logo

Mustaqillik yillarida O’zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

40.3603515625 KB
  Mustaqillik yillarida O’zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot.
O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar
Reja:
1. Ma’nav iy  meros v a t arixiy  xot iraning t ik lanishi.
2. Milliy  v a diniy  qadriy at larning t ik lanishi.
3. Milliy  ist iqlol go‘y asi.
4. Ta’lim islohot i.   Kadrlash t ay y orlash milliy  dast uri.
5. Ta’lim sohasidagi  islohot larning y angi bosqichi.
 
  Ma’lumki,   mamlakatimiz   bir   necha   bor   ajnabiy   bosqinchilar   hujumiga   duchor
bo‘lgan,   qaramlik   zulmi   ostida   qolgan   davrlar   ham   bo‘ldi.   Buning   oqibatida
xalqimizning   boy   ma’naviy   merosi,   urf-odatlarini   qadrsizlantirishga   urinishlar
bo‘ldi.   Ayniqsa,   so‘nggi   mustamlakachilik,   sovetlar   tuzumi   davrida   milliy
qadriyatlarimiz,   urf-odatlarimiz   oyoq   osti   qilindi.   Ona   tilimiz,   boy   ma’naviy
merosimiz   qadr-sizlantirildi,   ko‘plab   masjid-madrasalar,   milliy   maktablar,   tarixiy
yodgorliklar   buzildi,   qarovsiz   qoldi.   Avlodlarimiz   yetishtirgan   allomalarimiz
idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo‘qotish siyosati yuritildi.
Islom   dini   qadriyatlari,   musulmonlarning   e’tiqodlari   oyoq   osti   qilindi,   ruhoniylar
quvg‘in ostiga  olindi. Mustabid  tuzum  hukmdorlari  madaniy inqilob shiori  ostida
o‘zbek   xalqining   yuzlab   iqti-dorli,   milliy-ozodlik   uchun   kurashgan   vatanparvar
ziyolilarini,   istiqlolchi   farzandlarini   siyosiy   qatag‘on   qildi,   ularning   nomlarini
xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qildi.
Eski   tuzum   o‘zining   boy   mafkuraviy   kuchini,   ommaviy   axborot   vositalarini,
butun   maorif   tizimini   ishga   solib,   odamlar   ongiga   soxta,   noinsoniy   g‘oyalarni
singdirishga   urinardi.   Tariximizni   soxtalashtirish,   tarixiy   haqiqatni   buzub
ko‘rsatish, milliy tuyg‘ularni qo‘pol ravishda kamsitish siyosati yuritilardi. O‘z ona
tilini,   milliy   an’ana   va   madaniyatini,   o‘z   tarixini   bilmaslik   ko‘plab   odamlarning
shaxsiy   fojeasiga   aylanib   qolgan   edi.   Biroq   og‘ir   judoliklarga   qaramasdan,
xalqimiz ongini yo‘qotmadi, o‘zining boy ma’naviy merosini, milliy qadriyatlarini
avaylab saqlab, boyitib keldi.
Mamlakatimizda   o‘zbek   tilining   xalq   va   davlat   turmushidagi   asosiy   ahamiyati
va   o‘rni   qayta   tiklandi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisning   IV-sessiyasi
1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi.
Qonunda   o‘zbek   tili   o‘zbek   xalqining   ma’naviy   mulki   ekanligi,   uning   ravnaqi,
qo‘llanilishi   va   muhofazasi   davlat   tomonidan   ta’minlanishi   belgilab   qo‘yilgan.
O‘zbekistonda   Oliy   davlat   hokimiyati,   mahalliy   hokimiyat   va   boshqaruv
organlarining   faoliyati,   korxonalar,   muassasalar   va   tashkilotlarning   hisob-kitobi,
statistika va moliya ishlari o‘z-bek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma’muriy-
hududiy   birliklari,   maydonlari,   ko‘chalari,   geografik   o‘rinlarining   nomlariga yagona   milliy   shakl   berildi   va   o‘zbek   tilida   yozib   qo‘yildi.   Natijada   o‘zbek
xalqining   milliy   qadr-qimmati,   mustaqqil   davlatimizning   qadr-qimmati   qayta
tiklandi     va   mustahkamlandi.   Shuningdek,   O‘zbekistonda   istiqomat   qilayotgan
barcha millatlarning tillari, qadr-qimmati o‘z o‘rniga qo‘yildi.
Mustaqillik  sharofati  bilan xalqimiz ma’naviy zug‘umlardan  ozod bo‘ldi, erkin
fikrga,   milliy   tiklanishga   yo‘l   ochildi.   Jamiyat   ma’naviyatini   tiklash   va
yo’qsalirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab
olindi. Boy ma’naviy merosimizni  tiklash  va rivojlantirish,  jamiyat  ma’naviyatini
yo’qsaltirish   davlat   siyosati   darajasiga   ko‘tarildi.   Istiqlolning   dastlabki
kunlaridanoq   ajdodlarimiz   qoldirgan   ma’naviy   merosni   tiklash   ishlari   boshlanib
ketdi.
Mustaqillik   tufayli   milliy   madaniyatimiz,   jahon   sivilizatsiyasi   taraqqiyotiga
bebaho   hissa   qo‘shgan   buyo’q   bobokalonlarimizning   ma’naviy   merosi   qaytadan
o‘rganildi   va   tiklandi.   Xalqimiz   ulardan   bahramand   bo‘lishga   muyassar   bo‘ldi.
Xalqimiz   ma’naviyatining   yulduzlari   bo‘lgan   buyo’q   allomalarimizning   tavallud
topgan   sanalari   YUNESKO   bilan   hamkorlikda   mamlakatimizda   va   xalqaro
miqyosda   keng   nishonlandi.   Jumladan,   1991-yil   –   Alisher   Navoiy   tavalludining
550   yilligi;   1992-yil   –   Boborahim   Mashrab   tavalludining   350   yilligi;   1994-yil   –
Mirzo   Ulug‘bek   tavalludining   600   yilligi;   1996-yil   –   Amir   Temur   tavalludining
660   yilligi;   1997-yil   –   Cho‘lpon   tavalludining   100   yilligi;   1998-yil   –   Ahmad   al-
Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi; 1999-yil – Alpomish dostonining 1000 yilligi;
2000-yil   –   Burhoniddin   Marg‘inoniy   tavalludining   910   yilligi   va   Kamoliddin
Behzod   tavalludining   545   yilligi;   2001-yil   –   “Avesto”   yaratilganligining   2700
yilligi   keng   nishonlandi.   Buyo’q   allomalarimiz,   mutafakkirlarimiz   yubileylari
munosabati   bilan   ularning   o‘nlab   nodir   va   noyob   asarlari   o‘zbek,   ingliz,   fransuz,
nemis,   yapon   va   boshqa   tillarda   nashr   etildi,   haykallar   o‘rnatildi,   ziyoratgoh
maydonlari, bog‘lar yaratildi.
1991-yilda   buyo’q   bobomiz   Alisher   Navoiy   tavalludining   550   yilligi   keng
nishonlandi. Shu yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher
Navoiy   nomi   berildi,   Alisher   Navoiy   nomidagi   Davlat   mukofoti   ta’sis   etildi. Yubiley   yilida   buyo’q   “Hamsa”si   va   “Lison   ut-tayr”   asarlari   nashr   qilindi,
kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991-yil 28-sentabr kuni Toshkent shahrida
barpo etilgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy haykali va Alisher Navoiy nomidagi
O‘zbekiston Milliy bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
1994-yil   oktabr   oyida   Mirzo   Ulug‘bek   tavalludining   600   yillik   yubileyi
tantanalari   bo‘lib   o‘tdi.   Ulug‘bek   madrasasi,   Ulug‘bek   yashagan   davrdagi
astronomik   asboblar,   Toshkentdagi   Ulug‘bek   haykali   aks   ettirilgan   pochta
markalari   muomalaga   chiqarildi.   Shu   yil   24-oktabrda   Parijda   YUNESKOning
majlislar   zalida   “Ulug‘bek   va   temuriylar   davri”   mavzusida   xalqaro   konferensiya
hamda   “Ulug‘bek   va   an’anaviy   san’at”   ko‘rgazmasi   bo‘lib   o‘tdi.   Bu   tadbirlar
Mirzo   Ulug‘bek   qoldirgan   ilmiy   merosning   umuminsoniy   qadriyatga   aylanishiga
ko‘maklashdi.
1998-yil 23-oktabrda Farg‘ona shahrida buyo’q alloma Ahmad al-Farg‘oniyning
1200   yillik   yubileyi   keng   nishonlandi.   Uning   noyob   ilmiy   merosi   xalqimizga
qaytarildi.  Farg‘ona  shahrida  Al-Farg‘oniy  nomi   bilan   ataluvchi   bog‘  yaratildi   va
buyo’q allomaga haykal o‘rnatildi.
1996-yilda   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   huzuridagi   Davlat   va   jamiyat
qurilishi   akademiyasi   qoshida   “O‘zbekistonning   yangi   tarixi   markazi”   tashkil
etildi.
O‘zbek   xalqi   va   o‘zbek   davlatchiligi   tarixini,   tariximizning   boshqa   sahifalarini
xolisona   ilmiy   asosda   yoritish   vazifalari   O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi
Prezidenti I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998-yil iyun oyida bo‘lgan
suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda qabul qilgan “O‘zbekiston
Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   tarix   instituti   faoliyatini   takomillashtirish
to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berildi.
Mamlakatimiz   Xitoy,   Hindiston,   Eron,   Misr   kabi   qadimiy   davlatlar   qatorida
turadi.   Milliy   davlatchiligimiz   qadimiy,   diyorimiz   yirik   davlat   arboblari   bilan
mashhur.   Bobomiz   Amir   Temur   mamlakatimizni   jahondagi   eng   qudratli   davlat
darajasiga   ko‘targan.   Sobiq   Ittifoq   davrida   ko‘hna   tariximizning   ana   shu   qirralari
berkitilgan   bo‘lsa,   mustaqillik   yillarida   o‘zining   asl   bahosini   oldi.   Milliy davlatchiligimiz   tajribasi,   Amir   Temur   tuzuklari,   Forobiy,   Alisher   Navoiylarning
odil davlat qurish haqidagi dono fikr-mulohazalari mustaqillik davrida demokratik
huquqiy   davlat   qurilishida   katta   madad   berdi.   President   farmoni   bilan   1996-yil
Amir   Temur   yili   deb   e’lon   qi-lindi.   Shu   yili   mashhur   davlat   arbobi   va   sarkarda
Amir   Temur   tavalludining   660   yilligi   mamlakatimizda   va   jahon   miqyosida   keng
nishonlandi.   YUNESKO   qarori   bilan   1996-yil   aprelda   Amir   Temur   tavalludining
660   yilligiga   bag‘ishlangan   bir   haftalik   xalqaro   tantanalar   bo‘lib   o‘tdi.   Toshkent
shahrida Amir Temurga haykal o‘rnatildi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil
etildi.   Samarqand   va   Shahrisabzda   o‘nlab   tarixiy   obidalar   ta’mirlanib,   qayta
tiklandi,   yangi   inshoatlar   qurildi,   bog‘lar   yaratildi.   Ushbu   shaharlar   markazida
ko‘rkam   Amir   Temur   maydoni   barpo   etildi   va   ulug‘vor   haykal   o‘rnatildi.   Bu
shaharlarga   “Amir   Temur”   ordeni   topshirildi.   Amir   Temurning   shaxsi   butun
ma’rifiy insoniyatning boyligi ekanligi tan olindi.
