O‘ZBEKISTONDA VIJDON YERKINLIGI
O‘ZBEKISTONDA VIJDON YERKINLIGI. Reja: 1. Vijdon yerkinligi tushunchasi. Xalqaro me’yoriy xujjatlarda vijdon yerkinligi. 2. O‘zbekistonda vijdon yerkinligining Asosiy Qonun bilan kafolatlanishi. 3. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy konfessiya va tashkilotlar. 4. Missionyerlik va prozelitizm xavfining bartaraf etilishi. 5. Ma’rifiy islomni targ‘ib etish - yoshlarni diniy mutaassiblik, aqidaparastlik va ekstremistik g‘oyalardan muhofaza etishning oqilona yuli.
1. Vijdon yerkinligi tushunchasi. Xalqaro me’yoriy xujjatlarda vijdon yerkinligi. Vijdon yerkinligi tushunchasi qanday ma’noni bildiradi? Vijdon yerkinligi kishining biror dinga e’tiqod qilish yoki xech qanday dinga e’tiqod qilmaslik xuquqidir. SHuning uchun bu muammo ijtimoiy hayotda tarixan muhim va murakkab masala bo‘lib kelgan. Vijdon yerkinligi xuquqi kishilarning dinga bo‘lgan munosabatidan tashqari shaxsning demokratik, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, xuquqiy va axloqiy tushunchalarni ham qamrab oladi. Talaba mavzuni yoritishda Vijdon yerkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog‘lom va barkamolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini anglab olmog‘i lozim. SHuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va bajaradigan vazifalari g‘oyat muhimdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavidan tortib, barcha xalqlar xujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon yerkinligi masalasi o‘z ifodasini topgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948 yilda qabul qilingan “Inson xuquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 18-moddasiga muvofiq “Har bir inson fikrlash, vijdon va din yerkinligi xuquqiga ega. Bu xuquq o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish yerkinligini, o‘z dini yoki e’tiqodiga o‘zicha, shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda va odamlar orasida birga qatnashish yerkinligini o‘z ichiga oladi”. Mazkur normaga ko‘ra vijdon yerkinligi shaxsga quyidagi huquqlarni kafolatlaydi: •SHaxsning o‘z dini yoki e’tiqodiga ega bo‘lish; •SHaxsning o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish; •Ta’limotda, toat-ibodat qilishda va diniy rasm-rusm hamda marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish; •O‘z dini yoki e’tiqodiga yakka o‘zi, shuningdek, boshqalar bilan birga amal qilish. Bundan tashqari, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro Paktning 19-moddasida ham vijdon yerkinligiga ayni shu mazmunda izoh byerilgan. Vijdon yerkinligi qandaydir bir mavxum tushuncha emas, u albatta ma’lum ijtimoiy vaziyatda namoyon bo‘ladi. SHuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, ob’ektiv va sub’ektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan
tashqari “vijdon yerkinligi” tushunchasini ilmiy talqin qilishda albatta milliy, mafkuraviy, madaniy va sinfiy omillarni ham nazarda tutish kyerak. Vijdon yerkinligi dinga ishonuvchilarni majburan o‘z e’tiqodlaridan qaytarib, dinni ma’muriy tarzda taqiqlab qo‘yishning har qanday nazariy va amaliy ko‘rinishlariga chek qo‘yadi. SHuningdek, u jamiyatdagi barcha konfessiyalar, ya’ni dinlar, chyerkov va diniy birlashmalar, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi kishilarni teng xuquqli deb biladi, biron bir dinni imtiyozli, boshqa dinlardan ustun qilib qo‘ymaydi. SHu bilan birga jamiyatda ilmiy dunyoqarashning qaror topishini vijdon yerkinligining amalda namoyon bo‘lish belgilaridan biri deb xisoblaydi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu masalalar o‘z echimini topgan va u dunyodagi rivojlangan mamlakatlardagi huquqiy-me’yoriy talablarga to‘la javob byeradi. Har qanday dinga e’tiqod qiluvchi va hech qanday dinga e’tiqod qilmaydigan kishilar uchun bir xildagi shartlar qo‘yilishini ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida, jumladan, shunday deyiladi: “Hamma uchun vijdon yerkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi” 1 . Mazkur qoidada dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan asosiy tamoyillar o‘z ifodasini topgan: - dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish; - diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; - diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik; - ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zarurati; 1 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон, 2017. – Б. 13.
- dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish 2 . Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu dinning siyosatga aralashmasligi. Zyero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma’naviy-axloqiy jihatni o‘z ichiga oladi. 2. O‘zbekistonda vijdon yerkinligining Asosiy Qonun bilan kafolatlanishi. 1992 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31- moddasida har bir fuqaro uchun vijdon yerkinligi huquqining kafolatlanishi tabiiy holdir. YAna bir muhim tomoni – keyingi yillarda davlat bilan diniy tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda salmoqli o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Dinning jamiyatdagi o‘rni tiklanmoqda. Diniy uyushma va tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishlariga imkoniyat yaratilmoqda. Qator tarixiy obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o‘tkazildi, yangi masjidlar ochilmoqda. Diniy tashkilotlarning xalqaro aloqalari kun sayin kengayib bormoqda. Mustaqillik yillarida vijdon yerkinligi prinsiplarini tiklash va unga og‘ishmay amal qilish davr, kundalik hayot talabi va zaruriyatiga aylanib qoldi. 1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi «Vijdon yerkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunni qabul qildi. 1998 yilda bu qonunning yangi tahriri qabul qilinib, 15 may kuni matbuotda e’lon qilindi va shu kundan e’tiboran u kuchga kirdi. Mazkur Qonun 23 moddadan iborat. Uning 1-moddasida ushbu qonunning maqsadi nimalardan iborat ekanligi ochiq va ravshan bayon etilgan: « Ushbu Qonunning maqsadi har bir shaxsning vijdon yerkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat’inazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat » . 2 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиеgт кафолатлари. – Т.: Ўзбекистон, 1997. – Б. 43-44.
Qonunning 3-moddasi vijdon yerkinligi huquqi haqida bo‘lib, un da har bir fuqaro dinga munosabatini o‘zi mustaqil aniqlashi, u har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligi va bu huquq esa O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlanajagi ta’kidlandi. 4-moddada fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’inazar, teng huquqliligi haqida so‘z boradi. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlanadi. Vijdon yerkinligi haqidagi qonunning 5-moddasida O‘zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganligi ko‘rsatilgan. Bu degani davlat diniy masalalar bilan shug‘ullanmaydi, diniy tashkilot va diniy boshqarma ishlariga aralashmaydi. Din va diniy tashkilotlar ham davlat ishlariga aralashmasligi lozim. Lekin diniy tashkilotlar jamoat ishlarida ishtirok etish huquqiga egadirlar. SHuningdek, mazkur moddada davlat turli diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlashi, konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga, xususan, bir diniy konfessiyadagi dindorni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlarga, missionyerlikka yo‘l qo‘ymasligi ta’kidlangan. Diniy tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasida diniy xaraktyerga ega bo‘lgan partiyalar tuzish, respublikadan tashqaridagi diniy partiyalarning bo‘lim yoki filiallarini ochish man etiladi. Dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg‘otish, axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni buzishda, bo‘hton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatishda, aholi o‘rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tyerrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek boshqa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning bunday faoliyatlari taqiqlanadi. Fuqarolar dinga bo‘lgan munosabatlaridan qat’inazar, ta’limning xilma-xil turlari va darajalarini egallashi mumkin. Qonunning 9-moddasida ko‘rsatilishicha, diniy