logo

MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA TARTIBGA SOLISH.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

26.9267578125 KB
MOLIY A VIY REJALAS H TIRIS H  VA TARTIBGA SOLIS H.
Reja:
1. Moliyaviy rejalashtirish  h aqida tushuncha .
2.  Moliyaviy bashoratlash.
3.Moliyaviy rejalashtirish jarayonining asosiy bosqichlari.  1.  Moliyaviy rejalashtirish
Har   qanday   iqtisodiy   jarayonlarni   boshqarish     tizimining   asosiy
bosqichlaridan biri rejalashtirishdir. Iqtisodiy adabiyotlarda, umumiy shaklda
rejalashtirish   istiqbolga   yo’naltirilgan   qarorlarni   qabul   qilish   bo’yicha
faoliyat deb talqin qilinadi. 
“Rejalashtirish”   tushunchasining   ma’no   –   mazmunini   yanada
umumiyroq   bo’lgan   va   xo’jalik   yurituvchi   subyektlar   faoliyatini
muvofiqlashtirishning   obyektiv   zarurligi   va   imkoniyatini   anglatuvchi
“rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham  rejalashtirish amaliyotda
rejalilikni   amalga   oshirishni,   ya’ni   balanslilik   (muvozanat)   va
proporsionallilikka   (mutanosiblikka)   erishish   bo’yicha   ongli   faoliyatni
bildiradi. Shu ma’noda, moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini)
va   proporsionalliligini   (mutanosibligini)   ta’minlashga   qaratilgan   faoliyatga
moliyaviy rejalashtirish deyiladi. 
Bunda balanslilik (muvozanat) davlatning ixtiyorida bo’lgan moliyaviy
resurslar   va   xo’jalik   yurituvchi   subyektlarning   ixtiyorida   (qo’lida)   qolgan
daromadlar   o’rtasidagi   optimal   nisbatni   bildiradi.   Proporsionallik
(mutanosiblik)   esa   korxonalar,   xo’jalik   tarmoqlari,   mintaqalar   va   davlat
subyektlari   bo’yicha     daromadlarning   soliq   to’languncha   va   soliq
to’langandan   keyingi   o’lchamlari   (miqdorlari)   o’rtasidagi   oqilona   nisbatdan
iborat. Ana shu nisbatni ko’paytirish yoki kamaytirish orqali davlat ularning
rivojlanishini rag’batlantirish yoki cheklab qo’yishi mumkin.
Umumiy   va   oddiy   ko’rinishda,   moliyaviy   rejalashtirish   deyilganda
moliyaviy   rejalarni   tuzish   va   amalga   oshirish   jarayoni   nazarda   tutiladi.
Moliyaviy rejani, huddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi
moliyaviy   ko’rsatkichlarni   ijodiy   tahlil   qilish,   umumlashtirish   va   o’zaro bog’lash   tizimi   sifatida   qarash   kerak.   Amaliyotda   tez-tez   foydalaniladigan
rejalashtirish   ma’lumotlarini,   masalan,   korxona   faoliyatining   shakliy
modelini   ishlab   chiqish   va   shu   asosda   moliyaviy   ko’rsatkichlarning   rejali
tizimini   aniqlashni,   moliyaviy   rejalashtirishning   ishchi   sxemasi   sifatida
qarash   mumkin.   Shuni   nazarda   tutish   kerakki,     moliyaviy   rejalashtirish
jarayonida u yoki bu subyekt faoliyat ko’rsatishi moliyaviy ta’minlanishining
hayotiychanligini oshiruvchi noshakliy omillar inobatga olinishi kerak.
“Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi o’z ichiga quyidagilarni oladi:
 taraqqiyotning   asosiy   tendensiyalarini   aniqlash   va   moliyaviy   tahlil
qilish;
 jalb   qilingan   mablag’lar   va   vaqtincha   bo’sh   turgan   mablag’larni
joylashtirish menejmenti;
 firma   ichidagi   moliyaviy   natijalar   va   pullarni   rejalashtirish,   hisobga
olish va nazorat qilish texnologiyasi;
 investision menejment;
 kapitallar menejmenti;
 faoliyatning boshqa ko’rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar).
Bozor   munosabatlariga   o’tilganiga   qadar   moliyaviy   rejalashtirishning
mazmuni   korxonalarda   sof   operativ   vazifalarni   –   markazlashtirilgan
iqtisodiyot   amal   qilganligi   uchun   yetarli   darajada   formal   bo’lgan
korxonalarning   besh   yillik   moliyaviy   rejalaridagi   ko’rsatkichlarni   ishlab
chiqish,   istiqbolga   mo’ljallangan   rejalarning   loyihasini   baholash,
korxonaning yillik moliyaviy rejalarini tuzish kabilarni hal etishga qaratilgan
edi. Bunday amaliyotning hukm surganligi korxona moliyaviy xizmatlarining
obro’yiga obro’ qo’shmas, chunki ularga hech narsa bog’liq emas edi. 
