logo

TERMINOLOGIYANI TARTIBGA SOLISH VA STANDARTLASHTIRISH MASALASI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

24.91015625 KB
TERMINOLOGIYANI TARTIBGA SOLISH VA
STANDARTLASHTIRISH MASALASI
Reja:
1. Standartlashtirish haqida tushuncha.
2. Terminologiyani tartibga solish.
3. Standartlashtirish talablari. Bilim   sohalari   ob'ektiv ,   atamalar   va   terminologik   tizimlar   ma'lum   bir
tilga   yoki   hatto   ma'lum   bir   ilmiy   maktabga   "bog'langan"ligi   sababli,
terminologiyaning   muhim   vazifasi   bu   atamalarni   standartlashtirish   va
unifikasiya   ( birlashtirish),   shuningdek   ularni   dunyoning   turli   tillariga   bir
ma’noni anglatuvchi termin sifatida tarjima qilishdir.
Terminotizimlarning   unifikatsiyasi   uchun   terminologik   standartlar
xizmat   qiladi.   Ammo   dunyodagi   terminotizimlarni   tashkil   qilish   uchun   20
mingdan ortiq standartlar mavjud. Bundan tashqari, turli darajadagi - xalqaro,
davlat va hatto alohida kompaniyalar va firmalarning terminologik standartlar
ishlab   chiqilgan.   Shu   munosabat   bilan   termin   va   terminotizimlarni
birlashtirish   vazifasi   davlat   va   mahalliy   til   siyosatining   majburiy   tarkibiy
qismi   bo'lishi   kerak,   chunki   terminlarning   noaniqligi   va   omonimligi,   yaqin
terminologik   tizimlar   o'rtasida   muvofiqlik   yo'qligi,   talaffuz   qilinishi   qiyin
bo'lgan   qisqartmalar   bilan   terminologik   kombinatsiyalarning   yuzaga   kelishi
ilmiy   va   texnik   taraqqiyot   uchun   sezilarli   to'siqdir.   Shuning   uchun   ham
t erminologiyani   tartibga   solish   va   standartlashtirish   masalasi
terminotizimlarda har doim dolzarb masalalardan bo’lib kelgan. Yangi paydo
bo’layotgan   mahsulotlar,   ilm-fan   va   texnika   yutuqlari,   ta’lim,   boshqaruv,
xizmat   ko’rsatish   tarmoqlari     va   ulardagi   konseptual     tizimlarning   kengayib
borishi   yangi     va   ilmiy   asosga     ega   bo’lgan   terminologik     tasniflash   va
standartlashtirish masalasini  o’rtaga tashladi.
O’zbek tili  terminologik tizimlarini  tartibga solish yuzasidan bir qator
tadqiqotlar   e’lon   qilingan.   Xususan,   R.Doniyorov,   N.Mahkamov,
A.Madvaliyev,   N.Qosimov,   Z.Mirahmedova,   I.Yo’ldashevlarning
terminologik   tizimlardagi   sinonimlik,   variantdorlik   masalalari,   ularning
qo’llanishini     tartibga   solish   bo’yicha   e’lon   qilingan   ishlari     shular
jumlasidandir.   Terminologiyani   tartibga   solish   ishlari     xorijda
terminologiyani   standartlashtirish   termini ostida yurtiladi. Terminologiyani standartlashtirish   bo’yicha   xorijda   e’lon   qilingan   ishlar   xususida
Yo.Haydarov maqolasi diqqatga sazovordir 1
.
