Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning maʼnaviy va madaniy taraqqiyoti
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ma naviy va madaniy taraqqiyotiʼ . Reja: 1 . Mustaqillik yillarida ma naviy va ma rifiy hayot. Milliy istiqlol g oyasi va ʼ ʼ ʼ mafkuraviy masalalar. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an analarning tiklanishi. ʼ 2. Mustaqilik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan ye tibor. ʼ O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati. 3. Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Marg ilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, ʼ Shahrisabz) yubileylarining jahon miqyosida keng nishonlanishi. Toshkent shahrining Islom madaniyati poytaxti deb ye lon qilinishi va uning ahamiyati. ʼ 4. Madaniyat va san at sohasining rivojlanishi. Xalqaro ko‘rik-tanlovlarning ʼ o‘tkazilishi. Milliy sport turlarining rivojlantirilishi. Beshta tashabbus va uning ma naviy madaniyatni ta minlashdagi o‘rni. ʼ ʼ 5. O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta minlash borasidagi davlat siyosati. ʼ
O`zbekiston mustaqillika yerishgan kundan boshlab milliy g‘oya, milliy istiqlol mafkurasimasalalarini haqiqiy ilmiy nazardan ishlash, tadqiq yetish dolzarb masala bo`lib kelmoqda. Milliy mafkura yaratishni taqozo yetuvchi sabablar - bu, bir tomondan, sho`ro zamonida totalitar tuzum manfaatlarini ximoya qiladigan kommunistik mafko`radan butunlay voz kechishi va sho`ro davridan meros qolgan bir qolipda fikrlash illatidan tezroq xalos bo`lish, odamlar tafakkur tarzi va dunyoqarashni kommunistik aqidalar kishanidan ozod qilish demokratik tamoyillar, qonunning ustuvorligiga hurmat tuyg‘usini kamol toptirish: Ikkinchi tomondan mafko`raviy bo`shliqqa yo`l qo`ymaslik, millat sifatida o`zligimizni anglash, yakdil va hamjihatligimizni ta’minlash shuningdek, bu hamjihatlikka qarshi qaratilgan har qanday yot mafko`raviy tazyiqlarning oldini olish, ta’bir joiz bo`lsa, o`zigaxos mafko`raviy immunitet tizimini shakllantirish. Uchinchi tomondan, mustaqilligimizning ahamiyati va mohiyati mafko`raviy vositalar orqali xalqning ongiga yetkazish, oliy bir maqsad ulug‘vor g‘oyalar sari xalqni yakdillika, fidoyilikka, yaratuvchilikka safarbar qilish. Milliy mafko`ramizning mazmun-mohiyati, ufqlari, uning asosiy tamoyillari davlatimiz rahbari asarlarida mukammal ifoda yetilgan. Dastlab 1993 yil aprel oyida Birinchi Prezident I.A.Karimov bir guruhi adiblar bilan suhbat qilib, milliy istiqlol g‘oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi. o`tgan davr mobaynida milliy mafko`raning hayotimizdagi o`rnini belgilash, uning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish, mafko`raviy tarbiya yo`nalishlarini ishlab chikish, shu asosda jamiyatimizda ijtimoiy fikrni shakllantirishda bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Biroq bu tadbirlarni amalga oshirish jarayonida mafkura yaratish masalasi naqadar keng qamrovli yekanligini ko`rsatdi. Darhaqiqatni, bu vazifa bir-ikki yillik yemas, balki millat butun umri davrida hal qiluvchi, yangi zamonaviy talablarni inobatga olib, takomillashib va boyib borishni taqozo yetuvchi jarayondir. Shu bois 2000 yil aprel oyida davlat rahbarimizning bir guruhi olim va adiblar bilan navbatdagi uchrashuvda va “Fidokor” gazetasi muxbirining savollariga javoblarida (2000 y, iyun) yendi milliy mafko`raning asosiy konsepsiyasini ishlab chiqarishga, nazariyadan amaliyotga o`tish kerakligiga alohida ye’tibor berildi. Milliy mafkura
