O’zbekiston Respublikasida Mediatsiyani Tartibga Solish Asoslari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MEDIATSIYANI TARTIBGA SOLISH ASOSLARI Reja: 1. O’zbekiston respublikasida mediatsiya sohasi 2. O’zbekiston respublikasining “mediatsiya to’grisida”gi qonuni va uning mazmun mohiyati 3. O’zbekiston respublikasida mediatsiya faoliyatini tashkil etish 4. O’zbekiston respublikasida mediatsiyani rivojlanish istiqbollari
1) O’zbekiston respublikasida mediatsiya sohasi. Mediatsiya – kelib chiqqan nizoni taraflar o zaro maqbul qarorga erishishi uchunʼ ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko magida hal qilish usuli. Qabul ʼ qilingan hujjatga asosan u nizolarning 3 ta toifasi bo yicha amalga oshirilishi ʼ mumkin: • fuqarolik huquqiy munosabatlardan, sh.j. tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolar; • yakka mehnat nizolari; • oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar. 2018 yil 3 iyulda O zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to g risida”gi qonuni ʼ ʼ ʼ qabul qilindi. Ushbu qonun bilan fuqarolik huquqiy munosabatlar, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolar, shuningdek yakka mehnat nizolari va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo lsa, ʼ taraflarning mediatsiyani qo llash bilan bog liq munosabatlarga nisbatan, agar ʼ ʼ qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo lsa taraflarning xohish-istagi ʼ asosida, suddan tashqari tartibda, nizoni sud tartibida ko rish jarayonida, sud ʼ hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mediatsiya tartib-taomili qo llanilishi belgilandi. ʼ Hozirgi kunda rivojlangan xorijiy davlatlar huquqiy tizimida nizoni sudgacha olib bormasdan, muqobil yo l bilan hal qilishga qaratilgan mediatsiya — yarashtiruv ʼ protsedurasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. O zbekistonda ham chinakam bozor ʼ mexanizmlarining joriy qilinishi va amalga oshirilishi bozor munosabatlarining har bir sohasini tartibga soluvchi zarur huquqiy zamin yaratilishini talab qiladi. O zbekiston Respublikasi Prezidentining imzosi bilan kuni kecha amaliyotga ʼ tatbiq qilingan “Mediatsiya to g risida”gi qonun muomalaga mediatsiyaga oid ʼ ʼ yangi tushunchalarni olib kirishi barobarida, jamiyat hayotining yana bir sohasini huquqiy jihatdan tartibga soladigan bo ldi. ʼ А yni paytda O zbekiston nizolarni hal ʼ qilishning muqobil usuli, mediatsiyadan foydalanishning dastlabki bosqichida turibdi. Mediatsiya — ingliz tilidan tarjima qilinganda “vositachilik” ma nosini anglatadi. ʼ U kelib chiqqan nizoni taraflarning o zaro maqbul qarorga erishish maqsadidagi ʼ ixtiyoriy roziligi asosida, xolis bo lgan shaxs, ya ni mediator ko magida hal qilish ʼ ʼ ʼ usulidir. Bugungi kunda O zbekistonda mediatsiyaga o xshash yarashtiruv ʼ ʼ protseduralari turli nizolarni hal etishda qo llanib kelinadi. Jumladan, ʼ
fuqarolarning o zini o zi boshqarish organlari tomonidan nizolashayotganʼ ʼ taraflarni, xususan, qo shnilar o rtasidagi nizolarni, oilaviy nizolarni yarashtirish ʼ ʼ faoliyatini ham mediatsiyaning bir shakli sifatida ko rish mumkin. Jamiyatimizda ʼ avvaldan mahalla raislari qo shnilar, oila a zolari, er-xotin o rtasidagi nizolarni hal ʼ ʼ ʼ etish vazifasini, ya ni mediator vazifasini bajarishgan ʼ . Mediatsiya keng qo‘llaniladigan davlatlarda u odil sudlovga erishishni ta'minlovchi usullardan biri ekanligi to‘g‘risidagi fikr mustahkam o‘rin egallagan. Bu haqiqatdan ham shunday. Hozirgi davrda sudlarga kelib tushayotgan ishlar soni ortib borayotganligi sababli jamiyat nizolarni hal etishning muqobil usullarini qidirmoqda. Bunga jumladan, nizolarni hakamlik sudlari va tijorat arbitrajlari tomonidan hal etilishi kiradi. Nizolarni hal etishda oxirgi natijaga erishish usuli sifatida mediatsiyadan foydalanish ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Odatda davlat sudlari nizolarni hal etishning muqobil usullarini rivojlantirishga har tomonlama ko‘mak beradi, sababi ular davlat sudlaridagi ishlar sonini normallashtirishga shuningdek, odil sudlovni samarali amalga oshirish uchun zarur sharoit yaratishga imkon tug‘diradi. Mediatsiyaning maqsadi – nizo ishtirokchilarining o‘z kelishmovchiliklarini mustaqil hal qilish layoqatiga, o‘zaro talablarini qondirishga va har ikki taraf uchun baravar foydali bo‘lgan kelishuvga erishishlariga ko‘maklashishdan iboratdir. Bu kabi nizoni hal qilish samaradorligiga nizolashayotgan taraflarda kelajakka yo‘naltirilgan maqsadli harakatlari hisobidan kooperatsiya va kommunikatsiyaga bo‘lgan qobiliyatning ochilishi tufayli erishiladi, bu esa nizo taraflariga vaqtni, pulni va emotsional resurslarini tejashga yordam beradi. Mediatsiyaning qanday asosiy prinsiplari mavjud? Mediatsiya a) maxfiylik, b) ixtiyoriylik, v) taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, g) mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Maxfiylik prinsipi. Mediatsiya ishtirokchilari mediatsiya jarayonida o‘zlariga ma'lum bo‘lib qolgan ma'lumotlarni ularni taqdim etgan mediatsiya tarafining, uning huquqiy vorisining yoki vakilining yozma roziligisiz oshkor qilishga haqli emas. Mediatsiya ishtirokchilari o‘zlariga mediatsiya jarayonida ma'lum bo‘lib qolgan holatlar haqida guvoh sifatida so‘roq qilinishi mumkin emas, shuningdek ulardan mediatsiyaga taalluqli axborotni talab qilib olish mumkin emas, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno. Ixtiyoriylik prinsipi. Mediatsiya taraflarning mediatsiyani qo‘llash to‘g‘risidagi kelishuvda ifodalangan o‘zaro ixtiyoriy xohish-istagi bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi.Mediatsiya taraflari mediatsiyani qo‘llashdan uning istalgan bosqichida voz kechishga haqli. Taraflar o‘zaro maqbul kelishuvni muhokama