Ma’lumki, har bir fan sohasining rivojlanish va takomillashuv darajasi
shu   soha   terminologiyasining   qay   darajada   taraqqiy   etganligi,   shuningdek,
tartibga solinganligi kabi belgilar   bilan ham uzviy bog’liqdir 2
. Chunki ilmiy
adabiyotda   qo’llanadigan   termin   yoki   uning   ifoda   shakli   aniq   va   ravshan
bo’lmas   ekan,   unda,   albatta,   chalkashlik,   noaniqlik   kabi   salbiy   holatlar
saqlanib   qolaveradi.   Shu   bois,   V.P.Danilenko   ta’kidlaganidek,   har   bir   fan
yoki   sohaning   taraqqiyot   ko’rsatkichi   shu   soha   terminologiyasining   «qat’iy
ilmiy terminologiya»ga ega ekanligi bilan ham belgilanadi. V.P.Danilenko bu
yerda   «qat’iy   ilmiy   terminologiya»   tushunchasini   biron-   bir   sohaviy
terminologiyaning   mazkur   fan   sohasi   taraqqiyoti   bilan   uyg’unlashuvi,
sohaviy   terminologiyaning   ayni   sohaga   oid   tushunchalarni   ifodalashdagi
hamohangligi,   yaratilgan   va   muomalada   bo’lib   turgan   terminologiyaning
muayyan fan tili bilan mos kelishi kabi holatlarni nazarda tutadi.
Terminlarning   «aniqligi   va   qat’iylashishi   shu   millatning   fani,   maorifi,
madaniyati darajasini ko’rsatadi. Atamalarning rivojlanishi, tartibga solinishi
fanning   har   xil   sohalarida   turlicha   bo’lib,   ma’lum   fanning   taraqqiyotiga
bog’liq.   Bu   taraqqiyot   to’xtovsiz   bo’lgani   uchun   yangi   atamalarning   kelib
chiqishi,   tartibga   tushishi   ham   uzluksiz   bo’ladi.   Umuman,   ona   tilida
atamalarning puxta ishlanishi, tartibga solinishi darslik va qo’llanmalar tuzish
uchun   ham,   ona   tilida   dars   olib   borish   uchun   ham   zarur   bo’lgan   manbadir.
Atamalarning  ishlanmaganligi  va  tartibga  solinmaganligi  nutq  uslubiga  ham
ta’sir ko’rsatadi 3
». Demak, terminologiyaning tartibga solinishi nafaqat ilmiy
sohada, balki ijtimoiy hayotda ham ahamiyati katta bo’lgan masaladir.
1
Ҳайдаров Ё. Терминологияни стандартлаштиришга доир // ЎТА, 2012, 3-сон.
2
 Қаранг: Нурмонов А. ва бошқ. Ҳозирги  ў збек адабий тили. –Т.: Шарқ, 2002. –Б. 62-63.   
3
 Абдураҳмонов Ў., Мамажонов С. Ўзбек тили ва адабиёти.-Т.: Ўзбекистон, 2002.-Б. 84-85.   Zamonaviy   ilm-fan,   savdo   yoki   sanoat   sohasi   bo’lsin,   ularning
hammasida   xalqaro   aloqalar     keng   rivojlanib,   sohaning   ertasi   butun
dunyodagi   mutaxassislarning   o’zaro   hamkorligida     ko’rilmoqda.   Bu
hamkorlik   sohaga   oid   tushunchalarning   barcha   mutaxassislar   uchun
tushunarli   ifodalanishini   taqozo   qiladi.   Mazkur   masala   xorijda   o’tgan
asrdayoq ko’tarilib bo’lib, International Standardization Organization (ISO)-
Xalqaro   standartlashtirish     tashkiloti   aynan   shu   maqsadda   tashkil   etilgan.
Xalqaro   standartlashtirish   tashkiloti   (International   Standardization
Organization   ISO)ga   1946   yilda   25   davlatning   standartlashtirish   bo’yicha
tashkilotlari tomonidan asos solingan.
Syu   Ellen   Rayt   «Terminologiyani   standartlashtirish.   Boshqarish
strategiyalari» maqolasida standartlashtirishni  tashkillashtirish  strategiyalari,
bir tilli  terminologiyani  boshqarish, standartlashtirishga oid cheklovlar kabi
masalalarga     to’xtaladi.   Olima   standartlashtirishni   tashkillashtirishda   soha
mutaxassislari, axborot texnologiyasi bo’yicha  mutaxassislar hamda  tajribali
terminologlarning   o’zaro   muloqoti   natijasi   o’laroq   yuzaga   kelgan
terminologik   mahsulot,   shuningdek,   bu   mahsulotning   onlayn   tarzida   turli
foydalanuvchilarning   e’tiboriga   havola   etilishi,   shu   asosda
foydalanuvchilarning  munosabatini  bilish  zamonaviy,  ishonchli  ma’lumotlar
bazasini  yaratishga imkon beradi, deb hisoblaydi.
