YILQILAR GIGIYENASI
YILQILAR GIGIYENASI Reja: 1. Otlarni saqlash usulari va otxonalar qurish gigiyenasi. 2. Otlarni oziqlantirish, sug‘orish va sog‘ish gigiyenasi. 3. Yosh qulunlarni o‘stirish gigiyenasi. 4. Ishchi otlar va ularning egar-jabduqlariga bo‘lgan gigiyena talablari.
Yilqichilik chorvachilikni muhim tarmog‘i bo‘lib, otlardan qishloq jo‘jaligida, sport uyinlarida, chegara qo‘shinlarida, ichki ishlar vazirligi sohasida, er osti konlarida ishchi kuchi sifatida foydalaniladi va mahsulot olinadi. Xalq xo‘jaligida 2,2 mln dan ko‘p ot ishlatiladi, bu 15 ot kuchiga ega bo‘lgan 150 mingta traktorga teng demakdir. Statistik ma’lumotlarga qaraganda ikkinchi jahon urushigacha dunyoda 90 mln ot bo‘lgan. 1980 yilga kelib dunyoda 66 mln, O‘zbekistonda 89 ming bosh ot bo‘lgan. Mustaqil O‘zbekistonda yilqichilikni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor kuchaytirildi. Otlar otxona va yaylovda uyur usulida boqilib, otxonalarda alohida dennik, stoylalarda yoki guruh holida saqlanadi. Ishchi otlar alohida stoylalarda bog‘lanib, naslli ayg‘irlar, qulinli biyalar va chopadigan sport otlari maxsus denniklarda saqlanadi. Otchilik fermalari uchun TLM 9-83 bo‘lib, xo‘jaliklar yo‘nalishiga qarab; naslchilik, ishchi va tovar fermalariga bo‘linadi. Naslchilik xo‘jaliklarida otxonalar 20, 40, 60, 80, va 120 bosh biyaga mo‘ljalab quriladi. YAylovda esa 100, 200, 300 boshgacha biyalar birga boqiladi. Go‘sht etishtirishga mo‘ljallangan tovar fermalarida 150 - 900 boshga, qimiz etishtirishda 50 - 150 boshga muljallab quriladi. Naslchilik xo‘jaligida otxona 40 boshga mo‘ljallab qurilsa, unda biyalar, ayg‘ir va axtalangan ayg‘irlar saqlanadi. Onasidan ajratilgan toylarni 80 boshiga alohida bino quriladi. Nasllik otlar uchun qurilgan otxonalarda dennik, manej (qochirish joyi), emxona, asbob-anjomlar, egar-jabduqlar, navbatchilar, dag‘al ozuqa va to‘shamalar, sun’iy qochirish xonasi va boshqalar bo‘ladi. Ishchi otlar uchun qurilgan otxonalarda yuqoridagilardan tashqari stoyla, egar-jabduqlarni ta’mirlash va taqalash ustaxonasi bo‘lishi kerak. Qimiz ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovar xo‘jaligida esa sog‘ish xonasi bo‘ladi. YOsh nasllik toylarni saqlash binolarida dennik, manej
(egarlash), o‘rgatish va chiniqtirish maydoni, dush xonalari, dennik va guruhda saqlash uchun alohida bo‘limlar (seksiya) bo‘ladi. Yaylovlarda har bir ot uchun 0,3 - 0,5 ga er ajratilib iloji bo‘lsa to‘siqlar bilan o‘raladi. SHamol va noqulay ob-havodan saqlash uchun shiyponlar qurilib ichida oxurlari bo‘ladi. Hamma turdagi otchilik fermalarida veterinariya bo‘limi, tortish joyi, sug‘orish qurilmasi, temirchilik, egar jabduq ustaxonasi, ozuqa ombori, go‘ngxona, idora, maishiy xizmat xonalari quriladi. YOsh toylar uchun qurilgan binolar boshqa otxonalarga qaraganda balandroq shamol esadigan tomondan quriladi. Otxona va uning ichki jihozlari texnologiyani loyihalash me’yoriga (TLM 9-83) to‘g‘ri kelishi zarur. Otxonalar asosan G va P shaklda qurilib, stoyla va denniklar 2 qator qilib joylashtiriladi. Ularning orasidan kengligi 2,6 - 3 m bo‘lgan ozuqa - go‘ng yo‘li qilinadi. Ot zavodlarida, otxonalarda ozuqa - go‘ng yo‘li 2 m kenglikda, devor tomonidan quriladi. Otxonaning bir qatorida 12 tagacha dennik, 30 tagacha stoyla joylashtirilib, binoning o‘rtasida boshqa qo‘shimcha xonalar qilinadi. Nasllik otlar otxonasining balandligi 3 m, ishchi otlar uchun 2,4 m va tovar xo‘jaligidagi otxonalar uchun 2,7 m va manejning balandligi 4,5 m bo‘ladi. Binolar issiq, yorug‘, quruq bo‘lishi va ventilyasiya yaxshi ishlashi kerak. Bir bosh ot uchun stoyla yuzasi 5 - 5,5 m 2 , dennik esa 10,5 - 12 m 2 , toy guruhlari uchun kataklar 5 - 7 m 2 yuzaga ega bo‘lishi kerak. Ishchi otlar saqlanadigan joylar (stoyla) da otlar orasi yog‘och-bolor yoki devor bilan ajratiladi. Uning balandligi oxur tomondan 1 m, orqa tomondan 65 sm bo‘ladi. Denniklarni ajratib turadigan to‘siqlar pishgan g‘ishtdan, panjaradan yoki yaxshi tekislangan qalinligi 5 sm lik taxtadan 1,4 m balandlikda qilinadi. Oxurlar stoylaning kengligiga teng uzunlikda qurilib, otlar dag‘al ozuqalarni titib chiqarmasligi uchun ustiga olinuvchi panjara qo‘yiladi.
