logo

ASALARILAR GIGIYENASI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

24.5537109375 KB
ASALAR ILAR  GIGI Y ENASI
REJA:
1. Asalarioilalariningbiologikxususiyatlari
2. Asalariuyalarinijoylashtirishgigienasi.
3. Asalari kasalliklarini oldini olish choralari. Arxeologik   tekshirishlarga   qaraganda   asalarilar   eramizdan   60-80   mln.
yil oldin paydo bulishgan. Asal slavyanlarning hayotida muhim rol o‘ynagan.
Shuning uchun Rossiya guberniyalarda bunga juda katta e’tibor berilgan. Asal
eng   ko‘p   tarqalgan   shirinlik   bo‘lib   undan   turli   xil   shirinlik   ichimliklari
tayyorlangan.   Mumidan   esa   shamlar   ishlab   chiqarilgan.   XVII   -   XVIII   kelib
asalarilarni   o‘rmonlardan   qishloqlarga   k o‘ chib   (uchib)   kelishi   boshlangan
natijada aholi o‘rtasida ularni saqlash uchun oddiy uyalar qurila boshlangan. 
Hozirgi   vaqtda   asalarilarni   boqish   va   saqlash   uchun   bir   qismli   2-
derazali (435x300 mm), 2 - qismli 10-20 derazali (ramkali) uyalar ishlatiladi.
Asalari   uyalariga   asosan   qo‘yidagi   talablar   qo‘yiladi:   ular   aniq
o‘lchamli   bo‘lib   issiqlikni   yaxshi   saqlashi,   mikroiqlim   ko‘rsatkichlarini
me’yorida   tashkil   etishi   kerak.   Uyaning   hajmi   yilning   fasliga   qarab   nazoart
qilinishi   kerak.   Bunday   usul   ozuqani   iqtisod   qilishga,   kuchini   to‘plashga,
tashishiga qulaylik yaratib, ishlash engil va oson bo‘ladi.
Asalarilar   oilasiga:   ishchi   asalarilar   va   ona   asalari   kiradi.   Ona   asalari
oilada   asosiy   rolni   egallaydi.   Ona   asalari   bo‘lmasa   oila   yo‘q   deganidir.   Ona
asalarining tuxum qo‘yishi bir yilda  8-9 oy  davom etadi.  Tuxumdan lichinka
chiqib, g‘umbak va yosh asalarini tashkil qiladi.
Ona   va   ishchi   asalarilar   –   bular   urg‘ochi   asalarilar   hisoblanadi.
Ularning   urtasidagi   farq   jinsiy   etilishiga   qarab   aniqlanadi.   Ular   alohida   o‘z
funksiyasini bajaradi. Asalarilarni mahsuldorligiga va hayotchanligiga ichki va
tashqi ta’sirotlar ta’sir qiladi.
Tashqi   ta’sirotlarga   –   iqlim   sharoitlari,   yilning   fasli,   obu-havo,   asal
beruvchi   o‘simliklar,   suv   havzalari,   mineral   moddalar,   hayvonot   olami,
atmosfera  havosining  ifloslanishi,  kimyoviy  moddalar  bilan  zaharlanishlar  va
hakozalar kiradi.
Ichki   ta’sirotlarga   -   asalari   uyasining   shakli,   hajmi,   mikroiqlim
(harorat,   namlik,   yorug‘lik,   ventilyasiya)   uyaning   joylashgan   joyi,   uchib kiradigan   teshiklarning   katta-kichikligi,   uyani   kengaytirish,   yangilash,   asalari
kasalliklari, ozuqa zaxirasi va ularni bir joydan ikkinchi joyga kuchirish misol
bo‘ladi.
Asalari   uyalarini   joylashtirish   -   uchun   ularning   biologik   talablari,
mikroiqlim,     ser   o‘t   yaylovlar,   asalari   normal   hayot   kechirishi   uchun   erta
bahorda uzoq muddat gullaydigan asal beruvchi o‘simlikli yaylovlar tanlanadi.
Uya   tashqi   tomondan   o‘sib   turgan   usimliklar   bilan   himoya   qilingan   joylarda
saqlanib   yoki   kirish   tuynuklari   propolis   bilan   yopilib   2-3   asalari   kiradigan
bo‘lishi   kerak.   Asalarichini   asosiy   vazifasi   asal   olingandan   keyin   –   har   bir
asalari   uyasini   qish   fasliga   yaxshi   tayyorlashi   kerak   ya’ni   uyalarni   issik
saqlash,   ularni   hayotini   saqlab   qolish   uchun   haroratni   +34 0
-35 o
C   holida
saqlashi   zarur.   Yaxshi   isitilgan   uyalarda   asalarilar   qishdan   tulig‘iga   sog‘lom
chiqadi.   Qishda   –   asalarilar   yozdagidek   aktiv   bo‘lmaydi,   bir-biri   bilan   ozuqa
almashmaydi.   Ular   alohida   o‘zining   ishlatgan   ozukasiga   qarab   oziqlanadi.
