O’zbekiston Respublikasida inson huquqlarini himoya qilinishi.
O’zbekiston Respublikasida inson huquqlarini himoya qilinishi. Reja: 1.Inson huquqlari va ularning tushunchasi. 2.Inson huquqlarini himoya qilishdagi xalqaro shartnomalar. 3.O’zbekiston Respublikasida inson huquqlarini himoya qilinishi.
Kirish Hozirgi kunda insoniyat oilasining hamma a’zolariga xos qadr-qimmat va ularning teng, ajralmas huquqlarini tan olish , erkinlik, adolat va yalpi tinchlik ekanligini tan olish lozim. Inson huquqlarini mensimaslik va uni poymol etishga hech kim haqli emas, shuningdek insoniyat vijdoni qiynaladigan vahshiyona ishlar sodir etmaslik lozim. Kishilar o’zlarining so’z erkinligi va e’tiqod erkinligiga ega bo’ladigan hamda qo’rquv va muhtojlikda holi sharoitda yashashi lozim Inson huquqlarini himoya qilish - bu odamlarga ma'lum darajada munosib va mos ravishda insoniy munosabatda bo'lishini ta'minlashdir. Inson huquqlarini himoya qilish jahon miqyosidagi mojarolar xavfini kamaytirishi sababli,barcha davlatlar inson huquqlariga butun dunyo bo'ylab hurmat ko'rsatishda manfaatdordir. Xalqaro inson huquqlari, insonparvarlik aralashuvi to'g'risidagi qonunlar qochqinlar hayot va jismoniy daxlsizlik huquqini himoya qiladi va davlatning cheklanmagan kuchini cheklashga urinadi. Bu qonunlar insoniyatni asrashga va odamlarning salomatligiga, iqtisodiy farovonligiga, ijtimoiy barqarorlikka va siyosiy tinchlikka tahdid soladigan har qanday narsadan himoya qilishga qaratilgan. Bu qonunlarning tub mohiyatida insonlarni kamsitmaslik tamoyili va ularning huquqlari umumjahon tomonidan qo‘llanilishi tushunchasi yotadi. Inson huquqlarini himoya qilish mas'uliyati, birinchi navbatda, davlatlarning o'zida. Biroq, ko'p hollarda davlat organlari va hukumat amaldorlari insonning asosiy huquqlarini buzuvchi siyosatni o'rnatadilar. Siyosiy rahbarlar va davlat hokimiyati organlarining hokimiyatni suiiste'mol qilishlari genotsid, urush va insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyatlar kabi halokatli oqibatlarga olib keladi. Hokimiyatdagilar inson huquqlari buzilishi uchun javobgar bo'lsa, inson huquqlarini himoya qilish uchun nima qilish mumkin? Inson huquqlarini himoya qilish uchun tashqi kuchlar aralasha oladimi?
Ba'zi hollarda inson huquqlarini himoya qilish va tinchlikni saqlash zarurati insonparvarlik aralashuviga olib keldi. Xalqaro miqyosda biz hukumatlar nafaqat inson huquqlarini hurmat qilishning salbiy burchi, balki bu huquqlarni himoya qilish, hayotni saqlab qolish va odamlarni huquqlarini boshqalar tomonidan buzilishidan himoya qilish bo'yicha ijobiy burchga ega degan tushunchaga qarab borayotganligimiz haqida dalillar mavjud.Ko'pchilik davlatlarning aralashish majburiyatlari yaqinlik bilan emas, balki inqirozning jiddiyligi bilan belgilanishi kerak, deb hisoblaydi. Inson huquqlari - insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoniyatlari hamda da volarini tavsiflovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va ʼ samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir. Inson huquqlarini mutlaq va nisbiy Inson huquqlariga bo lish qabul qilingan. Yashash huquqi, qiynoqlarga, ʻ zo ravonlikka, inson sha nini yerga uradigan boshqa xil muomalaga yoki ʻ ʼ jazoga duchor etilmaslik huquqi, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, shaxsiy va oilaviy sir saklash huquqi, o z sha ni hamda yaxshi nomini ʻ ʼ himoya etish huquqi, vijdon erkinligi va dinga e tiqod qilish huquqi, ʼ shuningdek, sud tomonidan himoya qilinish va odil sudlov huquqi hamda shular bilan bog liq eng muhim protsessual huquqlar mut-laq Inson ʻ huquqlari sirasiga kiradi. Qolgan hamma Inson huquqlari nisbiy bo lib, ʻ favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy qilingan vaziyatda cheklab yoki to xtatib qo yilishi mumkin. Demokratik davlatda mutlaq Inson huquqlarini ʻ ʻ har qanday vaziyatda ham cheklashga yoki vaqtincha to xtatishga (bekor ʻ qilishga) yo l qo yilmaydi. ʻ ʻ Yana bundan tashqari O zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ʻ inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jumladan, shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy huquklari, iq-tisodiy va ijtimoiy huquklari, shuningdek, Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari belgilab berilgan (18— 52-moddalar). Mustaqillik yillarida O zbekistonda Inson huquqlari va erkinliklarining ʻ ustunligidan kelib chiqadigan, xalqaro miqyosda qabul qilingan yangi yuridik tamoyil va talablarga asoslangan keng huquqiy muhit vujudga keltirildi. Totalitar tuzumning tazyiq va zo ravonligidan huquqiy me yorlar ʻ ʼ sari keskin burilish yasaldi. Respublika qonunlarini Inson huquqlari sohasidagi xalqaro me yorlar va andozalarga muvofiklashtirish, mazkur ʼ sohada Milliy harakat dasturini ishlab chiqish, Inson huquqlarini himoya