Hozirgi sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy harakatlarni
oldindan   ko’zda   tutishgina   (ko’ra   bilishgina)   emas.   Bu   tegishli   ishlarni
amalga   oshirish   jarayonida   yuzaga   chiqishi   mumkin   bo’lgan   har   qanday kutilmagan   holatlarni   ko’ra   olish   qobiliyati   hamdir.   Albatta,   xo’jalik
yurituvchi   subyekt   o’z   faoliyatidagi   barcha   risklarga   barham   beraolmaydi.
Lekin   u   ana   shu   risklarni   samarali   oldindan   ko’ra   bilish   yordamida
boshqarish imkoniyatiga ega.
Moliyaviy   rejalashtirish   amaliyotida   quyidagi     asosiy   metodlardan
foydalanish mumkin:
 iqtisodiy tahlil metodi;
 normativ metod;
 balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari metodi;
 ko’p variantlilik metodi;
 iqtisodiy-matematik modellashtirish metodi;
 va boshqa metodlar.
Moliyaviy   rejalashtirish   mamlakat   milliy   xo’jaligini   rejalashtirishning
tarkibiy   qismi   bo’lib,   iqtisodiy   rivojlanish     rejasining   ko’rsatkichlariga
tayanadi,   moliya   tizimi   barcha   organlarining   faoliyatlarini
muvofiqlashtirishga   (koordinasiya   qilishga)   yo’naltiriladi.   Moliya   tizimi
alohida bo’g’inlarining nisbiy mustaqilligi quyidagilarni o’zida aks ettiruvchi
moliyaviy rejalarning ishlab chiqilishi zarurligini belgilab beradi:
 pul   fondlarini   shakllantirish   va   ulardan   foydalanish   shakllari   va
metodlarining o’ziga xosligi;
 moliyaviy resurslarni tarmoqlar va hududlar bo’yicha qayta taqsimlash.
Moliyaviy   rejalashtirishning   bosh   obyekti   rejada   o’zining   miqdoriy
ifodasini   oladigan   moliyaning   bo’g’inlari(moliyaviy   munosabatlar)
hisoblanadi.   Pul   fondlari   mablag’larining   harakati   yagona   tizimga
birlashtirilgan tegishli moliyaviy rejalarda ifodalanadi va mustahkamlanadi.
Moliyaviy rejalar tizimining markazini byudjet rejasi egallaydiki, unda
byudjet   fondining   harakati,   daromadlar   va   xarajatlarni   shakllantirish   va ulardan   foydalanishning   shakllari   va   metodlari,   daromad   va   xarajatlarning
tarkibiy tuzilishi va tuzilmasi o’zining miqdoriy ifodasini topadi.
Nobyudjet fondlarning harakati,  mos ravishda, Pensiya fondi,  sug’urta
fondi,   tibbiyot   sug’urtasi   fondi,   yo’l   fondi,   aholi   bandligi   davlat   fondi
kabilarning   moliyaviy   rejalarida   (smetalarida),   ularning   daromadlari   va
xarajatlarida   o’z   aks   ettiriladi.   Ularning   daromadlar   qismida   yuridik
shaxslarning majburiy va ixtiyoriy badallari ifodalanadi.   Nobyudjet fondlarga
qisman   byudjet   mablag’lari   tushishi,   mablag’lar   yetishmaganda   nobyudjet
fondlari   bir-birlaridan   qarzga   mablag’lar   olishi   mumkin.   Shunday   qilib,
nobyudjet fondlari bir-biri va byudjet fondi bilan chambarchas bog’liqdir.
Sug’urta fondi butun jamiyat, alohida mintaqalar, hududlar va fuqarolar
masshtabidagi   yo’qotmalarni   tiklash   uchun   kerak   bo’ladi.   Barcha   xo’jalik
yurituvchi   subyektlarning   ehtiyojlarini   hisobga   olish   uchun   sug’urta   fondi
ham   rejali   tarzda   shakllantiriladi   va   undan   foydalaniladi.   Bu   yerdagi
moliyaviy   rejaning   daromadlar   qismida   korxona,   tashkilot   va   alohida
fuqarolarning   badallari,   boshqa   fondlardan(byudjet   yo’nalishidagi)
mablag’larning   tushishi,   xarajatlar   qismida   esa   tabiiy   ofatlardan   ko’rilgan
zararlarni   qoplash,   sug’urtalanganlarga   sug’urta   to’lanmalari   so’mmasini
to’lash   kabilar   aks   ettiriladi.   Sug’urta   fondini   shakllantirish   va   undan
foydalanishning   rejasi   mablag’larning   yanada   samaraliroq   foylanilishiga
imkon beradi.
