logo

MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASINING TARTIBGA SOLISh MEXANIZMLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

58.3251953125 KB
MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASINING TARTIBGA SOLISh
MEXANIZMLARI
REJA
1. Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifni  tartibga solishning
mexanizmini asosiy shakllari, usullari va vositalari
2.  Mehnat shartnomalarining mehnat bozorini tartibga  solishdagi o‘rni
3.  Mehnat bozorini tartibga solishning mintaqaviy usullari
4.  Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish yo‘nalishlari 1.  Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishning
mexanizmini asosiy shakllari, usullari
 va vositalari
              Mehnat bozorini tartibga soluvchi asosiy sub’ekt davlat bo‘lganligi
uchun,   u   mehnat   bozorini   tartibga   solishni   amalga   oshira   olmaydigan   boshqa
sub’ektlarning umumiy va o‘ziga xos funksiyalarini bajaradi. Aynan davlat hamma
mamlakatlarda ishsizlik darajasini ko‘zatadi va tartibga soladi. 
          Shundan kelib chiqqan holda, davlat tomonidan tartibga solish iqtiso-
diy mexanizmi mehnat bozorini tartibga solishning eng muhim qismi hisoblanadi.
Ushbu   mexanizmni   ishlab   chiqish   iqtisodiyotni   tartibga   solishning   asosiy
vazifalaridan   biri   hisoblanadi.   Bunda   mehnat   bozorini   davlat   tomonidan   tartibga
solishni   iqtisodiy   mexanizmi   mehnat   bozorini   turli   hil   parametrlariga   davlat
ta’sirini   shakllantirish   ijtimoiy-iqtisodiy   usullari   asosida   mehnat   munosabatlar
shakllanish tizimini ifodalaydi. U mehnat bozori elementlari va omillariga, ularga
ta’sir   qiluvchi   turli   xil   shakllar,   usullar   va   vositalar   yordamida   ta’sir   qilish
yo‘llarini aks ettiradi. 
                    Davlat   tomonidan   tartibga   solish   bo‘yicha   mehnat   bozoridagi
siyosatining   asosiy   yo‘nalishlarini   ishlab   chiqadi.   Mehnat   bozorini   ijtimoiy-
yo‘naltirilgan   tartibga   solish   qo‘yidagi   iqtisodiy   va   ijtimoiy   davlat   tadbirlari
bilan tavsiflanadi:
1. Milliy mehnat bozorida u qo‘yidagilarni amalga oshiradi: ish haqining
oshishiga   yo‘naltirilgan   raqobatni   kuchsizlantirish   maqsadida   yuqori   daromadli
firmalarning   daromadini   ushlab   turishga   va   nisbatan   kam   daromadli   korxona   va
firmalarni   qo‘llab-quvvatlashga   yo‘naltirilgan   soliq   solishning   yuqori   darajasini
o‘rnatilishi;   kichik   tadbirkorlikni   qo‘llab-quvvatlashga:   ish   o‘rinlari   sonini
kengaytirish,   ya’ni   mehnatga   bo‘lgan   talabni   rag‘batlantirish   maqsadida   soliq
imtiyozlari   va   kredit-   lar   berish;   turmushni   moddiy   va   o‘y-joy   sharoitlarini
yaxshilash   shart-   lari   bilan,   bo‘sh   ish   joylari   mavjud   bo‘lgan   hududlarga   ishchi
kuchi   ortiqcha   bo‘lgan   hududlardan   oilasi   bilan   ko‘chib   o‘tishga   subsidiya   va kreditlarni berish yo‘li orqali ishchi kuchi kasbiy harakatchanligini oshirish; global
moliyaviy   iqtisodiy   inqiroz   davrida   qishloq   xo‘jaligi   ishlab   chiqarishi   va   qayta
ishlash sanoati sektorlarining asosiy mahsulotlariga davlat buyurtmasini belgilash;
raqobatbardosh   bo‘lmagan   qishloq   ishchilarni   davlat   tomonidan   qo‘llab-
quvvatlash; qishloq ishsizlarining umumta’lim darajasini oshirish, mehnat bozorida
turg‘un talab mavjud bo‘lgan kasblarga o‘qitish va qayta o‘qitish.
2. Hududiy   darajada   qo‘yidagilardan   iborat:   asosan   yollangan
ishchilarning himoyasiz guruhlari uchun hududiy ish bilan bandlikni faollashtirish
yo‘llarini izlash maqsadida jamoat ishlarini tashkillashtirish; nogironlar, yoshlar va
boshqalar uchun yangi ish o‘rinlarini  yaratayotgan korxonalarga imtiyozlar berish;
hudud   iqtisodiyoti   tuzilmasini   hisobga   olgan   holda   asosan   ishni   yangidan
boshlagan   tadbirkorlar,   kichik   korxonalar   uchun   soliq   va   kredit   imtiyozlarini
berish;   hududiy   iqtisodiyotning   talablarini   hisobga   olgan   holda   inson   kapitaliga
qo‘yilmalarni tartibga solish. 
3. Ichki   mehnat   bozorida   qo‘yidagilar   nazarda   tutiladi:   korxonalarning
moliyaviy holatidan qat’iy nazar, teng mehnat xizmatiga teng ish haqi kafolati; ish
beruvchilar   va   yollanma   ishchilar   o‘rtasida   iqtisodiy   rag‘batlar   bo‘yicha
shartnomaviy   munosabatlarni   tartibga   solish;   mehnatga   haq   to‘lashning   umumiy
tarifini yaratish.
         Shunday qilib, mehnat bozorini ijtimoiy-yo‘naltirilgan tartibga solinishi
to‘liq   ish   bilan   bandlik   va   ishsizlikning   imkon   qadar   past   darajasiga   erishishga
yo‘naltirilgan.   Yangi   texnologiyalarni   qo‘llanishi   va   ishlab   chiqarishni   qayta
tashkillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan samarali ish bilan bandlikga erishish mehnat
bozorini rivojlantirish dasturini ishlab
chiqishda   davlat   va   uning   institutlariga   ko‘maklashishga   korxonalarning
qiziqishi,   ushbu   turning   davlat   tomonidan   tartibga   solishning   muhim   xususiyati
hisoblanadi.   Ijtimoiy-yo‘naltirilgan   tartibga   solinish   qo‘llanadigan   mamlakatlarda
mehnat   bozorini   moliyalashtirish   kasbiy   tayyorgarlikka   (unga   tartibga   solish   faol
siyosatining o‘rtacha 24% mablag‘lari ishlatiladi), yangi ish o‘rinlarini yaratishga (faol siyosatga ajratilgan harajatlarning 18%), subsidiyalar (7%), ish bilan bandlik
xizmatlarini moliyalashtirishga (10%) va boshqa harajatlarga ajratiladi. 1
 
                    Qo‘yidagi   vazifalarni   bajarilishi   ijtimoiy   yo‘naltirilgan     mehnat
bozorining   shakllanishiga   olib   keladi:   ishchi   kuchiga   talabni   oshishi   va   uning
taklifini   kamayishiga   yo‘naltirilgan   tadbirlarni   oshirishni   kuchaytirish;   bandlik
xizmati  va uning infratuzil-  masida qudratli  va tez rivojlanuvchi  tizimni  yaratish;
aholining   oqilona   ish   bilan   bandligini   shakllantirish;   ishsizlikni   yo‘l   qo‘yiladigan
darajasigacha   qisqartirish;   ish   bilan   band   bo‘lmagan   mahalliy   xodimlar-   ning
malakasini, raqobatbardoshligini, ijtimoiy himoyasi va eksportini oshirish; mehnat
bozori,   ish   bilan   bandlik   va   ishsizlikni   tartibga   solishning   samarali   tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmlarini yaratish va h. k 2
.    
               Mehnat bozorini   tartibga solishning   liberal turi  tartibga solishning
passiv   siyosatini   ko‘proq   darajada   qo‘llashi   bilan   tavsiflanadi.   U   qo‘yidagi
tadbirlar orqali amalga oshiriladi:
- eng kam majburiy ish haqini o‘rnatilishi ;  
- ishsizlik nafaqasini to‘lash ;
- hududiy   va   firmalar   o‘rtasidagi   ishchi   kuchi   yuqori   kasbiy   harakat-
chanligini ta’minlashni iqtisodiy choralar bilan amalga oshirish. 
