logo

MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASI TARKIBIY QISMLARI VA ULARNING O‘ZARO ALOQADORLIGI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

176.4345703125 KB
MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASI TARKIBIY QISMLARI VA
ULARNING O‘ZARO ALOQADORLIGI
Reja
1.   Mehnat   bozori   infratuzilmasi   mehnat   sohasidagi   ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizm sifatida
2. Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liqligi
3.   Ishga joylashtirish bo‘yicha   xususiy vositachi agentliklar va firmalar 1.   Mehnat bozori infratuzilmasi mehnat sohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizm sifatida
Keyingi   vaqtlarda     bir   qancha   mualliflar   mehnat   bozorini   tizimli   tarzda
qarab chiqishga yaqindan yondoshmoqdalar. Masalan, S.A.Kuzmin  mehnat bozori
institutini   o‘rganishning   muhimligini   ta’kidlar   ekan,   mehnat   bozori   tizimining
tuzilishini belgilab berdi 1
.  Tizimli uslubiyot nuqtai nazaridan  M.A. Vinokurovning
fikri   ancha   o‘rinlidir.   Uning   nazarida   «Mehnat   bozori   –   bu   ish   kuchini
shakllantirish,  iste’mol   q ilish,  taqsimlash  va  qayta taqsimlash,   uni  yollash  va  haq
to‘lash   xususida   vujudga   keladigan   ijtimoiy-iqtisodiy   munosabatlar   tizimi   bo‘lib,
bu   munosabatlar   huquqiy   normalar   bilan   tartibga   solinadi   va   mehnat   resurslarini
boshqarish usuli sifatida namoyon bo‘ladi» 2
.
Mehnat   bozorining   boshqarilishi   insonni   mehnat   qilish   qobiliyatini   taklif
qiluvchi   xodimlarni,   ish   kuchiga   bo‘lgan   talabni   belgilovchi     ish   beruvchilarni,
shuningdek,   ularning   manfaatlarini   muvofiqlashtiruvchi   va   qondiruvchilarni,
hamda   ish   kuchiga   bo‘lgan   taklifning   hajmini,   tuzilishini   belgilab   beruvchi
yo‘nalish va mexanizmlarni ham o‘z ichiga oladi.
Ana   shu   yo‘nalishlar   majmuasi,   vatanimizda   amalga   oshirilayotgan   bozor
shart-sharoitlariga   mos   holda   tadbiq   etilgan   bo‘lib,   ular   ish   bilan   bandlik   va
ishsizlikni  davlat yo‘li bilan boshqarishda   muhim o‘rin egallaydi. Mehnat  bozori
ham   har   qanday   tizim   singari   o‘z   rivojlanish   darajasi,   tashqi   va   ichki   muhitning
ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq ravishda muayyan aniq maqsadli yo‘l – yo‘riqlarga
ega   bo‘lishi   lozim.   Mehnat   bozori   –   mehnat   bozori   sub’ektlari   va     ularning
muayyan   tuzilmaga   ta’sir   ko‘rsatishining   (axborot,   ijtimoiy   va   iqtisodiy   ta’sir
ko‘rsatishining)     ijtimoiy-iqtisodiy     tizimidir.   Mazkur   tizim   ko‘p   o‘lchovlidir.
Undan   turli   ijtimoiy-iqtisodiy   jarayonlar,   chunonchi   kasbiy   tayyorgarlik,   kasbiy
tanlash,   moddiy   rag‘batlantirish   va   natijalarga   baho   berish,   qayta   o‘qitish   va
yollash,   chora   belgilash   va   marketing   singari   jarayonlar   o‘z   ifodasini   topadi.
Bundan   tashqari,   mehnat   bozori   tizimi   o‘zaro   bog‘langan   ko‘pgina   kichik
1
 Кузьмин С.А. Рўночная экономика и труд.  -  М.:  “ Наука ” .  - 1993.  -С .   144.
2
 Винокуров М.А. Трудовўе ресурсў региона и рўнок труда.   -Иркутск: “Иркутского ун-та”. 1991. –
С.248. tizimlardan   (natijadorlik   va   unumdorlik,   mehnatga   haq   to‘lash   va   uni   normalash
kabilardan) iborat bo‘ladi va ularning har biri bir qator vazifalarni ado etadi 3
.
Mehnat   bozorida   barcha   qatnashchilarning   iqtisodiy   manfaatlarini
muvofiqlashtiruvchi     rivojlangan   tuzilmaviy   tarkiblarning   mavjudligi     jamiyatda
xodimlar   uchun   kon’yunktura   o‘zgarishlarining   ta’sirini   yumshatish,   ishlab
chiqarishni oqilona tashkil etish va foydani ko‘paytirish imkonini beradigan shart-
sharoitlar   yaratishga   qodir   bo‘ladigan   mehnat   bozorini   shakllantirish   imkonini
beradi.
Bozor   iqtisodiyotiga     o‘tish   davri   sharoitlarida   mehnat   bozorini   “mehnatga
qobiliyatli” ishchi kuchini   xarid qilish – sotishni amalga oshiruvchi tizim sifatida
ko‘rib   chiqish   o‘rinli   emas.   Shuning   uchun     u   ijtimoiy   yo‘naltirilgan   bozor
iqtisodiyoti   va   ijtimoiy   mehnat   sohasining   ochiq,   murakkab,   ko‘p   aspektli   va
o‘suvchi   tizimchasi   bo‘lib,   ishchi   kuchiga   talab-taklifning   hajmi,   tarkibi   va
nisbatini shakllantiruvchidir. Mazkur bozor ishchi kuchi talab va taklifini tartibga
solishda   bevosita   ishtirok   etadi   va   aholining   oqilona   ish   bilan   bandligini
shakllanishi hamda ishsizlikni kamaytirishga ko‘maklashadi.