Moliyaviy   rejalashtirishning   umumdavlat   va   hududiy   darajalariga
istiqboldagi   (istiqbol   uchun   mo’ljallangan)   moliyaviy     rejalar,   moliyaviy
balanslar   va   shuningdek,   aholi   daromadlari   va   xarajatlari   harakatining
balansini ishlab chiqish va amalga oshirishlar kiradi.
Istiqboldagi   (istiqbol   uchun   mo’ljallangan)   moliyaviy     rejalashtirish
iqtisodiy   va   taraqqiyot   hamda   moliyaviy   siyosatni   muvofiqlashtirishni
(koordinatsiya qilishni) ta’minlash, shuningdek ishlab chiqiladigan islohotlar, dasturlar   va   qonunlarning   moliyaviy   oqibatlarini   kompleks   tarzda
bashoratlash,   uzoq   muddatli   salbiy   tendensiyalarni   kuzatish   va   ularga
nisbatan   tegishli   choralarni   o’z   vaqtida   qabul   qilish     maqsadlarida   amalga
oshiriladi.
Odatda,   istiqboldagi   (istiqbol   uchun   mo’ljallangan)   moliyaviy     rejalar
navbatdagi   uch   yil   uchun   ishlab   chiqilib,   uning   birinchi   yili   uchun   byudjet
tuziladi,   navbatdagi   ikki   yil   reja   davri   hisoblanib,   ular   davomida   e’lon
qilingan   iqtisodiy   siyosatning   haqiqiy   natijalari   kuzatiladi.   Istiqboldagi
(istiqbol uchun mo’ljallangan) moliyaviy  rejalar mamlakat, uning ma’muriy-
hududiy tuzilmalari iqtisodiy rivojlanishining aniqlashtirilgan o’rta muddatli
bashoratining   ko’rsatkichlarini   hisobga   olgan   holda   har   yili   o’zgartirilishi
(korrektirovka qilinishi) mumkin. Reja davri esa, bunda yana bir yil oldinga
suriladi.
Ijtimoiy   takror   ishlab   chiqarishning   proporsionalligi   va   balansliligini
ta’minlashda, pul muomalasini tartibga solishda davlatning yig’ma moliyaviy
balansi   (moliyaviy   resurslar   balansi)   va   har   bir   ma’muriy-hududiy
tuzilmalarning   daromadlar   va   xarajatlar   balansi   muhim   o’rinni   egallaydi.
Davlatning yig’ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) mamlakat,
uning subyektlari, mahalliy-hududiy tuzilmalari va ma’lum hududda faoliyat
ko’rsatayotgan barcha xo’jalik yurituvchi subyektlarning barcha daromadlari
va   xarajatlarining   jamidan   iboratdir.   U   o’tgan   yilgi   davlatning     hisobot
yig’ma   moliyaviy   balansi   (hisobot   moliyaviy   resurslar   balansi)   asosida   va
mamlakat   iqtisodiy   taraqqiyotining   bashorat   ko’rsatkichlariga   muvofiq
ravishda tuziladi hamda ular byudjet loyihalarini  ishlab chiqishda asos bo’lib
xizmat qiladi. 
  Bu moliyaviy rejalar (hujjatlar) Moliya vazirligi va moliya tizimining
boshqa   bo’linmalari   faol   ishtirokida   Iqtisodiyot   vazirligi   tomonidan   ishlab
chiqiladi.   Balansda   byudjet   fondi,   nobyudjet   fondlar,   sug’urta   fondi,   kredit fondi, korxona va tashkilotlarning pul fondlari va nihoyat, fuqarolarning pul
mablag’lari   tarkibida   rejalashtirilayotgan   resurslarning   shakllanishi   va
ulardan foydalanish aks ettiriladi. Moliyaviy rejalashtirishning balans metodi
mamlakat,   uning   ma’muriy-hududiy   tuzilmalari   va   mahalliy   ma’muriyatlari
masshtabida   moliyaviy   resurslar   defitsitini   aniqlashga,   barcha   xo’jalik
yurituvchi   subyektlar   o’rtasida   mablag’larni   samarali   va   asosli   qayta
taqsimlashga imkon beradi. Davlatning yig’ma moliyaviy balansi (moliyaviy
resurslar   balansi)   mavjud   barcha   moliyaviy   rejalarni   yagona   tizimga
birlashtiradi.   Uning   ko’rsatkichlari   byudjet   va   kredit   rejalarini,   shuningdek
boshqa moliyaviy rejalarni tuzishda asos sifatida qabul qilinadi. 
