logo

Diqqatning samaradorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

658.279296875 KB
MAVZU;   Diqqatning samaradorligiga ta’sir ko’rsatuvchi  omillar   
 REJA ;
Kirish 
l-bob : Bilish  jarayonlar. Diqqat tushunchasi 
1.1  Diqqatning  funksiyalari   va turlari  
1.2 Diqqatning  xususiyatlari .  Bo’luvchanligi  ko’chuvchanligi  va ko’lami
ll-bob: Diqqatning  fiziologik  asoslari  
2.1  Diqqatning  shaxsda  rivojlanishi  va  buzilishi  
2.2  Diqqatning  kuchi  va  barqarorligini  ta’min  etadigan  shart –sharoitlar  
Xulosa
Kurs  ishida  foydalanilgan  adabiyotlar                                DIQQATNING PSIXIK FUNKSIYALARI
Diqqat deb ongimizni bir nuqtaga to‘plab, ma’lum narsa va hodisalarga
faol yo‘naltirilishiga                                   
sezish jarayonida, idrok
qilishda, xotira, xayol
va tafakkur jarayonlarida
har doim ishtirok
etadi. Demak, diqqat
barcha aks ettirish
jarayonlarimizning
doimiy yo‘ldoshidir.
Diqqat inson
faoliyatining barcha
turlarini muvaffaqiyatli
amalga oshirishni va
ulaming samaradorligini
ta ’minlovchi muhim
shartlardan biridir.
Kishi faoliyati qanchalik
murakkab, serzahmat,
davomiylik jihatdan uzoq
muddatli, mas’uliyat
hissini taqozo qilsa, u
diqqatga shunchalik
yuksak hartlar va talablar
qo‘yadi. Inson ziyrakligi,
farosatliligi, tez payqashi,
sinchkovligi, dilkashligi
uning tur-     Ixtiyoriy diqqat -  ongning oldindan belgilangan
maqsadga muvofiq irodaviy va asabiy faollik
ko'rsatgan holda muayyan  obyektga yo'nalishi va
unga to‘planishdan iborat diqqat turi.
     Ixtiyoriydan keyingi diqqat  - diqqatning
muayyan obyektga, avvalo, ixtiyoriy ravishda 
qaratilib,so‘ngra uning ahamiyati tushunilgan sari
o‘z-o‘zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan)
diqqat turi. Ushbu tushuncha psixologiya faniga
N.F. Dobrinin tomonidan kiritilgan.
     Diqqat chalg‘ishi  - ma’lum bir faoliyat jarayonida 
diqqatning bir obyektdan boshqa bir obyektga 
ixtiyorsiz ravishda o‘tib turishidan iborat
salbiy xususiyati.
    Diqqatning hajmi -  diqqatning bir vaqtning
o‘zida qamrab olishi mumkin boigan mustaqil
obyektlar miqdori bilan belgilanadigan xususiyati.
Diqqatning hajmi eksperimental sharoitda 2-6
mustaqil obyektga tengdir. Diqqatning obyektlari
o‘rtasida qanchalik yaqin bogianishlar mavjud
bo‘lsa, uning hajmi shunchalik keng boiadi va
aksincha.
    Diqqat obyekti  - ongimiz atrofdagilardan ajratib
olgan holda yo‘naltirilgan va faol to'plangan
narsa yoki hodisa. Diqqat obyekti faqat obyektiv
narsalar emas, balki subyektiv hodisalar, o‘z 
histuyg'ularimiz, fikrlarimiz, xayol yoki xotira 
tasavvurlarimiz va boshqa shu kabilar ham boiishi
mumkin.
     Ixtiyorsiz diqqat  - ongimizning oldindan 
belgilangan maqsadsiz ravishda muayyan obyektga
yo‘naltirilishi va unga to‘planishidan iborat diqqat
turi. Ixtiyorsiz diqqat obyektlari narsa va hodisalaming
odatdan tashqari holati, belgisi, sifati va boshqalardir.   mush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat
qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi,
insonning xatti-harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo‘ladi.
Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi, uni yoritishda
psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni
bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir obyektga aktiv (faol) qaratilishiga aytiladi
(P.I.Ivanov). P.I.Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida
idrok va tasawur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zimiz qilgan
ishimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqatning obyekti bo‘la oladi.
  Diqqatsizlik  - diqqatni obyektga yo‘naltira va to‘play olmaslik,
atrofdagi kishilarga nisbatan diqqatsizlik yoki iltifotsizlikdan iborat
salbiy xarakter xislati.
Diqqatning o‘zgarib turishi  - idrok, xotira, tasawur yoki tafakkur
jarayonida diqqatning ma’lum vaqt ichida dam kuchayib, dam
susayib turishidan iborat qonuniyat; diqqat ba’zan daqiqaga 25-30
marta ham o‘zgaradi. Diqqatning o‘rtacha o‘zgarishi tebranish chastotasi
2-3 sekundga tengdir.
Ko‘ruv diqqati  - narsa va hodisalami ko‘ruv organi orqali idrok
qilish, esga tushirish munosabati bilan namoyon bo‘ladigan diqqat
turi. Ikkinchi tartibli ixtiyoriy diqqat - ongimizni muayyan obyektga
ixtiyorsiz ravishda yo‘naltirilsa-da, uning ustiga ma’lum vaqt
barqaror holda, to‘planib turishidan iborat ixtiyoriy diqqat turi; diqqat
to‘plangan obyektining mazmuniga qarab ixtiyorsiz diqqatning ixtiyoriy
diqqatga aylanishi.
