logo

Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi taraqqiyoti

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

34.734375 KB
Mavzu: Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi taraqqiyoti
Reja:
1.Qoraqolpogiston Respublikasining tashkil topishi
 2. Qoraqalpog’iston respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti
3. Qoraqalpog’iston respublikasida xalq ta’limi, fan va madaniyat
4. 2016-2020 yillarda Qoraqlpog`iston Respublikasi taraqqiyoti 1.1924-yilda Qozog’iston ASSR tarkibida Qoraqalpog’iston Muxtor (Avtonom)
viloyati tashkil qilindi. Viloyat volostlarga bo’linadigan To’rtko’l, Chimboy, Xo’jayli
va   Qo’ng’irot   okruglaridan   iborat   edi.1925-yil   12-19-fevralda   To’rtko’l   shahrida
Muxtor viloyat  Sho’rolarning 1-Tasis qurultoyi bo’lib o’tdi. Unda Qoraqalpog’iston
Muxtor   viloyatining   Qozog’iston   ASSR   tarkibiga   «o’z   ixtiyori   bilan   kirganligi»
qonunlashtirildi.   Albatta,   viloyat   aholisining   milliy   tarkibi   ham   e`tiborga   loyiq   edi.
Muxtor   viloyat   tashkil   etilgan   paytda   viloyat   hududidagi   aholining   38,5   foizini
qoraqalpoqlar,   28,7   foizini   o’zbeklar,   28,6   foizini   qozoqlar   va   bor   yo’g’i   1   foizga
yaqinini   (shahar   aholisidan   tashqari)   ruslar   tashkil   etgan.Oradan   8   yil   o’tar-o’tmas
Qoraqalpog’iston   Muxtor   viloyatini   yana   «O’z   ixtiyoriga   ko’ra»   Qozog’iston
tarkibidan   olib   RSFSR   tarkibidagi   Qoraqalpog’iston   Muxtor   Sho’ro   Sotsialistik
Respublikasi   (QQASSR)ga   aylantirish»   zarurati   tug’ildi.   Bu   qo’lbola   zaruriyat
Qoraqalpog’iston   viloyati   Ijroiya   Qo’mitasining   1932-yil   5-martdagi   navbatdan
tashqari   bo’lib   o’tgan   IV   plenumida   quyidagicha   asoslandi:   «Qoraqalpog’istonning
Moskva   va   sanoat   Markazlaridan   uzoqligini,   madaniy   va   iqtisodiy   jihatdan
qoloqligini,   yanada   rivojlanishi   istiqbollarini   hisobga   olib,   Butunittifoq   Markaziy
Ijroiya   Qo’mitasi   Prezidumidan   Qorqalpog’iston   Muxtor   viloyatini   RSFSRga
kiradigan   Muxtor   Sho’ro   Sotsialistik   Respublikasiga   aylantirish
so’ralsin».Qoraqalpoq   xalqining   «iltimosi»   qondirilib,   Butunittifoq   MIK   Prezidiumi
1932-yil   20-martdagi   qarori   bilan   Qoraqalpog’iston   Muxtor   viloyati
Qoraqalpog’iston   Muxtor   Sho’ro   Sotsialistik   Respublikasiga   aylantirilib   RSFSR
tarkibiga kiritildi.Ammo oradan yana bor-yo’g’i 4 yil o’tar-o’tmas Qoraqalpog’iston
Muxtor   Sho’ro   Sotsialistik   Respublikasini   RSFSR   tarkibidan   O’zbekiston   Sho’ro
Sotsialistik   Respublikasiga   «oshirish   ehtiyoji»   paydo   bo’ldi.   Bu   «ehtiyoj»   uchun
RSFSR bilan QQASSR o’rtasida umumiy chegaralar yo’qligi «asos» bo’ldi. 1936-yil
may   oyida   tayyorlangan   SSSRning   yangi   Konstitutsiyasi   loyihasida   QQASSRni
RSFSR   tarkibidan   chiqarib,   O’zbekiston   SSR   tarkibiga   kiritish   ko’zda   tutilgan
edi.Butunittifoq   Sho’rolarining   1936-yil   5-dekabrda   bo’lib   o’tgan   favqulodda   VIII
qurultoyida   SSSRning   yangi   Konstitutsiyasi   qabul   qilindi.   Mazkur   Konstitutsiya
asosida   tayyorlanib   1937-yil   12-fevralda   tasdiqlangan   O’zbekiston   SSR Konstitutsiyasida   QQASSRning   O’zbekiston   Sho’ro   Sotsialistik   Respublikasi
tarkibiga kirganligi qonun bilan mustahkamlandi.Qoraqalpog’iston xalqlari qariyb 70
yildan   beri   O’zbekiston   xalqlari   bilan   ijtimoiy-siyosiy   hayotning   barcha   sohalarida
bir-birlari   bilan   og’alarcha   yelkadosh   bo’lib   yashab   kelmoqdalar.Sobiq   Ittifoq
parchalangandan   so’ng   mustaqil   O’zbekiston   tarkibidagi   suveren   Qoraqalpog’iston
Respublikasi   maqomini   oldi.   Bu   tabiiy   hodisa   edi.   Chunki,   asrlar   mobaynida
qoraqalpoqlar   bilan   o’zbek   xalqi   o’rtasida   do’stlik,   qardoshlik   munosabatlari   qaror
topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orol
bo’yi   kengliklarida   qadimdan   o’zbek   va   qoraqalpoq   ajdodlari   birgalikda   yashab,
mehnat qilishdi. O’zlarining taraqqiyot yo’llarini bosib o’tishdi.1990-yil 14-dekabrda
Qoraqalpog’iston   Respublikasida   «O’zbekiston   Respublikasi   tarkibida
Qoraqalpog’iston   Respublikasi   Davlat   suvereniteti   to’g’risida»gi   Deklaratsiya   qabul
qilindi.Mazkur   Deklaratsiya   1991-yil   31-avgustda   qabul   qilingan   «O’zbekiston
Respublikasi   davlat   mustaqilligi   asoslari   to’g’risida»gi   Qonunda   o’zining   huquqiy
asosini   topdi.   Unda   Qoraqalpog’istonning   hududiy   yaxlitligi   va   mustaqilligi   e`tirof
etildi.   Qonunda   Qoraqalpog’iston   va   O’zbekiston   o’rtasidagi   munosabatlarni   teng
huquqlilik,   ikki   tomonlama   shartnomalar,   bitimlar   va   boshqa   qonun   aktlari   asosida
mustahkamlash ko’rsatib berildi.
O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi o’rtasidagi siyosiy,
huquqiy,   iqtisodiy   va   madaniy   munosabatlar   O’zbekiston   Respublikasining
Konstitutsiyasida (70-75-moddalar) o’z aksini topdi (10-ilova).
Natijada ikki tomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o’z taqdirini o’zi
belgilash,   mustaqil   taraqqiyot   hamda   milliy   davlatchilikni   mustahkamlashdagi   roli
oshdi.   Kelajakka   qatiy   ishonch   bilan   qaraydigan,   olis   istiqbolni   yaratishning
kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo’ldi.
Konsitutsiyaning   21-moddasiga   asosan  Qoraqalpog’iston  Respublikasi   fuqarosi
ayni   paytda   O’zbekiston   Respublikasi   fuqarosi   hisoblanadi.   Bu   qoraqalpoq   xalqiga
O’zbekiston  xalqlarining barcha  huquqlardan  foydalanish  imkonini  beradi. Ularning
haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Qoraqalpog’iston Respublikasi taraqqiyoti uchun qator imkoniyatlar beradi. Masalan, O’zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   82-moddasida   mustahkamlab
qo’yilganidek,   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Raisi   o’rinbosarlaridan   biri   -
Oliy   Majlis   deputati,   Qoraqalpog’iston   Respublikasi   Jo’qarg’i   Kengesi   Raisi
hisoblanadi.O’zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   98-moddasiga   binoan
Qoraqalpog’iston   Respublikasi   hukumati   rahbari   lavozimi   bo’yicha   O’zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   tarkibiga   kiradi.   107-moddaga   binoan   esa,
O’zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyaviy   sudi,   Oliy   sudi,   Oliy   xo’jalik   sudi
tarkibiga   Qoraqalpog’iston   Respublikasining   xuddi   shunday   sud   organlarining
rahbarlari   kiradi.   Sud   hujjatlari   o’zbek   tili   bilan   birga   qoraqalpoq   tilida   ham   olib
boriladi (115-modda).
O’zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   71-moddasida   belgilab
qo’yilganidek,   Qoraqalpog’iston   Respublikasi   o’z   Konstitutsiyasiga   ega   bo’lmog’i
kerak. Ana shu huquqiy asosga  ko’ra Qoraqalpog’iston Respublikasi  Oliy Kengashi
o’zining   o’n   ikkinchi   sessiyasida   (1993-yil   9-aprelda)   Qoraqalpog’iston
Respublikasining   Konstitutsiyasini   qabul   qildi.Qoraqalpog’iston   Respublikasining
Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hech qanday monelik
qilmaydi,   aksincha,   uni   bosh   huquqiy   asos   sifatida   biladi   va   Qoraqalpog’iston
hududida   to’la   amal   qilishini   ta`minlaydi.   O’zbekiston   Respublikasi   qonunlari
Qoraqalpog’istonning   butun   hududida   majburiy   ekanligi   e`tirof   etilgan.
Qoraqalpog’iston   milliy   davlatchiligi   o’z   taraqqiyoti   tarixida   birinchi   marta   ana
shunday   insonparvar,   adolatli,   demokratik   imtiyozlarga   ega   bo’ldi.   Ayni   paytda   u
suveren   davlatning   barcha   ramzlariga   ega.1992-yil   14-dekabrda   Qoraqalpog’iston
Respublikasi   Oliy   Kengashining   o’n   birinchi   sessiyasida   Qoraqalpog’iston   Davlat
bayrog’i   tasdiqlandi.1993-yil   9-aprelda   Qoraqalpog’iston   Respublikasi   Oliy
Kengashining o’n ikkinchi sessiyasida Davlat gerbi tasdiqlandi.
1993-yil   4-dekabrda   Qoraqalpog’iston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   o’n
to’rtinchi   sessiyasida   Davlat   madhiyasi   tasdiqlandi.Qoraqalpog’iston   Respublikasi
Konstitutsiyasiga   asosan   1994-yil   25-dekabrda   Oliy   Kengashning   75   deputatdan
iborat   yangi   tarkibi   muqobillik   asosida   saylandi.   Respublika   parlamenti
Qoraqalpog’iston   Respublikasi   Jo’qarg’i   Kengesi   deb   ataldi.   Jo’qarg’i   Kengesning 1995-yil   11-yanvarda   Nukus   shahrida   bo’lib   o’tgan   birinchi   chaqiriq   birinchi
sessiyasida   Jo’qorg’i   Kenges   Raisi,   uning   o’rinbosarlari,   mandat   komissiyasi,   8   ta
qo’mita raislari va uning azolari saylandi. Ayni paytda, deputatlar qo’mitalar raislari
rahbarligida   Qoraqalpog’iston   qonunchilik   tizimini   yaratishda   faol   ishtirok
etmoqdalar.Xususan,  demokratik  jamiyat  qurish  hamda erkin bozor   munosabatlarini
shakllantirishga   mo’ljallangan   muhim   qonun   va   qarorlar   qabul   qilindi.   Jo’qorg’i
Kenges   Raisi   qoshida   doimiy   harakatdagi   Kengash   tashkil   qilindi.   Uning   tarkibiga
Jo’qarg’i Kenges Raisi, Rais o’rinbosarlari, mandat komissiyasi va qo’mitalar raislari
kiradi.Qoraqalpog’iston   Respublikasi   ijroiya   hokimiyat   organi   Vazirlar   Kengashi
hisoblanadi.   Uning   tarkibiga   Rais,   ikkita   birinchi   o’rinbosar   va   4   ta   tarmoq
o’rinbosarlari   kiradi.   Shuningdek,   ijroiya   hokimiyat   tarkibiga   vazirliklar   va   qator
tarmoq qo’mitalari rahbarlari ham kiritilgan.
