PARRANDALAR YUQUMLI BRONXITI
Mavzu: PARRANDALAR YUQUMLI BRONXITI Reja: 1. Yuqumli bronxitga ta’rif , qo’zg’atuvchisi, epizootologiyasi. 2. Klinik belgilari? 3. Patologoanatomik o’zgarishlar, tashxisi, qiyosiy tashxisi, oldini olish chora – tadbirlari.
Bronchitis infectiosa – yuqori kontagiozli virus kasalligi bo’lib, yoshlarda nafas olish va tovuqlarda ko’payish a’zolarini jarohatlanishi va tuxum berishni keskin pasayishi bilan xarakterlanadi. Qo’zg’atuvchisi - Coronavirus avian- koronovirus avlodi, koronaviridi oilasiga mansub. Virion polimorf, 80-100 nm, RNK saqlovchi, usti lipid qobig’i bilan o’ralgan. 20 dan ortiq serologik turlari mavjud. Virus 8-10 kunlik tovuq embrionida o’sadi. Virus embrionga ta’sir etib, uni rivojlantirmaydi-karlik bo’lib qoladi. Tovuq embrion allantois suyuqligida 37 0 S 10 kun, 20-30 0 da 24 kun, to’qimada 4 0 S da 80 kun virus faol saqlanadi. Bino ichidagi obyektda 17- 23 0 S da 7 kun, go’ngda 50 -90 kun, -30 0 S da 17 yil faol turadi. 2-5% karbol k islo ta, form alin , 3% li uyuvchi natriy bir necha daqiqada faolsiz lantira di . G o’ ngni b iotermik zararsizlantirishda virus 20 kundan keyin faolsiz lana di . Epizootologiyasi. Kasallikka tovuqning barcha yosh guruhlari moyil. Kaftar, quyon va ko’rshapalakni tajribada zararlab kasallanti-rish mumkin. Bedanani kontakt yo’li bilan tovuqdan yuqtirish mumkin. Kasallikni qo’zg’atuvchi manba bo’lib, kasal va kasaldan tuzalgan virustashuvchilar (3 oy) hisoblanadi. Virus ko’z yoshi, burun suyuqligi, axlat va tuxum bilan kasal parrandadan ajraladi. YuB juda kontagioz kasallik. Tuzalgan parrandalarda 12 oy davomida virusni neytrallovchi antitelolar kuzatiladi. Virusni tarqatuvchi omil bo’lib 1- havo hisoblanadi, kasal parranda yangi joyga keltirilganda tezgina aerogen barcha parrandalarga yuqtiradi va odatda epizootik o’choq yil davomida stasionar nosog’lom bo’lib qoladi. Chunki usha joyda virus tashuvchi, kasallik latent o’tuvchi parrandalar bo’ladi, ular tuxum orqali virusni keyingi avlodga qoldirad. Tuxumdan kasal boshlangandan 2-43 kun davomi- da virus ajratish mumkin. Patogenezi Yashirin davr 36 soatdan -10 kungacha. U parrandalarning yoshiga, saqlash sharoitiga, chidamligiga, virusning miqdoriga va
virulentligiga bog’liq. Virus organizmga respirator a’zolar epiteliyasiga kirib ko’payadi va u yerda distrofik o’zgarish-lar hamda ularni to’qimadan ajralishiga olib keladi. Keyin virus qonga o’tib butun organizmga tarqaladi. RIF usulida virusni traxeya, o’pka, jigar, buyrak, taloq va fabresevo xaltasida ko’rish mumkin. Ko’pincha tuxum yo’li jarohatlanib, tuxumni shakllanish jarayoni izdan chiqadi. Qon tomirlarining o’tkazuvchanligini oshishi natijasida traxeya, bronx shilliq pardalarida shish va yallig’lanish kuzatiladi va ushbu jarayonlar natijasida nafas olish tizimi a’zolarida shartli patogen mikrofloralarni ko’payishiga imkon yaratiladi. Virusni respirator a’zolar epiteliyasida va buyrakda klinik sog’aygan parrandalarda bir necha haftadan keyin ham aniqlasa bo’ladi. Nosog’lom xo’jalikda parrandalar boshqa kasallik qo’z-g’atuvchilariga (laringotraxeit, kolibakterioz, respir. mikoplazmoz va boshq.) ham juda moyil bo’lib qoladi. Kasallikni tarqalishiga parrandalarni zoogigiyenik talablar asosida joylashtirish, ularni yoshi, oziqlan-tirish sifati, mikroklimat holati, tirik vaksina bilan emlash kabi omillar katta rol o’ynaydi. Kasallik odatda tuxum olishni, parrandalarning tug’ish bosqichidan qat’iy nazar, keskin kamaytiradi. Klinik belgilari- shakllari Yuqumli bronxitda 3 ta klinik sindrom: Respiratorli,ko’payish azolari va Nefritli-nefroz kuzatiladi. Respiratorli sindrom asosan jujalarda bo’lib, ularda yo’tal, qiynalib nafas olish, kekirdak xirillashi, burundan suyuqlik oqish, ayrim hollarda kon’yunktivit, , rinit, sinusit (burun devori sh.p.) belgilari kuzatiladi. Jujalarda anoreksiya, kam harakatlik, issiq joyga yaqin-lashish holatlari namoyon bo’ladi. Kasallik asosan o’tkir(1-3 hafta) kechadi va o’lim 1-3 oylik jujalarda 5-33% gacha bo’ladi. 1 oylikdan katta jujalarda aks o’rish, yo’tal, quruq xiril-lash va ozroq burundan suyuqlik oqish kuzatiladi va 5-10 kun davom etadi. Jujalar o’sish va rivojlanishdan orqada qoladi.