Oxurning bir uchidan 40 sm qismi em uchun ajratiladi. Oxurning ustki kengligi 60 sm, pastki kengligi 40 sm va chuqurligi 30 sm bo‘ladi. Otlar guruh holida saqlansa binoning bor bo‘yiga har bir ot uchun 1 m va yoshlariga 0,6 m hisobidan oxur qilinadi. Denniklarda 2,1 m uzunlikdagi oxur bir burchagiga o‘rnatiladi. Avtosug‘orgichlar denniklarda bitta, guruh holida saqlansa har bir ot uchun 0,6 m hisobidan suv oxuri qilinadi. Suv oxurining erdagi balandligi 0,9 - 1 m bo‘ladi. O tlarni oziqlantirish, sug‘orish va sog‘ish gigiyenasi - Otlarni oziqlantirishda gigiyena talablariga rioya qilish ularning sog‘ligini, mahsuldorligini, ishchanligini oshirish omili hisoblanadi. Ozuqa ratsionini tuzishda ozuqaning to‘yimliligiga, tarkibida protein, mineral moddalar, mikroelementlar va vitaminlar (karotin, vitamin D, V, S) ning etarli darajada bo‘lishiga e’tibor berish kerak. Qochirishdan oldin va qochirish davrida ayg‘irlarni har 100 kg vazniga 2 oz. birligi, boshqa vaqtlarda 1,6 oz. birligi beriladi. Og‘ir yuk tashuvchi otlarga 1,6 - 1,8 oz. birligi berilib, tarkibida hazm bo‘ladigan protein 130 g, kalsiy - 6 g, fosfor - 5 g va karotin 30 - 35 mg bo‘lishi kerak. Qulunli biyalar sut davrida 100 kg tirik vaznga 2 oz. birligi berilib, unda 100 g protein, 6 - 7 g kalsiy, 5 g fosfor, 20 - 25 mg karotin bo‘lishi lozim. Otlar ratsionida ko‘proq beda, em ozuqa bo‘lib, donli o‘simliklarni poxoli maydalanib, bug‘lab emga qo‘shib beriladi. Ildizmevali ozuqalar yuvilib, maydalanib, pishirib berilsa yaxshi bo‘ladi. Botulizm kasalligini oldini olish maqsadida makkajo‘xori va kungaboqar silosi beriladi. Silosni tayyorlashda ifloslanishiga va tuproq aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Otlar uchun eng yaxshi em- ozuqalar bo‘lib suli, arpa, maydalangan makkajo‘xori, kepak, kunjara va no‘xat hisoblanadi. Amerikada otlar uchun
eng yaxshi ozuqa bo‘lib 12 hissa makka, 4 hissa suli va 1 hissa kunjara qo‘shilgan ratsion hisoblanadi. Og‘ir ish bajaruvchi otlarga choshgohda 1 - 1,5 soat, tushda 2 - 3 soat, peshinda 1 - 1,5 soat dam beriladi. Kechasidan tonggacha ozuqa berib boqiladi. Otlarni ishtaxasini oshirish uchun birinchi dag‘al ozuqa, keyin suvli, undan keyin em va oxirida yana dag‘al ozuqa beriladi. Ovqat hazm qilish organlarini kasallikdan saqlash uchun, otlarni ishga chiqarishdan oldin va dam berishdan keyin tezda ozuqa berilmaydi, ya’ni oziqlantirilgandan 50 daqiqadan keyin ishga chiqariladi va ishdan keyin 1 soat o‘tgach oziqlantiriladi. Bundan tashqari 1 tur ozuqadan 2-turga o‘tishida ham ehtiyot bo‘lish zarur. O‘rganmagan ozuqa ta’sirida hazm qilish buziladi, ich ketadi, qotadi, sanchiq va meteorizm paydo bo‘ladi.. CHirigan, mog‘orlagan, hidlangan, muzlagan, zaharli o‘tlar, qum-tuproq aralashgan ozuqalarni berish qatiyan ma’n qilinadi. Otlarni sug‘orish - Otlar ko‘pincha 3 marta, yoz paytlari 5 - 6 marta sug‘oriladi. Issiqlagan vaqtda sug‘orilsa sanchiq belgilari va tuyoqda revmatik shamollash paydo bo‘ladi. Ishdan keyin teri qotishi uchun dam beriladi. Ot badani sovigandan yarim soat o‘tgach yarim chelak, yana yarim soatdan so‘ng to‘yganicha suv beriladi. Agar ish vaqtida sug‘orilib ishini darrov davom etkazishi mumkin. Ish tugashdan 30-40 daqiqa oldin sug‘orilsa, ot ishtaha bilan oziqlanadi. Em ozuqalardan keyin sug‘orilsa damlaydi, ya’ni arpa, suli, javdarlar shishadi va achish jarayoni kechadi. SHuning uchun emdan 40 - 50 daqiqa oldin yoki emdan 2 soat keyin sug‘oriladi. Har xil kasalliklar bo‘lmasligi uchun to‘g‘ri kelgan suvdan berilmaydi, yoki muzlagan suvni muzini yorib ichirilmaydi. Bu esa shamollash yoki bola tashlashga sabab bo‘ladi. Bug‘oz biya uchun suvning harorati +10 0 S dan kam bo‘lmasligi kerak.