logo

O‘zbekistonda yangi muzeylarning taraqqiyoti va ahamiyati

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

43.5986328125 KB
O‘zbekistonda yangi muzeylarning taraqqiyoti va ahamiyati
Reja:
1. XX asrning oxiri XXI   asrning boshlarida muzey sohasidagi o‘zgarishlar.
2. O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan muzeylarning faoliyati. 1.   XX   asrning   oxiri   XX   asrning   boshlarida   muzey   sohasidagi
o‘zgarishlar.   XX   asrning   80-yillari   bugungi   kunga   kelib   tarixga   aylandi.   Muzey
ishida   muhim   bosqich   1990   yillarda   O‘zbekiston   mustaqilligi   e’lon   qilinganidan
boshlanib, hozirda o‘zining yuksak taraqqiyot davriga o‘tdi. 
1990 yillardagi yangi tarixiy sharoit O‘zbekistondagi tarix va o‘lkashunoslik
muzeylari   uchun   ulkan   imkoniyatlar   va   yorqin   istiqbollar   yaratdi.   Ayni   paytda
muzeylar o‘zining jamiyatdagi yuqori ijtimoiy mavqeini saqlab qolishga, vujudga
kelgan   vaziyatga   ma’lum   darajada   moslashuvini   ham   namoyon   etdi.   Bugungi
kunda   barcha   qiyinchiliklar   ortda   qoldi,   deyish   mumkin.   Eng   muhimi,   madaniy
merosni   muhofaza   qilish  davlatning,  qolaversa   shaxsan  O‘zbekiston  Respublikasi
Prezidenti Islom Karimovning diqqat markazida ekanligini ta’kidlash joiz.
Muzeylarga   nisbatan   jamiyatdagi   ehtiyoj   unga   kiruvchilar   sonining   oshib
borishi bilan belgilanadi. Bu ko‘rsatkich 1990 yillarda keskin kamayib, XX asrning
oxirlaridan  asta-sekin  o‘sa  boshladi.  Olimlarning  yozishicha,  muzeylar  faoliyatini
murakkablashtirgan narsa XX asrning 90-yillarida ham jamiyatda ko‘pchilik aholi
qabul   qilgan   muhim   qadriyatlar   tizimining   shakllanmaganligi   edi.   Kommunistik
mafkura   va   sovet   turmush   tarzining   targ‘iboti   mustaqillik   yillaridan   demokratik
qadriyatlarga asoslangan ochiq jamiyat tomon yo‘nalish bilan almashdi. Muzeylar
bosib   o‘tgan   tarixiy   yo‘l   uning   vositasida   ko‘plab   madaniy   va   ijtimoiy
muammolarni   yechish   mumkinligini   tasdiqlamoqda.   Buni   anglagan   muzey   ilmiy
xodimlari o‘z zimmalariga faqat muzey ishi, faoliyati uchun mas’uliyatni olibgina
qolmay, balki shahar, viloyat, qolaversa mamlakat miqyosidagi ijtimoiy-madaniy,
ma’rifiy muammolarni hal etishda ham faol ishtirok etishga tayyordirlar.
Muzeylar   faoliyatining   yangi   yo‘nalishlari   ularning   jamiyatga   ta’sirini
sezilarli   kengaytirib,   bu   jarayon   nazariy   muzeyshunoslikda   kommunikatsion
yondashuvning   shakllanishi   va   taraqqiyoti,   ekomuzeologiya,   muzey-pedagogik
tadqiqotlari,   muzey   faoliyati,   madaniy-ma’rifiy   va   ekspozitsiya-ko‘rgazmalarda,
yangi   texnologiyalardan   muzey   ishining   barcha   yo‘nalishlarida   foydalanilishida
aks   etadi.   Muzey   ishi   va   muzeyshunoslik   bilimlari,   uning   keyingi   taraqqiyoti
muzeylar   hamda   jamiyat   hamkorligidagi   harakatlari   yanada   unumliroq   bo‘lishini ta’minlashi   shubhasiz.   Muzeylarning   ma’lum   qismini   turli   boshqarmalarning
muzeylari   tashkil   etadi.   Ularning   ayrimlari   davlat,   boshqalari   esa   xususiy   yoki
jamoa   muzeylariga   aylangan.   Boshqarma   muzeylarining   deyarli   ko‘pchiligi
mutaxassislar   uchun   tashkil   etilgan.   Bu   turdagi   muzeylar   «yopiq»   muassasalar
bo‘lsa-da, ularning ko‘pchiligi moliyaviy jihatdan yaxshi ta’minlangan. Ba’zida bu
xildagi   ayrim   muzeylar   o‘sib   jamiyat   uchun   ochiladi,   ularda   ham   boshqalardagi
kabi   muzey   kommunikativ   muammolari,   kiruvchilar   bilan   o‘zaro   munosabat,
ko‘rgazmalar   saviyasi   muhim   ahamiyat   kasb   eta   boshlaydi.   Boshqarma
muzeylariga   normativ   hujjatlarni   muvofiqlashtirish,   xodimlar   tayyorlash,
kolleksiyalarni saqlash muammolari dolzarb bo‘lib qolmoqda.
XX asrning so‘nggi o‘n yilliklarida mamlakat muzeylari «qiyofasi» nisbatan
o‘zgaradi.   Ayrim   o‘zgarishlar   muzey   ishiga   yangi   tashqi   ta’sir,   xorijiy   muzeylar
bilan   aloqalarning   faollashuvi   bilan   izohlansa,   boshqalari   muzey   ishining   ichki
mantiqiy   taraqqiyoti   bilan   belgilanadi.   Xalqaro   muzeylar   tashkilotining   (IKOM)
ma’lumotlariga qaraganda, jahon muzeylarining 90 foizi so‘nggi ellik yilda bunyod
etilgan.
