MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASINING RIVOJLANISh HOLATI VA UNGA TA’SIR ETUVChI IJTIMOIY-IQTISODIY OMILLAR
MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASINING RIVOJLANISh HOLATI VA UNGA TA’SIR ETUVChI IJTIMOIY-IQTISODIY OMILLAR Reja: 1. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanish holati 2. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar 3. Davlat ish bilan bandlik xizmati – ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirishning tarkibiy qismi sifatida 4. Mehnat bozori infratuzilmasida ish bilan bandlik xizmatining nodavlat tuzilmalari faoliyatlari
1. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanish holati Aholining mehnatda bandlik darajasi har qanday davlat iqtisodiyotining rivojlanish ko‘lamini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan biridir. Mehnat va aholi ish bilan bandligi sohasida bozor aloqalarini rivojlantirish yangi va o‘xshash bo‘lmagan yondashishni, mehnat bozori elementlarini o‘rganishda muntazamlikni, bozor kategoriyalari va tushunchalarining uslubiy bazasini yangilashni talab etadi. Iqtisodiyotni qayta qurish va shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish kelgusida aholini ish bilan bandligi sohasidagi institutsional tuzilmalar faoliyatlarini jadallashtirish va normativ- huquqiy bazalarini rivojlantirishni talab qiladi. Mehnat bozori holatining yetarli darajada barqaror ta’minlanishi mehnat bozori infratuzilmasi barcha sub’ektlari, shuningdek davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari tomonidan ko‘tilayotgan bir qator joriy masalalar va muammolarning muvaffaqiyatli yechimlarini hal etishni talab etadi. Mehnat bozori infratuzilmasining samarali shakllanishi va rivojlanishi sharoitida ishsizlikni kamaytirish hamda aholining ish bilan bandligini oshirish bo‘yicha iqtisodiy asoslangan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish aniq sotsiologik so‘rovlar o‘tkazishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Sotsiologik so‘rov natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, tadqiqot Samarqnd viloyatning tuman bandlikka ko‘maklashish markazlarida rasman ro‘yxatda bo‘lgan ishsizlarning 44,7%i to‘liq, 18,0%i qisman, 12,8%i vaqtinchalik va 24,5% mavsumiy ishsizlik turlariga taalluqli. To‘liq ishsizlik paydo bo‘lishining asosiy sabablari quyidagilar: ish haqining past darajasi, iqtisodiy nochor koxonalarning tugatilishi, o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shashi, malaka darajasining ish joylari talabalariga mos kelmasligi va boshqalar. Qisman ishsizlik ish haqining past darajasi, sog‘liqning yomonlashuvchi, ish vaqtining ko‘p qismida uy xo‘jaligi bilan shug‘ullanganligi sababli paydo bo‘ladi. Vaqtincha ishsizlik ko‘proq yoshlar o‘quv yurtini tugatgandan so‘ng ishga joylasha olmasligi, ayollarning uch yoshgacha bola tarbiyasi bilan
shug‘ullanganligi, ishlab chiqarish hajmining vaqtincha qisqarishi, yuqori maoshli boshqa ish qidirishi, malaka darajasi ish joyi talabalariga mos kelmasligi kabi sabablarga ko‘ra vujudga keladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va qayta ishlash sanoat sektorlarining tarmoqlari uchun mavsumiy mehnat xarakterli. Bu esa, mavsumiy ishsizlik paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi. Sotsiologik tahlil shuni ko‘rsatadiki, ishsizlarning 28,7 %i yetarli, 44,5 %i qisman yetarli, 26,8 % i past malakaga egadir. Malakasi past bo‘lgan ishsizlarning barchasi turli xil o‘quv yurtlarida boshqa mutaxassislikni o‘rganishni istaydilar, shu jumladan: davlat oliy (30,4 %) va maxsus o‘quv yurtlarida (27,9 %); xorijiy o‘quv yurtlarida (3,7 %); nodavlat o‘quv yurtlarida (5,6 %) va yangi ish joyidagi maxsus kurslarda (8,1 %); mehnat bo‘limlari yordamida maxsus kurslarda (12,4 %); kadrlar agentligining maxsus kurslarida (11,8 %). Ammo davlat moliyaviy resurslarining yetishmasligi sababli barcha xohlovchilarni yangi mutaxassisliklar bo‘yicha qayta o‘qitish uchun pul mablag‘lari bilan ta’minlay olmaydi. Shuning uchun respondentlarning ko‘pchiligi yangi kasb egallashni ish bilan bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi (29,7 %), yangi ish joylarining egalari (7,5 %), shaxsiy (10,4 %), homiylar (12 %), ota-ona jamg‘armasi (13 %) va ijtimoiy-xayriya jamg‘armalari (9,5 %) hisobidan amalga oshirishni istaydilar. Tajribalarga asoslanadigan bo‘lsak, korxonalarda yollanma ishchi- xodimlarning o‘z kasb-malakalariga mos, to‘liq ish vaqti bo‘yicha ish joylariga ega bo‘lishlari ularning mehnat natijalariga bo‘lgan qiziqishlari ortishiga va buning natijasi ularoq mehnat samaradorligi oshishiga olib keladi. Respondentlarga joylardagi tuman bandlikka ko‘maklashish markazlari mehnat bo‘limlari orqali quyidagi xizmat turlari ko‘rsatilgan: yangi ish joyi tayinlangan (12,2 %); ishsizlar ro‘yxatiga kiritilgan (12,8 %); ishsizlik nafaqasi belgilangan (10,5 %); jamoat ishiga taklif etilgan (17,3 %); Respondentlarning 10,7 %i tuman bandlikka ko‘maklashish markazlari faoliyatini «yaxshi» va 49 %i «qoniqarli» baholaydilar. Ammo javob