1997-yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 1999-yilda vatanparvar
siymo,   xalq   qahramoni   Jaloliddin   Manguberdi   tavalludining   800   yilligi
nishonlandi. Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi xotirasini abadiylashtiruvchi
yodgorlik majmuyi barpo etildi. 2002-yuilda Termiz shahrining 2500 yilligi, 2007-
yilda   Samarqand   shahrining   2750   yilligi,   2009-yilda   Toshkent   shahrining   2200
yilligi,   2006-yil   27-oktabrda   Qarshi   shahrining   2700   yilligi   nishonlandi.   2006-yil
2-noyabr   kuni   Xorazm   Ma’mun   akademiyasining   1000   yilligi   keng   nishonlandi.
keng nishonlandi.
Vatanimiz   ozodligi   yo‘lida   shahid   ketgan   Abdulla   Qodiriy,   Cho‘lpon,   Fitrat,
Usmon   Nosir   va   boshqa   xalq   jigarbandlarining   nomi,   izzat-ikromi,   hurmati   o‘z
joyiga   qo‘yildi,   asarlari   nashr   etildi.   Prezident   Islom   Karimov   tashabbusi   bilan
Toshkent   shahrining   Bo‘zsuv   kanali   bo‘yida   qatag‘on   davri   qurbonlari   xotirasini
abadiylashtirish maqsadida “Shahidlar xotirasi” yodgorligi majmuyi bunyod etildi
va   uning   ochilish   marosimi   2000-yil   12-may   kuni   bo‘lib   o‘tdi.   Mazkur   majmua
qoshida   “Qatag‘on   qurbonlari   xotirasi”   muzeyi   qurilib,   2002-yil   27-avgust   kuni
foydalanishga topshirildi. Ushbu majmua va muzeyning tarixiy, siyosiy ahamiyati
shundaki, u bugungi va kelgusi avlodlar uchun qaramlik davrida xalqimiz qanday ayanchli   kunlarni   boshidan   kechirgani,   mustaqillik   tufayli   yurtimizda   adolat,
shahid   ketganlarning   xotirasi   tiklanganligi   to‘g‘risida   tarixiy   xotira,   saboq   bo‘lib
xizmat qiladi.
1999-yilda   Toshkent   shahrida   Ikkinchi   jahon   urushi   yillarida   fashizmga   qarshi
Vatan   ozodligi   uchun   jon   fido   etgan   xalqimizning   farzandlari   xotirasini
abadiylashtirish maqsadida “Xotira maydoni” majmuasi  barpo etildi  va shu yili  9
may   kuni   uning   ochilishi   marosimi   bo‘lib   o‘tdi.   Respublika   “Nuroniy”
jamg‘armasi   tashabbusi   bilan   janglarda   halok   bo‘lgan   400   mingga   yaqin
vatandoshlarimiz haqida 33 tomlik xotira kitobi tayyorlandi va nashr etildi. Har yili
9   may   kuni   “Xotira   va   qadrlash   kuni”   sifatida   nishonlanmoqda.   Mustaqillik
yillarida   amalga   oshirilgan   bu   tadbirlar   xalqimizning   o‘zligini   anglashiga,   tarixiy
xotirasini tiklashga xizmat qilmoqda.
Buyo’q   ajdodlarimiz   xotirasiga   bag‘ishlab   barpo   etilgan   yodgorlik   majmualari
jamiyat   ma’naviyatini   yo’qsaltirishga,   milliy   ong   va   milliy   g‘ururni   ko‘tarishga
hamda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida milliy istiqlol g‘oyalarini shakllantirishga
ko‘maklashmoqda.
O‘zbek   xalqiga   xos   quyidagi   jihatlar   uning   milliy   qadriyatlari   sifatida   boshqa
xalqlar tomonidan e’tirof etilgan:
tug‘ilgan makon va ona yurtiga ehtirom;
avlodlar xotirasiga sadoqat;
kattalarga hurmat, kichiklarga izzat;
mehmondo‘stlik;
bolajonlik;
ma’naviyat-axloq-odob-ma’rifat;
muomalada mulozamat, hayo, andishalik;
og‘ir kunlarda vazminlik, sabr-toqat va hokazo.
Mustaqillik   yillarida   xalqimizning   milliy   qadriyatlarini   tiklash,   yangi   ma’no-
mazmun bilan boyitish yo‘lida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi.
Xalqimizning   azaliy   qadriyatlaridan   biri   “Navro‘z”   bayramidir.   Qaramlik
yillarida mana shu ardoqli bayramni nishonlash ham taqiqlangan edi. 1990-yildan boshlab   O‘zbekiston   hukumatining   qarori   bilan   21-mart   “Navro‘z”   milliy   xalq
bayrami   kuni   sifatida   belgilanib,   dam   olish   kuni   deb   e’lon   qilindi.   Xalqimiz
“Navro‘z”   kunlarida   hasharlar   uyushtirib,   dalalarga   ko‘chatlar   ekish,   ko‘chalarni
tozalash   tadbirlarini,   turli   ommaviy   o‘yinlar,   poyga   musobaqalari,   sayllar
uyushtiradilar,   yetim-yesirlarga   va   nogironlarga   yordam   berib,   marhumlar
qabrlarini ziyorat qiladilar.
1994-yil   23-apreldagi   Prezident   farmoni   asosida   tashkil   etilgan   Respublika
“Ma’naviyat   va   ma’rifat”   jamoatchilik   markazi   o‘zbek   xalqining   ma’naviy-
madaniy   merosini   tiklash,   millat   kelajagini   belgilaydigan   g‘oyalarni   yuzaga
chiqarish,   yo’qsak   iste’dod   va   tafakkur   sohiblarining   aqliy-ijodiy   salohiyatini
Vatan   ravnaqi   sari   yo‘naltirishga   qaratilgan   tadbirlar,   anjumanlar,   ko‘rgazmalar
tashkil   etishni   yo‘lga   qo‘ydi.   Markaz   tomonidan   aholi   o‘rtasida   o‘tkazilgan
sotsiologik   tadqiqotlar,   so‘rovlar   asosida   ishlab   chiqilgan   ma’naviy-ma’rifiy
ishlarni   tashkil   etish   boy’icha   tavsiyalar   jamoat   birlashmalari,   ilmiy-ijodiy
muassasa   va   tashkilotlar,   ommaviy-axborot   vositalarining   ma’naviy-tarbiyaviy
saviyasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
2-masala
1996-yil   yanvarda   Respublika   “Ma’naviyat   va   ma’rifat”   jamoatchilik   markazi
huzurida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi tuzildi. 1996-yil 27-sentabrda
Vazirlar Mahkamasining  “Oltin meros” xayriya jamg‘armasini  qo‘llab-quvvatlash
to‘g‘risida”gi   qaroriga   binoan   mazkur   jamg‘arma   davlat   tomonidan   moddiy
jihatdan qo‘llab-quvavtlandi. Mazkur jamg‘arma “Xalq merosi durdonalari” ilmiy
anjumanlarini,   xorijdan   izlab   topilgan   qo‘lyozmalar,   tarixiy   hujjatlar,   xalq
hunarmandchiligi   amaliy   san’at   namunalari,   yodgorliklarini   tahlil   qilish,   ko‘rik
tanlovlar   o‘tkazish   bilan   shug‘ullanmoqda.   1996–2002-yillarda   “Oltin   meros”
jamg‘armasi   sa’y-harakatlari   natijasida   buyo’q   allomalarimiz   yaratgan   ko‘plab
madaniy-ma’naviy   meros   namunalari   mamlakatimizdan   va   xorijiy   davlatlardan
izlab topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi. Shuningdek,
u   xalqimizning   rasm-rusumlarini,   urf-odatlarini,   marosimlarini   o‘rganish,   tiklash, xalqimizga   qaytarish,   ularning   ma’no-mohiyatini,   hozirgi   kundagi   ahamiyatini
keng ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo‘shmoqda.
Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan qayta
tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug‘ nomi o‘z o‘rniga qo‘yildi. 1993-yil
sentabrda   Buxoroda   mashhur   shayx   Bahouddin   Naqshband   tavalludining   675
yilligi   tantanalari   bo‘lib   o‘tdi.   Yubiley   munosabati   bilan   Buxorodagi   Naqshband
nomi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   tarixiy   yodgorliklar   qaytadan   tiklandi,   uning   ijodiga
bag‘ishlangan qator risolalar chop etildi. 1998-yil Samarqandda buyo’q mutafakkir
Imom   al-Buxoriy   tavalludining   1225   yilligi   nishonlandi.   Shu   kuni   Xartang
(Chelak)   qishlog‘ida   Imom   al-Buxoriy   yodgorlik   majmuyi   ochildi.   Yubiley
munosabati bilan bobokalonimizning 4 jildlik “Al-Jomi as-Sahih” kitobining ko‘p
ming nusxadagi nashri o‘zbek kitobxonlariga taqdim etildi. 
2000-yil   16–17-noyabr   kunlari   Marg‘ilonda   islom   huquqining   asoschilaridan
biri   Burhoniddin   al-Marg‘inoniy   tavalludining   910   yilligi,   Samarqandda
islomshunos   olim   Imom   Abu   Mansur   al-Moturidiy   tavalludining   1130   yilligi
nishonlandi   va   ular   xotirasiga   bag‘ishlab   barpo   etilgan   yodgorlik   majmualari
ochildi.   Burhoniddin   al-Marg‘inoniyning   islom   huquqiga   oid   “Hidoya”   kitobi
nashr   etildi.   Shuningdek,   islom   olamining   taniqli   allomalari   Iso   at-Termiziyning
1200 yil-ligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850
yilligi, Xo‘ja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi.
O‘zbekiston Prezidentining 1992-yil 27-martdagi farmoni bilan Ro‘za-Ramazon
hayitining   birinchi   kuni   dam   olish   kuni   deb   e’lon   qilindi.   Respublika
musulmonlarining   istak   va   xohishlariga   ko‘ra   Qurbon   hayiti   ham   tiklandi,   dam
olish,   bayram   kuni   bo‘lib   qoldi.   O‘zbekiston   Prezidentining   1990-yil   2-iyundagi
“Musulmonlarning   Saudiya   Arabistoniga   Haj   qilish   to‘g‘risida”gi   farmoniga
binoan O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har
yili   Haj   va   Umra   amallarini   ado   etish   imkoniyatlariga   ega   bo‘ldilar.   Mustaqillik
yillarida   32   ming   O‘zbekistonliklar   Makka   va   Madinada   Haj   safarida   bo‘ldilar.