2.   O‘zbekistonda   yangi   tashkil   etilgan   muzeylarning   faoliyati.   Bugungi
kunda muzeylar sonining o‘sishi umumjahon jarayon bo‘lib, har besh yilda ular 10
foizga ko‘payib bormoqda. Faqat mustaqillik yillarida O‘zbekistonda o‘ndan ziyod
muzeylarning,   xususan   Temuriylar   tarixi   davlat   muzeyi,   Qatag‘on   qurbonlari
xotirasi   muzeyi,   Termiz   Arxeologiya   muzeyi,   Olimpiya   shon-shuhrati   va   boshqa
muzeylarning   tashkil   etilishi   ham   yuqoridagi   fikrni   tasdiqlaydi.   Bugungi   kunda
O‘zbekiston   Respublikasi   Madaniyat   va   sport   ishlari   vazirligi   doirasida   88   ta
muzey   mavjud   bo‘lib,   shulardan   43   tasi   tarix   va   o‘lkashunoslik   ixtisosligidagi
muzeylardir.   O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   tasarrufida   to‘rtta
muzey  bo‘lib,  O‘zbekiston   tarixi  davlat  muzeyi,   Temuriylar  tarixi   davlat  muzeyi,
Qatag‘on   qurbonlari   xotirasi   muzeyi,   Alisher   Navoiy   nomidagi   davlat   Adabiyot
muzeylari   shular   jumlasidandir.   Bulardan   tashqari   ma’lum   muammo,   mavzu,
inshoot   yoki   jarayonni   ifoda   etuvchi   muzeylar   soni   ham   tobora   ko‘payib
bormoqda. 1990   yillarning   boshida   O‘zbekistonda   jamoatchilik   muzeylari   keskin
kamaydi.   Ammo   bugunga   kelib,   bu   muzeylarning   ba’zilari   qayta   tiklanib,
konsepsiyasi   tubdan   o‘zgartirildi.   Ularda   faoliyat   olib   borayotgan   xodimlar
o‘zlarining   kasbiy   mahoratlarini   oshirish   uchun   davlat   muzeylari   xodimlari
qatorida   malakalarini   oshirish   bilan   shug‘ullanishmoqda.   Ayrim   jamoatchilik
muzeylari avvalgidek o‘z faoliyatini kengaytirib, davlat muzeyi statusini olmoqda.
Yana   bir   o‘ziga   xos   xususiyat   ayrim   jamoatchilik   muzeylarining   «davlat
muassasasiga aylanishi» emas, balki o‘zining maqomini saqlab, kuchli va e’tiborli
muzeyga   aylanish   harakatidir.   Masalan,   qadimiy   Samarqand   shahrida   MDH   va
Boltiqbo‘yi  davlatlari orasida yagona hisoblangan muzey joylashgan. Bu Xalqaro
tinchlik va birdamlik muzeyi bo‘lib, jamoat  tashkiloti  hisoblanadi 1
. U mustaqillik
davrida   Samarqand   shahridagi   «Esperanto»   millatlararo   do‘stlik   klubi   a’zolari
tomonidan  tashkil   etilgan.   «Xalq  diplomatiyasi»ning   turli   xil   nodir   ko‘rgazmalari
orasida   «Jahon   dastxati»   loyihasi   alohida   o‘rin   tutadi.   Bu   loyiha   zamonamizning
mashhur shaxslari – davlat va jamoat arboblari, Nobel mukofoti sohiblari, estrada
va   TV   yulduzlari,   fazogirlar   hamda   sportchilar   dastxatlari   tushirilgan   rasmlar,
shaxsiy   tilaklari   bitilgan   xatlar   va   asarlaridan   iborat   to‘plamdir.   Bugungi   kunga
kelib   ushbu   loyiha   doirasida   mingdan   ziyod   eksponatlar   jamlangan.   Loyihaning
asosiy   maqsadi   mashhur   zamondoshlarimiz   orasida   aloqa   ko‘prigi   yaratishdir.
Dunyoning turli davlatlaridan 125 nafar Nobel mukofoti sohiblari «Jahon dastxati»
loyihasida   ishtirok   etishdi.   O‘z   maktublarida   ular   qiyin   sharoitlarda   mustaqil
demokratik   davlat   shakllantirayotgan   hamda   umuminsoniy   qadriyatlarni
mustahkamlash   va   rivojlantirish   yo‘lida   birdamlik   bilan   harakat   qilayotgan
O‘zbekiston xalqini qo‘llab-quvvatlamoqdalar. Loyiha ishtirokchilarining barchasi
fizika,   ximiya,   tibbiyot,   adabiyot,   tinchlikparvarlik   hamda   iqtisodiyot   sohalarida
erishgan   yutuqlari   uchun   yuqori   mukofotlar   bilan   taqdirlanganlar.   Adabiyot
sohasida Nobel mukofoti laureati Vislava Shimbareka muzeyga dastxati tushirilgan
yettita kitobni sovg‘a qilgan. 
Davrning   o‘ziga   xosligi   xususiy   muzeylarning   paydo   bo‘lishidir.   Muzey
1
 Йонесов А. М еждународный музей мира и солидарности // Мозийдан садо . – Ташкент,  2005.  – № 4 (28) . – С.
12. amaliyotida   o‘nlab   yillar   taqiqlangan   bu   xildagi   muassasalar   1980   yillar   oxiri   –
1990 yillar boshidan tiklanib taraqqiy etmoqda.
So‘nggi yillarda mamlakatdagi qator qadimgi shaharlar o‘zining 2500, 2700
yillik   yubiley   tantanalarini   o‘tkazdi.   YuNESKO   qarori   bilan   Xiva,   Buxoro 2
  va
Termizning   2500   yilligi,   Shahrisabz,   Qarshining   2700   yilligini   nishonlash,   ushbu
shaharlardagi   tarixiy   obidalarni   tiklash,   restavratsiya   qilish   qatorida,   u   yerlardagi
muzey   ishining   tubdan   yaxshilanishiga,   kolleksiyalarining   yangi   arxeologik
tadqiqotlar   orqali   to‘ldirilishiga   imkon   berdi 3
.   Ulardan   biri   Termiz   arxeologiya
muzeyi   2001   yilning   24   oktyabrida   tashkil   etilib,   o‘z   faoliyatini   2002   yil   2
apreldan boshlagan. 
Termiz   arxeologiya   muzeyi   O‘rta   Osiyodagi   yagona   arxeologiya   muzeyi
hisoblanadi.   Ushbu   zamonaviy   inshoot   sharqona   me’morchilik   uslubida   qurilgan
bo‘lib, kirish zali, 9 ta asosiy  zal  va ustunlar  bilan bezatilgan galereyadan  iborat.
Kirish   zalida   turli   tarixiy   davrlarga   tegishli   tosh   va   gipsdan   ishlangan   haykallar,
tosh   hovuz   va   katta   hajmdagi   sopol   xumlar   joy   olgan.   Shu   yerning   o‘zida   voha
tarixining   turli   davrlariga   taalluqli   20   ta   arxeologik   inshoot   belgilangan   relefli
xarita   mavjud.   9   ta   asosiy   zalda   Surxondaryo   viloyati   hududidan   topilgan   eng
qadimgi  odamlarning tosh  qurollaridan tortib, mohir  ustalar  qo‘li  bilan yaratilgan
san’at   asarlarigacha   bo‘lgan   eksponatlar   xronologik   tartibda   (mil.av.100   ming.
yillikdan XX asrning boshlarigacha) joylashtirilgan. Muzey fondlarida viloyatning
moddiy va ma’naviy madaniyatiga oid 27000 dan ortiq ashyolar saqlanadi.
Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekistonda yana bir tarixiy muzey – Qatag‘on
qurbonlari   xotirasi   muzeyi   ochildi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom
Karimovning   «Qatag‘on   qurbonlarini   yod   etish   kunini   belgilash   to‘g‘risida»gi
Farmoniga   muvofiq,   mustabid   sovet   tuzumi   davrida   qatag‘on   etilgan   fidoyi
vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan 4
. Ushbu Farmonning
5-bandida   «Qatag‘on   qurbonlari   xotirasi»   muzeyini   tashkil   etish   to‘g‘risida
2
  Инсониятнинг   илмий   ва   маданий   мероси   –  учинчи   минг   йилликка.   Бухоро   ва   Хива   ша ҳ арларининг  2500
йиллигига ба ғ ишланган  халқаро симпозиум тезислари. Тошкент: Ўзбекистон, 1997. – 302 c.
3
 Хушваков Н. Шаҳрисабз тарих музейи // Мозийдан садо. – Тошкент, 2006. – № 2 (30). – Б. 12 -14.
4
  Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2001   йил   1   майда   қабул   қилинган   «Қатағон   қурбонларини   ёд
этиш кунини белгилаш тўғрисида»ги Фармони // Халқ сўзи, 2001 йил 2 май. yozilgan.   Mazkur   muzey   2002   yil   8   noyabrda   tashkil   etilib,   O‘zbekiston
Respublikasi   Fanlar   akademiyasi,   Respublika   «Ma’naviyat   va   ma’rifat»   Kengashi,
«Shahidlar   xotirasi»   xayriya   jamg‘armasining   Fanlar   akademiyasi   tarkibiga
kiritildi 5
.   Muzeyning   ikkinchi   bosqichi   O‘zbekiston   mustaqilligining   17   yilligi
arafasida qurib bitkazildi. Muzey binosi qayta bunyod etilib, ekspozitsiyalari yangi
g‘oyalar asosida kengaytirildi.
Qatag‘on   qurbonlari   xotirasi   muzeyining   asosiy   vazifasi   quyidagilardan
iborat:   qatag‘onchilik   siyosatining   paydo   bo‘lish   sabablari   va   oqibatlarini   tadqiq
etish   va   uni   mamlakatimiz   tarixining   tarkibiy   qismi   sifatida   aks   ettirish;   qatag‘on
qurbonlari   xotirasini   abadiylashtirish,   ularni   yod   etish   bilan   bog‘liq   ma’naviy-
ma’rifiy   tadbirlarni   amalaga   oshirish   va   targ‘ib   etish,   muzey   zaxiralari   va
ekspozitsiyalarini mamlakat hamda xorijdagi turli hujjatlar va boshqa eksponatlar
bilan muntazam ravishda boyitib borish kabilar shular jumlasidandir.
Muzey Toshkent shahrining ko‘rkam manzarali joyida qad ko‘targan bo‘lib,
ikkita   to‘rtburchak   shaklidagi   binodan   iborat.   Atroflariga   o‘yma   naqshlar   bilan
bezatilgan ustunlar o‘rnatilgan va eshiklariga ham o‘yma naqshlar ishlangan. Ustki
qismi ham ikki gumbaz bilan yopilgan. Intereri sharqona uslubda boy bezatilgan.
Muzeyning   birinchi   gumbazli   binosiga   kiraverishdagi   chap   tomonda,   chor
Rossiyasining   O‘rta   Osiyoni   bosib   olish   jarayonlari   ko‘rsatilgan.   Chor   Rossiyasi
mustamlakachiligi   davridagi   xalq   qo‘zg‘alonlari   ishtirokchilarining   qanday
jazolanganliklarini   aks   ettiruvchi   ekspozitsiya   namoyish   etilgan.   Davlat   tepasiga
qizil   imperiya   mustamlakachilari   kelgandan   so‘ng,   mahalliy   aholining   ahvoli
yanada og‘irlashganligini, keyingi stendda ko‘rish mumkin. 1930 yillarda begunoh
shaxslarning   qatag‘on   qilinish   jarayoni   yorqin   dalil-isbotlar   bilan   ekspozitsiyada
ko‘rsatilgan.   Ularning   katta   qismini   olim,   yozuvchi,   davlat   arbobi   va   ziyolilari
tashkil etganligi kishini chuqur o‘yga toldiradi. Totalitar tuzumga qarshi xalq bosh
ko‘tarmasligi   uchun   aholining   ziyoli   kishilari,   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy   hayotning
5
  Ўзбекистон   Республикаси   Вазирлар   Маҳкамасининг   2002   йил   8   ноябрда   қабул   қилинган   «Қатағон
қурбонлари   хотираси»   музейи   фаолиятини   ташкил   этиш   тўғрисида»ги   қарори   //   Халқ   сўзи,   2002   йил   9
ноябрь. barcha   jabhalarida   peshqadam   faoliyat   ko‘rsatuvchi   qatlami   qatag‘on
qurbonlariga   aylangan 6
.Saksoninchi   yillarda   ham   «Paxta   ishi»   bo‘yicha   begunoh
shaxslar   qamoqqa   olingan.   Bu   voqealarning   barchasi   ekspozitsiya   materiallarida
aks ettirilgan.
Mazkur   muzeyning   ilmiy   konsepsiyasini   ishlab   chiqishda,   eksponatlarni
to‘plashda   va   ekspozitsiya   yaratishda   o‘zbekistonlik   barcha   olimlar   yaqindan
yordam bergan 7
.
Mustaqillik   yillarida   muzey-qo‘riqxonalarga   ham   davlat   tomonidan   e’tibor
kuchaytirildi.   Masalan,   Samarqand   davlat   muzey-qo‘riqxonasi   100   yildan   ziyod
faoliyati   davomida   respublikaning   yirik   muzey-qo‘riqxonasiga   aylandi.   Muzeylar
xalqaro kengashiga 1977 yilda a’zo bo‘lgan muzey-qo‘riqxona faol xalqaro faoliyat
olib   bormoqda.   Uning   xodimlari   Muzeylar   xalqaro   kengashi   dasturi   bo‘yicha
Fransiya,   Germaniya,   Niderlandiya,   Peru,   Rossiya,   Ukraina,   Latviya,   Qozog‘iston
kabi mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan anjumanlarda qatnashdilar. O‘z navbatida 1981
yili   Samarqand   Muzeylar   xalqaro   kengashining   regional   konferensiyasi
qatnashchilarini qabul qildi.