                    Ko‘pchilik   iqtisodchilar   tartibga   solish   usullarini   iqtisodiy   va
ma’muriy   turlarga   ajratishadilar 3
.   Biz   iqtisodiy   va   ma’muriy   deganda   kengroq
tushunchani   nazarda   tutamiz,   ya’ni   tartibga   solish   shakllari   va   bun-   dan   kelib
chiqadigan   bo‘lsak,   Mehnat   bozorini   davlat   tomonidan   tartibga   solish-   ning
usullarini qo‘yidagi mezonlar bo‘yicha tasniflash mumkin.           Mehnat bozorini
tartibga   solishning   vazifalari   bo‘yicha     usullar   ishsizlik   darajasini   pasayishiga,
mehnat   resurslaridan   samarali   foydalanish,   ishchi   kuchiga   qoniqmagan   talabni
bartaraf   qilish,   ishchi   kuchiga   talab   va   taklifning   eng   maqbul   nisbatiga   va
1
 OECD Employment Outlook, Paris, (2005 ва 2008 йиллар нашри)
2
 Холмўминов Ш.Р. Қишлоқ меҳнат бозорининг шаклланиши ва ривожланишини 
моделлаштириш // Дис. ... и.ф.д.-Т.: 1998.-258 б. 
3
 Чижова Л., Сергеева Г., Кулагина Н. Политика занятости в контексте макроэкономического 
регулирования // Человек и труд.-2000.-№8.- Б .32; Якобсон Л.И. Государственный сектор 
экономики: Экономическая теория и политика-М. 2001.- Б .65. 
  boshqalarga   ta’sir   qiladi.   Mehnat   bozorida   davlat   faoliyati   turli   hil   vazifalarni
amalga   oshirishi   mumkin,   u   mehnat   bozori   elementlari   va   boshqa   ob’ektlarni
tartibga   solishga   yo‘naltirilgan   bo‘lishi   mumkin.   Tartibga   solish   vazifalari   ular
yo‘nalti- rilgan tartibga solish ob’ektlari bilan yaqindan bog‘liqdir. 
                   Tartibga solishning maqsadlari va vazifalariga bog‘liq holda davlat
mehnat bozoriga ta’sir qilishning qolgan usullari va vositalarini tanlaydi. 
                       Mehnat bozorini tartibga solishning yo‘nalishlari bo‘yicha     usullar
qo‘yidagilarga   ajratladi:   mehnat   bozoriga   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   ta’sir   qiluvchi
(masalan,   qonunchilik)   yoki   unga   bilvosita   ta’sir   qiluvchi   (soliq,   byudjet,   pul-
kredit   siyosati;   tashqi   iqtisodiyotni   tartibga   solish   va   davlat   tomonidan   narx
shakllanishini tartibga solish orqali daromadlarni tartibga solish siyosati). 
            Bilvosita usullarni qo‘llagan holda, qishloq mehnat bozorini tartibga
solishda   ish   bilan   bandlikni   tarmoq   va   hududiy   tuzilmasini   shakllantirish   orqali
davlat ahamiyatli rol o‘ynaydi. Moliyaviy rag‘batlar va davlat kapital qo‘yilmalari
yordamida   shakllangan,   alohida   qishloq   xo‘jaligi   tarmoqlari   va   hududlar   uchun
nisbatan   yaxshiroq   sharoitlarni   ta’minlashi   mumkin.   Ayirim   holatlarda   uzoq
chuzilgan   inqiroz   holatida   bo‘lgan   hudud   va   xo‘jalik   birliklariga   yordam
ko‘rsatiladi;  boshqa holatda – hudud va tarmoq ichida progressiv  siljishlarga olib
keluvchi,   ishlab   chiqarish   turlari   va   xo‘jalikning   yangi   tarmoqlarini   rivojlantirish
ma’qullanadi. Bu esa ularda ish bilan bandlikni o‘sishini rag‘batlantiradi. Shu bilan
birga   teskari   maqsadda   ishlab   chiqarishni   haddan   ziyod   konsentratsiyasini
pasaytirish bo‘yicha ham choralar qabul qilinishi mumkin. 
Mehnat   bozorini   tartibga   solishnig   ko‘lami   (masshtabi)   bo‘yicha   usullari
milliy, hududiy va ichki mehnat bozorini tartibga solishga yo‘naltirilgan. Ko‘pgina
usullar mehnat bozori turlarining bir nechtasini tartibga soladi. Msalan, mamlakat
miqyosida amalga oshiriladigan pul-kredit va investi- sion siyosat hududiy va ichki
mehnat   bozorlari   konyunkturasiga   o‘z   ta’sirini   o‘tkazadi.   Masalan,   2009   yilda
Respublikamiz   miqyosida   qabul   qilingan   umumdavlat   “Qishloq   taraqqiyoti   va
faravonligi yili” davlat dasturi qishloq joylarda yangi ish o‘rinlarini yaratish bilan
bog‘liq chora-tadbirlarni yanada chuqurlashtirishga olib keladi.                         Davlat   tomonidan   tartibga   solishning   sub’ektlari   bo‘yicha
Mehnat   vazirligi   tomonidan   markazlashgan   holda   hukumatning   davlat   organlari
topshirig‘i asosida qishloq mehnat bozoridagi hududiy dasturlarni ishlab chiqilishi,
ish   beruvchilar   vakillik   organlari,   kasaba   uyushmalar   va   davlat   bandlik   xizmati
yordamida   amalga   oshiriluvchi   usullar   ijtimoiy   hamkorlik   mexanizmi   asosida
amalga oshiriladi. 
                      Ta’sir   qilish   obe’ktlari   bo‘yicha     tartibga   solishda   ish   ko‘chiga
bo‘lgan   talab   yoki   taklifga,   yoki   bir   vaqtning   o‘zida   ikkalasiga   ham   ish   haqi
darajasiga,   raqobatli   munosabatlarga,   samarali   bandlikka   erishishga,   ishsizlikka,
mehnat bozori egiluvchanligiga ta’sir qiluvchi usullarga ajratamiz. Berilgan usullar
mehnat bozorini tartibga solishdagi vazifalar bilan uzviy (yaqin) bog‘liq.
                      Moliyalashtirish   manbasi   bo‘yicha   tartibga   solish   usullarini   biz
qo‘ydagilarga   ajratamiz:byudjet,   ish   beruvchilar,   aholi   mablag‘lari,   davlat
dasturlari va bosh 4
.  
                    Ta’sir qilish darajasiga ko‘ra   biz qonunchilik, rag‘batlantiruvchi,
chegaralovchi, undovchi, nazorat qiluvchi, tashkiliy-institutsional usullar. 
                      Ta’sir   qilishning   xarakteriga   ko‘ra   moliyaviy   va   narx
shakllantiruvchi usullarga ajratamiz. 
                      Mehnat   bozorini   tartibga   solishni   ko‘pchilik   usullarini   bir   nechta
mezonlar   bo‘yicha   tasniflash   mumkin,   masalan,   iqtisodiy   shakllarga   tegishli
bo‘lgan ko‘pchilik usullar milliy darajada qo‘llaniladi va mehnat bozoriga bilvosita
ta’sir qiladi. Bular ikkita mezon bo‘yicha ajraladi: soliq solishning yuqori darajasi;
ayirim   tarmoqlarda   davlat   mulkini   oshishi   (ko‘payishi),     buning   natijasida   ishchi
4
  Масалан,   АҚШда   меҳнат   ресурслари   касбий   тайёргарлигига   ва   ривожланишига   бўлган
ҳаражатларнинг  кўлами ва интенсивлиги узлуксиз  ўсиб боради ва ушбу муносабатда жамият
олдига   қўйилган   жорий   ва   узоқ   муддатли   вазифаларнинг   даражаси   билан   аниқланади.   Шу
муҳимки,   бундай   дастурларнинг   ташкилотчиси     сифатида,   ҳар   доимгидек,   давлат   билан
биргаликда   мамлакатнинг   энг   олди   корпорациялари     меҳнаткашларнинг   тарбиявий   ва
маданий   ривожланишини   тўғридан   –   тўғри   субсидиялашдан   мафаатдордир.   Меҳнатни
рағбатлантириш   билан   биргаликда,   ушбу   дастурлар   ижодкорлик   хос   бўлган   меҳнат
ресурсларини   шакллантириш   мақсадига   эга   ва   умуман   олганда   инсон   ҳаётининг   бутун
давомида амалга оширилади;.   Экономика труда и социально-трудовые отношения / Под ред.