Ichki diqqat - ongimizning o‘z subyektiv taassurotlarimiz, his
tuyg‘ularimiz va intilishlarimizga qaratilishidan iborat diqqat turi.
Tashqi diqqat - ongimizning obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalarga,
ulaming ayrim belgi va xususiyatlariga yo‘naltirilishi, ularda
faol to‘planadigan diqqat turi.
Bedor holat - bosh miya yarim sharlaridagi tegishli nerv markazlarining qo‘zg‘alishi bilan belgilanadigan uyqudan tashqaridagi holat,
ongli holat. Shaxs bedor holatidagina ma’lum bir faoliyat turini
amalga oshira oladi.
Qo‘zg‘alish markazi - markaziy asab tizimining qo‘zg‘alish jarayoni
ro‘y bergan uchastkasidir.
Diqqat depressiyasi (lot. deprezyu - pasayish) - turli tashqi va ichki
omillarga ko‘ra obyektda to‘planish va mustahkamlanishning kuchsizlanishi
va buzilishi. Paradoks fazasi - kuchli qo‘zg‘atuvchiiarga
qaraganda kuchsiz qo‘zg‘atuvchilaming kuchli reaksiyasini vujudga
keltirishi (patologik holatlar nazarda tutiladi). Oriyentirovka
refleksining elektrofiziologik simptomlarining barqarorlashuvi - ixtiyoriy
diqqat buzilganda maqsadga muvofiq topshiriq berish va oqilona
instruksiya yoki ustanovka berish hamda vaziyatga qarab uni
o‘zlashtirish orqali insonda oriyentirovka refleksini qaytadan tiklashdan
iborat korreksion faoliyat.
Diqqat korreksiyasi (lot. tuzatish) - insonda diqqat patologik holatga
(buzilishga) uchraganda maxsus usul va uslublardan foydalanib
tuzatishdan iboratdir.       Fiziologik diqqat ruhiy jarayonlar  bilan birga nerv
markazlari orqali ishlaydi. Vizual eshituv va boshqa
his tuyg’ular, idrok, shuningdek harakat kabilar
orqali fiziologik diqqat miya yarim sharlari
po‘stlog‘ida muayyan qismlarining faoliyati bilan
bog‘liq, biroq uni amalga oshirish uchun hech
qanday maxsus nerv markazi mavjud emas. Ruhiy
holatlaming aniq markaziy qismi bo‘lmasa-da ko‘rish qobiliyati eshitish qobiliyatiga 
nisbatan bosh miyaning boshqa qismlari bilan bog‘liq, huddi shu kabi oyoq va qo‘l 
harakatlari ham gapirish qobiliyatiga nisbatan bosh miyaning boshqa burchagida
joylashgan. 
  Oliy asab faoliyatini o‘rganishda bosh miya po‘stlog‘ining turli sohalarida nerv
markazlari hech qachon bir vaqtning o‘zida bir xil qo‘zg‘algan yoki cheklangan holda
bo‘lmaydi. Agar biz u yoki boshqa faoliyat bilan bog‘liq miya qobig‘idagi fiziologik
jarayonlarni nazorat qilishimiz mumkin bo‘lganida, unda biz har vaqtda bosh 
miyaning u yoki bu qismidagi doimiy optimal bo‘lgan va boshqa qismlari esa 
kuchsizlangan holatda bo‘lgan jarayonni kuzatgan bo‘lardik. “Agar bosh suyagi 
qopqoq bilan miya yarim sharlarini ko‘rish mumkin bo‘lganda, insonni fikrlayotgan 
vaqtida uning miya yarim sharlaridagi doimiy shakli va nihoyatda tartibsizligi, 
hajmining o‘zgaruvchanligi harakatlarini kuzatgan
bo‘lardik” (Pavlov). 
  Miyaning burchak qismlarida farqlashni hosil qiluvchi yangi reflektorlar 
osongina hosil bo‘ladi, bu ruhiy holatdagi aniqlik va muvaffaqiyatlilikni anglatadi.
Maksimal qo‘zgalishdagi miya yarimsharlarining qismi ijodiy qism 
hisoblanadi. Ular doimo olingan holatlarga qarab miya bo‘ylab harakat qilishadi shu 
sabab, ular doimo, hajm o‘zgarishiga ko‘ra, asosan miyaning sust bo‘lgan qismlarida 
harakat qiladi.
Diqqat fiziologik mexanizmlami tushuntirishda ilgari surilgan tamoyil mashhur
Uxtomskiyning dominantlik tamoyilidir. Fiziologik    miqtayi    nazardan , 
diqqat  —  bosh   miya    nerv  
faoliyatining   aniq   vaqtdagi   aniq  
optimal   qo ' zg ' aluvchanligi  
holatidagi   qismi   bo ' lib   qolgan
qismlari  esa  past darajadagi
qo’zg’aluvchanlikdir Zamonaviy ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra miya va boshqa miya tuzilmalarida 
hayotni tiklash jarayonida diqqatning ahamiyati juda katta.
Diqqatning tanlovchanligi.
Ongimizda ayni bir vaqt mobaynida qancha axborot almashiladi? Diqqat 
bizning ongimizni yoritkich nurlariga o‘xshab ketadi va ong atrofdagi ma’lum bir 
cheklangan jismlarga o‘z diqqatini qaratadi. Inson jismlami to‘xtovsiz qabul qilishi 
jarayonida, birinchi idrok qilingan holat boshqalarga almashib ketaveradi. 