Qoraqalpog’iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashi   Toshkent   shahrida
O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   qoshida   o’zining   ish   olib   boruvchi
doimiy   vakiliga   ega.Qoraqalpog’iston   Respublikasida   faoliyat   ko’rsatayotgan   qator
jamoat tashkilotlari bu yerda demokratik jarayonlarning tobora qaror topayotganidan
dalolat   beradi.   Ayni   paytda,   Respublika   hududida   hukumatga   qarashli   bo’lmagan
qator   tashkilotlar,   jumladan,   «Orol   va   Amudaryoni   himoya   qilish   uyushmasi»,
«EKOSAN»,   «Aralsos»,   «Sog’lom   avlod   uchun»   singari   bir   qator   xalqaro
tashkilotlarning   bo’limlari   ish   olib   bormoqda.Ayni   vaqtda,   shuni   takidlash   joizki,
istiqlol   yillarida   Qoraqalpog’istonda   qonunchilik,   ijroiya   va   sud   hokimiyatining
zamonaviy  tizimini   vujudga keltirishda  dastlabki  qadamlar  qo’yilgan  bo’lsa-da,  xali
bu   borada   qator   muammolar   saqlanib   qolmoqda.1997-yil   17-iyul   kuni   Nukusda
bo’lgan   Qoraqalpog’iston   Respublikasi   Jo’qarg’i   Kengesining   navbatdan   tashqari
sessiyasi   qonun   chiqaruvchi   va   ijroiya   hokimiyati   faoliyatlarida   davom   etib
kelayotgan   kamchiliklarni   chuqur   tahlil   qildi.   Xususan,   qabul   qilingan   qonun   va
qarorlarni   hayotga   to’la   tatbiq   qilinishida,   ijroiya   intizomini   qaror   topdirishda   xali
jiddiy   kamchiliklar   borligi   qayd   qilindi.   Jumladan,   Jo’qarg’i   Kenges   va   Vazirlar
Kengashi   faoliyatlaridagi   bir-birini   takrorlash   hollari   tanqid   qilindi.   Amaliy
faoliyatga   xalaqit   berayotgan   rasmiyatchilik,   qog’ozbozik,   bo’lar-bo’lmas malumotlar   to’plash   kabi   nuqsonlar   tilga   olindi.Kadrlarni   tanlash   va   joy-joyiga
qo’yishdagi   rasmiyatchilik   illatlariga   barham   berish   alohida   takidlandi.   Jo’qarg’i
Kenges   amalda   tarixga   aylanib   qolgan   va   o’tmish   sarqiti   hisoblangan   -   sho’rolar
davridagi «Oliy Sovet Prezidiumi» rolini bajarayotgani ko’rsatib o’tildi.
Jo’qarg’i   Kenges   qo’mitalari   faoliyati   o’z   maqomiga   va   o’z   oldiga   qo’yilgan
vazifalarga   mos   kelmayotgani,   ishlab   chiqarishga   doir   masalalar   bilan   o’ralashib
qolayotgani ko’rsatib o’tildi.
Uchala   hokimiyat   organi   kengashi   va   sud   hokimiyatlari   o’z   maqomi   doirasida
ish   olib   bormog’i   lozimligi   qayd   etildi.   Ana   shunda   haqiqiy   demokratik   jamiyat
shakllanadi.Qoraqalpog’iston   respublikasining   iqtisodiy   va   ijtimoiy   taraqqiyoti
O’zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ko’p millatli
Qoraqalpog’iston   xalqlarining,   ana   shu   mo’tabar   yurt   kishilarining   ham   munosib
hissasi   bor.Shu   bois   O’zbekiston   hukumati   bu   masalada   Qoraqalpog’iston
Respublikasini   har   tomonlama   qo’llab-quvvatlamoqda.   1996-yilda   ushbu   maqsadlar
uchun 10 milliard so’m ajratildi. Bu Qoraqalpog’iston milliy daromadining 55 foizini
tashkil   qiladi.   Bundan   tashqari,   Qoraqalpog’istonga   berilayotgan   moliyaviy   yordam
miqdori   1994-yilga   nisbatan   18-barobar   ko’paydi.O’zbekiston   hukumatining   amaliy
yordami   hamda   qoraqalpoq   xalqining   fidoiy   mehnati   tufayli   keyingi   yillarda
Qoraqalpog’istonda   aholi   turmush   sharoitini   yaxshilash,   tub   iqtisodiy   islohotlarni
amalga  oshirish   borasida   qator   ijobiy  natijalarga  erishildi.  Eng  avvalo,  elda  tinchlik
va   barqarorlik   mustahkamlandi.   Hamjihatlik   bilan   yurt   istiqboli   yo’lida   mehnat
qilishga   sharoit   yaratildi.   O’lkada   mulkchilikning   yangi   shakllari   paydo   bo’la
boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat sohasida nodavlat sektorning hissasi oshib bordi.
Ayni paytda sanoat, qishloq xo’jaligi va savdoda bu ko’rsatkich 80-90 foizni tashkil
etmoqda.   Qoraqalpog’iston   iqtisodiyotining   boshqa   yo’nalishlarida   ham   islohotlar
izchil amalga oshirila boshlandi.
Qoraqalpog’istonda   1996-yilda   51   ta   mayda   ulgurji   tizim,   shu   jumladan   2   ta
savdo   uyi,   13   ta   mayda   ulgurji   savdo   do’konlari   va   omborlar,   17   ta   ko’tara   savdo
bozor   hamda   O’zbekiston   tovar   xomashyo   birjasi   Qoraqalpog’iston   bo’limi   19   ta
supermarket do’konlari faoliyat ko’rsatdi. 1997-yilning birinchi yanvarigacha bo’lgan ma`lumotlarga   qaraganda   xususiylashtirishdan   tushgan   mablag’larning   umumiy
hajmi   330   million   so’mni   tashkil   etdi.   Uning   20   foizi   o’lka   ijtimoiy   taraqqiyotiga
ajratildi.   50   foizi   esa   bilan   birga   Qoraqalpog’iston   Respublikasi   davlat   mulkini
xususiylashtirish   qo’mitasi   xususiylashtirilgan   korxonalar   va   tadbirkorlarni   qo’llab-
quvvatlash maqsadida 13,8 million so’m kredit ajratdi. 2002-yilda 9 ta korxona davlat
tasarrufidan chiqarildi.
Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 1996-yilda fond birjalari
filiallarida   191,6   million   so’mlik   aksiyalar   sotildi.   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidentining davlat korxonalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirish, qimmatbaho
qog’ozlar bozorini rivojlantirishga oid farmonlarini bajarish amalda o’z samaralarini
bera   boshladi.1997-yil   1-yanvar   holatiga   qaraganda   respublikada   soliq   idoralari
tomonidan   318   ta   aksionerlik   jamiyatlari   ro’yxatga   olindi.   1996-yil   yakuniga   ko’ra
ishlab   chiqarilgan   mahsulot   hajmi   11   milliard   so’mlikni   tashkil   etdi.   Bu   1995-yilga
nisbatan 2,2 marta ko’pdir.
Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga
o’sdi.   144   ta   sanoat   korxonalari   va   birlashmalaridan   113   tasi   mulkchilikning   turli
shakllariga   o’tib   ishlay   boshladi.   To’rtko’l   tumanida   2000-yil   6-martdan   e`tiboran
Rossiyaning   Savvinovo   yigiruv   fabrikasi   bilan   hamkorlikda   yiliga   2750   tonna   ip-
kalava ishlab chiqaradigan qo’shma korxonani qurib tugallashga kirishildi. Kichik va
xususiy korxonalar, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar
rivojlandi.   Mikrofirmalar   soni   1999-yildagi   3755   tadan   2000-yilga   kelib   5565   taga
yoki 1,5 martaga, fermer xo’jaliklari soni esa 1823 tadan 2353 taga yoki 1,6 martaga
ko’paydi.   Birgina   2002-yilning   o’zida   respublikaning   12   ta   tumanida   21   ta   qishloq
xo’jalik   korxonalari   negizida   yangidan   901   fermer   xo’jaliklari   tuzildi   va   faoliyat
ko’rsatib turgan 79 ta fermer xo’jaliklariga qo’shimcha yer maydonlari ajratilib, jami
980   ta   fermer   xo’jaliklari   tuzildi.   Ular   bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   ishlashga
moslasha   boshladilar.   Mehnat   unumdorligi   va   mahsulot   ishlab   chiqarish   hajmi   o’sa
boshladi.   Respublikada   1996-yilda   amaldagi   narxlarda   10754,4   so’mlik   sanoat
mahsuloti ishlab chiqarildi. Bu solishtirma narxlarda olganda 1995-yildagiga nisbatan
101,5   foizni   tashkil   etadi.   2000-yilga   kelib   yalpi   mahsulot   yetishtirishda   kichik   va o’rta  biznes   hajmining  ulushi   27  foizni   tashkil   etdi.  Bu  1999-yilgi   ko’rsatkichdan   3
foizga   ko’p   demakdir.   Kichik   va   o’rta   tadbirkorlik   subyektlariga   tijorat   banklari   va
byudjetdan tashqari jamg’armalar tomonidan 2000-yilda 2,9 milliard so’m miqdorida
kreditlar   berildi.   Natijada   harakatsiz   turgan   korxonalar   sonini   771   taga   kamaytirish
imkoniyati  tug’ildi.1991-2003-yillarda  natura  ko’rinishida  mahsulot   ishlab  chiqarish
ham   ko’paydi,   xususan   past   voltli   apparaturalar,   yo’l   qurilishi   mashinalari   ehtiyot
qismlari,   yengil   sanoat   texnologik   uskunalari   va   ularning   ehtiyot   qismlari,   mebellar
va   boshqalar   ana   shular   jumlasidandir.Paxtadan   ip   ishlab   chiqarish,   ip   gazlamalari,
tayyor trikotaj buyumlar, istemol mahsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab
chiqarish   ko’paydi.2003-yilda   yig’ma   temir-beton   konstruksiyalari   va   detallari,
toshdan   bezakli   materiallar   tayyorlash,   qandolatchilik   mahsulotlari,   o’simlik   yog’i,
uzum vinosi, salqin ichimliklar va osh tuzi ishlab chiqarish o’sdi.