Boshqa bir sintetik balans – aholi daromadlari va xarajatlarining balansi
– davlatning yig’ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) bevosita
bog’langandir.   Unda   naqd   pulli   va   naqd   pulsiz   shakllardagi   aholi   pul
resurslarining   harakati   o’z   ifodasini   topadi.   Balansda   aks   ettirilayotgan
aholining   pul   daromadlari   o’zining   manbasiga   ko’ra   quyidagi   uch   guruhga
bo’linadi:
 ish   haqi   va   ish   haqiga   ustamalar,   mukofotlar,   safar   xarajatlari   uchun
mo’ljallangan mablag’lar,  yollanma  ishchilarga (xodimlarga)   ish beruvchi
tomonidan amalga oshiriladigan  xarakterdagi to’lanmalar;
 tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, korxonalarning foydasiga
ishtirok   etish,   shaxsiy   mulk   bilan   operatsiyalar   va     moliya   –   kredit
operatsiyalaridan olinadigan daromadlar;
  transfertlar – davlat   pensiyalari, nafaqalar, stipendiyalar va  boshqalar.
Xuddi shuningdek, balansda aks ettirilayotgan aholining pul xarajatlari
ham quyidagi guruhlardan iborat bo’ladi:
 iste’mol xarajatlari;
 soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va ixtiyoriy badallar;
 pul to’planmalari va jamg’armalar. Moliyaviy   reja   hisoblangan   ushbu   balans   aholining   daromadlari   va
xarajatlari   o’rtasidagi   proporsiyani   aniqlaydi,   mehnat   haqi   va   pensiya
ta’minotining   o’sganligi,   tovarlar   taklifi   hajmining   oshganligini   ifodalaydi.
Shularga muvofiq ravishda, aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi naqd
pulli   pul   aylanmasi,   chakana   tovar   aylanmasi,     soliq   tushumlari,   kredit
resurslarini   rejalashtirish   uchun   muhim   rol   o’ynaydi.   Bu   balans   Moliya
vazirligi,   Markaziy   bank   va   moliya   tizimining   boshqa   organlari   ishtirokida
Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
2. Moliyaviy bashoratlash
Moliyaviy   rejalashtirishni   moliyaviy   bashoratlashsiz   tasavvur   etib
bo’lmaydi.   U   yoki   bu   davr   mobaynida   davlatning     mumkin   bo’lgan
moliyaviy   ahvolini   (holatini)   oldindan   ko’ra   bilish   va   moliyaviy   rejalarning
ko’rsatkichlarini   asoslashga   moliyaviy   bashoratlash   deyiladi.   Nazariya   va
amaliyotda moliyaviy bashoratlash ikkiga ajratiladi:
 o’rta muddatli (5-10 yillik) moliyaviy bashoratlash;
 uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash.
Moliyaviy   bashoratlash   moliyaviy   rejalarni   tuzish   bosqichidan   oldin
sodir   bo’ladi.   Unda   jamiyatning   ma’lum   bir   davrdagi   taraqqiyotiga
bag’ishlangan moliyaviy siyosatning konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Moliyaviy
bashoratlashning bosh maqsadi  bashoratlanayotgan davrda haqiqatda mavjud
bo’lishi   mumkin   bo’lgan   moliyaviy   resurslarning   real   hajmi,   ularni
shakllantirish   manbalari   va   ulardan   foydalanishni   aniqlashdan   iborat.
Moliyaviy bashoratlar moliya tizimi organlariga moliya tizimini rivojlantirish
va   takomillashtirishning,   moliyaviy   siyosatni   amalga   oshirish   shakllari   va
metodlarining   turli-tuman   variantlarini   belgilashga   imkon   beradi.   Shu
ma’noda,   moliyaviy   bashoratlar   moliyaviy   siyosatni   ishlab   chiqishning zaruriy elementi va bir vaqtning o’zida   muhim bosqichi bo’lib hisoblanadi.
Ular yordamida moliya tizimining barcha subyektlari oldida turgan iqtisodiy
vazifalarni yechishning (hal qilishning) turli senariyalari ishlab chiqiladi.
Moliyaviy   bashoratlash   turli   metodlarning   qo’llanilishini   taqoza   etadi.
Ularning eng asosiylari quyidagilar bo’lishi mumkin:
 iqtisodiy   jarayonlarni   aniqlaydigan   omillarga   bog’liq   ravishda
moliyaviy   reja   ko’rsatkichlarining   dinamikasini   xarakterlaydigan
ekonometrik modelni qurish (yaratish);
 korrelyasion   –   regression   tahlil;
 bevosita ekspertli baholash metodi.
Shu   asoslar   aniq   shakllantirilgan   maqsad   va   unga   erishishning
vositalari   yotgan   dasturli   –   maqsadli   yondashuvdan   foydalanadigan
moliyaviy   rejalashtirishning   metodi   sifatida   moliyaviy   dasturlashtirish
quyidagilarning bo’lishini ko’zda tutadi:
 yo’nalishlar   bo’yicha   davlat   xarajatlarining   ustuvorlarini   belgilash
(o’rnatish);
 davlat mablag’lari sarflanishining samaradorligini oshirish;
 muqobil   variantning   tanlanishiga   muvofiq   ravishda   moliyalashtirishni
to’xtatish.