qilish uchun masalalarni tanlashda erkindir. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish vaqtida yarashishga majburlash taqiqlanadi. Taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi prinsipi. Mediatsiya tartib-taomili mediativ kelishuv shartlariga bir tomonlama ta'sir ko‘rsatishni istisno etgan holda amalga oshirilishi kerak. Mediatsiya tartib-taomili nizo xususida taraflarning hamkorligi asosida o‘zaro maqbul qarorga erishish maqsadida amalga oshiriladi. Mediatsiya taraflari mediatorni, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibini, mediatsiya tartib-taomilidagi o‘z nuqtai nazarini, bu nuqtai nazarni himoya qilish usullari va vositalarini tanlashda, axborot olishda, mediativ kelishuv shartlarining o‘zaro maqbulligini baholashda teng huquqlardan foydalanadi hamda ularning zimmasida teng majburiyatlar bo‘ladi. Mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsipi. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediator mustaqildir. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediatorning faoliyatiga biror-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mediator xolis bo‘lishi, mediatsiya tartib-taomilini taraflarning manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirishi va mediatsiyada ularning teng ishtirokini ta'minlashi, taraflarga o‘z majburiyatlarini bajarishi hamda o‘zlariga berilgan huquqlarni amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi kerak. Mediatorning mustaqilligi va xolisligiga to‘sqinlik qiladigan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, u mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishdan voz kechishi kerak. 2) O’zbekiston respublikasining “mediatsiya to’grisida”gi qonuni va uning mazmun mohiyati O‘zbekiston Respublikasining Qonuni Mediatsiya To‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 12-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2018-yil 28-iyunda ma’qullangan. Ushbu Qonunning maqsadi: Ushbu Qonunning maqsadi mediatsiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Mediatsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari: Mediatsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining mediatsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunning amal qilish sohasi: Ushbu Qonunning amal qilishi fuqarolik huquqiy munosabatlardan, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarga, shuningdek yakka mehnat nizolariga va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga
mediatsiyani qo‘llash bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tatbiq etiladi. Ushbu Qonunning amal qilishi mediatsiyada ishtirok etmayotgan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat manfaatlariga daxl qiladigan yoki daxl qilishi mumkin bo‘lgan nizolarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat. Qonunda mediatsiya, mediator, mediativ kelishuv, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuv, mediatsiyani qo‘llash to‘g‘risidagi kelishuv kabi asosiy tushunchalar ochib berilgan. Qonunga muvofiq mediatsiya maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Qonunda belgilanishicha jismoniy shaxslar ham, yuridik shaxslar ham mediatsiya taraflari bo‘lishi mumkin. Taraflar mediatsiyada shaxsan yoki o‘z vakili orqali qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok etadi. Mediatorning faoliyati professional yoki noprofessional asosda amalga oshirilishi mumkin. Professional asosdagi mediator faoliyatini Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursidan o‘tgan, shuningdek Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan shaxs amalga oshirishi mumkin. Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini yigirma besh yoshga to‘lgan va mediator vazifalarini bajarishga rozilik bergan shaxs amalga oshirishi mumkin. Qonunga ko‘ra quyidagilarning mediator bo‘lishi taqiqlanyapti: • davlat vazifalarini bajarish uchun vakolat berilgan yoki unga tenglashtirilgan shaxs; • o‘ziga nisbatan sudning uni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lgan shaxs; • sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs; • o‘ziga nisbatan jinoiy ta'qib amalga oshirilayotgan shaxs. Mediatsiya taraflarning xohish-istagi asosida qo‘llaniladi. Mediatsiya sudgacha bo‘lgan tartibda, nizoni sud tartibida ko‘rish jarayonida sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar qo‘llanilishi mumkin.