Olimlaming hisob-kitoblariga qaraganda, insonning beshta sezgisi sekundiga 
11.000.000 bit axborotni ongli ravishda qabul qilar ekan va bu jarayon haqida Vilson 
2002-yilda ma’lumot bergan. Ongning behush holatida 10.999.960 bit axborotdan 
foydalanar ekanmiz. Bunga misol, siz biror-bir gapni o‘qib turib oyoqlaringizga 
poyabzalni kiya olmaysiz. Diqqatiningizni Neker kubga qarating
va bu rasmni siz turlicha idrok qila olasiz. Misol qilib, doiralami olsak, biz ulami turli
holatda idrok qilishimiz mumkin. Ulaming ichidan bir nechtasi bir xil bo‘lishi 
mumkin, biroq bizning diqqatimiz ularga birin-ketin qaratiladi
Siz bu tekstni o‘qishni boshlaganda, oyoq kiyimingizni siqayotganini yoki 
bumingiz ko‘rish chizig‘ida turganini tushunmagansiz. Hozir esa e’tiboringizni 
qaratganingizda, oyoqlaringizni og‘riyotganini va bumingiz ko‘z oldingizda turganini
sezasiz. Tekstga e’tiboringizni jam qilib siz periferik ko‘rinishda kelayotgan 
ma’lumotni inkor etasiz. Ammo buni o‘zgartirish mumkin. X ga diqqat bilan qarab 
e’tiboringizni kitob yonida nima turganiga qarating (kitob chetlari, stol usti va 
boshqalar).
Diqqat tanlovchanligiga yana bir misol, ko‘p tovushlar orasidan faqat bir 
ovozni eshita olish qobiliyati. Tasawur qiling, siz naushnik orqali  ham chap, ham 
o‘ng qulog‘igingiz bilan bir vaqtning o‘zida ikki xil odamning suhbatini 
eshitmoqdasiz. Sizdan chap qulog‘ingiz orqali nimani eshitganingiz so‘raldi. Siz chap
qulog‘izdagi gaplarga e’tibor berganingizda o‘ng qulog‘ingizda eshitilayotgan 
gaplami idrok qilmaysiz. Biroz vaqtdan so‘ng sizdan o‘ng qulog‘ingizda qaysi tilda gapirishganini so‘ralsa bilolmay qolasiz (lekin 
suhbatdoshingizning jinsi va ovoz balandligini eslab qolgan bo‘lasiz). Agar biz ongli 
ravishda biron nimaga diqqatimizni qaratsak faqat aynan o‘sha narsa bilan band 
bo‘lar ekanmiz. 
Diqqatning   tanlovchanligi   - bu   bizning  ongimizda  idrok  qila  oladigan  
cheklangan obyekt  va  hodisalaming  ayn i vaqtda  jamlanganligidir. 
Bizni o‘rab turgan ko‘p sonli vizual qo‘zg‘atuvchilardan tahlil uchun biz faqatgina 
ayrim qo‘zg‘atuvchilami tanlaymiz. Ultrik Neysser va Robert Beklen (Neisser and 
Beclen, 1979) hamda Deniel Chervone (Cervone, 1983) buni o‘z tadqiqotlarida 
ko‘rsatib berishgan.
Tadqiqot shundan iborat bo‘lganki, unda sinaluvchilarga 1 daqiqali video 
ko‘rsatilgan. Videoda 3 ta qora ko‘ylakdagi basketbol o‘yinchilari orqa qatorda esa 3 
ta oq qo‘ylakli o‘yinchilar basketbol o‘ynayotganlari tasvirlangan. Sinaluvchilarga 
berilgan topshiriqqa
ko‘ra qora ko‘ylakli o‘yinchilar koptokni bir-biriga uzatgan paytlarida sinaluvchilar 
tadqiqot tugmachasini bosishlari kerak edi. Shu bilan birga klip davomida basketbol 
o‘yinchilari o‘ynayotgan paytda orada o‘yinchilar o‘rtasidan soyabonli bir ayol o‘tib 
ketadi. Sinaluvchilarning aksariyati berilgan topshiriqqa ko‘ra qora ko‘ylakli 
ishtirokchilami
shunchalik diqqat bilan kuzatishganki, ayolni ko'rmay qolishgan. Video 
sinaluvchilarga qaytadan ko‘rsatilib, soyabonli ayol o‘yinchilar orasidan o‘tganligi 
aytilganda sinaluvchilar o‘zlari ayolni ko‘rmay qolganliklaridan hayratda qolishgan
.
    Diqqatning rivojlanishi va buzilishi
Insonning barcha a’zolari va mexanizmlarining yuqori ish qobiliyatini 
ta’minlashida diqqatning kerakli saqlanish va rivojlanish shartlari:
 - kun tartibini to‘g‘ri taqsimlash, to‘liq ovqatlanish va dam olish;
 - ichki a’zolaming kasallanishiga, ko‘rish va eshitish qobiliyatining buzilishiga 
qarshi davolanish va ko‘rikda bo‘lish;
 - kunlik ishlash qobiliyatining maromi;    - aqliy va jismoniy mashqlar almashinuvi                                          
 - qulay ish sharoitini yaratish.
Tashqi kuchli ta’sir qiluvchi holatlami mavjud qilmaslik - tinchlikni
ta’minlovchi (diqqatni jam qilsa bo‘ladigan holat):
- gigiyenik talabga javob beradigan ishning ta’minlanishi;
- maqbul jismoniy omil (e’tibomi tortmaydigan holat, ortiqcha harakatlar me’yori);
- odat bo‘lib qolgan ish shart-sharoiti;
- muvafFaqiyat sari aniq maqsadlami aniqlash.