Г.Г.Меликьяна, Р.П.Колосовой.-М.: Изд-во МГУ, Изд-во «ЧеРо», 1996.- Б 43.     kuchiga bo‘lgan talabning oshishi  yoki  qisqarishi,  tarmoq bo‘yicha yoki  hududda
o‘rtacha ish haqini o‘zgarishi mumkin. 
                        Davlat   ushbu   usullar   yordamida   bilvosita     ta’sir   orqali   mehnat
bozoridagi   talab   va   taklif   nisbatini   kerakli   yo‘nalishga   o‘zgartirishga   harakat
qiladi. 
                      Tadqiq   qilinayotgan   mexanizmining   muhim   tarkibi   bu   tartibga
solishning   vositalari   hisoblanadi.   Tartibga   solish   vositasi   sifatida     davlatning
mehnat   bozorini   tartibga   solinuvchi   elementlariga   o‘ziga   xos   ta’sirning   dastaki
sifatida   qo‘llashi   mumkin   bo‘lgan   ijtimoiy-iqtisodiy   tizimning   elementlari   yoki
elementlari yig‘indisi tushuniladi. Mehnat bozorini tartibga solish vositalari asosan
davlat   qo‘lida   bo‘ladi.   Mehnat   bozorini   tartibga   solishning   asosiy   vositalari
qo‘yidagilar   hisoblanadi:   ishchilarning   minimal   va   o‘rtacha   ish   haqini   tartibga
solish,   byudjet   -   soliq   asosida   tartibga   solish,   davlatning   daromadlari   va
harajatlarini  hamda  fuqoralarning  daromadlarini   tartibga  solish,  davlat  tomonidan
dasturlash va boshqalar. 
            Davlatning qishloq mehnat bozoriga ta’sir qiluvchi vositalaridan biri
byutjet-soliq   asosida   tartibga   solish   hisoblanadi.   To‘g‘ridan-to‘g‘ri   xo‘jalik
yuritishni   tartibga   solish   byudjet   yordamida   amalga   oshiriladi.   Mehnat   bozorini
tartibga   solishga   davlat   harajatlarini   qoplash   uchun   moliyaviy   mablag‘lar   bilan
ta’minlovchi   asosiy   vosita   soliq   hisoblanadi.   Ular   mehnat   bozori   sub’ektlarining
faoliyatiga ta’sir qilish uchun keng darajada qo‘llaniladi. Soliqlar yordamida davlat
tomonidan tartibga solish hal qiluvchi darajada soliq tizimining tanlanishiga, soliq
stavkalarining   yuqoriligiga,   hamda   soliq   imtiyozlarining   turi   va   o‘lchovlariga
bog‘liq. 5
  Soliqlar   –   davlat   tomonidan   tartibga   solishda   ikkita   rolni   o‘ynaydi:
davlatning   mehnat   bozoridagi   harajatlarining   asosiy   moliyaviy   manbai,   hamda
tartibga solish vositasi ham hisoblanadi. Bundan, davlat byudjet organlari vazifasi
nafaqat   byudjetni   daromad   manbalariga     soliqlar   solishdan   iborat   bo‘lmay,   balki
mehnat bozori sub’ektlari hulqiga ta’sir qiluvchi nozik mexanizmni yaratishdir. 
5
 Рисин И.Е. Государственное регулирование экономики: Учеб. Пос. / И. Е. Рисин, 
Ю.И.Трещевский, С.М.Сотников.-М.,2000.-С.138; Mehnat   bozorini   tartibga   solishning   boshqa   vositasi   davlat   tomonidan
dasturlash   hisoblanadi.   Inqiroz,   ommaviy   ishsizlik   sharoitida   mehnat   bozorini
tartibga   solish   vositasi   sifatida   davlat   tomonidan   dasturlash   qo‘llaniladi.
Favqulodda   dasturlar   og‘ir   (kritik)   holatlarda   ishlab   chiqiladi   va   ular   ma’muriy
tartibga solish usullari orqali amalga oshiriladi. Amalda barcha bozor iqtisodiyotli
davlatlarda maqsadli dasturlar amalaga oshiriladi. Dasturlarning tuzilishiga, ularni
amalga   oshirilishiga   va   ular   ustidan   nazoratga   javobgar,   davlat   muassasalari
iqtisodiy   dasturlashning   sub’ektlari   hisoblanadi.   Dasturlar   davlat   hukumati
organlari   tomonidan   ishlab   chiqiladi,   xususan,   respublikamizda,   O‘zbekiston
Respublikasi  Mehnat  va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi tomonidan ishlab
chiqiladi. Moliya vazirligi ham dasturlarni moliyalashtirish rejasini ishlab chiqadi.
Dasturlarni  ishlab  chiqishga  kasaba   uyushmalar   vakillari,  tadbirkorlar   uyushmasi,
markaziy   bank,   savdo-sanoat   palatasi   ham   keng   darajada   jalb   qilinadi.   Milliy
darajada   aholi   ish   bilan   bandligiga   ko‘maklashuvchi   dasturlar   va   moliyaviy   reja
har yili Vazirlar Mahkamasi, hududiy darajada bo‘lsa mahalliy hukumat organlari
tomonidan   tasdiqlanadi.   Davlat   tomonidan   iqtisodiy   dasturlash   mehnat   bozorini
tartibga   solishning   bir   qator   muammolarini   yechishda   yetarlicha   samarali
hisoblanadi.   Mehnat   bozorini   liberal   tartibga   solishning   modeli   sharoitida
dasturlash   maqsadli   tavsiyaviy–undovchi   xarakterni   o‘zida   mujassamlashtirishi
mumkin,   shunga   qaramay   u   turli   darajadagi   iqtisodiy   va   ijtimoiy   masalalarni
yechishning   samarali   vositasi   hisoblanadi.   Dasturlar   kerakli   yo‘nalishda   mehnat
bozorini   iqtisodiy   rivojlanishini   ta’minlaydi.   Dasturlash   davlatning   barcha   usul-
larini   qo‘llashga   va   ayirim   davlat   organlarining   tartibga   soluvchi   tadbirlarida
qarama-qarshiliklar   va   kelishmovchiliklarga   yo‘l   qo‘ymaslikka   imkon   beradi.
Iqtisodiy   dasturlar   doirasida   davlat   tomonidan   moliyaviy   rag‘batlantirish   ayirim
ijtimoiy guruhlarning raqobatbardoshligiga sezilarli va notekis ta’sir ko‘rsatadilar,
hamda manfaatlari kamsitil- ganlarning qarshiliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
Shu sababli davlat tomonidan dasturlash organlariga ayirim guruhlarning qarama-
qarshi   manfaatlarini   aks   ettiruvchi   xilma-xil   ta’sirlar   ko‘rsatiladi,   hamda       ularni
mafaatlarini   hisobga   olish   ularning   vazifasi   hisoblanadi.   Shunday   qilib,   ish   bilan bandlikka   ko‘maklashish   davlat   dasturlarini   tuzishda   mehnat   bozorini   tartibga
solish   mexanizmini   umumiy   tartibga   solish   tizimining   elementi   sifatida   qarash
zarur.
