logo

Yangi O‘zbekistonda yangi Ijtimoiy nazorat fanining yaratilishi va ijtimoiy nazoratni shakllanishi.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

31.3564453125 KB
Yangi O‘zbekistonda yangi Ijtimoiy nazorat fanining yaratilishi va ijtimoiy
nazoratni  shakllanishi.
Reja
1.Harakatlar   strategiyasiya d a   jamiyatni   kuchli   qilish   va     nazorat   tizim ini
takomillashtirish  masalalari .
2.Jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti   bo‘lgan   ijtimoiy   tartibning
o‘rnatilishi nazorat faoliyatiga bog‘liqligi.
3.Mustaqillik   yillarida   nazorat   faoliyatini   ilmiy   tadqiq   qilinishi   va   Ijtimoiy
nazorat fanini yaratilishi. 1.Harakatlar   strategiyasiya d a   jamiyatni   kuchli   qilish   va     nazorat   tizim ini
takomillashtirish  masalalari .
N azorat   faoliyatiga   doir   bilimning   ahamiyati   va   dolzarbligi   jamiyat
taraqqiyotining   mu h im   sharti   bo‘lgan   ijtimoiy   tartibning   o‘rnatilishi   nazorat
faoliyatiga   bog‘liqligi   bilan   belgilanadi.   Ijtimoiy   tartib   nafaqat   jamiyat
taraqqiyotining,   balkim   jamiyat   mavjud   bo‘lishining   ham   muhim   sharti   ekanligi
nazorat   faoliyati   masalalariga   bag‘ishlangan   tadqiqotning   naqadar   dolzarbligini
yaqqol   ko‘rsati b   turibdi .   O‘zbekiston   tanlagan   demokratik   taraqqiyot   yo‘li   ham
mavzuning   dolzarbligini   ko‘rsat a di,   chunki   demokratiya     faqat   hokimiyat   xalq
tomonidan   shakllantirilishigina   emas,   balki   nazorat   qilinishini   ham   bildiradi.
Zamonamiz mohiyati bo‘lgan   “ Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari ”
tamoyili   va     O‘ zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoev   tomonidan
ishlab   chiqilgan     Harkatlar   strategiyasi 1
  ham   mavzuning   dolzarbligini   ko‘rsatib
turibdi.   Chunki   ushbu   Harakatlar   strategiyasiya d a   jamiyatni   kuchli   qilish   va
nazorat   tizim ini   takomillashtirish   masalalari   ustuvor   vazifa   sifatida   belgilab
berilgan .
  Ushbu   xususda   gapirib   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat
Mirziyoev “Kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishda jamoatchilik nazoratini  tizimli
yo‘lga   qo‘yish   eng   maqbul   yo‘ldir.   Bu   -   jahon   tajribasida   sinovdan   o‘tgan   yo‘l.
Davlat   qachon  o‘z   vazifasini   muvaffaqiyatli   ado   etadi?   Qachonki   davlat   idoralari
faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazorati o‘rnatilgan bo‘lsa. Afsuski, hozirgi
kunda   jamoatchilik   nazoratining   ta’siri   amalda   sezilmayapti.   Odamlar   orasida
haligacha   boqimandalik   kayfiyati   hukm   surmoqda.   Davlat   bor-ku,   boqsin-da,
degan   kayfiyatlardan,   afsuski,   to‘liq   qutula   olmayapmiz.   Jamoat   va   diniy
tashkilotlar   bilan   hamkorlik   qilish   bo‘yicha   Prezidentning   davlat   maslahatchisi
rahbarligidagi   Respublika   ishchi   guruhi   keyingi   paytda   qariyb   barcha   hududlarda
ijtimoiy-ma’naviy   muhitni   o‘rganish   va   aniqlangan   muammolarni   bartaraf   etish
uchun   jamoatchilik   nazoratini   kuchaytirish   yuzasidan   tegishli   chora-tadbirlarni
1
 Мирзиёев Ш.М. 2017-2021 йилларда Ўзбекистонни ривожлантиришнинг беш устувор йўналиши бўйича 
Ҳаракатлар стратегияси. 2017 йил 7 феврал. amalga oshirmoqda. Lekin shuning o‘zi yetarli emas. Barchamiz bir yoqadan bosh
chiqarib,   ana   shu   muammolarni   birgalikda   yechmasak,   chetdan   kelib   hech   kim
ularni hal qilib bermaydi” 2
 deb ta’kidlagan.    Jamiyat taraqqiyotining muhim sharti
bo‘lgan   ijtimoiy   tartibning   o‘rnatilishini   faqat   yuqoridan   amalga   oshiriladigan
davlat   nazorati   bilan   to‘liq   ta’minlab   bo‘lmaydi,   buning   uchun   quyidan   amalga
oshiriladigan   jamiyat   nazorati   h am   kerak   bo‘ladi.     Davlat   va   jamiyat   nazoratidan
iborat   b o‘ lgan   nazorat   tizimini   ijtimoiy   nazorat   degan   tushuncha   bilan   ifodalash
mumkin.   Shuning   uchun   ijtimoiy   nazorat   mavzus i   bugunning   eng   dolzarb
m uammo si deb aytishimiz mumkin.