Diqqatning buzilishi natijasida maqsadga qaratilganlikning salbiy o‘zgarishini tanlash
va barqaror psixologik faoliyat normal miya  faoliyatining buzilishi yoki charchash 
holatida ko‘rinadi.
  Diqqatning buzilishi bir necha ko‘rinishlarga bo‘linadi.
Diqqatning buzilishi turli darajalardagi uzviy mag‘lubiyatlarda hosil bo‘ladi. 
Asosiy yo‘sinda miyaning peshana va boshqa qismlarida hamda oddiy charchash 
holatlarida diqqatning buzilishi 3 turga bo‘linadi:
       I tur. Diqqatning tarqoqligi - boshqarib bo‘lmaydigan o‘zgaruvchan va kuchsiz 
diqqat-e’tibor bilan xarakterlanadi. Ushbu tip maktabgacha bo‘lgan bolalarda hamda 
holsizlik tufayli va charchoqqa chalingan kattalarda ham uchraydi.
      II tur. E’tiborsizlik - boshqa fikrlarga diqqatning qaratilishi va intensivligi 
murakkablashgan o‘zgaruvchan diqqat bilan xarakterlanadi. Ushbu tipga miyasiga bir
fikr o‘mashib qolgan shaxslar mansub.   Diqqatning buzilishining    
korinishlar
Chalg’ish Fikr  tarqoqlik
Diqqat  ko’lamining
torayishiHaddan  tashqari
     katchanlik Harakatsizlik
(Inertlik )        III tur. Parishonxotirlik - diqqatning jamlanganligi va qiyinchilik bilan 
almashishi sezilarli darajada murakkabligi bilan tavsiflanadi. Ushbu tipga nerv tizimi 
kuchsiz va e’tiborsizligi vaqtivaqti bilan yoki doimiy namoyon bo‘luvchilar kiradi. 
Bunday holat ma’lum muddat holdan toygan va parishonxotir bo‘lib qolgan sog‘lom 
odamlarda ham to o‘z holati tiklanguniga qadar sodir   bo‘lshi  mumkin . Klinik 
ko‘rmishi ko‘pincha keksa yoshdagi miya   terosklerosga  uchragan shaxslarda miyada
kislorodning kamayishi  natijasida uchraydi.  Diqqatsizlikning  bunday turi 
“Keksalikka    bo‘lgan diqqatsizlik” deb ham ataladi. Diqqatning buzilishi ham  
kasallik alomati bo‘lishi mumkin. Kasallikka olib boruvchi turli  p sixik yoki somatik 
buzilishlar natijasida diqqatning buzilishini  ham  kasallikni alomati hisoblanadi
Di qq atning   salbiy   ji h atlaridan   biri   parishonxotirlikdir.   Parishonxotirlik
diqqatni uzoq vaqt davomida biron ishga layoqatsizlikda diqqatning osongina va tez-
tez   bo’linib   turishida   namoyon   bo’lishi   mumkin.   Parishonxotirlikning   bu   ko’rinishi
ko’pincha   ish   qobiliyati   susayib   ketishining   va   xulq-atvordagi   uyushmaganlikning
sabablaridan biri hisoblanadi. 
Parishonxotirlikning   sabablari   har   xildir.   Parishonxotirlik   shaxsning   barqaror
xislati   sifatida   ixtiyoriy   diqqatning   sustligi   ko’rsatkichi   hisoblanadi   va   noto’g’ri
tarbiya natijasi(bolaning erkalatib yuborilishi, jazolanmasdan qolishi, taassurotlarning
har xilligiga odatlanish va boshqalar) bo’lishi mumkin. Bu xildagi parishonxotirlikka
qarshi avvalo shaxsda irodaviy  sifatlarni shakllantirish yo’li bilan kurash olib borish
kerak.   Parishonxotirlikni   bola   salomatligining   yaxshi   emasligi,   nerv   tizimining
umuman buzilganligi bilan izo h lash mumkin. Parishonxotirlik haddan tashqari hissiy
hayajonlanish, yoxud charchash oqibati sifatida qisqa muddatli bo’lishi ham mumkin.
So’nggi   holatda   u   ko’pincha   o’qish   kuni   va   qaftasining   oxirida   namoyon   bo’ladi.
Pedagogik ish tajribasida diqqatni tarbiyalash maqsadida parishonxotirlikning barcha
sabablari va xususiyatlari inobatga olinishi shart.
Qachonki,   kishi   ishga   berilib   ketib   o’z   xayollari,   kechinmalari   bilan   bo’lib,
mashg’ul   bo’lgan   ishidan   boshqa   hech   narsani   ko’rmayotgan   va   eshitmayotgan
hollarda   ham   "parishonxotirlik"   haqida   so’z   yuritiladi.   U   masalan   tevarak-
atrofdagilarga e'tibor bermaydi, o’ziga   q aratilgan savollarga parvo   q ilmaydi. Bunday "parishonxotirlik"   di qq atning   yor q in   ifodalagan   h oldagi   tanlanganligidan,   uning
be h ad   jamlanganligi   va   jadalligidan   h osil   bo’ladi.   Diqqatni   eng   ko’p   darajada
jamlanganligi yuqorida qayd qilib o’tilganidek, faoliyatda muvaffaqiyat qozonishning
muhim   sharti   bo’lib   hisoblanadi.   Lekin   diqqatning   faqat   bir   ob'ektga   qaratilganligi
uning   taqsimlanishi   va   ko’chirilishida   qiyinchiliklar   tug’dirishi   mumkin.   Bu   xildagi
parishonxotirlik kundalik hayotda amaliy faoliyatda kishining tevarak-atrofdagi olam
bilan munosabatini mushkullashtirib qo’yadi va shuning uchun ham unga diqqatning
nuqsoni sifatida qaraladi. 