2. Mehnat shartnomalarining mehnat bozorini tartibga
solishdagi o‘rni
Mehnat   bozori   munosabatlarini   tartibga   solish   kompleks   –   shartnoma
tizimining   qayishqoqligi,   shuningdek,   munosabatlari   sohasida   tenglik   va   ijtimoiy
adolat   tamoyillarini   ro‘yobga   chiqarish   haqidagi   keng   yoyilgan   to‘g‘ri
tasavvurlarga   ega   bo‘ladi.   Ayrim   xodim   muzokaralarda   o‘zidan   ancha   kuchli
sherigi   –   ish   beruvchiga     nisbatan   yakka   tartibda   amalga   oshiradigan   xatti-
harakatlari   bilan   qarshilik   ko‘rsata   olmaydi   Boz   ustiga,   jamoaviy   shartnomaga
ko‘ra, malakasi past hamda yetarli darajada yuqori unum bilan ishlay olmaydigan
ishchi   kuchining   ish   joyi   muayyan   muddatga   saqlab   turadi.   Jamoaviy   shartnoma
mehnat munosabatlari barqarorligiga erishishda muhim ahamiyatga ega. Jamoaviy
shartnoma   tizimi   mehnat   bozoridagi   xo‘jalik   sub’ektlarining   o‘zaro
munosabatlaridagi   mojarolarni   o‘zicha   bartaraf   eta   olmaydi.   Chunki,   ushbu
mojarolar   asosini   ijtimoiy   manfaatlar,   maqsadlar,   intilishlar,   talablardagi   farqlar
tashkil   etadi.   Garchi,   jamoaviy   bitimlar   tizimi   manfaatlarni   kelishib   olish,   o‘zaro
bir   qarorga   kelish   va   mojarolarni   tezlik   bilan   bartaraf   etish   jarayonlarini   ko‘zda
tutsada, muzokaralar jarayoni ancha maqbul natijalarga erishish imkoniyatini ham
yaratadi. Ayni paytda bitim shartlari shartnoma shaklini olib, ikki tomonni mazkur
shartlar   asosida   ijtimoiy   va   iqtisodiy   barqarorlikni   ta’minlash   maqsadida   oxirgi
choralarni ko‘rmasdan, ya’ni, ish tashlash yoki ishdan  bo‘shatishga yo‘l qo‘ymay,
harakat qilishga majbur  etadi.
Kelajakda   jamoaviy   bitimlar,   shuningdek,   mehnat   bozori     faoliyatini,
kadrlarni o‘qitish va malakalarini oshirish hamda o‘zgartirish, ularning ish haqi va
ishsizlarni   ish   bilan   ta’minlash   ko‘rsatkichlarini   tartibga   solish   masalalarini   ham
qamrab oladi. Shuni qayd etib o‘tish kerakki, asosan jamoaviy mehnat shartnomasi
tizimi va bevosita davlatning tartibga solish tizim amal  qilishiga qaramay, xodim
bilan   ish   beruvchi   o‘rtasidagi   munosabatlar   yakka   tartibda   ham   hal   etilishi mumkin.
Xodim   bilan   tuzilgan   shaxsiy   shartnoma   ish   beruvchi   uchun     ancha
foydalidir.   Shaxsiy   shartnoma   tizimi   yollanuvchining   mehnat   sharoiti   va   unga
to‘lanadigan   ish   haqini   shu   odamga   qarab   belgilash     imkonini   beradi.   Jamoaviy
bitimlarga ko‘ra esa, bunday qilib bo‘lmaydi. Shu bilan birga, tuziladigan shaxsiy
bitim   ko‘p   hollarda     yollanuvlarni   ijtimoiy   kafolatlarning   kattagina   qismidan
mahrum etadi.
Mehnat   munosabatlarini   shaxsiy   uslubda   tartibga   solish   va   bandlikning
qayishqoq   shakllarini   joriy   etish   –   yollanuvlar   kuchidan   foydalanish
(ekspluatatsi ya  xarakterida ) ,   kuchaytirish   hamda  doimiy  ishlovchi  shaxslar  uchun
ilgari   mavjud   bo‘lgan   ijtimoiy   kafolatlardan   voz   kechilishidan   tashqari   yana   bir
qator   salbiy   oqibatlarga   olib   kelishi   mumkin .   Jumladan,     rivojlangan
mamlakatlardagi   mehnat   bozorlarida   doimiy   ishchi   kuchlarini   vaqtincha   yoki
to‘liqsiz ish vaqtida ishlovchi shaxslar (yoshlar, xotin-qizlar, nogironlar va hokazo)
bilan  almashtirish  qoida  tusiga   kirmoqda.  Tabiiyki,  mazkur   ijtimoiy  guruhlarning
vakillari   ijtimoiy   jihatdan   kam   muhofazalangan   va   jamoaviy     shartnomalar   bilan
qamrab   olinmagan.   Shu   bois     davlat,   ayniqsa,   xo‘jalik   yuritishning   bozor
munosabatlariga   o‘tish   sharoitlarida   yollashning   shaxsiy     shartnoma   shakllari
rivojini   nazorat     qilib   borishi   kerak.   Aks   holda,   norozilik   kuchayishi   natijasida
davlat   ishsizlik   bo‘yicha   ijtimoiy     to‘lovlarni   ancha   ko‘paytirishga   majbur   bo‘lib
qoladi .
So‘nggi   holatni   alohida   hisobga   olishimiz   lozim.   Chunki,   respublikamizda,
bir   tomondan,   tadbirkorlik,   ishchilarni   yollab   ishlatish   bo‘yicha   hususiy
tadbirkorlik   va   biznes   yaxshi   rivojlanmagan   bo‘lsa,   ikkinchi   tomondan   esa,   kam
ta’minlangan   hamda   ijtimoiy   jihatdan   yetarli   darajada   himoya   qilinmagan   aholi
orasida   ishsizlar   soni   oshib   boryapti.   Bularning   hammasi   mehnat   bozoridagi
ijtimoiy-iqtisodiy   munosabatlarni   tartibga   solishning   yangi,   samarali   hududiy
usullarini, ularni  mehnat resurslari  ortiqcha va ye tishmaydigan  hududlarga bo‘lgan
holda, tadqiq etishni talab  qilmoqda.
 3. Mehnat bozorini tartibga solishning mintaqaviy usullari Respublikaning   mehnat   resurslari   ortiqcha   hududlari,   avvalo,   Andijon,
Farg‘ona,   Namangan,   Toshkent,   Samarqand,   Q ashqadaryo,   Surxondaryo,
Buxoro   va   Xorazm   viloyatlari   uchun   mazkur   bozorni   tartibga   solishning   ancha
samarali   usullari   deb,   ishchi   kuchiga     bo‘lgan   talabning   oshishi   va   uning   taklifi
kamayishini hisoblash zarur.
Mazkur usullar nimalarda ifodalanishini batafsil ko‘rib chiqaylik.
Ishchi   kuchiga   talabni   oshirish   usuli.     Bozor   iqtisodiyotiga   o‘tish
sharoitlarida     mulkni   xususiylashtirish   va   davlat   tasarrufidan   chiqarish,   ekinlarni
yetishtirishda   tarkibiy   tuzilmani   qayta   qurish,   zarar   keltirib   ishlayotgan
korxonalarni   tugatish,   fan-texnika   taraqqiyoti   yutuqlari   va   intensiv
texnologiyalarni   joriy   etish   hisobiga   asosan   qishloq   xo‘jaligi   ishlab   chiqarishidan
bo‘shatilayotgan xodimlar soni tez ko‘paymokda.
Ishchi   kuchiga   bo‘lgan   talabni   oshirishni   rag‘batlantirish   usullarini   tadqiq
etish   mehnat resurslarining   oqilona bandli gi ni ta’minlashga hamda mazkur hudud
uchun   samarali   tarmoqlarni   rivojlantirishga   qaratilgandir.   Mahsulotlarni   qayta
ishlash, saqlash va  qayta  qilish hamda servis xizmati ko‘rsatish va shaxsiy mehnat
faoliyati   bo‘yicha   ish   joylarini   yaratish,   ishlab   chiqarish   kuchlari   va   bandlikning
noan’anaviy   shakllarini   rivojlantirish,   agrar   sektord a   ishdan   vaqtincha
bo‘shatilayotgan   shaxslar   uchun   mavjud   korxonalarni   kengaytirish   va   qayta
ta’mirlash   hamda   yangi   ish   joylarini   yaratish   maqsadida   to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalar – sarmoyalar   hajmini  ko‘paytirishni rag‘batlantirish mazkur uslubni
qo‘llanishning asosiy yo‘nalishlaridir.