Mehnat   bozori   infratuzilmasining   tarkibiy   qismi   asosiy   elementlariga
quyidagilar   kiradi:   davlat   muassasalari,   ish   bilan   bandlikka   ko‘maklashuvchi
nodavlat   tuzilmalar,   korxonalar   va   firmalarga     kadrlar   bilan   xizmat   ko‘rsatish,
xususiy   vositachi   firmalar,   samarali   ish   bilan   bandlikni   ta’minlaydigan   jamoat
tashkilotlari va jamg‘armalar kabilar. 
O‘zbekiston   Respublikasining   “Aholini   ish   bilan   ta’minlash     to‘g‘risida”gi
Qonuni   Respublika hududida   doimiy istiqomat qiluvchi fuqarolarning mehnatga
bo‘lgan   huquqini   amalga     oshirishning   huquqiy,   iqtisodiy   va   tashkiliy   shart-
sharoitlarini, shuningdek bu huquqni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha davlat kafolatini
belgilab berdi. Ana shu qonunga muvofiq rivojlangan mehnat bozori infratuzilmasi
tarkibiy qismlari elementlari 1.1-rasmda keltirilgan.
Ishlab   chiqarish   moddiy   bazasining   jiddiy   tarkibiy   qayta   qurilishi   va   uni
uzliksiz   yangilab   borilishi,   uning   o‘sish   sur’atlarining   pasayishi   jonli   mehnatni
3
  Абдурахмонов Қ.Х., Муртазоев Б.Ч. Меҳнат бозори. (ўқув қўлланма), Тошкент. 1999. -12 б.  siqib chiqarish jarayonini muqarrar qilib qo‘yadi va ish bilan bandlik muammosini
keskinlashtiradi.   Rivojlangan   mamlakatlarda   80-yillarda   shu   narsa   yaqqol   ko‘zga
tashlandiki,   aholini   ish   bilan   bandligini   bevosita   rag‘batlantirish   (milliy   bo‘limni,
davlat   idorasini,   jamoat   ishlarini   kengaytirish)   chora–tadbirlari   ham,   shuningdek
ish   bilan   bandlikni   bilvosita   rag‘batlantirish   (investitsiyalarni   rag‘batlantirish,
davlat xaridlarini ko‘paytirish va shu kabilar) chora-tadbirlari ham o‘zini oqlamadi.
Xo‘jalik   yuritishning   o‘zgarib   borayotgan   shart-sharoitlari   ishga   joylashish
va   ish   kuchidan   foydalanishning   tobora   ko‘proq   moslashuvchan   shakllarini   talab
qilmoqda. 
Moslashuvchan   mehnat   bozorining   tarkibiy   qismi   bo‘lib,   o‘ziga
quyidagilarni qamrab oladi: moslashuvchan ish bilan bandlik (mehnat faoliyati va
yollash   tashkiliy   shakllarining   harakatchanligi   va   o‘zgaruvchanligi);   ish   bilan
bandlikning funksional  moslashuvchanligi  (keng malaka va kasbiy ko‘nikmalarga
ega bo‘lgan xodimlarning o‘zaro harakati); moslashuvchan  ish tartiblari. Bu holat
aholini   mehnatda   bandlikka   nisbatan   yangicha   yondashuvlar   shakllanishi   hamda
keng   qamrovli   bandlikning   yangi   konsepsiyasida   o‘z   ifodasini   topadi.   Mehnat
bozorida   moslashuvchan   munosabatlarning   shakllanib   borishi   mazkur   bozor
infratuzilmasi rivojlanishida egiluvchanlikni mustahkamlaydi. 
Har   bir     mamlakatda   mehnat,   aholini   ish   bilan   bandlik   va   ijtimoiy   siyosat
masalalari   yuzasidan   davlat   va   mintaqaviy   idoralar   tizimi   mavjuddir.   Bu
idoralarning   tuzilishi   o‘zgarishi   mumkin,   lekin   har   qanday   ma’rifatli   davlat
sohalari bo‘yicha normativ hujjatlar ishlab chiqadi: barcha korxonalardagi mehnat
sharoitlari   bo‘yicha;   davlat   korxonalarida   va   davlat   muassalarida   (byudjet
sohasidagi)     mehnatga   haq   to‘lashdagi   nisbatlar   bo‘yicha;   aholining   ish   bilan
bandligini   boshqarish   bo‘yicha;     nafaqa   ta’minoti   bo‘yicha;   ishsizlarga,
nogironlarga,  aholini  kam  ta’minlangan  qatlamlariga  yordam  ko‘rsatish   bo‘yicha;
ish   beruvchilar   va   ish   oluvchilar   vakillarining   o‘zaro   munosabatlarini   yo‘lga
qo‘yish bo‘yicha. Mintaqalardagi   mehnatni   boshqarish   idoralari   asosiy   diqqat   e’tiborini   ish
bilan   bandlik,   ijtimoiy   siyosat,   ish   beruvchilar   bilan   ish   oluvchilar   o‘zaro
munosabatlarini tartibga solish masalalariga qaratadilar 4
.
Mehnat   bozori   infratuzilmasining   takomillashganligi   jamiyatning   iqtisodiy
va ijtimoiy jihatdan rivojlanish darajasini ko‘rsatadi.
Rivojlangan   mamlakatlarda   mehnat   bozori   infratuzilmasiga   mehnat
sohasidagi   ijtimoiy-iqtisodiy   munosabatlarni   tartibga   soluvchi   mexanizm   sifatida
qaraladi.   Mehnat   bozori   infratuzilmasi   tarkibiy   qismi   elementlarining   mehnat
munosabatlarini   tartibga   solish   va   mehnat   bozorini   boshqarishdagi   ahamiyati
mazkur bozordagi davlat siyosatining maqsadidan kelib chiqadi.
Mehnat   bozoridagi   davlat   siyosatining   maqsadi   bo‘shab   qolgan
potensial   ishchilarning   samarali   ish   bilan   bandligini   shakllantirish,   yoppasiga
ishsiz   bo‘lib   qolishga   yo‘l   qo‘ymaslik   va   ochiq   ishsizlikning   o‘sishini   to‘xtatib
turish sifatida ta’riflanishi mumkin. 
