logo

MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASI FUNKSIONAL ELEMENTLARI VA TARKIBIY QISMLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

39.982421875 KB
M E H NAT BOZORI INFRATUZILMASI FUNKSIONAL
ELEMENTLARI VA TARKIBIY QISMLARI
Reja:
1.   M e h nat   bozori   infratuzilmasi   funksional   elementlari   va   tarkibiy
qismlari
2.  M ehnat bozorini boshqarish ning asosiy  yo‘nalishlar i
3.  Mehnat bozorida kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi 1.  M e h nat bozori infratuzilmasi funksional elementlari va tarkibiy
qismlari
Mehnat   bozori   infratuzilmasi   funksional   elementlari   va   tarkibiy   qismlari
bo‘yicha quyidagi tizimlarni o‘z ichiga oladi:
1. Mehnat   bozori   infratuzilmasining   ustqurmaviy   elementlari:   bunga
davlatning   tartibga   solish   va   normativ-huquqiy   roli,   mehnat   shartnomalari   va
hokazolar kiradi. Davlatning tartibga solish roli huquqiy normalar va qonunlarning
qabul   qilinishi,   mehnat   munosabatlarini   tartibga   solish,   investitsiyalar   harakatini
boshqarish,   ijtimoiy   siyosatni   amalga   oshirish,   ishchi   kuchi   shakllanishiga   ta’sir
etishdan iborat.
2. Mehnat bozori infratuzilmasining tashkiliy tarkibi, ya’ni, makro va mikro
darajalardagi  tashkiliy-iqtisodiy va tashkiliy-boshqaruv     tuzilmalari quyidagilarni
o‘z ichiga oladi:
- ishga   joylashtirish   bo‘yicha   tashkiliy   tuzilmalar,   bularga,   davlat,
munitsipial   organlar,   nodavlat   ish   bilan   bandlik   xizmatlari   va   assotsiatsiyalar
kiradi;
- ta’lim   tizimi,   bunga   davlat   va   nodavlat   ish   bilan   bandlik   xizmatidagi
o‘quv   markazlari   hamda   o‘rta   va   oliy   o‘quv   yurtlari   kasbga   tayyorlash   va   qayta
tayyorlash   institutlari   sifatida,   fuqarolarni   o‘qitish   bo‘yicha   ish   bilan   bandlik
xizmati   organlari   bilan   shartnomaviy   hamkorlikda   mehnat   bozoriga   yangi
mutaxassislarni tayyorlab beradi;
- rekrut tizimi, bunga rekrut agentliklari va ixtisoslashgan mehnat birjalari
kiradi;
- axborot tizimi-mehnat bozori holati haqida axbor o tlarni to‘plash;
- ijtimoiy   tizim   –   ijtimoiy   himoyaga   muhtoj   bo‘lganlarga   ko‘rsatiladigan
xizmatlar bo‘yicha  markazlar va tashkilotlar;
- moliyaviy tizim – bularga davlat  ish bilan  bandlik jamg‘armasi, tijorat  ish
bilan   bandlikka   ko‘maklashuvchi   jamg‘armalar,   bitiruvchilarni   ishga
joylashtirishga ko‘maklashuvchi o‘quv yurtlar i ning jamg‘armalari  kiradi . Mehnat   bozori   infratuzilmasi   tarkibidagi   institutsional   tuzilmalar   va
tashkilotlar   o‘rtasida   yuzaga   keladigan   ish   bilan   bandlikka   oid   ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar ularning o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydi.
Mehnat   bozori   sub’ektlari   munosabatlari   tizimiga   maxsus   organlarining
qo‘shilishi ular o‘rtasida ziddiyatlar bo‘lmasligini ta’minlash, turli-tuman iqtisodiy
vositalar va usullar, huquqiy normalar  yordamida ish bilan bandlik jarayonlari  va
siyosatini tashkil etish hamda tartibga solishni ta’min etish zarur 1
.  
C amarali   ish   bilan   bandlikni   ta’minlash   mehnat   bozorining   bosh   ijtimoiy-
iqtisodiy   funksiyasi   hisoblanadi.   Mehnat   bozori   infratuzilmasi   bu   funksiyani
bajarilishini   ta’minlaydi,   shunday   ekan,   mehnat   bozori   infratuzilmasining
muvaffaqiyatli shakllanishi va rivojlanishi mezoni sifatida ishchi kuchiga talab va
taklif o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash hisoblanadi. 
Shuningdek,   mehnat   bozori   infratuzilmasining   bosh   masalasi   –   mehnat
bozorida   ishchi   kuchiga   talab   va   taklif   o‘rtasidagi   samarali   hamkorlikni   va
iqtisodiy shart-sharoitlarni ta’minlashni nazarda tutadi.     
