logo

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

31.017578125 KB
MAVZU:   O’ZBEKISTON   RESPUBLIKASIDA   TA’LIM   SOHASIDA
AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR
REJA
1. Ta’lim islohoti.
2. Kadrlash tayyorlash milliy .
3. Ta’lim sohasidagi islohotlarning yangi bosqichi. Tayanch   iboralar :   Istiqlolning   dastlabki   kunlari,   1992-yil   2-iyulda   qabul
qilingan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi  Qonuni, Maktabgacha
ta’lim   sohasi,   «Sog’lom   avlod   uchun»,   «Iqtisodiy   ta’lim»,   «Qishloq   maktabi»,
«Rivojlanishda   nuqsoni   bo’lgan   bolalarni   tiklash»   va   boshqa   tarmoq   dasturlari,
Kadrlar   tayyorlash   milliy   ,   Yaponiyadagi   JAYKO   xalqaro   tashkiloti,   Koreyaning
KOYKA agentligi. 
1-masala
Ma`lumki,   sho’rolar   hukumati   davrida   hukmron   tuzum   o’zining   jahonda   eng
insonparvar, odil, demokratik va eng savodxon jamiyat barpo etgani bilan maqtanib,
butun jahonga jar solar edi. Sirtdan qaraganda, haqiqatan ham, manzara shunday edi.
Sobiq   SSSRda   yuzlab   universitet   va   institutlar,   oliy   va   o’rta   maxsus   bilim   yurtlari,
minglab   ilmiy-tadqiqot   muassasalari   faoliyat   ko’rsatardi.   Lekin   ular,   son   va   miqdor
jihatidan   ko’p   bo’lgani   bilan   jahon   andazalari   darajasida   emas   edi.   Buning   asosiy
sabablaridan   biri   kommunistik   jamiyatda   hamma   narsa,   jumladan,   ilm-fan,   maktab-
maorif   tizimining   ham   o’sha   yo’lg’on   g’oyalarga   qurbon   qilinganida   edi.   Sovet
Ittifoqini tanazzulga olib kelgan sabablardan biri ham shunda ekanligi shubhasizdir.
Istiqlolning   dastlabki   kunlaridanoq   fan   va   texnikaga   munosabat   o’zgardi,   xalq
ta’limi tizimini isloh qilishga kirishildi. Mustaqil O’zbekistonda maorif va madaniyat
ishlarini   eng   muhim   va   dolzarb   soha   sifatida   rivojlantirishga   alohida   e'tibor   berildi.
1992-yil   2-iyulda  qabul  qilingan  O’zbekiston   Respublikasining   «Ta’lim  to’g’risida»
gi Qonuni hamda 1991–1996-yillarda elon qilingan 30 dan ziyod Prezident  farmon-
lari   va   Vazirlar   Mahkamasining   qarorlari   asosida   ta’lim   sohasida   qator   o’zgarishlar
amalga oshirildi:
•   Maktabgacha   ta’lim   sohasida   uylarda   tashkil   etiladigan   bolalar   bog’chalari
hamda «bolalar bog’chasi – maktab» majmuyi tarmog’i rivojlandi. Bolalarga chet el
tillarini, xoreografiya, tasviriy va musiqa san`ati, kompyuter savodxonligi  asoslarini
o’rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi;
• Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim o’quv yurtlari tarmog’i rivojlantirildi.
1992–1996-yillarda 238 ta litsey va 136 ta gimnaziya ochildi va faoliyat ko’rsatdi; •   «Sog’lom   avlod   uchun»,   «Iqtisodiy   ta’lim»,   «Qishloq   maktabi»,
«Rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalarni tiklash» va boshqa tarmoq dasturlari ishlab
chiqildi hamda ta’lim sohasida tatbiq etila bordi;
• Mehnat bozorini, eng avvalo, qishloq joylarida mehnat bozorini shakllantirish-
ning   hududiy   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   hunar-texnika   ta’limini   qayta
tashkil  etish   ishlari   amalga  oshirildi.  Bu  tizimda  jami  221  ming  kishini  ta’lim   bilan
qamrab olgan 442 o’quv maskani, shu jumladan, 209 ta kasb-hunar maktabi, 180 ta
litsey va 53 ta biznes maktablari ishladi;
• Toshkent, Samarqand, Urganch, To’rtko’1, Andijon bank kollejlari, Toshkent
ayo’llar kolleji tashkil etildi. Respublikada 1996–1997-o’quv yilida 258 ta o’rta kasb-
hunar   ta’lim   o’quv   yurti   ishladi.   Ularda   qariyb   16   ming   o’qituvchi   va   muhandis-
pedagog xodimlar 197 ming o’quvchiga kasb-hunar o’rgatish bilan shug’ullandi;
•   Oliy   ta’lim   sohasida   ham   qator   yangi   o’quv   yurtlari   ochildi.   1992-yil   28-
fevraldagi Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari universitetlarga
aylantirildi. Eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo’yicha yangi oliy o’quv yurtlari
–   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   huzuridagi   Davlat   va   jamiyat   qurilishi
akademiyasi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Ichki jshlar vazirligi akademiyasi, Bank-
moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, Navoiy konchilik instituti, Samarqand
davlat   chet   el   tillari   instituti,   Andijon   muhandislik-iqtisodiyot   instituti,   Jizzax
politexnika   instituti,   Qarshi   muhandislik-iqtisodiyot   instituti,   Jahon   iqtisodiyoti   va
diplomatiya universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Namangan muhandislik-
iqtisodiyot instituti hamda viloyatlarda yirik universitetlarning filiallari tashkil etildi.
1997-yil   boshlarida   Respublika   Oliy   ta’lim   tizimida   58   ta   oliy   o’quv   yurti,   shu
jumladan, 16 ta universitet va 42 ta institut faoliyat ko’rsatdi. Ularda 164 ming talaba
o’qidi, 18,5 ming professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatdi;
•   Abituriyentlar   va   talabalarning   bilim   darajasini   test   va   reyting   asosida
baholashning ilg’or usullari joriy etildi;
•   Oliy   malakali   ilmiy   va   ilmiy-pedagog   kadrlar   sifatiga   bo’lgan   talablarning
oshgani   bois   aspirantura   va   doktoranturada   kadrlar   tayyorlash   kengaydi.   Oliy
attestatsiya komissiyasi tashkil etildi; •   Iqtidorli   bolalar   va   qizlarni   izlab   topish,   ularga   ko’maklashish,   ularning
qobiliyati   va   istedodini   o’stirish   bo’yicha   maxsus   fondlar   tashkil   etildi,   qobiliyatli
Yoshlarni   chet   ellardagi   yetakchi   o’quv   yurtlari   va   ilmiy   markazlarda   o’qitish   va
stajirovkadan o’tkazish yo’lga qo’yildi;
•   Iste`dodli   Yoshlarni   moddiy   va   manaviy   rag’batlantirish,   chet   elda   o’qishini
qo’llab-quvvatlash maqsadida Respublika bolalar fondi, «Kamolot», «Sog’lom avlod
uchun», «Istedod», «Ulug’bek» va «Umid» jamg’armalari tashkil etildi;
•   O’zbekiston   ta’lim   sohasida   AKSELS,   AYREKS,   Amerika   Kollejlari
Konsorsiumi,   SARE,   Tinchlik   Korpusi   (AQSH),   DAAD,   Konrad   Adenauer   Fondi
(Germaniya),   Britaniya   Kengashi   (Buyuk   Britaniya)   kabi   xalqaro   tashkilotlar   va
boshqa   nohukumat   tashkilotlari   bilan   hamkorlikni   yo’lga   qo’ydi.   2006-yil   yozida
Toshkentda   Lomonosov   nomidagi   Moskva   Davlat   Universitetining   filiali   tashkil
etildi.
Ta’lim   tizimida   bir   qator   chora-tadbirlar   amalga   oshirilsada,   hali   bu   sohada
jiddiy   kamchiliklar   mavjud   edi.   Ta’lim   tizimi,   kadrlar   tayyorlash   jamiyatda
bo’layotgan   demokratik   o’zgarishlar,   bozor   islohotlari   talablari   bilan   bog’lanmagan
edi.   O’quv   jarayonining   moddiy   texnika   va   axborot   bazasi   qoniqarsiz   ahvolda   edi.
Ta’lim   muassasalarida   zamonaviy   o’quv   adabiyotlari   va   didaktik   materiallar
yetishmasdi.   Yuqori   malakali   pedagoglar   yetishmasdi,   ishlab   turgan   murabbiy-
o’qituvchilar   kattagina   qismining   bilim   va   kasb   saviyasi   yetarli   darajada   emas   edi.
Maktab o’quvchilarida mustaqil fikr shakllantirilmayotgan edi.