Muzey-qo‘riqxonaning   xalqaro   aloqalari   O‘zbekiston   mustaqilligi   davrida
yangicha   mazmun   kasb   etdi.   Muzey   eksponatlari   XX   asr   oxirida   Parij,   Leon,
Shtutgart,   Gannover,   Pensilvaniya   va   boshqa   xorij   shaharlarida   tashkil   qilingan
ko‘rgazmalarda   namoyish   qilindi.   Xususan,   1991   yili   Fransiyaning   Arab   dunyosi
instituti bilan hamkorlikda «Samarqand kulolchiligi» mavzusida ko‘rgazma tashkil
qildi. Bu ko‘rgazma 1994 yilga qadar yana to‘rtta shaharda namoyish etildi.
Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi zallarida esa Polsha, Isroil, Suriya va
boshqa mamlakatlardan olib kelingan rassomlar asarlari, fotosuratlar ko‘rgazmalari
tashkil   qilindi.   Muzey   eksponatlari   2001   yili   Lionda,   2003   yili   Vashingtonda
o‘tkazilgan   «O‘zbekiston   gilamlari»   ko‘rgazmasi,   Sidneyda   2004   yili   o‘tkazilgan
«O‘rta   Osiyo   san’ati»   ko‘rgazmasi,   2005   yili   Yaponiyaning   qator   shaharlarida
6
 Убайдуллаев Х., Сетмаматов М. Музей памяти жертв репрессий // Мозийдан садо. – Ташкент, 2003. – 2 
(18). – С. 6 -8. 
7
  Kuryazova D.T. Muzey ishi tarixi va nazariyasi. Kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma. – Toshkent: 
O'qituvchi , 2007. – B. 49-50. o‘tkazilgan «Buyuk Ipak yo‘li merosi» ko‘rgazmalarida namoyish etildi 8
.
Boy   eksponatlari   bilan   jahon   ko‘rgazmalarida   faol   ishtirok   etayotgan
muzeylar   qatoriga   Qoraqalpog‘iston   o‘lkashunoslik   muzeyini   ham   kiritish
mumkin.   Arxiv   hujjatlarida   yozilishicha,   1929   yili   To‘rtko‘l   shahri   klubida
Qoraqalpog‘iston   Muxtor   viloyati   ilmiy   tadqiqot   instituti   qoshida   O‘lkashunoslik
muzeyi   tashkil   etilib,   o‘sha   yilning   16   mayida   uning   ilk   ko‘rgazmasi   ochilgan.
Muzeyni tashkil etishda N.A.Baskakov, N.V.Torchinskaya, yosh qoraqalpoq olimi
Q.Ayimbetovlar   faol   ishtirok   etganlar.   XX   asrning   30-yillari   oxiridan   muzey
xazinasi   S.P.Tolstov   boshchiligidagi   Xorazm   arxeologiya-etnografiya
ekspeditsiyasi   ashyolari,   keyinchalik   I.V.Saviskiy   to‘plagan   noyob   eksponatlar
bilan   boyib   bordi.   Bugungi   kunda   u   mintaqadagi   mashhur   muzeylardan   biri
hisoblanadi.   Muzey   ochilganda   unda   bir   necha   o‘nlab   eksponat   bo‘lsa,   endilikda
60   mingga   yaqin   tarixiy   buyum   jamlangan.   Ularning   ko‘pchiligi   noyob   va
qimmatli   bo‘lib,   xalq   mulki   hisoblanadi.   Muzey   xodimlarining   soni   40   ga   yaqin
bo‘lib,   ular   respublikada   o‘tkazilayotgan   ekspeditsiyalarda   muntazam   qatnashib,
eksponatlarni   yanada   boyitishga   o‘z   hissalarini   qo‘shmoqdalar.   O‘zbekiston
Respublikasi   Fanlar   akademiyasining   Qoraqalpog‘iston   bo‘limi,   oliy   o‘quv
yurtlari,   «Orol»,   «Mahalla»   jamg‘armalari   bilan   mustahkam   aloqalar   o‘rnatilgan.
Muzeyda   ulug‘   ajdodlarimizning   yubiley   kechalari,   uchrashuvlar,   ilmiy-amaliy
seminarlar,   ko‘rgazmalar,   oliy   o‘quv   yurtlari   talabalari   uchun   muzey   darslari,
ma’ruzalar,   amaliy   mashg‘ulotlar   o‘tkaziladi.   Zero,   buyuk   sarkarda   Amir   Temur
tavalludining   660   yilligi,   qomusiy   olim   Abu   Rayhon   Beruniy   tavalludining   1000
yilligi,   Alpomish   dostoni   yaratilganligining   1000   yilligi,   xalq   qahramoni   Elnazar
Olako‘z,   Qoraqalpoq   mumtoz   shoirlari   Berdaq   va   Ajiniyoz   kabilarga   bag‘ishlab
o‘tkazilgan tadbirlar fikrimiz dalilidir 9
. 
So‘nggi   yillarda   tashkil   etilgan   muzeylardan   biri   Tasavvuf   tarixi   muzeyi
bo‘lib, u tasavvuf ilmining O‘rta Osiyodagi yirik namoyandasi va xojagon tariqati
asoschilaridan   Abduxoliq   G‘ijduvoniyning   900   yilligi   va   Bahouddin   Naqshband
8
  Қайимов   Р.   Самарқанд   давлат   музей-қўриқхонасининг   халқаро   алоқалари   //   Мозийдан   садо.   –   Тошкент,
2005. – № 4. – Б. 11.
9
 Нурабуллаева С. Ўлкамиз тарихи сарчашмаси. Қорақалпоғистон Республикаси Ўлкашунослик музейининг
75 йиллиги // Мозийдан садо. – Тошкент, 2004. – № 2. – Б. 5. tavalludining   685   yillik   yubileylari   munosabati   bilan   ochildi.   Undagi
ekspozitsiyalar VII asrdan XXI asr boshlariga qadar bo‘lgan davrni qamrab olgan.
Ekspozitsiya   markazida   Qur’oni   Karimning   qo‘lyozma   nusxalaridan   biri,   uning
atrofida   hadislar   majmualari   joylashtirilgan.   Buning   o‘ziga   xos   ramziy   ma’nosi
bor.   Chunki   tasavvuf   ta’limoti   negizida   Qur’oni   Karim   va   hadislar   yotadi.