Nazorat   faoliyatiga   doir   bilimni   beradigan   fanga   bo‘lgan   ehtiyoj   natijasida
mustaqillik  yillarida   O‘zbekistonda  Ijtimoiy  nazorat  fani   shakllanmoqda.   Ijtimoiy
nazorat iborasiga biz davlat va jamiyat nazoratidan iborat bo‘lgan nazorat tizimini
anglatuvchi   ma’no   yuklayapmiz.   Ijtimoiy   nazoratni   keng   va   tor   ma’noda,   ya’ni
keng   ma’noda   ijtimoiy   nazorat,   tor   ma’noda   jamoatchilik   nazorati   deb   tushunish
mumkin.   Ijtimoiy   nazorat   jamoatchilik   nazoratini   ham   qamrab   oladi,   lekin   ilmiy
tadqiqotlarda  zarurat  bo‘lganda, aniqlik  kiritish  maqsadida     ularni  farq  qila bilish
kerak.   Jamoatchilik   nazorati   deganda ,   fuqarolik   jamiyati   institutlari   tomonidan
amalga   oshiriladigan   nazorat   tushuniladi.   Ijtimoiy   nazorat   deganda   esa   davlat   va
fuqarolik   jamiyati   institutlari   tomonidan   birgalikda ,   uyg‘unlikda     amalga
oshiriladigan nazorat tushuniladi. 
Ijtimoiy nazorat iborasiga bunday ma’no berilishining sabablaridan yana biri
-   buning   ijtimoiy   tartib,   ijtimoiy   taraqqiyot   va   ijtimoiy   buyurtma   iboralari   bilan
uyg‘unligi da dir.   Ijtimoiy   tartib   deganda   biz   mamlakatdagi   tartibni   tushunamiz,
mamlakat   esa   davlat   va   jamiyatdan   iborat.   Demak,   ijtimoiy   tartib   davlat   va
jamiyatdagi   tartibni   anglatadi   deb   aytish   mumkin.   Tartib   esa   huquq   va   axloq
me’yorlariga   rioya   qilish ining   ta’minlanganlik   holatidir.   Bunday   holat   nazorat
faoliyati orqali ta’minlanadi. Ijtimoiy tartib davlat va jamiyatdagi tartibni anglatar
2
 Мирзиёев Ш.М. Ижтимоий барқарорликни таъминлаш, муқаддас динимизнинг софлигини асраш – давр 
талаби мавзусидаги анжуманда сўзлаган нутқи. 2017 йил 15 июн ekan ,   ijtimoiy nazorat iborasi ham davlat va jamiyatning uyg‘unlikdagi nazoratini
anglatadi deb aytish mumkin. 
Xuddi shunday, ijtimoiy taraqqiyot tushunchasi ham mamlakat taraqqiyotini
anglatib,   davlat   va   jamiyat   taraqqiyotidan   tashkil   topadi.   Ijtimoiy   buyurtma
iborasini   ham   davlat   va   jamiyatning   buyurtmasi   deb   tushunish   mumkin.