Ko’payish a’zolarining jarhatlanish sindromi – Voyaga yetgan tovuqlarga rinit, kon’yunktivit, ayrimlaridagi qiyin nafas olish klinik belgilari xarakterli emas. 7- 14 kunlari kasallikning bosqichlaridan qa’tiy nazar tuxum tug’ish keskin (50%gacha) kamayadi, tuxumdan juja chiqish ham pasayadi. Nefrito-nefroz sindromida – Virusning ayrim shtamm-lari kasallikning 1-2 haftalarida buyrak va siydik yo’lini jarohatlashi va uratlar (siydik toshlari) hosil qilishi mumkin.Bunday holatda kasallarda depressiya va uratli diareya kuzatiladi. Virusni birlamchi sirkulyasiya-sida o’lim 57-70% ni tashkil etadi. Patologoanatomik o’zgarishlar Jujalarda burun va traxeyani qonga to’lishi va serozli yo serozli shilliq ekssudatni to’planishi kuzatiladi. O’pka ozroq kattargan, qizargan, pufakli suyuqlik bilan to’lgan. Havo xaltalari o’choqli yoki diffuzli yallig’langan. Buyrak va jigarda donali distrofiya kuzatiladi. Voyaga yetgan parrandalarda tuxumdon, tuxum yo’li to’la shakllanmagan, tuxum follikulalari atrofiyaga uchragan. Tuxum yo’lida kistalar, tuxumdon qobig’ida qon quyulishlar ko’zga tashlanadi. Jigar - qon harakati susayib (zastoy) giperemiyaga uchragan, uning uchlari o’tmas. Nefrito-nefroz sindromida buyrak ko’rinishi ola-bula va shishgan. Siydik kanallari uratlarga to’la, ular ichki a’zolarning seroz pardasida ham ko’zga tashlanadi. O’lgan tovuq embrionlarida serozli pnevmoniya, nefroz,
allantois suyuqligida uratlar to’planishi, embrionni o’rab turgan qobig’da shish va giperemiya kuzatiladi. Eng xarakterli belgi-zararlangandan 6-9 kun so’ng embrion-larni rivojlanmasligi - karlik embrion. Kasallikka klinik, epizootologik ma’lumotlar, patologo- anatomik o’zgarishlar asosida dastlabki va laboratoriya-viy tekshirish asosida yakuniy diagnoz qo’yiladi. Bularga: a) kekirdak,burun, tovuq embrioni va hujayralar kulturasi suyuqligidan virus ajratish; b) 8-10 kunlik embrionda biologik sinov (traxeya, o’pka va bronx suspenziyasini yuborish) yoki 10-20 kunlik jujalarga 0,5 ml suspenziyani traxeyaga yubriladi. Ularda 18-36 soatda klinik belgilar ko’rinadi; v) parrandaning juft qon zardobida antitelolarni 4 barobar oshishini kuzatish; g) neytralizasiya, BGAR, RDPva RIF reaksiyalar kiradi. VN antitelolari 11-36 kun orasida shakllanib, 483 kungacha saqlanadi. BGARda 187 kun antitelo aniqlanadi. RDP da juda tez diagnoz qo’ysa bo’ladi,ammo sezgirligi 10-50%. Ajratma diagnoz - YuLT, NB, gipovitaminoz A, respirator mikoplazmoz, chechak, gripp va yuqumli tumovdan farqlash kerak. Davolash- maxsus vosita yaratilmagan. Immunitet Kasaldan tuzalgan tovuqlarda keyingi virus bilan zararlanishga immunitet hosil bo’ladi. Maxsus oldini olish uchun xorijiy mamlakatlarda tirik attenuiasiya shtammlaridan va faolsizlantiilgan vaksinalar mavjud. Oldini olish tadbirlari Virusni fermaga kiritmaslik uchun inkubasion tuxum va 1 kunlik jujalar faqat sog’lom xo’jalikdan olinishi zarur. 1 kunlik jujalarni asosiy parrandalar binosidan uzoqroq alohida joylashtirilishi zarur. Sog’lom (inkub.tuxum beruvchi) xo’jalikda barcha transport va taralarni muntazam issiq 3%li kaustik soda, 40%li formalin,kaliy permanganat bilan aerozol holda (15-20ml/m 3 ) hisobda dezinfeksiya qilish nazorat etilishi, vet.- san. qoidalar bajarilishi talab etiladi. Navbatdagi parrandalar guruhini