Maktab   hayotidagi   parishonxotirlik   "qoidaga   sig’maydigan"   deb   atalmish
xatolarda   dars   paytida   o’quvchida   tegishli   maktab   anjomlari   yo’qligining   ma'lum
bo’lishida,   o’quvchining  dars   jarayoniga   yetarlicha   jalb  etilmaganligida   va  shu  kabi
boshqa   hollarda   namoyon   bo’ladi.   Bolalarda,   ayniqsa,   kichik   yoshdagi   bolalarda
parishonxotirlik juda ko’p uchraydi. 
Diqqatning parishonxotirlikdan tashqari boshqa xildagi buzilishlari ham borligi
e'tirof   etiladi.   Diqqatning   haddan   tashqari   harakatchanligi   bir   ob'ektdan   va   faoliyat
turidan   boshqalariga   doimiy   ravishda   o’tib   turishi,   yoki   aksincha   harakatsizligi,
diqqatning sust harakat qilishi, uning tor doiradagi tasavvurlar va fikrlarga patologik
tarzda   qayd   etilishi   shular   jumlasiga   kiradi.   Diqqatning   bu   xildagi   buzilishlari
miyaning   ba'zi   bir   organik   kasalliklari   eng   avvalo   uning   peshona   qismidagi
kasalliklari yuz bergan paytlarda kuzatiladi.
Di qq atning fazilatlari bilan bir  q atorda uning buzilishi va nuqsonlari bo’lishi 
mumkinligini psixologik jihatdan asoslangan tarzda hisobga olish diqqatni o’zida aks
ettiradigan bilish jarayonlarini tadqiq etishning zarur shartidir. 
Ayrim   ruhiy   kasallik   holatlarida   diqqatning   inertligi   (sustligi)   yoki   mutlaqo
harakatsizligi,   qandaydir   biron   ob'ekt   ustida   to’xtab   qolish   holatlarini   kuzatish
mumkin. Bola hayotining bir oylik davrlarida uning uchun faqat ixtiyorsiz diqqat xos
bo’ladi.   Bu   davrda   bola   dastavval   tashqi   qo’zg’atuvchilardan,   ularning   keskin
o’zgarishlaridan   ta'sirlanadi. Masalan, to’satdan paydo bo’ladigan qattiq ovozlardan
harakatning   o’zgarishidan   va   boshqa   narsalardan   ta'sirlanadi.   Ixtiyoriy   diqqatning
alomatlari   odatda   bola   yoshiga   to’lgandan   so’ng   yoki   ikki   yoshga   qadam   qo’ygan davrda   paydo   bo’la   boshlaydi.   Ixtiyoriy   diqqat   tarbiya   jarayonida   yuzaga   keladi,
bolaning 
atrofidagi   odamlar   nima   qilish   lozimligini   asta-sekin   o’rgatadilar.   Bolalar   o’z
diqqatlarini   rivojlantirishda   ulardan   talab   qilinayotgan   harakatlarni   bajarishga
o’zlarining   bevosita   mayllaridan   voz   kechishlariga   to’g’ri   keladi.   Bolada,
albatta   juda   sodda   go’daklik   shakli   bo’lsa   h am   onglilik   namoyon   bo’ladi.
Bolani   ozodalikka,   tartiblilikka,   ma'lum   intizomlilikka,   jamoat   qoidalariga
rioya   hilishga   o’rgatar   ekanmiz,   buning   bilan   biz   bolada   ixtiyoriy   diqqatni
rivojlantiramiz.   Bog’cha   yoshidagi   davrda   bolaning   ixtiyoriy   diqqatini
rivojlantirish uchun o’yin katta ahamiyatga egadir. Bog’cha  yoshidagi  bolalar
diqqati   juda   barqaror   bo’ladi.   Mashq   qilish   usuli   bilan   o’z   diqqatini   to’plash
qobiliyati asta-sekin rivojlanadi.
O’quv   jarayonida   ixtiyoriy   diqqatni   tarbiyalash   alohida   ahamiyatga   egadir.
Maktab   mashg’ulotlarini   intizomlashtiruvchi   ta'siri,   dars   davomida   sinfda   o’tirish,
o’quvchilarning   so’zlarini   eshitish   zaruriyati,   chalg’imaslik   bularning   hammasi
ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda katta rol o’ynaydi. har turli ta'lim ishlari maktabdagi
o’quv   mashg’uloti   ustida   ongning   yo’nalganligi   va   to’planganligini   saqlab   turishni
talab   qiladi.   Bolalarning   hissiyotlari   ko’pincha   kuchli   bo’ladi.   Shuning   uchun
ularning diqqatlari qisqa vaqt ichida davom etsa ham kuchli bo’ladi.
Maktab   yoshidagi   bolalarning   h issiyotlari   ancha   bar q aror   bo’la   boshlaydi.
Shuning   uchun   pedagog   o’ q ish   materialini   h issiy   momentlar   bilan   boyitar   ekan,
buning   bilan   di qq atning   bar q arorligi   va   kuchini   sa q lab   turilishiga   yordam   beradi.