Asalari 3-16 mg asal is’temol qilib harorat +15 0
-20 o
C bo‘lganda ushbu ozuqa
24-36 soatga etadi.
Asalari uyalari noyabr oylarida tozalanib doimo ventilyasiyasi nazorat
qilinib  harorat  0 0
  + 3 o
C,  nisbiy  namlik  75  –  58holatida  saqlanadi.  Yil  fasliga
qarab   asalari   uyalarida   mikroiqlim   qo‘rsatkichlari   o‘zgarib   turadi.   Optimal
mikroiqlim     ko‘rsatkichlari   uyadagi   asalari   soniga,   fiziologik   holatiga,
yoshiga,   yosh   asalarini   chiqishiga,   ozuqa   miqdori   va   sifatiga   bog‘liq   bo‘ladi.
Mikroiqlim ko‘rsatkichlarini me’yorda saqlash asalarilarni ko‘payishiga, yosh
asalari hamda ona asalarini normal rivojlanishiga ta’sir qiladi.
Harorat   rejimi   –   uyaning   ichidagi   harorat   asalari   oilasining   fiziologik
holatiga bog‘liq bo‘ladi. Ichki harorat asosan kuz-qish faslida hamda bahor –
yoz   fasllarida   ishchi   asalarilar   va   ona   asalarilar   ko‘payishi   vaqtida   o‘zgarib
turadi. Asalarining   optimal   tana   harorati   +34 0  
-   36 o
C,   ko‘krak   bulimining
harorati   qorin   bo‘shlig‘iga   nisbatan   yuqori   bo‘ladi.   Asalarilarni   tana   harorati
tashqi   muhitda   +14 o
C   ga   ishchi   asalarilarni   tana   harorati   +16 o
S   tashqi
haroratga   nisbatan   yuqori   bo‘lishi   mumkin.   Asalarilarni   tana   harorati   tinch
holatda turganda +10 o
C bo‘ladi. Bu asosan oziqaga bog‘liq bo‘ladi.
Havoning   namligi   –   asalari   uyalarida   havoning   nisbiy   namligi   25-100
%   bo‘ladi.   Bu   holat   oilaning   tarkibiga,   kunning   vaqti,   yilning   fasli,   obu-
havoga bog‘liq bo‘ladi. Eng yuqori nisbiy namlik 85 - 95% asalari tuxumlari,
tuxumdan chiqayotgan yosh asalarilar saqlangan uyada bo‘ladi. Nisbiy namlik
50%   bo‘lganda   tuxumlar   quriydi,   70%   da   ko‘pchiligi   o‘ladi.   Shuning   uchun
tuxumlan   chiqayotgan   asalarilar   uchun   nisbiy   namlik   90%   bo‘lishi   kerak.
Nisbiy   namlikni   yuqori   bo‘lishi   asalarilar   o‘rtasida   nezematoz,   akarapidoz,
varroatoz,   Evropa   chirishi   kasalligi   va   boshqa   kasallaklarni   kelib   chiqishiga
sababchi   bo‘ladi.   Namlikni   ko‘payishini   oldini   olish   maqsadida   asalari
uyalarini namlik yuqori bo‘lgan dalalar, suv havzalaridan uzoqda erdan 40-50
sm   balandlikda   joylashtirish   kerak.   Namlik   kirishini   oldini   olish   maqsadida
asalari   uyalarini   pastki   qismi   yog‘li   buyoqlar   bilan   buyalgan   bo‘lishi   kerak.
Atmosfera   havosining   isishi   bilan   uya   ichidagi   ventilyasiyani   kuchaytirish
kerak.   Pestitsidlar   ishlayotgan   vaqtlari   asalarilar   uchib   chiqadigan   teshiklarni
2-3 kungacha yopish kerak. 
Asalarilar   suv  ichadigan   joylari   uyadan   kamida   88  m,  maksimal  2387
m   gacha   bo‘lishi   kerak.   Olib   kelingan   suv   tomchilarini   yosh   asalarilar
uyachalariga   tomchilab   qo‘yadi.   Ularning   harakati   yosh   asalarilarni   suvga
bo‘lgan   talabiga   bog‘liq.   Yosh   asalarilar   bir   kunda   10-20   ml   suv   is’temol
qiladi.   Suv   ta’minotini   yaxshilash   uchun   uyaga   yaqin   joyda   suvdonlar
o‘rnatiladi.