4
 Абдурахмонов Қ.Х., Муртазоев Б.Ч. Меҳнат бозори. (ўқув қўлланма), Т.: 1999. - 41 б.  Ana   shu   maqsadga   erishish   ish   o‘rinlari   egasi   bo‘lgan   ish   beruvchiga
muayyan   sifatiga   ega   bo‘lgan     ish   kuchini   sotib   olish,   bu   bilan   ishlab   chiqarish
omillarining   qo‘shilishini   ta’minlash,   ish   qidirayotgan   kishilarga     esa,   kasb-
malakasiga,   demografik   va   boshqa   tavsiflariga   muvofiq   mos   keladigan     ish   o‘rni
tanlash imkonini beradi. Ishsizlarga ta’lim olish sohasida (kasbiy qayta tayyorlash
va   malaka   oshirish)   xizmatlar   ko‘rsatiladi,   ularni   ta’minlash   (jamoat   ishlari   va
boshqa   vaqtincha   ishlar)     va   ishsizlik   darajasini   nazorat   qilish   yuzasidan   chora
tadbirlar ko‘riladi va hokazo.
Tashkiliy jihatdan respublikamizda mehnat bozori  ijtimoiy institutlar  tizimi
sifatida   maydonga   chiqmoqda,   ulardan   har   biri   qisman   yoki   to‘la   ravishda
mehnatni   rivojlantirishga   doir   qandaydir   vazifani   bajaradi,   ya’ni   tayyorgarlik,
foydalanish, rag‘batlantirishni ado etadi.
Shulardan   davlatning   ish   bilan   bandlik   xizmati   mehnat   bozorini   tartibga
solishda   asosiy   ahamiyatga   ega.   Davlatning   ish   bilan   bandlik   xizmati   ishchi
kuchini     takror   ishlab     chiqarishni     tartibga   solishning     yangi   instrumentlarini
amalga   oshirish,   ya’ni   ijtimoiy     institutni   tashkil   etish   zaruriyatini     keltirib
chiqaradi, usiz bozor to‘liq faoliyat yurita olmaydi.
Davlat   ish bilan   bandlik xizmati – bu ishchi  kuchining uyushgan bozoridir.
U mehnat resurslari qo‘llanishini bir sohadan boshqasiga erkin o‘tishini ta’minlab,
quyidagilarni yuzaga kelishiga imkoniyat yaratadi:
 jamiyatning   har   bir   a’zosini   erkin   mehnat   va   shaxsiy   daromadining
o‘sishi asosida – o‘z hayotiy imkoniyatlarini amalga oshirishga keng imkoniyatlar,
ya’ni mehnatga samarali ishtiyoq mexanizmini yaratadi;
 yuqori mehnat unumdorligiga iqtisodiy   majburlash shakli sifatida ishchi
kuchini   tashuvchilar   o‘rtasida   uni   yanada   foydaliroq   sohalarga   qo‘llash   bo‘yicha
raqobatni  rivojlantirish;
 ishlab   chiqarishni   boshqarish   sub’ektlari,   ishlovchining   shaxsi   va   uning
mehnat   potensialidan   yanada   samarali   foydalanish   yuzasidan   raqobatni
kuchaytirish. Ish bilan bandlik xizmatining oyoqqa turish sharoitida barcha ixtisoslashgan
ishchi kuchining shakllanish usuli bo‘lib kasbga yo‘llash ishtirok etadi.
Kadrlar bozorini o‘rganuvchi chet el mutaxassis-marketologlarning fikricha,
qachonki hozirgi zamon sharoitida mos ilmiy-amaliy tajribaga ega bo‘lganlar jami
xodimlar   potensialining   20-30   foizini   tashkil   etsagina,   bozor   iqtisodiyoti   ijobiy
samara   berishi   mumkin 5
.   Xalq   xo‘jaligidagi   mehnatda   bandlarning   qaror   topgan
tarmoq   va   kasbiy   tuzilishi     mehnat     resurslaridan     foydalanish       samaradorligi
darajasini,   iqtisodiyot   rivojlanishining   ijtimoiy   yo‘nalish   darajasini   tavsiflab
beradi.
2. Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liqligi
Aholini ish bilan bandligini tartibga solish va mehnat bozorini  boshqarishda
mazkur   bozor   infratuzilmasi   tarkibiy   qismining   ob’ektlari   ish   bilan   bandlik
sohasidagi   o‘zaro   aloqadorligi   va   bog‘liqligi   quyidagi   shart-sharoitlar     asosida
yuzaga keladi (1.1-rasm):
1) mehnat qonunchiligi;
2) ish   bilan   bandlik     sohasidagi   ijtimoiy     hamkorlik   mexanizimining
yaratilishi; 
3) respublika miqyosida yagona  ish bilan  bandlik siyosatining yuritilishi;
Jahon   tajribasining   ko‘rsatishicha,   bozor   iqtisodiyoti   sharoitlarida   ijtimoiy
mehnat   munosabatlari   tobora   ko‘proq   uch   tomonlama   bitimlar   (hukumat,   kasaba
uyushmalari   vakillari   va   tadbirkorlar   vakillari)   asosida   yoki   kasaba   uyushmalari
bilan tadbirkorlar o‘rtasidagi ikki tomonlama bitimlar asosida hal etilmoqda.
Ijtimoiy   mehnat   munosabatlarining   bu   tizimi   bozor   iqtisodiyoti
mamlakatlarida   jahon   urushidan   va   Rossiya   hamda   Yevropadagi   bir   qator
mamlakatlarda   bo‘lib   o‘tgan   revolyusiyalardan   keyin   keng   rivoj   topdi.     Ijtimoiy
totuvlikka erishish va uni saqlash inson huquqlarini himoya qilish, uch tomonlama
muzokoralar o‘tkazish, ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solish maqsadlari
5
 Холмўминов Ш.Р., Хомитов К.З. Мамлакат аграр меҳнат бозорининг шаклланиши. -Т.:Фан, 
2003. -10 б. yo‘lida   xalqaro   mehnat   tashkiloti   (XMT)   barpo   etilgan   edi.   Bu   tashkilot   o‘z
faoliyati   davomida   muzokoralar   jarayonini   rivojlantirish   va   yuzaga   keladigan
ijtimoiy-mehnat   muammolarini   va   nizolarini   uch   tomonlama   muzokoralar   va
bitimlar   asosida   tartibga   solish   (tripartizm)   bo‘yicha   katta   tajriba   to‘pladi   hamda
amaliy ishlarni bajardi 6
.
