MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA MANAVIY MADANIY VA TARAQQIYOT
Mavzu: MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA MANAVIY MADANIY VA TARAQQIYOT. Reja: 1. Ma’naviy merosning tiklanishi. 2. Tarixiy xotiraning tiklanishi. 3. Milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi. 4. Milliy istiqlol go’yasi.
Tayanch iboralar: «Davlat tili to’g’risida»gi Qonun, 1991-yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligining keng nishonlanishi, 1994-yilda Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari, 1996-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida «O’zbekistonning yangi tarixi markazi» tashkil etilishi, YUNESKO qarori bilan 1996-yil aprelda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag’ishlangan bir haftalik xalqaro tantanalarning bo’lib o’tishi 1-masala Malumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo’lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo’ldi. Buning oqibatida xalqimizning boy manaviy merosi, urf-odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo’ldi. Ayniqsa, so’nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy manaviy merosimiz qadr- sizlantirildi, ko’plab masjid-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Avlodlarimiz yetishtirgan allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo’qotish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, musulmonlarning etiqodlari oyoq osti qilindi, ruhoniylar quvg’in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o’zbek xalqining yuzlab iqti-dorli, milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyo’lilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag’on qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o’chirib tashlashga harakat qildi. Eski tuzum o’zining boy mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib, odamlar ongiga soxta, noinsoniy g’oyalarni singdirishga urinardi. Tariximizni soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzub ko’rsatish, milliy tuyg’ularni qo’pol ravishda kamsitish siyosati yuritilardi. O’z ona tilini, milliy anana va madaniyatini, o’z tarixini bilmaslik ko’plab odamlarning shaxsiy fojeasiga aylanib qolgan edi. Biroq og’ir judoliklarga qaramasdan, xalqimiz ongini yo’qotmadi, o’zining boy manaviy merosini, milliy qadriyatlarini avaylab saqlab, boyitib keldi. Mamlakatimizda o’zbek tilining xalq va davlat turmushidagi asosiy ahamiyati va o’rni qayta tiklandi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IV-sessiyasi 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda
«Davlat tili to’g’risida»gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o’zbek tili o’zbek xalqining manaviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo’llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan taminlanishi belgilab qo’yilgan. O’zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, statistika va moliya ishlari o’z-bek tilida yuritilmoqda. Respublikaning mamuriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko’chalari, geografik o’rinlarining nomlariga yagona milliy shakl berildi va o’zbek tilida yozib qo’yildi. Natijada o’zbek xalqining milliy qadr-qimmati, mustaqqil davlatimizning qadr- qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O’zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlarning tillari, qadr-qimmati o’z o’rniga qo’yildi. Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz ma`naviy zug’umlardan ozod bo’ldi, erkin fikrga, milliy tiklanishga yo’l ochildi. Jamiyat manaviyatini tiklash va yoqsalirishni taminlovchi ma`naviy-ma`rifiy islohotlarning yo’nalishlari belgilab olindi. Boy ma`naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma`naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz qoldirgan ma`naviy merosni tiklash ishlari boshlanib ketdi. Mustaqillik tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo’shgan buyoq bobokalonlarimizning manaviy merosi qaytadan o’rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo’lishga muyassar bo’ldi. Xalqimiz manaviyatining yulduzlari bo’lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan sanalari YUNESKO bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Jumladan, 1991-yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi; 1992-yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi; 1994-yil – Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi; 1996-yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi; 1997-yil – Cho’lpon tavalludining 100 yilligi; 1998-yil – Ahmad al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi; 1999-yil – Alpomish dostonining 1000 yilligi; 2000-yil – Burhoniddin Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi va Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi; 2001-yil – «Avesto» yaratilganligining 2700 yilligi keng nishonlandi. Buyoq allomalarimiz, mutafakkirlarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o’nlab nodir va noyob asarlari o’zbek, ingliz, fransuz, nemis, yapon va boshqa tillarda nashr etildi,