Biror   narsaga   qiziqib   kelgan   maktab   yoshidagi   o’quvchi   uzoq   vaqt   diqqatli   bo’lishi
mumkin.   Ammo   kattalarning   nazorati   pasayib   qolsa,   u   zarur   vazifani   bajarishdan
chalg’ib boshqa narsaga kirishib ketishi mumkin. Masalan: adabiyotni o’rganayotgan
o’quvchi   kino   yoki   biror   o’qigan   asari   haqida   xayol   surib   ketishi   mumkin.   Ayrim
bolalar jismoniy mehnat darslarida diqqat bilan o’tirsalar  boshqalari  aqliy mehnatda
kuchli   diqqat   bilan   o’tiradilar.   O’zi   yoqtirgan   darslarda   kuchli   diqqat   bilan   o’tirgan
o’quvchilar   boshqa   darslarda   o’qituvchilarni   ancha   tashvishga   solib   qo’yishlari
mumkin. O’quvchilarning o’quv predmetiga munosabati, unga diqqat bilan qarash ko’p
jihatdan darsda o’quvchining o’quv materialini jonli, emosional, qiziqarli, tushunarli,
shu bilan birga to’liq va chuqur o’qita bilishga bog’liq. Bu talablarga rioya qilmaslik
darsda   o’quvchilarning   parishonligiga   yoki   ikkinchi   darajali   qiziqishlarning   paydo
bo’lishiga   olib   keladi.   O’smirlarda   chuqur,   barqaror   qiziqishni   tarbiyalash,
o’qitishning   mazmunini   jiddiy   o’ylab   ko’rilganligi   ularda   diqqatni   tarbiyalashning
zaruriy sharti hisoblanadi.
Bu   shart-sharoitlarga   rioya   qilinsa,   o’smir   diqqatini   boshqarishga   halal
beradigan   ba'zi   impulsiv   (ixtiyorsiz)   harakatlarga   qaramay,   o’z   diqqatini   ixtiyoriy
ravishda boshqarish va to’xtab turish mumkinligini tezda egallab oladi. U o’zi uchun
qiziqarsiz va qiyin ishni diqqat bilan bajarish zarur bo’lsa, o’zini bu ishga majbur eta
oladi.   Masalan,   hamma   predmetlardan   beriladigan   vazifalarga   nisbatan   o’smirlarda
kichik maktab  yoshidagi   bolaga  qaraganda  diqqatning  tashqi   ifodasi  ham  o’zgaradi.
Agar   kichik   yoshdagi   maktab   o’quvchining   yuz   ifodasi   va   gavda   holati   uning
qanchalik   diqqatliligini   aniq   belgilab   bersa,   o’smir   esa   o’zining   diqqatsizligini
yashira oladi. Faqat o’qituvchining kuzatuvchanligi orqali buni aniqlashi mumkin.
Diqqatning kuchi va barqarorligi
Diqqatning   kuchi   va   barqarorligi   deb ,   odam   o’z   diqqatini   biror   narsa   yoki
hodisaga   uzoq   muddat   davomida   muttasil   qaratib   tura   olishiga   aytiladi.   Di qq atning
kuchi   va   bar q arorligi   inson   h ayotida   juda   katta   a h amiyatga   ega.   Chunki   diqqatni
ma'lum muddat biror narsaga muttasil, ya'ni uzluksiz  tarzda qaratib odam ishlay ham
olmaydi, o’qiy ham olmaydi va hatto o’ynay ham olmaydi.
Diqqatning   kuchli   va   barqaror   bo’lishi   bir   qancha   sabablarga   bog’liqdir.
Birinchidan,   diqqatimiz   qaratilgan   narsaning   xususiyatlari,   biz   uchun   bo’lgan
ahamiyatiga,   ikkinchidan   diqqatimiz   qaratilgan   narsa   bilan   amalga   oshiriladigan
faoliyatlarimizga,   uchinchidan   nerv   sistemasining   ayrim   xususiyatlariga   bog’lidir.
Bularning   h ammasi   ob'ektiv,   ya'ni   bizning   irodamiz   bilan   bo g’ li q   bo’lmagan
sabablardir.  Diqqatning  kuchi   va  barqarorligi   albatta  sub'ektiv,   ya'ni  odamning  ayni chog’dagi   holati   bilan   ham   bog’liq.   Masalan,   ayni   chog’da   betobroq   bo’lib   turgan
odamning   yoki   boshiga   bir   og’ir   tashvish   tushgan   odamning   diqqati   kuchli   va
barqaror bo’la olmaydi. 
Odamlar o’z di qq atlarining ko’lami ji h atidan   h am bir-birlaridan far q   q iladilar.
Ayrim   odamlar   diqqatining   ko’lami   keng   bo’lsa,   boshqa   bir   odamlar   diqqatining
ko’lami   torroq   bo’ladi.   Diqqatning   ko’lami   ayni   bir   vaqtda   odamning   idrokiga
sig’ishi   mumkin   bo’lgan   narsalar   miqdori   bilan   belgilanadi.   Boshqacharoq   qilib
aytganda,   idrok   qilish   jarayonida   diqqatimiz   qaratilgan   narsalardan   qanchasini
ongimizga sig’dira olishimiz diqqatning ko’lamini tashkil etadi. 
Di qq at   ko’lamini   tajriba   yo’li   bilan   ani q lash   q iyin   emas.   Buning   uchun
diqqatning ko’lamini aniqlayotgan odamga ayni bir vaqtning o’zida bir necha o’zaro
bog’lanmagan   harflarni,   raqamlarni   va   turli   geometrik   shakllarni   ko’rsatish   yo’li
bilan   aniqlash   mumkin.   Bunda   odam   ko’rsatilayotgan   narsalardan   ayni   vaqtda
qanchalik   ko’pini   birdaniga   idrok   eta   olsa,   uning   diqqati   shunchalik   keng   bo’ladi.  