Shon   Shradening   «Xalqaro   standartlashtirishda   terminologiyani
boshqarish»   maqolasida   plastmassa   sanoati   sohasi   bo’yicha   Xalqaro
standartlashtirish   tashkilotining   tajribasi   xususida   fikr   yuritiladi.   Richard
Strexlouning   «ISO   10241:   Terminologiya   standartlarini     tayyorlash   va
rejalashtirish»   maqolasida   Xalqaro   standartlashtirish     tashkiloti   tomonidan
ishlab chiqilgan ISO 10241 kompyuter dasturi haqida so’z boradi. Bu dastur
turli   soha     mutaxassislariga   mo’ljallangan   bo’lib,   ularga     o’z   sohalari
terminologiyasini   standartlashtirishda   amaliy   yordamchi   vazifasini   o’taydi. Olim terminologiya standartlarini yozish sistem yondashuvni   talab etadigan
uch bosqichdan iborat ekanini aytadi. Uning fikricha, avvalo, standart qanday
yondashuv   asosida     yozilishini   rejalashtirish   lozim.   Bu   rejalashtiri,   o’z
navbatida,     standartlashtirishga   bo’lgan   ehtiyojni     tahlil   qilish,
standartlashtirish kimlarga mo’ljallanayotganini aniqlab olish, qaysi sohaning
tushunchalari standartlashtirshayotganini qatiy belgilab olish, manba sifatida
qo’llanadigan   materiallarni   tahlil   qilish,   sohaga   oid   tushunchalarni   ro’yxat
qilib,   strukturalashtirsh,   tilni   tanlash,   ish   rejasi   jadvalini   tuzish   kabi
qadamlardan   tashkil   topishini   aytadi.   Standartlashtirishga   bo’lgan   ehtiyojni
tahlil   qilish   uchun   ayni   soha   bo’yicha   ish   olib   borayotgan   guruhlarning
o’zaro muloqotini kuzatish kerakligini ta’kidlaydi. Agar bu muloqot ma’lum
darajada   cheklangan   bo’lsa,   biror   terminning   ma’nosi   ko’pchilikka
tushunarsiz     bo’lib,   u   haqda   yig’ilishda   ko’p   so’ralsa,   ayrim   terminlarning
ma’nosini   asoslash yoki ma’nosi haqida baxslashish uchun ko’p vaqt ketsa,
terminologiyani   standartlashtirish     zarurati   mavjuddir,   deb   xulosa   qilish
mumkin bo’ladi.
Standartni   yozish   manba   yig’ish,   terminlarni   tanlash,   tushunchalarni
strukturalashtirish   va   ta’rif   yozishdan   iborat   bo’ladi.   Tushunchalar   tanlab
olinib,   tasniflangach,   terminlar   ro’yxati   tuzilib,   tushunchalar   shu   sohaga
tegishliligi  yoki boshqa sohadan o’zlashtirilganligiga    ko’ra yoki umumxalq
tilidan   olinganligiga   ko’ra   tasniflanishi   lozim.   Terminlarni   keyingi
ta’riflanishi va ajratib olinishi  shu tasnifga bog’liq bo’ladi.