Mehnat bozori infratuzilmasining asosiy funksiyasi ish beruvchi bilan xodim
o‘rtasidagi   ish   kuchining   narxi,   mehnat   sharoiti,   xodimning   muayyan   ijtimoiy
muammolarini hal qilish, ish bilan band bo‘lgan va band bo‘lmagan aholini kasbga
tayyorlash   va   qayta   tayyorlash,   ish   joylarini   yaratish   va   saqlash,   aholiga   axborot
xizmatlarini ko‘rsatish, ishchi kuchi  harakatchanli gini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-
mehnat   nizolarini   tartibga   solish   xususidagi   munosabatlarni   yo‘lga   qo‘yishdan
iboratdir.   Odatda   bu   munosabatlar   jamoa   shartnomalari   tizimi   asosida   tartibga
solinadi.   Bozor   iqtisodiyoti   rivojlangan   mamlakatlarda   jamoa   shartnomasi   tizimi
mehnat bozorida davlatning tartibga solishdan ko‘ra faolroq rol o‘ynaydi 2
.
O‘zbekiston   Respublikasi   Mehnat   Kodeksining   29-moddasiga   muvofiq
jamoa shartnomasi  - korxonada ish beruvchi bilan xodimlar  o‘rtasidagi  mehnatga
oid,   ijtimoiy-iqtisodiy   va   kasbga   oid   munosabatlarni   tartibga   soluvchi   normativ
hujjatdir 3
. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning
1
 Абдурахмонов Қ.Х. Меҳнат иқтисодиёти (дарслик). -Т.: - «Меҳнат» - 2004. -146 б.
2
 Абдурахмонов  Қ .Х., Муртаз оев Б.Ч. Ме ҳ нат бозори. (ў қ ув  қ ўлланма). - Т.: 1999. -29 б .
3
 Ўзбекистон Республикасининг Ме ҳ нат кодекси. -Т.: «Адолат», 1996. – 15 б.   mehnatga   oid   munosabatlarini   shartnoma   asosida   tartibga   solishga   va   ularning
ijtimoiy-iqtisodiy   manfaatlarini   muvofiqlashtirishga   yordam   berish   maqsadida
tuziladi.
Binobarin,   unda   bevosita   shartnomada   mustahkamlangan   normalar   yoki
tegishli   lokal   hujjatga   havola   etish   yordamida   mehnat   jarayonida   taraflarning
o‘zaro   munosabatlarini   tartibga   soluvchi   barcha   tub   masalalar   mavjud   bo‘lishi
kerak.
Jamoaviy shartnoma mehnat munosabatlari barqarorligiga erishishda muhim
ahamiyatga   ega.   Jamoaviy   shartnoma   tizimi   mehnat   bozoridagi   xo‘jalik
sub’ektlarining o‘zaro munosabatlaridagi mojarolarni o‘zicha bartaraf eta olmaydi.
Chunki,   ushbu   mojarolar   asosini   ijtimoiy   manfaatlar,   maqsadlar,   intilishlar,
talablardagi   farqlar   tashkil   etadi.   Garchi,   jamoaviy   bitimlar   tizimi   manfaatlarni
kelishib,   o‘zaro   bir   qarorga   kelish   va   mojarolarni   tezlik   bilan   bartaraf   etish
jarayonlarini   ko‘zda   tutsada ,   muzokaralar   jarayoni   ancha   maqbul   natijalarga
erishish   jarayonini   ham   yaratadi.   Ayni   paytda   bitim   shartlari   shartnoma   shaklini
olib,   ikki   tomonni   mazkur   shartlar   asosida   ijtimoiy   va   iktisodiy   barqarorlikni
ta’minlash maqsadida oxirgi choralarni ko‘rmasdan, ya’ni ish tashlash yoki ishdan
bo‘shatishga yo‘l qo‘ymay, harakat qilishga majbur etadi 4
. 
Shuni qayd etib o‘tish kerakki, asosan jamoaviy mehnat  shartnomasi  tizimi
va bevosita  davlatning tartibga solib  borishi  amal  qilishiga qaramay, xodim  bilan
ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlar yakka tartibda ham hal etilishi mumkin.
Xodim   bilan   tuzilgan   shaxsiy   shartnoma   ish   beruvchi   uchun   ancha
foydalidir.   Shaxsiy   shartnoma   tizimi   mehnatchining   mehnat   sharoiti   va   unga
to‘lanadigan   ish   haqini   shu   odamga   qarab   belgilash   imkonini   beradi.   Jamoaviy
bitimlarga ko‘ra esa, bunday qilib bo‘lmaydi. Shu bilan birga, tuziladigan shaxsiy
bitim   ko‘p   hollarda   mehnatkashlarni   ijtimoiy   kafolatlarning   kattagina   qismidan
mahrum etadi va bir qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Jumladan   rivojlangan   mamlakatlardagi   mehnat   bozorlarida   doimiy   ishchi
kuchlarini vaqtincha yoki to‘liqsiz ish vaqtida ishlovchi shaxslar bilan almashtirish
4
 Гасанов М.Ю., Соколов Е.А. Ўзбекис тон Республикасида меҳнат шартномаси (контракт) – Т.: 
Тошкент матбаа комбинати,  1996.  – 14 б. qoyda   tusiga   kirmoqda.   Tabiiyki,   mazkur   ijtimoiy   guruhlarning   vakillari   ijtimoiy
jihatdan kam muhofazalangan va jamoaviy shartnomalar bilan qamrab olinmagan.