beruvchilarning 9,5 %i ularning xizmatlaridan asosan quyidagi sabablarga ko‘ra qanoatlanmaydilar; bo‘sh ish joylari haqida aniq ma’lumotlar olish imkoniyatining qiyinligi (23,2 %); kasb-malakasi bo‘yicha mos ishni topib bera olmasligi (27 %); ishsizlik nafaqasining pastligi (15,3 %); mehnat b o‘lim lari faoliyati rasmiy xarakterga e g a ekanligi (3,2 %); malaka oshirish yo‘nalishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi (5,5%); ishsizlik muddatining uzoq davom etishi (12,2 %). M ehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishi va holatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, hududiy mehnat bozorining shaklanish samaradorligi bir qator muammolar yechimini yoritishni nazarda tutadi. Bizningcha, bu muammolar quyidagilardan iborat: 1. Malakali kadrlarning taqchilligi. Iqtisodiyotda mehnat taqsimoti n ing chuqurlashib borishi, zamonaviy yangi tarmoqlarning vujudga kelishi uchun asos yaratmoqda. Buning natijasida mehnat bozorida zamonaviy kasblardagi malakali kadrlarga bo‘lgan talab ortib bormoqda. So‘nggi 3-4 yilda bandlikka ko‘maklashish markazlarida malakali ishchi kuchi oshganligi va oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislarni ish bilan ta’minlanganlik darajasini o‘sishi kuzatilmoqda. Lekin, viloyat mehnat bozorida oliy ma’lumotli va malakali kadrlarning taklifi 7-8%ni, ayrim hollarda 6- 7%ni tashkil qilmoqda. Bizga ma’lumki , mehnat bozorining samarali shaklanishi uchun malakali kadrlar jami ishchi kuchining 20-30%ini tashkil qilishi zarur. 2. Tarkibiy ishsizlik. I qtisodiyot tarmoqlaridagi texnologik va mulkchilik munosabatlarining o‘zgarishi tarkibiy ishsizlik miqdorining oshishiga olib kemoqda. Shunday bo‘lsada, iqtisodiyot tarmoqlarida yangi shi o‘rinlarining yaratilishi natijasida tarkibiy ishsizlik miqdori nisbatan keyngi yillar mobaynida kamayish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda.
3. Iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan malakali kadrlar tarkibi va kasbga tayyorlash va yo‘naltirish bo‘yicha o‘quv yurtlari o‘rtasidagi nomuvofiqlik. Ta’lim tizimi va markazlarida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat ko‘rsatkichlari bo‘lib, bitiruvchilarning ishga joylashish darajasi bo‘lishi zarur. 4. Ishsizlik davomiyligining yuqoriligi, bu ko‘rsatkich ishsizlik muddatini o‘rtacha 6-7 oygacha cho‘zmoqda. Buning natijasida, ishlab chiqarishda band bo‘lmagan mehnat resurslari salmog‘ining oshib borishi bir necha o‘n minglab kishilar kun ish vaqtining yo‘qolishiga olib kelmoqda. Ishsizlikni davomiyligining yuqoriligi: bo‘sh ish o‘rinlari haqida axborotlarning yetishmasligi; qonunchilikda ko‘rsatilmagan ortiqcha hujjatlarning ish beruvchilar tomonidan talab etilishi; kadrlarni tanlash usullari muddatining cho‘zilib ketishi; ko‘pchilikning bir xil kasblar bo‘yicha mutaxassislikka egaligi; kadrlarni qayta tayyorlashning uzoq muddatligi va boshqa sabablar natijasida yuzaga kelmoqda. 5. Kadrlar qo‘nimsizligining yuqoriligi. Korxonalarda kadrlar qo‘nimsizligining yuqori darajada ekanligini asosiy sabablari quyidagilardan iborat: ish haqini korxona faoliyatini yakuniy natijalari bilan bog‘lanmaganligi; transport vositalaridagi chipta haqining oshishi; kadrlarning qisqarishi; ish joylarida mehnat sharoitlarining yomonlashuvi; ish beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligining buzilishi va boshqalar. 6. Ish izlovchi fuqarolar uchun bo‘sh ish joylariga tanlovlar o‘tkazish haqida axborotlar olishning qiyinligi, ish beruvchilarning bo‘sh ish joylari haqida axborotlarni sir tutishi. Ko‘pchilik ish beruvchilar O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida» Qonunning talablariga qaramasdan ish bilan bandlik xizmati organlariga bo‘sh ish joylari haqida to‘liq axborotni bermaydilar. Ular boshqa imkoniyatlardan foydalanish maqsadida qarindoshlari, o‘zining korxonasidagi yaqin tanishlari orqali bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni tanlaydilar.