Prezident   I.A.Karimov   tashabbusi   bilan   ta’limni   tubdan   isloh   qilish   yo’llari
ishlab chiqildi. Islom Karimov 1997-yil 29-avgustda Oliy Majlisning IX-sessiyasida
«Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusida ma`ruza qildi.
Maruzada   oldimizga   qo’ygan   buyuk   maqsadlarimizni   ro’yobga   chiqarish   taqdiri,
avvalambor,   zamon   talablariga   javob   beradigan   yuqori   malakali,   ongli   mutaxassis
kadrlar  tayyorlash muammosi  bilan chambarchas  bog’liq ekanligi  asoslab  berildi  va
quyidagi vazifalar ilgari surildi:
–   eski   sovet   davridan   qolgan   ta’lim-tarbiya   tizimiga   xos   mafkuraviy
qarashlardan, sarqitlardan qutulish; –   milliy   ta’lim-tarbiya   tizimini   takomillashtirish,   uning   milliy   zaminini
mustahkamlash, jahon andazalari darajasiga ko’tarish;
– uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qilish;
– ta’lim muassasalarining moddiy bazasini zamon talablari darajasiga ko’tarish;
–   bolalarimizga   zamonaviy   bilim   berish,   buning   uchun,   avvalo,   o’qituvchi-
murabbiylar bilimining saviyasini ko’tarish;
– zamonaviy o’quv dasturlari, darsliklar yaratish;
– xorijiy tillarni o’rganish va o’rgatishga katta ahamiyat berish;
–   bitiruvchilarni   emas,   maktab   ta’limi   va   tarbiyasini   ko’rgan   shaxslarni
tayyorlash;
–   o’quvchilarda   mustaqil   fikr   yuritish   ko’nikmalarini   hosil   qilish,   ularni   erkin
fikrlaydigan etib tarbiyalash;
–   respublika   oliy   o’quv   yurtlarining   xorijiy   davlatlardagi   oliy   o’quv   yurtlari
bilan aloqasini o’rnatish va mustahkamlash; Yoshlarimizni, professor-o’qituvchilarni
taraqqiy   topgan   davlatlardagi   o’quv   markazlariga   borib   o’qishini,   malakasini
oshirishini tashkil etish.
2-masala
1997-yil   29-avgust   kuni   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   IX-
sessiyasida   O’zbekiston   Respublikasining   «Ta’lim   to’g’risida»gi   yangi   qonuni   va
«Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»   qabul   qilindi.   Ularda   ta’lim   sohasidagi   davlat
siyosatining quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berildi:
• ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterdaekanligi;
• ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
• umumiy-o’rta, shuningdek o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
•   o’rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limining   yo’nalishini:   akademik   litseyda   yoki
kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
• ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
• davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
• ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
• bilimli bo’lishni va iste`dodni rag’batlantirish; • ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish.
O’zbekiston   Respublikasida   ta’lim   quyidagi   turlarda   amalga   oshirilishi   belgi-
landi:
• maktabgacha ta’lim;
• umumiy o’rta ta’lim;
• o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
• oliy ta’lim;
• oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;
• kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
• maktabdan tashqari ta’lim.
Kadrlar   tayyorlash   milliyning   maqsadi   ta’lim   sohasini   tubdan   isloh   qilish,   uni
o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan
davlatlar   darajasida,   yuksak   ma`naviy   va   axloqiy   talablarga   javob   beruvchi   yuqori
malakali kadrlar tayyorlash Milliy modelini yaratishdan iboratdir.
Milliy   dasturni   yaratishda   hayotimizning   barcha   sohalarida   bosqichma-bosqich
amalga   oshirilayotgan   islohotlarga   monand   ravishda,   ta’lim   islohotlarini   uch
bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan:
Birinchi bosqich(1997–2001-yy.)da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy
salohiyatini   saqlab   qolish   asosida   ushbu   tizimni   isloh   qilish   va   rivojlantirish   uchun
huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish
vazifalari ro’yobga chiqariladi;
Ikkinchi   bosqich(2001–2005-yy.)da   Milliy   dastur   to’liq   ro’yobga   chiqadi,
mehnat   bozorining   rivojlanishi   va   real   ijtimoiy-iqtisodiy   sharoitlarni   hisobga   olgan
holda unga aniqliklar kiritiladi;
Uchinchi   bosqich(2005-   va   undan   keyingi   yillar)da   to’plangan   tajribani   tahlil
qilish   va   umumlashtirish   asosida,   mamlakatni   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish
istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va rivojlanliriladi.
O’zbekiston   hukumati   ta’limni   rivojlantirish   uchun   katta   mablag’   ajratmoqda.
Birgina   2001-yilda   ta’lim   xarajatlari   davlat   budjeti   sarf-xarajatlarining   36   foizini
tashkil   etdi.   Ta’lim   uchun   150   mln   AQSH   dollaridan   ziyod   chet   el   investitsiyasi sarflandi.   Ular   yangi   ta’lim   binolari   barpo   etish,   ularni   eng   zamonaviy   o’quv-
laboratoriya   uskunalari   va   o’quv   mebellari   bilan   jihozlash   uchun   sarflandi.   Keyingi
yillarda   848398   o’quvchi   o’rniga   mo’ljallangan   2244   ta   yangi   umumta’lim   maktab
binolari   qurilib,   foydalanishga   topshirildi.   Umumta’lim   maktablari   uchun   davlat
ta’lim   standartlari,   ularga   asoslangan   o’quv   dasturlari,   darsliklar   yaratilib,   ta’lim
jarayoniga   joriy   etildi.   2002/2003   o’quv   yiliga   kelib   umumiy   o’rta   ta’lim
muassasalarida,   ya'ni   1–9-sinflarda   o’qitish   to’laligicha   lotin   yozuviga   asoslangan
o’zbek   alifbosida   olib   borilmoqda.   Hukumat   o’quvchilarni   darsliklar   bilan
taminlashga g’amxo’rlik qilmoqda. Ta’lim mazmun va mohiyat jihatidan yangilandi.
Har yili 600 ming nafardan ziyod birinchi sinf o’quvchilari Prezident sovg’asi sifatida
o’quv qurollari, darsliklar bilan bepul ta`minlanadi.
2004-yil   19-fevraldagi   Prezident   farmoni   va   2004-yil   9-iyuldagi   Vazirlar
Mahkamasining   qarori   asosida   maktab   ta’limini   rivojlantirish   Davlat   umummilliy
ishlab   chiqildi.   Dasturga   binoan   2004–2009-yillarda   buziladigan   umumta’lim
maktablari o’rniga yangi maktablar qurish, maktablarni kapital rekonstruksiya qilish,
kapital va joriy tamirlash tadbirlari ishlab chiqildi. Shuningdek, dasturda umumta’lim
maktablarining   moddiy-texnika   bazasini   mustahkamlash   va   rivojlantirish,
maktablarni   zamonaviy   o’quv-laboratoriya   uskunalari   va   kompyuter   texnikasi   bilan
jihozlash,   darsliklar   va   o’quv-uslubiy   materiallar,   pedagog   kadrlar   bilan   ta`minlash,
o’qituvchilarni tayyorlash,  qayta tayyorlash, malakasini  oshirish, ularning mehnatini
rag’batlantirishni kuchaytirish tadbirlari aniq belgilab berildi.
2000/2001   o’quv   yilida   respublikamizda   9661   umumta’lim   maktablarida   45
mingga yaqin o’qituvchi faoliyat ko’rsatdi, 6 millionga yaqin o’quvchi ta’lim-tarbiya
oldi, ulardan 552084 nafari 9-sinfni, 375853 nafari 11-sinfni tugatdi.
Kadrlar  tayyorlash   milliy  ning  eng  muhim   O’zbekistonga  xos   xususiyati   yangi
turdagi   3   yillik   o’rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   tizimini   yaratishdan   iborat   vazifa
sobitqadamlik bilan amalga oshirilmoqda. 1998–2004-yillarda 54 ta akademik litsey
va   533   ta   kasb-hunar   kolleji   barpo   etildi.   Bu   maqsadlar   uchun   135   mlrd.   so’m
mablag’   sarflandi.   Kollej   va   litseylar   uchun   o’qitiladigan   barcha   fanlar   bo’yicha
Davlat   ta’lim   standartlari   ishlab   chiqildi,   tajriba-sinovdan   o’tkazildi   va   ta’lim jarayoniga   joriy   etildi,   asosiy   darsliklar   yaratildi.   2000/2001   o’quv   yilida   kollej   va
litseylarni   4890   nafar   ilk   «qaldirg’och»lar   tugatdilar.   «Ustoz»   jamg’armasi
yo’llanmasi   bilan   litsey   va   kollejlarning   700   o’qituvchisi   chet   ellardagi   nufuzli
universitetlarda o’z malakasini oshirib keldi.