Yuzlab   masjidlar   musulmonlarga   qaytarildi,   yangilari   barpo   etilmoqda.   Qur’oni
karim sakkiz marta 1 mln. nusxada nashr etildi. Bu tadbirlar faqat dindorlar uchun qilingan   marhamatgina   emas,   ular   aslida   xalqimizning   qadimiy   rasm-rusum   va
udumlarining, qadriyatlarining tiklanishi, ajdodlar ruhining qayta uyg‘onishidir.
Prezidentning   1992-yil   7-martdagi   farmoni   bilan   islom   dini   omilidan,   uning
ma’naviy   imkoniyatlaridan   keng   foydalanish   maqsadida   Vazirlar   Mahkamasi
huzurida   din   ishlari   bo‘yicha   qo‘mita   tashkil   etildi.   Uning   tasarrufida   Xalqaro
islom-tadqiqot  instituti   va 10  ta madrasa  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  Ularda 1000  dan
ortiq   talaba   yoshlar   ta’lim   olmoqdalar.   1999-yilda   tashkil   etilgan   Toshkent   Islom
universitetida 1000 dan ziyod talaba o‘qimoqda.
O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasida   va   1998-yil   30-aprelda   yangi
tahrirda   qabul   qilingan   “Vijdon   erkinligi   va   diniy   tashkilotlar   to‘g‘risida”gi
qonunda davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati huquqiy jihatdan aniq
belgilab berildi. O‘zbekistonda davlat  va din o‘rtasidagi  munosabatlarda quyidagi
tamoyillarga amal qilinmoqda:
dindorlarning diniy tuyg‘ularini himoya qilish;
diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan
olish;
diniy   qarashlarga   amal   qiluvchi   fuqarolarning   ham,   ularga   amal   qilmaydigan
fuqarolarning   ham   huquqlarini   teng   kafolatlash   hamda   ularni   ta’qib   qilishga   yo‘l
qo‘ymaslik;
ma’naviy   tiklanish,   umuminsoniy-axloqiy   qadriyatlarni   qaror   toptirish   ishida
diniy uyushmalar bilan muloqot qilish;
dindan   buzg‘unchilik   maqsadlarida   foydalanishga   yo‘l   qo‘yib   bo‘lmasligini
e’tirof etish;
din va e’tiqodga sig‘inish erkiga qonun bilan belgilangan cheklashlar orqaligina
daxl qilish mumkin;
diniy   da’vatlar   bilan   hokimiyat   uchun   kurashga,   siyosat,   iqtisodiyot,   qonun-
chilikka aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Muxtasar   qilib   aytganda,   mustaqillik   yillarida   din,   eng   avvalo,   islom   dinining
ham   milliy,   ham   umuminsoniy   qadriyat   sifatidagi   mavqeyi   tiklandi,   diniy
ulamolarning qadr-qimmati o‘z joyiga qo‘yildi. Qonun ijrosi va amaliyotini qarangki, bugungi kunda O‘zbekistonda 2119 diniy
tashkilot   erkin   faoliyat   ko‘rsatmoqda.   Jumladan,   O‘zbekiston   musulmonlari
idorasi,   Rus   Pravoslav   cherkovi   Toshkent   va   o‘rta   Osiyo   Yeparxiyasi,   Yevangel
xristian-baptistlari   cherkovi,   Rim-katolik   cherkovi,   To‘la   Yevangel   xristianlari
cherkovi,   O‘zbekiston   Injil   jamiyati   singari   diniy   tashkilotlar   faoliyatidan   turli
dinlarga   mansub   fuqarolarimiz   birdek   manfaatdor   ekanliklarini   izohlashga   hojat
bo‘lmasa   kerak.   Bulardan   tashqari   respublikamizda   2000   dan   ortiq   musulmonlar
machiti,   168   xristian   cherkovi,   7   yahudiy   sinagogasi,   7   bahoiylar   uyushmasi,   2
Krishna   jamiyati,   1   budda   ibodatgohi   mavjud.   Diniy   ta'limotni   puxta
o‘zlashtirishga xizmat qiladigan 12 ta diniy ta'lim muassasasi qatorida 1 pravoslav
i 1 xristian protestant seminariysi ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
Yuqorida   qayd   etilgan   ma'lumotlardan   ko‘rinib   turibdiki,   yurtimizda   islom
diniga   qanday   sharoitlar   yaratilgan   bo‘lsa,   boshqa   dinlarga   ham   xuddi   shunday
emin-erkin   ibodat   qilish   va   bu   borada   hyech   bir   to‘siqlarsiz   faoliyat   yuritishlari
uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan.Har yili minglab musulmonlarimiz
Haj safarlariga borishgani  kabi mazkur diniy tashkilotlarning 120 dan ortiq vakili
Isroil,   Gretsiya   va   Rossiyadagi   diniy   ziyoratgohlarga   safar   uyushtiradilar,   xorijga
e'tiqodiy   ziyoratga   yo‘l   oluvchilar   uchun   beriladigan   imkoniyatlardan
foydalanadilar.
Mamlakatda   islomiy   muhim   sanalarni   nishonlash   bilan   bir   qatorda   boshqa
konfessiyalarning   ham   qator   diniy   tadbirlari   keng   nishonlanadi.   Jumladan,   1996
yilning   noyabr   oyida   Rus   Pravoslav   cherkovi   Toshkent   va   O‘rta   Osiyo
Yeparxiyasining   125   yilligi,   1996   yilning   dekabr   oyida   Markaziy   Osiyodagi
yagona   Yevangel-lyuteranlar   jamoasining   100   yilligi   keng   ko‘lamda   nishonlandi.
1995   yilda   "Bir   osmon   ostida"   xalqaro   xristian-musulmon   konferensiyasi
o‘tkazildi.
Jamiyat ma’naviyatini yo’qsaltirish sohasidagi eng asosiy vazifa, deb ta’kidlaydi
Prezident Islom Karimov, milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirish va odamlar ongiga
singdirishdan iboratdir. O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan kundan boshlab
jamiyatimizning milliy g‘oyasini yaratish dolzarb vazifa bo‘lib qoldi. 1993-yil 23- aprel   kuni   Prezidentimiz   bir   guruh   adiblar   bilan   suhbat   qilib,   milliy   istiqlol
g‘oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   XII-sessiyasida   1993-yil   7-may
kuni   nutq   so‘zlab,   O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   Islom   Karimov
quyidagilarni ta’kidlaydi:
milliy   istiqlol   g‘oyasi   xalqimizning   azaliy   an’analariga,   udumlariga,   tiliga,   di-
liga,   ruhiyatiga   asoslanib,   kelajakka   ishonch.   Mehr-oqibat,   insof,   sabr-toqat,
adolat, ma’rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirishi lozim;
shu bilan birga, bu g‘oya xalqimizda, o‘zining qudrati va himoyasiga suyangan
holda,   umuminsoniy   qadriyatlarga   asoslanib,   jahon   hamjamiyatidagi   mutaraqqiy
davlatlar   orasida   teng   huquqli   asosda   munosib   o‘rin   egallashiga   doimiy   intilish
hissini tarbiyalamog‘i kerak.
3-masala
Milliy istiqlol g‘oyasidan kutilgan maqsad nima?
Bugungi   kunda   sobiq   Ittifoq   zamonida   hukmronlik   qilgan,   odamlarni   qullik,
mutelik   holatiga   solgan,   manqurtga   aylantirgan   kommunistik   mafkurani   tanqid
qilish,   taqiq   qilish,   ma’myuriy   choralar   ko‘rish   yo‘li   bilan   yengib   bo‘lmaydi.
“G‘oyaga   qarshi   faqat   g‘oya,   fikrga   qarshi   faqat   fikr,   jaholatga   qarshi   faqat
ma’rifat   bilan   bahsga   kirishish,   olishish   mumkin”,   degan   haq   fikrni   ilgari   surdi
Prezident Islom Karimov.
O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov,   “Xo‘sh,   milliy
g‘oya,   milliy   mafkura   nimalarni   o‘zida   mujassamlashtirishi   va   qanday   talablarga
javob  berishi   kerak?”,   degan   savolni   qo‘yadi   va  unga   javob   berar   ekan,  quyidagi
dasturiy ahamiyatga molik fikr-mulohazalarni, vazifalarni ilgari suradi:
birinchidan,   milliy   mafkura   avvalombor,   o‘zligimizni,   muqaddas   an’alarimizni
anglash   tuyg‘ularini,   xalqimizning   ko‘p   asrlar   davomida   shakllangan   ezgu
orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab
olishi shart; ikkinchidan, jamiyatimizda bugungi  kunda mavjud bo‘lgan xilma-xil  fikrlar  va
g‘oyalar,   erkin   qarashlardan,   har   qanday   toifalar   va   guruhlarning   intilishlari   va
umidlaridan,   har   qanday   insonning   e’tiqodi   va   dunyoqarashidan   qat’iy   nazar,
ularning   barchasini   yagona   milliy   bayroq   atrofida   birlashtiradigan,   xalqimiz   va
davlatimizning   daxlsizligini   asraydigan,   el-yurtimizni   eng   buyo’q   maqsadlar   sari
chorlaydigan yagona g‘oya – mafkura bo‘lishi kerak;
uchinchidan,   milliy   mafkuramiz   har   qanday   millatchilik   va   shunga   o‘xshagan
unsurlardan,   boshqa   elat   va   xalqlarni   mensimaslik,   ularni   kamsitish   kayfiyati   va
qaashlaridan   mutlaqo   xoli   bo‘lib,   qo‘shni   davlat   va   xalqlar,   umuman   jahon
hamjamiyatida, xalqaro maydonda o‘zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda
poydevor va rahnamo bo‘lishi darkor;
to‘rtinchidan,   milliy   g‘oya   birinchi   navbatda   yosh   avlodimizni   vatanparvarlik,
el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik
fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur;
beshinchidan,   u   Vatanimizning   shonli   o‘tmishi   va   buyo’q   kelajakni   uzviy
bog‘lab turishga, o‘zimizni ulug‘ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari
deb   his   qilish,   shu   bilan   birga,   jahon   va   zamonning   umumbashariy   yutuqlariga
erishmoqqa   yo‘l   ochib   beradigan   va   shu   maqsadlarga   muttasil   da’vat   qiladigan
go‘ya bo‘lishi kerak.
