashkil etadi. SHundan ko‘rinib turibdiki, parrandachilikni rivojlantirish va mahsuldorligini ko‘paytirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Parrandalar uchun quriladigan parrandaxonalar saqlash usuliga qarab moslashtiriladi. Parrandalar asosan polda va katakli batareyalarda saqlanadi. Erkin holda almashtiriladigan yoki almashtirilmaydigan qalin to‘shamalarda saqlansa ichiga qo‘noqlar qilinadi yoki qo‘noqsiz bo‘ladi. Alohida yoki guruh holida kataklarda saqlansa boshqa parrandaxona, lager sharoitida saqlansa boshqa binolar quriladi. Parrandalardan asosan tuxum, go‘sht va qo‘shimcha ravishda pat olinadi. SHuning uchun veterinariya-sanitariya va gigiyena talablarini hammasini inkubatsiyaga, jo‘jalarni o‘stirish, katta yoshdagi parrandalarni parvarish qilish, broyler jo‘ja go‘shtini etishtirishga qaratish lozim. Parrandalarni erkin holda va kataklarda saqlashni o‘ziga xos afzalliklari hamda kamchiliklari bor. Erkin holda saqlanganda bemalol harakat qiladi, toza havo va quyosh nuridan foydalanadi, modda almashish yaxshilanib, kasalliklarga chidamliligi ortadi, ammo hamma qilinadigan ishlar qo‘l kuchi bilan bajariladi. Kataklarda saqlansa hamma texnologik jarayonlar mexanizatsiyalashtirilib mehnat engillashadi, mahsulot tannarxi arzonlashadi. Lekin bir bosh parranda uchun ajratilgan joy maydoni kengayadi, ya’ni 1 m 2 joyga erkin holida boqilsa 5 - 6 bosh joylashtiriladi.

Hozirgi vaqtda parrandaxonalar kurishda TLM 4 - 83 talabiga javob beradigan yangi loyihalardan foydalanilmokda. Parranda fermalari va fabrikalari qurishda joyni to‘g‘ri tanlash, binolarni joylashtirish, bosh sonini ko‘paytirish, mahsuldorligini oshirish, sog‘lom parranda etkazish asosiy vazifadir. Parrandaxonalar o‘rtasida yo‘lak qo‘yilib ikkiga bo‘linadi. Har tomoni ham yana bir nechta seksiyalarga bo‘linib, alohida eshiklar qo‘yiladi. Ferma atrofi 2 metr balandlikda devor o‘ralib, yagona kirish chiqish yo‘li qilinadi. Tovuqxonaning janubiy tomonidan yayratish maydoni qilinib, qo‘noqlar o‘rnatiladi. Qo‘noqlar har 250-500 bosh tovuq, 100 o‘rdak, 60 g‘oz va 150 ko‘rkaga bitta o‘rnatiladi. Parrandaxonalarning poli er, sement, asfaltdan bo‘lishi mumkin. Tovuqxona ichida kataklar, oxur, sug‘orish idishi (avtosug‘orgich), kul solingan yashikchalar o‘rnatiladi, Kul solingan yashikchalar o‘lchami 1,2 x 1,2 m va balandligi 18 - 20 sm bo‘ladi. Parrandaxonalarda 1 m 2 joyga 1 kunlik jo‘jalardan 25 bosh, 2 oyligida 16 bosh, 2-3 oyligida 12 bosh, 5 - 6 oyligida 9 bosh, katta tovuqlardan 4 - 5 bosh joylashtiriladi. Parranda fabrikalarini qurishda ayniqsa o‘sayotgan jo‘jalar uchun ajratilgan binolar shamol esish tomoniga qaratib quriladi. Veterinariya jihozlari, sanitariya so‘yish va o‘til qilish sexlari shamol yo‘nalishiga qarab quriladi. Parrandachilik fermalari har xil yuqumli kasalliklar tarqalmasligi uchun alohida sektorlarga bo‘linadi: Bunda tuxum tug‘adigan tovuqlar, inkubatsiya, so‘yish, patlash, xo‘jalik – boshqaruv bo‘limlariga bo‘linadi. Bu binolar bir biridan alohida ajratilib, maxsus eshiklar orqali kiriladi. Har bir bo‘limga kirish joyida sanitariya ijozat xonasi, dezobarer, dezomat va boshqalar qurilishi kerak. Tovuqlarni oziqlantirish, boqish, go‘sht va tuxum etkazishda gigiyena talablari - Parrandalarni oziqlantirishda ozuqa ratsionining tuyimliligi talab darajasida bo‘lishi va ratsiondagi hazmlanuvchi protein, aminakislotalar,

