AXBOROT SOHASINI ISLOH QILISH, AXBOROT VA SO’Z ERKINLIGINI TA’MINLASH.
AXBOROT SOHASINI ISLOH QILISH, AXBOROT VA SO’Z ERKINLIGINI TA’MINLASH. Ryeja: 1. Insoniyat tarixida axborot ehtiyoji. 2. Fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida axborot sohasini isloh qilish, so’z va axborot erkinligi. 3. Fuqarolik jamiyati boshqaruv myexanizmlari takomillashuvida zamonaviy axborot tyexnologiyalarining roli
1. Insoniyat tarixida axborot ehtiyoji. Har qanday jamiyatda axborot hamisha mamlakat taraqqiyotining ko’zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasi shakllanishining asosiy vositalaridan biridir. SHuning uchun ham, axborotga bo’lgan hayotiy ehtiyoj, uni qondirishga xizmat qiluvchi omillarni shakllantirish kishilik taraqqiyotining har bir bosqichida yetakchi o’rinlardan birini egallab kyelgan. Insoniyat tarixida axborot to’plash va tarqatishning dastlabki og’zaki (voizlar, jarchilar, choparlar va boshqalar) va yozma (popiruslardagi, e’lon taxtalari va hakozolardagi) namunalari nomuntazam bo’lsada, qadim zamonlardan yaxshi ma’lum. O’sha davrlardayoq to’laqonli axborot va xabarga talab hamda ehtiyoj turli manbalarda o’z aksini topgan. Zardushtiylik tarixining manbalarida aytilishicha, Zardusht xudoning payg’omi (xabari)ni odamlarga yetkazish orqali bosqinchilik va vayronliklar oldini olish, halol myehnat qilib, tinch-totuv yashash, adolat va haqiqatga sajda qilish kyerakligini o’rgatgan. 30 asrlar oldin bitilib, bizlarga yetib kyelgan “Avyesto”dan har qanday xabar, yangilik o’zining takomilligi, haqiqiyligi, to’liqligi bilan baholanishi, uning yordamida insoniyat yaxshilik va ezgulikka qarab intilishi to’g’risida xulosa qilish mumkin. Ommaviy axborotning asosiy ma’nosini anglatuvchi ma’lumot yig’ish, qayta ishlash va tarqatish hamda tyezkor xabarlar yozib jamiyatni ogoh etish bilan mashg’ul kishilar Amir Tyemur davrida ham bo’lganligi ma’lum. Bu haqda Sohibqironning «Qissai Tyemur»da: «Amr etdimkim, har sarhad va viloyat, lashkar va mamlakatg’a bir axbornavis (xabarlar yozuvchi, ya’ni muxbir) tayin etgaylarkim, sipoh va hokim va ra’iyat va byegona lashkar va mol va manolning mudoxil va maxorij va byegona odamlar va karvonning kirmak va chiqmog’i va hamsoya podshohlar mamlakatining axbori va alarning a’moli va af’oli va uzoq baladalardin dargohimg’a yuz qo’yg’on ulamo va fozil odamlarning ishlar va so’zlarin rostlig’ va durustlig’ bila yozib dargohg’a yiborgaylar» 1 , dyegan fikri buning dalilidir. Dyemak, bo’layotgan hodisa-voqyealar haqida xabar to’plash va 1 Амир Темур Кўрагон. иссаи Темур («Малфузоти Темурий»). Қ – Т.: ДИТАФ, 200 1 . – Б. 285.
davlatni boshqarishda ulardan foydalanish Sohibqiron uchun ham muhim omil bo’lgan. Alloma Alishyer Navoiy ham o’z ijodi va faoliyati davomida xolis va rost axborot masalasiga alohida e’tibor qaratgan. Uning “Hayratul abror” dostonidagi yolg’on xabar byeruvchining ahvoli: Har kishi yolg’onni dyesa, lyek kam Bo’lg’ay edi kosh bu davronda ham. 2 YOki “Farhod va SHirin” dostonida xabarning ijtimoiy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratgan mutafakkir ajdodimizning: Erursyen shoh - agar ogohsyen-syen, Agar ogohsyen - syen, shohsyen syen, 3 dyegan misrlari har qanday yangilik, xabar haqiqiyligi, xolisligi, to’liqligi va tyezkorligi bilan baholanganligi, uning yordamida halq irodasi yo’naltirilib turilganidan dalolat byeradi. U mazkur misrasida agar kishi axborotni birinchi bo’lib egallasa, jamiyat tizginini egallashi, aynan xabar sabab barcha halokat va falokatlarning oldini olishi haqidagi pandlari bugungi xabar, axborot boshqarayotgan dunyomiz haqidagi bashoratdyek ko’rinadi. Asrlar oshsada axborotga bo’lgan talablar dyeyarli o’zgargan emas. Aksincha, jamiyat hayotida uning ahamiyati borgan sari oshib borgan va bugungi kunga kyelib mamlakatimiz rivojlanishi strategiyasini shakllantirish va uni byevosita amalga oshirishda tobora katta rol o’ynamoqda. Bu esa ularning fuqarolik jamiyatiga xos asosiy omillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat byeradi. 2 Алишер Навоий. Тўла асарлар тўплами. Ўн жилдлик. 6-жилд. – Т.: .Ғ улом номидаги НМИУ, 2011. – Б. 179. Ғ 3 Ўша ерда. - Б. 178.