Jamiyat   ma’naviyatini   yangilash   va   yanada   yo’qsaltirish   bugungi   kunda   ham
mamlakatimiz   taraqqiyotinng   ustuvor   yo‘nalishlaridan   biri   bo‘lib   turibdi.   Hozirgi
zamonda   insonlarning   qalbi   va   ongini   egallash   uchun   mafkuraviy   kurash
bo‘layotganligi,   ko‘p   narsalarni   mafkura   maydonlarida   bo‘layotgan   kurashlar   hal
qilishi   mumkinligi,   O‘zbekistonda   ham   ba’zi   yoshlarni   yo‘ldan   chalg‘itadigan
diniy ekstremizm xavfi mavjudligi hukumatimiz va jamiyatimizni ogohlikka da’vat
etadi.   80-yillarning   oxirla-ririda   mamlakatimizga   o‘zini   “do‘st”,   “dindosh”,
“millatdosh”   qilib   ko‘rsatib,   go‘yo   islom   dinining   “sofligi”   uchun   kurashishga
“da’vat”   etuvchi   ayrim   kimsalar   kirib   kelganligi   ma’lum.   Ular   muqaddas   islom
dinimizning   asl   mohiyatini   bilmaydigan   oddiy   odamlarni,   g‘o‘r   yoshlarni   o‘z
tuzog‘iga   ilintirib,   bizga   begona   bo‘lgan   diniy   aqidalarni   yoyishga   urindi,   ayrim yoshlarni   o‘ziga   mahliyo   qilishga,   jaholat   va   jinoyat   bot-qog‘iga   tortishga
ulgurishdi   ham.   Namangan   va   Toshkentda   sodir   etilgan   qonli   voqealardan
keyingina   bu   kuchlarning   niyati   hokimiyat   uchun   kurash   bo‘lib,   ular   din   niqobi
ostida   harakat   qilayotgan   xalqaro   terrorchilik   harakatining   O‘zbekistondagi   bir
to‘dasi ekanligi oshkor bo‘ldi. Mustaqillikning dastlabki yillarida eski mafkuradan
voz   kechish   natijasida   paydo   bo‘lgan   bo‘shliq   vaziyatida   begona   g‘oyalarning
O‘zbekistonga xuruji kuchaydi.
Shunday   qilib,   O’zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   Islom   Karimov
O‘zbekistonning milliy istiqlol g‘oyasini yaratish tashabbuskori va ijodkori bo‘ldi.
Ma’no-mazmuni   ozod   va   obod   Vatan,   erkin   va   farovon   hayot   barpo   etish,   Vatan
ravnaqi,   yurt   tinchligi   va   xalq   farovonligiga   erishish,   komil   insonni   tarbiyalash,
ijtimoiy   hamkorlik,   millatlararo   totuvlik   va   dinlararo   bag‘rikenglikni   ta’minlash
kabi   insonparvar   tamoyillarni   o‘zida   uyg‘unlashtirgan   milliy   istiqlol   g‘oyasi
shakllandi.
Milliy   adabiyot   rivojiga   H.S.Karomatovning   “Qur’on   va   o‘zbek   adabiyoti”,
O.Sharofiddinovning   “Cho‘lponni   anglash”,   B.Qosimovning   “Maslakdoshlar”
asarlari ijobiy ta’sir  ko‘rsatdi. Abdulla Oripov, Odil  Yoqubov, Pirimqul Qodirov,
Xurshid   Davron,   To‘ra   Mirzo   kabi   ijodkorlarimizning   tarixiy   roman,   pyesa   va
qissalarida   ulug‘   bobokalonlarimiz,   sohibqiron   Amir   Temur,   Ulug‘bek,   Bobur   va
boshqa buyo’q zotlar siymolari yangicha badiiy-falsafiy nuqtayi nazardan yoritildi.
Shukrulloning   “Kafansiz   ko‘milganlar”   romanida,   To‘lepbergen
Qayipbergenovning   “U   dunyoga,   bobomga   xat”   asarida,   Nazar   Eshonqulovning
“Qora kitob” povestida, O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida,
Xudoyberdi   To‘xtaboyevning   “Qasoskorning   oltin   boshi”   romanida,   Oygul
Muhammad   qizining   “Jannat   qushi”   romanida,   Tog‘ay   Murodning   “Otamdan
qolgan dalalar” romanida mustabid sovet davrida yuritilgan shovinistik siyosatning
qatag‘onlik,   zo‘ravonlikka   asoslangan   mohiyati,   xalq   boshiga   solingan   tashvishu
kulfatlar, g‘am-g‘ussa va alamlari tasvirlangan.
Tohir   Malikning   “Shaytanat”,   Hojiakbar   Shayxovning   “Tutash   olamlar”
asarlarida   insonni   iymon   va   vijdondan   ozdirishga,   razolat   va   qabohat   ummoniga botirishga   urinuvchi   yomonlik   dunyosi,   mafiya   olami   shaytonlari   fosh   qilinadi,
ularga nisbatan nafratlanish tuyg‘ulari o‘z aksini topgan.
Omon Muxtorning “To‘rt tomon qibla” nomli trilogiyasi, Barot Boyqobilovning
“O‘zbeknoma”   tarixiy-falsafiy   va   ma’naviy-ma’rifiy   dostoni,   Abduqahhor
Ibrohimovning   “Biz   kim,   o‘zbeklar”   asari,   Azim   Suyunning   “Oq   va   qora”,
A.Qutbiddinning “Izohsiz lug‘at” she’rlari zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin
ifodasidir.   O‘zbekiston   Prezidenti,   respublika   hukumati   ijod   ahliga   katta
g‘amxo‘rlik qilmoqda. Iste’dodli adiblar faxriy unvonlar, orden va medallar  bilan
taqdirlanmoqda.   Abdulla   Oripov,   Said   Ahmad,   Erkin   Vohidov,   Ozod
Sharofiddinov, To‘lepbergen  Qayipber-genovlar   mamlakatimizning oliy  mukofoti
–   “O‘zbekiston   Qahramoni”   unvoni   bilan   taqdirlandilar.   Ko‘plab   shoir   va
yozuvchilar   yo’qsak   saviyadagi   badiiy   asarlar   uchun   o‘tkazilgan   tanlovlarning
sovrindorlari bo‘ldilar.
4-masala
Ma’lumki,   sho‘rolar   hukumati   davrida   hukmron   tuzum   o‘zining   jahonda   eng
insonparvar,   odil,   demokratik   va   eng   savodxon   jamiyat   barpo   etgani   bilan
maqtanib, butun jahonga jar solar edi. Sirtdan qaraganda, haqiqatan ham, manzara
shunday edi. Sobiq SSSRda yuzlab universitet  va institutlar, oliy va o‘rta maxsus
bilim yurtlari, minglab ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyat ko‘rsatardi. Lekin ular,
son va miqdor jihatidan ko‘p bo‘lgani bilan jahon andazalari darajasida emas edi.
Buning   asosiy   sabablaridan   biri   kommunistik   jamiyatda   hamma   narsa,   jumladan,
ilm-fan,   maktab-maorif   tizimining   ham   o‘sha   yolg‘on   g‘oyalarga   qurbon
qilinganida   edi.   Sovet   Ittifoqini   tanazzulga   olib   kelgan   sabablardan   biri   ham
shunda ekanligi shubhasizdir.
Istiqlolning   dastlabki   kunlaridanoq   fan   va   texnikaga   munosabat   o‘zgardi,   xalq
ta’limi   tizimini   isloh   qilishga   kirishildi.   Mustaqil   O‘zbekistonda   maorif   va
madaniyat   ishlarini   eng   muhim   va   dolzarb   soha   sifatida   rivojlantirishga   alohida
e'tibor   berildi.   1992-yil   2-iyulda   qabul   qilingan   O‘zbekiston   Respublikasining
“Ta’lim   to‘g‘risida”   gi   Qonuni   hamda   1991–1996-yillarda   e’lon   qilingan   30   dan ziyod   Prezident   farmon-lari   va   Vazirlar   Mahkamasining   qarorlari   asosida   ta’lim
sohasida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi:
•   Maktabgacha   ta’lim   sohasida   uylarda   tashkil   etiladigan   bolalar   bog‘chalari
hamda “bolalar bog‘chasi – maktab” majmuyi tarmog‘i rivojlandi. Bolalarga chet
el   tillarini,   xoreografiya,   tasviriy   va   musiqa   san’ati,   kompyuter   savodxonligi
asoslarini o‘rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi;
• Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim o‘quv yurtlari tarmog‘i rivojlantirildi.
1992–1996-yillarda 238 ta litsey va 136 ta gimnaziya ochildi va faoliyat ko‘rsatdi;
• “Sog‘lom avlod uchun”, “Iqtisodiy ta’lim”, “Qishloq maktabi”, “Rivojlanishda
nuqsoni   bo‘lgan   bolalarni   tiklash”   va   boshqa   tarmoq   dasturlari   ishlab   chiqildi
hamda ta’lim sohasida tatbiq etila bordi;
• Mehnat bozorini, eng avvalo, qishloq joylarida mehnat bozorini shakllantirish-
ning   hududiy   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   hunar-texnika   ta’limini   qayta
tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Bu tizimda jami 221 ming kishini ta’lim bilan
qamrab olgan 442 o‘quv maskani, shu jumladan, 209 ta kasb-hunar maktabi, 180 ta
litsey va 53 ta biznes maktablari ishladi;
• Toshkent, Samarqand, Urganch, To‘rtko‘1, Andijon bank kollejlari, Toshkent
ayollar   kolleji   tashkil   etildi.   Respublikada   1996–1997-o‘quv   yilida   258   ta   o‘rta
kasb-hunar   ta’lim   o‘quv   yurti   ishladi.   Ularda   qariyb   16   ming   o‘qituvchi   va
muhandis-pedagog   xodimlar   197   ming   o‘quvchiga   kasb-hunar   o‘rgatish   bilan
shug‘ullandi;
•   Oliy   ta’lim   sohasida   ham   qator   yangi   o‘quv   yurtlari   ochildi.   1992-yil   28-
fevraldagi   Prezident   farmoni   bilan   8   ta   viloyat   pedagogika   institutlari
universitetlarga aylantirildi. Eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha yangi
oliy   o‘quv   yurtlari   –   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   huzuridagi   Davlat   va
jamiyat   qurilishi   akademiyasi,  Qurolli   Kuchlar   akademiyasi,   Ichki  jshlar  vazirligi
akademiyasi,   Bank-moliya   akademiyasi,   Toshkent   moliya   instituti,   Navoiy
konchilik instituti, Samarqand davlat chet el tillari instituti, Andijon muhandislik-
iqtisodiyot   instituti,   Jizzax   politexnika   instituti,   Qarshi   muhandislik-iqtisodiyot
instituti, Jahon iqtisodiyoti  va diplomatiya universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti,   Namangan   muhandislik-iqtisodiyot   instituti   hamda   viloyatlarda   yirik
universitetlarning   filiallari   tashkil   etildi.   1997-yil   boshlarida   Respublika   Oliy
ta’lim   tizimida   58   ta   oliy   o‘quv   yurti,   shu   jumladan,   16   ta   universitet   va   42   ta
institut   faoliyat   ko‘rsatdi.   Ularda   164   ming   talaba   o‘qidi,   18,5   ming   professor-
o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi;
•   Abituriyentlar   va   talabalarning   bilim   darajasini   test   va   reyting   asosida
baholashning ilg‘or usullari joriy etildi;
•   Oliy   malakali   ilmiy   va   ilmiy-pedagog   kadrlar   sifatiga   bo‘lgan   talablarning
oshgani   bois   aspirantura   va   doktoranturada   kadrlar   tayyorlash   kengaydi.   Oliy
attestatsiya komissiyasi tashkil etildi;
•   Iqtidorli   bolalar   va   qizlarni   izlab   topish,   ularga   ko‘maklashish,   ularning
qobiliyati va iste’dodini o‘stirish bo‘yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli
yoshlarni   chet   ellardagi   yetakchi   o‘quv   yurtlari   va   ilmiy   markazlarda   o‘qitish   va
stajirov-kadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi;
•   Iste’dodli   yoshlarni   moddiy   va   ma’naviy   rag‘batlantirish,   chet   elda   o‘qishini
qo‘llab-quvvatlash   maqsadida   Respublika   bolalar   fondi,   “Kamolot”,   “Sog‘lom
avlod uchun”, “Iste’dod”, “Ulug‘bek” va “Umid”  jamg‘armalari tashkil etildi;
•   O‘zbekiston   ta’lim   sohasida   AKSELS,   AYREKS,   Amerika   Kollejlari
Konsorsiumi, SARE, Tinchlik Korpusi (AQSH), DAAD, Konrad Adenauer Fondi
(Germaniya),   Britaniya   Kengashi   (Buyo’q   Britaniya)   kabi   xalqaro   tashkilotlar   va
boshqa   nohukumat   tashkilotlari   bilan   hamkorlikni   yo‘lga   qo‘ydi.   2006-yil   yozida
Toshkentda   Lomonosov   nomidagi   Moskva   Davlat   Universitetining   filiali   tashkil
etildi.