Xalqaro   standartlashtirish   tashkilotining   terminologiyasini
standartlashtirish   bo’yicha   ishlab   chiqqan   qoidalariga   ko’ra,   terminologik
lug’atlarda ilmiy terminga izoh berilayotganda  izohlanayotgan termin aynan
takrorlanmasligi     kerak.   O’zbek   tilidagi   ayrim   terminolgik   lug’atlarda   bu
qoidaga har doim ham amal qilmaslik holatlari mavjud.   Masalan, 1994 yili
nashr   etilgan   «Tibbiyot   qomusiy   lug’ati»da   berilgan   qorin   pardasi,   seroz parda,   homila   pardasi   terminlarining   izohlarida   ularni   tushuntirish   uchun
yana aynan parda so’zi   ishlatilgan.   «Seroz parda- tana bo’shliqlarini   o’rab
turadigan   parda...»,   «homila   pardasi-   xorion   va   suv   pardadan   iborat;   xorion
va   amnion   pardalar   homilaga,   desidual   parda   esa   onaga   xos».   Ko’rinib
turibdiki,   parda   so’zi   ishlatilgan   har   uchala   termin   ta’rifida     ham   ilmiy
tushunchalar bilan tushuntirilmasdan aynan takrorlangan.  Parda  so’zi alohida
termin sifatida izohlangan bo’lishi mumkin degan fikrda lug’atning  «P» harfi
bilan   boshlanuvchi     terminlar   berilgan   qismiga   ko’z     tashlansa,   bu   qismda
unday termin berilmaganiga guvoh bo’lasiz.
Terminologik   lug’atlarda,   umuman,   har   qanday   izohli   lug’atda   biror
leksik   birlikni     izohlashda   qo’llanilgan   so’zlarning   barchasi   ayni   lug’atda
alohida   izohga   ega   bo’lishi     lozimligi   ma’lum.   Biroq   yuqorida     nomi   zikr
etilgan tibbiyot lug’atida    homila pardasi   termini ta’rifida qo’llangan   xorion
termini lug’atning «X» harfi bilan boshlanuvchi terminlar berilgan qismidan
mavjud   emas.   Yana   bir   misol,   ana   shu   lug’atda   seroz   parda   atributiv
birikmali   termini   izohida   ishlatilgan     chambar   ichak   termini   alohida   tarzda
lug’atning   «Ch»     harfi   bilan   boshlanuvchi   terminlar   berilgan   qismidan
topilmaydi.   Shu   kabi     ko’z   ichi   bosimi   termini   izohida   ishlatilgan   ko’z
soqqasi   terminiga   alohida lug’at birligi   sifatida izoh berilmagan.    Ko’z ichi
bosimi     nima   ekanini     tushunib   olmoqchi   bo’lgan   kishi   bu   termin   izohini
o’qib,   ikkinchi   bir   terminga   duch   keladi,   o’sha   ikkinchi   termin   esa   lug’atda
berilmagan.   Bundan   xulosa   qilish   mumkinki,   o’quvchi   tomonidan     lug’atda
izohi berilgan terminning ma’nosi  ham to’liq tushunilmaydi.
Xulosa   qilib   aytganda,   ilmiy   tushunchalar   izohlanadigan   maxsus
lug’atlarda     bunday   holatga   yo’l   qo’yib   bo’lmaydi.   Bu   holatlar   sohani
o’rganuvchilar,   o’quvchilar   tomonidan   terminlar   ma’nosini     tushunishga,
ularni   o’zlashtirishga   to’sqinlik   qiladi,   shu   bilan   birga,   terminologiyani
tartibga solish  va standartlashtirish  ishlarini murakkablashtiradi.  Ko’rsatilgan   bu   kamchiliklarning   ayrimlari   o’zbek   terminologiyasida
ham mavjuddir. Xususan, tilimizda ayni bir terminni birdan ortiq tushuncha
uchun   qo’llash,   bir   tushunchani   turli   terminlar   bilan   atash,   variantlilikning
mavjudligi,   rus   tili   va   u   orqali   Yevropa   tillaridan   o’zlashtirilgan
terminlarning   tushuncha   mohiyatini   to’g’ri   aks   ettira   olmasligi,   bir
tushunchani   ifodalovchi   terminlarning   noqulayligiga   sabab   bo’luvchi   ko’p
komponentlilik   holatining   mavjudligi,   xorijiy   terminlarning   keragidan   ortiq
darajada   qo’llanishi,   ayrim   terminlarning   yozilishidagi   har   xillik   kabi
terminologiyaning   yetakchi   tendensiyasiga   zid   keluvchi   holatlar   ko’plab
uchraydi. O’zbek terminologiyasidagi bunday salbiy holatlarning mavjudligi
sohaviy   terminologiyalarni   tartibga   solish   borasida   hali   ko’p   ishlar   qilinishi
lozimligidan dalolat beradi. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Ahmedov,   Bektemirov   H.   Ruscha-o’zbekcha   yuridik   atamalar
lug’ati.