Bir qator yangi sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Jumladan, 1995-yilda
Xo’jayli   shahrida   shisha   idishlar   zavodi   qurilib   foydalanishga   topshirildi.   Natijada
respublikaga   chetdan   shisha   idishlarni   tashib   keltirish   sezilarli   darajada
kamaydi.Respublikaning   Ustyurt-Orolbo’yi   mintaqasi   yirik   neftgaz   hududlarining
(Kaspiybo’yi,   To’qay   va   Amudaryo   tekisligi)   qo’shilgan   joyida   joylashgan   bo’lib,
O’zbekiston Respublikasi hududida eng katta neftgaz maydoni (90 ming kv. km dan
ziyod)   bo’lib   hisoblanadi.Mustaqillik   yillarida   mazkur   hududda   7   ta   gaz   va   gaz
kondensati koni ochildi. Bu konlarda aniqlangan umumiy gaz zaxirasi 100,1 milliard
metr kub, gaz kondensati zaxirasi 2523,1 ming tonnani tashkil etadi.
1995-yilda   Qo’ng’irotdagi   37,4   milliard   metr   kub   gaz   va   739   ming   tonna   gaz
kondensati zaxirasiga ega bo’lgan «Urga» koni foydalanishga topshirildi. 2003-yilga
kelib   mazkur   kondan   bir   kunda   3,2   million   metr   kub   gaz,   24   tonna   gaz   kondensati
qazib   olinmoqda.   2002-yilning   noyabr   oyidan   boshlab   «Sharq   Berdaq»   koni
foydalanishga topshirildi. Mazkur kon bir kunda 3,0 million metr kub gaz va 16 tonna
gaz   kondensatini   qazib   olish   quvvatiga   ega.2002-yili   Ustyurt-Orolbo’yi   hududida
joylashgan   konlardan   1,2   milliard   metr   kubdan   ortiq   gaz   va   10,4   ming   tonna   gaz
kondensati   qazib   olindi.Mustaqillik   yillarida   respublikada   aholi   punktlarini gazlashtirish   bo’yicha   bir   qator   ijobiy   ishlar   amalga   oshirildi.   2000-2003-yillar
mobaynida 98 aholi punktlariga tabiiy gaz yetkazib berildi.
1993-yilda respublikada 59 foiz aholi gaz, 52 foiz aholi toza ichimlik suvi bilan
taminlangan bo’lsa, 2003-yilga kelib esa aholini gaz bilan taminlash 91,7 foizni, toza
ichimlik   suvi   bilan   taminlash   esa   66,2   foizni   tashkil   etdi.   Mustaqillik   yillarida
Qoraqalpog’iston   Respublikasi   xalq   xo’jaligining   qurilish   sohasida   ham   muayyan
ijobiy   ishlar   amalga   oshirilmoqda.   Jumladan,   aholining   infratuzilma   inshootlari
bo’yicha   keyingi   12   yil   ichida   97   ta   qishloq   shifokorlik   shahobchalari,   90   o’rinli
shifoxona,   11900   o’quvchiga   mo’ljallangan   maktab   binolari,   7,5   ming   kv.   m   turar
joy, 2 ming km gaz tarmoqlari, 1,4 ming km suv tarmoqlari foydalanishga topshirildi.
Natijada respublikada  390 ta qishloq aholi  punktlari  toza ichimlik suvi  bilan, yuzga
yaqin aholi punktlari esa tabiiy gaz bilan taminlandi.
«Qoraqalpoqqurilish»   aksionerlik   jamiyatida   Italiya   firmalarining   yuqori   sifatli
jihozlari bilan jihozlangan, yiliga 60 ming kvadrat metr marmar bloklari va plitalari
ishlab chiqaradigan yangi marmar sexi ochildi. «Nukusun» zavodida esa spirt ishlab
chiqaradigan yangi sex qurildi.
Yengil   sanoat   ishlab   chiqarishining   bazasi   kengaya   bordi.   1993-yilda   Nukus
shahrida   «Kateks»   to’qimachilik   majmuasi,   1995-yilda   Ellikqala   tumanida   ham
«Elteks» nomli xuddi shunday to’qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi.
Moliyaviy   qiyinchiliklarga   qaramay   qishloq   xo’jaligi   mahsulotlarini   qayta
ishlash   bo’yicha   qator   chora-tadbirlar   amalga   oshirildi.   Nukus   va   Qo’ng’irot   un
kombinatlari,   To’rtko’lda   3   million   shartli   banka   konserva   mahsulotlari   ishlab
chiqaradigan zavod, Ellikqala tumanida esa shunday quvvatga ega bo’lgan konserva
sexi   foydalanishga   topshirildi.1991-2003-yillar   mobaynida   respublikada   arxitektura
qurilishi   sohasida   katta   yutuqlarga   erishildi.   Bu   yillar   mobaynida   Sanat   va   Berdaq
nomidagi muzeylar, Mirzo Ulug’bek, Ajiniyoz, «Markaziy bank», «Xalq», «Paxta»,
«Tadbirkor»,   «Asaka»   banklari,   Xo’jalik   sudi,   Nukus   aeroporti   binolari,   respublika
markaziy   shifoxonasining   binolari   qayta   tamirlandi   va   bunyod   etildi.   80   kilometrli
Qo’ng’irot-Beynov   avtomobil   yo’li,   Nukus-Xo’jayli   yo’nalishida   temir-beton
ko’prigi   qurilib   foydalanishga   topshirildi.   Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va xususiylashtirish natijasida 144 ta sanoat  korxonasidan 113 tasi mulkchilikning turli
shakllariga o’tib ishlay boshladi. Nodavlat shakliga o’tib ishlayotgan korxonalarning
rivojlanish  darajasi  nisbatan  yuqori  bo’ldi. Shuningdek,  bu korxonalarning iqtisodiy
samaradorligi, foyda olish borasida ham sezilarli yutuqqa erishdi. Bu borada xususiy
korxonalar,   ayniqsa,   peshqadamlik   qila   boshladi.   Nukus   aeroportining   bahosi   151,8
million so’m bo’lgan yangi binosi qurilib, foydalanishga topshirildi. 2002-yili rasmiy
delegatsiya   zalida   va   Nukus   shahar   aviakassa   agentligining   binosiga   jahon
andozalariga   javob   beradigan   darajada   tamirlash   ishlari   olib   borildi   va   zamonaviy
texnik   asbob-uskunalar   bilan   jihozlandi.   2002-yilda   Nukus   aerovokzal   majmuasi
tamirdan   chiqarildi   va   soatiga   200   nafar   mijozga   xizmat   ko’rsatish   quvvatiga   ega
bo’ldi
«Uchquduq-Miskin-Qorao’zak»   temir   yo’l   liniyalari   ishga   tushirilib,   qo’shni
Turkmaniston   Respublikasi   hududidan   o’tmaydigan   bo’ldi.   Miskin,   To’rtkul   va
Ellikqala   temir   yo’l   vokzallari   qurib   foydalanishga   topshirildi.   «Qo’ng’irot-Nukus-
Chimboy»,   «Nukus-To’rtkul»   va   «To’rtkul-Uchquduq»   yo’nalishlari   tashkil   etildi.
«Uchquduq-Miskin-Nukus»,   «Toshkent-Nukus-Qo’ng’irot-Toshkent»,   «Andijon-
Nukus-Saratov»   va   boshqa   shaharlararo   yo’nalishlar   tashkil   etildi.Hozirgi   vaqtda
«O’ztelekom»   aksionerlik   kompaniyasining   «Qoraqalpoqtelekom»   filialida   132,9
ming   telefon   nuqtasi,   yani   202   avtomat   telefon   stansiyasi   aholiga   xizmat
ko’rsatmoqda.1999-yildan   boshlab   Yaponiya   fondining   OECF   krediti   bo’yicha
Qoraqalpog’iston   Respublikasining   9   ta   shahar   tumanlarida   (Nukus,   Taxiatosh
shaharlari va To’rtkul, Beruniy, Ellikqala, Xo’jayli, Kegayli, Nukus tumanlari) qayta
qurish va rivojlantirish loyihasi bo’yicha yangidan 306 kilometr shisha tolali kabelli
78,5   ming   raqamlik   ATS   va   6720,0   ming   portga   ega   raqamli   shaharlararo   telefon
stansiyalari   ishga   tushirildi.   Mazkur   ATSlar   orqali   abonentlar   jahondagi   180
davlatiga   sanoqli   soniyalarda   bog’lanishi   va   sifatli   so’zlashish   imkoniyatiga   ega.
Mazkur   dasturning   ikkinchi   bosqichi   bo’yicha   Chimboy,   Qorako’zak,   Taxtako’pir,
Amudaryo, Qanliko’l, Bo’zatov tumanlarida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Qoraqalpog’istonda   mehnatga   layoqatli   aholining   asosiy   qismi   qishloqda
istiqomat   qiladi.   Mustaqillik   yillarida   boshqa   sohalar   qatorida   agrar   sektorda   ham iqtisodiy   qayta   qurish,   bozor   munosabatlariga   o’tish   ro’y   berdi.   Qishloq   xo’jaligi
ilgarigidek,   o’lka   iqtisodiyotining   yetakchi   tarmog’i   bo’lib   qoldi.   1997-yil   1-yanvar
holatiga   respublikada   263   ta   qishloq   xo’jalik   korxonasi   faoliyat   ko’rsatdi.   Nodavlat
sektorining   jami   ishlab   chiqarilgan   mahsulotdagi   ulushi   98,3   foizni   tashkil   etdi.
Ayrim   qishloq   xo’jalik   mahsulotlari,   jumladan,   paxta   yetishtirishda   nodavlat
korxonalarining   hissasi   97,9   foizni,   donchilikda   98,1   foizni,   kartoshkachilikda   99,7
foizni,   sabzavotchilikda   98,8   foizni,   polizchilikda   100   foizni,   go’sht   yetishtirishda
98,9 foizni, sut va tuxum ishlab chiqa
Mustaqillik   yillarida   respublikada   pilla,   g’alla,   paxta,   sholi   va   boshqa   qishloq
xo’jaligi   mahsulotlari   yetishtirishga   alohida   etibor   qaratildi.   Jumladan,   2003-yilda
o’lkada   568   tonna   pilla,   9   ming   746   tonna   g’alla   yetishtirildi.   Dehqonchilikda   ekin
maydonlarining tarkibi o’zgardi. Mazkur yilda rejadagi 8,0 ming gektar o’rniga 91,5
ming   gektar   paxta,   55,0   ming   gektar   o’rniga   61,0   ming   gektar   yerga   sholi
ekildi.Respublika   oziq-ovqat   majmuasida   shaxsiy   yordamchi   xo’jaliklarning   hissasi
tobora   ko’payib   bormoqda.   Qoraqalpog’istonda   dehqon   fermer   xo’jaliklarini   tashkil
etish bo’yicha yetarli tajriba to’plandi. Masalan, Ellikqala tumanida dehqonlarga yer,
ishlab   chiqarish   vositalari   va   yetishtirilgan   mahsulotlarga   egalik   qilish   imkonini
berish   maqsadida   mavjud   14   ta   jamoa   xo’jaliklari   dehqon-fermer   xo’jaliklari
uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq
muddatga   ijaraga   berildi.   Ana   shu   tajribani   maqullab,   O’zbekiston   hukumati   yerni
uzoq muddatga ijaraga berish bo’yicha maxsus qaror qabul qildi.1991-2003-yillarda
investitsiya   faoliyatida   sezilarli   o’zgarishlar   ro’y   berdi.   Kapital   qurilishda
korxonalarning   mablag’lari   hisobidagi   qurilishlar   hajmi   ko’payib,   byudjet
mablag’ining hissasi kamaydi.