Ta’lim   tizimida   bir   qator   chora-tadbirlar   amalga   oshirilsada,   hali   bu   sohada
jiddiy   kamchiliklar   mavjud   edi.   Ta’lim   tizimi,   kadrlar   tayyorlash   jamiyatda
bo‘layotgan   demokratik   o‘zgarishlar,   bozor   islohotlari   talablari   bilan
bog‘lanmagan   edi.   O‘quv   jarayonining   moddiy   texnika   va   axborot   bazasi
qoniqarsiz   ahvolda   edi.   Ta’lim   muassasalarida   zamonaviy   o‘quv   adabiyotlari   va
didaktik   materiallar   yetishmasdi.   Yuqori   malakali   pedagoglar   yetishmasdi,   ishlab turgan   murabbiy-o‘qituvchilar   kattagina   qismining   bilim   va   kasb   saviyasi   yetarli
darajada emas edi. Maktab o‘quvchilarida mustaqil fikr shakllantirilmayotgan edi.
Prezident   I.A.Karimov   tashabbusi   bilan   ta’limni   tubdan   isloh   qilish   yo‘llari
ishlab   chiqildi.   Islom   Karimov   1997-yil   29-avgustda   Oliy   Majlisning   IX-
sessiyasida “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida
ma’ruza   qildi.   Ma’ruzada   oldimizga   qo‘ygan   buyo’q   maqsadlarimizni   ro‘yobga
chiqarish taqdiri, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali,
ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi
asoslab berildi va quyidagi vazifalar ilgari surildi:
–   eski   sovet   davridan   qolgan   ta’lim-tarbiya   tizimiga   xos   mafkuraviy
qarashlardan, sarqitlardan qutulish;
–   milliy   ta’lim-tarbiya   tizimini   takomillashtirish,   uning   milliy   zaminini
mustahkamlash, jahon andazalari darajasiga ko‘tarish;
– uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qilish;
– ta’lim muassasalarining moddiy bazasini zamon talablari darajasiga ko‘tarish;
–   bolalarimizga   zamonaviy   bilim   berish,   buning   uchun,   avvalo,   o‘qituvchi-
murabbiylar bilimining saviyasini ko‘tarish;
– zamonaviy o‘quv dasturlari, darsliklar yaratish;
– xorijiy tillarni o‘rganish va o‘rgatishga katta ahamiyat berish;
–   bitiruvchilarni   emas,   maktab   ta’limi   va   tarbiyasini   ko‘rgan   shaxslarni
tayyorlash;
–   o‘quvchilarda   mustaqil   fikr   yuritish   ko‘nikmalarini   hosil   qilish,   ularni   erkin
fikrlaydigan etib tarbiyalash;
–   respublika   oliy   o‘quv   yurtlarining   xorijiy   davlatlardagi   oliy   o‘quv   yurtlari
bilan   aloqasini   o‘rnatish   va   mustahkamlash;   yoshlarimizni,   professor-
o‘qituvchilarni  taraq-qiy topgan davlatlardagi  o‘quv markazlariga  borib o‘qishini,
malakasini oshirishini tashkil etish.
1997-yil   29-avgust   kuni   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   IX-
sessiyasida   O‘zbekiston   Respublikasining   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   yangi   qonuni   va “Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi”   qabul   qilindi.   Ularda   ta’lim   sohasidagi   davlat
siyosatining quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berildi:
• ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterdaekanligi;
• ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
• umumiy-o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
•   o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limining   yo‘nalishini:   akademik   litseyda   yoki
kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashningixtiyoriyligi;
• ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
• davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hammauchun ochiqligi;
• ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilganyondashuv;
• bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
• ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
O‘zbekiston   Respublikasida   ta’lim   quyidagi   turlarda   amalga   oshirilishi   belgi-
landi:
• maktabgacha ta’lim;
• umumiy o‘rta ta’lim;
• o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
• oliy ta’lim;
• oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
• kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
• maktabdan tashqari ta’lim.
Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturining   maqsadi   ta’lim   sohasini   tubdan   isloh
qilish,   uni   o‘tmishdan   qolgan   mafkuraviy   qarashlar   va   sarqitlardan   to‘la   xalos
etish,   rivojlangan   davlatlar   darajasida,   yo’qsak   ma’naviy   va   axloqiy   talablarga
javob   beruvchi   yuqori   malakali   kadrlar   tayyorlash   Milliy   modelini   yaratishdan
iboratdir.
Milliy   dasturni   yaratishda   hayotimizning   barcha   sohalarida   bosqichma-bosqich
amalga   oshirilayotgan   islohotlarga   monand   ravishda,   ta’lim   islohotlarini   uch
bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan: Birinchi bosqich(1997–2001-yy.)da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy
salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun
huquqiy,   kadrlar   jihatidan,   ilmiy-uslubiy,   moliyaviy-moddiy   shart-sharoitlar
yaratish vazifalari ro‘yobga chiqariladi;
Ikkinchi   bosqich(2001–2005-yy.)da   Milliy   dastur   to‘liq   ro‘yobga   chiqadi,
mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan
holda unga aniqliklar kiritiladi;
Uchinchi   bosqich(2005-   va   undan   keyingi   yillar)da   to‘plangan   tajribani   tahlil
qilish   va   umumlashtirish   asosida,   mamlakatni   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish
istiqbollariga   muvofiq   kadrlar   tayyorlash   tizimi   takomillashtiriladi   va
rivojlanliriladi.
O‘zbekiston   hukumati   ta’limni   rivojlantirish   uchun   katta   mablag‘   ajratmoqda.
Birgina   2001-yilda   ta’lim   xarajatlari   davlat   budjeti   sarf-xarajatlarining   36   foizini
tashkil   etdi.   Ta’lim   uchun   150   mln   AQSH   dollaridan   ziyod   chet   el   investitsiyasi
sarflandi.   Ular   yangi   ta’lim   binolari   barpo   etish,   ularni   eng   zamonaviy   o‘quv-
laboratoriya uskunalari va o‘quv mebellari bilan jihozlash uchun sarflandi. Keyingi
yillarda 848398 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 2244 ta yangi umumta’lim maktab
binolari   qurilib,   foydalanishga   topshirildi.   Umumta’lim   maktablari   uchun   davlat
ta’lim   standartlari,   ularga   asoslangan   o‘quv   dasturlari,   darsliklar   yaratilib,   ta’lim
jarayoniga   joriy   etildi.   2002/2003   o‘quv   yiliga   kelib   umumiy   o‘rta   ta’lim
muassasalarida, ya'ni 1–9-sinflarda o‘qitish to‘laligicha lotin yozuviga asoslangan
o‘zbek   alifbosida   olib   borilmoqda.   Hukumat   o‘quvchilarni   darsliklar   bilan
ta’minlashga   g‘amxo‘rlik   qilmoqda.   Ta’lim   mazmun   va   mohiyat   jihatidan
yangilandi. Har   yili   600 ming  nafardan  ziyod  birinchi   sinf  o‘quvchilari   Prezident
sovg‘asi sifatida o‘quv qurollari, darsliklar bilan bepul ta’minlanadi.
2004-yil   19-fevraldagi   Prezident   farmoni   va   2004-yil   9-iyuldagi   Vazirlar
Mahkamasining  qarori  asosida  maktab ta’limini  rivojlantirish Davlat  umummilliy
dasturi   ishlab   chiqildi.   Dasturga   binoan   2004–2009-yillarda   buziladigan
umumta’lim   maktablari   o‘rniga   yangi   maktablar   qurish,   maktablarni   kapital
rekonstruksiya   qilish,   kapital   va   joriy   ta’mirlash   tadbirlari   ishlab   chiqildi. Shuningdek,   dasturda   umumta’lim   maktablarining   moddiy-texnika   bazasini
mustahkamlash   va   rivojlantirish,   maktablarni   zamonaviy   o‘quv-laboratoriya
uskunalari   va   kompyuter   texnikasi   bilan   jihozlash,   darsliklar   va   o‘quv-uslubiy
materiallar,   pedagog   kadrlar   bilan   ta’minlash,   o‘qituvchilarni   tayyorlash,   qayta
tayyorlash,  malakasini  oshirish, ularning mehnatini rag‘batlantirishni  kuchaytirish
tadbirlari aniq belgilab berildi.
2000/2001   o‘quv   yilida   respublikamizda   9661   umumta’lim   maktablarida   45
mingga   yaqin   o‘qituvchi   faoliyat   ko‘rsatdi,   6   millionga   yaqin   o‘quvchi   ta’lim-
tarbiya oldi, ulardan 552084 nafari 9-sinfni, 375853 nafari 11-sinfni tugatdi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining eng muhim O‘zbekistonga xos xususiyati
yangi turdagi  3 yillik o‘rta maxsus,  kasb-hunar  ta’limi tizimini  yaratishdan iborat
vazifa   sobitqadamlik   bilan   amalga   oshirilmoqda.   1998–2004-yillarda   54   ta
akademik litsey va 533 ta kasb-hunar kolleji barpo etildi. Bu maqsadlar uchun 135
mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi. Kollej va litseylar uchun o‘qitiladigan barcha fanlar
bo‘yicha   Davlat   ta’lim   standartlari   ishlab   chiqildi,   tajriba-sinovdan   o‘tkazildi   va
ta’lim   jarayoniga   joriy   etildi,   asosiy   darsliklar   yaratildi.   2000/2001   o‘quv   yilida
kollej va litseylarni 4890 nafar ilk “qaldirg‘och”lar tugatdilar. “Ustoz”jamg‘armasi
yo‘llanmasi   bilan   litsey   va   kollejlarning   700   o‘qituvchisi   chet   ellardagi   nufuzli
universitetlarda o‘z malakasini oshirib keldi.
