logo

«IQTISODIYOTNI ERKINLASHTIRISH SHAROITIDA MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASINING RIVOJLANISH MEZONLARI VA KO‘RSATKICHLARI»

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

145.87109375 KB
«IQTISODIYOTNI ERKINLASHTIRISH SHAROITIDA MEHNAT
BOZORI INFRATUZILMASINING RIVOJLANISH MEZONLARI VA
KO‘RSATKICHLARI» 
Reja:
1.   Mehnat   bozori   samarali   shakllanishidagi   ijtimoiy-iqtisodiy
muammolar
2. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanish mezonlari
3. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanish ko‘rsatkichlari 1. Mehnat bozori samarali shakllanishidagi ijtimoiy-iqtisodiy
muammolar
Har qanday ijtimoiy-siyosiy  tuzilmada aholini mehnatda bandlik muammosi
murakkabdir.   Hozirgi   vaqtda   O‘zbekistondagi   aholini   mehnatda   bandlik   holati
mehnat va ijtimoiy – siyosat sohasidagi ba’zi kamchiliklar bilan bog‘liqdir.
Hozirgi   vaziyatning   o‘ziga   xosligi   shundan   iboratki,   mehnatga   qobiliyatli
yoshdagi   aholining   o‘sish   sur’atlari   ma’lum   darajada   bir   xil   emasligi,   mehnat
resurslari  sonining  o‘sishi   bilan jamoat  xo‘jaligidagi  ish  bilan bandlik  dinamikasi
o‘rtasidagi bog‘liqlikning qattikligidir. Mehnat resurslari tarkibiga aholining tabiiy
harakati o‘zgarishining ko‘payishi ta’sir  ko‘rsatmoqda. Shuni ta’kidlash muhimki,
mehnatga   qobiliyatli   yoshga   kirayotgan   yigit   va   qizlarning   ko‘pchiligi   mehnatga
qobiliyatli aholini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni emas, balki uning tabiiy
yo‘q bo‘lishi o‘rnini qoplaydi, ya’ni avlodlarning jadal  almashuvi sodir bo‘ladi, u
mehnat resurslarining sifat tarkibi keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Ayni vaqtda
kelgusida xodimlarning ommaviy ravishda bo‘shatilishi natijasida ish bilan bandlik
vaziyati mehnatga qobiliyatli aholining o‘sishi sezilarli darajada ko‘payishi tufayli
murakkablashuvi mumkin.
Ish   bilan   bandlik   ijtimoiy   totuvlik   va   barqarorlikka   erishuvning,   jamiyat
iqtisodiy   rivojining   muhim   omilidir.O‘tish   davrida   bandlik   sohasidagi
hukumatimizning   inson   omiliga   qaratilgan   strategiyasida   mehnatga   qodir   har   bir
inson   o‘z   qobiliyatlarini   o‘stirishi   va   o‘z   mehnat   tarzini   ta’minlashi   uchun
sharoitlar yaratishi nazarda tutiladi 1
.
  Ish   b ilan   bandlik   xarakteri   kishilarning   mulkiy   maqomiga   bog‘liq   bo‘ladi.
O‘tish   davrida   mehnat   resurslarining   ukladlararo   erkin   taqsimlanishi   bo‘lib
tursada,   turli   ukladlardagi   bandlik   darajasi,   bandlikning   daromad   keltirishi   va
qanchaga tushishi bir xil emas, albatta. Bu tabiiy ravishda  ukladlardagi korxonalar
salohiyatiga,   ularning   bozor   bilan   ta’minlanishiga,   umumiqtisodiy   vaziyatga
1
 Болтабоева Л. Демографик муҳитнинг иш билан бандлик даражасига тасири. //  Ўзбекистон 
иқтисодий ахборотномаси, -Т.: 2000. 4-сон -42 б.    bog‘liq.   Bir   uklad   uchun   bandlik   sharoiti   qulay   bo‘lgani   holda,   boshqasi   uchun
noqulay bo‘ladi 2
. 
Bozor   iqtisodiyoti   nuqtai-nazaridan,   ishchi   haqi   darajasi   ishchi   kuchining
muvozanatlashgan   narxidan   yuqori   o‘rnatilganda,   taklifning   talabga   nisbatan
ko‘pligi paydo bo‘ladi, talab oshgani sari ish haqi ham oshadi, talab kamaygan sari
esa, ish haqi ham kamayadi.