O’tgan   yillar   mobaynida   respublikada   xorijiy   investitsiyalar   ishtirokidagi
qo’shma   korxonalar   tuzish   borasida   muayyan   ijobiy   ishlar   amalga   oshi-rildi.   2003-
yilga   kelib   respublika   bo’yicha   43   ta   qo’shma   korxona   ro’yxatdan   o’tgan   bo’lib,
shundan   ishlab   chiqarish   sohasida   32   ta,   savdo   sohasida   2   ta,   xizmat   ko’rsatish
sohasida 4 ta, qishloq ho’jalik sohasida 4 ta, transport sohasida 1 ta korxona faoliyat
ko’rsatmoqda.Respublikada 2003-yil 1-yanvar holati bo’yicha chet el kredit liniyalari orqali 6,5 million AQSH dollari miqdorida investitsiyalar, shu jumladan 5,6 million
AQSH   dollari   miqdorida   to’g’ridan-to’g’ri   investitsiyalar   jalb   etildi.   Xorijiy
investitsiyalar   ishtirokidagi   korxonalar   tomonidan   ishlab   chiqarilgan   mahsulotlar   va
ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 2003-yilda 2,2 milliard so’mni tashkil etdi.
Granit   plitalari,   tikuv,   konditer   va   qurilish   mahsulotlari   kabi   8   turdagi   yangi
mahsulotlarni   eksport   qilish   yo’lga   qo’yilib,   ularning   umumiy   soni   23   taga
yetdi.Eksport qilingan tovarlar hajmi 122,9 million dollarga teng bo’ldi. Uning tashqi
savdo   oborotidagi   ulushi   53,8   foizni   tashkil   etdi.   G’arb   mamlakatlariga   eksport
qilingan   xomashyo   113,6   million   AQSH   dollarini,   MDH   mamlakatlariga
jo’natilganlari esa 9,3 million AQSH dollarini tashkil etdi.Uzoq G’arbga asosan paxta
tolasi,   toladan   olingan   mahsulotlar,   qayta   ishlangan   neft   mahsulotlari   sotildi.   Paxta
tolasi jami eksport mahsulotlarining 95 foizini tashkil etdi.
2002-yilda   respublikada   ishlab   chiqarilgan   26,1   million   AQSH   dollari
miqdoridagi   tovarlar   eksport   qilindi.Mustaqillik   yillarida   Qoraqalpog’iston
Respublikasida   o’zini   o’zi   boshqarish   nodavlat   va   notijorat   tashkilotlar   faoliyatiga
ham   katta   etibor   qaratildi.   2000-yilga   qadar   bo’lgan   davrda   respublikada   140   ta
nodavlat   va   notijorat   tashkilotlar   mavjud   edi.   Aytish   joizki,   «Perzent»   («Farzand»),
«Qishki gullar», «Xalq hunarmandlarining ijodiy ustaxonasi», «Progress», «Orolning
oltin merosi»  va boshqa nodavlat  notijorat  tashkilotlari  to’plagan  tajribalar  diqqatga
loyiqdir.
Mustaqillik   yillarida   o’lkada   aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish,   ularni   ish   bilan
taminlash,   tadbirkorlikni   rivojlantirish   hamda   fuqarolarning   huquqlarini   muhofaza
qilish   kabi   masalalarga   alohida   etibor   qaratildi.Istiqlol   yillarida   Qoraqalpog’iston
Respublikasida   sog’liqni   saqlash   tizimida   ham   muayyan   o’zgarishlar   amalga
oshirildi. Bu borada eng avvalo aholi sog’lig’ini muhofaza qilish va mustahkamlash
uchun   tegishli   moddiy   texnik   baza   yaratish   hamda   malakali   mutaxassis   kadrlar
tayyorlashga   alohida   etibor   qaratildi.   Bugungi   kunda   o’lkada   bu   sohada   1432   ta
malakali   shifokor,   3640   ta   o’rta   tibbiyot   xodimlari   aholi   sog’ligi   yo’lida   faoliyat
ko’rsatishmoqda.   O’tgan   yillar   mobaynida   respublika   shifoxonalari   va
poliklinikalarini   zamonaviy   tibbiy-apparaturalar   bilan   taminlash   bo’yicha   alohida yutuqlarga   erishildi.   1999-yili   Yaponiya   granti   bo’yicha   respublikaga   bir   nechta
xorijiy   tibbiyot   asbob-uskunalari   keltirib   o’rnatildi.Respublika   tibbiyoti   erishgan
natijalardan eng muhimi - onalar o’limi soni kamaydi. O’lkada «Homilador ayo’llarni
va   bolalar   salomatligini   mustahkamlash   bo’yicha   milliy   Dastur»   hamda   «Yosh
avlodni   sog’lomlashtirish   kompleks   »   ishlab   chiqilgan   bo’lib,   mazkur   Dasturlar
bo’yicha   mamlakatda   ayo’llar   va   bolalar   salomatligiga   alohida   etibor   qaratilmoqda.
Bu   borada   2001-yilda   Respublika   shoshilinch   tibbiyot   tez   yordam   markazi   hamda
Respublika   akusherlik   va   genekologiya   ilmiy   tadqiqot   institutining   Nukus   filiali
tashkil etilib, aholiga tez tibbiy yordam ko’rsatish hamda xotin-qizlarning sog’lig’ini
saqlash,   kasalliklarning   oldini   olish,   bemorlarni   sog’lomlashtirish   borasida   ham
ijobiy natijalarga erishildi.
Qoraqalpog’iston respublikasida xalq ta’limi, fan va madaniyat
Qoraqalpoq xalqi qadimiy va boy tarixga ega. Uning milliy madaniyati, jozibali
sanati,   mumtoz   adabiyoti,   qadriyatlari   udum   va   ananalari   olamga
mashhurdir.Mustaqillik tufayli qoraqalpoq xalqi juda ko’p qadriyatlarini qayta tiklash
imkoniyatiga ega bo’ldi. Adolat va tenglik, ozodlik va erk uchun kurashgan Yernazar
Olako’z,  Ollayor  Do’stnazarov   singari   xalq  qahramonlarining  -   jasoratli,  o’t  yurakli
qoraqalpoq farzandlarining orzu-armonlari amalga oshdi.
Bugungi   kunda   Ibroyim   Yusupov,   To’lepbergen   Qaibergenov,   Tilovbergen
Jumamuratov   kabi   Qoraqalpoq   yozuvchi   va   shoirlarining   asarlari   xalqlarimiz
manaviy   xazinasidan   munosib   joy   oldi.Sobir   Kamolov,   Charjau   Abdirov   kabi   yirik
olimlar   O’zbekiston   fani   rivojiga   juda   katta   hissa   qo’shdilar.Mustaqillik   yillarida
Qoraqalpog’iston   madaniy   hayotida   ham   jiddiy   o’zgarishlar   haqida   gap   ketganda,
avvalo   xalq   ta’limi   tizimida   yuz   bergan   o’zgarishlarni   takidlash   o’rinli.   Bugungi
kunda respublika xalq ta’limi tizimi milliy uyg’onish, ijtimoiy-iqtisodiy va manaviy
rivojiga   xizmat   qilishda   yetakchi   rol   o’ynamoqda.Respublikada   yangi   tipdagi   o’rta
umumta’lim   muassasalari   -   litseylar,   gimnaziyalar   va   alohida   fanlarni
chuqurlashtirilgan   holda   o’qitiladigan   maktablar,   biznes   maktablar,   kollejlar   va
boshqalar tez rivojlanmoqda. Hozirgi vaqtda Respublikada 25 tadan ziyod maktab va
maktab   internatlarda   o’quvchilarning   fanlarni   o’rganishga   bo’lgan   qiziqishlari asosida   muayyan   fanlarni   chuqur   o’rgatishga   yo’naltirilgan.   Bundan   tashqari   qator
maktablarda   ixtisoslashtirilgan   sinflar   tashkil   etilgan.2003-yilga   kelib   «Ta’lim
to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy » asosida uzluksiz ta’lim tizimini
tubdan   isloh   qilishda   samarali   natijalarga   erishildi.   Eski   turdagi   ta’lim   muassasalari
o’rniga   yangi   turdagi   kasb-hunar   kollejlari   va   akademik   litseylari   tashkil   etildi.
Qoraqalpog’iston   Respublikasida   1998-2002-yillarda   3   ta   akademik   litsey   va   33   ta
kasb-hunar kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi.
Hozirgi   paytda   respublikada   763   ta   umumta’lim   maktabi,   405   ta   maktabgacha
ta’lim muassasasi, 91 maktabdan tashqari ta’lim muassasasi (shundan 28 tasi bolalar
sport   maktabi)   faoliyat   ko’rsatdi.Bolalarga   xorijiy   tillarni,   xoreografiya,   tasviriy   va
musiqa   sanatini,   kompyuter   savodxonligi   asoslarini   o’rgatuvchi   guruhlar   tashkil
etildi.Barcha   qishloq   hunar-texnika   bilim   yurtlarida   respublika   uchun   zarur   bo’lgan
soha   kadrlarini   tayyorlashga   etibor   kuchaytirildi.   Milliy   hunarmandchilikni
rivojlantirishga,   gilam   to’qish,   keramika   buyumlari   tayyorlash,   ganchkorlar   va
boshqa shu kabi hunar egalarini tayyorlashga ahamiyat berila boshlandi.Respublikada
o’rta   bo’g’indagi   kadrlarni   tayyorlash   tizimida   2003-yilga   kelib   71   ta   o’quv   yurti
faoliyat ko’rsatdi. Shundan 68 tasi kasb-hunar kollejlari, 3 tasi akademik litseylardir.
Bugungi   kunda   mazkur   o’quv   yurtlarida   51   mingdan   ortiq   o’quvchi   tahsil
olmoqda.Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston Davlat Universitetida bugungi kunda 33
ta   mutaxassislik   bo’yicha   bakalavrlar,   15   ta   mutaxassislik   bo’yicha   esa   magistrlar
tayyorlanmoqda.   O’ziga   xos   tarixga   ega   bo’lgan   Ajiniyoz   nomli   Nukus   Davlat
pedagogika  institutida  oliy  malumotli   mutaxassislar  tayyorlanmoqda.  Mazkur  o’quv
yurtining   15   ta   fakultetida   4   ming   402   ta   talaba   ta’lim   olmoqda.O’lkada   sog’liqni
saqlash   sohasidagi   kadrlarni   tayyorlash   borasida   ham   muayyan   ijobiy   o’zgarishlar
yuz berdi.Respublika sog’liqni saqlash muassasalarining tibbiyot xodimlariga bo’lgan
ehtiyojini   qondirish   maqsadida   1991-yilda   Nukusda   Toshkent   Pediatriya   tibbiyot
institutining   Qoraqalpog’iston   filiali   tashkil   etildi.   Keyingi   besh   yil   mobaynida
yangidan   maktablar   qurish   va   kapital   tamirlash   hisobidan   30   ta   maktab   avariya
holatidan   chiqarildi.   2001-yili   hashar   yo’li   bilan   2   ta   maktab   binosi,   2002-yili   8   ta
maktab binosi qurilib foydalanishga topshirildi. 2003-yilning o’zida esa 7 ta maktab va   kasb-hunar   kolleji   yangidan   qurilib   ishga   tushirildi.1991-2003-yillarda   fan
sohasida  ham  sezilarli  o’zgarishlar bo’ldi.1992-yilda O’zbekiston Respublika  Fanlar
Akademiyasining Qoraqalpoq filialiga O’zbekiston Respbulikasi FAning Qoraqalpoq
bo’limi maqomi berildi.ning tarkibida ilgari 3 ta institut mavjud bo’lgan bo’lsa, yana
ikkita  institut   qo’shildi.   «Tarix,  arxeologiya  va  etnografiya»  hamda   «Bioekologiya»
institutlari   ham   shu   bo’lim   tarkibiga   kirdi.   Botanika   bog’i   bo’linmasiga   esa   bo’lim
maqomi berildi. 1994-yilda esa Fanlar Akademiyasi tarkibiga O’zbekiston Sog’liqni
saqlash   vazirligiga   qarashli   tajriba   instituti   va   tibbiyot   klinikasi   ham   kiritildi.Fanlar
Akademiyasi   tashkil   etgan   bunday   tadbirlar   olimlarga   tibbiy   va   ijtimoiy   fanlarni
yanada   rivojlantirish,   xalq   xo’jaligi   va   madaniyatini   yuksaltirishda   muayyan
muvaffaqiyatlarni   qo’lga   kiritishga   yordam   berdi.   Qoraqalpoq   fanida   erishilgan
yutuqlar   hamda   to’rt   jildlik   «Qoraqalpoq   tilining   izohli   lug’ati»ni   yaratishdagi
xizmatlari   uchun   Fanlar   Akademiyasining   4   nafar   ilmiy   xodimi   (M.Qalandarov,
R.Yesemuratova,   T.To’raboyev,   D.Qozoqboyev)   1996   yilda   O’zbekiston
Respublikasining Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.