O‘zbekiston  XMTga a’zo bo‘lganidan keyin uning asosiy  Konvensiyalarini
imzolagan   va   ijtimoiy   mehnat   siyosati   sohasida   muhim   xalqaro   majburiyatlar
olgan. 
Tripartizm   va   ijtimoiy   hamjihatlik   ijtimoiy   sherikchilikning   eng   samarali
shaklidir. Bu tamoyillar iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy adolat  talablarini  hisobga
olgan   holda   o‘zaro   maqbul   qarorlar   qabul   qilish   asosida   davlat,   tadbirkorlar   va
xodimlarning manfaatlarini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi. Shuningdek, ish bilan
bandlik sohasida ijtimoiy hamkorlik mexanizmining takomillashib borishi mehnat
munosabatlarida   jamoa   shartnomasi   (mehnat   shartnomasi)   bilan   tartibga   solish
tizimida   qatnashmaydigan   ish   beruvchilar   va   xodimlar   tashkilotlarini
muzokoralarga  tegishli   darajalardagi   bitimlarni   tayyorlash  va  tuzish   ishlariga  jalb
etishni ta’minlaydigan tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi.
Bugungi   kunda   ish   bilan   bandlik   siyosatining   asosiy   vazifasi   mehnatga
qobiliyatli   fuqarolarning   mehnat   bozoridagi   raqobatbardoshligini   butun   choralar
bilan   rivojlantirish   orqali   to‘liq   va   erkin   tanlangan     ish   bilan   bandlikka   yordam
ko‘rsatish,   ommaviy   ishsizlikni   to‘xtatib   qolish   va   ayni   vaqtda   korxonalarga
muvaffaqiyatli   ishlab   chiqarish   uchun   xodimlarni   erkin   yollash   imkonini
ta’minlashdir.
Shu   tariqa,   ish   bilan   bandlik   siyosatining   asosiy   maqsadlari   mehnatdan
foydalanish   muammolari,   uning   samaradorligini   oshirish   bilan   bog‘liqdir.   Bunga
aholini   ish   bilan   bandlik     tizimlaridagi   siljishlar   yordam   berishi   lozim   (tarmoq
tuzilmasi, ilg‘or texnologiyalar ulushining ortishi hisobiga kasb malaka tuzilmasi -
malakali   mehnat   va   zamonaviy     kasblar   salmog‘ining   ko‘payishi   hisobiga,
demografik tuzilma – ancha ma’lumotli yoshlar hisobiga). 
6
 Рахимова Д.Н. Ижтимоий тотувлик  ва уч томонлама ҳамкорлик // Иқтисод ва ҳисобот, 1997. 
5-сон, - 64 б. Ish   bilan   bandlik   siyosatini   shakllantirishning   asosiy   tamoyillariga   rioya
qilish zarur bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
1) Ish  bilan  bandlik  muammolarini  hal  etishga  har   tomonlama  yondashish.
U   mazkur   muammolarni   hal   etishda   davlat   hokimiyati   ijroya   organlari   bilan
mamlakat sub’ektlari hokimiyat organlari, tadbirkorlar va jamoat birlashmalarining
davlat,   mintaqaviy   va   tarmoq   dasturlari   tizimi   doirasida   o‘zaro   yordam
ko‘rsatishlarini nazarda tutadi;
2) Ish   bilan   bandlik   siyosatini   mablag‘   bilan   ta’minlashning   ustivorligi,
bunda   barcha   darajadagi   byudjetlarning   tegishli   imkoniyatlarini,   davlatning
byudjetdan   tashqari   ijtimoiy   jamg‘armalarini,   korxonalar   va   mehnatkashlarning
o‘zlari,   ularning   jamoat   birlashma   mablag‘larini   bir   joyga   to‘plashga   e’tibor
berilishi;
3) Mehnat   bozorining   barcha   elementlarini   muvozanatli   tartibga   solish,
bunda   faqat   ishchi   kuchiga,   ish   o‘rinlariga   bo‘lgan   talabni   qondirish   va   ish   bilan
bandlik   hamda   ishsizlikning   muayyan,   istalgan   darajasiga   erishish   nazarda
tutilmasdan, shu bilan birga ish kuchini taklif etish, uning sifati va qiymati (narxi),
ish o‘rinlari dinamikasi ko‘rsatkichlariga, iqtisodiy jihatdan faol aholining mehnat
qilish sabablariga ta’sir ko‘rsatish ham hisobga olinishi kerak;
4) Davlatning   aholini   mehnatda   bandlik   siyosati   doirasida   ishlab
chiqariladigan   va   joriy   etiladigan   dasturlar   hamda   tadbirlarni   iqtisodiy
samaradorligi 7
.
Aholini   ish   bilan   ta’minlashga   ko‘maklashish   jamg‘armasi   mablag‘larini
faol   va   nofaol   yo‘nalishlariga   sarflash   bo‘yicha   jamoat   ishlarini   tashkil   etishda
mahalliy   hokimiyat   organlari     mehnat   organlari   bilan   aloqadorlikda   amalga
oshiradilar. 
O‘zbekiston   Respublikasining   “Aholini   ish   bilan   ta’minlash   to‘g‘risida”gi
Qonunining 22-moddasiga muvofiq “Mahalliy davlat hokimiyati organlari mehnat
organlarining   taklifiga   ko‘ra   va   ularning   ishtirokida   aholini   ish   bilan   ta’minlash
maqsadida   o‘z   mulkidagi   korxonalar,   muassasalar   va   tashkilotlarda   hamda
7
 Абдурахмонов Қ.Х., Муртазоев Б.Ч. Меҳнат бозори. (ўқув қўлланма), Т.: 1999.- 52 б. shartnomalar   asosida   boshqa   korxonalar,   muassasalar   va   tashkilotlarda   haq
to‘lanadigan jamoat ishlarining amalga oshirilishini tashkil etadilar” 8
.