Oliy   ta’lim   ikki   bosqichdan:   bakalavriat   va   magistraturadan   iborat   etib   qayta
tashkil   etildi.   1999-yilda   Toshkent   Islom   universiteti   tashkil   etildi.   2001/2002
o‘quv yi-lida 62 ta oliy o‘quv yurtida 180 mingdan ortiq bo‘lajak bakalavrlar va 5
mingdan   ortiq   magistrantlar   ta’lim-tarbiya   oldilar.   18486   nafar   professor-
o‘qituvchilar   mehnat   qildilar,   ularning   1462   nafari   fan   doktori,   7201   nafari   fan
nomzodidir. 1998–2001-yillarda 131 ta bakalavriat yo‘nalishi, 664 ta magistratura
mutaxassisliklari   bo‘yicha   bakalavr   va   magistrlar   uchun   qo‘yiladigan   talablarni
o‘zida   mujassamlashtirgan   davlat  ta’lim  standartlari,  ularga  mos   o‘quv  dasturlari,
o‘quv   adabiyotlari   yaratildi   va   ta’lim   jarayoniga   joriy   etildi.   2002-yilda   35620
talaba bakalavr, 3000 tasi magistr unvonini oldi. Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, qo‘llab-
quvvatlash   bo‘yicha   davlat   siyosati   olib   borilmoqda.   Bu   borada   xalqaro
hamkorlikni   yo‘lga   qo‘yish   Milliy   dasturda   belgilangan   muhim   vazifalardan
biridir.   1997-yilda   tashkil   etilgan   “Umid”   jamg‘armasi   yo‘llanmasi   bilan   1997–
2001-yillarda   785   nafar   yigit-qiz   rivojlangan   davlatlarning   oliy   o‘quv   yurtlariga
o‘qish uchun jo‘natildi. Ular-dan 519 nafari o‘qishlarini bitirib keldi va Prezident
farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus ishchi guruhi yo‘llanmasi bilan vazirliklar,
idoralar,   tashkilotlar   va   korxonalarda   ishlamoqdalar.   2002-yil   iyulda   Toshkentda
Xalqaro   Vestminster   universiteti   tashkil   etildi   va   160   ta   dastlabki   talabalar   qabul
qilindi.
O‘zbekiston   ta’lim   muassasalarining   Yevropadagi   ta’lim   jamg‘armasi,
Germaniyadagi   Texnika   hamkorlik   tashkiloti,   Yaponiyadagi   JAYKO   xalqaro
tashkiloti,   Koreyaning   KOYKA   agentligi,   YUNESKO,   Jahon   banki,   TASIS-
TEMPUS   ochiq   jamiyat   instituti,   AQSH,   Angliya,   Fransiya,   Yaponiya,   Daniya,
Xitoy,   Gollandiya   Oliy   ta’lim   vazirliklari   bilan   hamkorligi   kengayib   bormoqda.
Ta’lim ravnaqi uchun 150 mln. AQSH dollari hajmida chet el investitsiyalari jalb
etildi. Oliy o‘quv yurtlarining yuzlab professor-o‘qituvchilari “Ustoz” jamg‘armasi
yo‘llanmasi bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishda bo‘lib qaytdilar.
O‘zbekiston   ta’lim   tizimi   dunyo   miqyosida   katta   qiziqish   uyg‘otmoqda.
Moskvadagi   Oliy   ta’lim   Xalqaro   Fanlar   akademiyasi   Prezidenti
V.ShukshinovPrezidentimiz   Islom   Karimovga   “KadrIar   tayyorlash   milliy
dasturi”ning tashabbuskori va tashkilotchisi sifatida mazkur akademiyaning faxriy
a’zosi diplomini topshirar ekan, O‘z-bekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni
mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo‘q hujjat, deb ta’rifladi. Ko‘pgina mamlakatlar
tomonidan   ham   O‘zbekistonda   yaratilayotgan   ta’lim   tizimi   “Ta’limning   o‘zbek
modeli” deb e’tirof etildi.
Mustaqil   respublikamizda   fan   taraqqiyotiga   katta   e’tibor   berilmoqda.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   1992-yil   8-iyuldagi   “Ilm-fan   va
innovatsiya   faoliyatini   rivojlantirishni   davlat   tomonidan   qo‘llab-quvvatlash
to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining mazkur farmonning ijrosini ta’minlashga   yo‘naltirilgan   qarori   ilm-fan   taraqqiyotida   muhim   ahamiyatga   ega
bo‘ldi. Respublika Fanlar akade-miyasi qoshida Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi
bozorda   targ‘ib   etuvchi   va   tarqatuvchi   innovatsiya   tijorat   markazi   tashkil   etildi.
1997-yilda Prezident farmoni bilan Xorazm Ma’mun akademiyasi qayta tiklandi.
O‘zbekiston   hududida   qadim   zamonlardan   beri   fan   va   madaniyat   rivojlanib
kelayotgan   davlatdir.   Xususan,   astronomiya,   matematika,   tibbiyot,   kimyo,   tarix,
falsafa,   tilshunoslik,   adabiyotshunoslik   kabi   fanlar   va   haykaltaroshlik,
to‘qimachilik, kulolchilik, shishasozlik  va   boshqa kasblar  keng rivojlangan. Hozir
O‘zbekiston   olimlari   uzoq   o‘tmish   mutafakkirlari   qoldirgan   ilmiy   merosni   faol
o‘rganib,   o‘zlarining   yangi   kashfiyotlari   bilan   fanni   boyitgan   holda   jahon
fani   rivojiga munosib hissa   qo‘shmoqdalar.
IX-X   asrlarda O‘rta Osiyo  (butun Markaziy  Osiyo)   zamonaviy  akademiyalarga
o‘xshash  ilk ilmiy muassasa  va jamiyatlar  tashkil  etila boshlagan  Sharqdagi  yirik
ilmiy va madaniy markazlardan biriga aylandi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   2004-yil   9-noyabrda   532-sonli
“Xorazm   Ma’mun   Akademiyasining   1000   yilligini   nishonlash   to‘g‘risida”   va
2005-yil   1-noyabrdagi   240-sonli   “Xorazm   Ma’mun   Akademiyasi   faoliyatini
takomillashtirish   va   1000   yillik   yubileyini   nishonlashning   qo‘shimcha   chora-
tadbirlari   to‘g‘risida”   qarorlar   qabul   qildi.   Shunday   qilib,   Xorazm   Ma’mun
Akademiyasi   O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasining   mintaqaviy
bo‘limi sifatida tiklandi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   Tashqi   ishlar   vazirligi   va
YUNESKO   ishlari   bo‘yicha   O‘zbekiston   Respublikasi   Milliy   komissiyasi   bilan
hamkorlikda   2006-yil   20-sentabrdan   –   12-oktabrgacha   YUNESKOning   shtab-
kvartirasida   (Parij   sh.)   ko‘rgazma   tashkil   qilishdi   va   Xorazm   Ma’mun
Akademiyasining   1000   yilligiga   bag‘ishlangan   ilmiy   anjuman   o‘tkazishdi.
O‘zbekistondagi   xorij   davlatlarning   qator   elchixonalari   O‘zbekiston   Respublikasi
Fanlar akademiyasi olimlari ishtirokida Xorazm Ma’mun Akademiyasi faoliyatiga
bag‘ishlangan   tadbirlar   o‘tkazishdi,   shunday   konferensiyani   yana   Saudiya Arabistoni   Ilmiy-tadqiqot   markazi   Koreyaning   Kyongxi   universiteti   bilan
birgalikda o‘tkazishdi.
Fanlar   akademiyasi   faoliyatini   kuchaytirishda   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   I.A.Karimovning   2006-yil   7-avgustdagi   “Fan   va   texnologiyalar
rivojlanishini  boshqarish va muvofiqlashtirishni takomillashtirish chora- tadbirlari
to‘g‘risida”gi   Qarori   va   O‘zbekiston   Vazirlar   Mahkamasi   qoshida   Fan   va
texnologiyalar   rivojini   muvofiqlashtirish   komitetini   tashkil   qilinganligi
alohida   ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   bozor   iqtisodiga   o‘tish   davrida
ilmiy-tekshirish   muassasalari   olib   borayotgan   asosiy,   amaliy   va   innovatsion
tadqiqotlarga   katta   e’tibor   qaratadi.   Bugungi   kunda   yuqori   bilimni   talab   qiluvchi
mahsulotlar   va   ilmiy-tekshirish   muassasalari   xizmatlarini   keng   targ‘ib   qilish,
muhim amaliy ilmiy natijalardan foydalanishning yangi yo‘llari aniqlanib, hayotga
tatbiq   qilinmoqda,   O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   ilmiy   bo‘limlari
faoliyati takomillashtirilmoqda.
2012 yilga kelib ham O’zbekistonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, o’qitish
sifati   va   mazmunini   yangi   bosqichga   ko’tarish,   malakali   kadrlar   tayyorlashning
zamonaviy   mexanizmini   yaratish,   o’quv   dasturlari   va   adabiyotlarini   yangilashga
qaratilgan   islohotlar   bosqichma-bosqich,   tizimli   ravishda   amalga   oshirildi.
Mamlakatimizda   ta’lim-tarbiya   sohasiga   har   yili   sarflanayotgan   xarajatlar   yalpi
ichki   mahsulotga   nisbatan   10-12   foizni   tashkil   etdi.   Bu   YUNESKOning
mamlakatni barqaror rivojlantirishni ta’minlash uchun ta’limga yo’naltirilishi zarur
bo’lgan   investisiyalar   miqdori   bo’yicha   tegishli   tavsiyalaridan,   ya’ni   6-7   foizdan
qariyb 2 barobar ko’p bo’ldi. 
Oliy   o’quv   yurtlari   moddiy-texnik   bazasini   mustahkamlash,   talabalarning
yashash   sharoiti   hamda   ijtimoiy-maishiy   ob`ektlar   faoliyatini   yaxshilash,   oliy
o’quv yurtlari hududlarini obodonlashtirish, jumladan, poytaxtimizdagi “Yoshlik”
talabalar   shaharchasida   joylashgan   talabalar   turar-joylarini   tubdan   ta’mirlash
bo’yicha   ham   keng   ko’lamli   ishlar   amalga   oshirildi.   Jumladan,   davlatimiz
rahbarining   2011   yil   20   mayda   “Oliy   ta’lim   muassasalarining   moddiy-texnik bazasini  modernizasiyalash  va mutaxassislar  tayyorlash sifatini  tubdan yaxshilash
to’g’risida”gi   qarori   qabul   qilindi.   Mazkur   Qaror   oliy   ta’lim   muassasalari
faoliyatini   jahon   andozalari   darajasida   tashkil   etish,   ularni   zamonaviy   darslik,
o’quv-uslubiy   qo’llanmalar,   ilmiy   laboratoriyalar   bilan   ta’minlashda   muhim
ahamiyatga ega bo’ldi. 
