O’zbekiston Respublikasida vijdon erkinligini ta’minlash
O’zbekiston Respublikasida vijdon erkinligini ta’minlash R e j a : 1. Vijdon erkinligi tushunchasi. 2. Sho'rolar davrida vijdon erkinligida yo'l qo'yilgan xatolar. 3. Mustaqil O'zbekistonda vijdon erkinligining konstitusion kafolatlari. 4. Din, e'tiqod erkinligi va ilmiy dunyoqarash
Vijdon erkinligi tushunchasi. Vijdon erkinligi kishining biror dinga e'tiqod qilish yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslik huquqidir. Shuning uchun bu muammo ijtimoiy hayotda tarixan muhim va murakkab masala bo'lib kelgan. Vijdon erkinligi huquqi kishilarning dinga bo'lgan munosabatidan tashqari shaxsning demokratiq adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalarni ham qamrab oladi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog'lom va barkamolligiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o'rni va bajaradigan vazifalari g'oyat muhimdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotinirng Ustavidan tortib, barcha xalqlar hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitusiya va qonunlarida vijdon erkinligi masalasi o'z ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumiy deklarasiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o'z dini yoki e'tiqodini o'zgartirish erkinligini, o'z dini yoki e'tiqodiga o'zicha, shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda va odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o'z ichiga oladi. Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas , u albatta ma ' lum ijtimoiy vaziyatda namoyon bo ' ladi . Shuning uchun uni konkret tarixiy , ijtimoiy sharoitsiz , ob ' yektiv va sub ' yektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin . Bundan tashqari « vijdon erkinligi » tushunchasini ilmiy talqin qilishda albatta milliy , mafkuraviy , madaniy va sinfiy omillarni ham nazarda tutish kerak . Vijdon erkinligi dinga ishonuvchilarni majburan o ' z e ' tiqodlaridan qaytarib , dinni ma ' muriy tarzda taqiqlab qo ' yishning har qanday nazariy va amaliy ko ' rinishlariga chek qo ' yadi . Shuningdeq u jamiyatdagi barcha konfessiyalar , ya ' ni dinlar , cherkov va diniy birlashmalar , turli dinlarga e ' tiqod qiluvchi kishilarni teng huquqli deb biladi , biron bir dinni imtiyozli , boshqa dinlardan ustun qilib qo ' ymaydi . Shu bilan birga jamiyatda ilmiy dunyoqarashning qaror topishini vijdon erkinligining amalda namoyon bo'lish belgilaridan biri deb hisoblaydi. Sho'rolar davrida vijdon erkinligida o'yl ko'yilgan xatolar. Oktabr to'ntarishidan keyin dastlabki davrlarda vijdon erkinligi masalasini, ya'ni davlat va din o'rtasidagi yangi munosabatni izchillik bilan amalga oshirishga harakat qilindi. Bu sohada 1918 yil 23 yanvarda RSFSR Xalq Komissarlari Kengashi tomonidan e'lon qilingan «Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to'g'risida»gi dekret dastlabki qadam bo'ldi. Bu dekretda davlat organlari yoki diniy tashkilotlar tomonidan fuqarolarning vijdon erkinligiga zo'rlik va tazyiq ko'rsatishning har qanday ko'rinishlariga chek qo'yish; ularga dinga bo'lgan munosabatlarini amalga oshirishda to'la erkinlik berish; dinga munosabat bilan bog'liq bo'lgan shaxsning huquqlarini ilgarigidek cheklab ko'yishlarni bekor qilish; hamma rasmiy aktlarda dinga bo'lgan mansublik shartlarini olib tashlash asosiy maqsad ekanligi qayd
qilingan edi. Diniy tashkilotlarga o'z funksiyalarini to'la amalga oshirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi lozimligi alohida uqtirib o'tilgan. Shunday qilib, dekret asosida har bir kishiga xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki e'tiqod qilmaslik huquqi berilgan. Dekret Sovet davlatining dinga nisbatan munosabati negizi bo'lib, uning asosiy g'oya va prinsiplari ittifoqdosh respublikalar Konstitusiyalari va shu sohadagi qonunlarida o'z ifodasini topgan va keyinchalik bularni rivojlantirishga xarakat qilingan. Jamiyatda yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy o'zgarishlar. Millionlab mehnatkashlarning bundan buyongi turmush tarzida ularning dunyoqarashlariga, ma'naviy hayotiga ham sezilarli ta'sir etgan. Hayotni qayta qurish, madaniy inqilobni amalga oshirish, odamlarni eskilik sarqitlaridan xalos qilish va shu kabi shiorlar ostida va ko'pincha ma'muriy va o'zboshimchalik yullari bilan minglab cherkov, masjid, ibodatxonalar, madrasa, seminariya, akademiyalar yopib qo'yildi, din peshvolari, ruhoniylar va ko'pgina dinga ishonuvchilar qatag'on