Diqqatning ko’lami odatda   taxistoskop   degan maxsus asbob bilan aniqlanadi.
Bu   asbob   yordamida   ayni   bir   vaqtning   o’zida   idrok   ettiriladigan   narsalar   juda   tez
ko’rsatiladi. Bunda odam o’z diqqati doirasiga qancha narsa sig’dira olsa, ana shunga
qarab   diqqatning   keng   yoki   torligi   aniqlanadi.   O’tkazilgan   tajribalarning
ko’rsatishicha, katta yoshli odamlarda o’z diqqat doiralariga ayni bir vaqtda 3 tadan 6
tagacha bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan narsalarni sig’dira oladilar. 
Diqqat ko’lamining keng bo’lishi odam idrok qilayotgan narsalarini atroflicha
va chuqur aks ettirishi, binobarin bilish jarayonning sifatli bo’lishi  uchun juda katta
ahamiyatga egadir.
Odamning diqqati bir vaqtda faqat bitta narsagagina emas, balki ikkita yoki 
uchta narsaga ham birdaniga qaratilishi mumkin. Ana shunday paytlarda diqqatning 
bo’linishi talab qilinadi             Xuloosa 
Odamga  h ar bir da q i q ada atrof-mu h itdan juda ko’p narsa va  h odisalar ta'sir etib
turadi.   Lekin   odamga   ta'sir   etayotgan   bu   narsa   va   h odisalarning   h ammasi   bir   xil
ani q likda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa birlari
shunchaki   juda   xira   aks   ettiriladi,   yoki   umuman   aks   ettirilmaydi.   Bu   esa   ana   shu
odamga   ta'sir   etayotgan   narsalarga   diqqatning   qay   darajada   qaratilishiga   bog’liqdir.
Demak, di qq atimiz  q aratilgan narsa va  h odisalar ani q  va to’la aks ettiriladi. 
Di qq at   tushunchasiga   olimlar   tomonidan   bir   q ator   ta'riflar   keltirilganligini
ta'idlash   mumkin.   P.I.Ivanov   tomonidan   di qq at   deb-   ongni   bir   nu q taga   to’plab
muayyan bir ob'ektga aktiv   q aratilishga aytiladi. ,   K.D.Ushinskiyning   "diqqat ruhiy
hayotimizning   shunday   yagona   eshigidirki,   ongimizga   kiradigan   narsalarning
barchasi   shu   eshik   orqali   o’tib   kiradi"   degan   fikrlari   uning   ahamiyatini   bildiradi.
haqiqatdan ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga yetib bormaydi.
Diqqat   psixik   faoliyatning   yo’naltirilishi   va   shaxs   uchun   ma'lum   ahamiyatga
ega   bo’lgan   ob'ekt   ustida   to’planishidan   iborat   bilish   jarayonidir.   Yo’naltirish
deganda   psixik   faoliyatning   tanlovchanlik   tabiati,   ob'ektni   ixtiyoriy   va   beixtiyoriy
tanlash   tushuniladi.   O’quvchi   maktabda   o’qituvchi   gapirayotgan   gaplarni   eshitib
o’tirganda   mana   shu   eshitib   o’tirish   faoliyatini   ongli   ravishda   tanlab   olgan,   uning
diqqati   ongli   ravishda   qo’zg’algan   shu   maqsadga   bo’ysundirilgan   bo’ladi.
O’quvchining   biror   boshqa   narsaga   chalg’imasdan   o’quv   materialining   mazmuniga
zehn qo’yib o’tirishida uning psixik faoliyatining yo’nalishi ifodalanadi. 
Psixik   faoliyatning   yo’naltirilishi   deganda   ana   shu   tanlashgina   tushunilib
qolmay,   balki   ana   shu   tanlanganni   saqlash   va   qo’llab-quvvatlash   tushuniladi.
Diqqatning bilish jarayoni uchun ahamiyatini alohida ta'kidlab o’tish lozimdir. Diqqat
sezish   jarayonida,   idrok   qilishda,   xotira,   xayol   va   tafakkur   jarayonlarida   har   doim
ishtirok   etadi.   Diqqat   barcha   aks   ettirish   jarayonlarimizning   doimiy   yo’ldoshidir.
Diqqat   barcha   psixik   jarayonlarimizda   qatnashsa   ham,   lekin   diqqatning   o’zi   hech
narsani aks ettirmaydi.  Odam biror narsaga zo’r diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi qiyofasida
ayrim   o’zgarishlar   ko’zga   tashlanadi.   Demak,   diqqat   odatda   o’zining   sirtqi   ya'ni
tashqi alomatlariga egadir. 
Birinchidan ,   diqqat   qaratilgan   narsani   yaxshi   idrok   qilish   uchun   unga
muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq solish) qilinadi.
Ikkinchidan,   ortiqcha harakatlar to’xtaydi. Jiddiy diqqatning xususiyatlaridan
biri   qimirlamasdan   jim   turishdir.   Masalan,   auditoriya   va   teatr   zalidagi   jimlik   diqqat
vaqtidagi   harakatsizlik   natijasi   bo’lib,   bu   jimlik   odamlar   ma'ruzachini   yoki   artistni
zo’r e'tibor bilan tinglashayotganini anglatadi.
Uchinchidan,   kuchli   di qq at   paytida   kishining   nafas   olishi   sekinlashib   va
pasayib  q oladi.
Demak,   di qq at   paytida   organizm   reseptorlarimiz   alo h ida   h olatda   bo’ladi.