mineral moddalar va vitaminlar organizmning talabini qondirishi kerak. Ozuqa ratsionining tuyimlilie darajasi, mikroiqlim ko‘rsatgichlarini me’yor darajasida bo‘lishi turli yuqumsiz, yuqumli va parazitar kasaalliklarni oldini olish hamda organizm chidamliligini oshirishning asosiy omillaridan hisoblanadi. Jo‘jalarni 60 kunligigacha kuniga 4 - 5 marta oziqlantirilib, oziqa doimo oxurdan uzilmasligi kerak. Parrandachilik xo‘jaliklari uchun maxsus omuxta em tayyorlanib, uning tarkibida kalsiy, fosfor, natriy, aminokislotalar, vitaminlar va makro - mikroelementlar bo‘ladi. Parrandalarga beriladigan ozuqalarni sifati past, sanitariya- gigiyena talablariga javob bermasa parrandalarning mahsuldorligi pasayadi va turli yuqumli kasalliklarga chalinadi. Jumladan aspergillyoz, kandidomikoz; avitaminoz, mineral va oqsil almashinishini buzilishi kasalliklarini keltirib chikaradi. Parrandalarda vitamin etishish - etishmasligini aniqlash uchun ulardan namuna suyilib, jigarida vitamin A ni bor yo‘qligini qaraladi. Masalan, bir kunlik jo‘ja jigarida 15 - 20 mkg, 10 kunligida 25 - 30, 1 oyligida - 40; 2 - 4 oyligida 80 - 100 va kattalarida 300-350 mkg karotin bo‘ladi. Yirik xo‘jaliklarda broyler jo‘jalarining bosh soni 3 mln. gacha etadi. Bunday xo‘jaliklarda yil davomida jo‘jalar 56 - 63 kun boqilib tirik vazni 1,5 kg ga etkazib suyiladi. Bunda jo‘jalarni bosh sonini saqlab qolish - 97% bo‘lib, 1 kg tirik vaznga 2,5 - 3 kg omuxta em sarf bo‘ladi. «Broyler-20» parrandaxonalarida asosiy ish mexanizatsiyalashgan. Bunda jo‘jalar to‘rt xaftalik yoshigacha +18 - 20 0 S da saqlanib, nisbiy namlik 60-70%, havo harakati 0,5 - 1m/sek, SO 2 gazi 0,15 – 0,20%, ammiak 0,01-0,015 mg/l dan oshmasligi kerak. Ular uchun alohida yoritish tizimi bo‘lib, 20 kunligigacha 24 soat, 21 - 40 kunligida 24 - 17 soat va 41 - 70 kunligida 17 soat davomida yoritilib turiladi. 1 m 2 joyga broyler jo‘jalari 14 - 15 bosh joylashtiriladi.

Jo‘jalar go‘sht uchun kataklarda ham o‘stiriladi. Umuman veternariya- sanitariya gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish kerak, Ozuqalarning sifati, to‘yimliligi, ratsion tarkibi, mikroiqlim ko‘rsatgichlari, sifatli suv bilan ta’minlash va boshqalar nazorat qilinishi zarur. Yirik ferma va fabrikalarda tovuqlar kataklarda saqlangan jo‘jalar erkin yurganga qaraganda tez etiladi, hatto 15 kun oldin tulaydi. 1 - 60 kunlik jo‘jalar uchun KBE-1 katakli batareyalar ishlatilib, uning uzunligi 31 m, eni 9 m bo‘ladi. Unda elektr isitish batareyasi, sug‘orish sistemasi, oziqlantirish, tozalash kabi ishlar mexanizatsiyalashgan bo‘ladi. Keyingi yoshdagilar KBM-2, KBM-2A, KBM-25 batareyalarida saqlanib ular uzunligi va ko‘p qavatligi bilan farq qiladi. Katta yoshdagi tovuqlar alohida yoki guruh holida kataklarda saqlanadi. Ko‘pincha kataklar yoni va poli panjarali yoki turdan qilinadi. Polni oldingi tomoni pastrok qiya qilinadi, ya’ni tuxumni namlab kelishi uchun eng ko‘p tarqalgan, tuxum tug‘adigan tovuqlar KBM-1 markali 4 qavatli katakli batareyalarda saqlanib, ozuqa tarqatish, tagini tozalash, tuxum terish kabi ishlar birdaniga bir harakat bilan bajariladi. Ixtisoslashgan fabrikalar 100-250 ming bosh tug‘adigan tovuqqa muljallanib quriladi. Jo‘jalar saqlanadigan binolarda nisbiy namlik 65-70 %, keyinchalik 55-60% bo‘lishi va yoritishni 17 soatgacha etkazish kerak. Uzoq yoritish jo‘jalarni tuxumga kirishini tezlashtiradi, ammo o‘sishni sekinlatib, tuxumni puchog‘i ham qattiq bo‘lmaydi. Tug‘adigan tovuqlar uchun havo harorati +16 0 - 18 0 S, nisbiy namlik 60-70 % bo‘lishi kerak. I nkubatsiya va jo‘jalarni o‘stirish gigiyenasi – P arrandachilik xo‘jaliklarida bir kunlik jo‘ja olish uchun inkubatsiya keng qo‘llaniladi. Ayniqsa «Universal» inkubatori keng qullanilib, unda tuxumlarni joylashtirish, havo almashish, harorat, namlik me’yori avtomatik boshqariladi. «Universal»-45 va «Universal»-50 inkubatorlari 45 yoki 50 ming tuxumga muljallanib 3 ta inkubatsiya, 1 ta chiqish shkafi, eshigi va