Shu   bois   davlat   ayniqsa,   xo‘jalik   yuritishning   bozor   munosabatlariga   o‘tish
sharoitlarida yollashning shaxsiy  shartnoma shakllari rivojini nazorat qilib borish i
kerak. Aks holda norozilik kuchayishi natijasida davlat ishsizlik bo‘yicha ijtimoiy
to‘lovlarni ancha ko‘paytirishga majbur bo‘lib qoladi.
Mehnat   bozori   infratuzilmasi   funksiyalariga   xodimni   va   ish   beruvchini
shartnoma tuzishga va o‘zaro yordam ko‘rsatishga tayyorlash, shartnoma tuzishda
ko‘maklashish,   mehnat   bozoriga   chiquvchilarni   himoya   qilish   va   ularning   o‘zaro
yordam ko‘rsatishini har tomonlama ta’minlash kiradi. Rivojlangan mehnat bozori
ish   beruvchilar   bilan   yollangan   xodimlarning   o‘zaro   yordam   ko‘rsatishidan
tashqari ,   u   yoki   bu   jamoat   tuzilmalarining   (kasaba   uyushmalari,   tadbirkorlar   va
ishsizlarning   birlashmalari,   ijarachilar   ittifoqlari   va     hokazolarning)   jamoa
manfaatlarini himoya qilish institutsion tuzilmalaridan tashqari, ijtimoiy hamkorlik
masalalarida davlatning vositachiligini ham nazarda tutadi.
Maxsus davlat idoralarining mehnat bozori sub’ektlarining 
munosabatlari tizimiga kirishi ular o‘rtasida kelishmovchiliklar bo‘lishining 
oldini olish, turli iqtisodiy vositalar, usullar va huquqiy normalar yordamida 
aholini ish bilan bandlik jarayonlari siyosatini tashkil etish hamda tartibga 
solishni ta’minlamog‘i lozim 5
. 
O‘tish davri iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgan bozorni boshqarish
(tartibga solish) siyosati uchta asosiy maqsadga erishishni nazarda tutadi:
- tarkibiy   qayta   qurishni   rag‘batlantirish   va   bo‘shab   qolgan   xodimlarni
qayta taqsimlash jarayonini jadallashtirish;
- ishsizlarni mehnat hayotiga juda tezlik bilan jalb qilish;
- ish qidirayotganlarning har birini ish bilan ta’min etish.
2. Mehnat bozorini boshqarishning asosiy yo‘nalishlari
5
 Абдурахмонов Қ.Х., Муртазоев Б.Ч. Меҳнат бозори. (ўқув қўлланма). - Т.: 1999. - 29 б. Hozirgi   vaqtda   O‘zbekistonda   mehnat   bozorini   boshqarishda   bir   qator
yo‘nalishlar   mavjud   bo‘lib,   ular   aholi   ish   bilan   bandligi   davlat   xizmatiga
taalluqlidir.   Bu   xizmatning   asosiy   vazifasi   mehnat   bozori   haqidagi   axborotni
mehnatga   layoqatli   aholiga   tarqatish   hisobiga   mehnat   bozorining   faoliyat
ko‘rsatishi samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Aholining ish bilan bandligiga ko‘maklashish bilan bog‘liq xizmatlar davlat
ish   bilan   bandlik   xizmati   organlari   tomonidan   bepul   ko‘rsatiladi.   Bozor
munosabatlarining rivojlanishi ish bilan bandlikning nodavlat xususiy xarakterdagi
tuzilmalari   ham   tashkil   etilishiga   imkon   bermoqda.   Bular   xodimlarni   tanlash
bo‘yicha   tijorat   agentliklari;   o‘quv   yurtlari   huzuridagi   muassasalar   va   hokazo
muassasalardir.   Mehnat   bozori   infratuzilmasining   asosiy   tarkibiy   qismi   sifatida
mehnat bo‘limlarining faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. 
Bandlikka   ko‘maklashish   markazlari   mehnat   bozori   haqidagi,   uning   ahvoli
va   istiqboli   to‘g‘risidagi   axborotlarni   o‘zida   to‘playdi.   Bozor   tuzilmasi   sifatidagi
mehnat bo‘limi xilma-xil vazifalarni bajaradi.
Respublikamizda   mehnat   bozorining   shakllanishi   mehnat   resurslarining
ortishi   sharoitida   sodir   bo‘lmoqda.  Har   yili   ish   qidirayotgan   fuqarolar   soni   30-40
ming kishiga, bandlikka ko‘maklashish markazlari orqali ish bilan ta’minlanganlar
soni 20-30 ming kishiga ko‘paymoqda.
Davlat ish bilan bandlik siyosati doirasida mehnat bozorini tartibga solishda
ish bilan bandlik jamg‘armalarining ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tish kerak.