Mustaqillik yillarida erkin ommaviy axborot vositalari faoliyati uchun zarur bo’lgan huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy shart-sharoitlar shakllandi. OAVning fuqarolik jamiyati instituti sifa tida rivojlantirish yo’lidagi islohotlar izchil davom etmoqda. Diqqatga sa zovor muhim tomoni shundaki, erkin OAVni rivoj lantirmay turib, fuqarolik jamiyati qurish va inson er kinligi, huquqlarini ta’minlash mumkin emasligini jamoatchilik anglab yetdi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda so’z va matbuot erkinligini ta’minlash masalasi alohida o’rin egallashini nazarda tutib Prezident I.Karimov shunday dyeydi: «Jamiyatimizni yanada rivojlantirish va sifat jihatidan yangilash borasidagi eng muhim ustuvor yo’nalish – bu inson huquqlari va erkinliklarini, so’z va matbuot erkinligini, shuningdyek, oshkoralikni, jamiyatda o’tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni so’zda yoki qog’ozda emas, amaliy hayotda joriy qilishdir, dyesak, har tomonlama to’g’ri bo’ladi». Оммавий ахборот воситалари жамият ҳаётининг муҳим элементи: Ф уқароларни улар учун аҳамиятли воқеалар ҳақида долзарб ва ишончли ахборот билан таъминлайди Ш ахсни ижтимойлашувига хизмат қиладиган маърифий, таълим ва тарбиявий вазифаларни амалга оширади И жтимоий ҳаётнинг турли соҳаларидаги мавжуд муаммолар ҳақида жамоатчилик фикрини умумлаштириш ва ифода қилишда иштирок этади Д авлат ҳокимияти ва бошқаруви органларининг фаолиятини танқид ва назорат қилади. ОАВ фуқаролик жамиятида турли ижтимоий гуруҳлар ўртасида мулоқат воситаси ҳамда ижтимоий аҳамиятга молик масалаларни муҳокама қилиш қуроли ҳамдир Оммавий ахборот воситалари жамиятни уюштириш, жипслаштириш, фуқароларнинг ижтимоий фаоллигини рағбатлантириш имкониятига эга.
Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi axborot sohasini libyerallashtirish, so’z erkinligini ta’minlashda ham yangi bosqichni boshlab byerdi. O’tgan yillar davomida ushbu sohada kyeng qamrovli islohotlar, ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu borada axborot vositalari faoliyatiga oid mukammal huquqiy baza yaratilganligini va u insonlar uchun axborot olish sohasida erkinlik va huquqlarini ta’minlashda muhim rol o’ynayotganligini alohida qayd etish zarur. Avvalo, mamlakatimizda axborot sohasida olib borilayotgan siyosat O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida byelgilangan ommaviy axborot vositalari erkinligi va qonunlarga muvofiq faoliyat yuritishihar kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligiga, hamda o’zi istagan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega ekanligi haqidagi mye’yorlarni izchillik bilan va to’laligicha ta’minlanishi asosida amalga oshirilishini qayd etish zarur. SHu ma’noda Prezidentimiz I.A.Karimov ommaviy axborot vositalarining fuqarolik jamiyatidagi roliga alohida to’xtalib: “Ochiq va kuchli fuqarolik jamiyatini bugungi kunda erkin ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlangan tizimisiz tasavvur etib bo’lmaydi... ularning faoliyati samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan zarur mye’yoriy-xuquqiy baza, iqtisodiy va huquqiy kafolatlar yaratilgani ham bu sohadagi katta ishlarimizdan bo’ldi”, dyeb ta’kidlagani byejiz emas. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarning tahlili bu sohaga oid huquqiy bazani takomillashtirish izchil va tizimli tarzda amalga oshirib borilganligini ko’rsatmoqda. O’tgan yillarda mamlakatimizda yaratilgan huquqiy makon va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida bosma nashrlar soni ko’paydi, xususiy gazyeta va tyelyestudiyalar tizimi yuzaga kyeldi. 2. Fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida axborot sohasini isloh qilish, so’z va axborot erkinligi. Axborot erkinligini ta’minlaydigan konstitusiyaviy mye’yorlar ommaviy axborot vositalari faoliyatini va umuman axborot sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunlarda ham takomillashtirilgan.