- Toshkent: Adolat, 2002.
2.   Bekmuhamedov   X.Yu.   Tarix   terminlari   izohli   lug’ati.   -   Toshkent:
O’qituvchi, 1978.
3. Dadaboyev H. Tarixiy harbiy terminlar lug’ati. - Toshkent, 2007.
4.   Ismoilov   M.,   Sharopov   A.   Tarix   atamalari   lug’ati.   -   Toshkent,
Akademnashr, 2013.
5.   Muqimov   Z.,   Tursunova   O.   O’zbek   davlatchiligida   qo’llangan
tarixiy-huquqiy atamalar. - Samarqand 2007.
6.   Usmon   O.,   Doniyorov.   Ruscha-internasional   so’zlar   izohli   lug’ati.
- Toshkent: o’zbekiston, 1972.
7.   Xudayberganova   D.   Lingvokulturologiya   terminlarining   qisqacha
izohli lug’ati.  - Toshkent, 2015.
8.   Hojiyev   A.   Tilshunoslik   terminlarining   izohli   lug’ati.   -   Toshkent:
Fan, 2012.

TERMINOLOGIYANI TARTIBGA SOLISH VA STANDARTLASHTIRISH MASALASI Reja: 1. Standartlashtirish haqida tushuncha. 2. Terminologiyani tartibga solish. 3. Standartlashtirish talablari.

Bilim sohalari ob'ektiv , atamalar va terminologik tizimlar ma'lum bir tilga yoki hatto ma'lum bir ilmiy maktabga "bog'langan"ligi sababli, terminologiyaning muhim vazifasi bu atamalarni standartlashtirish va unifikasiya ( birlashtirish), shuningdek ularni dunyoning turli tillariga bir ma’noni anglatuvchi termin sifatida tarjima qilishdir. Terminotizimlarning unifikatsiyasi uchun terminologik standartlar xizmat qiladi. Ammo dunyodagi terminotizimlarni tashkil qilish uchun 20 mingdan ortiq standartlar mavjud. Bundan tashqari, turli darajadagi - xalqaro, davlat va hatto alohida kompaniyalar va firmalarning terminologik standartlar ishlab chiqilgan. Shu munosabat bilan termin va terminotizimlarni birlashtirish vazifasi davlat va mahalliy til siyosatining majburiy tarkibiy qismi bo'lishi kerak, chunki terminlarning noaniqligi va omonimligi, yaqin terminologik tizimlar o'rtasida muvofiqlik yo'qligi, talaffuz qilinishi qiyin bo'lgan qisqartmalar bilan terminologik kombinatsiyalarning yuzaga kelishi ilmiy va texnik taraqqiyot uchun sezilarli to'siqdir. Shuning uchun ham t erminologiyani tartibga solish va standartlashtirish masalasi terminotizimlarda har doim dolzarb masalalardan bo’lib kelgan. Yangi paydo bo’layotgan mahsulotlar, ilm-fan va texnika yutuqlari, ta’lim, boshqaruv, xizmat ko’rsatish tarmoqlari va ulardagi konseptual tizimlarning kengayib borishi yangi va ilmiy asosga ega bo’lgan terminologik tasniflash va standartlashtirish masalasini o’rtaga tashladi. O’zbek tili terminologik tizimlarini tartibga solish yuzasidan bir