Tadqiqotda   ilgari   surilayotgan   “Ijtimoiy  taraqqiyot   –  ijtimoiy  tartib   –  ijtimoiy
nazorat   –   ijtimoiy   buyurtma”   taklifi   ham   ijtimoiy   nazoratni   davlat   va   jamiyat
nazoratidan iborat bo‘lgan tizim sifatida tushunish mumkinligini ko‘rsatib turibdi.
Umuman, davlat va jamiyatning birgalikdagi nazorati yoki nazorat borasida davlat
va jamiyatning ijtimoiy sherikligi degan iboralardan ko‘ra ijtimoiy nazorat iborasi
qulayroqdir. 
2.Jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti   bo‘lgan   ijtimoiy   tartibning
o‘rnatilishi nazorat faoliyatiga bog‘liqligi.
Jamiyat   taraqqiyoti   masalalarini   o‘rganishda   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish
muammosiga   alohida   e’tibor   qaratiladi,   chunki,   ijtimoiy   tartib   jamiyat
taraqqiyotining   muhim   sharti   hisoblanadi.   Ijtimoiy   tartib,   shuning   uchun   jamiyat
taraqqiyotining   muhim   sharti   hisoblanadiki,   agar   tartib   bo‘lmasa,   insoniyat
jamiyatida tabiiy ravishda kelib chiqadigan ziddiyatlar keskinlashib ketadi va, oxir-
oqibatda,   jamiyat   son-sanoqsiz   urushlardan   iborat   bo‘ladi   va   ertami-kechmi
bunday   jamiyat   halok   bo‘ladi.   Demak,   ijtimoiy   tartib   bo‘lmagan   joyda,   nafaqat
taraqqiyot ta’minlanmaydi, balki jamiyat halokatga yuz tutishi ehtimoli kuchayadi.
Shuning uchun ijtimoiy tartib nafaqat jamiyat taraqqiyotining balki jamiyat mavjud
bo‘lishining   ham   muhim   sharti   deb   aytish   mumkin.   Ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish
muammosi   barcha   vaqtlarda   donishmandlarni   o‘ylantirib   kelgan   eng   dolzarb   va
eng   murakkab   muammo   bo‘lgan .   Shuning   uchun   olimu-ulamolar   doimo   qanday
qilsak ,   jamiyatda   tartib   bo‘ladi   degan   savolning   javobini   topishga   harakat
qilishgan. Bugungi   kunda   ham   ushbu   savolga   javob   topish   o‘z   dolzarbligini   saqlab
qolmoqda.   Chunki  ijtimoiy tartibni  o‘rnatishga xizmat qiladigan ko‘plab taklif  va
tafsiyalar ilmiy asosda ishlab chiqilgan bo‘lishiga qaramasdan, muammo o‘zining
yechimini   to‘liq   topa   olgani   yo‘q.   Ushbu   savolga   turli   davrlarda   turlicha   javob
berilgan   bo‘lsa   ham,   hali-hanuz   ijtimoiy   tartibning   barqarorligini   ta’minlash
muammo   bo‘lib   qolmoqda.   Ijtimoiy   tartib   barqarorligining   to‘liq
ta’minlanmaganligi   va   uni   o‘rnatish   naqadar   murakkabligini   “Insoniyat   tarixi   –
urushlar   tarixi”   degan   ayanchli   aforizmning   kelib   chiqqanligidan   ham   ko‘rish
mumkin.   Insoniyat   taraqqiyotining   buguni   kunida   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishning
eng   maqbul   yo‘li   sifatida   demokratik   taraqqiyot   yo‘li   tan   olingan.   Demokratik
tartibot   demokratiya   sharoitida   yashashga   qodir   bo‘lgan   siyosiy-huquqiy
madaniyati   yuksak   jamiyatni   taqozo   etadi.   Jamiyatning   huquqiy   madaniyatini
oshirish   borasida   mamlakatni   modernizatsiyalash   konsepsiyasida   quyidagi   fikrlar
bildirilgan:   “Jamiyatning   demokratiya   yo‘lidan   jadal   rivojlanishi   va   bu   borada
amalga   oshirilayotgan   islohotlarning   muvaffaqiyati,   ko‘p   jihatdan,   odamlarning