qiladigan muassasalarning yaxlit tizimini barpo etish, Inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qo shilishda davom etib, bu hujjatlar ʻ bo yicha majburiyatlarni bajarishning , barcha davlat organlari, mansabdor ʻ shaxslar va fuqarolar shu hujjatlar talablariga so zsiz rioya qilishining ʻ mexanizmi yaratildi. Insonning oʻz erkinlaiklari, huquqlari va manfaatlari uchun davom etgan uzoq kurashi umuminsoniy ahamiyat darajasiga koʻtarilgan quyidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda oʻzining moddiy ifodasini topgan: Erkinlikning buyuk xaritiyasi (1215 yil); huquq to g risidagi petitsiya (1628 y); ʻ ʻ „Habea Cozpus AKT“ (1679 yil); huquqlar to g risidagi bill (1689 yil); ʻ ʻ Amerika Virginiyasi huquqlari Deklaratsiyasi (1776 yil); Amerika Qo shma Shtatlarining mustaqillik Deklaratsiyasi (1776 ʻ yil); Fransuz inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi (1789 yil); Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948 yil); Fuqarolik jamiyatida inson va fuqarolar huquqlari ajratilgan yani tarixiy rivojlanish natijasida ularning o`rtasida farqlar va o`xshash jihatlar bir- biridan faqrlangan. Inson huquqlari katta tushunchani hosil qiladi ya’ni inson biror bir davlat aholisi yoki muayyan dinga ,millatga , etnik birllika tegishliligi bilan farqlanmaydi butun dunyoda yashaydigan barcha individlar inson huquqlaridan foydalanish huquqiga ega . Birlashgan millatlar tashkilotining inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi — BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan deklaratsiya. U muqaddima va 30 moddadan iborat bo lib, uni qabul ʻ qilishdan maqsad har bir inson va davlat mazkur Deklaratsiyani nazarda tutgan holda ma rifat va ta lim orqali shu huquq va erkinliklar hurmat ʼ ʼ qilinishiga kumaklashishi lozim. Deklaratsiya har bir insonning tabiiy va ajralmas huquq va erkinliklari e lon etilgan asosiy xalqaro hujjatdir. Shu ʼ tariqa xalqaro munosabatlar tarixida birinchi marta insonning hamma rioya etishi zarur bo lgan asosiy huquqlari va erkinliklari doirasi belgilab berilgan. ʻ Deklaratsiyada "insoniyat oilasining hamma a zolariga xos qadrqimmatni, ʼ ularning teng va ajralmas huquqlarini tan olish — erkinlik, adolat va yalpi tinchlik negizi" ekanligi e lon etilgan. Unga ko ra, umum hurmat va rioya ʼ ʻ qilishi shart bo lgan inson huquklari doirasi shaxsiy, siyosiy hamda ʻ ijtimoiyiqtisodiy huquqlardan iboratdir.
Shaxsiy huquklar orasida avvalo har bir kishining hayoti, erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqi alohida ta kidlangan. Deklaratsiyaning boshqa ʼ qoidalari esa mazkur huquklarni to ldiradi. Xususan, hech kim qullikda, ʻ zabun holatda tutilmasligi, qiynoqqa yoxud ayovsiz, g ayriinsoniy, odam ʻ sha nini yerga uradigan muomala va jazoga duchor etilmasligi; ʼ o zboshimchalik bilan qamoqqa olinmasligi, ushlab turilmasligi lozim ʻ ekanligi qayd etilgan. Shaxs huquklari sirasiga shaxsiy va oilaviy hayotning , turar joyning daxlsizligi huquqi, yozishmalarni sir saklash huquqi, o z sha ni va obro sini himoya qilish huquqi, odil sudlov tomonidan ʻ ʼ ʻ muhofaza etilish huquki kabilar kiradi (3— 5, 8—12moddalar). OMBUDSMAN(1997yil.24aprel) Ushbu Deklaratsiya mustaqil O zbekiston Respublikasi imzolagan birinchi ʻ xalqaro hujjatdir (1991-yil 30-sentabr). O zbekiston Respublikasi ʻ Konstitutsiyasining "Inson va fukarolarning asosiy huquklari, erkinliklari va burchlari" deb atalgan 2-bo limi mazkur Deklaratsiya talablariga to la moye ʻ ʻ bo lib, unda O zbekiston Respublikasi barcha fuqarolari teng huquq va ʻ ʻ erkinliklarga ega bo lishi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, ʻ e tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qati nazar, qonun oddida tengligi ʼ ta kidlangan. Respublikada inson huquqlariga oid 100 dan ortiq qonunlar ʼ qabul qilingan va ular xalqaro me yorlar va andozalarga muvofiqlashtirilgan. ʼ "Inson huquqlari bo yicha Oliy Majlis vakili (ombudsmen) to g risida" qonun ʻ ʻ ʻ qabul qilingan (1997-yil 24-aprel). Inson hukuqlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni ta minlovchi milliy intlar — Inson huquqlari bo yicha ʼ ʻ milliy markaz va Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti ishlab turibdi.