Tasavvuf   ta’limotining   tub   mohiyatini   ochib   bergan   buyuk   ilohiyotchi,   faylasuf
Abu  Homid  G‘azzoliyning   (1058–1111)   «Ayuha - l-valad»   va  «Ihyo  ulum  ad-din»
asarlari   fotonusxasi   muzey   eksponatlarida   namoyish   etilmoqda.   Abu   Homid
G‘azzoliy   islom   aqidaparastlari   bilan   hurfikrli   tasavvuf   ahli   o‘rtasida   vujudga
kelgan   jarlikni   bartaraf   etishga   harakat   qilib,   islom   aqidalarini   so‘fiyona   g‘oyalar
bilan uyg‘unlashtirishga muvaffaq bo‘lgan buyuk mutafakkirdir 10
.
So‘fiyona   g‘oyalarni   o‘zining   «Devoni   hikmat»   asarida   nazmiy   bayon   etib
bergan   Ahmad   Yassaviy   faoliyatini   aks   ettiruvchi   eksponatlar   ham   muzey
zallaridan munosib o‘rin olgan. Xojagon tariqati asoschisi Abduxoliq G‘ijduvoniy
va   uning   ustozi   Yusuf   Hamadoniy   ma’naviy   faoliyatiga   doir   qo‘lyozmalar,   turli
maishiy-xo‘jalik   buyumlari   alohida   vitrinada   joylashgan.   Bugungi   kunda   mazkur
muzeyning   O‘zbekistondagi   tasavvuf   tarixini   o‘rganish   va   targ‘ib   etishda
ahamiyati kattadir.
                    O‘zbekiston   Tasviriy   san’at   galereyasi.   O‘zbekiston   Tasviriy   san’at
galereyasi   2004   yili   Toshkent   shaxrida   ochildi.   Galereya   binosi   qisqa   muddat
ichida   qurib   bitkazilgan   bo‘lsada,   xalqaro   standartlarga   javob   beruvchi   eng
zamonaviy texnika vositalari bilan jixozlangan. U yerda o‘rnatilgan eng zamonaviy
jixozlar   eksponatlarni   namoyish   etish   va   asrash   uchun   zarur   bo‘lgan   eng   qat’iy
xarorat, namlik tartiblarini ta’minlash va qo‘riqlash shartlariga rioya etish imkonini
beradi.   Ma’ruzalar   va   kinozallar,   kutubxona,   moxir   usta   studiyasi,   ustaxonalar,
bularning xammasi, shubxasiz, ko‘rgazmalar yangi majmuasini xalqaro darajadagi
san’atshunoslik markaziga aylantiradi.
Uning   ekspozitsiya-ko‘rgazma   maydoni   3,500   kvadrat   metrga   teng.
Shuningdek galereya zarur texnikaviy uskunalar bilan jixozlangan majlislar zaliga
10
 Тураев Х. Тасаввуф тарихи музейи // Мозийдан садо. – Тошкент, 2005. – № 4. – Б. 8-9. ega   bo‘lib,   bu   yerda   ko‘rgazmalar,   taqdimot   marosimlari,   seminarlar,   amaliy
uchrashuvlar, filmlar namoyishlari va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.
Tasviriy   san’at   galereyasi   zallarida   XX   asr   boshidan   xozirgi   kungacha
yaratilgan O‘zbekiston tasviriy san’ati asarlarining boy to‘plami, shuningdek O‘rta
Osiyoda zarb etilgan noyob tangalar kolleksiyasi namoyish etilmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi   Tashqi   iqtisodiy   faoliyat   milliy   bankining   1994   yilda   Prezidentimiz
I.A.Karimov   tashabbusi   bilan   yaratilgan   Kartinalar   galereyasidagi   kolleksiya
birinchi ekspozitsiyaning asosini tashkil etdi.
          Yunus Rajabiy uy-muzeyi.  Buyuk o‘zbek kompozitori, musiqa san’atining
yetuk   ustasi   Yunus   Rajabiyning   100   yillik   yubileyi   munosabati   bilan,   1997   yili
Yu.Rajabiy   uy-muzeyi   ochildi.   Mazkur   muzey   san’atkorning   o‘zi   yashab   ijod
etgan   uyida   barpo   etildi   va   u   Yu.Rajabiy   ko‘chasi,   20-uyning   2   qavatli   binosida
joylashgan.   Binoning   old   tomoniga   Yu.Rajabiyning   xaykali   o‘rnatilgan.
Muzeyning   birinchi   qavatida   memorial   va   chog‘u   asboblar   ekspozitsiyasi   xonasi,
muxmonxana joylashgan. Memorial xonada  Yunus Rajabiy ning mebellari, radio,
ustki   kiyimi,   stolining   ustida   esa,   musiqa   asbobi,notalari,   ruchka,   choynak-
piyolalari qo‘yilgan. Uning hayotligidagi muxit saqlanib qolgan. Tomoshabinga bu
emotsional   ta’sir   ko‘rsatadi   va   u   Yu.Rajabiy   yashab,   ijod   etgan   davr   ruhini   his
etadi. Keyingi xonada pianino, setor, dutor, rubob kabi ko‘plab musiqaviy cholg‘u
asboblari   ekspozitsiyaga   qo‘yilgan.   Uchinchi   xonada   Toshkentning   Chaqar
mahallasidagi   Rajabiy   tug‘ilib   o‘sgan   uyning   maketi,   mahallaning   fototasviri,
o‘sha   uyda   ishlatilgan   uy   ro‘zg‘ori   buyumlari,   onasining   portreti,   so‘zana,
san’atkor zamondoshlarining fotosuratlari joylashgan.
Ikkinchi   qavatga   chiqaverishda,   rassom   S.Raxmetov   tomonidan   yaratilgan
kartina   osilgan.   Birinchi   xonada   Yu.Rajabiyning   xayoti   va   ijodi,   oila   a’zolari
tasvirlangan   fotosuratlar,   xujjatlar   namoyish   etilgan.   Ikkinchi   xonada
kompozitorning   kutubxonasi   jamlangan   ishchi   xonasi   o‘z   xolicha   saqlangan.
Mazkur xonada xam Yu.Rajabiy yashagan davr ruxi seziladi.