Oliy   ta’lim   ikki   bosqichdan:   bakalavriat   va   magistraturadan   iborat   etib   qayta
tashkil etildi. 1999-yilda Toshkent  Islom universiteti  tashkil etildi. 2001/2002 o’quv
yi-lida 62 ta oliy o’quv yurtida 180 mingdan ortiq bo’lajak bakalavrlar va 5 mingdan
ortiq magistrantlar ta’lim-tarbiya oldilar. 18486 nafar professor-o’qituvchilar mehnat
qildilar,   ularning   1462   nafari   fan   doktori,   7201   nafari   fan   nomzodidir.   1998–2001-
yillarda 131 ta bakalavriat yo’nalishi, 664 ta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha
bakalavr   va   magistrlar   uchun   qo’yiladigan   talablarni   o’zida   mujassamlashtirgan
davlat ta’lim standartlari, ularga mos o’quv dasturlari, o’quv adabiyotlari yaratildi va
ta’lim   jarayoniga   joriy   etildi.   2002-yilda   35620   talaba   bakalavr,   3000   tasi   magistr
unvonini oldi.
Mamlakatimizda iqtidorli Yoshlarni izlab topish, ularga ko’maklashish, qo’llab-
quvvatlash bo’yicha davlat siyosati olib borilmoqda. Bu borada xalqaro hamkorlikni
yo’lga   qo’yish   Milliy   dasturda   belgilangan   muhim   vazifalardan   biridir.   1997-yilda
tashkil etilgan «Umid» jamg’armasi yo’llanmasi bilan 1997–2001-yillarda 785 nafar
yigit-qiz rivojlangan davlatlarning oliy o’quv yurtlariga o’qish uchun jo’natildi. Ular-
dan 519 nafari o’qishlarini bitirib keldi va Prezident farmoyishi bilan tashkil etilgan
Maxsus   ishchi   guruhi   yo’llanmasi   bilan   vazirliklar,   idoralar,   tashkilotlar   va
korxonalarda   ishlamoqdalar.   2002-yil   iyulda   Toshkentda   Xalqaro   Vestminster
universiteti tashkil etildi va 160 ta dastlabki talabalar qabul qilindi.
O’zbekiston   ta’lim   muassasalarining   Yevropadagi   ta’lim   jamg’armasi,
Germaniyadagi   Texnika   hamkorlik   tashkiloti,   Yaponiyadagi   JAYKO   xalqaro
tashkiloti,   Koreyaning   KOYKA   agentligi,   YUNESKO,   Jahon   banki,   TASIS-
TEMPUS   ochiq   jamiyat   instituti,   AQSH,   Angliya,   Fransiya,   Yaponiya,   Daniya,
Xitoy,   Gollandiya   Oliy   ta’lim   vazirliklari   bilan   hamkorligi   kengayib   bormoqda.
Ta’lim   ravnaqi   uchun   150   mln.   AQSH   dollari   hajmida   chet   el   investitsiyalari   jalb etildi.   Oliy   o’quv   yurtlarining   yuzlab   professor-o’qituvchilari   «Ustoz»   jamg’armasi
yo’llanmasi bilan xorijiy oliy o’quv yurtlarida malaka oshirishda bo’lib qaytdilar.
O’zbekiston   ta’lim   tizimi   dunyo   miqyosida   katta   qiziqish   uyg’otmoqda.
Moskvadagi   Oliy   ta’lim   Xalqaro   Fanlar   akademiyasi   Prezidenti
V.ShukshinovPrezidentimiz   Islom   Karimovga   «KadrIar   tayyorlash   milliy   «ning
tashabbuskori va tashkilotchisi sifatida mazkur akademiyaning faxriy azosi diplomini
topshirar ekan, O’z-bekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati
jihatidan   tengi   yo’q   hujjat,   deb   tarifladi.   Ko’pgina   mamlakatlar   tomonidan   ham
O’zbekistonda   yaratilayotgan   ta’lim   tizimi   «Ta’limning   o’zbek   modeli»   deb   etirof
etildi.
Mustaqil   respublikamizda   fan   taraqqiyotiga   katta   e`tibor   berilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-iyuldagi «Ilm-fan va innovatsiya
faoliyatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi farmoni
hamda   Vazirlar   Mahkamasining   mazkur   farmonning   ijrosini   ta`minlashga
yo’naltirilgan qarori ilm-fan taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Respublika
Fanlar   akade-miyasi   qoshida   Ilmiy   ishlanmalarni   ichki   va   tashqi   bozorda   targ’ib
etuvchi va tarqatuvchi innovatsiya tijorat markazi tashkil etildi. 1997-yilda Prezident
farmoni bilan Xorazm Mamun akademiyasi qayta tiklandi.
O’zbekiston   hududida   qadim   zamonlardan   beri   fan   va   madaniyat   rivojlanib
kelayotgan   davlatdir.   Xususan,   astronomiya,   matematika,   tibbiyot,   kimyo,   tarix,
falsafa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar va haykaltaroshlik, to’qimachilik,
kulolchilik,   shishasozlik   va   boshqa   kasblar   keng   rivojlangan.   Hozir   O’zbekiston
olimlari   uzoq   o’tmish   mutafakkirlari   qoldirgan   ilmiy   merosni   faol   o’rganib,
o’zlarining yangi kashfiyotlari bilan fanni boyitgan holda jahon fani rivojiga munosib
hissa qo’shmoqdalar.
IX-X asrlarda O’rta Osiyo (butun Markaziy Osiyo)  zamonaviy akademiyalarga
o’xshash   ilk   ilmiy   muassasa   va   jamiyatlar   tashkil   etila   boshlagan   Sharqdagi   yirik
ilmiy va madaniy markazlardan biriga aylandi.
XI   asrda   Urganch   Xorazm   poytaxti,   obod,   yoqsak   madaniyatga   ega   shahar
bo’lgan.   Xorazmshoh   Abul   Abbos   ibn   Mamun   madaniyat   va   ilmga   qiziquvchan hukmdor   bo’lgani   uchun   olimlar,   shoirlar,   musiqachilar,   xattotlar,   arxitektor   va
rassomlarni   har   tomonlama   qo’llab-quvvatlagan.   Urganchdagi   Xorazmshohlar
saroyida   tibbiyot   xodimi   Abu   Ali   ibn   Sino   (Avitsenna),   aniq   fanlar   vakili   Abu
Rayhon Beruniy, tarixchi ibn Miskavayx, matematik Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu
Saxl   Masixiy,   tabib   ibn   Xammar   va   boshqa   Sharq   mutafakkirlari,   qomusiy   olimlar
xizmat qilishgan. Musulmon Sharqdagi birinchi akademiya – «Baytul Hikmat»ni yer
meridiani uzunligi darajasini o’lchashda qatnashgan mashhur matematik al-Xorazmiy
(783-850) boshqargan. Astrolyabiya (usturlob) qurish haqidagi asar, «Kitob aljabr val
muqobala»,   dunyodagi   ilk   «Astronomik   jadval»lardan   biri   hamda   qator   ilmiy
risolalar   –   «Hind   hisobi   haqida   risola»,   «Quyosh   soatlari   haqida   risola»,   «Musiqa
haqida risola» va boshqa ilmiy ishlar uning qalamiga mansub. Al-Xorazmiy birinchi
bo’lib   qator   algebraik   tenglamalarni   yechdi,   birinchi   bo’lib   sonlar   qatoriga   yangi
«nol»   sonini   kiritdi,   bu   sonlar   nazariyasini   kengaytirdi   va   manfiy   sonlarga   o’tish
imkonini   berdi.   Shu   muvaffaqiyatlari   uchun   matematikaning   yangi   bo’limi   al-
Xorazmiy sharafiga «algebra» deb atalgan. Al-Xorazmiyning mashhur «Kitob al-jabr
van-muqobala» (Tiklash va qarama-qarshi qo’yish haqidagi kitobi) da algebra ilk bor
matematikaning mustaqil sohasi sifatida qaraladi. Zamonaviy kibernetikaning asosiy
tushunchasi,   uning   zaruriy   asoslaridan   biri   «algoritm»   etimologik   jihatdan   al-
Xorazmiyning   ismi   bilan   bog’liq.   Urganchda   o’ziga   xos   akademiya   –   «Bilimdonlar
uyi»   tashkil   qilingan   edi,   unda   astronomiya,   falsafa,   matematika,   tibbiyot   bo’yicha
tadqiqotlar   o’tkazilgan.   Lekin   bu   holat   Urganchda   1017-yilda   Mahmud   G’aznaviy
Xorazmni istilo qilgunicha saqlanib qoldi.
Shunday   qilib   Sharqda,   xususan,   O’rta   Osiyoda,   ilmiy   faoliyatni   akademiya
shaklida   tashkil   qilish   ananaga   aylandi   va   Urganchdagi   akademiyaga   o’xshash
muassasalar   keyingi   asrlarda   ham   yaratilgan   (tuzilgan).   Samarqandda   akademiya
Mirzo   Muhammad   Tarag’ay   Ulug’bek   tomonidan   XV   asrda   tashkil   etilgan.