Karbonat   angidrid   gazi   -   asalarilar   uchun   tashqi   atmosfera   havosida
kislorod   gazi,   asalari   uyasi   ichida   esa   CO
2     gazi   ko‘p   uchraydi.Yil   davomida karbonat   angidrid   va   kislorod   gazining   miqdori   doimo   o‘zgarib   turadi.   CO
2
gazining   miqdori   kamayadi   va   0,05-0,15%   bo‘ladi.   Agar   asalarilar uchmay
uyada   qolganda   uning   miqdori   1,6-2,2%   gacha ko‘paysa ,   kislorod   miqdori
19,9-20,3% atrofida saqlanadi.
Yoz va kuz oylarida CO
2   i O
2    gazining miqdori oshib boradi uyaning
o‘rtasida CO
2  gazi 0,9-2,5%, uchib kirish tomonida 0,4-1,2%, O
2   10 - 16% va
19%   atrofida   saqlanadi.   Bu   gazlarning   miqdori   qish   faslining   oxiriga   kelib
karbonat   angidrid   miqdori   3,5-4,5%   ga,   kislorod   esa     14   –   16%   gacha
ko‘payadi. 
Yorug‘lik   asalarilar   uchishiga   ta’sir   ko‘rsatadi.   Tong   vaqti   yorug‘lik
0,05   lk   bo‘lganda   asalarilar   uchishga   harakat   qiladi.   Asalarilar   asosan
uyalaridan   25-50   m   uzoqlikda   qo‘yilgan     saxarozaga   yorug‘lik   0,1-0,2   lk
bo‘lganda   uchib     borishadi.   Yorug‘lik   3   lk   bo‘lganda     uyadan   1000   m
uzoqlikdagi ozuqa oxurlariga uchib borishadi. 875 metrgacha yorug‘lik 15 lk
kam   bo‘lmaganda   harakatlanadi.   Kechqurun   yorug‘lik   4   lk   bo‘lganda   50
metrgacha, 16 lk bo‘lganda 1000m gacha va 216 lk bo‘lganda 3375 m gacha
uchib boradi.
Asalarilar   ko‘pgina   kasalliklarga   uchraydi   va   bu   ularning   umrini
qisqarishiga,   mahsuldorligini   kamayishiga   va   o‘limiga   sababchi   bo‘ladi.
Asalari   kasalliklari   qishqi,   bahorgi   va   yozgi   kasalliklarga   bo‘linadi.   Klinik
belgilariga   qarab   ich   ketish,   chirish,   qotib   qolishi,   falajlanish   va     zaharlanish
xarakteriga hamda kelib chiqishiga qarab bo‘linadi.
Asalarining   kasalliklari   -   asalarilar   ko’pgina   kasalliklarga   uchraydi   va
bu   ularning   umrini   qisqarishiga,   mahsuldorligini   kamayishiga   va   o’limiga
sababchi   bo’ladi.   Asalari   kasalliklari   qishqi,   bahorgi   va   yozgi   kasalliklarga
bo’linadi.   Klinik   belgilariga   qarab   ich   ketish,   chirish,   qotib   qolishi,
falajlanish   va     zaharlanish   xarakteriga   hamda   kelib   chiqishiga   qarab
bo’linadi. Asalarilarning kasalliklari yuqumsiz, yuqumli va invazion turlarga bo’linadi.   Bundan   tashqari   asalarilarning   parazitlari   doimiy   yoki   vaqtincha
asalari   uyasida   yashaydi,   ular   asalari   yoki   asalni   istemol   qiladi,   uyalarini
buzadi.  
Evropa chirish kasalligi  -  yuqumli kasallik bo‘lib, avvalo, ochiq so‘ngra
yopiq naslda bo‘ladi. Kasallik asosan asalarining tuxumidan chiqqan naslini
shikastlantiradi,   truten   naslini   kamroq   zararlantiradi.   Kasallanish   lichinkalar
tuxumdan chiqqandan keyin 3 – 4 - kuni boshlanadi. 
Kasallikni- pluton streptokokklari hisoblanadi. Kasallik kelib chiqishiga
havoning   bulutligi,   namli   bo‘lishi,   arixonaning   sovuqda   qolishi,   oziqning
etarli bo‘lmasligi va shunga o‘xshash omillar sabab bo‘ladi. 