Bundan tashqari, o’qituvchilarning amaliy jihatdan chet tillarini bilishi bo’yicha
ham   bir   qator   ishlar   amalga   oshirildi.   Jumladan,   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   2012   yil   10   dekabrda   qabul   qilingan   “Chet   tillarni   o’rganish
tizimini   yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari   to’g’risida”gi   qarorining muhim
ahamiyatga ega bo’ldi.
2015 yildagi ma’lumotlarga qaraganda O’zbekistonda  quyidagi yo’nalishlardagi
ta’lim turlari mavjud edi: 
- maxsus maktabgacha ta’lim; 
- uyda yakka tartibdagi ta’lim; 
- maktabgacha umumta’lim muassasalari qoshidagi integrasiya guruhlari; 
-umumta’lim maktablari qoshidagi logopediya punktlari va integrasiya sinflari;
- maxsus kasb-hunar kollejlaridagi integrasiya guruhlari.
Mazkur muassasalarda ko’zi ojiz, zaif ko’ruvchi, kar va zaif ko’ruvchi, aqli zaif,
ruhiy rivojlanishi sustlashgan, tayanch harakati a’zolari harakati buzilgan, nutqida
murakkab   nuqsoni   bo’lgan   bolalar   ta’lim-tarbiya   oldi.   Mamlakatimizda   alohida
yordamga   muhtoj   bolalar   va   o’smirlar   ta’limi,   ularning   nuqson   turlari   va   uning
darajalarini inobatga olgan holda, maxsus ta’limning 8 yo’nalishi (aqli zaif, ruhiy
rivojlanishi sustlashgan, nutqida, ko’rishida va eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar)
bo’yicha korreksion ta’lim tashkil etildi.
5-masala
Mazkur davrda Oliy ta’lim sohasini rivojlantirish bo’yicha ham bir qancha ishlar
amalga   oshirildi.   Jumladan,   2015   yil   12   iyunda   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidentimizning   “Oliy   ta’lim   muassasalarining   rahbar   va   pedagog   kadrlarini
qayta   tayyorlash   va   malakasini   oshirish   tizimini   yanada   takomillashtirish   chora-
tadbirlari   to’g’risida”gi   farmoni   qabul   qilindi.   Ushbu   farmon   yurtimizdagi   oliy o’quv   yurtlari   professor-o’qituvchilarining   kasb   darajasi   va   malakasini   muttasil
oshirib   borish,   ularni   bugungi   kun   talablariga   muvofiq   muntazam   qayta
tayyorlashning   takomillashtirilgan   tizimini   joriy   etish   asosida   yuqori   malakali
mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishga qaratildi.
Farmonda,   xususan,   oliy   o’quv   yurtlari   professor-o’qituvchilarining   pedagogik
va   kasb   darajasini   muntazam   oshirish   asosida   ularning   qonunchilik   normalari,
nazariya,   ilmiy   va   amaliy   tadqiqotlar,   texnologik   taraqqiyot   va   o’qitilayotgan
fanlar   bo’yicha   innovasiyalar,   shuningdek,   o’quv   jarayonini   tashkil   etishning
zamonaviy uslublari sohasidagi so’nggi yutuqlarni chuqur o’rganishi alohida qayd
etildi.   Oliy   ta’lim   sohasida   oliy   o’quv   yurtlarining   professoro’qituvchilarini
muntazam qayta tayyorlash bo’yicha mutlaqo yangi, takomillashtirilgan tizim joriy
qilindi.   15   ta   tayanch   oliy   o’quv   yurtida   oliy   ta’lim   muassasalari   rahbarlari   va
pedagog   kadrlarini   qayta   tayyorlash   hamda   malakasini   oshirish   kurslari   tashkil
etildi. Mazkur kurslarda oliy o’quv yurtlarining 2 ming 700 ga yaqin o’qituvchisi
malaka oshirdi.
Bu   paytga   kelib,   mamlakatimizda   11   milliondan   ziyod   kishi   internetdan
muntazam   foydalandi.   Ularning   asosiy   qismi   o’quvchi-yoshlar   edi.   2015   yilgi
ma’lumotlarga qaraganda umumta’lim maktablarida qariyb 4,5 million bola tahsil
oldi.   Barcha   maktablar   yagona   ZiyoNET   tarmog’iga   ulandi.   Mazkur   tarmoq   Uz
domenidagi eng yirik axborot-ta’lim resursiga aylandi. Unda yoshlar uchun foydali
va   ahamiyatli   axborot   manbalari,   darslik   va   o’quv   qo’llanmalar,   turli   sohalarga
doir   adabiyotlar,   media   mahsulotlar,   multimedia   vositalari,   ta’limmaqsadida
foydalaniladigan bir qator interfaol xizmatlar jamlandi.
Shu   sababli   Hukumat   tomonidan,   o’qituvchilarning   global   internet   tarmog’i,
multimedia   tizimlari   va   masofadan   o’qitish   usullaridan   foydalangan   holda,
zamonaviy   innovatsion   pedagogika,   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalarini
egallashi va ularni o’quv jarayoniga faol tatbiq etishi, oliy o’quv yurtlari pedagog
kadrlarining   chet   tilini   amaliy   o’zlashtirish   darajasini   oshirishi   kabi   zamonaviy
talablar qo’yildi.  Bu  paytga kelib  Oliy ta’lim  yo’nalishida  ham   xalqaro  hamkorlik  aloqalari  olib
borildi. Ushbu hamkorlik samarasi natijasida O’zbekistonda xorijdagi nufuzli oliy
o’quv   yurtlarining   oltita,   jumladan,   Toshkent   Xalqaro   Vestminster   universiteti,
Turin   politexnika   universiteti,   M.Lomonosov   nomidagi   Moskva   davlat,
G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot, I.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz
universitetlari, Singapur menejmentni rivojlantirish institutining filiallari ochildi. 
Bundan   tashqari,   O’zbekistonda   Mustaqil   davlatlar   hamdo’stligi   mamlakatlari
orasida   birinchi   bo’lib   oliy   ta’limning   zamonaviy   ikki   bosqichli   -   bakalavriat   va
magistratura yo’nalishiga o’tildi.
Yoshlarni   har   tomonlama   barkamol   qilib   voyaga   yetkazishda   sportning   ham
ahamiyati katta hisoblanadi. O’tgan davr  mobaynida O’zbekiston Bolalar  sportini
rivojlantirish   jamg’armasi   mablag’lari   hisobidan   1500   dan   ortiq   zamonaviy   sport
inshootlari   qurildi.   Har   yili   bo’lib   o’tadigan,   uch   bosqichdan   iborat   (maktab
o’quvchilari   uchun   “Umid   nihollari”,   litsey   va   kollej   o’quvchilari   uchun
“Barkamol   avlod”,   oliy   o’quv   yurti   talabalari   uchun   “Universiada”)   sport
musobaqalari tizimi shakllantirildi. Bu esa yuz minglab bolalar, o’smirlar, yigit va
qizlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish imkonini berdi. 
Mazkur tadbirlar o’z samarasini  berdi. Jumladan, birgina 2015 yili 1 ming 668
nafar sportchimiz, jumladan, 567 nafar qizimiz 165 ta xalqaro musobaqada ishtirok
etib,   983   ta   medalni   qo’lga   kiritdi,   yosh   iqtidorli   musiqachi   va   ijrochilarimiz
nufuzli   xalqaro   tanlovlarda   137   ta   sovrinli   o’ringa   sazovor   bo’ldi   va   ularning   76
tasi Gran-pri va birinchi o’rinni tashkil qildi.
Bu   boradagi   ishlar   keying   yillarda   ham   dvom   ettirildi.   Jumladan,   2017-yil   7-
fevralda   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   "O‘zbekiston   Respublikasini
yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi   to‘g‘risida"gi   farmoni   e’lon
qilindi.   Mazkur   Farmonda   ijtimoiy   soha,   xususan,   ta’lim   va   ilm-fan   sohalarini
takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilandi.
Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi
ta’lim muassasalari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash barobarida   ularni   zamonaviy   o‘quv   va   laboratoriya   jihozlari,   komputer   texnikasi,
o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutildi.
Shuningdek,   2017-2021-yillarda   oliy   ta’lim   tizimini   tubdan   takomillashtirish
dasturini   ishlab   chiqish,   o‘quv   dasturlarini   yanada   zamonaviylashtirish,   pullik
xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy
o‘quv   yurtlarining   vakolatlarini   kengaytirish   yo‘li   bilan   ularning   mustaqilligi
bosqichma-bosqich rivojlantirib borilishi belgilandi.
2017   yilda   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   va   Vazirlar   Mahkamasining
yetmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim
tizimidagi   o‘zgarish   va   yangilanishlar   jarayonini   boshlab   berdi.   Umumta’lim
maktablariga   mazkur   yilda   10-sinfga   o‘quvchilar   qabul   qilish   qayta   yo‘lga
qo‘yildi.   Bu   akademik   litsey   va   kasb-hunar   kollejlariga   qabul   jarayoni   bilan
barobar olib borildi. Bunda ota-onalar va o‘quvchilarning xohish-istaklari inobatga
olindi.
Bundan   tashqari,   yoshlarning   zamonaviy   kasb-hunarlarni   puxta   egalashi,
o‘quvchilarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash
bo’yicha   ham   tizimli   ishlar   olib   borildi.   Bunda   yoshlarning   ulug‘   ajdodlarimiz
merosini   o‘rganishi,   ularga   munosib   avlod   bo‘lib   voyaga   yetishi   muhim
ahamiyatga   ega   ekanligi   ko’zda   tutildi.   Xususan,   ulug‘   ajdodimiz   Muhammad
Xorazmiy   nomidagi   chuqurlashtirib   o‘qitishga   ixtisoslashtirilgan   axborot-
kommunikatsiya   texnologiyalari   yo‘nalishiga   oid   maktab   tashkil   etildi.   Mazkur
maktab   faoliyatining   yo‘lga   qo‘yilishi   ushbu   sohalarda   kadrlarni   yoshligidanoq
tayyorlab   borish,   ularning   yetuk   va   zamon   talablariga   javob   beradigan
mutaxassislar bo‘lib ulg‘ayishiga zamin yaratdi.