O‘tkazilgan   tadqiqotlar   shuni   ko‘rsatdiki,   respublikadagi   past   darajali
mehnat   ta’minotiga   ega   bo‘lgan   xo‘jaliklarda   mehnat   natijalari   erkinligining
yo‘qligi past  daromad olinishiga sabab bo‘ldi, bu esa ularga ishchi kuchini takror
ishlab   chiqarish   imkoniyatini   bermaydi.   Ayni   shu   sabablarga   ko‘ra,   ushbu
xo‘jaliklarda ishchi kuchi tanqisligi sun’iy yo‘l orqali paydo bo‘ladi.
Hozirgi   vaqtgacha   mavjud   bo‘lgan   ish   bilan   bandlikning   tarmoq   tuzilishi
jamiyat mehnat potensialidan foydalanish samaradorligining darajasi pastligini aks
ettiradi va u tubdan o‘zgartirishga muhtojdir.
Ish bilan bandlikdagi tarkibiy tanazzulning bevosita oqibatlari, aqliy mehnat
kishilarining   boshqa   mamlakatlarga   ketib   qolishi   –   ilm-fan   sohasidan   va   ilmiy
bilimlar   ko‘proq   talab   qilinadigan   ishlab   chiqarish   tarmoqlaridan   xodimlarning
vositachilik   sohalariga,   shuningdek,   malakasini   yo‘qotib,   norasmiy   faoliyat
sohalariga   o‘tib   ishlashidir.   Qayd   qilingan   ishsizlik   darajasidagi   tarkibiy   orqaga
ketish ish bilan bandlik xizmati mijozlari orasida mutaxassislar  ulushining yuqori
ekanligida   namoyon   bo‘lmoqda.   Holbuki,   kadrlar   potensialini,   ayniqsa,   oliy   va
o‘rta   maxsus   ma’lumotli   mutaxassislarni   shakllantirish   uzoq   vaqtni   hamda
mablag‘ni talab qiladi 3
.
Iqtisodiyotni   boshqarishning   monetaristik   usullari   islohotlarning   dastlabki
bosqichlari   uchun   mos   bo‘lib,   davlat   korxonalariga   narxlarni   oshirish   yo‘li   bilan
har   qanday   chiqimni   ham   xaridorlar   yelkasiga   yuklashga,   shuningdek   ortiqcha
xodimlarga   ham   ish   haqi   to‘lashga   imkon   berib   kam   samarali   bo‘lib   chiqdi:
xodimlarni   ishdan  bo‘shatish   jarayonlari   ob’ektiv  holatlarga emas,  balki   hukumat
2
 Воҳобов А. В.Бозор муносабатларига ўтиш босқичидаги кўп укладли иқтисодиёт ва унинг 
такроран ҳосил бўлиши. -Т.: ”Молия” 2002. 220-221 б.
3
 Абдурахмонов Қ. Х. Меҳнат иқтисодиёти (Назария ва амалиёт). -Т.: ”Меҳнат” 2004, -290 б.   va   bank   tuzilmalarining   o‘zboshimcha   hatti-harakatlariga   bog‘liq   bo‘lib   qoladi
(davlat korxonalariga imtiyozli qarzlar va subsidiyalar berilishi hatto eng samarasiz
ishlaydigan korxonalarni ham bankrotlikdan saqlab qoladi). Natijada ishsizlikning
o‘sishi muqarrar bo‘lib qoldi. 
Mehnat   bozorining   asosiy     indikatorlaridan   biri   ishlovchilarning   ishga
joylashish   ko‘rsatkichidir.   Shu   nuqtai-nazardan   olib   qaraladigan   bo‘lsa,   ishga
joylashganlar   sonining     ham   mutlaq,   ham   nisbiy   ko‘rsatkichlarning
oshayotganligini   mehnat   bozoridagi   ijobiy   tendensiya   sifatida   baholash   mumkin.
Tajribaning   ko‘rsatishicha   mamlakat   mehnat   bozoridagi   talab   asosan   malakasiz
mehnatga   yo‘naltirilgan degan fikrni qisman  tasdiqlaydi. Ishlovchilar  orasida ish
joyini tez-tez o‘zgartiradigan, hamda uncha yuqori malakaga ega bo‘lmaganlarning
ko‘pligi   mehnat   bozoridagi   vaziyatni   keskinlashtiradigan   holatlardan   biridir.