O‘zbekiston   Respublikasining   “Aholini   ish   bilan   ta’minlash   to‘g‘risida”gi
Qonunning 21-moddasiga muvofiq “Aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat
siyosatini   amalga   oshirish   chora-tadbirlarini   moliyalash   va   mehnat   organlarining
samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi  davlat
jamg‘armasi tuziladi”. “Shuningdek ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat
jamg‘armasi   mablag‘larini   sarflash   yo‘nalishlarini   aholini   ish   bilan   ta’minlash
borasidagi   tegishli   respublika,   hududiy   va   boshqa   maxsus   dasturlarga   muvofiq
belgilanadi” 6
.
6
  Ўзбекистон   Республикасининг   «А ҳ олини   иш   билан   таъминлаш   ту ғ рисида»ги   қ онунига   шархлар.
Т.: «Шар қ », 2000. -242-243  б. Ish   bilan   bandlik   jamg‘armasi   xarajatlarini   shartli   ravishda   quyidagi
yo‘nalish bo‘yicha qismlarga ajratish mumkin:
1. Ishsizlik bo‘yicha nafaqaga sarflanadigan mablag‘lar, ishsizlarga moddiy
yordam   ko‘rsatish,   uzoq   muddatli   pensiyalar   to‘lash.   Bularni   passiv   siyosat   deb
atash qabul qilingan.
2. Qayta   tayyorlash   va   jamoat   ishlariga   sarflanadigan   mablag‘lar.   Aytib
o‘tilgan   bu   shakllarni   birlashtirib   turadigan   tomon   shuki,   ular   qonun   bilan
kafolatlanmagan. Shu bilan birga “Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash” moddasiga doir
xarajatlarni mehnat bozoridagi faol siyosat shakllariga kiritish qabul qilingan.
3. Ish   bilan   bandlik   xizmatlarini   rivojlantirish   uchun   mo‘ljallangan
mablag‘lar (ularni ta’minlash, kapital mablag‘lar, “Bandlik” axborot xizmati).
Ish bilan  bandlik jamg‘armasi   mablag‘larini  ishchi  kuchlaridan  foydalanish
va   aholi   ish   bilan   bandligi   bo‘yicha   davlat   siyosatini   amalga   oshirish   maqsadida
vaqtincha   moliyaviy   qiyinchilikni   boshidan   kechirayotgan   korxonalarga,   turli
mulkchilik ko‘rinishidagi yangi korxonalarni yaratishga kreditlar berish yo‘li bilan
hamda   korxonalarda   qo‘shimcha   ish   joylarini   yaratishga   sarflash   ishchi   kuchiga
talabni   oshirishda   muhim   vosita   hisoblanadi.   Shuningdek,   ish   bilan   bandlik
jamg‘armasi  mablag‘lari hisobiga ishsizlarni  kasbga o‘qitishni  moliyaviy jihatdan
ta’minlash   respublikamizda   malakali   mehnat   bozori   shakllanishiga   va   buning
natijasi ularoq mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. 
O‘zbekiston   Respublikasi   “Aholini   ish   bilan   ta’minlash   to‘g‘risida”gi
Qonunning   21-moddasiga   muvofiq   “Korxonalar,   muassasalar   va   tashkilotlar
ajratmalari     hisobiga   hosil   etiladigan   ish   ta’minlashga   ko‘maklashuvchi   davlat
jamg‘armasi   mablag‘larining   yetmish   foizi   keyinchalik   ularni   tumanlar   va
shaharlar   o‘rtasida   qayta   ta’minlash   sharti   bilan   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi,
viloyatlar   va   Toshkent   shahar   mehnat   organlarini   tasarrufida     qoladi,   o‘ttiz   foizi
esa Respublika miqyosida markazlashtiriladi” 7
.
7
  Ўзбекистон   Республикасининг   «А ҳ о лини   иш   билан   таъминлаш   ту ғ рисида»ги   қ онунига   шархлар.
Т.: «Шар қ », 2000. -243  б. Respublikamizda   ish   bilan   ta’minlashga   ko‘maklashuvchi   davlat
jamg‘armasi   byudjetdan   tashqari   jamg‘arma   hisoblanib,   ishsizlikni   sug‘urtalash
davlat   tomonidan   boshqariladi.   Bunda   tadbirkorlar   va   xodimlarning   vakillik
organlari   ishsizlarga   ijtimoiy   yordam   ko‘rsatish   jamg‘armalarini   boshqaruvchi
davlat organlari bilan faol hamkorlikni amalga oshiradilar.  
Har   qanday   jamiyat   mehnat   bozorida   raqobat   kurashi   qizigan   sari   umumiy
ta’lim   tizimiga   bo‘lgan     ehtiyoj   talablari   ham   orta   boradi.   Natijada   shunga   mos
holda umumta’lim tizimi ham rivojlanadi. Bozor munosabatlari mehnat jarayoniga
ta’sir   ko‘rsatishi   tufayli     kasb-hunar     ta’limi   va   eng   avvalo,   ishchilarning
umumta’lim darajasini ko‘tarish zarurligini talab etadi.