Oldini   olish   choralari   -   kasallik   aniqlangandan   keyin   kasal   paseka   va
uning   atrofi   radiusi   5   km   gacha   bo‘lgan   hududga   karantin   e’lon   qilinadi.
Evropa   chirishi   kasalligi   yo‘q   qilingandan   keyin   bir   yil   o‘tgach   paseka
karantindan   chiqadi.   Evropa   chirishi   bilan   kurashish   asosida   preparatlarni
qo‘llash   bilan   bir   vaqtda   o‘tkaziladigan   bir   qator   sanitariya   choralari   ham
mavjud.   Sanitariya   choralaridan   kurashishda   Evropa   chirish   kasalligining
ayniqsa   eskirgan   formalari   bilan   asalari   oilasini   haydash   yoki   ko‘chirib
o‘tkazish muhim ahamiyatga ega.
Amerika   chirish   kasalligi   –   yopiq   naslning   yuqumli   kasalligidir.  
Kasalli kni  - larve batsillasi qo‘zg‘atadi. Bu mikrob juda chidamli spora
hosil   qiladi.   Ular   asalda   quyosh   nuri   ta’sirida   ham   4-6   haftagacha,   qaynab
turgan   suvda   13   minut,   +100 0
C   gacha   qizitilgan   mumda   5   kungacha
saqlanadi. 
Oldini   olish   choralari   -   laboratoriyada   amerika   chirishi   kasalligi
tasdiqlangandan  keyin  pasekaga  va  uning atrofi radiusi 5  km  gacha  bo‘lgan
masofaga karantin e’lon qilinadi. Bu erdagi kasallik yo‘q qilinganidan keyin
bir yil o‘tgach karantin olib tashlanadi. Davolash tadbirlari bilan bir qatorda
pasekada   amerika   chirishi   kasalligini   yo‘q   qilish   maqsadida   kasallangan asalarilar solingan arixonalar, ular turgan joy, romlar va boshqa asalarichilik
inventarlari   yaxshilab   dezinfeksiya   qilinadi.   Uyalar   turgan   joylarni   qayta
kavlab unga 10% li yangi so‘ndirilgan ohak (1 m 2 
erga 1 l hisobidan) sepiladi.
Buning uchun 1 kg so‘ndirilmagan ohakni olib 1 l suvda eritiladi. Keyin yana
9   l   suv   qo‘yiladi.   Ohakni   yog‘och   bochkada   o‘chirish   kerak.   Arixonani
dezinfeksiya   qilish   oliddan   yaxshilab   mum,   propolisdan   tozalab,   issiq
shelokda (2 kg kulning 1 chelak suvdagi aralashmasi) yoki 3% li kir sodasida
yuviladi,   quritiladi   va   kavsharlash   lampasining   o‘ti   bilan   tekis   qoramtir
rangga   kirguncha   kuydiriladi   yoki   20%   li   kaustik   soda-potash   aralashmasi
bilan   har   2   soatda   ishlov   berish   kerak.   Aralashma   1   m 2  
maydonga   0.5   l
hisobidan sarflanadi. Dezinfeksiya qilingan arixonada bir sutkadan keyin toza
suv bilan yuviladi, quritiladi.
Arixonaning   ustki   taxtasi,   romlari,   bo‘luvchi   to‘r   va   boshqalari
o‘yuvchi     natriyning   2%   li   eritmasida   15   min   yoki   4%   kaustifikatsiya
qilingan soda-potash aralashmasida qaynatiladi.
Pasekada dezinfeksiyani maxsus kiyimlarda, ya’ni himoya ko‘z oynagi,
doka   boylag‘ich,   og‘iz   burinni   yopib   turadigan   moslama   va   rezina
qshlqoplarda olib borilishi kerak. Kasal oilalardan olingan asalni asalarilarga
oziqa tarzida berish ma’n etiladi.
Nozematoz   -   asalarilarning yuqumli kasalligi bo‘lib, uni apis nozemasi
qo‘zg‘atadi.   Kasallik   bilan   katta   asalarilar   –   ona   va   ota   arilar   kasallanadi,
lichinkalarga   bu   kasallik   ta’sir   qilmaydi.   Kasallikni   qo‘zg‘atuvchi   nozema
apis bir hujayrali organizm bo‘lib asalarining o‘rta ichagida parazitlik qiladi.
Bu erga u zararlangan oziqa bilan tushadi. 
Oldini   olish   choralari   -   kasallangan   pasekalarga   karantin   solinadi.