Ushbu   muzey,   Toshkentdagi   uy-muzeylari   orasida   eng   ko‘zga   ko‘ringan,
muzey   ishini   yaxshi   tashkil   etgan,   juda   ko‘psonli   tomoshabinlarga   xizmat qiladigan, yaxshi ekskursiya ishlarini olib boradigan muzeylar sirasiga kiradi.
Olimpiya   shon-shuhrati   muzeyi.   Mustaqillik   yillarida   tashkil   etilgan
muzeylardan   yana   biri   Olimpiya   shon-shuhrati   muzeyi   bo‘lib,   1996   yil   1
sentyabrda   tantanali   ravishda   ochildi 11
.     Mazkur   muzeyni   jihozlash   va
ekspozitsiyasini   yaratishda   yetakchi   muzeyshunos   mutaxassislar   bilan   bir   qatorda
fan   arboblari,   dizayner-rassomlar,   O‘zbekiston   xalq   amaliy   san’ati   ustalari   ham
qatnashdilar.   Muzey   ekspozitsiyasining   asosini   hozirgi   zamon   Olimpiya
o‘yinlarining eksponatlari tashkil etadi. 
1996 yili fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga
O‘zbekiston   va   Markaziy   Osiyoda   Olimpiya   hamda   sport   harakatlari   sohasidagi
xizmatlari uchun Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining eng yuksak va obro‘li mukofoti
–  Olimpiya   Oltin  nishoni   topshirildi.  Ushbu   nishon   va   Osiyo   Olimpiya   Kengashi
nishoni muzeydagi eng nodir eksponatlar qatoriga kiritilgan.
Muzey   ekspozitsiyalarida   Olimpiya   harakati   qachon   paydo   bo‘lgani,
O‘zbekiston   Milliy   Olimpiya   qo‘mitasining   barpo   etilganligi   va   g‘oyalarining
taraqqiy   etganligi,   sport   o‘yinlari   o‘tkazish   va   g‘olib,   sovrindor   bo‘lib   chiqqan
O‘zbekiston   sportchilarining   ishtirok   etayotganligi   haqida   hikoya   qilinadi.
Shuningdek, XX asr Olimpiya o‘yinlarining shonli tarixida o‘z nomlarini qoldirgan
bir   qator   sportchilarning   yutuqlarini   namoyish   etuvchi   ekspozitsiya   ham   mavjud.
Ushbu   muzey   ekspozitsiyasidagi   mustaqil   O‘zbekiston   terma   jamoasining   1996
yili   Atlanta   (AQSh)   Olimpiya   o‘yinlarida   ishtirok   etgani   to‘g‘risidagi   qiziqarli
ma’lumotlar   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Muzey   zamonaviy   texnika   vositalari
bilan   jihozlangan.   Respublikamizda   bo‘lib   o‘tadigan   turli   xildagi   sport
musobaqalari, muzeyning o‘zida o‘tkaziladigan matbuot anjumanlari, musobaqa va
turnir   g‘oliblari   bilan   uchrashuvlar   va   hokazolar   videolavhalarda   olib   boriladi   va
namoyish etib turiladi.
O‘zbekistonda   yangi   muzeylarning   taraqqiyoti   va   ahamiyatini   o‘rganish
jarayonida aniqlangan asosiy xulosalar quyidagilardan iborat:
11
  Қаранг:  Зеркало нашей  истории  и достижений. В Ташкенте откр ы т   Музей олимпийской славы  //  Правда
Востока,   3   сентября   1996   год а;   Музей   олимпийской   слав ы   //   Правда   Востока,   8   февраля   1996   год а;
Тулаганов Ш., Долганова Н. Музей олимпийской слав ы // Мозийдан садо . – Ташкент,  1999.  – № 1-2.  – С. 12. - muzeylarda ro‘y bergan ijobiy o‘zgarishlar, muzeylar sonining ko‘payishi
mustaqillik   sharofati,   hayotning   barcha   sohalarida   yuz   berayotgan   ijobiy
o‘zgarishlar talablari, davr taqozosi bilan amalga oshmoqda;
- O‘zbekistonda 1990 yilga qadar davlat tasarrufidagi muzeylar yetmishdan
ziyod   bo‘lgan   bo‘lsa,   mustaqillik   davriga   kelib   ularning   soni   sakson   sakkiztaga
yetdi. Shulardan 16 tasi tarixiy, 27 tasi o‘lkashunoslik ixtisosligidagi muzeylardir;
-   yangi   tashkil   etilgan   muzeylar   sirasiga   Temuriylar   tarixi   davlat   muzeyi,
Olimpiya   shon-shuhrati   muzeyi,   Qatag‘on   qurbonlari   xotirasi   muzeyi,   Termiz
Arxeologiya   muzeyi,   Samarqanddagi   Xalqaro   tinchlik   va   birdamlik   muzeyi   va
boshqa muzeylar kiradi; 
-   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti,   Vazirlar   Mahkamasi   va   Oliy   Majlis
tomonidan muzeylarga bo‘lgan e’tibor har tomonlama kuchayib, davlat tomonidan
yangi   muzeylarni   tashkil   etishga   hamda   mavjud   muzeylarni   ta’mirlashga,
ekspozitsiyalarini   zamonaviy   asbob-uskunalar   bilan   jihozlashga,   muzey   ishlarini
yaxshilashga   katta   mablag‘   ajratilgani   natijasida   jahon   muzeylari   talablariga   mos
ravishda   ilmiy   konsepsiyalar   ishlab   chiqilgani   va   yangi   muzeylar   yaratilganiga
sabab bo‘lishi ta’kidlanadi;
-   O‘zbekistonda   yangi   tashkil   etilgan   deyarli   barcha   muzeylar   ijtimoiy
hayotda, ma’rifiy va ma’naviy maskanlar  sifatida muhim ahamiyat  kasb etayotib,
jahon   andozalariga   mos   ravishda   jihozlanib,   juda   boy   eksponatlarga   ega   ekanligi
bilan ajralib turadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Yonesov   A.   M ejdunarodn ы y   muzey   mira   i   solidarnosti   //   Moziydan   sado .   –
Tashkent,  2005.  – № 4 (28) . 
2.Insoniyatning   ilmiy   va   madaniy   merosi   –   uchinchi   ming   yillikka.   Buxoro   va
Xiva   sha h arlarining   2500   yilligiga   ba g‘ ishlangan   xalqaro   simpozium   tezislari.
Toshkent: O‘zbekiston, 1997. 
3.Xushvakov N. Shahrisabz tarix muzeyi // Moziydan sado. – Toshkent, 2006. – №
2 (30).