3. Mehnat bozorida kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi
Respublikamizda   Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturining   qabul   qilinishi
“Ta’lim  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonunining qoidalariga  muvofiq
tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda
yuksak   umumiy   va   kasb-hunar   madaniyatiga,   ijodiy   va   ijtimoiy-siyosiy   hayotda
mustaqil   ravishda   mo‘ljalni   to‘g‘ri   ola   bilish   mahoratiga   ega   bo‘lgan,   istiqbol
vazifalarini   ilgari   surish   va   hal   etishga   qodir   kadrlarning   yangi   avlodini
shakllantirishga   yo‘naltirilgandir 8
.   Shuningdek,   ushbu   dasturga   muvofiq   mehnat
bozorini, eng avvalo qishloq joylarda mehnat  bozorini shakllantirishning hududiy
xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   hunar-texnika   ta’limini   qayta   tashkil   etishga
kirishildi.     
Bandlikka   ko‘maklashish   markazlari   va   ayrim   korxonalarda   o‘tkazilgan
tadqiqotlar ishchilarning, ayniqsa, yosh ishchilarning kasb-hunar malakasi, mehnat
va ishlab chiqarish intizomi ancha pasayib ketganligi, tez va ishtiyoq bilan ishlash
layoqatining   yo‘qligini   ko‘rsatdi.   Talab   va   taklif   orasida   mutanosiblik   mavjud
emasligini   e’tiborga   olish,   ishlab   chiqarish   sohasida   qayta   o‘qitishning     quyidagi
turlarini tashkil etishga kirishilgan:
 yangi ishchilarni tayyorlash;
 ishchilarni qayta tayyorlash (qayta o‘qitish);
8
 Ўзбекистон Республикасининг «Кадрлар тайёрлаш бўйича миллий дастури». – Т.:  1997.  ishchilarni ikkinchi kasblarga tayyorlash;
 ishchilarning malakasini oshirish 9
.  
Mamlakatimizda   mehnat   bo‘limlariga   murojaat   qilganlarning   aksariyat
qismini  erkaklar   tashkil  qiladi,  ammo ayollar   miqdori  asta-sekin  o‘sib  bormoqda,
2009 yilda u 4 8 ,8 foizni tashkil qildi. O‘zbekistondagi joriy mehnat bozori yuqori
darajada faollashganligi bilan tavsiflanadi, bu aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha
mehnat bo‘limlari faoliyatining samaradorligi oshganligidan dalolat beradi. 
O‘z navbatida yuqori malakali va serg‘ayrat kadrlarni davlatning ishtirokisiz
tayyorlash   ancha   mushkul   ishdir.   Faqat   davlat   yetarli   darajada   qudratli   moddiy,
moliyaviy   resurslarga   va   huquqiy   omillarga   ega   bo‘lib,   ular   yordamida
moslashuvchan ishlab chiqarishni shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga
davlat   bozor   tuzilmalari   tashabbusini,   bozorning   o‘z-o‘zini   tashkil   etishini
bo‘g‘masligi lozim. O‘zgaruvchan bozorning qaror topishini  tartibga solish tizimi
boshqaruvning murakkab davlat va bozor sohalarini qamrab oladi. 
Rivojlangan   mamlakatlar   tajribasidan   ma’lumki,   malakali   kadrlarni
tayyorlash   bo‘yicha   nodavlat   tuzilmalarning   shakllantirilishi   mehnat   bozorida
raqobatchilik   muhitini   kuchaytiradi.   Bu   esa,   mehnat   bozorida   sifat   ko‘rsatkichlar
o‘zgarishiga olib keladi.
Mehnat bozoridagi raqobatbardoshlik taklif qilinayotgan ish kuchi sifatining
ish   beruvchi   talabiga   mos   kelishidir.   Bozor   munosabatlari   sharoitida   xo‘jalik
yuritish mehnat bozorida raqobat  kurashini kuchaytirish, qaytadan tayyorgarlikdan
o‘tishi   lozim   bo‘lgan   kadrlar   sonini   ko‘paytirish,   ularning     malakalarini   oshirish
uchun   ta’lim   masalasi   bilangina   emas,   balki   ijtimoiy   sabablar   va   mehnat   bozori
ehtiyojlari bilan ham bog‘liq.
Ta’lim   tizimini   qayta   qurishning   asosiy   maqsadi     ishchi   va
mutaxassislarning bilim darajasini jahon standartlariga moslashtirishdir.   Bu qayta
qurish   ta’lim   tizimi   sifatini   shunday   darajaga   ko‘tarishi   lozimki,   u   ishlab
chiqarishni   ilmiy-texnika   jihatidan   yangilanadigan   mos   kadrlarni   tayyorlay   olsin.
9
 Маматалиев Д. Инфратузилмалар янги малакали ишчилар талаб этмоқда // Ўзбекистон 
иқтисодий ахборотномаси. Т.: 2002, № 9. -53 б.  Iqtisodni   ko‘tarish   mehnat   bozorida   ishchining   raqobatbardoshligini   ta’minlay
olishga  erishilishi kerak.