1992-yilda O’zbekiston Respublikasi  Qishloq xo’jaligi  fanlari  akademiyasining
Qoraqalpoq   bo’limi   tashkil   etildi.   Uning   tarkibiga   Sh.Musayev   nomidagi   Chimboy
yer   ishlari   instituti   hamda   sholichilik   va   chorvachilik   institutlarining   filiallari
kiritildi.Nukusda O’rta Osiyo irrigatsiya ilmiy tekshirish institutining bo’limi faoliyat
ko’rsatmoqda.   Respublikada   oliy   o’quv   yurtlari   ham   ilmiy-tadqiqot   ishlari   olib
borilmoqda.Keyingi   yillarda   Toshkent   olimlari   ko’magida   katta   miqdordagi   yuqori
malakali   mutaxassislar   tayyorlandi.espublikadagi   60   nafar   fan   doktori   va   600   nafar
fan   nomzodidan   deyarli   30   foizi   O’zbekiston   mustaqilligi   yillarida   ilmiy   daraja
oldilar.Ilgari   Fanlar   Akademiyasi   haqiqiy   azoligiga   saylangan   Ch.A.Abdirov,
S.K.Kamolov,   A.B.Baxiyevlar   qatoriga   T.Yeshanov,   A.Dauletov,   U.Hamidov   va
J.Bozorboyev ham qabul qilindilar. 1997-yilda esa ikki nafar rassom (J.Izentayev va
J.Quttimuratov)   O’zbekiston   Respublikasi   Badiiy   akademiyasining   akademikligiga
saylandilar.Respublika   olimlari   keyingi   yillarda   chet   el   mutaxassislari   bilan
hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Respublika Fanlar Akademiyasining
Qoraqalpoq   bo’limi   «Bioekologiya»   instituti   xodimlari   Germaniya   olimlari   bilan birgalikda  1993-yildan  beri  Orolbo’yi   ekologiyasi   muammolari   bo’yicha  tadqiqotlar
olib   borishmoqda.1995-yilda   Mo’ynoqda   Germaniya   Federativ   Respublikasi
yordamida   «Bioekologiya»  institutining  xalqaro  ekologiya  stansiyasi   ochildi.«Tarix,
arxeologiya   va   etnografiya»   instituti   Avstraliyaning   Sidney   universiteti   olimlari
hamda fransuz arxeologlari bilan birgalikda ish olib bormoqdalar.
Mustaqil   O’zbekiston   va   Qoraqalpog’istonning   dolzarb   masalalari   respublika
shoir va yozuvchilari ijodida katta o’rin egallaydi. O’zbekiston va Qoraqalpog’iston
xalq   yozuvchisi   To’lepbergan   Qaipbergenov   qatoriga   yangi   nomlar   kelib   qo’shildi.
Saginbay   Ibrohimov,   Kenesboy   Rahmonov   kabi   shoirlar,   Guloysha   Yesemuratova,
O’zarboy Abdurahmonov, Muratboy Nizanovlar ana shular jumlasidandir.
2000   yil   aprel   oyida   Qoraqalpog’iston   Yozuvchilar   uyushmasida   1999   yilda
yaratilgan   badiiy   asarlar   muhokamasiga   bag’ishlangan   yig’ilish   bo’ldi.   Unda   eng
yaxshi asarlarga Qoraqalpoq Yozuvchilar uyushmasining mukofoti berildi. Jumladan,
Davlatmurod   Karimov   «Quroni   Karim»ni   o’zbek   tilidan   Qoraqalpoq   tiliga   tarjima
qilgani   uchun,   Gulchehra   Rahimova   mustabid   tuzum   qurbonlari   haqidagi   qissasi
uchun   va   Minayxon   Jumanazarova   «Cho’lpon»   nashriyotida   chop   etilgan
«Qalbingizda   qolgim   keladi»   she’rlar   to’plami   uchun   mazkur   mukofotga   sazovor
bo’ldilar.   Ayniqsa,   1999-yil   4-mayda   O’zbekiston   Prezidentining   Farmoniga   ko’ra
T.Qaipbergenov   va   I.Yusupovning   «El-yurt   hurmati»   ordeni   bilan   taqdirlanishi
respublika   hayotida   katta   voqea   bo’ldi.1993-yil   yanvarda   Toshkentda
Qoraqalpog’iston madaniyati kunlari, noyabr oyida esa Qoraqalpog’istonda Toshkent
madaniyati   kunlari   o’tkazildi.   Xuddi   shuningdek,   2000-yil   iyun   oyida
Qoraqalpog’istonda   Toshkent   shahri   va   Xorazmdan   kelgan   madaniyat   xodimlari   va
ijodkorlar   ishtirokida   manaviyat   kunlari   o’tkazildi.   Dekabr   oyida   esa   Toshkentda
Qoraqalpog’iston   madaniyati   kunlari   uyushtirildi.   Bu   tadbirlar   Nukus   va   Toshkent
madaniyat   xodimlari   faoliyatini   bir-birlariga   yaqinlashtirdi.   1996-yilda   Qoraqalpoq
xoreografiyasi   tarixida   birinchi   marta   «Oyjamol»   nomli   Qoraqalpoq   baleti
(N.Muhammedinova   musiqasi,   T.Xodjayev   asari)   sahnalashtirildi.   1996-yilda
O’zbekiston   mustaqilligining   5   yilligi   oldidan   o’tkazilgan   «O’zbekiston   -   Vatanim
manim»   qo’shiq-tanlovida   Yosh   qo’shiqchi   Roza   Kutekeyeva   «Mustaqillik   gullari» qo’shig’i   bilan   ishtirok   etib,   faxrli   ikkinchi   o’rinni   oldi.   Shu   yili   yana   Amir   Temur
rolining   eng   yaxshi   ijrosi   uchun   tanlovida   Berdaq   nomidagi   drama   teatri   artisti
Bozorboy   Uzoqberganov   qatnashib,   birinchi   o’rinni   oldi.   Bu   misollar
Qoraqalpog’iston   sanatkorlari   mustaqillik   yillarida   erishgan   muvaffaqiyatlardan
dalolat   beradi.Qoraqalpog’iston   sanatida   erishilgan   muvaffaqiyatlarni   keng   targ’ib
etishda   Rassomlar   uyushmasi,   I.V.Savitskiy   nomidagi   Sanat   muzeyi,   Tarix-
o’lkashunoslik   muzeyi  hamda  Jangovor   va  mehnat  shuhrati   muzeylari  katta  ishlarni
olib bormoqda.Qoraqalpog’iston Jo’qarg’i Kengesi va Vazirlar Kengashining «Erkin
Qoraqalpog’iston»,   «Qoraqalpog’iston   xabarlari»   gazetalari,   yozuvchilar
uyushmasining   «Amudaryo»   jurnali,   «Respublika   Fanlar   Akademiyasining
Qoraqalpoq   bo’limi   xabarlari»   ilgarigidek   muntazam   chiqarilmoqda.   1991-yildan
respublikada   hukumatga   qarashli   bo’lmagan   «Orol   qizlari»   jurnali   chop   etila
boshladi.
Istiqlol   yillarida   Nukus   shahrining   60   yilligi,   To’rtko’l   shahrining   120   yilligi,
Ajiniyoz   Qosiboy   o’g’lining   170   yilligi,   Amir   Temurning   660   yilligi   keng
nishonlandi. Bular O’zbekiston va Qoraqalpog’iston tarixidagi eng muhim voqealar,
o’zbek va qoraqalpoq xalqlari o’rtasidagi do’stlik ramzidir. Davlatimiz rahbari 2017-
yil   20-21-yanvar   kunlari   Qoraqalpog’istonda   bo’lib,   hudud   iqtisodiyotini
rivojlantirish,   ijtimoiy   sharoitlarni   yaxshilash   bo’yicha   tizimli   chora-tadbirlarni
belgilab bergan edi. O’tgan vaqt mobaynida ular to’la amalga oshirildi.
Tashrif   yakunlariga   ko’ra   ishlab   chiqilgan   dasturga   muvofiq,   sanoatni
rivojlantirish   borasida   umumiy   qiymati   160   milliard   so’mga   yaqin   242   loyiha
bajarildi.   Bu   qariyb   4   ming   ish   o’rni   yaratish   imkonini   berdi.Masalan,   Qorao’zak
tumanidagi   «Qoraqalpoq   sement»   korxonasida   birinchi   bosqichda   yiliga   200   ming
tonna   sement,   Nukus   shahridagi   «Texnik   global»   korxonasida   «Samsung»   brendi
ostida yiliga 150 ming televizor, «Nukus polimer» korxonasida yiliga 8 ming tonna
polietilen   quvurlar   va   xo’jalik   buyumlari   ishlab   chiqarish   yo’lga   qo’yildi.   To’rtko’l
tumanidagi   «Vegateks   global»   korxonasida   yiliga   5   ming   tonna   ip-kalava   ishlab
chiqarilmoqda.Qoraqalpoq aholisi uchun nihoyatda muhim va dolzarb masala bo’lgan
ichimlik suvi muammosi yillar davomida hal etilmay kelayotgan edi. Shuni inobatga olib,   qisqa   vaqtda   101   kilometrlik   «Qo’ng’irot   –   Mo’ynoq»   suv   quvuri   va
«Qo’ng’irot»   suv   taqsimlash   inshooti   qurib   bitkazildi.   Buning   natijasida   Mo’ynoq
tumanidagi   25   ming   aholi   toza   ichimlik   suvi   bilan   taminlandi.Bundan   tashqari,
investitsiya   ga   muvofiq   byudjet   mablag’lari   va   Orolbo’yi   hududini   rivojlantirish
jamg’armasi   mablag’lari   hisobidan   mavjud   suv   tarmoqlari   rekonstruksiya   qilindi   va
yangilandi. Shu tariqa 35 aholi punktida 50 mingdan ziyod odam ichimlik suvi bilan
taminlangani bu boradagi  ishlarning izchil davomi  bo’ldi.Nafaqat  Qoraqalpog’iston,
balki butun mamlakatimizning faxri bo’lgan, dunyoda «Sahrodagi Luvr» deb shuhrat
qozongan   I.Savitskiy   nomidagi   Qoraqalpoq   davlat   sanat   muzeyining   muhtasham
ikkinchi   korpusi   qurilib,   yuksak   xalqaro   standartlar   asosida   jihozlandi   va
foydalanishga   topshirildi.Qoraqalpoq   davlat   o’lkashunoslik   muzeyi   binosi,
O’zbekiston   Qahramoni   Ibroyim  Yusupov   nomidagi   iqtidorli   bolalar   maktabi, Amir
Temur nomidagi istirohat bog’i, zamonaviy imkoniyatlarga ega yirik sport majmuasi
bunyod   etildi.   Imom   Eshon   Muhammad   jome   masjidi   rekonstruksiya   qilinib,
foydalanishga   topshirildi.Bunday   o’zgarishlar   barcha   tumanlarda,   qishloq   va
ovullarda ro’y berdi. Hudud iqtisodiyoti rivojlandi, aholi turmush darajasi oshdi. Eng
muhimi, odamlar buni o’z hayotlarida sezmoqda.