Haq   to‘lanadigan   jamoat   ishlari   –   fuqarolarning   mehnat   qilish   borasidagi
davlat   tomonidan   kafolatlanadigan   huquqlaridan   biridir.   Jamoat   ishlari   qoida
tariqasida, mehnat organlari tomonidan belgilangan tartibda ishsiz shaxs deb e’tirof
etilgan fuqarolar   uchun  dastlabki   kasb  tayyorgarligini  talab  qilmaydigan,  ijtimoiy
foydali yo‘nalishga ega bo‘lgan vaqtinchalik mehnat faoliyati hisoblanadi.
3.   Ishga joylashtirish bo‘yicha   xususiy vositachi agentliklar va firmalar
O‘zbekiston   xalq   xo‘jaligida   aholining   mehnatda   bandlik   tuzilmasining
o‘zgarish   istiqbollari   birinchi   navbatda     ishlab   chiqarish   tuzilmalarida   ro‘y
berayotgan   o‘zgarishlarga   bog‘liqdir.   Ana   shu   tarmoq   guruhlaridagi   ish   bilan
bandlar soni bir xilda o‘sayotgani yo‘q - eng  past sur’atlar moddiy buyumlashgan
ishlab   chiqarish   tarmoqlarida,   eng   yuqori   sur’atlar   ishlab   chiqarish   infratuzilmasi
tarmoqlaridadir.   Industrial   tarmoqlarning   rivojlanishidagi   uzoq   davom   etadigan
yo‘nalishlar   shunga   olib   keladiki,   mehnatda   bandlarning   kasbiy   tarkibi   ana   shu
tarmoqlar ta’siri ostida vujudga keldi 9
.
2006-2009   yillarda   mamlakat   mehnat   resurslari   17,5%ga   o‘sdi,   yiliga
o‘rtacha   o‘sish   3,1%   ga   teng   bo‘ldi.   Mehnat   salohiyatning   tez   sur’atlar   bilan
o‘sishi ish bilan bandilikni ta’minlash muammosini ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda.
Mamlakatda 2009 yilda 900 mingdan ziyod ish joyi yaratildi, ulardan 70-
75%i qishloq joylarda. Kichik va xususiy biznes ish joylari yaratilishining sezilarli 
manbasi bo‘lib qolmoqda. Hozirgi kunda faqatgina kichik korxona va 
mikrofirmalarda 900 mingdan ortiq kishi ishlamoqda. Qishloq xo‘jaligi ishchi 
kuchlarini kamayishi va boshqa faoliyat turlariga-xizmatlar sohasi, kichik 
biznesga-qayta taqsimlanishi ko‘lamlari sezilarli o‘sdi. Iqtisodiyotdagi tuzilmaviy 
o‘zgarishlarga mos ravishda va aholining mehnat tanlovining  o‘zgarganligi 
sababli, ish bilan bandlikning tarmoqlararo tarkibi o‘zgarmoqda.
8
  Ўзбекистон   Республикасининг   «Аҳолини   иш   билан   таъминлаш   туғрисида»ги   Қонунига
шархлар. -Т.: «Шарқ», 2000. -264 б.
9
 Абдурахмонов Қ.Х., Муртазоев Б.Ч. Меҳнат бозори. (ўқув қўлланма), Т.: 1999. - 54 б. Qishloq xo‘jaligida ish bilan bandlik ulushi qisqarmoqda (so‘nggi 7 yil 
mobaynida 38,0% gacha), ijtimoiy soha, axborot ta’minotida ishlovchilar sonining 
nisbatan ko‘payishi aniqlangan.
Ish o‘rinlari tarkibida malakasiz, kam malakali mehnatni talab qiladigan 
o‘rinlar ulushi yuqori darajada saqlanib qolishi yuksak kasb mahorati va bilimning 
qadrini pasaytiradi, buning oqibatida ta’lim sifatining nufuzi tushub ketadi.
Malakali   kadrlarni   tayyorlash   va   qayta   tayyorlashda   rivojlanayotgan
industrial   tarmoqlar   bilan   ta’lim   (oliy)   muassasalari   o‘rtasida   kadrlarni   yetkazib
berish bo‘yicha aloqadorlik va uzviylikni  ta’minlash zarur.
Mehnat  bozorining hududlararo va tarmoqlararo ahvoli  haqida ishonchli  va
to‘liq   ma’lumotning   yo‘qligi   ishchi   kuchi   safarbarligiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi.
Respublikamiz   ish   bilan   bandlik   xizmati   organlari   oldida   turgan   asosiy
vazifalardan   mehnat   bozori   su’bektlari   o‘rtasida   ish   bilan   bandlik   masalalari
bo‘yicha axborot tizimini vujudga keltirishdan iborat. 
Ish   bilan   bandlik   xizmatining   ish   samaradorligini   oshirish   va   mijozlarga
xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashning asosiy shartlaridan biri axborot markazini
tashkil qilishdan iborat. 