yeng avvalo millatning yaqin va uzoq davriga mo`ljallangan maqsadini amalga oshirishda inson va jamiyatni harakatga keltiruvchi millatning yaratuvchilik salohiyatining g‘oyaviy mazmuni bo`lgan, inson va jamiyat hayotining ahloqiy- falsafiy nizomini tartibga soluvchi, milliy turmush tarzi va davlatchilik negizlarini mustahkamlashga xizmat qiladigan g‘oyaviy asoslardan iboratdir. Birinchi Prezidentimiz milliy mafko`ramiz, ikki asosiga, birinchi navbatda, xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga, bir so`zbilan aytganda, milliy qadriyatlarimizga, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib, shu bilan birga, zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yuto`qlardan oziqlangan, ularni o`zigaqamrab olgan holda, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati va farovonligi yo`lidaxizmat qilmog‘i darkorligini ta’kidladi. Milliy mafkura kishilarda milliy madaniyatning, milliy ongning, milliy g‘ururning o`sishi va rivojlanishga muhim ahamiyat kasb yetadi. Milliy mafkura faqat o`zbek millatiga tegishli yemas, balki respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha millat vakillarini mustaqillikni mustahkamlash, O`zbekistonni kelajakda buyuk davlatga aylantirish, inson haq-huquqlarini ximoya qilish, ijtimoiy adolatni, demokratiyani to`laqaror toptirish, jahon hamjamiyatida o`zimizga munosib obru- ye’tibor topishimiz, maqsadlarga yo`naltirilgan yagona bayroq, yagona birlashtiruvchi kuch sifatida qaralmoqda. Ma’lumki, bizning davlatimizda hech bir mafkura davlat mafkurasisifatida o`rnatilishi mumkin yemas. Milliy mafkura jamiyatimizdagi qarashlar rang-barangligi, g‘oyalar xilma-xilligini saqlagan holda, ularni bir-biri bilan kurashishga, baxslashuviga, har qanday partiya, harakat, har qaysi inson, fuqaroning fikrini yerkin ifoda yetish va uni ximoya qilishga ziyon va tazyiq ko`rsatmasligiga yo`naltirilgan. Albatta, hozirgi kunda milliy mafko`ramiz. yaratilishining boshlang‘ich davrini shohidi bo`lyapmiz, ammo, yeng asosiysi, odamlarning fikri tafakkuri, dunyoqarashi o`zgarib, milliy iftixor tuyg‘usi shakllanmoqda. Binobarin, yeng qiyin ish inson mafko`rasini o`zgartirish. Milliy mafkura yoki g‘oya qudrati ishontirish bilan belgilanadi. Shu bois kun tartibiga milliy mafko`rani yaxlit ilmiy konsepsiyaga solib, jamoatchilikka mos sodda, ommabop shaklda yetkazishdan iborat. Mafko`raviy ishlarni amalda oshirishda
ta’lim-tarbiya masaslalari, ommaviy axborot vositalari, “Mahalla”, “Kamolot”, “Oila” kabi qator jamoatchilik tashkilotlarni ma’naviy-madaniy markazlarning ahamiyati juda katta. Ayniqsa, ta’lim muassasalari ishi va ularda qo`llaniladigan darsliklar, qo`llanmalar mazmun-mohiyati milliy g‘oya ruhi bilan sug‘orilsa uning ta’sir doirasi kengayib boradi. Mustaqillik sharofati ila O` zbekiston ma’naviy hayoti, madaniy taraqqiyoti uchun yangi davr boshlandi. Istiqlol tufayli xalqimiz ma’naviyat zug‘umlaridan ozod bo`ldi, yerkin fikrga milliy, tiklanishga keng yo`l ochildi. Ma’naviy hayotdagi tub sifat o`zgarishlar xalqimiz ma’naviy salohiyatini mamlakatimizning yertangi porloq istiqboli uchun, milliy o`zligimiz va qadriyatlarimizning tiklanishi uchun va qolaversa milliy ongi va gururi, uyg‘oq vatanparvar insonni tarbiyalash uchun qaratilgan. Birinchi Prezidentimiz Karimov I.A. ta’kidlaganidek: “Davlatimizning qanchalik tez ulg‘ayishi, kuch-quvvat ado yetishi, dunyo hamjamiyatida o`zigamunosib o`rin