Ammo   bu   holat   diqqatning   faqat   tashqi   ifodasi   bo’libgina   qolmay,   balki   uning
ma'lum yo’nalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hamdir. Shuning
uchun   ko’pincha   biror   ishni   bajarishdan   avval   organizmimizni   shu   ishga   moslab
muayyan bir  h olatda tutib olamiz.
Di qq atning   tash q i   ifodalanishiga   rassomlarning   rasmlari,   turli   jurnallardan
olingan   suratlar   eng   yaxshi   illyustrativ   material   h isoblanadi.   Ular   yordamida   kishi
diqqatining   tashqi   ifodasiga   xos   bo’lgan   mimika   va   pantomimikani   ko’rsatish
mumkin.

MAVZU; Diqqatning samaradorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar REJA ; Kirish l-bob : Bilish jarayonlar. Diqqat tushunchasi 1.1 Diqqatning funksiyalari va turlari 1.2 Diqqatning xususiyatlari . Bo’luvchanligi ko’chuvchanligi va ko’lami ll-bob: Diqqatning fiziologik asoslari 2.1 Diqqatning shaxsda rivojlanishi va buzilishi 2.2 Diqqatning kuchi va barqarorligini ta’min etadigan shart –sharoitlar Xulosa Kurs ishida foydalanilgan adabiyotlar

DIQQATNING PSIXIK FUNKSIYALARI Diqqat deb ongimizni bir nuqtaga to‘plab, ma’lum narsa va hodisalarga faol yo‘naltirilishiga sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo‘ldoshidir. Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishni va ulaming samaradorligini ta ’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak hartlar va talablar qo‘yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning tur- Ixtiyoriy diqqat - ongning oldindan belgilangan maqsadga muvofiq irodaviy va asabiy faollik ko'rsatgan holda muayyan obyektga yo'nalishi va unga to‘planishdan iborat diqqat turi. Ixtiyoriydan keyingi diqqat - diqqatning muayyan obyektga, avvalo, ixtiyoriy ravishda qaratilib,so‘ngra uning ahamiyati tushunilgan sari o‘z-o‘zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi. Ushbu tushuncha psixologiya faniga N.F. Dobrinin tomonidan kiritilgan. Diqqat chalg‘ishi - ma’lum bir faoliyat jarayonida diqqatning bir obyektdan boshqa bir obyektga ixtiyorsiz ravishda o‘tib turishidan iborat salbiy xususiyati. Diqqatning hajmi - diqqatning bir vaqtning o‘zida qamrab olishi mumkin boigan mustaqil obyektlar miqdori bilan belgilanadigan xususiyati. Diqqatning hajmi eksperimental sharoitda 2-6 mustaqil obyektga tengdir. Diqqatning obyektlari o‘rtasida qanchalik yaqin bogianishlar mavjud bo‘lsa, uning hajmi shunchalik keng boiadi va aksincha. Diqqat obyekti - ongimiz atrofdagilardan ajratib olgan holda yo‘naltirilgan va faol to'plangan narsa yoki hodisa. Diqqat obyekti faqat obyektiv narsalar emas, balki subyektiv hodisalar, o‘z histuyg'ularimiz, fikrlarimiz, xayol yoki xotira tasavvurlarimiz va boshqa shu kabilar ham boiishi mumkin. Ixtiyorsiz diqqat - ongimizning oldindan belgilangan maqsadsiz ravishda muayyan obyektga yo‘naltirilishi va unga to‘planishidan iborat diqqat turi. Ixtiyorsiz diqqat obyektlari narsa va hodisalaming odatdan tashqari holati, belgisi, sifati va boshqalardir.

mush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo‘ladi. Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir obyektga aktiv (faol) qaratilishiga aytiladi (P.I.Ivanov). P.I.Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasawur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zimiz qilgan ishimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqatning obyekti bo‘la oladi. Diqqatsizlik - diqqatni obyektga yo‘naltira va to‘play olmaslik, atrofdagi kishilarga nisbatan diqqatsizlik yoki iltifotsizlikdan iborat salbiy xarakter xislati. Diqqatning o‘zgarib turishi - idrok, xotira, tasawur yoki tafakkur jarayonida diqqatning ma’lum vaqt ichida dam kuchayib, dam susayib turishidan iborat qonuniyat; diqqat ba’zan daqiqaga 25-30 marta ham o‘zgaradi. Diqqatning o‘rtacha o‘zgarishi tebranish chastotasi 2-3 sekundga tengdir. Ko‘ruv diqqati - narsa va hodisalami ko‘ruv organi orqali idrok qilish, esga tushirish munosabati bilan namoyon bo‘ladigan diqqat turi. Ikkinchi tartibli ixtiyoriy diqqat - ongimizni muayyan obyektga ixtiyorsiz ravishda yo‘naltirilsa-da, uning ustiga ma’lum vaqt barqaror holda, to‘planib turishidan iborat ixtiyoriy diqqat turi; diqqat to‘plangan obyektining mazmuniga qarab ixtiyorsiz diqqatning ixtiyoriy diqqatga aylanishi. Ichki diqqat - ongimizning o‘z subyektiv taassurotlarimiz, his tuyg‘ularimiz va intilishlarimizga qaratilishidan iborat diqqat turi. Tashqi diqqat - ongimizning obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalarga, ulaming ayrim belgi va xususiyatlariga yo‘naltirilishi, ularda faol to‘planadigan diqqat turi. Bedor holat - bosh miya yarim sharlaridagi tegishli nerv markazlarining