Tahlillar shundan dalolat beradiki, bunday vaziyat asosan ichki mehnat bozorining
yetarli   darajada   rivojlanmaganligi,   xodimlar   qo‘nimsizlik   darajasining
yuqoriligining in’ikosi sifatida yuzaga keladi. Ish beruvchilar uchun o‘z hisobidan
kadr tayyorlashdan ko‘ra, mehnat idoralari orqali arzon ishchi kuchiga ega bo‘lish
iqtisodiy jihatdan manfaatliroq bo‘lgani uchun ham, mehnat bo‘limlari yordamida
ishga   joylashganlar   orasida   yuqori   malakaga   ega   bo‘lmagan   shaxslarning
salmog‘ini   ortib   borayotganlik   tendensiyasi   ko‘zatilmoqda.   Bundan   tashqari,
mehnat   bozori   infratuzilmasi   elementlarining,   jumladan   ijtimoiy   hamkorlik
mexanizmining   yetarli   darajada   rivojlanmaganligi,   mehnat   bozoridagi   umumiy
jarayonlarga   jamiyatning   mos   ravishda   tezkorlik   bilan   moslasha   olmasligi   uning
oldiga yalpi ishsizlik muammosini ko‘ndalang qo‘yishi mumkin. 
2. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanish mezonlari
Ishchi   kuchining   qayta   taqsimlanishi,   uning   mehnat   bozoridagi   harakatiga,
binobarin, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi miqdor-sifat jihatidan
muvofiqlikka   erishish   ko‘lamlariga   bevosita   ta’sir   etuvchi   omillar   ijtimoiy-
iqtisodiy   rivojlanishning   yangicha   sharoitlarini   shakllantiradigan   makroomillarga
bog‘liq.     Shuning   uchun   ham   ishsizlik   miqyosining   haddan   tashqari   oshib ketishining oldini olish va ishsizlarni ishga joylashtirishga yordam berish bo‘yicha
amalga oshiriladigan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat bo‘lmog‘i lozim:
 mehnat   munosabatlari   sohasida   ijtimoiy   hamkorlikning   uch   tomonlama
mexanizmini takomillashtirish;
 mamlakatning har bir hududida mehnat zahiralari va ish joylari sonining
ham sifat, ham soni jihatidan  o‘sish mutanosibligiga erishish;
 yangi   taraqqiy   etgan   tarmoqlar   va   faoliyat   turlarini   rivojlantirish   yo‘li
bilan   yangi   ish   joylarini   barpo   etish.   Bu   tadbirlarni   amalga   oshirishda   qishloq
xo‘jaligidan   bo‘shayotgan   xodimlarni   iqtisodiyotning   boshqa   tarmoqlariga,
jumladan sanoat, kichik va xususiy biznes, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarga
taqsimlashga ahamiyat berish kerak bo‘ladi;
 ish   bilan   bandlikning   tarmoq   va   professional   tarkibini   takomillashtirish,
qishlok joylarida ishsizlik miqyosining oshib ketishini oldini olish va nihoyat yalpi
mahsulotning ko‘payishi uchun zamin yaratadi;
 iqtisodiyotda oqilona ish bilan bandlikni ta’minlash;   
 mehnat   bozorida   raqobat   mexanizmini   yo‘lga   qo‘yish   samaradorligini
oshirish, ishchi kuchining sifat ko‘rsatkichlarini to‘xtovsiz  oshirib borish  mazkur
mexanizmning asosi bo‘lib hisoblanadi;
 samarali   va   “egiluvchan”   mehnat   bozorini   shakllantirish,   yangi   mehnat
bozori   infratuzilmasining   faoliyatini   takomillashtirish,   xodimlarning   kasbiy
harakatchanligini oshirish, hamda mehnat bozorining   alohida segmentlariga ta’sir
ko‘rsatish orqali ishsizlarda yangi kasblarga qiziqish uyg‘otish;
 mehnat   bozorida   faol   siyosat   olib   borish   borasidagi   rivojlangan
mamlakatlar tajribasidan keng foydalanish, jamoat ishlari tarmog‘ini kengaytirish,
ishsizlarni o‘qitish  va qayta o‘qitish tizimini va yangi ish joylarini barpo etish;
 yoshlar o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish chora tadbirlarini ishlab chiqish.
Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   mehnatga   bo‘lgan   talabni   rag‘batlantirishning
birdan-bir vositasi investitsiyalar samaradorligini ta’minlashdir. Mehnatga bo‘lgan
talabning   navbatdagi   omili   o‘zaro   bir-birini   to‘ldiradigan   mehnat   resurslari   bilan
bog‘liqdir.   Agar   bitta   stanokni   xodim   boshqarsa   va   bu   xildagi   stanoklar   narxi oshsa,   u   holda   bu   stanoklarda   ishlaydigan   ishchilarga   talab   boshqa   teng
sharoitlarda pasayadi va aksincha bo‘ladi.
Amaliyotda   inflyatsiya   ko‘rsatkichlari   bilan   aholini   ish   bilan   samarali
bandligi   o‘rtasida   teskari   mutanosiblik   mavjud.   Inflyatsiya     sharoitida,   daromad
solig‘i   yukining  yashirin,   norasmiy   oshishi   yuz   beradi.   Inflyatsiyasiz   va  daromad
solig‘i   chegaralarini   qayta   ko‘rib   chiqmasdan,   kompensatsiya   qilish   maqsadida
oylik   ish   haqini   10   foiz   oshirish   daromad   solig‘idan     tushadigan   tushumlarni   16
foizga ko‘taradi, demak soliqlarning real oshishi 6 foizga teng. Bunday holat fiskal
nuqtai–nazaridan   olib   qaralganda   davlat   uchun   inflyatsiyaga     nisbatan   iltifotli
bo‘lishga rag‘bat tug‘diradi. Lekin bu yerda   quyidagilarni nazardan qochirmaslik
kerak,   ya’ni   bu   hodisaning   teskari   tomoni   ham   mavjud   –   ishchilar   real
daromadining   mos   ravishda   qisqarishi,   talab   to‘lov   qobiliyatining   pasayishi,   bu
tovar   aylanishining   kamayishiga   olib   keladi   va   oxir   –   oqibatda   ishlab   chiqarish
qisqaradi 4
.   Bu   esa ,   mehnat   bozorida   ish   kuchiga   bo‘lgan   talabni   pasayishiga
rag‘bat bo‘luvchi inflyatsion moyillikni vujudga keltiradi. 
M ehnat   bozori   infratuzilmasining   tarkibiy   qismlari   hisoblangan   moliyaviy
muassalarning   faoliyatida   ish   kuchiga   bo‘lgan   talabni     oshirish   bo‘yicha   davlat
siyosatini   bajarishga   qarab   mexanizmning   ishlab   chiqilishi   oqilona   ish   bilan
bandlikni ta’minlash sharti hisoblanadi.
Tashkiliy   jihatdan   mehnat   bozori   ijtimoiy   institutlar   tizimi   sifatida
maydonga chiqar ekan, mazkur bozor infratuzilmasi rivojlanishi aholining oqilona
ish bilan bandligini shakllanishida muhim tashkiliy tuzilmalar majmui hisoblanadi.
Mehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanishining   asosiy   maqsadlari   mehnatdan
foydalanish muammolari, uning samaradorligini oshirish bilan bog‘liqdir.
Yuqorida   respublikamizda   ish   bilan   bandlik   holati   bo‘yicha   mehnat   va
ijtimoiy-siyosat   sohasidagi   ba’zi   kamchiliklar   mehnat   bozori   infratuzilmasi
rivojlanishiga teskari mutonasiblikda ta’sir etuvchi omillardir.
Amaliyotda   aholining   oqilona   ish   bilan   bandligi   ishchi   kuchiga   talab   va
taklif   o‘rtasidagi   bozor   muvozanatiga   erishishni   bildiradi.   Bunday   holda
4
 Юсупов М. Солиқ сиёсатини такомиллаштиришнинг долзарб муаммолари // Бозор, пул ва 
кредит. 1998. 2-сон, -14 б. ishsizlikning   yo‘l   qo‘yilishi   mumkin   (tabiiy)   darajasi   vujudga   keladi.   Bunday
muvozanat   ish   beruvchilar   va   “mehnat   qobiliyati”   kishilarining   iqtisodiy
manfaatlarini eng muqobil darajada amalga oshirilishini ta’minlaydi.  Bunda ishchi
kuchiga   kasbiy   malaka   tayyorgarligi   bo‘yicha   mos   narxlar   belgilanadi.   Xuddi
shular tufayli, aholining oqilona  ish bilan  bandligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarish
va   ishchi   kuchining   qiymati   asosida   “mehnat   qilish   qobiliyati”ni   bozorda   sotish
uchun taklif qilganlarning turmush darajasi shakllanishi ham ta’minlanadi 5
.