qilindi. Bunday muhim jarayonlar ayniqsa chekka o'lkalarda, shu jumladan O'rta Osiyoda g'oyat keskin va dahshatli tus oldi. Birgina O'zbekiston hududida 24 mingdan ortiq masjid yopildi, ularning binolari bo'zilib tashlandi. Mahalliy aholi musulmonlari uchun aziz, muqaddas bo'lgan xalqning tarixiy va madaniy merosi hisoblangan yuzlab obidalar, maqbaralar, masjidu madrasalar xarobalarga aylantirildi. Toshkent shahridagi 26 madrasadan 1930 yilda 23 tasi bo'zib tashlandi. Dindorlik uchun odamlar quvg'in qilindilar, ularning molu mulklari ayovsiz musodara etildi. Bunday qonunsizliklarga chidolmayYU shahar va qishloq aholisidan anchagina qismi qo'shni mamlakatlar – Afg'oniston va Sharqiy Turkiston (Uyg'uristonga) qochib ketishga majbur bo'ldi. Aholini «tezroq savodxon va ma'rifatli qilish» bayrog'i ostida asrlar bo'yi xalqning madaniy boyligi, ma'rifat quroli, milliy g'ururi bo'lib kelgan arab alifbosiga asoslangan yozuv bekor qilinib, 11 yil ichida (1929- 1940 yillarda) avval lotin, so'ng rus alifbolari majburiy joriy etildi. Bu katta ma'naviy falokat edi. Albatta, chunki mahalliy xalqlar bu bilan o'z o'tmishidan, boy tarixiy va madaniy merosidan, ajdodu avlodlari yaratgan boyliklardan mahrum bo'lishga mahkum etildi. qadimiy madaniyat va ma'rifat o'chog'i bo'lgan zamin, dunyoga mashhur olimu mutafakkirlar yetishtirib bergan xalqlar endi «savodsiz», «qoloq», «madaniyatsiz» ga chiqarib qo'yildi. Agar 1984 yilda mamlakat bo'yicha hammasi bo'lib 7 ta musulmon uyushmasi ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lsa. Keyingi to'rt yil mobaynida jami bo'lib butun mamlakat bo'yicha 18 masjid ochildi, xolos. Ammo buning natijasida dindorlik kamaygani yo'q. Din mahalla, xonadonlar, kishilar qalbiga, ichki dunyosiga yanada chuqurroq kirib boraverdi. Ruxsat etilmagan ibodatxonalar, masjidlar, «maxvfiy» diniy maktablar soni ko'payaverdi. Shunday qilib, dinga nisbatan qo'llanilgan ko'p yillik ma'muriy-zo'ravonlik siyosati vijdon erkinligi tamoyillarini qo'pol ravishda buzdi, butun jamiyatga, shu jumladan O'zbekistonga
juda katta zarar keltirdi. Faqat mustaqillik sharofati bilan yuqorida qisqacha tavsiflangan ma'muriy ateizmga va qonunbuzarliklarga barxam berildi. Mustaqil O'zbekistonda vijdon erkinligining Konstitusion kafolatlanishi. 1991 yilda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi yangi Qonunni qabul qilgan edi. Qonun loyihasini tayyorlashda keng jamoatchilik vakillari, xalq deputatlari, olimlar, mutaxassislar, turli millat va din vakillari faol ishtirok etishdi. Bu qonun o'z mazmuni bilan ilgarigi qonunlardan katta farq qilardi. Qonunda O'zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganligi qayd etilgan. Buning ma'nosi davlat diniy masalalar bilan shug'ullanmaydi, diniy tashkilot va uyushmalar esa davlat ishlariga aralashmaydi, ya'ni din va diniy tashkilotlar davlat ajratilgan. 1998 yil 1 mayda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o'n birinchi sessiyasida vijdon erkinligi qonunining yangi tahriri qabul qilindi. Yangi tahrirdagi vijdon erkinligi qonuniga kiritilgan yangiliklar asosan quyidagilardan iborat: birinchidan, yoshlarga diniy ta'lim berish xususidagi huquqlarni muhofaza qilishga e'tibor qaratilgan. Qonunning 3-moddasidagi, 2- qismida bunday deyilgan: «Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o'qitishga yo'l qo'yilmaydi». Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 145-moddasida voyaga yetmagan bolalarni shunday qonunga zid tarzda dinga o'qitish – eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ahloq tuzatish ishlari yohud uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanishi ko'zda tutilgan. - Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi dindan ajratilgan. Uning tizimining o'quv dasturiga diniy predmetlar kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi degan dastur qonunning 7-moddasiga qo'shib qo'yilgan. - Uchinchidan, diniy ta'lim maxsus o'quv yurtlarida amalga oshiriladi. Diniy tashkilotlarning Markaziy boshqaruv organlari, ruhoniylar va o'zlariga zarur bo'lgan diniy xodimlar tayyorlash uchun diniy o'quv yurtlari tashkil etishga haqlidir; - Turtinchidan, dindan saboq beruvchilar, murabbiylar tegishli puxta bilimga va uni o'qitish haqidagi maxsus ruxsatnomaga ega bo'lishi shart; - Beshinchidan, qonun xususiy tartibda ta'lim berishni man etadi (9-modda). Bu qonunni buzganlar uchun O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 241- moddasida muayyan jazo belgilangan.