qator tadqiqotlar e’lon qilingan. Xususan, R.Doniyorov, N.Mahkamov, A.Madvaliyev, N.Qosimov, Z.Mirahmedova, I.Yo’ldashevlarning terminologik tizimlardagi sinonimlik, variantdorlik masalalari, ularning qo’llanishini tartibga solish bo’yicha e’lon qilingan ishlari shular jumlasidandir. Terminologiyani tartibga solish ishlari xorijda terminologiyani standartlashtirish termini ostida yurtiladi. Terminologiyani

standartlashtirish bo’yicha xorijda e’lon qilingan ishlar xususida Yo.Haydarov maqolasi diqqatga sazovordir 1 . Ma’lumki, har bir fan sohasining rivojlanish va takomillashuv darajasi shu soha terminologiyasining qay darajada taraqqiy etganligi, shuningdek, tartibga solinganligi kabi belgilar bilan ham uzviy bog’liqdir 2 . Chunki ilmiy adabiyotda qo’llanadigan termin yoki uning ifoda shakli aniq va ravshan bo’lmas ekan, unda, albatta, chalkashlik, noaniqlik kabi salbiy holatlar saqlanib qolaveradi. Shu bois, V.P.Danilenko ta’kidlaganidek, har bir fan yoki sohaning taraqqiyot ko’rsatkichi shu soha terminologiyasining «qat’iy ilmiy terminologiya»ga ega ekanligi bilan ham belgilanadi. V.P.Danilenko bu yerda «qat’iy ilmiy terminologiya» tushunchasini biron- bir sohaviy terminologiyaning mazkur fan sohasi taraqqiyoti bilan uyg’unlashuvi, sohaviy terminologiyaning ayni sohaga oid tushunchalarni ifodalashdagi hamohangligi, yaratilgan va muomalada bo’lib turgan terminologiyaning muayyan fan tili bilan mos kelishi kabi holatlarni nazarda tutadi. Terminlarning «aniqligi va qat’iylashishi shu millatning fani, maorifi, madaniyati darajasini ko’rsatadi. Atamalarning rivojlanishi, tartibga solinishi fanning har xil sohalarida turlicha bo’lib, ma’lum fanning taraqqiyotiga bog’liq. Bu taraqqiyot to’xtovsiz bo’lgani uchun yangi atamalarning kelib chiqishi, tartibga tushishi ham uzluksiz bo’ladi. Umuman, ona tilida atamalarning puxta ishlanishi, tartibga solinishi darslik va qo’llanmalar tuzish uchun ham, ona tilida dars olib borish uchun ham zarur bo’lgan manbadir. Atamalarning ishlanmaganligi va tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta’sir ko’rsatadi 3 ». Demak, terminologiyaning tartibga solinishi nafaqat ilmiy sohada, balki ijtimoiy hayotda ham ahamiyati katta bo’lgan masaladir. 1 Ҳайдаров Ё. Терминологияни стандартлаштиришга доир // ЎТА, 2012, 3-сон. 2 Қаранг: Нурмонов А. ва бошқ. Ҳозирги ў збек адабий тили. –Т.: Шарқ, 2002. –Б. 62-63. 3 Абдураҳмонов Ў., Мамажонов С. Ўзбек тили ва адабиёти.-Т.: Ўзбекистон, 2002.-Б. 84-85.