Yuqorida   tushuncha   nuqtai   nazaridan  qaraganda   respublikamizda   aholining
oqilona   ish   bilan   bandligini   shakllanishiga   ham   to‘la   erishilgani   yo‘q.   Bunga
quyidagi   sabablar   asosiy   to‘siq   bo‘lmoqda:   davlat   mulkini   xususiylashtirish
samaradorligining   past   darajasi;   iqtisodiyotda   tubdan   tarkibiy   isloh o tlarning
sekinlik bilan borishi; mehnat haqining uning yakuniy natijalaridan uzilib qolishi;
ish joylarining past sifatli moddiy-texnika jihozlar bilan ta’minlanishi; ishchi kuchi
taklifini   unga   bo‘lgan   talabga   nisbatan   ko‘proq   o‘sayotganligi;   bo‘sh   ish   joylari
haqida   ishonchli   axborotlarning   kamligi   va   mehnat   bozorining   samarali   tartibga
solish mexanizmi takomillashmaganligi 6
.
Mehnat   bozorining   mehnat   munosabatlarini   tartibga   solishning   samarali
mexanizmini takomillashmaganligi mehnat bozori infratuzilmasi  rivojlanishiga va
buning natijasi o‘laroq aholining oqilona  ish bilan  bandligini shakllanishiga salbiy
ta’sir   ko‘rsatadi.   Aholini   ish   bilan   bandligini   samarali   tartibga   solish   mexanizmi
sub’ektiv   yig‘ma   tushuncha.   Samarali   ish   bilan   bandlikni   tartibga   soluvchi
mexanizm   mehnat   bozori   infratuzilmasiga   kiruvchi   tarkibiy   qism   elementlari
majmuasidir.
Aholining   oqilona   ish   bilan   bandligini   ta’minlashning   takomillashtirilgan
yangi   mexanizmi   quyidagi   asosiy   shart-sharoitlarning   ta’sirini   tartibga   solishi
lozim: ishchi kuchiga talabning oshishi va unga taklifning kamayishi; yollanma ish
kuchiga   mehnat   haqini   (narxini)   eng   past   miqdorini   aholi   jon   boshiga   to‘g‘ri
keladigan minimal iste’mol byudjetidan kam bo‘lmagan holda belgilash; mehnatga
5
 Холмўминов Ш.Р. Қишлоқ меҳнат бозорининг шаклланиши ва ривожланишини 
моделлаштириш // Дис. ... и.ф.д.- Т.: 1998. -60 б. 
6
 Холмўминов Ш.Р. Меҳнат бозори иқтисодиёти (ўқув қўлланма). -Т.: 2004. -20 б. qobiliyatli   o‘smirlar,   pensionerlar,   ko‘p   bolalik   ayollar   va   nogironlar   ish   bilan
bandligini oshirishni rag‘batlantirish; ishsizlarning malakasi, raqobat qobiliyati va
safarbarligini   oshirish,   ish   bilan   bandlik   xizmati   infratuzilmasining   samarali
rivojlanishini ta’minlash va boshqalar.
O‘zbekistonda zamonaviy mehnat bozori hali tarkib topish jarayonidadir. U
hali   mezon   asosida   o‘zining   yaqqol   qiyofasiga   ega   bo‘lib   ulgurganicha   yo‘q.   Bu
jihatdan   uni   birinchi   turga   intiluvchi   aralash   mehnat   bozori   deb   atash   mumkin.
Mazkur   bozorning   shu   jihatlarini   e’tiborga   olgan   holda   uning   infratuzilmasi
rivojlanishining barcha demografik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa jihatlari quyidagi
mezonlarda   o‘z   aksini   topadi   (1. 2 -rasm):   ishchi   kuchiga   talab   va   taklif   o‘rtasida
bozor muvozanatiga erishish; mehnat bozorining sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash;
aholining ish bilan bandligiga oid axborotlar tizimini takomillashtirish;   kadrlarning
kasbiy   harakatchanligi   v a             eksportabelligini   rivojlantirish;   ishsizlikni
kamaytirish; malakali mehnat   bozorini shakllantirish va boshqalar. 
3. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanish ko‘rsatkichlari
Mehnat   bozori   infratuzilmasining   rivojlanish   mezonlar   quyidagi
ko‘rsatkichlar   yordamida   aniqlanadi:   mavjud   va   yangi   yaratilgan   ish   joylarining
soni,   mulkchilikning   turli   xil   shakllari,   aholi   jon   boshiga   ishlab   chiqarilgan
YaIMning hajmi; ishchi kuchi   eksportidan   kelgan   tushum     miqdori,   aholining
migratsion     oqimi, eksport  qilingan ishchi  kuchi salmog‘i;  mehnat resurslarining
malaka va ma’lumot darajasi, mehnat bozoridagi raqobatbardoshlik, mehnat bozori
institutsion   tuzilmalari   samaradorligi,   samarali   va   egiluvchan   mehnat   bozorini
shakllantirish   va   rivojlantirish;   malakali   kadrlardan   foydalanish   samaradorligi;
malakali   kadrlarni   tayyorlashda   moddiy-texnik   ta’minot,   oliy   va   o‘rta   toifadagi
mutaxassislar   salmog‘i;   ijtimoiy   ishlab   chiqarishda   band   bo‘lmagan   shaxslar   va
ishsizlik   soni   hamda   ularning   nafaqa   miqdori,   yangi   ishga   joylashtirish,   xizmat
bo‘yicha boshqa ishga o‘tish munosabati bilan qayta tayyorgarlik, yangi ish joyiga
ko‘chirib   keltirish;   mehnat   bo‘limida   hisobda   bo‘lgan   bo‘sh   ish   o‘rinlari   va
lavozimlarining   to‘liq   ro‘yxati,   mehnat   bo‘limida   hujjatlarni   rasmiylashtirish
bo‘yicha   ma’lumotlar,   ishsizning   huquqlari   va   majburiyatlari   to‘g‘risidagi   to‘liq axborot,   ish   beruvchilar   to‘g‘risidagi   axborot,   yangi   kasbga   tayyorlash   va   qayta
tayyorlash imkoniyatlari to‘g‘risidagi axborot, mulkchilikning turli xil shakllari va
h.k.
Yuqorida   qayd   etilgan   ko‘rsatkichlarning   batafsil   tasnifi   10-mavzuda
keltirilgan.

«IQTISODIYOTNI ERKINLASHTIRISH SHAROITIDA MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASINING RIVOJLANISH MEZONLARI VA KO‘RSATKICHLARI» Reja: 1. Mehnat bozori samarali shakllanishidagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar 2. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanish mezonlari 3. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanish ko‘rsatkichlari

1. Mehnat bozori samarali shakllanishidagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar Har qanday ijtimoiy-siyosiy tuzilmada aholini mehnatda bandlik muammosi murakkabdir. Hozirgi vaqtda O‘zbekistondagi aholini mehnatda bandlik holati mehnat va ijtimoiy – siyosat sohasidagi ba’zi kamchiliklar bilan bog‘liqdir. Hozirgi vaziyatning o‘ziga xosligi shundan iboratki, mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholining o‘sish sur’atlari ma’lum darajada bir xil emasligi, mehnat resurslari sonining o‘sishi bilan jamoat xo‘jaligidagi ish bilan bandlik dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlikning qattikligidir. Mehnat resurslari tarkibiga aholining tabiiy harakati o‘zgarishining ko‘payishi ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuni ta’kidlash muhimki, mehnatga qobiliyatli yoshga kirayotgan yigit va qizlarning ko‘pchiligi mehnatga qobiliyatli aholini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni emas, balki uning tabiiy yo‘q bo‘lishi o‘rnini qoplaydi, ya’ni avlodlarning jadal almashuvi sodir bo‘ladi, u mehnat resurslarining sifat tarkibi keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Ayni vaqtda kelgusida xodimlarning ommaviy ravishda bo‘shatilishi natijasida ish bilan bandlik vaziyati mehnatga qobiliyatli aholining o‘sishi sezilarli darajada ko‘payishi tufayli murakkablashuvi mumkin. Ish bilan bandlik ijtimoiy totuvlik va barqarorlikka erishuvning, jamiyat iqtisodiy rivojining muhim omilidir.O‘tish davrida bandlik sohasidagi hukumatimizning inson omiliga qaratilgan strategiyasida mehnatga qodir har bir inson o‘z qobiliyatlarini o‘stirishi va o‘z mehnat tarzini ta’minlashi uchun sharoitlar yaratishi nazarda tutiladi 1 . Ish b ilan bandlik xarakteri kishilarning mulkiy maqomiga bog‘liq bo‘ladi. O‘tish davrida mehnat resurslarining ukladlararo erkin taqsimlanishi bo‘lib tursada, turli ukladlardagi bandlik darajasi, bandlikning daromad keltirishi va qanchaga tushishi bir xil emas, albatta. Bu tabiiy ravishda ukladlardagi korxonalar salohiyatiga, ularning bozor bilan ta’minlanishiga, umumiqtisodiy vaziyatga 1 Болтабоева Л. Демографик муҳитнинг иш билан бандлик даражасига тасири. // Ўзбекистон иқтисодий ахборотномаси, -Т.: 2000. 4-сон -42 б.