Ishchi kuchlariga talabni oshirishni mehnat resurslarini qayta taqsimlashdan
manfaatdor   iqtisodiyot   tarmoqlarida   ish   joylarini   yaratish   hamda   mavjudlarini
qayta   ta’mirlash   va   yangi,   zamonaviy   kasbla rni   egalga   sarmoyalarni   to‘g‘ridan-
to‘g‘ri   jalb   qilish     orqali   tartibga   solish   mumkin.   Dotatsiyalar,   subsidiyalar   va
kreditlarni   agrosanoat   majmui   korxonalarini,   ayniqsa,   qayta   ishlash   korxonalarini
qurish,   texnik   jihatdan   qayta   qurollantirish   va   rekonstruksiyalashga,   shaxsiy
mehnat   faoliyatini   rivojlantirish   yo‘li   bilan   xizmat   ko‘rsatish   sohasini
kengaytirishga,   shuningdek,   ko‘p   bolali   ayollar,   mehnatga   layoqatli   pensionerlar, nogironlar,   o‘smirlar   va   hokazolarga   mos   ish   joylarini   vujudga   keltirishga
yunaltirish   maqsadga   muvofiqdir.     Shu   tariqa   ortiqcha     mehnat   resurslarini
yuqorida aytib o‘tilgan tarmoqlarga va ayrim maxsus ish joylariga jalb  etish, ayni
paytda   ishchi   kuchlarining   kasb iy   va   malaka   tarkibiga   bevosita   ta’sir   o‘tkazish i
mumkin.
Muvaqqat   ish   joylarini   yaratish   va   mulkchilikning   turli   shakllarini
rivojlantirishni   rag‘batlantirish   –   aholi   bandligini     oshirishning   eng   muhim
yo‘nalishlaridan biri. U korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish, byudjet
to‘lovlari   va   xodimlarning   vaqtincha   va   qisman   bandligi   uchun   ijtimoiy   sug‘urta
badallariíè   kamaytirish,   ularni   ishga   qabul   qilish   jarayonini   yengillatish,
bandlikning   noana’naviy   shakllarini   tashkil   etish   bilan   bog‘liq   sarf-xarajatlarni
to‘lash kabi chora-tadbirlar yordamida amalga oshiriladi. 
Ishchi   kuchlariga   taklifni   kamaytirish   usuli.   Ishchi   kuchlariga   bo‘lgan
taklifni   kamaytirishga,   shuningdek,   ularning   mehnat   bozoriga   oqib   kelishini
qisqartirish   va  boshqa   joyga  ketishini  rag‘batlantirish  hamda   ish  vaqti  va  mavjud
ish joylarini ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lganlar o‘rtasida qayta taqsimlash
orqali   samarali   ta’sir   etish   mumkin.   Respublikamiz a   « K adrlar   tayyorlash   milliy
dasturi»   asosida   u mumta’lim   dasturlarini   kengaytirish     va   o‘qish   muddatini
uzaytirish bilan kasbiy tayyorgarlikni yaxshilash, o‘quv yurtlarida kunduzgi ta’lim
olinadigan  o‘qóâ   o‘rinlarini   ko‘paytirish   va  kechki   hamda   sirtqi   o‘quvdagi   talaba
o‘rinlarini   qisqartirish,   ishlab   chiqarishdan   ajralgan   holda   o‘qiyotganlarga
stipendiyalar   miqdorini   oshirish,     ayollarga   bola   parvarishi   uchun   to‘lanadigan
nafaqalar   va   beriladigan   ta’til   muddatini   ko‘paytirish,   mehnat   stajini   hisoblashda
ularga   imtiyoz     berish;   pensionerlar ,   nogironlar   hamda   ularni   parvarishlaydigan
shaxslarning   pensiyalarini     oshirish     mehnat   bozorida   ishchi   kuchlarining   oqib
kelishini kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi.
Ish   bilan   bandlar   orasida   ish   vaqti   va   ish   joylari   ishchi   kuchlariga   bo‘lgan
taklifni   kamaytirish   maqsadlarida   qayta   taqsimlanadi.   Mehnat   resurslari   ish   bilan
bandligining   xususiy   va   vaqtinchalik   shakllariga   o‘tishlarini   rag‘batlantirishga
ularga   ham   ish   bilan   to‘la   band   qilingan   shaxslarga   mo‘ljallangan   ijtimoiy ta’minotning o‘sha turlarini, ta’tillar va boshqa ijtimoiy kafolatlarning miqdorlarini
o‘rnatish,   kafolatlangan     eng   kam   mikdordagi   ish   haqi   bilan   ta’minlash,   har     yili
beriladigan   ta’tilla rni   o‘z   vaqtida   berish,   ish   kuni   va   ish   haftasi   davomiyligini
qisqartirish orqali erishish mumkin.
Mamlakatimizning   mehnat   resurslari   yetishmaydigan   mintaqalari   (Jizzax,
Sirdaryo   viloyatlari   va   Q oraqalpog‘iston   Respublikasi) da   ishchi   kuchlariga
talabni kamaytirish hamda ular taklifini ko‘paytirish mehnat bozorini  tartibga
solishning maqsadga muvofiq  usullaridir.
Ishchi   kuchlariga   talabni   kamaytirish   usuli.   Mazkur   usulga   hududiy
hokimiyatlarning   u   yoki   bu   mintaqalarda,   tarmoqlar   yoki   kasb-hunarlar   bo‘yicha
ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va yangi ish joylarini vujudga keltirishni
sekinlashtirishga   oid   quyidagi   chora-tadbirlar:   ortiqcha   ishchi   kuchlaridan
foydalanganlik   uchun   ko‘shimcha   soliqlarni   belgilash;   qattiq   kredit   siyosatini
o‘tkazish;   korxonaga     xodimni   ishga   olganligi   uchun   bir   martalik   to‘lovni   joriy
etish; ortiqcha ishchi va xizmatchilarni  qisqartirishni rag‘batlantirish va hokazolar
kiradi.   Bundan   tashqari,   ishchi   kuchlariga   talabni   kamaytirishda   mehnat
unumdorligini oshirish  va  tejamkorlikka  erishish muhim ahamiyatga egadir.
Ishchi   kuchlari   taklifini   ko‘paytirish   usuli.   Hozirgi   shart-sharoitlarda
mehnat   bozoriga   ishchi   kuchlari   taklifini   mutlaq   ko‘paytirish,   umuman,   mumkin
emas.   Ishchi   kuchlari   taklifini   ko‘paytirish ga   sanoat   va   xizmat   ko‘rsatish
tarmoqlari   va   shaxsiy   mehnat   faoliyati   sohalari ning   rivoji   jiddiy   to‘siq   bo‘lishi
mumkin.
Bundan   tashqari,   hozirgi   paytda   ishchi   kuchi   taklifi   na   kasb,   na   malaka
tuzilishi   bo‘yicha   iqtisodiyot   tarmoqlaridagi   jonli   mehnatga   talabning     o‘sish
sur’atiga   javob   bermaydi.   Shu   bois   ishchi   kuchi   taklifining   sifat   ko‘rsatkichlarini
o‘zgartirish   hamda   ularning   mehnat   bozoridagi   raqobatbardoshligini   oshirish
lozim. Buning uchun esa,   bandlikning davlat xizmati tizimidagi va boshqa o‘quv
yurtlaridagi   xodimlarning   malakalarini   oshirishni   tashkil   etish,   korxonalarning
o‘zidagi   maxsus   kurslarda   kasb-korga   o‘rgatishni   yaxshilash   va   ularga   soliq
to‘lovida imtiyozlar berish   mahalliy kadrlar raqobatbardoshligini oshirishning maqsadli maxsus dasturèni ishlab chiqish kerak .