Shu   bois   Qoraqalpog’iston   aholisi   Prezidentimizning   bu   galgi   tashrifini   ham
ko’tarinkilik   bilan   kutdi.   Tashrif   kun   tartibi,   tanishilgan   obyektlar   va   belgilangan
chora-tadbirlar shunga yarasha ahamiyatli, keng ko’lamli bo’lmoqda.
Prezidentimiz   Shavkat   Mirziyoyev   Qoraqalpog’iston   Respublikasiga   tashrifini
Chimboy tumanidagi 8-maktabgacha ta’lim muassasasidan boshladi.
Tashrif   bolalar   bog’chasidan   boshlanganida   katta   mano   mujassam.
Prezidentimiz o’zining har bir  chiqishi  va hududlarga tashrifida maktabgacha  ta’lim
sifatini   oshirish,   maktabgacha   ta’lim   muassasalarida   bolalarni   maktabga   sifatli
tayyorlashni   tubdan   yaxshilash,   ta’lim-tarbiya   jarayoniga   jahon   amaliyotida   keng
qo’llaniladigan   zamonaviy   ta’lim   dasturlari   va   texnologiyalarini   joriy   etish
tashabbusini ilgari surmoqda va bu borada muhim vazifalar qo’ymoqda.
Prezidentimizning   2016-yil   29-dekabrdagi   «2017-2021-yillarda   maktabgacha
ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to’g’risida»gi   qarori   qabul qilinib,   maktabgacha   ta’lim   muassasalarining   moddiy-texnik   bazasini
mustahkamlash,   jumladan,   qishloq   aholi   punktlarida   yangi   ana   shunday   inshootlar
qurish,   ularni   zamonaviy   uskunalar,   o’quv-metodik   qo’llanmalar,   multimedia
resurslari bilan taminlash choralari ko’rilmoqda.
Shavkat   Mirziyoyevning   joriy   yil   30-sentabrdagi   "Maktabgacha   ta’lim   tizimi
boshqaruvini   tubdan   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to’g’risida"gi   farmoni   bilan
Maktabgacha   ta’lim   vazirligi   tashkil   etildi.   Yangi   vazirlikning   asosiy   vazifalari
bosqichma-bosqich   barcha   bolalarni   maktabgacha   ta’lim   tizimiga   qamrab   olish,
o’zaro raqobat qiluvchi davlat va nodavlat MTMlari tarmog’ini yaratish, amaliyotga
maktabgacha   ta’lim   va   bolalarni   tarbiyalashning   muqobil   shakllarini   joriy   etishdan
iborat.
Mazkur   qaror   va   farmon   ijrosi   yuzasidan   bugun   Qoraqalpog’iston
Respublikasida   ham   keng   ko’lamli   ishlar   amalga   oshirilmoqda.   Hududda   318   ta
maktabgacha ta’lim muassasasi bo’lib, ularning 3 tasi xususiy, 7 tasi turli tashkilotlar
tasarrufida.   Ularda   48   ming   106   nafar,   umumiy   bolalarning   32   foizi   ta’lim-tarbiya
olmoqda.
Davlatimiz   rahbari   mazkur   bog’chada   bolalarga   yaratilgan   sharoitlar   bilan
tanishdi, ularni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.
Maktabgacha   ta’lim   tizimiga   alohida   etibor   qaratayotganimiz   bejiz   emas,   dedi
Shavkat Mirziyoyev. Yoshlar tarbiyasiga bugun etibor bermasak, ertaga kech bo’lishi
mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalarini Qoraqalpog’istonning iqlim sharoitidan
kelib   chiqib   qurish   kerak.   Har   bir   xonani   isitiladigan   pol   bilan   taminlash   zarur.
Bundan tashqari, bu soha uchun kadrlar tayyorlash tizimini ham qayta ko’rib chiqish,
buning   uchun   oliy   ta’lim   muassasalari   qoshida   maxsus   kurslar   tashkil   qilish   lozim.
Tarbiyachilar saviyasi bolalar kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega.
Prezidentimiz   yangi   qurilayotgan   bog’chalar   loyihasini   tayyorlashda   Janubiy
Koreya tajribasini tatbiq qilish lozimligini qayd etdi.
Bunday   inshootlarni   eskicha   ruhdagi   loyihalar   asosida   qurish   o’zini
oqlamayapti.   Bolalarning   yotoqxonalari   va   darsxonalarini   keng   va   yorug’   qilib bunyod   qilishimiz,   mamuriy   xonalarni   ixchamlashtirishimiz   kerak,   dedi   davlatimiz
rahbari.
Shu yerda 50, 100, 150 o’rinli maktabgacha ta’lim muassasalarining namunaviy
loyihalari   taqdimoti   bo’lib   o’tdi.   Yangi   loyihalarda   maktabgacha   ta’lim
muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, ular o’rtasida
sog’lom   raqobat   muhitini   shakllantirish,   davlat   va   xususiy   sektor   sherikligi
shartlarida   maktabgacha   ta’lim   muassasalarining   yangi   shakllarini   joriy   etish   kabi
malumotlar o’z ifodasini topdi.
Pedagogika   kollejini   tugatgan   Yoshlarni   qayta   tayyorlov   kurslariga   jalb   etib,
ularni   maktabgacha   ta’lim   muassasalariga   ishga   qabul   qilish   bo’yicha   topshiriq
berildi.
Prezidentimiz   Toshkent   davlat   agrar   universiteti   Nukus   filialining   Chimboy
tumanidagi akademik litseyiga tashrif buyurdi.
Shu   yerda   farmatsevtika   sanoatini   yanada   rivojlantirish,   dori-darmon   vositalari
hamda   tibbiyot   buyumlari   ishlab   chiqaruvchilarni   qo’llab-quvvatlash,   ichki   bozorni
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli preparatlar bilan to’ldirish borasida
amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar taqdim etildi.
Davlatimiz   rahbari   mazkur   soha   istiqbolini   yuqori   baholab,   bu   borada
mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish zarurligini takidladi.
Paxtani   foyda   bersa   ham,   foyda   bermasa   ham   ekaverish   vaqti   o’tdi.   Daromad
bermadimi,   boshqa   ekin   ekish   kerak.   Masalan,   qizilmiya   bu   hudud   iqlimi   va
sharoitiga   mos   keladi.   Shunday   ekan,   nima   uchun   uni   ko’paytirishni   yo’lga
qo’ymasligimiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Chimboy   tumanidagi   «Lanextrakt»   qo’shma   korxonasida   qizilmiya   ildizidan
ekstrakt   ishlab   chiqariladi.   Korxonada   yiliga   30   ming   tonna   qizilmiya   ildizi   qayta
ishlanib, 1,3 ming tonna ekstrakt tayyorlanadi. Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda
tashkil etilgan korxonada 200 ish o’rni yaratilgan.
Prezidentimiz   Qoraqalpog’iston   Respublikasida   farmatsevtika   plantatsiyalarini
tashkil etish va yetishtirish loyihasi bilan ham tanishdi. Davlatimiz rahbarining 2017-
yil   3-maydagi   «Nukus-farm»,   «Zomin-farm»,   «Kosonsoy-farm»,   «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm»,   «Bo’stonliq-farm»   va   «Parkent-farm»   erkin   iqtisodiy   zonalarini
tashkil   etish   to’g’risida»gi   farmoni   ijrosi   yuzasidan   hududda   keng   ko’lamli   ishlar
amalga   oshirilib,   mavjud   ishlab   chiqarish   imkoniyatlari   va   resurslar   salohiyatidan
samarali foydalanish orqali yangi ish o’rinlari yaratishga alohida etibor qaratilmoqda.
Hududda   farmatsevtika   sanoatini   rivojlantirish   yo’nalishida   2018-2019-yillarda
qiymati 27 million dollarga teng 17 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur
loyihalar   doirasida   37   turdagi   farmatsevtika   mahsulotlari   ishlab   chiqariladi   va
ularning bir qismi eksport qilinadi.
Nukus shahridagi «Nukus Med Tex» MChJ tomonidan tibbiy buyumlar, «Berlin
farm»   MChJ   tomonidan   onkologik   dori   vositalari   ishlab   chiqarish   yo’lga   qo’yiladi.
To’rtko’l   tumanidagi   «To’rtko’l   shisha   idishlari»   MChJda   farmatsevtika   shisha
idishlari tayyorlanadi.
Shu kabi farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan boshqa loyihalar
ham   taqdim   qilindi.   Loyihalarda   selluloza   ishlab   chiqarish   haqidagi   malumot   ham
o’rin   oldi.   Ikki   bosqichda   amalga   oshiriladigan   mazkur   loyiha   qog’oz   ishlab
chiqarishdan tayyor mahsulotgacha bo’lgan jarayonni o’z ichiga oladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasida bo’sh turgan va kam quvvat bilan ishlayotgan
bino   va   maydonlar   xatlovdan   o’tkazilgani   to’g’risidagi   malumot   asosida   yangi
korxonalarni   ishga   tushirish   ko’zda   tutilmoqda.   Shuningdek,   loyihalarda   kam
taminlangan oilalarni ish bilan taminlash bo’yicha takliflar o’rin olgan.
Davlatimiz   rahbari   Chimboy   tumani   faollari,   ziyo’lilar   bilan   uchrashdi.
Uchrashuvda   bugun   dunyoda   ro’y   berayotgan   o’zgarishlar,   aholini   qiynayotgan
muammolar, ta’lim, tibbiyot tizimini takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Shavkat   Mirziyoyev   Taxiatosh   tumaniga   tashrif   buyurdi.   Bu   yerda
Qoraqalpog’iston Respublikasini kompleks rivojlantirish bo’yicha 2017-yilda amalga
oshirilgan ishlar haqida malumot berildi. Prezidentimizning avvalgi tashrifidan so’ng
2   ming   112   loyiha   amalga   oshirildi.   Sanoat,   qishloq   xo’jaligi   va   xizmat   ko’rsatish
sohalaridagi   ushbu   loyihalar   natijasida   eksportbop   mahsulotlar   ishlab   chiqarish
yo’lga qo’yildi, 11 mingga yaqin ish o’rni yaratildi. Qoraqalpog’iston   Respublikasini   2018-2019-yillarda   komleks   rivojlantirish
doirasida   yana   1   ming   309   loyiha   rejalashtirilgan.   Ularni   amalga   oshirishga
tashabbuskor   korxonalar   va   tijorat   banklari   mablag’lari,   xorijiy   investitsiyalar
yo’naltiriladi.   Buning   natijasida   yangi   mahsulotlar   ishlab   chiqarish   o’zlashtiriladi,
mahalliylashtirish va qayta ishlash darajasi oshadi, 10 mingga yaqin ish o’rni tashkil
etiladi.