Akademiya   qoshida   observatoriya,   o’sha   davrning   boy   kutubxonasi   va   oliy   o’quv
yurti   –   madrasa   bo’lgan.   Madrasada   diniy   fanlar   bilan   bir   qatorda   matematika,
geometriya, astronomiya, tibbiyot, geografiya va boshqa dunyoviy ilmlar  o’qitilgan.
Ulug’bekning   akademiyasida   mashhur   olimlar   –   Qozizoda   Rumiy,G’iyosiddin Jamshid al-Koshiy va Ali Qushchi dars bergan, o’tkaziladigan tadqiqot sohalari ham
ularning   yo’nalishlariga   mos   bo’lgan.   Samarqanddagi   Ulug’bek   akademiyasi
matematika,   astronomiya   va   geografiya   fanlarining   yuksalishiga   salmoqli   hissa
qo’shdi.
IX-XV   asrlarda   aniq   va   tabiiy   fanlar   (matematika,   astronomiya,   geodeziya,
mineralogiya,   tibbiyot,   dorishunoslik   va   boshqa)   tez   suratlarda   rivojlana   boshladi.
Platon,   Aristotel,   Gippokrat,   Galen,   Arximed,   Ptolomey,   Yevklid   va   boshqa   buyoq
mutafakkirlarning   asarlari   arab   tiliga   tarjima   qilindi.   Muhammad   al-Xorazmiy,
Ahmad al-Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg’ariy,
Abu   Ali   ibn   Sino,   Nasriddin   Tusiy,   Qozizoda   Rumiy,   Jamshid   Koshiy,   Mirzo
Ulug’bek, Ali Qushchi  va Sharqning boshqa olimlarining ilmiy tadqiqotlari darajasi
ba`zi   sohalarda   boshqa   mamlakatlarning   mutafakkirlari   ancha   keyin   o’tkazgan
izlanishlar   natijalaridan   yuqori   edi.   Abu   Rayxon   Beruniy   tarix,   xronologiya,
farmakologiya, mineralogiya, astronomiya, matematika bo’yicha asarlar yozdi, Yerda
yangi   qit`a   borligini   nazariy   jihatdan   asoslab,   hisoblab   chiqdi   va   jahon   tan   olgan
ko’plab   masalalarni   yechdi.   Ko’plab   tadqiqotchilar   Urganchdagi   akademiyaning
tashkil qilinishini shaharga Abu Rayhon Beruniyning tashrifi va uzoq vaqt ishlagani
bilan bog’lashadi.
Xuddi   shu   paytda   bu   yerda   O’rta   Osiyoning   buyoq   olimi   –   Abu   Ali   ibn   Sino
ishlagan.   Ibn   Sino   haqiqatdan   qomusiy   olim   –   tabiatshunos,   tibbiyot   xodimi,
astronom,  matematik,   musiqashunos,   yozuvchi   va  shoirdir.  U   Avitsenna   nomi   bilan
mashhur bo’lgan. Ibn Sino faoliyatini anglatuvchi ibora – «Madadi Sino» - Yevropa
tillariga   moslashtirilib,   fandagi   yo’nalishni   bildiruvchi   «Meditsina»   sifatida
o’zlashtirilgan. XVIII asrning mashhur tabiatshunos olimi Karl Linkey ibn Sinoning
botanikadagi   xizmatlarini   yuksak   baholab   doim   yashil   nodir   o’simliklardan   biriga
uning   ismini   berdi.   Ibn   Sino   400   dan   ortiq   asar   yozgan,   shulardan   240   tasi   bizning
kunlarimizgacha   yetib   kelgan.   Abu   Rayhon   Beruniy   nomidagi   Sharqshunoslik
institutida   olimning   50   dan   ortiq   asarlari   va   bir   qator   ularga   yozilgan   sharhlar
saqlanadi. Bu asarlar orasida olim ijodining toji hisoblanmish besh jildlik «Al qonun
fit  tib» («Tib ilmi  qonunlari»)  ham  bor. Bu asar  o’z davrida tibbiyot  fani  darajasini juda   yuqori   ko’tardi,   ibn   Sino   vafotidan   yuz   yil   o’tgach   G’arbiy   Yevropa
mamlakatlarida   keng   tan   olindi.   XII   asrda   «Tib   ilmi   qonunlari»   lotin   tiliga   tarjima
qilindi   va   qo’lyozmadayoq   tarqalib   ketdi.   Bu   asar   1493-yilda   Venetsiyada   lotincha
tarjimada   nashr   qilindi   va   yuz   yil   mobaynida   16   marta   chop   etildi.   Osiyo   va
Yevropaning barcha mashhur o’quv yurtlarida 500 yil tibbiyot mana shu asar asosida
o’qitildi.   Ushbu   bebaho   tib   qonunlari   hozirgi   kunda   ham   o’z   ilmiy   ahamiyatini
yo’qotmagan.
Matematik va astronom Qozizoda Rumiy (Salohiddin Muso ibn Muhammad ibn
Mahmud,   taxminan   1360-1437)   Mirzo   Ulug’bekning   ustozi   edi.   Ulug’bek   maktabi
shakllanishiga uning qo’shgan  salmoqli hissasini  inkor etish mumkin emas. Ilmdagi
muvaffaqiyatlari   uchun   uni   «Aflotuni   zamon   (o’z   davrining   Platoni)   deb   atashgan.
Mashhur   matematik   va   astronom   al-Koshiy   (G’iyosiddin   Jamshid   Koshiy)   birinchi
bo’lib matematikaga pozitsion asosda o’nli kasrlarni kiritdi va buni nazariy jihatdan
isbotladi,   Sin   ni   1   gradus   aniqlikkacha,   P   ni   17   raqamgacha   hisoblab   chiqdi.   U
o’zining   qator   mashhur   asarlarini   astronomiyaga   bag’ishlagan.   Al-Koshiy   Qozizoda
Rumiy bilan birgalikda Ulug’bek observatoriyasi qurilishini boshqargan.
Muhammad   Tarag’ay   Ulug’bek   (1394-1439)   o’zidan   ulkan   ilmiy   va   madaniy
meros qoldirdi, «Ziji jadidi Ko’ragoniy» («Yangi Ko’ragon astronomik jadvallari») –
«Ulug’bek   ziji»   buyoq   olimning   dunyoga   mashhur   asari.   Ulug’bek   Samarqandda
observatoriya va madrasa qurdi, o’z akademiyasini tashkil qildi. O’z shogirdlari bilan
mingdan   ortiq   yulduzni   o’rganib,   ro’yxati   –   «yulduzli   osmon   xaritasi»ni   tuzdi.
Ulug’bek akademiyasida olimlar faqat astronomiya bo’yicha emas, balki matematika,
falsafa,   tarix   va   boshqa   fanlarga   oid   tadqiqotlar   ham   olib   borishgan.   Ulug’bek
akademiyasida   ishlagan   atoqli   astronom   Ali   Qushchi   (Mavlono   Aloviddin   Ali   ibn
Muhammad   Qushchi   (1403-1474)   o’zidan   matematika   va   astronomiyaga
bag’ishlagan dunyoga mashhur ilmiy ishlarini qoldirdi. U yil fasllarining o’zgarishini
Yerning   Quyoshga   yaqinlashishi   natijasida   Quyosh   nurlarining   Yer   sathiga   ta`siri
bilan   bog’liq   deb   hisoblagan,   Quyoshning   tutilishi   jarayonini   ilmiy   nuqtai   nazardan
aniqlagan. Ali Qushchining asarlari XVI-XVII O’rta va Yaqin Sharqda astronomiya
va matematika rivojiga salmoqli tasir qilgan. Mirzo   Ulug’bek,   al-Koshiy,   Ali   Qushchi   sonlar   nazariyasi   ravnaqiga   salmoqli
hissa   qo’shishdi   va   astronomik   kuzatuv   bilimlarini   yanada   yuqori   darajada
ko’tarishdi.   1428-1429-yillarda   Ulug’bek   radiusi   40   metr   kvadrant   bosh   uskunasi
bo’lgan,   o’lchamlari   tengsiz,   noyob  astronomik   rasadxona   qurgan.  Samarqandda   30
yillik kuzatishlar  asosida  tuzilgan 1018 yulduz katalogi  uzoq yillar dunyoda tengsiz
bo’lib   qoldi.   Ulug’bek   astronomiya   maktabi   yutuqlari   Sharq   va   G’arb   fani
yoqsalishiga   katta   tasir   ko’rsatdi.   Uning   ilmiy   asarlari   dunyoning   ko’p   tillariga
tarjima   qilindi,   Yevropa   va   Amerikada   keng   tarqaldi.   Mirzo   Ulug’bek   jahon   fani
tarixida  Tixo  Brage,  Iogann  Kepper,  Nikolay  Kopernik  va  Galileo  Galiley  bilan  bir
qatorda   turadi.   M.V.Lomonosov   nomidagi   MDU   katta   zalida   barcha   davrlar
olimlariga   bag’ishlangan   tarixiy   xotira   galereyasida   o’rta   asrlarning   mashhur   olimi
Mirzo   Ulug’bekning   portreti   haqli   ravishda   o’ziga   mos   joyni   egallagan.