Ma’lumki, mehnat bilan vaqtincha bandlikning muddati bir kundan (kunbay
ishlash)   tortib   ikki   yilgacha   yoki   aniq   belgilangan     muddatgacha   davom   etishi
mumkin.   Keyingi   yillarda   muayyan   muddatga   mo‘ljallangan   mehnat   bilan
vaqtincha bandlik va vositachi firmalar orqali  vaqtincha ish bilan bandlik shakllari
ancha   kengroq   yoyilmoqda.   Hozirgi   sharoitda   rivojlangan   mamlakatlarda
ko‘pchilik   fuqarolar   mehnat   bo‘limlari   orqali   emas,   balki   korxonalar   va
tashkilotlarning   bevosita   kadrlar   xizmatiga   murojaat   qilib   yoki   xususiy   vositachi
agentliklar   yordamida   ishga   joylashmoqdalar.   Korxonalar   mazkur   firmalar   orqali
muayyan   kategoriyadagi   va   mutaxassislikdagi   ish   kuchini   vaqtincha   yollashga
buyurtmalarini   rasmiylashtiradilar.   Firmalar   kontrakt   shartlariga   muvofiq   o‘z
xodimlariga   ish   haqi   to‘laydilar.   Ma’lum   miqdordagi   ijtimoiy   to‘lovlar   va
imtiyozlar   bilan   ta’minlaydilar,   oraliq   kasblar   bo‘yicha   tayyorgarlik   ishlarini
amalga oshiradilar.  Mehnatkashlarni   vositachilik   firmalari   orqali   ishga   yollash   ish   qidirishni
osonlashtiradi, ishsizlik davrini qisqartirish sohasida mehnatda bandlikka muayyan
kafolatlar   beradi,   kasbiy   tayyorgarlikning   muayyan   turlarini   olish   imkoni
yaratiladi.
Shuni   ham   ta’kidlash     kerakki,   vositachi   firmalar   orqali   ishga   yuqori
malakali   xodimlarga   nisbatan   ham   tobora   kengroq   tadbiq   etilmoqda.   Bu   hol,
masalan,   ishlab   chiqarish   yuqori   unumli,   avtomatlashgan   texnika   va   texnologiya
bilan   ta’min   etilgan   hollarda   yuz   bermoqda.   Asbob-uskunalarni   sozlash,   joriy
ta’mirlash   uchun   malakali   ishchilar,   dasturiy   xodimlar,   ishchi   kuchining   maxsus
bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan boshqa toifalari kerak  bo‘ladi. Muammoni hal
etishning     bitta   yo‘li   kadrlarni   firma   ichida   tayyorlash     va   qayta   tayyorlashdan
iborat bo‘lib, u ma’lum darajada chiqimlar qilinishini talab etadi.   Muammoni hal
etishning   ko‘pgina   korxonalar   uchun   ancha   qulay   ikkinchi   yo‘li   –   malakali
xodimlarni  vositachilar orqali vaqtincha yollashdir. 
O‘zbekistonda   tashqi   mehnat   migratsiyasi   agentligi   oldida   mehnat   bozori
infratuzilmasini   rivojlantirishda   tashqi   mehnat   migratsiyasi   va   ish   kuchi   eksporti
mehnat bozorining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. 
Ishchi   kuchi     eksporti   –   bu   ishchi   kuchini   biror   mamlakatga   ma’lum
muddatga shartnoma asosida foydalanish sharti bilan sotilishidir.  U boshqa eksport
tovarlaridan ma’lum muddatga foydalanishi bilan farq qiladi.  Ishchi kuchi eksporti
talaygina foydalilik jihatlarga ega: 
 ya’ni, mamlakatimizda ishchi kuchi taklifiga talab yetarli darajada emas.
Ishchi   kuchi   eksporti   esa ,   bu   muammoni   hal   etishga   yordam   beradi.   Eksport
natijasida ishsizlar ma’lum muddatga ish bilan ta’minlanadilar; 
 ishchi   kuchi   jahon   bozoriga   chiqarilgach,   raqobatchilik     muhiti   unga
sifatlilik, mukammallik, ishonchlilik kabi bir qancha talablarni qo‘yadi. Bozordagi
mavjud   shiddatli   raqobatga   bardosh   bergan   har   qanday   tovar,   tabiiyki,   ichki
bozorda ham yuqori sifatga va yuqori qiymatga ega bo‘ladi. Shu bilan birga jahon
mehnat   bozoriga   chiqqan   tovar   –   ishchi   kuchi   ilg‘or   mamlakatlar   tajribasini,
zamonaviy,   mukammal   texnologiyalar   sirini   o‘zlashtirib   yanada   yuqori   sifatga erishadi,   o‘z   kasbi   bo‘yicha   zarur   axborotlar   hajmini   kengaytirib,   malakaviy
samaradorlik darajasini mustahkamlaydi; 
 xorijiy   mamlakatda   malaka   oshirayotgan   ishchi   kuchi   egasida   til
o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ladi; 
 ishchi   kuchi   eksportidan   kelgan   tushum   YaMMning   tarkibiy   qismi
bo‘lmish milliy daromadning o‘sishiga olib keladi; 
 ishchi   kuchi   eksporti   o‘z   navbatida   malakali   ishchi   kuchi   importining
kamayishiga   olib   keladi.   Buning   natijasida   respublikamizning   malakali   ishchi
kuchiga bo‘lgan talabi o‘z ishchi kuchi hisobiga qondiriladi  va ortiqcha xarajatga
hojat qolmaydi; 
 eksport   qilingan   ishchi   kuchi   mamlakatga   chet   el   valyutasi   tushumini
ko‘paytiradi.         
Qisqacha xulosalar
Mehnat   bozori   infratuzilmasining   tarkibiy   qismi   asosiy   elementlariga
quyidagilar   kiradi:   davlat   muassasalari,   ish   bilan   bandlikka   ko‘maklashuvchi
nodavlat   tuzilmalar,   korxonalar   va   firmalarga     kadrlar   bilan   xizmat   ko‘rsatish,
xususiy   vositachi   firmalar,   samarali   ish   bilan   bandlikni   ta’minlaydigan   jamoat
tashkilotlari va jamg‘armalar kabilar.
Rivojlangan   mamlakatlarda   mehnat   bozori   infratuzilmasiga   mehnat
sohasidagi   ijtimoiy-iqtisodiy   munosabatlarni   tartibga   soluvchi   mexanizm   sifatida
qaraladi.   Mehnat   bozori   infratuzilmasi   tarkibiy   qismi   elementlarining   mehnat
munosabatlarini   tartibga   solish   va   mehnat   bozorini   boshqarishdagi   ahamiyati
mazkur bozordagi davlat siyosatining maqsadidan kelib chiqadi. Mehnat   bozoridagi   davlat   siyosatining   maqsadi   bo‘shab   qolgan   potensial
ishchilarning   samarali   ish   bilan   bandligini   shakllantirish,   yoppasiga   ishsiz   bo‘lib
qolishga   yo‘l   qo‘ymaslik   va   ochiq   ishsizlikning   o‘sishini   to‘xtatib   turish   sifatida
ta’riflanishi mumkin.