4.O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2001   yil   1   mayda   qabul   qilingan «Qatag‘on   qurbonlarini   yod   etish   kunini   belgilash   to‘g‘risida»gi   Farmoni   //   Xalq
so‘zi, 2001 yil 2 may.
5.O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2002   yil   8   noyabrda   qabul
qilingan   «Qatag‘on   qurbonlari   xotirasi»   muzeyi   faoliyatini   tashkil   etish
to‘g‘risida»gi qarori // Xalq so‘zi, 2002 yil 9 noyabr.
Ubaydullaev X., Setmamatov M. Muzey pamyati jertv repressiy // Moziydan sado. 
– Tashkent, 2003. – 2 (18). 
6.Kuryazova D.T. Muzey ishi tarixi va nazariyasi. Kasb-hunar kollejlari uchun 
o’quv qo’llanma. – Toshkent: O'qituvchi , 2007. 
Qayimov   R.   Samarqand   davlat   muzey-qo‘riqxonasining   xalqaro   aloqalari   //
Moziydan sado. – Toshkent, 2005. – № 4.
7.Nurabullaeva   S.   O‘lkamiz   tarixi   sarchashmasi.   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi
O‘lkashunoslik muzeyining 75 yilligi // Moziydan sado. – Toshkent, 2004. – № 2.
8.Turaev X. Tasavvuf tarixi muzeyi // Moziydan sado. – Toshkent, 2005. – №

O‘zbekistonda yangi muzeylarning taraqqiyoti va ahamiyati Reja: 1. XX asrning oxiri XXI asrning boshlarida muzey sohasidagi o‘zgarishlar. 2. O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan muzeylarning faoliyati.

1. XX asrning oxiri XX asrning boshlarida muzey sohasidagi o‘zgarishlar. XX asrning 80-yillari bugungi kunga kelib tarixga aylandi. Muzey ishida muhim bosqich 1990 yillarda O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilinganidan boshlanib, hozirda o‘zining yuksak taraqqiyot davriga o‘tdi. 1990 yillardagi yangi tarixiy sharoit O‘zbekistondagi tarix va o‘lkashunoslik muzeylari uchun ulkan imkoniyatlar va yorqin istiqbollar yaratdi. Ayni paytda muzeylar o‘zining jamiyatdagi yuqori ijtimoiy mavqeini saqlab qolishga, vujudga kelgan vaziyatga ma’lum darajada moslashuvini ham namoyon etdi. Bugungi kunda barcha qiyinchiliklar ortda qoldi, deyish mumkin. Eng muhimi, madaniy merosni muhofaza qilish davlatning, qolaversa shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning diqqat markazida ekanligini ta’kidlash joiz. Muzeylarga nisbatan jamiyatdagi ehtiyoj unga kiruvchilar sonining oshib borishi bilan belgilanadi. Bu ko‘rsatkich 1990 yillarda keskin kamayib, XX asrning oxirlaridan asta-sekin o‘sa boshladi. Olimlarning yozishicha, muzeylar faoliyatini murakkablashtirgan narsa XX asrning 90-yillarida ham jamiyatda ko‘pchilik aholi qabul qilgan muhim qadriyatlar tizimining shakllanmaganligi edi. Kommunistik mafkura va sovet turmush tarzining targ‘iboti mustaqillik yillaridan demokratik qadriyatlarga asoslangan ochiq jamiyat tomon yo‘nalish bilan almashdi. Muzeylar bosib o‘tgan tarixiy yo‘l uning vositasida ko‘plab madaniy va ijtimoiy muammolarni yechish mumkinligini tasdiqlamoqda. Buni anglagan muzey ilmiy xodimlari o‘z zimmalariga faqat muzey ishi, faoliyati uchun mas’uliyatni olibgina qolmay, balki shahar, viloyat, qolaversa mamlakat miqyosidagi ijtimoiy-madaniy, ma’rifiy muammolarni hal etishda ham faol ishtirok etishga tayyordirlar. Muzeylar faoliyatining yangi yo‘nalishlari ularning jamiyatga ta’sirini sezilarli kengaytirib, bu jarayon nazariy muzeyshunoslikda kommunikatsion yondashuvning shakllanishi va taraqqiyoti, ekomuzeologiya, muzey-pedagogik tadqiqotlari, muzey faoliyati, madaniy-ma’rifiy va ekspozitsiya-ko‘rgazmalarda, yangi texnologiyalardan muzey ishining barcha yo‘nalishlarida foydalanilishida aks etadi. Muzey ishi va muzeyshunoslik bilimlari, uning keyingi taraqqiyoti muzeylar hamda jamiyat hamkorligidagi harakatlari yanada unumliroq bo‘lishini

ta’minlashi shubhasiz. Muzeylarning ma’lum qismini turli boshqarmalarning muzeylari tashkil etadi. Ularning ayrimlari davlat, boshqalari esa xususiy yoki jamoa muzeylariga aylangan. Boshqarma muzeylarining deyarli ko‘pchiligi mutaxassislar uchun tashkil etilgan. Bu turdagi muzeylar «yopiq» muassasalar bo‘lsa-da, ularning ko‘pchiligi moliyaviy jihatdan yaxshi ta’minlangan. Ba’zida bu xildagi ayrim muzeylar o‘sib jamiyat uchun ochiladi, ularda ham boshqalardagi kabi muzey kommunikativ muammolari, kiruvchilar bilan o‘zaro munosabat, ko‘rgazmalar saviyasi muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi. Boshqarma muzeylariga normativ hujjatlarni muvofiqlashtirish, xodimlar tayyorlash, kolleksiyalarni saqlash muammolari dolzarb bo‘lib qolmoqda. XX asrning so‘nggi o‘n yilliklarida mamlakat muzeylari «qiyofasi» nisbatan o‘zgaradi. Ayrim o‘zgarishlar muzey ishiga yangi tashqi ta’sir, xorijiy muzeylar bilan aloqalarning faollashuvi bilan izohlansa, boshqalari muzey ishining ichki mantiqiy taraqqiyoti bilan belgilanadi. Xalqaro muzeylar tashkilotining (IKOM) ma’lumotlariga qaraganda, jahon muzeylarining 90 foizi so‘nggi ellik yilda bunyod etilgan. 2. O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan muzeylarning faoliyati. Bugungi kunda muzeylar sonining o‘sishi umumjahon jarayon bo‘lib, har besh yilda ular 10 foizga ko‘payib bormoqda. Faqat mustaqillik yillarida O‘zbekistonda o‘ndan ziyod muzeylarning, xususan Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi, Termiz Arxeologiya muzeyi, Olimpiya shon-shuhrati va boshqa muzeylarning tashkil etilishi ham yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi doirasida 88 ta muzey mavjud bo‘lib, shulardan 43 tasi tarix va o‘lkashunoslik ixtisosligidagi muzeylardir. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tasarrufida to‘rtta muzey bo‘lib, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeylari shular jumlasidandir. Bulardan tashqari ma’lum muammo, mavzu, inshoot yoki jarayonni ifoda etuvchi muzeylar soni ham tobora ko‘payib bormoqda.