Dastur   variantining   tanlanishi,   eng   avvalo,   iqtisodiy   omillarga
(resurslarga)   bog’liq.   Bunda   faqat   maqsadga   erishishning   masshtabi,
ahamiyati   va   murakkabligi   emas,   balki   mavjud   zahiralarning   hajmi,
kutilayotgan   jami   samara,   maqsadga   erishilmaganda   potensial   yo’qotmalar
ham   hisobga   olinadi.   Moliyaviy   siyosat   sohasidagi   uzoq   va   qisqa   muddali
maqsadlar   va   choralarni   muvofiqlashtirishning     muhim   metodi   sifatida
dasturlashtirishdan   moliyaviy   rejalashtirishning   hozirgi   amaliyotida   faol
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Moliyaviy   dasturlashtirish   rivojlangan   mamlakatlarda   o’tgan   asrning
60-yillaridanoq   foydalanib   kelinmoqda.   Uning   asosiy   mohiyati     besh   yillik
“o’zgarib turadigan” xarajatlar rejasini tuzish bilan belgilanadi. Har yili joriy
yil   rejasi   ko’rsatkichlarining   kutilayotgan   ijrosi   asosida   reja   o’zgartiriladi
(korrektirovka qilinadi). Bunda ko’rsatkichlar besh yillik shkala bo’yicha bir
yil   oldinga   (hisobot   yilidan   keyingi   yilga)   ko’chiriladi.   Oldinda   turgan
birinchi   yilning   reja   ko’rsatkichlari   direktiv   (majburiy),   keyingi   to’rt   yillik
ko’rsatkichlar esa mo’ljalli (oriyentirovkali) xarakterga ega hisoblanadi. 
Hozirgi   paytda   dunyoning   juda   ko’p   mamlakatlarida   ishlab   chiqarish
maqsadlariga,   resurslar   va   ijrochilar   bo’yicha   balanslilikka   yo’naltirilgan
ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-xo’jalik va boshqa tadbirlar tizimidan iborat bo’lgan
maqsadli kompleksli dasturlarlardan keng foydalanilmoqda.
Quyidagilar moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
 ishlab chiqarish, investision va moliyaviy faoliyatlarni kerakli bo’lgan
moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;
 pul   mablag’laridan   iqtisod   qilib,   tejab-tergab   foydalanish   hisobidan
korxonaning foydasini oshirish bo’yicha ichki rezervlarni qidirib topish;
 kapitalni   samarali   joylashtirish   yo’llarini   aniqlash,   undan   oqilona   va
samarali foydalanishni baholash;
 kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlarni o’rnatish;
 korxonaning   moliyaviy   ahvoli,   to’lovga   qobilligi   va   kreditga
layoqatliligi ustidan nazorat o’rnatish.
Umuman   olganda,   moliyaviy   rejalarning   ko’rsatkichlari   davlatning
moliyaviy   ahvolini   tahlil   qilish   uchun   boshlang’ich   material   hisoblanadi,
istiqboldagi   (istiqbol   uchun)   rejalashtirishning   informasion   asosi   bo’lib
xizmat   qiladi.   Moliyaviy   rejalar   tizimi   moliyaviy   resurslar   manbalarining
(jismoniy   va   yuridik   shaxslar   daromadlari)   tarkibiy   tuzilishidagi
o’zgarishlarning   obyektiv   ravishda   o’zaro   bog’liqligi   va   uzoq   muddatli tendensiyalarini,   shuningdek,   kelajakda   bu   tendensiyalar   rivojlanishiniga
ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan omillarni aniqlashga imkon beradi.
3. Moliyaviy rejalashtirish jarayonining asosiy bosqichlari
 
Moliyaviy   rejalashtirish   jarayonining   quyidagi   asosiy   bosqichlarini
ajratib ko’rsatish mumkin:
 xo’jalik   yurituvchi   subyektlar   faoliyatining   moliyaviy   natijalarini
tadqiq etish;
 operativ   rejalarning   o’zgarishi   asosida   moliyaviy   hisobotlarning
bashorat variantlarini ishlab chiqish;
 o’z   reja   topshiriqlarining   bajarilishini   ta’minlash   uchun   xo’jalik
yurituvchi   subyektning   moliyaviy   resurslarga   bo’lgan   konkret   ehtiyojlarini
aniqlash;
 moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, o’z va tashqi manbalarning)
va ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash;
 xo’jalik   yurituvchi   subyektlar   moliyasini   boshqarishning   tizimini
yaratish va uni ushlab turish (qo’llab-quvvatlash);
 shakllantirilgan   rejalarni   operativ   o’zgartirish   tartibini   (prosedurasini)
ishlab chiqish.