Mehnat   bozorida   barcha   qatnashchilarning   iqtisodiy   manfaatlarini
muvofiqlashtiruvchi     rivojlangan   tuzilmaviy   tarkiblarning   mavjudligi     jamiyatda
xodimlar   uchun   kon’yunktura   o‘zgarishlarining   ta’sirini   yumshatish,   ishlab
chiqarishni oqilona tashkil etish va foydani ko‘paytirish imkonini beradigan shart-
sharoitlar   yaratishga   qodir   bo‘ladigan   mehnat   bozorini   shakllantirish   imkonini
beradi.
Mehnatkashlarni   vositachilik   firmalari   orqali   ishga   yollash   ish   qidirishni
osonlashtiradi, ishsizlik davrini qisqartirish sohasida mehnatda bandlikka muayyan
kafolatlar   beradi,   kasbiy   tayyorgarlikning   muayyan   turlarini   olish   imkoni
yaratiladi. Adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.:O‘zbekiston, 2009.  
2. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.-T.:Adolat, 2007.  
3. O‘zbekiston Respublikasining Aholini ish bilan ta’minlash     to‘g‘risidagi
Qonuni. (yangi tahrirda). -T.: 1998.
4. O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash 
to‘g‘risida»gi qonuniga sharhlar, -T.: “Sharq”, 2000.
  5.   Abdurahmonov   Q.X.,   Xolmo‘minov   Sh.R.   Mehnat   iqtisodiyoti   va
sotsiologiyasi   (o‘quv   qo‘llanma).   -T.:   “O‘zbekiston   yozuvchilar   uyushmasi
Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti”, 2004.-207 b. 
6. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (darslik). - T.: “Mehnat”,  2009.
7. Vladimirova L.P. Ekonomika truda (uchebnoe posobie) -2e izd. pererab.-
M.:  Izdatels kiy dom “Dajkov i K”, 2002.
8.  Varfolomeeva O.A. Stanovlenie infrastruktur ы  r ы nka truda v perexodnoy
ekonomike. -  SPb., Izdatelstvo SP b UEF. 2001.
9. Genkin B.M. Ekonomika i sotsiologiya truda (uchebnik). -M.:  Izdatelstvo
“Norma”, 2003.  
10.   R ы nok   truda:Uchebnoe   posobie/Pod.obsh.red.Abduraxmonova   K.X.,
Odegova Yu.G. – T.: TFREA, 2009.

MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASI TARKIBIY QISMLARI VA ULARNING O‘ZARO ALOQADORLIGI Reja 1. Mehnat bozori infratuzilmasi mehnat sohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizm sifatida 2. Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liqligi 3. Ishga joylashtirish bo‘yicha xususiy vositachi agentliklar va firmalar

1. Mehnat bozori infratuzilmasi mehnat sohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizm sifatida Keyingi vaqtlarda bir qancha mualliflar mehnat bozorini tizimli tarzda qarab chiqishga yaqindan yondoshmoqdalar. Masalan, S.A.Kuzmin mehnat bozori institutini o‘rganishning muhimligini ta’kidlar ekan, mehnat bozori tizimining tuzilishini belgilab berdi 1 . Tizimli uslubiyot nuqtai nazaridan M.A. Vinokurovning fikri ancha o‘rinlidir. Uning nazarida «Mehnat bozori – bu ish kuchini shakllantirish, iste’mol q ilish, taqsimlash va qayta taqsimlash, uni yollash va haq to‘lash xususida vujudga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimi bo‘lib, bu munosabatlar huquqiy normalar bilan tartibga solinadi va mehnat resurslarini boshqarish usuli sifatida namoyon bo‘ladi» 2 . Mehnat bozorining boshqarilishi insonni mehnat qilish qobiliyatini taklif qiluvchi xodimlarni, ish kuchiga bo‘lgan talabni belgilovchi ish beruvchilarni, shuningdek, ularning manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi va qondiruvchilarni, hamda ish kuchiga bo‘lgan taklifning hajmini, tuzilishini belgilab beruvchi yo‘nalish va mexanizmlarni ham o‘z ichiga oladi. Ana shu yo‘nalishlar majmuasi, vatanimizda amalga oshirilayotgan bozor shart-sharoitlariga mos holda tadbiq etilgan bo‘lib, ular ish bilan bandlik va ishsizlikni davlat yo‘li bilan boshqarishda muhim o‘rin egallaydi. Mehnat bozori ham har qanday tizim singari o‘z rivojlanish darajasi, tashqi va ichki muhitning ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq ravishda muayyan aniq maqsadli yo‘l – yo‘riqlarga ega bo‘lishi lozim. Mehnat bozori – mehnat bozori sub’ektlari va ularning muayyan tuzilmaga ta’sir ko‘rsatishining (axborot, ijtimoiy va iqtisodiy ta’sir ko‘rsatishining) ijtimoiy-iqtisodiy tizimidir. Mazkur tizim ko‘p o‘lchovlidir. Undan turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, chunonchi kasbiy tayyorgarlik, kasbiy tanlash, moddiy rag‘batlantirish va natijalarga baho berish, qayta o‘qitish va yollash, chora belgilash va marketing singari jarayonlar o‘z ifodasini topadi. Bundan tashqari, mehnat bozori tizimi o‘zaro bog‘langan ko‘pgina kichik 1 Кузьмин С.А. Рўночная экономика и труд. - М.: “ Наука ” . - 1993. -С . 144. 2 Винокуров М.А. Трудовўе ресурсў региона и рўнок труда. -Иркутск: “Иркутского ун-та”. 1991. – С.248.