bog‘liq. Bir uklad uchun bandlik sharoiti qulay bo‘lgani holda, boshqasi uchun noqulay bo‘ladi 2 . Bozor iqtisodiyoti nuqtai-nazaridan, ishchi haqi darajasi ishchi kuchining muvozanatlashgan narxidan yuqori o‘rnatilganda, taklifning talabga nisbatan ko‘pligi paydo bo‘ladi, talab oshgani sari ish haqi ham oshadi, talab kamaygan sari esa, ish haqi ham kamayadi. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, respublikadagi past darajali mehnat ta’minotiga ega bo‘lgan xo‘jaliklarda mehnat natijalari erkinligining yo‘qligi past daromad olinishiga sabab bo‘ldi, bu esa ularga ishchi kuchini takror ishlab chiqarish imkoniyatini bermaydi. Ayni shu sabablarga ko‘ra, ushbu xo‘jaliklarda ishchi kuchi tanqisligi sun’iy yo‘l orqali paydo bo‘ladi. Hozirgi vaqtgacha mavjud bo‘lgan ish bilan bandlikning tarmoq tuzilishi jamiyat mehnat potensialidan foydalanish samaradorligining darajasi pastligini aks ettiradi va u tubdan o‘zgartirishga muhtojdir. Ish bilan bandlikdagi tarkibiy tanazzulning bevosita oqibatlari, aqliy mehnat kishilarining boshqa mamlakatlarga ketib qolishi – ilm-fan sohasidan va ilmiy bilimlar ko‘proq talab qilinadigan ishlab chiqarish tarmoqlaridan xodimlarning vositachilik sohalariga, shuningdek, malakasini yo‘qotib, norasmiy faoliyat sohalariga o‘tib ishlashidir. Qayd qilingan ishsizlik darajasidagi tarkibiy orqaga ketish ish bilan bandlik xizmati mijozlari orasida mutaxassislar ulushining yuqori ekanligida namoyon bo‘lmoqda. Holbuki, kadrlar potensialini, ayniqsa, oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislarni shakllantirish uzoq vaqtni hamda mablag‘ni talab qiladi 3 . Iqtisodiyotni boshqarishning monetaristik usullari islohotlarning dastlabki bosqichlari uchun mos bo‘lib, davlat korxonalariga narxlarni oshirish yo‘li bilan har qanday chiqimni ham xaridorlar yelkasiga yuklashga, shuningdek ortiqcha xodimlarga ham ish haqi to‘lashga imkon berib kam samarali bo‘lib chiqdi: xodimlarni ishdan bo‘shatish jarayonlari ob’ektiv holatlarga emas, balki hukumat 2 Воҳобов А. В.Бозор муносабатларига ўтиш босқичидаги кўп укладли иқтисодиёт ва унинг такроран ҳосил бўлиши. -Т.: ”Молия” 2002. 220-221 б. 3 Абдурахмонов Қ. Х. Меҳнат иқтисодиёти (Назария ва амалиёт). -Т.: ”Меҳнат” 2004, -290 б.