Zamonaviy ilm-fan, savdo yoki sanoat sohasi bo’lsin, ularning hammasida xalqaro aloqalar keng rivojlanib, sohaning ertasi butun dunyodagi mutaxassislarning o’zaro hamkorligida ko’rilmoqda. Bu hamkorlik sohaga oid tushunchalarning barcha mutaxassislar uchun tushunarli ifodalanishini taqozo qiladi. Mazkur masala xorijda o’tgan asrdayoq ko’tarilib bo’lib, International Standardization Organization (ISO)- Xalqaro standartlashtirish tashkiloti aynan shu maqsadda tashkil etilgan. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standardization Organization ISO)ga 1946 yilda 25 davlatning standartlashtirish bo’yicha tashkilotlari tomonidan asos solingan. Syu Ellen Rayt «Terminologiyani standartlashtirish. Boshqarish strategiyalari» maqolasida standartlashtirishni tashkillashtirish strategiyalari, bir tilli terminologiyani boshqarish, standartlashtirishga oid cheklovlar kabi masalalarga to’xtaladi. Olima standartlashtirishni tashkillashtirishda soha mutaxassislari, axborot texnologiyasi bo’yicha mutaxassislar hamda tajribali terminologlarning o’zaro muloqoti natijasi o’laroq yuzaga kelgan terminologik mahsulot, shuningdek, bu mahsulotning onlayn tarzida turli foydalanuvchilarning e’tiboriga havola etilishi, shu asosda foydalanuvchilarning munosabatini bilish zamonaviy, ishonchli ma’lumotlar bazasini yaratishga imkon beradi, deb hisoblaydi. Shon Shradening «Xalqaro standartlashtirishda terminologiyani boshqarish» maqolasida plastmassa sanoati sohasi bo’yicha Xalqaro standartlashtirish tashkilotining tajribasi xususida fikr yuritiladi. Richard Strexlouning «ISO 10241: Terminologiya standartlarini tayyorlash va rejalashtirish» maqolasida Xalqaro standartlashtirish tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan ISO 10241 kompyuter dasturi haqida so’z boradi. Bu dastur turli soha mutaxassislariga mo’ljallangan bo’lib, ularga o’z sohalari terminologiyasini standartlashtirishda amaliy yordamchi vazifasini o’taydi.

Olim terminologiya standartlarini yozish sistem yondashuvni talab etadigan uch bosqichdan iborat ekanini aytadi. Uning fikricha, avvalo, standart qanday yondashuv asosida yozilishini rejalashtirish lozim. Bu rejalashtiri, o’z navbatida, standartlashtirishga bo’lgan ehtiyojni tahlil qilish, standartlashtirish kimlarga mo’ljallanayotganini aniqlab olish, qaysi sohaning tushunchalari standartlashtirshayotganini qatiy belgilab olish, manba sifatida qo’llanadigan materiallarni tahlil qilish, sohaga oid tushunchalarni ro’yxat qilib, strukturalashtirsh, tilni tanlash, ish rejasi jadvalini tuzish kabi qadamlardan tashkil topishini aytadi. Standartlashtirishga bo’lgan ehtiyojni tahlil qilish uchun ayni soha bo’yicha ish olib borayotgan guruhlarning o’zaro muloqotini kuzatish kerakligini ta’kidlaydi. Agar bu muloqot ma’lum darajada cheklangan bo’lsa, biror terminning ma’nosi ko’pchilikka tushunarsiz bo’lib, u haqda yig’ilishda ko’p so’ralsa, ayrim terminlarning ma’nosini asoslash yoki ma’nosi haqida baxslashish uchun ko’p vaqt ketsa, terminologiyani standartlashtirish zarurati mavjuddir, deb xulosa qilish mumkin bo’ladi. Standartni yozish manba yig’ish, terminlarni tanlash, tushunchalarni strukturalashtirish va ta’rif yozishdan iborat bo’ladi. Tushunchalar tanlab olinib, tasniflangach, terminlar ro’yxati tuzilib, tushunchalar shu sohaga tegishliligi yoki boshqa sohadan o’zlashtirilganligiga ko’ra yoki umumxalq tilidan olinganligiga ko’ra tasniflanishi lozim. Terminlarni keyingi ta’riflanishi va ajratib olinishi shu tasnifga bog’liq bo’ladi. Xalqaro standartlashtirish tashkilotining terminologiyasini standartlashtirish bo’yicha ishlab chiqqan qoidalariga ko’ra, terminologik lug’atlarda ilmiy terminga izoh berilayotganda izohlanayotgan termin aynan takrorlanmasligi kerak. O’zbek tilidagi ayrim terminolgik lug’atlarda bu qoidaga har doim ham amal qilmaslik holatlari mavjud. Masalan, 1994 yili nashr etilgan «Tibbiyot qomusiy lug’ati»da berilgan qorin pardasi, seroz