O’zbekistonning   bir   qator   shaharlari   va   Belgiyada   Mirzo   Ulug’bekka   haykal
o’rnatilgan,   qadimiy   Samarqand   observatoriyasiga,   qator   universitetlarga,   jumladan
O’zbekiston   Milliy   universitetiga,   maktablarga,   shaharga   qarashli   tumanlarga   va
O’zbekistondagi fizik-yadroshunoslar qo’rg’oniga uning nomi berilgan.
XIX asrda O’zbekistonda birinchi ilmiy muassasa – Toshkent fizik – astronomik
observatoriyasi (O’zR FA Astronomiya instituti) 1873-yilda tashkil qilingan. Boshida
observatoriya ekspeditsiyalar uyushtirish bilan shug’ullangan va natijada mintaqadagi
mingdan   ortiq   joyning   koordinatalari   aniqlangan,   XX   asrning   30-yillaridan
observatoriya astronomiyaning fundamental masalalarini tad`qiq qila boshladi.
1918-yilda   Turkistonda   iqtisod   va   madaniyatning   turli   sohalariga   kadr
tayyorlovchi maxsus muassasalar ochilgan. Ulardan biri 1918-yil 21-aprelda ochilgan
Turkiston xalq universitetidir. Sal keyinroq Andijon, Qo’qon, Samarqand, Farg’ona,
Jizzax   va   boshqa   shaharlarda   uning   filiallari   ochildi.   1919-yilda   Toshkentda
fizioterapiya ilmiy-tekshirish instituti tuzildi. 20-yillarda tarix, tibbiyot, tabiiy fanlar
sohasida   qator   ilmiy-tekshirish   institutlari   ochildi.   1920-yilda   Turkiston   Davlat
universiteti (1923-yildan O’rta Osiyo davlat universiteti, 1960-yildan Toshkent davlat
universiteti,   hozir-   O’zbekiston   Milliy   universiteti)   tashkil   qilindi.   Keyinchalik
mintaqadagi tabiiy boyliklarni o’rganish maqsadida universitet negizida mustaqil oliy o’quv yurtlari va fanning turli yo’nalishlari bo’yicha qator ilmiy muassasalar ochildi.
1940-yilda   Toshkentda   1932-yilda   tuzilgan   ilmiy   komitet   asosida   O’zbekistondagi
SSSR   FA   filiali   tashkil   etildi   va   shu   vaqtdan   boshlab   filial   O’zbekistondagi   bosh
ilmiy-tadqiqot   markazi   bo’lib   kelayapti.   O’sha   paytda   uning   tarkibiga   geologiya,
botanika,   kimyo,   suv   xo’jaligi   muammolari   (1941-yildan   energetika   instituti),   tarix,
til   va   adabiyot   institutlari;   tuproqshunoslik,   zoologiya,   fizika   va   matematika
(geliotexnika   laboratoriyasi   bilan)   bo’limlari;   Toshkent   astronomik   observatoriyasi
(Kitob kenglik stansiyasi bilan); kartografiya va iqtisodiy tadqiqotlar byurosi kirgan.
1940-yilda O’zbekistonning  ilmiy-tekshirish institutlarida va oliy o’quv yurtlarida 3
mingdan ortiq ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar ishlashgan. II jahon urushi (1941-
1945)   davrida   respublikada   40   dan   ortiq   ilmiy-tekshirish   institutlari   va   oliy   o’quv
yurtlari ish olib borgan.
1943-yilda   O’zbekistondagi   SSSR   FA   filiali   O’zbekiston   SSR   Fanlar
akademiyasi   sifati   qayta   tashkil   qilindi.   Bu   vaqtda   uning   tarkibida   10   ta   ilmiy-
tekshirish   institutlari,   shu   jumladan   1943   yilda   tuzilgan   fizika-texnika,   tarix,
sharqshunoslik, iqtisodiyot institutlari bor edi. 11 ta akademik-tasischi, 18 ta muxbir
azo,   3   ta   faxriy   azo   akademiya   azolari   bo’lishdi.   Akademiya   muassasalarida   210
nafar ilmiy xodim ishlardi, ulardan 28 nafari fan doktori va 80 tasi fan nomzodi edi.
40-   yillarning   ikkinchi   yarmida   respublika   olimlarining   kuchlari   asosan   urushdan
keyingi   iqtisod,   madaniyat,   tibbiyot   va   boshqa   sohalarni   yoqsaltirishga
yo’naltirilgandi.
1958-yili   Toshkent   shahri   yaqinida   yadro   reaktori   qurildi,   u   yadro   fizikasi
taraqqiyotiga   asos   bo’ldi.   60-70-yillarda   O’zbekiston   tabiiy   va   ijtimoiy   fanlar
sohalarida   ish   olib   borayotgan   ilmiy   muassasalarning   faoliyati   butunlay   respublika
oldida   turgan   muhim   iqtisodiy   va   madaniy   masalalarni   yechishga   yo’naltirilgandi.
Paxtachilik,   irrigatsiya,   energetika,   rangli   metallurgiya   va   boshqa   tarmoqlar
yoqsalishining   kompleks   tadqiqiga   alohida   etibor   qaratildi.   1987-yili   Toshkent
viloyatining   Parkent   tumanida   nodir   «Katta   quuosh   pegi»   bizerkal   optik-gelio-
energetik tizim qurilishi tugallandi va ishlatishga topshirildi. Mamlakatda fanning yanada rivojlanishiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A. Karimovning 1992-yil  8-iyuldagi  Farmoni  va  Vazirlar  Mahkamasining  «Davlat
tomonidan   fanning   rivojlanishi   va   innovatsion   faoliyatni   qo’llab-quvvatlash   chora-
tadbirlari   to’g’risida»gi   yuqoridagi   Farmonni   bajarish   yuzasidan   chiqargan   Qarori
ancha tasir qildi.
O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   2004-yil   9-noyabrda   532-sonli
«Xorazm Mamun Akademiyasining 1000 yilligini nishonlash to’g’risida» va 2005-yil
1-noyabrdagi   240-sonli   «Xorazm   Mamun   Akademiyasi   faoliyatini   takomillashtirish
va   1000   yillik   yubileyini   nishonlashning   qo’shimcha   chora-tadbirlari   to’g’risida»
qarorlar   qabul   qildi.   Shunday   qilib,   Xorazm   Mamun   Akademiyasi   O’zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo’limi sifatida tiklandi.
O’zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   Tashqi   ishlar   vazirligi   va
YUNESKO   ishlari   bo’yicha   O’zbekiston   Respublikasi   Milliy   komissiyasi   bilan
hamkorlikda   2006-yil   20-sentabrdan   –   12-oktabrgacha   YUNESKOning   shtab-
kvartirasida   (Parij   sh.)   ko’rgazma   tashkil   qilishdi   va   Xorazm   Mamun
Akademiyasining   1000   yilligiga   bag’ishlangan   ilmiy   anjuman   o’tkazishdi.
O’zbekistondagi   xorij   davlatlarning   qator   elchixonalari   O’zbekiston   Respublikasi
Fanlar   akademiyasi   olimlari   ishtirokida   Xorazm   Mamun   Akademiyasi   faoliyatiga
bag’ishlangan tadbirlar o’tkazishdi, shunday konferensiyani yana Saudiya Arabistoni
Ilmiy-tadqiqot markazi Koreyaning Kyongxi universiteti bilan birgalikda o’tkazishdi.
Fanlar   akademiyasi   faoliyatini   kuchaytirishda   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   I.A.Karimovning   2006-yil   7-avgustdagi   «Fan   va   texnologiyalar
rivojlanishini   boshqarish   va   muvofiqlashtirishni   takomillashtirish   chora-   tadbirlari
to’g’risida»gi   Qarori   va   O’zbekiston   Vazirlar   Mahkamasi   qoshida   Fan   va
texnologiyalar   rivojini   muvofiqlashtirish   komitetini   tashkil   qilinganligi   alohida
ahamiyatga ega bo’ldi.
O’zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   bozor   iqtisodiga   o’tish   davrida
ilmiy-tekshirish   muassasalari   olib   borayotgan   asosiy,   amaliy   va   innovatsion
tadqiqotlarga   katta   etibor   qaratadi.   Bugungi   kunda   yuqori   bilimni   talab   qiluvchi
mahsulotlar va ilmiy-tekshirish muassasalari xizmatlarini keng targ’ib qilish, muhim amaliy   ilmiy   natijalardan   foydalanishning   yangi   yo’llari   aniqlanib,   hayotga   tatbiq
qilinmoqda,   O’zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   ilmiy   bo’limlari   faoliyati
takomillashtirilmoqda.