Sanitariya-profilaktika tadbirlarining asosiy vazifasi kasallikning oldini olib,
nozema   sporalarini   quritishdir.   Buning   uchun   arixonalar   va   inventarlar
yaxshilab dezinfeksiya qilinadi. Arixona va unga solinadigan taxtacha quyidagicha dezinfeksiya qilinadi:
ular mum va propolis (asalari elimi) dan tozalanadi, ishqorning issiq eritmasi
(600 g elangan pechka kuli yoki 200 g kir sodasini bir chelak suvda eritiladi).
Asalarilarning   najasi   qotib   qolgan   izlar   yuviladi,   quritilgandan   keyin
arixonaning   ichini   va   tirqishlarini   olov   yordamida   sal-pal   qizarguncha
kuydirish kerak. Romlari, asalarichilik inventarlarini va asalarichilik kiyimini
evropa chirishi bilan kasallangandagidek usulda dezinfeksiya qilinadi. Mum
inlar esa quyidagi usullarda dezinfeksiya qilinadi.
Akarapidoz   –   invazion   kasallik   bo‘lib,   u   nafas   olish   organlarini
zararlaydi. Akarapidoz bilan asosan hali nektar yig‘ishga chiqmaydigan yosh
asalarilar, shuningdek,truten va ona arilar ham kasallanishi mumkin. 
Kasallikni   -    akarapis vudi   kanasi hisoblanadi va ko‘zga ko‘rinmaydi,
uni   faqat   mikroskopda   ko‘rish   mumkin.   U   asalarining   traxeyasida,   ya’ni
nafas   olish   organida   parazitlik   qiladi.   U   asalarining   qoni   (gemolimfa)   bilan
oziqlanadi.   Parazit   asalari   organizmidan   tashqarida   yashay   olmaydi,   o‘lgan
asalarilarda 5 sutkagacha yashay olishi mumkin.  
Oldini olish choralari   - kasallik bir asalari oilasida aniqlanishi bilanoq
radiusi   5   km   atrofidagi   maydonga   karantin   e’lon   qilinadi.   Paseka   oilalari
bahorning   boshida   davolanadi.   Buning   uchun   yuqorida   tavsiya   etilgan
preparatlarning biridan foydalanish kerak. Asalarilar kanadan butunlay ozod
bo‘lmaguncha   davolash   davom   etaveradi.   Akarapidoz   bilan   kasallangan
asalarilar   turgan   arixonalar   va   mum   inlar   5   sutka   mobaynida   izolyasiyada
saqlanadi, keyin ular tozalanib yuviladi. Kasallik butunlay yo‘q qilinganidan
bir yil keyin karantin olib tashlanadi. 
Braulyoz   (bitlash)   –   asalari   va   ona   arining   invazion   kasalligi   bo‘lib
braula hasharoti tomonidan qo‘zg‘aladi.
Kasalli kni-   braula   yoki   asalari   biti   –   kichkina   qanotsiz   qizil-qo‘ng‘ir
rangli   hasharot.   Uning   uzunligi   1.3   mm,   eni   1   mm   tanasi   qora   tuk   bilan qoplangan. Braulaning uch juft oyog‘i bor bo‘lib, ular ichiga qarab kengayadi
va 30 tacha tishli taroqcha bilan tugaydi. Braula oyoqlari juda yopishqoq va
harakatchan. Ular ona ari va asalarining ko‘kragida yashashni yaxshi ko‘radi.
Ona ari va asalarilar iste’mol qiladigan ozuqa bilan oziqlanadi. Buning uchun
braula oyoqchalari bilan ona ari yoki asalarining og‘iz qismlariga ilinib olib,
ularning   ustki   labini   to   undan   bir   tomchi   ozuqa   paydo   bo‘lmaguncha
qitiqlaydi. Keyin shu oziqni iste’mol qiladi.
Oldini   olish   choralari   -   diagnoz   qo‘yilgandan   keyin   bunday   pasekaga
karantin e’lon qilinadi va kasallikni yo‘q qilish tadbirlari ko‘riladi. Asalari va
ona   arilardagi   etilgan   braulalarni   yo‘q   qilish   uchun   kasallangan   oilalarni
tamaki   yoki   fenotiazin   tutuni   bilan   tutatish   yoki   naftalin   qo‘llash   tavsiya
etiladi.
Senotainioz   -   invazion   kasallik   bo‘lib,   senotain   pashshasining
lichinkalari qo‘zg‘atadi. U asalarining ko‘krak bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi.