tizimlardan (natijadorlik va unumdorlik, mehnatga haq to‘lash va uni normalash kabilardan) iborat bo‘ladi va ularning har biri bir qator vazifalarni ado etadi 3 . Mehnat bozorida barcha qatnashchilarning iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi rivojlangan tuzilmaviy tarkiblarning mavjudligi jamiyatda xodimlar uchun kon’yunktura o‘zgarishlarining ta’sirini yumshatish, ishlab chiqarishni oqilona tashkil etish va foydani ko‘paytirish imkonini beradigan shart- sharoitlar yaratishga qodir bo‘ladigan mehnat bozorini shakllantirish imkonini beradi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri sharoitlarida mehnat bozorini “mehnatga qobiliyatli” ishchi kuchini xarid qilish – sotishni amalga oshiruvchi tizim sifatida ko‘rib chiqish o‘rinli emas. Shuning uchun u ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy mehnat sohasining ochiq, murakkab, ko‘p aspektli va o‘suvchi tizimchasi bo‘lib, ishchi kuchiga talab-taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantiruvchidir. Mazkur bozor ishchi kuchi talab va taklifini tartibga solishda bevosita ishtirok etadi va aholining oqilona ish bilan bandligini shakllanishi hamda ishsizlikni kamaytirishga ko‘maklashadi. Mehnat bozori infratuzilmasining tarkibiy qismi asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: davlat muassasalari, ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi nodavlat tuzilmalar, korxonalar va firmalarga kadrlar bilan xizmat ko‘rsatish, xususiy vositachi firmalar, samarali ish bilan bandlikni ta’minlaydigan jamoat tashkilotlari va jamg‘armalar kabilar. O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni Respublika hududida doimiy istiqomat qiluvchi fuqarolarning mehnatga bo‘lgan huquqini amalga oshirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart- sharoitlarini, shuningdek bu huquqni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha davlat kafolatini belgilab berdi. Ana shu qonunga muvofiq rivojlangan mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiy qismlari elementlari 1.1-rasmda keltirilgan. Ishlab chiqarish moddiy bazasining jiddiy tarkibiy qayta qurilishi va uni uzliksiz yangilab borilishi, uning o‘sish sur’atlarining pasayishi jonli mehnatni 3 Абдурахмонов Қ.Х., Муртазоев Б.Ч. Меҳнат бозори. (ўқув қўлланма), Тошкент. 1999. -12 б.

siqib chiqarish jarayonini muqarrar qilib qo‘yadi va ish bilan bandlik muammosini keskinlashtiradi. Rivojlangan mamlakatlarda 80-yillarda shu narsa yaqqol ko‘zga tashlandiki, aholini ish bilan bandligini bevosita rag‘batlantirish (milliy bo‘limni, davlat idorasini, jamoat ishlarini kengaytirish) chora–tadbirlari ham, shuningdek ish bilan bandlikni bilvosita rag‘batlantirish (investitsiyalarni rag‘batlantirish, davlat xaridlarini ko‘paytirish va shu kabilar) chora-tadbirlari ham o‘zini oqlamadi. Xo‘jalik yuritishning o‘zgarib borayotgan shart-sharoitlari ishga joylashish va ish kuchidan foydalanishning tobora ko‘proq moslashuvchan shakllarini talab qilmoqda. Moslashuvchan mehnat bozorining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘ziga quyidagilarni qamrab oladi: moslashuvchan ish bilan bandlik (mehnat faoliyati va yollash tashkiliy shakllarining harakatchanligi va o‘zgaruvchanligi); ish bilan bandlikning funksional moslashuvchanligi (keng malaka va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xodimlarning o‘zaro harakati); moslashuvchan ish tartiblari. Bu holat aholini mehnatda bandlikka nisbatan yangicha yondashuvlar shakllanishi hamda keng qamrovli bandlikning yangi konsepsiyasida o‘z ifodasini topadi. Mehnat bozorida moslashuvchan munosabatlarning shakllanib borishi mazkur bozor infratuzilmasi rivojlanishida egiluvchanlikni mustahkamlaydi. Har bir mamlakatda mehnat, aholini ish bilan bandlik va ijtimoiy siyosat masalalari yuzasidan davlat va mintaqaviy idoralar tizimi mavjuddir. Bu idoralarning tuzilishi o‘zgarishi mumkin, lekin har qanday ma’rifatli davlat sohalari bo‘yicha normativ hujjatlar ishlab chiqadi: barcha korxonalardagi mehnat sharoitlari bo‘yicha; davlat korxonalarida va davlat muassalarida (byudjet sohasidagi) mehnatga haq to‘lashdagi nisbatlar bo‘yicha; aholining ish bilan bandligini boshqarish bo‘yicha; nafaqa ta’minoti bo‘yicha; ishsizlarga, nogironlarga, aholini kam ta’minlangan qatlamlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha; ish beruvchilar va ish oluvchilar vakillarining o‘zaro munosabatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha.

Mintaqalardagi mehnatni boshqarish idoralari asosiy diqqat e’tiborini ish bilan bandlik, ijtimoiy siyosat, ish beruvchilar bilan ish oluvchilar o‘zaro munosabatlarini tartibga solish masalalariga qaratadilar 4 . Mehnat bozori infratuzilmasining takomillashganligi jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanish darajasini ko‘rsatadi. Rivojlangan mamlakatlarda mehnat bozori infratuzilmasiga mehnat sohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizm sifatida qaraladi. Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiy qismi elementlarining mehnat munosabatlarini tartibga solish va mehnat bozorini boshqarishdagi ahamiyati mazkur bozordagi davlat siyosatining maqsadidan kelib chiqadi. Mehnat bozoridagi davlat siyosatining maqsadi bo‘shab qolgan potensial ishchilarning samarali ish bilan bandligini shakllantirish, yoppasiga ishsiz bo‘lib qolishga yo‘l qo‘ymaslik va ochiq ishsizlikning o‘sishini to‘xtatib turish sifatida ta’riflanishi mumkin. 4 Абдурахмонов Қ.Х., Муртазоев Б.Ч. Меҳнат бозори. (ўқув қўлланма), Т.: 1999. - 41 б.