- Oltinchidan, vijdon erkinligi to'g'risidagi 1991 yildagi qonunning 13- moddasida diniy tashkilot yuridik shaxs huquqiga ega bo'lishi uchun uni tuzgan, kamida un kishidan iborat 18 yoshga to'lgan fuqarolar Adliya Vazirligining shu diniy tashkilot faoliyat ko'rsatish nazarda tutilgan hududdagi idorasiga Nizomni ilova qilib ariza topshiradilar, deb ko'rsatilgan edi. Yangi tahrirdagi qonunga binoan esa diniy tashkilot O'zR ning 18 yoshga to'lgan va respublika hududida doimiy yashayotgan yuz nafardan kam bo'lmagan fuqorolar tashabbusi bilangina to'ziladi. - yettinchidan, diniy tashkilotlar O'zR si Adliya Vazirligida yoki uning joylardagi organlarida ro'yxatdan o'tkazilganidan so'ng yuridik shaxs maqomiga ega bo'ladi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o'z faoliyatini amalga oshiradi (8- moddaning 5-qismi). Diniy tashkilot Nizomi davlat qonunlariga zid bo'lmasligi kerak. Agar diniy tashkilot Nizomi qonuniy hujjatlariga zid bulsa, diniy tashkilotning ushbu Nizomi ro'yxatga olinmaydi va o'zining faoliyati ta'kidlanib, tarqatiladi. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov «biz bundan buyon ham aholini eng oliy ruhiy, ahloqiy va ma'naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilish tarafdorimiz»,- deb ta'kidladi. Yurtboshimizning bu ulug'vor fikrlari barcha fuqarolar uchun dasturulamal bo'lishi lozim. Mustaqil O'zbekistonda din va e'tiqod erkinligi konstitusion kafolatlanganligini doimo yodda tutishimiz kerak. Din, e'tiqod erkinligi va ilmiy dunyoqarash. Yangi tahrirdagi Qonun vijdoniy e'tiqodga, uning dunyoviy va diniy shakllariga erk beradi, ularni mustaqil, teng mavjudligini va nizosiz ish olib borishlarini ta'minlaydi; ularni qullab-quvvatladi; g'ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qiladi. Bundayn tashqari har qanday ekstremistik harakatlar qoralanadi va bu ishlarning tashkilotchilari qonunning tegishli moddasi bilan jazolanadilar. Mamlakatimizda din va e'tiqod erkinligining ta'minlanishini ahamiyati shundaki, u xalqimizning ma'naviyati va psixikasiga hayotbaxsh ta'sir etib, insonning poklanishi, jamiyatni ma'naviy-ahloqiy jihatlardan sog'lomlashtirishda muhim o'rin tutadi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 16 diniy konfessiya faoliyat ko'rsatmoqda. Ular bilan davlat idoralari o'rtasida deiokratik tamoyillarga asoslangan huquqiy munosabatlar shakllandi. Din va e'tiqod erkinligini ta'minlash asosida mamlakatda fuqarolar hamjihatligi va milliy totuvliq tinchlik va barqarorlik vujudga kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari milliy Markazi o'tkazgan sosiologik tadqiqotlar natijasida barcha so'ralgan aholidan 79,2 foizi dinga ishonishini aytgan.