Hudud   sanoatini   yangi   bosqichga   ko’tarish   maqsadida   mamlakatimizdagi   yirik
korxonalar ham jalb etilgan. Xususan, Navoiy kon-metallurgiya kombinati Taxiatosh
tumanida   metall   konstruksiyalar   va   nostandart   jihozlar,   Olmaliq   kon-metallurgiya
kombinati   Qorao’zak   tumanida   temir-beton   mahsulotlar   va   qum-shag’al   ishlab
chiqarishi rejalashtirilgan.
Davlatimiz   rahbari   Qoraqalpog’iston   iqtisodiyotini   diversifikatsiya   qilish,
qo’shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksportni kengaytirish bo’yicha
ko’rsatmalar berdi.
Tebinbuloq   konini   o’zlashtirish   istiqbollariga   alohida   etibor   qaratildi.   Hozirgi
kunda mamlakatimizda metall mahsulotlar mavjud shunday buyumlarni eritish orqali
ishlab chiqarilmoqda. Tebinbuloq koni temir rudasining ulkan zaxirasiga ega. Ushbu
konni   o’zlashtirish   ikki   bosqichda   amalga   oshiriladi.   Natijada   2021-yildan   boshlab
yiliga 1 million tonna po’lat ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo’ladi. Bu boradagi
ishlarni   tashkil   etish   maqsadida   «O’zbekiston   temir   yo’llari»   aksiyadorlik   jamiyati
tarkibida direksiya tashkil etildi.
Samarasiz   foydalanilayotgan   obyektlar   negizida   yangi   korxonalar   tashkil   etish
loyihalari haqida ham malumot berildi. Qoraqalpog’istonda 6 ta kichik sanoat zonasi
tashkil   etish   rejalashtirilgan.   Ulardagi   obyektlar   5   yil   muddatga   keyinchalik   mulk
huquqini   rasmiylashtirish   sharti   bilan   bepul   beriladi.   Muhandislik-kommunikatsiya
tarmoqlarini qurish va tiklash ishlari davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi. Shu
tariqa ushbu zonalarda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, tadbirkorlikni rivojlantirish
uchun zarur sharoit yaratiladi. Shu yerda «O’zqurilishmateriallari» va «O’zbekenergo» aksiyadorlik jamiyatlari
tomonidan   amalga   oshiriladigan   ishlar,   Orolbo’yi   aholisi   turmush   darajasini
yaxshilashga qaratilgan rejalar namoyish etildi.
Prezidentimiz   ushbu   reja   va   maqsadlarning   Qoraqalpog’iston   hayotidagi
ahamiyatiga alohida etibor qaratib, ularning har biri bo’yicha topshiriqlar berdi.
Davlatimiz   rahbari   Xo’jayli   tumanidagi   barpo   etilayotgan   zamonaviy   logistika
markazida   bo’ldi.   Mazkur   hududda   logistika   markazi   qurish   topshirig’i
Prezidentimizning   joriy   yil   yanvar   oyida   Qoraqalpog’istonga   tashrifi   davomida
berilgan edi.
«Xo’jayli   agrosanoat   markazi»   MChJ   tomonidan   tashkil   etilayotgan   markaz
qishloq   xo’jaligi   mahsulotlarini   saqlash,   qayta   ishlash   va   eksport   qilish   bilan
shug’ullanadi,  ichki   bozorni   qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  bilan  uzluksiz  taminlash,
yer   maydonlaridan   unumli   foydalanish,   yangi   ish   o’rinlari   yaratish,   mamlakatimiz
eksport   salohiyatini   oshirishga   xizmat   qiladi.15,3   gektar   maydonni   egallagan
majmuada   2018-yilda   5   ming   tonna   meva-sabzavotni   qadoqlash,   saralash   va   qayta
ishlash imkoniyati yaratiladi. 150 kishi ish bilan taminlanadi.
Shu yerda Qoraqalpog’istonda oziq-ovqat sanoati sohasida amalga oshiriladigan
investitsiya   loyihalari,   chorvachilik,   parrandachilik,   asalarichilik   va   baliqchilikni
rivojlantirish  bo’yicha  dasturlar  taqdimoti   bo’lib o’tdi. Xususan,  2018-2019-yillarda
meva-sabzavot   va   go’shtni   qayta   ishlash,   sovutkichlar   qurishga   oid   70   loyihani
amalga oshirish rejalashtirilgan. 2018-2020-yillarda chorvachilik va parrandachilikni
rivojlantirish     doirasida   250   loyihani   hayotga   tatbiq   etish   ko’zda   tutilgan.   Natijada
730   dan   ortiq   ish   o’rni   yaratiladi.   2018-2020-yillarda   baliqchilikni   rivojlantirish
doirasida   6   loyiha   bajariladi.   Nukus   va   Qanliko’l   tumanlarida   sholi   maydonlarida
baliq yetishtirish texnologiyasi tatbiq etiladi.
Prezidentimizga   2018-yili   Qoraqalpog’istonda   tomorqalardan   samarali
foydalanish  loyihasi ham taqdim etildi.
Davlatimiz   rahbari   mazkur   loyihalar   ahamiyatiga   to’xtalib,   ularni   yanada
takomillashtirish va o’z vaqtida amalga oshirish bo’yicha topshiriqlar berdi. Shavkat   Mirziyoyev   Qoraqalpog’iston   Respublikasida   melioratsiya   va
irrigatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari bilan tanishdi.
2013-2017-yillarda   Orolbo’yi   mintaqasida   byudjet   va   markazlashgan   kapital
mablag’lar   hisobidan   248   milliard   so’mlik   irrigatsiya-melioratsiya   tadbirlari   amalga
oshirilib,   140   ming   gektar   maydonning   suv   taminoti   va   231   ming   gektar   yerning
meliorativ holati yaxshilandi.
Prezidentimizning   joriy   yil   27   noyabrdagi   «2018-2019-yillarda   irrigatsiyani
rivojlantirish   va   sug’oriladigan   yerlarning   meliorativ   holatini   yaxshilash   Davlat
to’g’risida»gi   qarori   bu   boradagi   ishlar   ko’lamini   yanada   kengaytirishga   xizmat
qiladi.
Ushbu qarorga muvofiq, kelgusi ikki yilda qariyb 140 kilometr kanallar hamda
63 gidrotexnik inshoot rekonstruksiya qilinib, 60 ming gektar sug’oriladigan yerning
meliorativ   holati   yaxshilanadi.   246   kilometrdan   ortiq   kollektorlarni   qurish-
rekonstruksiya   qilish,   3   ming   735   kilometr   uzunlikdagi   kollektorlarni   tamirlash   va
tiklash   ishlari   amalga   oshiriladi.   Natijada   89   ming   gektar   maydonning   meliorativ
holati   yaxshilanib,   qishloq   xo’jaligi   ekinlaridan   olinadigan   hosildorlikni   oshirishga
erishiladi.
To’rtko’l   tumanida   barpo   etilishi   rejalashtirilayotgan   Sho’rbuloq   suv   ombori
Amudaryoning quyi oqimida suv taqchil yillarda suv taminotini yaxshilash, hududda
baliqchilik,   chorvachilik,   bog’dorchilikni   rivojlantirish   va   qo’shimcha   ish   o’rinlari
yaratish imkonini beradi.
Ma`lumki, Orol dengizi  sathi  pasayib, qirg’oqdan 180-200 kilometr uzoqlashib
ketgani   Amudaryoning   quyi   oqimiga   kirib   keluvchi   suvlar   yuqori   nishablikdan
tushishi   va   Mo’ynoq   tumanidagi   Daryo   oralig’i   suv   ombori   yaqinida   jarliklar   hosil
bo’lishiga olib kelmoqda. Bu Mo’ynoq suv ombori, Ribache, Maqpalko’l, Zakirko’l
ko’llariga   suv   yetib   bormasligi,   hududdagi   baliq   va   hayvonot   dunyosi   yo’q   bo’lib
ketish xavfini tug’dirmoqda.
Ushbu xavfning oldini olish maqsadida 2013-2017-yillarda shimoliy va sharqiy
dambalarni   rekonstruksiya   qilish   hamda   suv   o’tkazish   qobiliyatini   tiklash   ishlari
bajarildi.   Navbatdagi   bosqichda   Maypost   ko’li   bo’ylab   to’g’on   yo’lini   tiklash   va ko’ldan   Amudaryoning   eski   o’zaniga   suv   o’tkazish   imkonini   beradigan   gidrotexnik
inshoot qurish mo’ljallangan.
Davlatimiz   rahbariga   janubiy   Qoraqalpog’istonda   suv   resurslarini   boshqarishni
yaxshilash loyihasi to’g’risida ham ma`lumot berildi.
Loyiha   asosida   amalga   oshirilayotgan   ishlar   tufayli   Ellikqala,   Beruniy   va
To’rtko’l tumanlarida 100 ming gektarga yaqin maydon suv bilan taminlanib, yiliga
269 million kubometr suv tejaladi. 23 nasos stansiyasi, Suv istemolchilari uyushmasi
va fermer xo’jaliklari hisobidagi 450 dan ortiq nasos agregatlari to’xtatilishi har yili
52 million kilovatt soat elektr energiyasini iqtisod qilish imkonini beradi.
Prezidentimiz irrigatsiya sohasidagi loyihalarni sifatli bajarish va mintaqada suv
resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berdi.
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev   Nukus   shahrida
Qoraqalpog’iston   Respublikasi   Jo’qorg’i   Kengesi   deputatlari   va   faollari   bilan
uchrashuv   o’tkazdi.   Unda   shu   kungacha   bajarilgan   ishlar   tanqidiy   tahlil   qilinib,
barcha   sohalarni   rivojlantirish   bo’yicha   kelgusi   ikki   yilda   amalga   oshiriladigan
ustuvor yo’nalishlar va dolzarb vazifalar belgilab berildi.
Mamlakatimizning   tegishli   vazirliklari,   shuningdek,   kompaniya   va   banklar
rahbarlarini   muntazam   ravishda   hududlarga   yuborib,   joylardagi   qo’shimcha
rezervlarni   izlab   topish,   aniq   investitsiya   loyihalarini   ishlab   chiqish   va   amalga
oshirish   bo’yicha   tadbirlar   izchil   davom   ettirilmoqda,   dedi   Shavkat   Mirziyoyev.
Qoraqalpog’istonga   bugungi   safardan   oldin   ikki   hafta   mobaynida   ishlar   xuddi   shu
tartibda tashkil etildi va qo’shimcha investitsiyalarni jalb etishga yo’naltirilgan yangi
dastur loyihasi ishlab chiqildi.
Savol va topshiriqlar.
1. Qoraqalpog’iston   davlatining   ijtimoiy   siyosiy   ahvoli   haqida   ma’lumot
bering?
2. Qoraqalpog’iston  Respublikasi O’zbekiston tarkibida.
3. Qoraqolpog’iston   Respublikasining   iqtisodiy   taraqqiyoti   haqida   so’zlab
bering?