Shu   bilan   birga,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Mirzo   Ulug‘bek
nomidagi   ixtisoslashtirilgan   davlat   umumta’lim   maktab-internatini   va
“Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ham qabul
qilindi. Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti
qoshida   matematika,   astronomiya,   fizika   va   informatika   fanlarini   chuqur o‘rgatishga   ixtisoslashtirilgan   Mirzo   Ulug‘bek   nomidagi   ixtisoslashtirilgan   davlat
umumta’lim maktab-internati tashkil etilishi belgilandi.
Bundan   tashqari,   Xalq   ta’limi   sohasidagi   islohotlarga   ko‘maklashish
jamg‘armasi   tashkil   etildi,   shu   bilan   birga   2019   yil   1   yanvardan   xalq   ta’limini
rivojlantirish   jamg‘armasi   tashkil   etildi.   Shuningdek,   Xalq   ta’limi   vazirligi   soha
faoliyati   shaffofligini   oshirish,   aniq   ma’lumotlarni   to‘plash,   aholi   bilan   muloqot
qilish   va   jamoatchilik   nazoratini   o‘rnatish   uchun   axborot   texnologiyalarini   faoli
joriy etdi. Jumladan, vazirlik ustozovozi.uzedu.uz, stat.uzedu.uz, eduportal.uz kabi
resurslarni   ishga   tushirdi.   Xalq   ta’limi   tizimiga   homiylik   mablag‘larini   jalb   etish
maqsadida   MFond   jamg‘armasi   ochildi.   Xalq   ta’limi   sohasidagi   ma’lumotlar
ochiq-oshkora,  shaffof  tarzda  qo‘yib  borish  uchun  ijtimoiy  tarmoqlari  kanallarida
«Ustoz ovozi» kanali ishga tushirildi.
Xalq   ta’limi   vazirligi   tizimida   o‘quvchilar   o‘rtasida   kitob   mutolaasi   va
kitobxonlik madaniyatini  targ‘ib qilish uchun kitob.uz sayti  yaratildi. Saytga jami
803 nomdagi, shundan, 655 nomada o‘zbek va 148 nomda jahon bolalar adabiyoti
namoyondalari   asarlarining   elektron   varianti   joylashtirildi.   www.kitob.uz   saytiga
badiiy   adabiyotlarning   MRZ   shaklidagi   audio   resurslari   joylashtirilishi   yo’lga
qoyildi. 
Vazirlik markaziy apparati tarkibida o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini
himoyalash,   ular   huquqlarining   buzilishiga   yo‘l   qo‘ymaslik,   davlat   organlari   va
boshqa   tashkilotlarning   ta’lim   muassasalari   faoliyatiga   asossiz   aralashuviga   yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida Nazorat-huquqiy xizmati tashkil etildi. Respublika maqsadli
kitob   jamg‘armasi   Moliya   vazirligidan   Xalq   ta’limi   vazirligiga   o‘tkazildi.   Xalq
ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish
ob’ektlari  sifatini  nazorat  qilish injiniring kompaniyasi  tashkil  etildi. Xalq ta’limi
sohasidagi   islohotlarga   ko‘maklashish   jamg‘armasi   tashkil   etildi,   shu   bilan   birga
2019 yil 1 yanvardan xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi. Adabiyotlar:
1.Mirziyoev Sh.M. Biz milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom  ettiramiz
va uni yangi bosqichga ko'taramiz. T. 1. - Toshkent: O'zbekiston .. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   Biz   buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan
birgalikda quramiz. - Toshkent: O'zbekiston. 2017 yil.
3.   Mirziyoev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   himoya   qilish
mamlakat taraqqiyoti  va xalq farovonligining garovidir. O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi   qabul   qilinganligining   24   yilligiga   bag'ishlangan   tantanali
marosimdagi nutq. - Toshkent: O'zbekiston. 2017 yil.
4. Mirziyoev Sh.M. Birgalikda biz erkin va obod, demokratik O'zbekiston davlatini
barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston. 2017 yil.
5. Karimov I.A Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -Toshkent: Ma'naviyat, 2008
yil.
6.   Karimov   I.A   Vatanimiz   baxti   va   buyuk   kelajagiga   xizmat   qilish   eng   katta
baxtdir. - Toshkent: O'zbekiston. 2015 yil.

Mustaqillik yillarida O’zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar Reja: 1. Ma’nav iy meros v a t arixiy xot iraning t ik lanishi. 2. Milliy v a diniy qadriy at larning t ik lanishi. 3. Milliy ist iqlol go‘y asi. 4. Ta’lim islohot i. Kadrlash t ay y orlash milliy dast uri. 5. Ta’lim sohasidagi islohot larning y angi bosqichi.

Ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo‘ldi. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadr-sizlantirildi, ko‘plab masjid-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Avlodlarimiz yetishtirgan allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo‘qotish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, musulmonlarning e’tiqodlari oyoq osti qilindi, ruhoniylar quvg‘in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o‘zbek xalqining yuzlab iqti-dorli, milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag‘on qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qildi. Eski tuzum o‘zining boy mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib, odamlar ongiga soxta, noinsoniy g‘oyalarni singdirishga urinardi. Tariximizni soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzub ko‘rsatish, milliy tuyg‘ularni qo‘pol ravishda kamsitish siyosati yuritilardi. O‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini bilmaslik ko‘plab odamlarning shaxsiy fojeasiga aylanib qolgan edi. Biroq og‘ir judoliklarga qaramasdan, xalqimiz ongini yo‘qotmadi, o‘zining boy ma’naviy merosini, milliy qadriyatlarini avaylab saqlab, boyitib keldi. Mamlakatimizda o‘zbek tilining xalq va davlat turmushidagi asosiy ahamiyati va o‘rni qayta tiklandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IV-sessiyasi 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o‘zbek tili o‘zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo‘llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, statistika va moliya ishlari o‘z-bek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma’muriy- hududiy birliklari, maydonlari, ko‘chalari, geografik o‘rinlarining nomlariga

yagona milliy shakl berildi va o‘zbek tilida yozib qo‘yildi. Natijada o‘zbek xalqining milliy qadr-qimmati, mustaqqil davlatimizning qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlarning tillari, qadr-qimmati o‘z o‘rniga qo‘yildi. Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz ma’naviy zug‘umlardan ozod bo‘ldi, erkin fikrga, milliy tiklanishga yo‘l ochildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yo’qsalirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi. Boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yo’qsaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni tiklash ishlari boshlanib ketdi. Mustaqillik tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shgan buyo’q bobokalonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan o‘rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo‘lishga muyassar bo‘ldi. Xalqimiz ma’naviyatining yulduzlari bo‘lgan buyo’q allomalarimizning tavallud topgan sanalari YUNESKO bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Jumladan, 1991-yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi; 1992-yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi; 1994-yil – Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi; 1996-yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi; 1997-yil – Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi; 1998-yil – Ahmad al- Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi; 1999-yil – Alpomish dostonining 1000 yilligi; 2000-yil – Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi va Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi; 2001-yil – “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi keng nishonlandi. Buyo’q allomalarimiz, mutafakkirlarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o‘nlab nodir va noyob asarlari o‘zbek, ingliz, fransuz, nemis, yapon va boshqa tillarda nashr etildi, haykallar o‘rnatildi, ziyoratgoh maydonlari, bog‘lar yaratildi. 1991-yilda buyo’q bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Shu yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi.

Yubiley yilida buyo’q “Hamsa”si va “Lison ut-tayr” asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991-yil 28-sentabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy haykali va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 1994-yil oktabr oyida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Ulug‘bek madrasasi, Ulug‘bek yashagan davrdagi astronomik asboblar, Toshkentdagi Ulug‘bek haykali aks ettirilgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. Shu yil 24-oktabrda Parijda YUNESKOning majlislar zalida “Ulug‘bek va temuriylar davri” mavzusida xalqaro konferensiya hamda “Ulug‘bek va an’anaviy san’at” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirlar Mirzo Ulug‘bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga aylanishiga ko‘maklashdi. 1998-yil 23-oktabrda Farg‘ona shahrida buyo’q alloma Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik yubileyi keng nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg‘ona shahrida Al-Farg‘oniy nomi bilan ataluvchi bog‘ yaratildi va buyo’q allomaga haykal o‘rnatildi. 1996-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “O‘zbekistonning yangi tarixi markazi” tashkil etildi. O‘zbek xalqi va o‘zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998-yil iyun oyida bo‘lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berildi. Mamlakatimiz Xitoy, Hindiston, Eron, Misr kabi qadimiy davlatlar qatorida turadi. Milliy davlatchiligimiz qadimiy, diyorimiz yirik davlat arboblari bilan mashhur. Bobomiz Amir Temur mamlakatimizni jahondagi eng qudratli davlat darajasiga ko‘targan. Sobiq Ittifoq davrida ko‘hna tariximizning ana shu qirralari berkitilgan bo‘lsa, mustaqillik yillarida o‘zining asl bahosini oldi. Milliy

davlatchiligimiz tajribasi, Amir Temur tuzuklari, Forobiy, Alisher Navoiylarning odil davlat qurish haqidagi dono fikr-mulohazalari mustaqillik davrida demokratik huquqiy davlat qurilishida katta madad berdi. President farmoni bilan 1996-yil Amir Temur yili deb e’lon qi-lindi. Shu yili mashhur davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 660 yilligi mamlakatimizda va jahon miqyosida keng nishonlandi. YUNESKO qarori bilan 1996-yil aprelda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro tantanalar bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal o‘rnatildi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi. Samarqand va Shahrisabzda o‘nlab tarixiy obidalar ta’mirlanib, qayta tiklandi, yangi inshoatlar qurildi, bog‘lar yaratildi. Ushbu shaharlar markazida ko‘rkam Amir Temur maydoni barpo etildi va ulug‘vor haykal o‘rnatildi. Bu shaharlarga “Amir Temur” ordeni topshirildi. Amir Temurning shaxsi butun ma’rifiy insoniyatning boyligi ekanligi tan olindi. 1997-yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 1999-yilda vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi. Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi xotirasini abadiylashtiruvchi yodgorlik majmuyi barpo etildi. 2002-yuilda Termiz shahrining 2500 yilligi, 2007- yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi, 2009-yilda Toshkent shahrining 2200 yilligi, 2006-yil 27-oktabrda Qarshi shahrining 2700 yilligi nishonlandi. 2006-yil 2-noyabr kuni Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi keng nishonlandi. keng nishonlandi. Vatanimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o‘z joyiga qo‘yildi, asarlari nashr etildi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrining Bo‘zsuv kanali bo‘yida qatag‘on davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Shahidlar xotirasi” yodgorligi majmuyi bunyod etildi va uning ochilish marosimi 2000-yil 12-may kuni bo‘lib o‘tdi. Mazkur majmua qoshida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi qurilib, 2002-yil 27-avgust kuni foydalanishga topshirildi. Ushbu majmua va muzeyning tarixiy, siyosiy ahamiyati shundaki, u bugungi va kelgusi avlodlar uchun qaramlik davrida xalqimiz qanday