Ta’lim   xizmatlari imkoniyatlari davlat va nodavlat o‘qitish maskanlari 
tarmog‘ining rivojlanishi bilan bog‘liq. 
Qayta   qurilayotgan   ta’lim   tizimi     ishlab   chiqarish     tarmoqlari   talablariga
hozirgi   kun   tuzilmaviy   tarkibidan   kelib   chiqib   emas,   balki   yanada   ilgarilashni
ta’minlash   hisobiga,   ishlab   chiqarish   kuchlari   rivojlanishining   bundan   keyingi
tezlashishiga ham mos bo‘lishi lozim bo‘ladi. 
Xo‘jalik   yuritishning   yangi   usuliga     o‘tish   davrida   oliy   va   o‘rta   maxsus
o‘quv yurtlarining samara bilan ish olib borishini ta’minlash uchun ularga ma’lum
darajada  ijtimoiy-iqtisodiy mustaqillik berish lozim bo‘ladi.
Xo‘jalik   yuritishning     kadrlarni   tayyorlash   borasida   olib   boradigan   ishlari
samarali bo‘lishi uchun quyidagilarni amalga oshirishi zarur bo‘ladi:
 mutaxassislar   tayyorlash   va   ular     malakasini   oshirish   ishlarini   olib
borishga qodir bo‘lgan o‘quv   ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish va ularga moliyaviy
va moddiy imtiyozlar berish;
 o‘quv   yurtlari   faoliyatini   boshqarishda   iqtisodiy   uslublardan   kengroq
foydalanish;
 mutaxassislarni   qayta   tayyorlashning   eng   maqbul   yo‘llarini   tanlash   va
miqdor jihatidan ularni mehnat bozoridagi talab ehtiyojiga qarab o‘zgarib turishini
ta’minlash.
Qisqacha xulosalar
Mehnat   bozori   infratuzilmasi   tarkibidagi   institutsional   tuzilmalar   va
tashkilotlar   o‘rtasida   yuzaga   keladigan   ish   bilan   bandlikka   oid   ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar ularning o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydi.
Mehnat   bozori   sub’ektlari   munosabatlari   tizimiga   maxsus   organlarining
qo‘shilishi ular o‘rtasida ziddiyatlar bo‘lmasligini ta’minlash, turli-tuman iqtisodiy
vositalar va usullar, huquqiy normalar  yordamida ish bilan bandlik jarayonlari  va
siyosatini tashkil etish hamda tartibga solishni ta’min etish zarur.   Camarali   ish   bilan   bandlikni   ta’minlash   mehnat   bozorining   bosh   ijtimoiy-
iqtisodiy   funksiyasi   hisoblanadi.   Mehnat   bozori   infratuzilmasi   bu   funksiyani
bajarilishini   ta’minlaydi,   shunday   ekan,   mehnat   bozori   infratuzilmasining
muvaffaqiyatli shakllanishi va rivojlanishi mezoni sifatida ishchi kuchiga talab va
taklif o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash hisoblanadi. 
Shuningdek,   mehnat   bozori   infratuzilmasining   bosh   masalasi   –   mehnat
bozorida   ishchi   kuchiga   talab   va   taklif   o‘rtasidagi   samarali   hamkorlikni   va
iqtisodiy   shart-sharoitlarni   ta’minlashni   nazarda   tutadi.     Mehnat   bozori
infratuzilmasining   asosiy   funksiyasi   ish   beruvchi   bilan   xodim   o‘rtasidagi   ish
kuchining narxi, mehnat sharoiti, xodimning muayyan ijtimoiy muammolarini hal
qilish,   ish   bilan   band   bo‘lgan   va   band   bo‘lmagan   aholini   kasbga   tayyorlash   va
qayta   tayyorlash,   ish   joylarini   yaratish   va   saqlash,   aholiga   axborot   xizmatlarini
ko‘rsatish,   ishchi   kuchi   harakatchanligini   qo‘llab-quvvatlash,   ijtimoiy-mehnat
nizolarini tartibga solish xususidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.  Adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.:O‘zbekiston, 2009.  
2. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.-T.:Adolat, 2007.  
3. O‘zbekiston Respublikasining Aholini ish bilan ta’minlash     to‘g‘risidagi
Qonuni. (yangi tahrirda). -T.: 1998.
4.   Abdurahmonov   Q.X.,   Xolmo‘minov   Sh.R.   Mehnat   iqtisodiyoti   va
sotsiologiyasi   (o‘quv   qo‘llanma).   -T.:   “O‘zbekiston   yozuvchilar   uyushmasi
Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti”, 2004.-207 b. 
5. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (darslik). - T.: “Mehnat”,  2009.
6. Abdurahmonov Q.X. va boshqalar. Mexnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi.
-  T.: “O‘qituvchi”, 2001.
7. Vladimirova L.P. Ekonomika truda (uchebnoe posobie) -2e izd. pererab.-
M.:  Izdatels kiy dom “Dajkov i K”, 2002.
8.  Varfolomeeva O.A. Stanovlenie infrastruktur ы  r ы nka truda v perexodnoy
ekonomike. -  SPb., Izdatelstvo SP b UEF. 2001.