Ishchi   kuchlari   taklifini   rag‘batlantirish   xodimlarni   ishga   yollash   va
joylashtirishga   yordamlashish   usullarini   qo‘llanish   orqali   ham   amalga     oshiriladi.
Bu usullar tashkiliy tusda bo‘lib, bo‘sh ish joylari va ishga joylashish hamda qayta
o‘qitishga   muhtoj   fuqarolarning     soni   haqidagi   ma’lumotlar   bankini   tashkil
etishni ,   aholini   ishga   joylashish   imkoniyatlari   haqidagi   axborotlar   bilan
ta’minlashni,   ishsizlarni   ro‘yxatga   va   hisobga   olishni,   kasbga   yo‘naltirishga   oid
chora-tadbirlarni ishlab chiqish va o‘tkazish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Mehnat   resurslarini   qayta   taqsimlashning   ancha   samarali   usullari   orasida
turmush   darajasini   tartibga   solishni   alohida   ajratib     ko‘rsatish   mumkin.   Mazkur
uslublar hududlarning moliyaviy resurslari hisobidan xodimlarning mehnat va uy-
joy   shart-sharoitlarèni   hamda   madaniy-maishiy   xizmat   ko‘rsatish   darajalarini
yaxshilash kabi tadbirlarni o‘tkazib, ularni tartibga solish asosida tatbiq etiladi.
Mehnat   bozorida   ishchi   kuchlarini   yollashda   erkin   va   samarali   raqobat   –
yollanuvchilar bilan ish beruvchilar o‘rtasida ishchi kuchlariga bo‘lgan erkin talab
va   taklif   tamoyilari   asosida   mehnat-tovarga   o‘zaro   manfaatli   bahoni   o‘rnatish.
B unda   ishga   yollash   bozoridagi   uning   sifat   ko‘rsatkichlari   va   raqobatbardoshligi,
mahalliy va xorijiy mehnat  birjalari  tomonidan  turli  guruhlar  va kasblar  bo‘yicha
bo‘sh   ish   joylari,   ishchi   kuchlarining   narxlari   haqidagi   haqqoniy   axborotning
berilishi,   ish   beruvchilarning  yollanma   ishning  muddatlari   va  xarakteri   yuzasidan
talablari   va   shartlari,   mehnat   shartnomalarini   tuzish   va   bekor   qilishning   ijobiy
hàìäà salbiy oqibatlari va hokazolar hisobga olinadi.
Mehnat   bozoridagi  erkin  raqobatda  ishchi   kuch larigina  emas,  balki  shaxsiy
yoki   jamoaviy   mehnat   shartnomasi   asosida   foydali   narxda   o‘zining   «mehnat
qobiliyati»ni  sotishga  muhtoj  kadrlar   ham   qatnashishi   mumkin.  Bu  yerda  mehnat
resurslari   bilan   ish   joylari   o‘rtasidagi   munosabatlarning   sifat   ko‘rsatkichlari
yuzasidan erkin raqobat vujudga keladi.
12 .4. Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish yo‘nalishlari
Ishchi   kuchi   bozori   ichki   regulyatorlarining   turli-tumanligi   hamda   uning
samarali   amal   qilishi   ijtimoiy   jihatdan   ahamiyatga   ega   ekanligi   tufayli   mehnat bozorida   uni   malakali   ravishda   taritbga   solish   talab   etiladi.   Bandlik   sohasida
tartibga   solishning   bunday   tizimini   yaratish   O‘zbekistonda   o‘tkazilayotgan
islohotlarning asosiy ijtimoiy vazifalaridan biridir. Bu borada hozirda ayrim ishlar
qilinganligini   aytib   o‘tish   kerak:   mehnat   bozori   va   munosabatlarining   yangi
qonuniy   asoslari   (bandlik   xizmatlari)   tuzildi,   ishsizlarni   ro‘yxatga   olish   yo‘lga
qo‘yilmoqda.   Bugungi   kunda   jumhuriyatimizda   200dan   ziyod   mehnat   birjalari
(davlat   bandlik   xizmatlari)   faoliyat   ko‘rsatmoqda.   Ulardan   mehnat   munosabatlari
bo‘yicha 2000 dan ortiqroq mutaxasis aholini ish bilan ta’minlash va faol ijtimoiy
muhofaza   masalalarini   hal   qilish   bilan   shug‘ullanmoqda.   Bunda   ko‘pgina
rivojlangan   mamlakatlar   (A Q Sh,   Rossiya   va   h.k.)ning   sinalgan   tajribasiga   ham
suyanilmoq.   O‘zbekiston   hukumati   imkoni   bo‘lgan,   huquqiy   jihatdan   asoslangan
barcha dasturlar yordamida respublikada mehnat bozori siyosatini olib bormoqda.
Ишсизликдан зарар кўрганларни манзилли 
ижтимоий  ҳимоя қилишни йўлга қўйиш. Ўз-
ўзига ёрдам тизимини яратиш.Ме ҳнат бозорини давлат томонидан тартибга 
солишнинг асосий йўналишлари
Ме ҳнат  органлари  орқали  банд 
бўлмаган  ащолини  касбга  тайёрлаш, 
ишчи  кучи  рақо-батбардошлигини 
оширишга кўмаклашиш Ме қнат муносабатларини ҳуқуқий 
жиҳатдан  таъминлаш.  Эгилувчан 
меҳнат  бозорини  шакллантириш 
жараёнида  ишчи  кучи  ва  иш 
берувчининг  моддий  ман-
фаатдорлигини таъминлаш   12 . 1-rasm. Mehnat bozorini tartibga solishning mantiqiy yo‘nalishlari.
Hozirgi paytda mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solishning  to‘rtta
asosiy   yo‘nalishini   ajratib   ko‘rsatish   mumkin.   Birinchidan ,   bu   iqtisodiyotning
nodavlat   sektorida   bandlikning   o‘sishini   rag‘batlantirish   va   ish   joylari   sonini
ko‘paytirish dasturlari,   ikkinchidan , ish kuchini tayyorlash va qayta tayyorlashga
yo‘naltirilgan   dasturlar   va   uchinchidan ,   ishchi   kuchini   yollashga   ko‘maklashish
dasturlari.   Ulardan   tashqari,   to‘rtinchidan ,   hukumat   ishsizlikni   ijtimoiy   sug‘urta
qilish   borasida   ham   dasturlar   ishlab   chiqishga   kirishmoqda,   ya’ni   ishsizlarga
nafaqa berish uchun mablag‘ jamg‘armasi tuzildi. Shu tarzdagi dasturlar doirasida,
masalan,   AQShda   urushdan   keyingi   yillarda   davlat   sektorida   (ijtimoiy   xizmatlar
sohasida   –   maorif,   tibiiy   xizmat   ko‘rsatish,   kommunal   xo‘jalik   hamda   ijtimoiy
binolar qurilishi va ta’mirlash-tiklash ishlarida) yuz minglab ish joylari yaratilgan
edi.   2500   dan   ko‘proq   mahalliy   agentliklarga   (mehnat   birjalariga)   ega   bo‘lgan
AQSh   ishga   joylashtirish   xizmati   ishsizlarni   ro‘yxatga   olish   bilan   shug‘ullanadi.
Ular   bo‘sh   ish   joylari   topishga   harakat   qilishadi,   malakasini   aniqlash   maqsadida
ishga   da’vogarlarni   test   sinovidan   o‘tkazishadi   va   boshqa   shunga   aloqador
vazifalar bilan shug‘ullanishadi.
Kadrlarni tayrlash va qayta tayyorlash masalasiga kelganda esa, 
AQShda uning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib oliy va o‘rta maktab, xususiy 
korporatsiyalarning o‘quv kurslari va markazlari hisoblanadi. Kasbga 
tayyorlashning davlat tizimi bu yerda ancha zaif rivojlangan.
