MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASI TAShKILIY TARKIBLARI FAOLIYaTLARINING ISTIQBOLLARI
MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASI TAShKILIY TARKIBLARI FAOLIYaTLARINING ISTIQBOLLARI REJA 1. I sh bilan bandlik xizmati shakllanishining zamonaviy tashkiliy tuzilmasi 2. Ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatlarining turli darajalarini o‘z ichiga oluvchi funksional tuzilmalar 1
1. I sh bilan bandlik xizmati shakllanishining zamonaviy tashkiliy tuzilmasi Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining eng keskin va muhim muammolaridan biri bu – aholining oqilona ish bilan bandligini ta’minlash hisoblanadi. Mehnat bozorini tartibga solish bu boradagi tashkiliy-huquqiy negizlarni shakllantirish O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidan amalga oshirildi. Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichi vazifalaridan biri esa, aholini kichik va xususiy biznesga ko‘proq jalb etish, mamlakatda tadbirkorlar va mulkdorlar qatlamini shakllantirish hamda shu orqali aholining ish bilan bandligini ta’minlashga erishishdan iborat bo‘ldi. Mehnat bozorini rivojlantirishning uchinchi bosqichida (2001- 2005y.y.) quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutildi; ishchi kuchiga talabni oshishi va uning taklifini kamayishiga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirishni ko‘paytirish; ish bilan bandlik xizmati va uning infratuzilmasida qudratli va tez rivojlanuvchi tizimni yaratish; aholining oqilona ish bilan bandligini shakllantirish; ishsizlikni yo‘l qo‘yiladigan darajasigacha qisqartirish; ish bilan band bo‘lmagan mahalliy xodimlarning malakasi, raqobatbardoshligi, ijtimoiy himoyasi va eksportini oshirish, mehnat bozorida ish bilan bandlik va ishsizlikni tartibga solishning samarali tashkiliy – iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini yaratish va h.k. 1 . Mehnat bozorini rivojlanishining uchinchi bosqichida yuqorida qayd etilgan vazifalarni bajarish ijtimoiy yo‘naltirilgan mehnat bozorining shakllanishiga olib keldi. O‘zbekistonda ishchi kuchining yillik o‘sish darajasi ancha yuqoridir, ya’ni 2,2 – 2,3% atrofidadir. Bu esa , har yili kamida 4-5 foiz darajada yangi ish joylari yaratishni talab qiladi. Shunga qaramasdan, mehnat bozorida ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi tashkiliy va institutsional tuzilmalar vositachiligida faol davlat 1 Холмўминов Ш.Р. Меҳнат бозори иқтисодиёти (ўқув қўлланма). -Т.: 2004. 62-63 б. 2
siyosatining yuritilishi mehnatga layoqatli aholini yuqori darajada ish bilan bandligini ta’minlashga qaratilgandir. Ish bilan b andlik xizmatining yillar davomida rivojlanishi davrida qonunlar, talablar hamda ijtimoiy-iqtisodiy holatlar o‘zgarmoqda, shunga mos ravishda faoliyat yo‘nalishlari o‘zgarishiga batafsil va aniq tuzatishlar kiritilmoqda. Biroq davlat ish bilan bandlik xizmati organlarining tashkiliy tuzilmasi shakllanib borishi va rivojlanishi ko‘p yillar davomida deyarli o‘zgarishsiz qolmoqda. Hududiy darajada davlat ish bilan bandlik xizmati shakllanishining zamonaviy tashkiliy tuzilmasi ish bilan bandlikka ko‘maklashish bo‘yicha bir qator yangi bo‘limlar tashkil etilishini talab etadi (13.1-rasm). O‘zbekistonda mehnat bozorida yuzaga kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va demografak holatlar hamda ularning o‘zgarishi ish bilan bandlikka ko‘maklashish sohasidagi tashkiliy tuzilmalar faoliyatiga sezilarli ta’sir etmoqda. Mehnat salohiyatini tez sur’atlar bilan o‘sishi ish bilan bandlikni ta’minlash muammosini ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda. Davlat ish bilan bandlik xizmati organlarida bo‘sh ish joylari mavjud. Ayrim davrlarda ishchi kuchiga bo‘lgan talabning qoniqtirilmaganlik darajasi rasmiy ishsizlar sonidan 1,3-1,5 marta ortadi. Bu asosan, ishchi kuchiga talab va taklifning sifat ko‘rsatkichlari bilan mos tushmaganligi sabablidir. Keyngi yillarda bo‘sh joylar soni nisbatan kamaydi, biroq talab va taklifni sifat nuqtai-nazaridan muvofiqlashtirish muammosi saqlanib qolmoqda, bandlikka ko‘maklashish markazlariga malakali ishchilar oqimining ortishini hisobga oladigan bo‘lsa, bu muammo kuchayishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda ishsizlikning real darajasi iqtisodiy faol aholi sonining 3,8-5 %ni tashkil etadi. Jahon amaliyotida ishsizlikning chegaraviy yuqori darajasi etib, 10% hisoblanadi 1 . Hozirgi vaqtda davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligi chegaralangan doiradagi ko‘rsatkichlar bilan baholanmoqda. Bunda gap qoida 1 Ўзбекистон иқтисодиёти. –Т.: 2005. -14 б. 3
sifatida ish bilan band bo‘lganlar haqida emas, balki ish bilan band bo‘lmagan aholi haqida borayapti. Ish bilan bandlikni ta’minlash holatini baholashning mezoni ishsizlik darajasining o‘zgarishi hisoblanib, agarda u kamaysa – ish bilan bandlik xizmatining faoliyati samarali, agarda u oshsa – samarasiz hisoblanadi. Davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholashda asosiy ko‘rsatkichlar ishsizlik darajasining o‘zgarishi va ishsizlikning davomiyligi bo‘lib hisoblangan. 4
5