Moliyaviy rejalashtirishning ikki turi bo’lishi mumkin:
 strategik moliyaviy rejalashtirish;
 joriy moliyaviy rejalashtirish.
Strategik   moliyaviy   rejalashtirish   o’z   ifodasini   strategik   moliyaviy
rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda o’zgarayotgan   xo’jalik yuritish
subyekti moliyaviy taraqqiyotining ko’p variantli bashoratidan iboratdir. 
Strategik   moliyaviy   reja,   hech   bo’lmaganda,   quyidagi   savollarga   aniq
javob bermog’i lozim:  xo’jalik   yurituvchi   subyekt   uchun   talab   qilinadigan   kapitalning
o’lchami   qanday,   u   qaysi   manbalar   hisobidan   va   qanday   muddatlarda   jalb
qilinadi?
 bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi?
 o’z   kuchiga   ishongan   holda   xo’jalik   yurituvchi   subyekt   rivojlanishi
mumkinmi?     Agar   yo’q   bo’lsa,   moliyaviy   resurslarni   jalb   qilishning
manbalari qanday?
 xo’jalik   yurituvchi   subyekt   pul   mablag’lari   tushumi,   ishlab
chiqarishning   rentabelligi   va   investisiyalar   daromadligining   qanday
darajalariga chiqishi mumkin va qay muddatlarda?
O’z   navbatida,   joriy   moliyaviy   rejalashtirishning   asosiy   funksiyalari
quyidagilardan iborat:
 ishlab   chiqarish,   investision,   marketing,   ilmiy-loyihaviy   va   qidiruv
faoliyatlarini   hamda     loyihalarni   amalga   oshirish   uchun   zarur   bo’lgan
moliyaviy resurslarning hajmi va ularning manbalarini aniqlash;
 mahsulotni   (ishni,   xizmatni)   ishlab   chiqarish   va   realiza t siya   qilish
tannarxini rejalashtirish;
 pul oqimlarini rejalashtirish;
 butun   xo’jalik   yurituvchi   subyekt   doirasida   foydani   rejalashtirish
(bashoratlash);
 investisiyalarning daromadliligini rejalashtirish.
Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy rejalar quyida
ikki guruhga bo’linishi mumkin:
 uzoq muddatli moliyaviy rejalar;
 qisqa muddatli moliyaviy rejalar.
Uzoq   va   qisqa   muddatli   moliyaviy   rejalar   bir-birlaridan   nafaqat
o’zining   qamrab   olish   gorizonti   bo’yicha,   balki   rejalashtirish   maqsadlariga
ko’ra   ham   farqlanadi.   Agar   uzoq   muddatli   moliyaviy   rejalarning (rejalashtirishning)   bosh   maqsadi   moliyaviy   barqarorlik   nuqtai-nazaridan
firma   kengayishining   yo’l   qo’yilishi   mumkin   bo’lgan   sur’atlarini   aniqlash
bo’lsa,   qisqa   muddatli   moliyaviy   rejalarning   (rejalashtirishning)   bosh
maqsadi firmaning doimiy to’lovga qobilligini ta’minlashdan iboratdir.
Alohida   olingan   xo’jalik   yurituvchi   subyektlarning   moliyaviy   rejasi
unga   tegishli   bo’lgan   biznes-rejaning   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.   Unda
marketing,   operativ   faoliyat,   mulkka   egalik   huquqi   va   korxona   faoliyat
ko’rsatishining   boshqa   yo’nalishlari   (aspektlari)   qiymat   ko’rsatkichlarida
ifodalanadi.   Moliyaviy   reja   korxona   butun   faoliyatini   moliyaviy   jihatdan
ta’minlashning instrumenti sifatida maydonga chiqadi va bir vaqtning o’zida,
shu   faoliyatning   moliyaviy   natijalarini   xarakterlaydi.   Biznes-rejaning
tarkibida moliyaviy reja quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ishlab chiqiladi:
 bozorlarni   va   ko’zda   tutilayotgan   sotuvlar   hajmini     o’zlashtirishning
loyihaviy ko’rsatkichlarini ishlab chiqish;
 tannarxning   turli   ko’rinishlarini   (to’liq,   ishlab   chiqarish,   to’g’ri   va
boshqalar)   hisob-kitob   qilish.   Bu   yerda   marketing   tadqiqotlari,   reklama,
bozorlarni   o’zlashtirish   xarajatlarini   hisobga   olish   muhim   ahamiyat   kasb
etadi;
 pul   mablag’larining   yillik   oqimini   loyihalashtirish   va   moliyaviy
natijalarni   aniqlash.     Bu     tushumlarning   kelib   tushishi,   debitorlik   va
kreditorlik   qarzlarining   o’zgarishi,   moliq   to’lovlarini   optimallashtirish   va
boshqalar bo’yicha dinamikalarning bashorat qilinishini taqoza etadi;
 zaruriy   investisiyalarning   hajmi,   ishlab   chiqarishni   kengaytirish
bo’yicha   moliyaviy   resurslarning   hajmi,   ularning   samaradorligi   va   foydaga
ta’sirini aniqlash;
 va boshqalar.   Adabiyotlar :
1. Va h obo v  A.  va bosh q alar. Budjet   - soli q  siyosati  yaxlitligi.  O‘q uv 
qo‘ llanma. - T.: I q tisod va moliya.  2005.285 b.