Mantiqan olganda uslubiy jihatdan bu yo‘nalishlar quyidagi 
tamoyillarga suyanadi (12.1-rasmga qarang):
 davlat   bandlik   xizmatlari   vositasida   ish   bilan   ta’minlanmagan   aholini
yangi kasblarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
 mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan uzluksiz tartibga solib borishni
yo‘lga qo‘yish;
 ishsiz qolganlarni yo‘naltirilgan ijtimoiy muhofaza qilish. Tadqiqotlar   ko‘rsatyaptiki,   mehnat   bozorini   samarali   tartibga   solishning
yuqorida   sanab   o‘tilgan   usullari   orasida   ishchi   kuchlariga   talabni   ko‘paytirish   va
uning taklifini kamaytirish usuli yetakchi o‘rinni egallaydi. 
Qisqacha xulosalar
Mehnat bozorini tartibga soluvchi asosiy sub’ekt davlat bo‘lganligi uchun u
mehnat bozorini tartibga solishni amalga oshira olmaydigan boshqa sub’ektlarning
umumiy   va   o‘ziga   xos   funksiyalarini   bajaradi.   Aynan   davlat   hamma
mamlakatlarda ishsizlik darajasini ko‘zatadi va tartibga soladi. 
          Shundan kelib chiqqan holda, davlat tomonidan tartibga solish iqtiso-
diy mexanizmi Mehnat bozorini tartibga solishning eng muhim qismi hisoblanadi.
Ushbu   mexanizmni   ishlab   chiqish   iqtisodiyotni   tartibga   solishning   asosiy
vazifalaridan   biri   hisoblanadi.   Bunda   mehnat   bozorini   davlat   tomonidan   tartibga
solishni   iqtisodiy   mexanizmi   mehnat   bozorini   turli   hil   parametrlariga   davlat
ta’sirini   shakllantirish   ijtimoiy-iqtisodiy   usullari   asosida   mehnat   munosabatlar
shakllanish tizimini ifodalaydi. Davlat   tartibga   solishning   mehnat   bozoridagi   siyosatining   asosiy
yo‘nalishlarini   ishlab   chiqadi.   Mehnat   bozorini   ijtimoiy-yo‘naltirilgan   tartibga
solish bir qator iqtisodiy va ijtimoiy davlat tadbirlari bilan tavsiflanadi
Mehnat   bozori   munosabatlarini   tartibga   solish   kompleks   –   shartnoma
tizimining   qayishqoqligi,   shuningdek,   munosabatlari   sohasida   tenglik   va   ijtimoiy
adolat   tamoyillarini   ro‘yobga   chiqarish   haqidagi   keng   yoyilgan   to‘g‘ri
tasavvurlarga   ega   bo‘ladi.   Ayrim   xodim   muzokaralarda   o‘zidan   ancha   kuchli
sherigi   –   ish   beruvchiga     nisbatan   yakka   tartibda   amalga   oshiradigan   xatti-
harakatlari   bilan   qarshilik   ko‘rsata   olmaydi   Boz   ustiga,   jamoaviy   shartnomaga
ko‘ra, malakasi past hamda yetarli darajada yuqori unum bilan ishlay olmaydigan
ishchi kuchining ish joyi muayyan muddatga saqlab turadi.
Respublikamizda,   bir   tomondan,   tadbirkorlik,   ishchilarni   yollab   ishlatish
bo‘yicha   hususiy   tadbirkorlik   va   biznes   yaxshi   rivojlanmagan   bo‘lsa,   ikkinchi
tomondan esa, kam ta’minlangan hamda ijtimoiy jihatdan yetarli darajada himoya
qilinmagan aholi orasida ishsizlar soni oshib boryapti. Bularning hammasi mehnat
bozoridagi   ijtimoiy-iqtisodiy   munosabatlarni   tartibga   solishning   yangi,   samarali
hududiy usullarini, ularni mehnat resurslari ortiqcha va yetishmaydigan hududlarga
bo‘lgan holda, tadqiq etishni talab  qilmoqda
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.:O‘zbekiston, 2009.  
2. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.-T.:Adolat, 2007.  
3. O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash 
to‘g‘risida»gi qonuniga sharhlar, -T.: “Sharq”, 2000.
4.   O‘zbekiston Respublikasi  “Axborotlashtirish to‘g‘risida” Qonuni.   “Xalq
so‘zi”, 2004. 11 fevral, №29.
5. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (darslik). - T.: “Mehnat”,  2009. 6.   Arabov   N.U.   Mehnat   bozori   infratuzilmasining   rivojlanishi.   08.00.10.-
“Aholishunoslik   va   mehnat   iqtisodiyoti”   ixtisosligi   bo‘yicha   Iqtisod   fanlari
nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasi. – T.: 2008.
7.  Volgin N.A.Ekonomika truda: (sosialno-trudov ы e otnosheniya)/ Pod 
red. N.L. Volgina, Yu.D.Odegova. M.: «EKZAMEN», 2009.
8.   R ы nok   truda:Uchebnoe   posobie/Pod.obsh.red.Abduraxmonova   K.X.,
Odegova Yu.G. – T.: TFREA, 2009.
9.   Smirnov   S.N.,   Sidorina   T.Yu.   Sotsialnaya   politika   (uchebnik).   -   M.:
Izdatel skiy dom “GUVShE”, 2004.
10. Xolmo‘minov Sh.R., Xomitov K. Malakali agrar mehnatbozorining 
shakllanishi. - T.: “Fan”, 2003.
12.  G‘ulomov S.S. Axborot tizimlari va texnologiyalari.  -  T.:  “ Sharq ”,  2000.

MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASINING TARTIBGA SOLISh MEXANIZMLARI REJA 1. Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishning mexanizmini asosiy shakllari, usullari va vositalari 2. Mehnat shartnomalarining mehnat bozorini tartibga solishdagi o‘rni 3. Mehnat bozorini tartibga solishning mintaqaviy usullari 4. Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish yo‘nalishlari

1. Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishning mexanizmini asosiy shakllari, usullari va vositalari Mehnat bozorini tartibga soluvchi asosiy sub’ekt davlat bo‘lganligi uchun, u mehnat bozorini tartibga solishni amalga oshira olmaydigan boshqa sub’ektlarning umumiy va o‘ziga xos funksiyalarini bajaradi. Aynan davlat hamma mamlakatlarda ishsizlik darajasini ko‘zatadi va tartibga soladi. Shundan kelib chiqqan holda, davlat tomonidan tartibga solish iqtiso- diy mexanizmi mehnat bozorini tartibga solishning eng muhim qismi hisoblanadi. Ushbu mexanizmni ishlab chiqish iqtisodiyotni tartibga solishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunda mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solishni iqtisodiy mexanizmi mehnat bozorini turli hil parametrlariga davlat ta’sirini shakllantirish ijtimoiy-iqtisodiy usullari asosida mehnat munosabatlar shakllanish tizimini ifodalaydi. U mehnat bozori elementlari va omillariga, ularga ta’sir qiluvchi turli xil shakllar, usullar va vositalar yordamida ta’sir qilish yo‘llarini aks ettiradi. Davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha mehnat bozoridagi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi. Mehnat bozorini ijtimoiy- yo‘naltirilgan tartibga solish qo‘yidagi iqtisodiy va ijtimoiy davlat tadbirlari bilan tavsiflanadi: 1. Milliy mehnat bozorida u qo‘yidagilarni amalga oshiradi: ish haqining oshishiga yo‘naltirilgan raqobatni kuchsizlantirish maqsadida yuqori daromadli firmalarning daromadini ushlab turishga va nisbatan kam daromadli korxona va firmalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan soliq solishning yuqori darajasini o‘rnatilishi; kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga: ish o‘rinlari sonini kengaytirish, ya’ni mehnatga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish maqsadida soliq imtiyozlari va kredit- lar berish; turmushni moddiy va o‘y-joy sharoitlarini yaxshilash shart- lari bilan, bo‘sh ish joylari mavjud bo‘lgan hududlarga ishchi kuchi ortiqcha bo‘lgan hududlardan oilasi bilan ko‘chib o‘tishga subsidiya va