Kasallikni  -  mamlakatimizda senotainiya pashshasi faqat janub va o‘rta
mintaqada   uchraydi.   Bu   kumush   rang   pashsha   bo‘lib,   uy   pashshasiga
o‘xshaydi, faqat undan rangi ochiqroq. Senotainiya pashshasi juda ko‘p nasl
beradi   va   uy   pashshasidek   tuxum   qo‘ymay,   tirik   lichinka   qo‘yadi.   Urg‘ochi
pashshaning   qornida   100   dan   700   tagacha   lichinka   bo‘ladi.   Senotainiya
pashshasining   urg‘ochisi   asalari   tanasiga   lichinkalarni   qo‘yadi.   Ular   asalari
tanasining   tashqi   pardasini   kemirib   ichiga   joylashib,   u   erda   rivojlanishning
ma’lum   bosqichlarini   o‘taydi,   keyin   undan   chiqib   erga   kirib   ketadi.   Erda
lichinkalar   g‘umbakka,   ya’ni   yolg‘on   pillaga   aylanadi.   Ulardan   keyinchalik
etilgan   pashshalar   chiqadi.   Pillalarning   rivojlanish   muddati   15   dan   35
kungacha   bo‘lib,   bu   tashqi   sharoitga   bog‘liq.   Y o z   mobaynida   senotainiya
pashshasi   2   bo‘g‘in   avlod   beradi.   Ulardan   biri   yolg‘on   pilla   holatida   erda
qishlaydi. Bahor yoki iyun oyining boshida, issiq ob-havo sharoitida yolg‘on
pillalardan   etilgan   pashshalar   chiqadi.   Qurg‘oqchilik   yillari   yog‘ingarchilik yillariga   nisbatan   pashsha   kam   bo‘ladi.   Hovuzlardan   uzoqda   joylashgan
pasekalarda hovuzga yaqin joylashganlariga nisbatan pashshalar kam bo‘ladi.
Pasekalarda pashshalar arixonalarning yoki paxsalarning ustida o‘tiradi.   
Asalari   zarakunandalari   -   bularga   mum   kuyasi,   sichqon,   govzambur,
chumoli,   o‘lik   bosh,   kapalaklar,   shirshen,   filant,   oltin   shurka   kiradi.   Asalari
zararkunandalari   xamma   joyda   uchraydi   –   uyada   ham,   uyadan   tashqarida
ham.   Asal   to‘plash   uchun   uchub   chiqqan   asalariga:   qushlar   ham,   h ar   –   xil
xashoratlar ham, asal uchun ayiqlar ham, chumolilar ham  h ujum qiladi. Adabiyotlar :
1. Кузнецов   А.Ф. ,   Демчук   М.В.Гигиена   сельскохозяйственн ых
животных. Москва, 1991
2. Медведский   В.И.   Содержание,   кормление   и   уход   за   животными.
Минск, 2007
3. Кочиш   И.И.,   Калужный   Н.С.,   Волчкова   Л.А.,   Нестеров   В.В.
Зоогигиена. Москва, 2008

ASALAR ILAR GIGI Y ENASI REJA: 1. Asalarioilalariningbiologikxususiyatlari 2. Asalariuyalarinijoylashtirishgigienasi. 3. Asalari kasalliklarini oldini olish choralari.

Arxeologik tekshirishlarga qaraganda asalarilar eramizdan 60-80 mln. yil oldin paydo bulishgan. Asal slavyanlarning hayotida muhim rol o‘ynagan. Shuning uchun Rossiya guberniyalarda bunga juda katta e’tibor berilgan. Asal eng ko‘p tarqalgan shirinlik bo‘lib undan turli xil shirinlik ichimliklari tayyorlangan. Mumidan esa shamlar ishlab chiqarilgan. XVII - XVIII kelib asalarilarni o‘rmonlardan qishloqlarga k o‘ chib (uchib) kelishi boshlangan natijada aholi o‘rtasida ularni saqlash uchun oddiy uyalar qurila boshlangan. Hozirgi vaqtda asalarilarni boqish va saqlash uchun bir qismli 2- derazali (435x300 mm), 2 - qismli 10-20 derazali (ramkali) uyalar ishlatiladi. Asalari uyalariga asosan qo‘yidagi talablar qo‘yiladi: ular aniq o‘lchamli