2. Va h ob o v A. va bosh q alar .  Moliyaviy va bosh q aruv ta h lili.  Darslik. T.: 
Shar q  2005. 220 b.
3. Mali k ov T., Xaydarov N. Davlat budjeti . O‘q uv  qo‘ llanma, T . : 
"IQT1SOD-MOLIYA", 2007, 84 b.
4. M alikov T., Xaydarov N. Budjet daromadlari va xarajatlari . O‘q uv 
qo‘ lla n ma, T . : "IQTISOD-MOLIYA", 2007 , 245 b.
5. M aliko v T., Xaydarov N. Budjet: tizimi, tuzulmasi, jarayoni . O‘q uv 
qo‘ llanma, T .:  "IQTISOD-MOLIYA", 2008, 84 b.
6. Yo‘l dosh e v  Z ., Malikov T. Uy x o‘ jaligi moliyasi.  O‘q uv  qo‘ llanma, T .: 
"IQTISOD-MOLIYA", 2008, 105 b.
7. Неshитой А.С. Финансы. Уchебник.-М.:”Даshков и К”, 2007. 512 с.
8. Романовский В.М. Уchебник.-М.:”Юрайт”, 2008. 462 с.

MOLIY A VIY REJALAS H TIRIS H VA TARTIBGA SOLIS H. Reja: 1. Moliyaviy rejalashtirish h aqida tushuncha . 2. Moliyaviy bashoratlash. 3.Moliyaviy rejalashtirish jarayonining asosiy bosqichlari.

1. Moliyaviy rejalashtirish Har qanday iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirishdir. Iqtisodiy adabiyotlarda, umumiy shaklda rejalashtirish istiqbolga yo’naltirilgan qarorlarni qabul qilish bo’yicha faoliyat deb talqin qilinadi. “Rejalashtirish” tushunchasining ma’no – mazmunini yanada umumiyroq bo’lgan va xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning obyektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham rejalashtirish amaliyotda rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvozanat) va proporsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bo’yicha ongli faoliyatni bildiradi. Shu ma’noda, moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va proporsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi. Bunda balanslilik (muvozanat) davlatning ixtiyorida bo’lgan moliyaviy resurslar va xo’jalik yurituvchi subyektlarning ixtiyorida (qo’lida) qolgan daromadlar o’rtasidagi optimal nisbatni bildiradi. Proporsionallik (mutanosiblik) esa korxonalar, xo’jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat subyektlari bo’yicha daromadlarning soliq to’languncha va soliq to’langandan keyingi o’lchamlari (miqdorlari) o’rtasidagi oqilona nisbatdan iborat. Ana shu nisbatni ko’paytirish yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag’batlantirish yoki cheklab qo’yishi mumkin. Umumiy va oddiy ko’rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, huddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy ko’rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va o’zaro

bog’lash tizimi sifatida qarash kerak. Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modelini ishlab chiqish va shu asosda moliyaviy ko’rsatkichlarning rejali tizimini aniqlashni, moliyaviy rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, moliyaviy rejalashtirish jarayonida u yoki bu subyekt faoliyat ko’rsatishi moliyaviy ta’minlanishining hayotiychanligini oshiruvchi noshakliy omillar inobatga olinishi kerak. “Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi o’z ichiga quyidagilarni oladi:  taraqqiyotning asosiy tendensiyalarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish;  jalb qilingan mablag’lar va vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni joylashtirish menejmenti;  firma ichidagi moliyaviy natijalar va pullarni rejalashtirish, hisobga olish va nazorat qilish texnologiyasi;  investision menejment;  kapitallar menejmenti;  faoliyatning boshqa ko’rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar). Bozor munosabatlariga o’tilganiga qadar moliyaviy rejalashtirishning mazmuni korxonalarda sof operativ vazifalarni – markazlashtirilgan iqtisodiyot amal qilganligi uchun yetarli darajada formal bo’lgan korxonalarning besh yillik moliyaviy rejalaridagi ko’rsatkichlarni ishlab chiqish, istiqbolga mo’ljallangan rejalarning loyihasini baholash, korxonaning yillik moliyaviy rejalarini tuzish kabilarni hal etishga qaratilgan edi. Bunday amaliyotning hukm surganligi korxona moliyaviy xizmatlarining obro’yiga obro’ qo’shmas, chunki ularga hech narsa bog’liq emas edi. Hozirgi sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy harakatlarni oldindan ko’zda tutishgina (ko’ra bilishgina) emas. Bu tegishli ishlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga chiqishi mumkin bo’lgan har qanday