1990 yillarning boshida O‘zbekistonda jamoatchilik muzeylari keskin kamaydi. Ammo bugunga kelib, bu muzeylarning ba’zilari qayta tiklanib, konsepsiyasi tubdan o‘zgartirildi. Ularda faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘zlarining kasbiy mahoratlarini oshirish uchun davlat muzeylari xodimlari qatorida malakalarini oshirish bilan shug‘ullanishmoqda. Ayrim jamoatchilik muzeylari avvalgidek o‘z faoliyatini kengaytirib, davlat muzeyi statusini olmoqda. Yana bir o‘ziga xos xususiyat ayrim jamoatchilik muzeylarining «davlat muassasasiga aylanishi» emas, balki o‘zining maqomini saqlab, kuchli va e’tiborli muzeyga aylanish harakatidir. Masalan, qadimiy Samarqand shahrida MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari orasida yagona hisoblangan muzey joylashgan. Bu Xalqaro tinchlik va birdamlik muzeyi bo‘lib, jamoat tashkiloti hisoblanadi 1 . U mustaqillik davrida Samarqand shahridagi «Esperanto» millatlararo do‘stlik klubi a’zolari tomonidan tashkil etilgan. «Xalq diplomatiyasi»ning turli xil nodir ko‘rgazmalari orasida «Jahon dastxati» loyihasi alohida o‘rin tutadi. Bu loyiha zamonamizning mashhur shaxslari – davlat va jamoat arboblari, Nobel mukofoti sohiblari, estrada va TV yulduzlari, fazogirlar hamda sportchilar dastxatlari tushirilgan rasmlar, shaxsiy tilaklari bitilgan xatlar va asarlaridan iborat to‘plamdir. Bugungi kunga kelib ushbu loyiha doirasida mingdan ziyod eksponatlar jamlangan. Loyihaning asosiy maqsadi mashhur zamondoshlarimiz orasida aloqa ko‘prigi yaratishdir. Dunyoning turli davlatlaridan 125 nafar Nobel mukofoti sohiblari «Jahon dastxati» loyihasida ishtirok etishdi. O‘z maktublarida ular qiyin sharoitlarda mustaqil demokratik davlat shakllantirayotgan hamda umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash va rivojlantirish yo‘lida birdamlik bilan harakat qilayotgan O‘zbekiston xalqini qo‘llab-quvvatlamoqdalar. Loyiha ishtirokchilarining barchasi fizika, ximiya, tibbiyot, adabiyot, tinchlikparvarlik hamda iqtisodiyot sohalarida erishgan yutuqlari uchun yuqori mukofotlar bilan taqdirlanganlar. Adabiyot sohasida Nobel mukofoti laureati Vislava Shimbareka muzeyga dastxati tushirilgan yettita kitobni sovg‘a qilgan. Davrning o‘ziga xosligi xususiy muzeylarning paydo bo‘lishidir. Muzey 1 Йонесов А. М еждународный музей мира и солидарности // Мозийдан садо . – Ташкент, 2005. – № 4 (28) . – С. 12.

amaliyotida o‘nlab yillar taqiqlangan bu xildagi muassasalar 1980 yillar oxiri – 1990 yillar boshidan tiklanib taraqqiy etmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatdagi qator qadimgi shaharlar o‘zining 2500, 2700 yillik yubiley tantanalarini o‘tkazdi. YuNESKO qarori bilan Xiva, Buxoro 2 va Termizning 2500 yilligi, Shahrisabz, Qarshining 2700 yilligini nishonlash, ushbu shaharlardagi tarixiy obidalarni tiklash, restavratsiya qilish qatorida, u yerlardagi muzey ishining tubdan yaxshilanishiga, kolleksiyalarining yangi arxeologik tadqiqotlar orqali to‘ldirilishiga imkon berdi 3 . Ulardan biri Termiz arxeologiya muzeyi 2001 yilning 24 oktyabrida tashkil etilib, o‘z faoliyatini 2002 yil 2 apreldan boshlagan. Termiz arxeologiya muzeyi O‘rta Osiyodagi yagona arxeologiya muzeyi hisoblanadi. Ushbu zamonaviy inshoot sharqona me’morchilik uslubida qurilgan bo‘lib, kirish zali, 9 ta asosiy zal va ustunlar bilan bezatilgan galereyadan iborat. Kirish zalida turli tarixiy davrlarga tegishli tosh va gipsdan ishlangan haykallar, tosh hovuz va katta hajmdagi sopol xumlar joy olgan. Shu yerning o‘zida voha tarixining turli davrlariga taalluqli 20 ta arxeologik inshoot belgilangan relefli xarita mavjud. 9 ta asosiy zalda Surxondaryo viloyati hududidan topilgan eng qadimgi odamlarning tosh qurollaridan tortib, mohir ustalar qo‘li bilan yaratilgan san’at asarlarigacha bo‘lgan eksponatlar xronologik tartibda (mil.av.100 ming. yillikdan XX asrning boshlarigacha) joylashtirilgan. Muzey fondlarida viloyatning moddiy va ma’naviy madaniyatiga oid 27000 dan ortiq ashyolar saqlanadi. Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekistonda yana bir tarixiy muzey – Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, mustabid sovet tuzumi davrida qatag‘on etilgan fidoyi vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan 4 . Ushbu Farmonning 5-bandida «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyini tashkil etish to‘g‘risida 2 Инсониятнинг илмий ва маданий мероси – учинчи минг йилликка. Бухоро ва Хива ша ҳ арларининг 2500 йиллигига ба ғ ишланган халқаро симпозиум тезислари. Тошкент: Ўзбекистон, 1997. – 302 c. 3 Хушваков Н. Шаҳрисабз тарих музейи // Мозийдан садо. – Тошкент, 2006. – № 2 (30). – Б. 12 -14. 4 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2001 йил 1 майда қабул қилинган «Қатағон қурбонларини ёд этиш кунини белгилаш тўғрисида»ги Фармони // Халқ сўзи, 2001 йил 2 май.