ADABIYOTLAR: 1.2017-yil   7-fevralda   qabul   qilingan   2017-2021   yillarda   O’zbekiston
Respublikasini   rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yonalishi   boyicha   HARAKATLAR
STRATEGIYASI davlat 
2.Karimov   I. А .   Jamiyatimizni   erkinlashtirish,   islohotlarni   chuqurlashtirish,
ma naviyatimizni   yuksaltirish   va   xalqimizning   hayot   darajasini   oshirish   -   barchaʼ
ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T.: 15 – “O zbekiston”, 2007. 	
ʼ
3.Karimov I. А . Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror
rivojlantirish yo lida. T.: 16 – “O zbekiston”, 2008. 	
ʼ ʼ
4.Karimov   I. А .   Ona   yurtimiz   baxtu   iqboli   va   buyuk   kelajagi   yo lida   xizmat	
ʼ
qilish - eng oliy saodatdir. -T., O zbekiston. 2015.	
ʼ
5.Sh.Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O zbekiston davlatini birgalikda	
ʼ
barpo etamiz. Toshkent - «O zbekiston» - 2016	
ʼ
6.Sh.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil,  qat iy  tartib-intizom  va  shaxsiy  javobgarlik  -	
ʼ
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo lishi kerak. Toshkent - «O zbekiston»	
ʼ ʼ
- 2017
7.Sh.MirziyoyevBuyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan   birga
quramiz. T.2017
8.G aniev D. O zbekiston: mustaqillik odimi. T., 1995 y.	
ʼ ʼ
9.G ulomov S. Istiqlol yo lida. T., "Fan", 1996 y.
ʼ ʼ
10.Usmonov Q. Mustaqillik O zbekistonga nima berdi. T., 2000 y.	
ʼ
11.O zbekistonning   yangi   tarixi.   3-kitob.   Mustaqil   O zbekiston   tarixi.   T.,	
ʼ ʼ
"Sharq", 2000 y.
12.Shamsutdinov   R.,   Karimov   Sh.,   Ubaydullaev   O .   Vatan   tarixi.   –T.:   Sharq,	
ʼ
2003.

Mavzu: Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi taraqqiyoti Reja: 1.Qoraqolpogiston Respublikasining tashkil topishi 2. Qoraqalpog’iston respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti 3. Qoraqalpog’iston respublikasida xalq ta’limi, fan va madaniyat 4. 2016-2020 yillarda Qoraqlpog`iston Respublikasi taraqqiyoti

1.1924-yilda Qozog’iston ASSR tarkibida Qoraqalpog’iston Muxtor (Avtonom) viloyati tashkil qilindi. Viloyat volostlarga bo’linadigan To’rtko’l, Chimboy, Xo’jayli va Qo’ng’irot okruglaridan iborat edi.1925-yil 12-19-fevralda To’rtko’l shahrida Muxtor viloyat Sho’rolarning 1-Tasis qurultoyi bo’lib o’tdi. Unda Qoraqalpog’iston Muxtor viloyatining Qozog’iston ASSR tarkibiga «o’z ixtiyori bilan kirganligi» qonunlashtirildi. Albatta, viloyat aholisining milliy tarkibi ham e`tiborga loyiq edi. Muxtor viloyat tashkil etilgan paytda viloyat hududidagi aholining 38,5 foizini qoraqalpoqlar, 28,7 foizini o’zbeklar, 28,6 foizini qozoqlar va bor yo’g’i 1 foizga yaqinini (shahar aholisidan tashqari) ruslar tashkil etgan.Oradan 8 yil o’tar-o’tmas Qoraqalpog’iston Muxtor viloyatini yana «O’z ixtiyoriga ko’ra» Qozog’iston tarkibidan olib RSFSR tarkibidagi Qoraqalpog’iston Muxtor Sho’ro Sotsialistik Respublikasi (QQASSR)ga aylantirish» zarurati tug’ildi. Bu qo’lbola zaruriyat Qoraqalpog’iston viloyati Ijroiya Qo’mitasining 1932-yil 5-martdagi navbatdan tashqari bo’lib o’tgan IV plenumida quyidagicha asoslandi: «Qoraqalpog’istonning Moskva va sanoat Markazlaridan uzoqligini, madaniy va iqtisodiy jihatdan qoloqligini, yanada rivojlanishi istiqbollarini hisobga olib, Butunittifoq Markaziy Ijroiya Qo’mitasi Prezidumidan Qorqalpog’iston Muxtor viloyatini RSFSRga kiradigan Muxtor Sho’ro Sotsialistik Respublikasiga aylantirish so’ralsin».Qoraqalpoq xalqining «iltimosi» qondirilib, Butunittifoq MIK Prezidiumi 1932-yil 20-martdagi qarori bilan Qoraqalpog’iston Muxtor viloyati Qoraqalpog’iston Muxtor Sho’ro Sotsialistik Respublikasiga aylantirilib RSFSR tarkibiga kiritildi.Ammo oradan yana bor-yo’g’i 4 yil o’tar-o’tmas Qoraqalpog’iston Muxtor Sho’ro Sotsialistik Respublikasini RSFSR tarkibidan O’zbekiston Sho’ro Sotsialistik Respublikasiga «oshirish ehtiyoji» paydo bo’ldi. Bu «ehtiyoj» uchun RSFSR bilan QQASSR o’rtasida umumiy chegaralar yo’qligi «asos» bo’ldi. 1936-yil may oyida tayyorlangan SSSRning yangi Konstitutsiyasi loyihasida QQASSRni RSFSR tarkibidan chiqarib, O’zbekiston SSR tarkibiga kiritish ko’zda tutilgan edi.Butunittifoq Sho’rolarining 1936-yil 5-dekabrda bo’lib o’tgan favqulodda VIII qurultoyida SSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mazkur Konstitutsiya asosida tayyorlanib 1937-yil 12-fevralda tasdiqlangan O’zbekiston SSR

Konstitutsiyasida QQASSRning O’zbekiston Sho’ro Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kirganligi qonun bilan mustahkamlandi.Qoraqalpog’iston xalqlari qariyb 70 yildan beri O’zbekiston xalqlari bilan ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalarida bir-birlari bilan og’alarcha yelkadosh bo’lib yashab kelmoqdalar.Sobiq Ittifoq parchalangandan so’ng mustaqil O’zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog’iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabiiy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan o’zbek xalqi o’rtasida do’stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orol bo’yi kengliklarida qadimdan o’zbek va qoraqalpoq ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. O’zlarining taraqqiyot yo’llarini bosib o’tishdi.1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog’iston Respublikasida «O’zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat suvereniteti to’g’risida»gi Deklaratsiya qabul qilindi.Mazkur Deklaratsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunda o’zining huquqiy asosini topdi. Unda Qoraqalpog’istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e`tirof etildi. Qonunda Qoraqalpog’iston va O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlarni teng huquqlilik, ikki tomonlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida mustahkamlash ko’rsatib berildi. O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi o’rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (70-75-moddalar) o’z aksini topdi (10-ilova). Natijada ikki tomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o’z taqdirini o’zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qatiy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo’ldi. Konsitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarosi ayni paytda O’zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga O’zbekiston xalqlarining barcha huquqlardan foydalanish imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi taraqqiyoti uchun qator imkoniyatlar beradi. Masalan,

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasida mustahkamlab qo’yilganidek, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Raisi o’rinbosarlaridan biri - Oliy Majlis deputati, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qarg’i Kengesi Raisi hisoblanadi.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumati rahbari lavozimi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. 107-moddaga binoan esa, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi tarkibiga Qoraqalpog’iston Respublikasining xuddi shunday sud organlarining rahbarlari kiradi. Sud hujjatlari o’zbek tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham olib boriladi (115-modda). O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasida belgilab qo’yilganidek, Qoraqalpog’iston Respublikasi o’z Konstitutsiyasiga ega bo’lmog’i kerak. Ana shu huquqiy asosga ko’ra Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashi o’zining o’n ikkinchi sessiyasida (1993-yil 9-aprelda) Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qildi.Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hech qanday monelik qilmaydi, aksincha, uni bosh huquqiy asos sifatida biladi va Qoraqalpog’iston hududida to’la amal qilishini ta`minlaydi. O’zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog’istonning butun hududida majburiy ekanligi e`tirof etilgan. Qoraqalpog’iston milliy davlatchiligi o’z taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo’ldi. Ayni paytda u suveren davlatning barcha ramzlariga ega.1992-yil 14-dekabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasida Qoraqalpog’iston Davlat bayrog’i tasdiqlandi.1993-yil 9-aprelda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining o’n ikkinchi sessiyasida Davlat gerbi tasdiqlandi. 1993-yil 4-dekabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining o’n to’rtinchi sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994-yil 25-dekabrda Oliy Kengashning 75 deputatdan iborat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Respublika parlamenti Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qarg’i Kengesi deb ataldi. Jo’qarg’i Kengesning

1995-yil 11-yanvarda Nukus shahrida bo’lib o’tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo’qorg’i Kenges Raisi, uning o’rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8 ta qo’mita raislari va uning azolari saylandi. Ayni paytda, deputatlar qo’mitalar raislari rahbarligida Qoraqalpog’iston qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar.Xususan, demokratik jamiyat qurish hamda erkin bozor munosabatlarini shakllantirishga mo’ljallangan muhim qonun va qarorlar qabul qilindi. Jo’qorg’i Kenges Raisi qoshida doimiy harakatdagi Kengash tashkil qilindi. Uning tarkibiga Jo’qarg’i Kenges Raisi, Rais o’rinbosarlari, mandat komissiyasi va qo’mitalar raislari kiradi.Qoraqalpog’iston Respublikasi ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibiga Rais, ikkita birinchi o’rinbosar va 4 ta tarmoq o’rinbosarlari kiradi. Shuningdek, ijroiya hokimiyat tarkibiga vazirliklar va qator tarmoq qo’mitalari rahbarlari ham kiritilgan. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida o’zining ish olib boruvchi doimiy vakiliga ega.Qoraqalpog’iston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan qator jamoat tashkilotlari bu yerda demokratik jarayonlarning tobora qaror topayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda, Respublika hududida hukumatga qarashli bo’lmagan qator tashkilotlar, jumladan, «Orol va Amudaryoni himoya qilish uyushmasi», «EKOSAN», «Aralsos», «Sog’lom avlod uchun» singari bir qator xalqaro tashkilotlarning bo’limlari ish olib bormoqda.Ayni vaqtda, shuni takidlash joizki, istiqlol yillarida Qoraqalpog’istonda qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatining zamonaviy tizimini vujudga keltirishda dastlabki qadamlar qo’yilgan bo’lsa-da, xali bu borada qator muammolar saqlanib qolmoqda.1997-yil 17-iyul kuni Nukusda bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qarg’i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasi qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati faoliyatlarida davom etib kelayotgan kamchiliklarni chuqur tahlil qildi. Xususan, qabul qilingan qonun va qarorlarni hayotga to’la tatbiq qilinishida, ijroiya intizomini qaror topdirishda xali jiddiy kamchiliklar borligi qayd qilindi. Jumladan, Jo’qarg’i Kenges va Vazirlar Kengashi faoliyatlaridagi bir-birini takrorlash hollari tanqid qilindi. Amaliy faoliyatga xalaqit berayotgan rasmiyatchilik, qog’ozbozik, bo’lar-bo’lmas