2012 yilga kelib ham  O’zbekistonda ta’lim  tizimini  tubdan isloh qilish, oqitish
sifati   va   mazmunini   yangi   bosqichga   kotarish,   malakali   kadrlar   tayyorlashning
zamonaviy   mexanizmini   yaratish,   oquv   dasturlari   va   adabiyotlarini   yangilashga
qaratilgan   islohotlar   bosqichma-bosqich,   tizimli   ravishda   amalga   oshirildi.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasiga har yili sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki
mahsulotga   nisbatan   10-12   foizni   tashkil   etdi.   Bu   YUNESKOning   mamlakatni
barqaror   rivojlantirishni   taminlash   uchun   ta’limga   yonaltirilishi   zarur   bolgan
investisiyalar   miqdori   boyicha   tegishli   tavsiyalaridan,   yani   6-7   foizdan   qariyb   2
barobar kop boldi. 
Oliy   oquv   yurtlari   moddiy-texnik   bazasini   mustahkamlash,   talabalarning
yashash   sharoiti   hamda   ijtimoiy-maishiy   ob`ektlar   faoliyatini   yaxshilash,   oliy   oquv
yurtlari hududlarini obodonlashtirish, jumladan, poytaxtimizdagi «Yoshlik» talabalar
shaharchasida joylashgan talabalar turar-joylarini tubdan tamirlash boyicha ham keng
kolamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, davlatimiz rahbarining 2011 yil 20 mayda
«Oliy   ta’lim   muassasalarining   moddiy-texnik   bazasini   modernizasiyalash   va
mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash to’g’risida»gi qarori qabul qilindi.
Mazkur Qaror oliy ta’lim muassasalari faoliyatini jahon andozalari darajasida tashkil
etish, ularni zamonaviy darslik, oquv-uslubiy qollanmalar, ilmiy laboratoriyalar bilan
taminlashda muhim ahamiyatga ega boldi. 
Bundan tashqari, o’qituvchilarning amaliy jihatdan chet tillarini bilishi  boyicha
ham   bir   qator   ishlar   amalga   oshirildi.   Jumladan,   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   2012   yil   10   dekabrda   qabul   qilingan   «Chet   tillarni   organish   tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorining muhim ahamiyatga
ega boldi.
2015   yildagi   malumotlarga   qaraganda   O’zbekistonda   quyidagi   yonalishlardagi
ta’lim turlari mavjud edi: 
- maxsus maktabgacha ta’lim;  - uyda yakka tartibdagi ta’lim; 
- maktabgacha umumta’lim muassasalari qoshidagi integrasiya guruhlari; 
-umumta’lim maktablari qoshidagi logopediya punktlari va integrasiya sinflari;
- maxsus kasb-hunar kollejlaridagi integrasiya guruhlari.
Mazkur  muassasalarda   kozi  ojiz,  zaif   koruvchi,   kar  va  zaif  koruvchi,  aqli   zaif,
ruhiy   rivojlanishi   sustlashgan,   tayanch   harakati   azolari   harakati   buzilgan,   nutqida
murakkab   nuqsoni   bolgan   bolalar   ta’lim-tarbiya   oldi.   Mamlakatimizda   alohida
yordamga   muhtoj   bolalar   va   osmirlar   ta’limi,   ularning   nuqson   turlari   va   uning
darajalarini   inobatga   olgan   holda,   maxsus   ta’limning   8   yonalishi   (aqli   zaif,   ruhiy
rivojlanishi   sustlashgan,   nutqida,   korishida   va   eshitishida   nuqsoni   bolgan   bolalar)
boyicha korreksion ta’lim tashkil etildi.
3-masala
Mazkur davrda Oliy ta’lim sohasini rivojlantirish boyicha ham bir qancha ishlar
amalga   oshirildi.   Jumladan,   2015   yil   12   iyunda   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidentimizning «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta
tayyorlash   va   malakasini   oshirish   tizimini   yanada   takomillashtirish   chora-   tadbirlari
to’g’risida»gi   farmoni   qabul   qilindi.   Ushbu   farmon   yurtimizdagi   oliy   oquv   yurtlari
professor-oqituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni
bugungi kun talablariga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan
tizimini   joriy   etish   asosida   yuqori   malakali   mutaxassislar   tayyorlash   sifatini   tubdan
oshirishga qaratildi.
Farmonda, xususan, oliy oquv yurtlari professor-oqituvchilarining pedagogik va
kasb darajasini muntazam oshirish asosida ularning qonunchilik normalari, nazariya,
ilmiy   va   amaliy   tadqiqotlar,   texnologik   taraqqiyot   va   oqitilayotgan   fanlar   boyicha
innovasiyalar,   shuningdek,   oquv   jarayonini   tashkil   etishning   zamonaviy   uslublari
sohasidagi   songgi   yutuqlarni   chuqur   organishi   alohida   qayd   etildi.   Oliy   ta’lim
sohasida   oliy   oquv   yurtlarining   professoroqituvchilarini   muntazam   qayta   tayyorlash
boyicha mutlaqo yangi, takomillashtirilgan tizim joriy qilindi. 15 ta tayanch oliy oquv
yurtida   oliy   ta’lim   muassasalari   rahbarlari   va   pedagog   kadrlarini   qayta   tayyorlash hamda   malakasini   oshirish   kurslari   tashkil   etildi.   Mazkur   kurslarda   oliy   oquv
yurtlarining 2 ming 700 ga yaqin oqituvchisi malaka oshirdi.
Bu   paytga   kelib,   mamlakatimizda   11   milliondan   ziyod   kishi   internetdan
muntazam   foydalandi.   Ularning   asosiy   qismi   oquvchi-Yoshlar   edi.   2015   yilgi
malumotlarga   qaraganda   umumta’lim   maktablarida   qariyb   4,5   million   bola   tahsil
oldi.   Barcha   maktablar   yagona   ZiyoNET   tarmogiga   ulandi.   Mazkur   tarmoq   Uz
domenidagi  eng  yirik  axborot-ta’lim  resursiga  aylandi.  Unda Yoshlar  uchun  foydali
va   ahamiyatli   axborot   manbalari,   darslik   va   oquv   qollanmalar,   turli   sohalarga   doir
adabiyotlar,   media   mahsulotlar,   multimedia   vositalari,   ta’limmaqsadida
foydalaniladigan bir qator interfaol xizmatlar jamlandi.
Shu   sababli   Hukumat   tomonidan,   oqituvchilarning   global   internet   tarmogi,
multimedia tizimlari va masofadan oqitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy
innovatsion   pedagogika,   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalarini   egallashi   va
ularni oquv jarayoniga faol tatbiq etishi, oliy oquv yurtlari pedagog kadrlarining chet
tilini amaliy ozlashtirish darajasini oshirishi kabi zamonaviy talablar qoyildi. 
Bu   paytga   kelib   Oliy   ta’lim   yonalishida   ham   xalqaro   hamkorlik   aloqalari   olib
borildi.   Ushbu   hamkorlik   samarasi   natijasida   O’zbekistonda   xorijdagi   nufuzli   oliy
oquv yurtlarining oltita, jumladan, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, Turin
politexnika   universiteti,   M.Lomonosov   nomidagi   Moskva   davlat,   G.Plexanov
nomidagi Rossiya iqtisodiyot, I.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetlari,
Singapur menejmentni rivojlantirish institutining filiallari ochildi. 