kutilmagan holatlarni ko’ra olish qobiliyati hamdir. Albatta, xo’jalik yurituvchi subyekt o’z faoliyatidagi barcha risklarga barham beraolmaydi. Lekin u ana shu risklarni samarali oldindan ko’ra bilish yordamida boshqarish imkoniyatiga ega. Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida quyidagi asosiy metodlardan foydalanish mumkin:  iqtisodiy tahlil metodi;  normativ metod;  balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari metodi;  ko’p variantlilik metodi;  iqtisodiy-matematik modellashtirish metodi;  va boshqa metodlar. Moliyaviy rejalashtirish mamlakat milliy xo’jaligini rejalashtirishning tarkibiy qismi bo’lib, iqtisodiy rivojlanish rejasining ko’rsatkichlariga tayanadi, moliya tizimi barcha organlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirishga (koordinasiya qilishga) yo’naltiriladi. Moliya tizimi alohida bo’g’inlarining nisbiy mustaqilligi quyidagilarni o’zida aks ettiruvchi moliyaviy rejalarning ishlab chiqilishi zarurligini belgilab beradi:  pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va metodlarining o’ziga xosligi;  moliyaviy resurslarni tarmoqlar va hududlar bo’yicha qayta taqsimlash. Moliyaviy rejalashtirishning bosh obyekti rejada o’zining miqdoriy ifodasini oladigan moliyaning bo’g’inlari(moliyaviy munosabatlar) hisoblanadi. Pul fondlari mablag’larining harakati yagona tizimga birlashtirilgan tegishli moliyaviy rejalarda ifodalanadi va mustahkamlanadi. Moliyaviy rejalar tizimining markazini byudjet rejasi egallaydiki, unda byudjet fondining harakati, daromadlar va xarajatlarni shakllantirish va

ulardan foydalanishning shakllari va metodlari, daromad va xarajatlarning tarkibiy tuzilishi va tuzilmasi o’zining miqdoriy ifodasini topadi. Nobyudjet fondlarning harakati, mos ravishda, Pensiya fondi, sug’urta fondi, tibbiyot sug’urtasi fondi, yo’l fondi, aholi bandligi davlat fondi kabilarning moliyaviy rejalarida (smetalarida), ularning daromadlari va xarajatlarida o’z aks ettiriladi. Ularning daromadlar qismida yuridik shaxslarning majburiy va ixtiyoriy badallari ifodalanadi. Nobyudjet fondlarga qisman byudjet mablag’lari tushishi, mablag’lar yetishmaganda nobyudjet fondlari bir-birlaridan qarzga mablag’lar olishi mumkin. Shunday qilib, nobyudjet fondlari bir-biri va byudjet fondi bilan chambarchas bog’liqdir. Sug’urta fondi butun jamiyat, alohida mintaqalar, hududlar va fuqarolar masshtabidagi yo’qotmalarni tiklash uchun kerak bo’ladi. Barcha xo’jalik yurituvchi subyektlarning ehtiyojlarini hisobga olish uchun sug’urta fondi ham rejali tarzda shakllantiriladi va undan foydalaniladi. Bu yerdagi moliyaviy rejaning daromadlar qismida korxona, tashkilot va alohida fuqarolarning badallari, boshqa fondlardan(byudjet yo’nalishidagi) mablag’larning tushishi, xarajatlar qismida esa tabiiy ofatlardan ko’rilgan zararlarni qoplash, sug’urtalanganlarga sug’urta to’lanmalari so’mmasini to’lash kabilar aks ettiriladi. Sug’urta fondini shakllantirish va undan foydalanishning rejasi mablag’larning yanada samaraliroq foylanilishiga imkon beradi. Moliyaviy rejalashtirishning umumdavlat va hududiy darajalariga istiqboldagi (istiqbol uchun mo’ljallangan) moliyaviy rejalar, moliyaviy balanslar va shuningdek, aholi daromadlari va xarajatlari harakatining balansini ishlab chiqish va amalga oshirishlar kiradi. Istiqboldagi (istiqbol uchun mo’ljallangan) moliyaviy rejalashtirish iqtisodiy va taraqqiyot hamda moliyaviy siyosatni muvofiqlashtirishni (koordinatsiya qilishni) ta’minlash, shuningdek ishlab chiqiladigan islohotlar,