yegallashi, avvalombor, halqimiz ma’naviy saviyasi, g‘ururi va fahri nechog‘lik yuksak bo`lishiga bog‘liqdir Ana shuni inobatga olgan holda yangi jamiyat barpo yetmoqchi bo`lib, yeng asosiy yo`nalishlardan biri sifatida halqimiz tarixini, ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash vazifasini quydik”. Darhaqiqatni, mustaqilligimizni dastlabki kunlaridanoq xalqimizning ko`pasrlar mobaynida yaratgan g‘oyat o`lkan bebaho ma’naviy va madaniy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan nihoyatda muhim vazifa sifatida qaralib, keng ko`lamli jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi tarixiy ishlarning amalga oshirilishi yangi jamiyatimiz ma’naviyati binosining qad rostlashiga muhim omil bo`lmoqda. Natijada respublikamizda ma’naviyat sohasining yangi tizimi vujdga kela boshladi. “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, “Ta’lim markazi”, “O`zbekkino”, “O`zbeknavo”, “O`zbekraqs”, “O`zbekteatr”, “O`zbekmo`zey”, Badiiy akademiya, O`zbek amaliy san’at markazi, Milliy madaniy markazlar, o`rtaOsiyo madaniyat xodimlari assotsiatsiyasi kabi madaniy-ma’rifiy tashkilotlar va ko`plab jamg‘armalarning tuzilishi respublika ma’naviyati asosiy sohalarining tarkib topishi va rivojlanishiga zamin bo`ldi
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o`rganish masalalariga alohida ye’tibor berilmoqda. Sovet davridagi sinfiylik yondashuv va hukmron kommunistik mafkura tayziqi ostida taqiqlangan tarixiy mavzulardagi asarlar chop yetilib, xalqimiz tarixini holislik, haqqoniylik asosida tiklash va chuqur, har tomonlama tadqiq qilishga kirishildi. Bu borada o`zbek xalqi va o`zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini holisona ilmiy asosda yoritish vazifalarini Birinchi Prezident I.A. Karimov bir guruhi tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bo`lgan suhbati va Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g‘risida”gi qarorida belgilanishi alohida ahamiyat kasb yetdi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq dunyo taraqqiyotiga, jahon sivilizatsiyasiga katta xissa qo`shgan ajdodlarimiz - buyuk mutafakkirlar, davlat arboblari ma’naviy merosini va hayotini o`rganish avj oldi. Jumladan, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Burxonuddin Rabg‘o`ziy qabilarning asarlari chop yetilishi milliy qadriyatlarimizni tiklashda katta yuto`q bo`ldi Vatanimiz ozodligi yo`lidashahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa allomalarimizning hurmati joyiga qo`yildi va ma’naviy meroslari xalqimizga qaytarildi. Buyuk ajdodlarimiz tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash ham xalqimizning ulug‘vor an’analariga aylanmoqda. Jumladan, istiqlol yillarida Alisher Navoiy (1991), Zahiriddin Bobur (1993), Bahovuddin Naqshband (1993), Abduholiq G‘ijduvoniy (1993), Fer(1995) kabi buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bekning 600 yillik (1994), Najmiddin Kubroning 850 yillik (1995), Amir Temurning 660 yillik (1996), Imom Buxoriyning 1225 yillik (1998) va Ahmad Farg‘oniyning 1200 yillik (1998) yubileylariga bog‘liq tadbirlar nafaqat o`lkamizda, balki Yunesko orqali xalqaro doiralarda nishonlanishi vatandoshlarimizda milliy faxr tuyg‘ularini yuksaltirdi. Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Fayzulla Xo`jaev, Jaloliddin Manguberdi va boshqa arboblarning yubileylarini o`tkazish yuzasidan ko`rilgan chora tadbirlar ham ma’naviy hayotdagi muhim qadamlar bo`ldi Yosh avlodni ma’naviy barkamollik ruhida