bo‘lib issiqlikni yaxshi saqlashi, mikroiqlim ko‘rsatkichlarini me’yorida tashkil etishi kerak. Uyaning hajmi yilning fasliga qarab nazoart qilinishi kerak. Bunday usul ozuqani iqtisod qilishga, kuchini to‘plashga, tashishiga qulaylik yaratib, ishlash engil va oson bo‘ladi. Asalarilar oilasiga: ishchi asalarilar va ona asalari kiradi. Ona asalari oilada asosiy rolni egallaydi. Ona asalari bo‘lmasa oila yo‘q deganidir. Ona asalarining tuxum qo‘yishi bir yilda 8-9 oy davom etadi. Tuxumdan lichinka chiqib, g‘umbak va yosh asalarini tashkil qiladi. Ona va ishchi asalarilar – bular urg‘ochi asalarilar hisoblanadi. Ularning urtasidagi farq jinsiy etilishiga qarab aniqlanadi. Ular alohida o‘z funksiyasini bajaradi. Asalarilarni mahsuldorligiga va hayotchanligiga ichki va tashqi ta’sirotlar ta’sir qiladi. Tashqi ta’sirotlarga – iqlim sharoitlari, yilning fasli, obu-havo, asal beruvchi o‘simliklar, suv havzalari, mineral moddalar, hayvonot olami, atmosfera havosining ifloslanishi, kimyoviy moddalar bilan zaharlanishlar va hakozalar kiradi. Ichki ta’sirotlarga - asalari uyasining shakli, hajmi, mikroiqlim (harorat, namlik, yorug‘lik, ventilyasiya) uyaning joylashgan joyi, uchib

kiradigan teshiklarning katta-kichikligi, uyani kengaytirish, yangilash, asalari kasalliklari, ozuqa zaxirasi va ularni bir joydan ikkinchi joyga kuchirish misol bo‘ladi. Asalari uyalarini joylashtirish - uchun ularning biologik talablari, mikroiqlim, ser o‘t yaylovlar, asalari normal hayot kechirishi uchun erta bahorda uzoq muddat gullaydigan asal beruvchi o‘simlikli yaylovlar tanlanadi. Uya tashqi tomondan o‘sib turgan usimliklar bilan himoya qilingan joylarda saqlanib yoki kirish tuynuklari propolis bilan yopilib 2-3 asalari kiradigan bo‘lishi kerak. Asalarichini asosiy vazifasi asal olingandan keyin – har bir asalari uyasini qish fasliga yaxshi tayyorlashi kerak ya’ni uyalarni issik saqlash, ularni hayotini saqlab qolish uchun haroratni +34 0 -35 o C holida saqlashi zarur. Yaxshi isitilgan uyalarda asalarilar qishdan tulig‘iga sog‘lom chiqadi. Qishda – asalarilar yozdagidek aktiv bo‘lmaydi, bir-biri bilan ozuqa almashmaydi. Ular alohida o‘zining ishlatgan ozukasiga qarab oziqlanadi. Asalari 3-16 mg asal is’temol qilib harorat +15 0 -20 o C bo‘lganda ushbu ozuqa 24-36 soatga etadi. Asalari uyalari noyabr oylarida tozalanib doimo ventilyasiyasi nazorat qilinib harorat 0 0 + 3 o C, nisbiy namlik 75 – 58holatida saqlanadi. Yil fasliga qarab asalari uyalarida mikroiqlim qo‘rsatkichlari o‘zgarib turadi. Optimal mikroiqlim ko‘rsatkichlari uyadagi asalari soniga, fiziologik holatiga, yoshiga, yosh asalarini chiqishiga, ozuqa miqdori va sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Mikroiqlim ko‘rsatkichlarini me’yorda saqlash asalarilarni ko‘payishiga, yosh asalari hamda ona asalarini normal rivojlanishiga ta’sir qiladi. Harorat rejimi – uyaning ichidagi harorat asalari oilasining fiziologik holatiga bog‘liq bo‘ladi. Ichki harorat asosan kuz-qish faslida hamda bahor – yoz fasllarida ishchi asalarilar va ona asalarilar ko‘payishi vaqtida o‘zgarib turadi.