9. Genkin B.M. Ekonomika i sotsiologiya truda (uchebnik). -M.:  Izdatelstvo
“Norma”, 2003.

M E H NAT BOZORI INFRATUZILMASI FUNKSIONAL ELEMENTLARI VA TARKIBIY QISMLARI Reja: 1. M e h nat bozori infratuzilmasi funksional elementlari va tarkibiy qismlari 2. M ehnat bozorini boshqarish ning asosiy yo‘nalishlar i 3. Mehnat bozorida kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi

1. M e h nat bozori infratuzilmasi funksional elementlari va tarkibiy qismlari Mehnat bozori infratuzilmasi funksional elementlari va tarkibiy qismlari bo‘yicha quyidagi tizimlarni o‘z ichiga oladi: 1. Mehnat bozori infratuzilmasining ustqurmaviy elementlari: bunga davlatning tartibga solish va normativ-huquqiy roli, mehnat shartnomalari va hokazolar kiradi. Davlatning tartibga solish roli huquqiy normalar va qonunlarning qabul qilinishi, mehnat munosabatlarini tartibga solish, investitsiyalar harakatini boshqarish, ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, ishchi kuchi shakllanishiga ta’sir etishdan iborat. 2. Mehnat bozori infratuzilmasining tashkiliy tarkibi, ya’ni, makro va mikro darajalardagi tashkiliy-iqtisodiy va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - ishga joylashtirish bo‘yicha tashkiliy tuzilmalar, bularga, davlat, munitsipial organlar, nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari va assotsiatsiyalar kiradi; - ta’lim tizimi, bunga davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatidagi o‘quv markazlari hamda o‘rta va oliy o‘quv yurtlari kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari sifatida, fuqarolarni o‘qitish bo‘yicha ish bilan bandlik xizmati organlari bilan shartnomaviy hamkorlikda mehnat bozoriga yangi mutaxassislarni tayyorlab beradi; - rekrut tizimi, bunga rekrut agentliklari va ixtisoslashgan mehnat birjalari kiradi; - axborot tizimi-mehnat bozori holati haqida axbor o tlarni to‘plash; - ijtimoiy tizim – ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lganlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha markazlar va tashkilotlar; - moliyaviy tizim – bularga davlat ish bilan bandlik jamg‘armasi, tijorat ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi jamg‘armalar, bitiruvchilarni ishga joylashtirishga ko‘maklashuvchi o‘quv yurtlar i ning jamg‘armalari kiradi .

Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibidagi institutsional tuzilmalar va tashkilotlar o‘rtasida yuzaga keladigan ish bilan bandlikka oid ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ularning o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydi. Mehnat bozori sub’ektlari munosabatlari tizimiga maxsus organlarining qo‘shilishi ular o‘rtasida ziddiyatlar bo‘lmasligini ta’minlash, turli-tuman iqtisodiy vositalar va usullar, huquqiy normalar yordamida ish bilan bandlik jarayonlari va siyosatini tashkil etish hamda tartibga solishni ta’min etish zarur 1 . C amarali ish bilan bandlikni ta’minlash mehnat bozorining bosh ijtimoiy- iqtisodiy funksiyasi hisoblanadi. Mehnat bozori infratuzilmasi bu funksiyani bajarilishini ta’minlaydi, shunday ekan, mehnat bozori infratuzilmasining muvaffaqiyatli shakllanishi va rivojlanishi mezoni sifatida ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash hisoblanadi. Shuningdek, mehnat bozori infratuzilmasining bosh masalasi – mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi samarali hamkorlikni va iqtisodiy shart-sharoitlarni ta’minlashni nazarda tutadi. Mehnat bozori infratuzilmasining asosiy funksiyasi ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi ish kuchining narxi, mehnat sharoiti, xodimning muayyan ijtimoiy muammolarini hal qilish, ish bilan band bo‘lgan va band bo‘lmagan aholini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ish joylarini yaratish va saqlash, aholiga axborot xizmatlarini ko‘rsatish, ishchi kuchi harakatchanli gini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy- mehnat nizolarini tartibga solish xususidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. Odatda bu munosabatlar jamoa shartnomalari tizimi asosida tartibga solinadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda jamoa shartnomasi tizimi mehnat bozorida davlatning tartibga solishdan ko‘ra faolroq rol o‘ynaydi 2 . O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 29-moddasiga muvofiq jamoa shartnomasi - korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir 3 . Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning 1 Абдурахмонов Қ.Х. Меҳнат иқтисодиёти (дарслик). -Т.: - «Меҳнат» - 2004. -146 б. 2 Абдурахмонов Қ .Х., Муртаз оев Б.Ч. Ме ҳ нат бозори. (ў қ ув қ ўлланма). - Т.: 1999. -29 б . 3 Ўзбекистон Республикасининг Ме ҳ нат кодекси. -Т.: «Адолат», 1996. – 15 б.

mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga va ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida tuziladi. Binobarin, unda bevosita shartnomada mustahkamlangan normalar yoki tegishli lokal hujjatga havola etish yordamida mehnat jarayonida taraflarning o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi barcha tub masalalar mavjud bo‘lishi kerak. Jamoaviy shartnoma mehnat munosabatlari barqarorligiga erishishda muhim ahamiyatga ega. Jamoaviy shartnoma tizimi mehnat bozoridagi xo‘jalik sub’ektlarining o‘zaro munosabatlaridagi mojarolarni o‘zicha bartaraf eta olmaydi. Chunki, ushbu mojarolar asosini ijtimoiy manfaatlar, maqsadlar, intilishlar, talablardagi farqlar tashkil etadi. Garchi, jamoaviy bitimlar tizimi manfaatlarni kelishib, o‘zaro bir qarorga kelish va mojarolarni tezlik bilan bartaraf etish jarayonlarini ko‘zda tutsada , muzokaralar jarayoni ancha maqbul natijalarga erishish jarayonini ham yaratadi. Ayni paytda bitim shartlari shartnoma shaklini olib, ikki tomonni mazkur shartlar asosida ijtimoiy va iktisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida oxirgi choralarni ko‘rmasdan, ya’ni ish tashlash yoki ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘ymay, harakat qilishga majbur etadi 4 . Shuni qayd etib o‘tish kerakki, asosan jamoaviy mehnat shartnomasi tizimi va bevosita davlatning tartibga solib borishi amal qilishiga qaramay, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlar yakka tartibda ham hal etilishi mumkin. Xodim bilan tuzilgan shaxsiy shartnoma ish beruvchi uchun ancha foydalidir. Shaxsiy shartnoma tizimi mehnatchining mehnat sharoiti va unga to‘lanadigan ish haqini shu odamga qarab belgilash imkonini beradi. Jamoaviy bitimlarga ko‘ra esa, bunday qilib bo‘lmaydi. Shu bilan birga, tuziladigan shaxsiy bitim ko‘p hollarda mehnatkashlarni ijtimoiy kafolatlarning kattagina qismidan mahrum etadi va bir qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Jumladan rivojlangan mamlakatlardagi mehnat bozorlarida doimiy ishchi kuchlarini vaqtincha yoki to‘liqsiz ish vaqtida ishlovchi shaxslar bilan almashtirish 4 Гасанов М.Ю., Соколов Е.А. Ўзбекис тон Республикасида меҳнат шартномаси (контракт) – Т.: Тошкент матбаа комбинати, 1996. – 14 б.

qoyda tusiga kirmoqda. Tabiiyki, mazkur ijtimoiy guruhlarning vakillari ijtimoiy jihatdan kam muhofazalangan va jamoaviy shartnomalar bilan qamrab olinmagan. Shu bois davlat ayniqsa, xo‘jalik yuritishning bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlarida yollashning shaxsiy shartnoma shakllari rivojini nazorat qilib borish i kerak. Aks holda norozilik kuchayishi natijasida davlat ishsizlik bo‘yicha ijtimoiy to‘lovlarni ancha ko‘paytirishga majbur bo‘lib qoladi. Mehnat bozori infratuzilmasi funksiyalariga xodimni va ish beruvchini shartnoma tuzishga va o‘zaro yordam ko‘rsatishga tayyorlash, shartnoma tuzishda ko‘maklashish, mehnat bozoriga chiquvchilarni himoya qilish va ularning o‘zaro yordam ko‘rsatishini har tomonlama ta’minlash kiradi. Rivojlangan mehnat bozori ish beruvchilar bilan yollangan xodimlarning o‘zaro yordam ko‘rsatishidan tashqari , u yoki bu jamoat tuzilmalarining (kasaba uyushmalari, tadbirkorlar va ishsizlarning birlashmalari, ijarachilar ittifoqlari va hokazolarning) jamoa manfaatlarini himoya qilish institutsion tuzilmalaridan tashqari, ijtimoiy hamkorlik masalalarida davlatning vositachiligini ham nazarda tutadi. Maxsus davlat idoralarining mehnat bozori sub’ektlarining munosabatlari tizimiga kirishi ular o‘rtasida kelishmovchiliklar bo‘lishining oldini olish, turli iqtisodiy vositalar, usullar va huquqiy normalar yordamida aholini ish bilan bandlik jarayonlari siyosatini tashkil etish hamda tartibga solishni ta’minlamog‘i lozim 5 . O‘tish davri iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgan bozorni boshqarish (tartibga solish) siyosati uchta asosiy maqsadga erishishni nazarda tutadi: - tarkibiy qayta qurishni rag‘batlantirish va bo‘shab qolgan xodimlarni qayta taqsimlash jarayonini jadallashtirish; - ishsizlarni mehnat hayotiga juda tezlik bilan jalb qilish; - ish qidirayotganlarning har birini ish bilan ta’min etish. 2. Mehnat bozorini boshqarishning asosiy yo‘nalishlari 5 Абдурахмонов Қ.Х., Муртазоев Б.Ч. Меҳнат бозори. (ўқув қўлланма). - Т.: 1999. - 29 б.