va bank tuzilmalarining o‘zboshimcha hatti-harakatlariga bog‘liq bo‘lib qoladi (davlat korxonalariga imtiyozli qarzlar va subsidiyalar berilishi hatto eng samarasiz ishlaydigan korxonalarni ham bankrotlikdan saqlab qoladi). Natijada ishsizlikning o‘sishi muqarrar bo‘lib qoldi. Mehnat bozorining asosiy indikatorlaridan biri ishlovchilarning ishga joylashish ko‘rsatkichidir. Shu nuqtai-nazardan olib qaraladigan bo‘lsa, ishga joylashganlar sonining ham mutlaq, ham nisbiy ko‘rsatkichlarning oshayotganligini mehnat bozoridagi ijobiy tendensiya sifatida baholash mumkin. Tajribaning ko‘rsatishicha mamlakat mehnat bozoridagi talab asosan malakasiz mehnatga yo‘naltirilgan degan fikrni qisman tasdiqlaydi. Ishlovchilar orasida ish joyini tez-tez o‘zgartiradigan, hamda uncha yuqori malakaga ega bo‘lmaganlarning ko‘pligi mehnat bozoridagi vaziyatni keskinlashtiradigan holatlardan biridir. Tahlillar shundan dalolat beradiki, bunday vaziyat asosan ichki mehnat bozorining yetarli darajada rivojlanmaganligi, xodimlar qo‘nimsizlik darajasining yuqoriligining in’ikosi sifatida yuzaga keladi. Ish beruvchilar uchun o‘z hisobidan kadr tayyorlashdan ko‘ra, mehnat idoralari orqali arzon ishchi kuchiga ega bo‘lish iqtisodiy jihatdan manfaatliroq bo‘lgani uchun ham, mehnat bo‘limlari yordamida ishga joylashganlar orasida yuqori malakaga ega bo‘lmagan shaxslarning salmog‘ini ortib borayotganlik tendensiyasi ko‘zatilmoqda. Bundan tashqari, mehnat bozori infratuzilmasi elementlarining, jumladan ijtimoiy hamkorlik mexanizmining yetarli darajada rivojlanmaganligi, mehnat bozoridagi umumiy jarayonlarga jamiyatning mos ravishda tezkorlik bilan moslasha olmasligi uning oldiga yalpi ishsizlik muammosini ko‘ndalang qo‘yishi mumkin. 2. Mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanish mezonlari Ishchi kuchining qayta taqsimlanishi, uning mehnat bozoridagi harakatiga, binobarin, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi miqdor-sifat jihatidan muvofiqlikka erishish ko‘lamlariga bevosita ta’sir etuvchi omillar ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning yangicha sharoitlarini shakllantiradigan makroomillarga bog‘liq. Shuning uchun ham ishsizlik miqyosining haddan tashqari oshib

ketishining oldini olish va ishsizlarni ishga joylashtirishga yordam berish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat bo‘lmog‘i lozim:  mehnat munosabatlari sohasida ijtimoiy hamkorlikning uch tomonlama mexanizmini takomillashtirish;  mamlakatning har bir hududida mehnat zahiralari va ish joylari sonining ham sifat, ham soni jihatidan o‘sish mutanosibligiga erishish;  yangi taraqqiy etgan tarmoqlar va faoliyat turlarini rivojlantirish yo‘li bilan yangi ish joylarini barpo etish. Bu tadbirlarni amalga oshirishda qishloq xo‘jaligidan bo‘shayotgan xodimlarni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga, jumladan sanoat, kichik va xususiy biznes, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarga taqsimlashga ahamiyat berish kerak bo‘ladi;  ish bilan bandlikning tarmoq va professional tarkibini takomillashtirish, qishlok joylarida ishsizlik miqyosining oshib ketishini oldini olish va nihoyat yalpi mahsulotning ko‘payishi uchun zamin yaratadi;  iqtisodiyotda oqilona ish bilan bandlikni ta’minlash;  mehnat bozorida raqobat mexanizmini yo‘lga qo‘yish samaradorligini oshirish, ishchi kuchining sifat ko‘rsatkichlarini to‘xtovsiz oshirib borish mazkur mexanizmning asosi bo‘lib hisoblanadi;  samarali va “egiluvchan” mehnat bozorini shakllantirish, yangi mehnat bozori infratuzilmasining faoliyatini takomillashtirish, xodimlarning kasbiy harakatchanligini oshirish, hamda mehnat bozorining alohida segmentlariga ta’sir ko‘rsatish orqali ishsizlarda yangi kasblarga qiziqish uyg‘otish;  mehnat bozorida faol siyosat olib borish borasidagi rivojlangan mamlakatlar tajribasidan keng foydalanish, jamoat ishlari tarmog‘ini kengaytirish, ishsizlarni o‘qitish va qayta o‘qitish tizimini va yangi ish joylarini barpo etish;  yoshlar o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish chora tadbirlarini ishlab chiqish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatga bo‘lgan talabni rag‘batlantirishning birdan-bir vositasi investitsiyalar samaradorligini ta’minlashdir. Mehnatga bo‘lgan talabning navbatdagi omili o‘zaro bir-birini to‘ldiradigan mehnat resurslari bilan bog‘liqdir. Agar bitta stanokni xodim boshqarsa va bu xildagi stanoklar narxi