Asalarining optimal tana harorati +34 0 - 36 o C, ko‘krak bulimining harorati qorin bo‘shlig‘iga nisbatan yuqori bo‘ladi. Asalarilarni tana harorati tashqi muhitda +14 o C ga ishchi asalarilarni tana harorati +16 o S tashqi haroratga nisbatan yuqori bo‘lishi mumkin. Asalarilarni tana harorati tinch holatda turganda +10 o C bo‘ladi. Bu asosan oziqaga bog‘liq bo‘ladi. Havoning namligi – asalari uyalarida havoning nisbiy namligi 25-100 % bo‘ladi. Bu holat oilaning tarkibiga, kunning vaqti, yilning fasli, obu- havoga bog‘liq bo‘ladi. Eng yuqori nisbiy namlik 85 - 95% asalari tuxumlari, tuxumdan chiqayotgan yosh asalarilar saqlangan uyada bo‘ladi. Nisbiy namlik 50% bo‘lganda tuxumlar quriydi, 70% da ko‘pchiligi o‘ladi. Shuning uchun tuxumlan chiqayotgan asalarilar uchun nisbiy namlik 90% bo‘lishi kerak. Nisbiy namlikni yuqori bo‘lishi asalarilar o‘rtasida nezematoz, akarapidoz, varroatoz, Evropa chirishi kasalligi va boshqa kasallaklarni kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi. Namlikni ko‘payishini oldini olish maqsadida asalari uyalarini namlik yuqori bo‘lgan dalalar, suv havzalaridan uzoqda erdan 40-50 sm balandlikda joylashtirish kerak. Namlik kirishini oldini olish maqsadida asalari uyalarini pastki qismi yog‘li buyoqlar bilan buyalgan bo‘lishi kerak. Atmosfera havosining isishi bilan uya ichidagi ventilyasiyani kuchaytirish kerak. Pestitsidlar ishlayotgan vaqtlari asalarilar uchib chiqadigan teshiklarni 2-3 kungacha yopish kerak. Asalarilar suv ichadigan joylari uyadan kamida 88 m, maksimal 2387 m gacha bo‘lishi kerak. Olib kelingan suv tomchilarini yosh asalarilar uyachalariga tomchilab qo‘yadi. Ularning harakati yosh asalarilarni suvga bo‘lgan talabiga bog‘liq. Yosh asalarilar bir kunda 10-20 ml suv is’temol qiladi. Suv ta’minotini yaxshilash uchun uyaga yaqin joyda suvdonlar o‘rnatiladi. Karbonat angidrid gazi - asalarilar uchun tashqi atmosfera havosida kislorod gazi, asalari uyasi ichida esa CO 2 gazi ko‘p uchraydi.Yil davomida

karbonat angidrid va kislorod gazining miqdori doimo o‘zgarib turadi. CO 2 gazining miqdori kamayadi va 0,05-0,15% bo‘ladi. Agar asalarilar uchmay uyada qolganda uning miqdori 1,6-2,2% gacha ko‘paysa , kislorod miqdori 19,9-20,3% atrofida saqlanadi. Yoz va kuz oylarida CO 2 i O 2 gazining miqdori oshib boradi uyaning o‘rtasida CO 2 gazi 0,9-2,5%, uchib kirish tomonida 0,4-1,2%, O 2 10 - 16% va 19% atrofida saqlanadi. Bu gazlarning miqdori qish faslining oxiriga kelib karbonat angidrid miqdori 3,5-4,5% ga, kislorod esa 14 – 16% gacha ko‘payadi. Yorug‘lik asalarilar uchishiga ta’sir ko‘rsatadi. Tong vaqti yorug‘lik 0,05 lk bo‘lganda asalarilar uchishga harakat qiladi. Asalarilar asosan uyalaridan 25-50 m uzoqlikda qo‘yilgan saxarozaga yorug‘lik 0,1-0,2 lk bo‘lganda uchib borishadi. Yorug‘lik 3 lk bo‘lganda uyadan 1000 m uzoqlikdagi ozuqa oxurlariga uchib borishadi. 875 metrgacha yorug‘lik 15 lk kam bo‘lmaganda harakatlanadi. Kechqurun yorug‘lik 4 lk bo‘lganda 50 metrgacha, 16 lk bo‘lganda 1000m gacha va 216 lk bo‘lganda 3375 m gacha uchib boradi. Asalarilar ko‘pgina kasalliklarga uchraydi va bu ularning umrini qisqarishiga, mahsuldorligini kamayishiga va o‘limiga sababchi bo‘ladi. Asalari kasalliklari qishqi, bahorgi va yozgi kasalliklarga bo‘linadi. Klinik belgilariga qarab ich ketish, chirish, qotib qolishi, falajlanish va zaharlanish xarakteriga hamda kelib chiqishiga qarab bo‘linadi. Asalarining kasalliklari - asalarilar ko’pgina kasalliklarga uchraydi va bu ularning umrini qisqarishiga, mahsuldorligini kamayishiga va o’limiga sababchi bo’ladi. Asalari kasalliklari qishqi, bahorgi va yozgi kasalliklarga bo’linadi. Klinik belgilariga qarab ich ketish, chirish, qotib qolishi, falajlanish va zaharlanish xarakteriga hamda kelib chiqishiga qarab bo’linadi. Asalarilarning kasalliklari yuqumsiz, yuqumli va invazion turlarga