kreditlarni berish yo‘li orqali ishchi kuchi kasbiy harakatchanligini oshirish; global moliyaviy iqtisodiy inqiroz davrida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va qayta ishlash sanoati sektorlarining asosiy mahsulotlariga davlat buyurtmasini belgilash; raqobatbardosh bo‘lmagan qishloq ishchilarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash; qishloq ishsizlarining umumta’lim darajasini oshirish, mehnat bozorida turg‘un talab mavjud bo‘lgan kasblarga o‘qitish va qayta o‘qitish. 2. Hududiy darajada qo‘yidagilardan iborat: asosan yollangan ishchilarning himoyasiz guruhlari uchun hududiy ish bilan bandlikni faollashtirish yo‘llarini izlash maqsadida jamoat ishlarini tashkillashtirish; nogironlar, yoshlar va boshqalar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratayotgan korxonalarga imtiyozlar berish; hudud iqtisodiyoti tuzilmasini hisobga olgan holda asosan ishni yangidan boshlagan tadbirkorlar, kichik korxonalar uchun soliq va kredit imtiyozlarini berish; hududiy iqtisodiyotning talablarini hisobga olgan holda inson kapitaliga qo‘yilmalarni tartibga solish. 3. Ichki mehnat bozorida qo‘yidagilar nazarda tutiladi: korxonalarning moliyaviy holatidan qat’iy nazar, teng mehnat xizmatiga teng ish haqi kafolati; ish beruvchilar va yollanma ishchilar o‘rtasida iqtisodiy rag‘batlar bo‘yicha shartnomaviy munosabatlarni tartibga solish; mehnatga haq to‘lashning umumiy tarifini yaratish. Shunday qilib, mehnat bozorini ijtimoiy-yo‘naltirilgan tartibga solinishi to‘liq ish bilan bandlik va ishsizlikning imkon qadar past darajasiga erishishga yo‘naltirilgan. Yangi texnologiyalarni qo‘llanishi va ishlab chiqarishni qayta tashkillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan samarali ish bilan bandlikga erishish mehnat bozorini rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda davlat va uning institutlariga ko‘maklashishga korxonalarning qiziqishi, ushbu turning davlat tomonidan tartibga solishning muhim xususiyati hisoblanadi. Ijtimoiy-yo‘naltirilgan tartibga solinish qo‘llanadigan mamlakatlarda mehnat bozorini moliyalashtirish kasbiy tayyorgarlikka (unga tartibga solish faol siyosatining o‘rtacha 24% mablag‘lari ishlatiladi), yangi ish o‘rinlarini yaratishga

(faol siyosatga ajratilgan harajatlarning 18%), subsidiyalar (7%), ish bilan bandlik xizmatlarini moliyalashtirishga (10%) va boshqa harajatlarga ajratiladi. 1 Qo‘yidagi vazifalarni bajarilishi ijtimoiy yo‘naltirilgan mehnat bozorining shakllanishiga olib keladi: ishchi kuchiga talabni oshishi va uning taklifini kamayishiga yo‘naltirilgan tadbirlarni oshirishni kuchaytirish; bandlik xizmati va uning infratuzil- masida qudratli va tez rivojlanuvchi tizimni yaratish; aholining oqilona ish bilan bandligini shakllantirish; ishsizlikni yo‘l qo‘yiladigan darajasigacha qisqartirish; ish bilan band bo‘lmagan mahalliy xodimlar- ning malakasini, raqobatbardoshligini, ijtimoiy himoyasi va eksportini oshirish; mehnat bozori, ish bilan bandlik va ishsizlikni tartibga solishning samarali tashkiliy- iqtisodiy mexanizmlarini yaratish va h. k 2 . Mehnat bozorini tartibga solishning liberal turi tartibga solishning passiv siyosatini ko‘proq darajada qo‘llashi bilan tavsiflanadi. U qo‘yidagi tadbirlar orqali amalga oshiriladi: - eng kam majburiy ish haqini o‘rnatilishi ; - ishsizlik nafaqasini to‘lash ; - hududiy va firmalar o‘rtasidagi ishchi kuchi yuqori kasbiy harakat- chanligini ta’minlashni iqtisodiy choralar bilan amalga oshirish. Ko‘pchilik iqtisodchilar tartibga solish usullarini iqtisodiy va ma’muriy turlarga ajratishadilar 3 . Biz iqtisodiy va ma’muriy deganda kengroq tushunchani nazarda tutamiz, ya’ni tartibga solish shakllari va bun- dan kelib chiqadigan bo‘lsak, Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish- ning usullarini qo‘yidagi mezonlar bo‘yicha tasniflash mumkin. Mehnat bozorini tartibga solishning vazifalari bo‘yicha usullar ishsizlik darajasini pasayishiga, mehnat resurslaridan samarali foydalanish, ishchi kuchiga qoniqmagan talabni bartaraf qilish, ishchi kuchiga talab va taklifning eng maqbul nisbatiga va 1 OECD Employment Outlook, Paris, (2005 ва 2008 йиллар нашри) 2 Холмўминов Ш.Р. Қишлоқ меҳнат бозорининг шаклланиши ва ривожланишини моделлаштириш // Дис. ... и.ф.д.-Т.: 1998.-258 б. 3 Чижова Л., Сергеева Г., Кулагина Н. Политика занятости в контексте макроэкономического регулирования // Человек и труд.-2000.-№8.- Б .32; Якобсон Л.И. Государственный сектор экономики: Экономическая теория и политика-М. 2001.- Б .65.

boshqalarga ta’sir qiladi. Mehnat bozorida davlat faoliyati turli hil vazifalarni amalga oshirishi mumkin, u mehnat bozori elementlari va boshqa ob’ektlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. Tartibga solish vazifalari ular yo‘nalti- rilgan tartibga solish ob’ektlari bilan yaqindan bog‘liqdir. Tartibga solishning maqsadlari va vazifalariga bog‘liq holda davlat mehnat bozoriga ta’sir qilishning qolgan usullari va vositalarini tanlaydi. Mehnat bozorini tartibga solishning yo‘nalishlari bo‘yicha usullar qo‘yidagilarga ajratladi: mehnat bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi (masalan, qonunchilik) yoki unga bilvosita ta’sir qiluvchi (soliq, byudjet, pul- kredit siyosati; tashqi iqtisodiyotni tartibga solish va davlat tomonidan narx shakllanishini tartibga solish orqali daromadlarni tartibga solish siyosati). Bilvosita usullarni qo‘llagan holda, qishloq mehnat bozorini tartibga solishda ish bilan bandlikni tarmoq va hududiy tuzilmasini shakllantirish orqali davlat ahamiyatli rol o‘ynaydi. Moliyaviy rag‘batlar va davlat kapital qo‘yilmalari yordamida shakllangan, alohida qishloq xo‘jaligi tarmoqlari va hududlar uchun nisbatan yaxshiroq sharoitlarni ta’minlashi mumkin. Ayirim holatlarda uzoq chuzilgan inqiroz holatida bo‘lgan hudud va xo‘jalik birliklariga yordam ko‘rsatiladi; boshqa holatda – hudud va tarmoq ichida progressiv siljishlarga olib keluvchi, ishlab chiqarish turlari va xo‘jalikning yangi tarmoqlarini rivojlantirish ma’qullanadi. Bu esa ularda ish bilan bandlikni o‘sishini rag‘batlantiradi. Shu bilan birga teskari maqsadda ishlab chiqarishni haddan ziyod konsentratsiyasini pasaytirish bo‘yicha ham choralar qabul qilinishi mumkin. Mehnat bozorini tartibga solishnig ko‘lami (masshtabi) bo‘yicha usullari milliy, hududiy va ichki mehnat bozorini tartibga solishga yo‘naltirilgan. Ko‘pgina usullar mehnat bozori turlarining bir nechtasini tartibga soladi. Msalan, mamlakat miqyosida amalga oshiriladigan pul-kredit va investi- sion siyosat hududiy va ichki mehnat bozorlari konyunkturasiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Masalan, 2009 yilda Respublikamiz miqyosida qabul qilingan umumdavlat “Qishloq taraqqiyoti va faravonligi yili” davlat dasturi qishloq joylarda yangi ish o‘rinlarini yaratish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni yanada chuqurlashtirishga olib keladi.