Bundan   tashqari,   O’zbekistonda   Mustaqil   davlatlar   Hamdo’stligi   mamlakatlari
orasida   birinchi   bolib   oliy   ta’limning   zamonaviy   ikki   bosqichli   -   bakalavriat   va
magistratura   yonalishiga   otildi.Yoshlarni   har   tomonlama   barkamol   qilib   voyaga
yetkazishda   sportning   ham   ahamiyati   katta   hisoblanadi.   Otgan   davr   mobaynida
O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasi mablaglari hisobidan 1500 dan
ortiq   zamonaviy   sport   inshootlari   qurildi.   Har   yili   bolib   otadigan,   uch   bosqichdan
iborat (maktab oquvchilari uchun «Umid nihollari», litsey va kollej oquvchilari uchun
«Barkamol   avlod»,   oliy   oquv   yurti   talabalari   uchun   «Universiada»)   sport
musobaqalari   tizimi   shakllantirildi.   Bu   esa   yuz   minglab   bolalar,   osmirlar,   yigit   va qizlarni   jismoniy   tarbiya   va   sportga   jalb   etish   imkonini   berdi.   Mazkur   tadbirlar   oz
samarasini   berdi.   Jumladan,   birgina   2015   yili   1   ming   668   nafar   sportchimiz,
jumladan, 567 nafar qizimiz 165 ta xalqaro musobaqada ishtirok etib, 983 ta medalni
qolga   kiritdi,   Yosh   iqtidorli   musiqachi   va   ijrochilarimiz   nufuzli   xalqaro   tanlovlarda
137   ta   sovrinli   oringa   sazovor   boldi   va   ularning   76   tasi   Gran-pri   va   birinchi   orinni
tashkil qildi.Bu boradagi ishlar keying yillarda ham dvom ettirildi. Jumladan, 2017-
yil  7-fevralda  O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining  "O’zbekiston  Respublikasini
yanada   rivojlantirish   bo’yicha   Harakatlar   strategiyasi   to’g’risida"gi   farmoni   elon
qilindi.   Mazkur   Farmonda   ijtimoiy   soha,   xususan,   ta’lim   va   ilm-fan   sohalarini
takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilandi.Hujjatda ta’lim muassasalarining
moddiy-texnik   bazasini   mustahkamlash,   yangi   ta’lim   muassasalari   qurish,
mavjudlarini  rekonstruksiya  qilish  va kapital  tamirlash barobarida ularni  zamonaviy
o’quv   va   laboratoriya   jihozlari,   komputer   texnikasi,   o’quv-metodik   qo’llanmalar
bilan   taminlash   nazarda   tutildi.Shuningdek,   2017-2021-yillarda   oliy   ta’lim   tizimini
tubdan   takomillashtirish   ni   ishlab   chiqish,   o’quv   dasturlarini   yanada
zamonaviylashtirish,   pullik   xizmatlar   ko’rsatish   va   moliyalashtirishning   qo’shimcha
manbalarini   izlashda   oliy   o’quv   yurtlarining   vakolatlarini   kengaytirish   yo’li   bilan
ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirib borilishi belgilandi.
2017   yilda   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   va   Vazirlar   Mahkamasining
yetmishga   yaqin   farmon,   qaror   va   farmoyishi   qabul   qilindi.   Bu   tom   manoda   ta’lim
tizimidagi   o’zgarish   va   yangilanishlar   jarayonini   boshlab   berdi.   Umumta’lim
maktablariga  mazkur   yilda   10-sinfga  o’quvchilar   qabul   qilish   qayta  yo’lga  qo’yildi.
Bu   akademik   litsey   va   kasb-hunar   kollejlariga   qabul   jarayoni   bilan   barobar   olib
borildi. Bunda ota-onalar va o’quvchilarning xohish-istaklari inobatga olindi.Bundan
tashqari,   Yoshlarning   zamonaviy   kasb-hunarlarni   puxta   egalashi,   o’quvchilarni
vatanparvarlik   va   milliy   qadriyatlarimizga   hurmat   ruhida   tarbiyalash   boyicha   ham
tizimli ishlar olib borildi. Bunda Yoshlarning ulug’ ajdodlarimiz merosini o’rganishi,
ularga   munosib   avlod   bo’lib   voyaga   yetishi   muhim   ahamiyatga   ega   ekanligi   kozda
tutildi.   Xususan,   ulug’   ajdodimiz   Muhammad   Xorazmiy   nomidagi   chuqurlashtirib
o’qitishga   ixtisoslashtirilgan   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalari   yo’nalishiga oid   maktab   tashkil   etildi.   Mazkur   maktab   faoliyatining   yo’lga   qo’yilishi   ushbu
sohalarda   kadrlarni   Yoshligidanoq   tayyorlab   borish,   ularning   yetuk   va   zamon
talablariga javob beradigan mutaxassislar bo’lib ulg’ayishiga zamin yaratdi.Shu bilan
birga,   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   «Mirzo   Ulug’bek   nomidagi
ixtisoslashtirilgan   davlat   umumta’lim   maktab-internatini   va   «Astronomiya   va
aeronavtika»   bog’ini   tashkil   etish   to’g’risida»gi   qarori   ham   qabul   qilindi.   Mazkur
qaror   bilan   O’zbekiston   Fanlar   akademiyasi   Astronomiya   instituti   qoshida
matematika,   astronomiya,   fizika   va   informatika   fanlarini   chuqur   o’rgatishga
ixtisoslashtirilgan   Mirzo   Ulug’bek   nomidagi   ixtisoslashtirilgan   davlat   umumta’lim
maktab-internati tashkil etilishi belgilandi.
Bundan   tashqari,   Xalq   ta’limi   sohasidagi   islohotlarga   ko’maklashish
jamg’armasi   tashkil   etildi,   shu   bilan   birga   2019   yil   1   yanvardan   xalq   ta’limini
rivojlantirish   jamg’armasi   tashkil   etildi.   Shuningdek,   Xalq   ta’limi   vazirligi   soha
faoliyati shaffofligini oshirish, aniq malumotlarni to’plash, aholi bilan muloqot qilish
va jamoatchilik nazoratini o’rnatish uchun axborot texnologiyalarini faoli joriy etdi.
Jumladan,   vazirlik   ustozovozi.uzedu.uz,   stat.uzedu.uz,   eduportal.uz   kabi   resurslarni
ishga   tushirdi.   Xalq   ta’limi   tizimiga   homiylik   mablag’larini   jalb   etish   maqsadida
MFond   jamg’armasi   ochildi.   Xalq   ta’limi   sohasidagi   malumotlar   ochiq-oshkora,
shaffof   tarzda   qo’yib   borish   uchun   ijtimoiy   tarmoqlari   kanallarida   «Ustoz   ovozi»
kanali ishga tushirildi.
Xalq   ta’limi   vazirligi   tizimida   o’quvchilar   o’rtasida   kitob   mutolaasi   va
kitobxonlik madaniyatini targ’ib qilish uchun kitob.uz sayti yaratildi. Saytga jami 803
nomdagi,   shundan,   655   nomada   o’zbek   va   148   nomda   jahon   bolalar   adabiyoti
namoyondalari   asarlarining   elektron   varianti   joylashtirildi.   www.kitob.uz   saytiga
badiiy adabiyotlarning MRZ shaklidagi audio resurslari joylashtirilishi yo’lga qoyildi.
Vazirlik markaziy apparati  tarkibida o’qituvchilarning shani  va qadr-qimmatini
himoyalash,   ular   huquqlarining   buzilishiga   yo’l   qo’ymaslik,   davlat   organlari   va
boshqa   tashkilotlarning   ta’lim   muassasalari   faoliyatiga   asossiz   aralashuviga   yo’l
qo’ymaslik   maqsadida   Nazorat-huquqiy   xizmati   tashkil   etildi.   Respublika   maqsadli
kitob   jamg’armasi   Moliya   vazirligidan   Xalq   ta’limi   vazirligiga   o’tkazildi.   Xalq ta’limi   sohasida   loyiha   hujjatlariga   texnik   topshiriqlarni   ishlab   chiqish   va   qurilish
obektlari   sifatini   nazorat   qilish   injiniring   kompaniyasi   tashkil   etildi.   Xalq   ta’limi
sohasidagi   islohotlarga   ko’maklashish   jamg’armasi   tashkil   etildi,   shu   bilan   birga
2019 yil 1 yanvardan xalq ta’limini rivojlantirish jamg’armasi tashkil etildi.
Nazorat savollari
1. Nima sababdan ta’lim sohasida islohotlar olib borildi?
2. Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik haqida nimalarni bilasiz?
3. Kadrlar tayyorlash milliy ning oziga xos xususiatlari nimalardan iborat edi?
4. Ta’lim sohasidagi islohotlarning yangi bosqichi haqida gapirib bering.
ADABIYOTLAR:
25. 2017-yil   7-fevralda   qabul   qilingan   2017-2021   yillarda   O’zbekiston
Respublikasini   rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yonalishi   boyicha   HARAKATLAR
STRATEGIYASI davlat 
26. Karimov   I. А .   Jamiyatimizni   erkinlashtirish,   islohotlarni   chuqurlashtirish,
ma naviyatimizni   yuksaltirish   va   xalqimizning   hayot   darajasini   oshirish   -   barchaʼ
ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T.: 15 – “O zbekiston”, 2007. 	
ʼ
27. Karimov   I. А .   Mamlakatni   modernizatsiya   qilish   va   iqtisodiyotimizni
barqaror rivojlantirish yo lida. T.: 16 – “O zbekiston”, 2008. 	
ʼ ʼ
28. Karimov   I. А .   Ona   yurtimiz   baxtu   iqboli   va   buyuk   kelajagi   yo lida   xizmat	
ʼ
qilish - eng oliy saodatdir. -T., O zbekiston. 2015.	