haykallar o’rnatildi, ziyoratgoh maydonlari, bog’lar yaratildi. 1991-yilda buyoq bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Shu yili O’zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti tasis etildi. Yubiley yilida buyoq «Hamsa»si va «Lison ut-tayr» asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991-yil 28-sentabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy haykali va Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy bog’ining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. 1994-yil oktabr oyida Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari bo’lib o’tdi. Ulug’bek madrasasi, Ulug’bek yashagan davrdagi astronomik asboblar, Toshkentdagi Ulug’bek haykali aks ettirilgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. Shu yil 24-oktabrda Parijda YUNESKOning majlislar zalida «Ulug’bek va temuriylar davri» mavzusida xalqaro konferensiya hamda «Ulug’bek va ananaviy sanat» ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Bu tadbirlar Mirzo Ulug’bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga aylanishiga ko’maklashdi. 1998-yil 23-oktabrda Farg’ona shahrida buyoq alloma Ahmad al- Farg’oniyning 1200 yillik yubileyi keng nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg’ona shahrida Al-Farg’oniy nomi bilan ataluvchi bog’ yaratildi va buyuk allomaga haykal o’rnatildi. 2-masala 1996-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida «O’zbekistonning yangi tarixi markazi» tashkil etildi. O’zbek xalqi va o’zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998-yil iyun oyida bo’lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda qabul qilgan «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida»gi qarorida belgilab berildi. Mamlakatimiz Xitoy, Hindiston, Eron, Misr kabi qadimiy davlatlar qatorida turadi. Milliy davlatchiligimiz qadimiy, diyorimiz yirik davlat arboblari bilan mashhur. Bobomiz Amir Temur mamlakatimizni jahondagi eng qudratli davlat
darajasiga ko’targan. Sobiq Ittifoq davrida ko’hna tariximizning ana shu qirralari berkitilgan bo’lsa, mustaqillik yillarida o’zining asl bahosini oldi. Milliy davlatchiligimiz tajribasi, Amir Temur tuzuklari, Forobiy, Alisher Navoiylarning odil davlat qurish haqidagi dono fikr-mulohazalari mustaqillik davrida demokratik huquqiy davlat qurilishida katta madad berdi. President farmoni bilan 1996-yil Amir Temur yili deb elon qilindi. Shu yili mashhur davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 660 yilligi mamlakatimizda va jahon miqyosida keng nishonlandi. YUNESKO qarori bilan 1996-yil aprelda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag’ishlangan bir haftalik xalqaro tantanalar bo’lib o’tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal o’rnatildi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi. Samarqand va Shahrisabzda o’nlab tarixiy obidalar tamirlanib, qayta tiklandi, yangi inshoatlar qurildi, bog’lar yaratildi. Ushbu shaharlar markazida ko’rkam Amir Temur maydoni barpo etildi va ulug’vor haykal o’rnatildi. Bu shaharlarga «Amir Temur» ordeni topshirildi. Amir Temurning shaxsi butun marifiy insoniyatning boyligi ekanligi tan olindi.1997-yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 1999-yilda vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi. Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi xotirasini abadiylashtiruvchi yodgorlik majmuyi barpo etildi. 2002-yuilda Termiz shahrining 2500 yilligi, 2007-yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi, 2009-yilda Toshkent shahrining 2200 yilligi, 2006-yil 27-oktabrda Qarshi shahrining 2700 yilligi nishonlandi. 2006-yil 2-noyabr kuni Xorazm Mamun akademiyasining 1000 yilligi keng nishonlandi. keng nishonlandi.Vatanimiz ozodligi yo’lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o’z joyiga qo’yildi, asarlari nashr etildi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrining Bo’zsuv kanali bo’yida qatag’on davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Shahidlar xotirasi» yodgorligi majmuyi bunyod etildi va uning ochilish marosimi 2000-yil 12-may kuni bo’lib o’tdi. Mazkur majmua qoshida «Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyi qurilib, 2002-yil 27-avgust kuni foydalanishga topshirildi. Ushbu majmua va muzeyning tarixiy, siyosiy ahamiyati shundaki, u bugungi va kelgusi avlodlar uchun qaramlik davrida xalqimiz qanday