ʼ
29. Sh.MirziyoyevErkin   va   farovon,   demokratik   O zbekiston   davlatini	
ʼ
birgalikda barpo etamiz. Toshkent - «O zbekiston» - 2016	
ʼ
30. Sh.Mirzieev.   Tanqidiy   tahlil,   qat iy   tartib-intizom   va   shaxsiy   javobgarlik   -	
ʼ
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo lishi kerak. Toshkent - «O zbekiston»	
ʼ ʼ
- 2017
31. Sh.MirziyoyevBuyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan   birga
quramiz. T.2017
32. G aniev D. O zbekiston: mustaqillik odimi. T., 1995 y. 	
ʼ ʼ
33. G ulomov S. Istiqlol yo lida. T., "Fan", 1996 y. 
ʼ ʼ
34. Usmonov Q. Mustaqillik O zbekistonga nima berdi. T., 2000 y. 	
ʼ 35. O zbekistonning   yangi   tarixi.   3-kitob.   Mustaqil   O zbekiston   tarixi.   T.,ʼ ʼ
"Sharq", 2000 y. 
36. Shamsutdinov   R.,   Karimov   Sh.,   Ubaydullaev   O .   Vatan   tarixi.   –T.:   Sharq,	
ʼ
2003.

MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR REJA 1. Ta’lim islohoti. 2. Kadrlash tayyorlash milliy . 3. Ta’lim sohasidagi islohotlarning yangi bosqichi.

Tayanch iboralar : Istiqlolning dastlabki kunlari, 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, Maktabgacha ta’lim sohasi, «Sog’lom avlod uchun», «Iqtisodiy ta’lim», «Qishloq maktabi», «Rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalarni tiklash» va boshqa tarmoq dasturlari, Kadrlar tayyorlash milliy , Yaponiyadagi JAYKO xalqaro tashkiloti, Koreyaning KOYKA agentligi. 1-masala Ma`lumki, sho’rolar hukumati davrida hukmron tuzum o’zining jahonda eng insonparvar, odil, demokratik va eng savodxon jamiyat barpo etgani bilan maqtanib, butun jahonga jar solar edi. Sirtdan qaraganda, haqiqatan ham, manzara shunday edi. Sobiq SSSRda yuzlab universitet va institutlar, oliy va o’rta maxsus bilim yurtlari, minglab ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyat ko’rsatardi. Lekin ular, son va miqdor jihatidan ko’p bo’lgani bilan jahon andazalari darajasida emas edi. Buning asosiy sabablaridan biri kommunistik jamiyatda hamma narsa, jumladan, ilm-fan, maktab- maorif tizimining ham o’sha yo’lg’on g’oyalarga qurbon qilinganida edi. Sovet Ittifoqini tanazzulga olib kelgan sabablardan biri ham shunda ekanligi shubhasizdir. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq fan va texnikaga munosabat o’zgardi, xalq ta’limi tizimini isloh qilishga kirishildi. Mustaqil O’zbekistonda maorif va madaniyat ishlarini eng muhim va dolzarb soha sifatida rivojlantirishga alohida e'tibor berildi. 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi Qonuni hamda 1991–1996-yillarda elon qilingan 30 dan ziyod Prezident farmon- lari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ta’lim sohasida qator o’zgarishlar amalga oshirildi: • Maktabgacha ta’lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog’chalari hamda «bolalar bog’chasi – maktab» majmuyi tarmog’i rivojlandi. Bolalarga chet el tillarini, xoreografiya, tasviriy va musiqa san`ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o’rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi; • Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim o’quv yurtlari tarmog’i rivojlantirildi. 1992–1996-yillarda 238 ta litsey va 136 ta gimnaziya ochildi va faoliyat ko’rsatdi;

• «Sog’lom avlod uchun», «Iqtisodiy ta’lim», «Qishloq maktabi», «Rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalarni tiklash» va boshqa tarmoq dasturlari ishlab chiqildi hamda ta’lim sohasida tatbiq etila bordi; • Mehnat bozorini, eng avvalo, qishloq joylarida mehnat bozorini shakllantirish- ning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta’limini qayta tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Bu tizimda jami 221 ming kishini ta’lim bilan qamrab olgan 442 o’quv maskani, shu jumladan, 209 ta kasb-hunar maktabi, 180 ta litsey va 53 ta biznes maktablari ishladi; • Toshkent, Samarqand, Urganch, To’rtko’1, Andijon bank kollejlari, Toshkent ayo’llar kolleji tashkil etildi. Respublikada 1996–1997-o’quv yilida 258 ta o’rta kasb- hunar ta’lim o’quv yurti ishladi. Ularda qariyb 16 ming o’qituvchi va muhandis- pedagog xodimlar 197 ming o’quvchiga kasb-hunar o’rgatish bilan shug’ullandi; • Oliy ta’lim sohasida ham qator yangi o’quv yurtlari ochildi. 1992-yil 28- fevraldagi Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi. Eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo’yicha yangi oliy o’quv yurtlari – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Ichki jshlar vazirligi akademiyasi, Bank- moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, Navoiy konchilik instituti, Samarqand davlat chet el tillari instituti, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti, Jizzax politexnika instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Namangan muhandislik- iqtisodiyot instituti hamda viloyatlarda yirik universitetlarning filiallari tashkil etildi. 1997-yil boshlarida Respublika Oliy ta’lim tizimida 58 ta oliy o’quv yurti, shu jumladan, 16 ta universitet va 42 ta institut faoliyat ko’rsatdi. Ularda 164 ming talaba o’qidi, 18,5 ming professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatdi; • Abituriyentlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg’or usullari joriy etildi; • Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga bo’lgan talablarning oshgani bois aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash kengaydi. Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etildi;

• Iqtidorli bolalar va qizlarni izlab topish, ularga ko’maklashish, ularning qobiliyati va istedodini o’stirish bo’yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli Yoshlarni chet ellardagi yetakchi o’quv yurtlari va ilmiy markazlarda o’qitish va stajirovkadan o’tkazish yo’lga qo’yildi; • Iste`dodli Yoshlarni moddiy va manaviy rag’batlantirish, chet elda o’qishini qo’llab-quvvatlash maqsadida Respublika bolalar fondi, «Kamolot», «Sog’lom avlod uchun», «Istedod», «Ulug’bek» va «Umid» jamg’armalari tashkil etildi; • O’zbekiston ta’lim sohasida AKSELS, AYREKS, Amerika Kollejlari Konsorsiumi, SARE, Tinchlik Korpusi (AQSH), DAAD, Konrad Adenauer Fondi (Germaniya), Britaniya Kengashi (Buyuk Britaniya) kabi xalqaro tashkilotlar va boshqa nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ydi. 2006-yil yozida Toshkentda Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining filiali tashkil etildi. Ta’lim tizimida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilsada, hali bu sohada jiddiy kamchiliklar mavjud edi. Ta’lim tizimi, kadrlar tayyorlash jamiyatda bo’layotgan demokratik o’zgarishlar, bozor islohotlari talablari bilan bog’lanmagan edi. O’quv jarayonining moddiy texnika va axborot bazasi qoniqarsiz ahvolda edi. Ta’lim muassasalarida zamonaviy o’quv adabiyotlari va didaktik materiallar yetishmasdi. Yuqori malakali pedagoglar yetishmasdi, ishlab turgan murabbiy- o’qituvchilar kattagina qismining bilim va kasb saviyasi yetarli darajada emas edi. Maktab o’quvchilarida mustaqil fikr shakllantirilmayotgan edi. Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan isloh qilish yo’llari ishlab chiqildi. Islom Karimov 1997-yil 29-avgustda Oliy Majlisning IX-sessiyasida «Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusida ma`ruza qildi. Maruzada oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizni ro’yobga chiqarish taqdiri, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liq ekanligi asoslab berildi va quyidagi vazifalar ilgari surildi: – eski sovet davridan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan, sarqitlardan qutulish;

– milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, jahon andazalari darajasiga ko’tarish; – uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qilish; – ta’lim muassasalarining moddiy bazasini zamon talablari darajasiga ko’tarish; – bolalarimizga zamonaviy bilim berish, buning uchun, avvalo, o’qituvchi- murabbiylar bilimining saviyasini ko’tarish; – zamonaviy o’quv dasturlari, darsliklar yaratish; – xorijiy tillarni o’rganish va o’rgatishga katta ahamiyat berish; – bitiruvchilarni emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko’rgan shaxslarni tayyorlash; – o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilish, ularni erkin fikrlaydigan etib tarbiyalash; – respublika oliy o’quv yurtlarining xorijiy davlatlardagi oliy o’quv yurtlari bilan aloqasini o’rnatish va mustahkamlash; Yoshlarimizni, professor-o’qituvchilarni taraqqiy topgan davlatlardagi o’quv markazlariga borib o’qishini, malakasini oshirishini tashkil etish. 2-masala 1997-yil 29-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX- sessiyasida O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi yangi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Ularda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berildi: • ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterdaekanligi; • ta’limning uzluksizligi va izchilligi; • umumiy-o’rta, shuningdek o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; • o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo’nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi; • ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; • davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; • ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; • bilimli bo’lishni va iste`dodni rag’batlantirish;