huquqiy   ongi   va   huquqiy   madaniyat   darajasiga   bog‘liqdir.   Yuksak   huquqiy
madaniyat   –   demokratik   jamiyat   poydevori   va   huquqiy   tizimning   yetuklik
ko‘rsatkichidir” . 3
Demokratiya   nafaqat   hokimiyat   xalq   tomonidan   shakllantirilishini,   balki
nazorat   qilinishini   ham   anglatadi.   Demak,   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   xizmat
qiladigan   nazorat   tizimini   takomillashtirish   demokratik   tartibotning
mustahkamligiga   bog‘liq.   Ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   huquq   va   axloq   normalariga
rioya qilish, eng avvalo, qonunga rioya qilish orqali ta’minlanadi. Huquq va axloq
normalariga   rioya   qilinishi   esa   nazorat   tizimiga   va   uning   tarkibiy   qismi   bo‘lgan
jamiyat   nazoratiga   bog‘liqdir.   Shuning   uchun   O‘zbekison   Respublikasi   birinchi
Prezidenti   Islom   Karimov   ushbu   xususda   gapirib,   jumladan,   shunday   degan   edi:
“Oilada,   maktabda,   mehnat   jamoasida,   mahallada   olib   borilayotgan   axloqiy
tarbiya,   jamoatchilik   fikrining   kuchi,   ommaviy   axborot   vositalari,   ruhoniylarning
obro‘-e’tibori – hamma-hammasi odamlarimizda qonun buzilishi bilan bog‘liq har
3
1. Каримов И.А. Мамлакатимзда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини 
ривожлантириш концепцияси.  –  Тошкент,  “Ўзбекистон”,  2010 йил, 27 бет. qanday   xatti-harakatlarga   nisbatan   barqaror   qarshilikni   shakllantirishga
qaratilmog‘i lozim”. 4
  Inson kim bo‘lishi va qaerda ishlashidan qat’i y  nazar nazorat
tizimi faoliyatida ishtirok etishi lozim, chunki bu demokratiya talabi hisoblanadi.
Ijtimioy tartibni o‘rnatish to‘g‘risida G‘arb va Sharq olami donishmandlari,
jumladan, qadimgi yunon faylasuflari ham o‘z fikr – mulohazalarini bildirib, tartib
o‘rnatishga xizmat qiladigan omillarni ochib berishga harakat  qilishgan. Masalan,
Platon o‘zining “Davlat” nomli asarida ijtimoiy tartib o‘rnatilishi uchun jamiyatni
intellektual elita boshqarishi kerak deb hisoblaydi. Yunon faylasuflaridan yana biri
Aristotel   o‘zining   “Siyosat”   nomli   asarida   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   uchun   o‘rta
sinf kuchli bo‘lishi kerak degan xulosani beradi. 
G‘arb   mamlakatlari   olimlaridan   farq   qilib   Sharq   donishmandlari   ijtimoiy
tartibni   o‘rnatishda   ma’naviyatning   roliga   ko‘proq   e’tibor   qaratishadi.   Masalan,
Konfutsiy   ta’limotida   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   ma’naviy   yuksaklik   bilan
bog‘liqlikda   ko‘rsatiladi.   Sharq   Arastusi   deb   nom   olgan   Abu   Nasr   Farobiyning
asarlarida ham ijtimioy tartibni o‘rnatishda axloqiy tarbiya negizida shakllanadigan
ma’naviyatga   alohida   e’tibor   qaratiladi.   G‘arb   va   Sharqda   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatish   borasidagi   farqning   kelib   chiqish   sababi   G‘arbdagi   individualizm   va
Sharqdagi   jamoaviylik   tuyg‘usi   bilan   bog‘liq.   G‘arb   va   Sharqdagi   bunday
farqlarning   kelib   chiqishi   tabiiy   omillar   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   ular   ijtimoiy
hayotning   barcha   sohalarida   o‘zini   namoyon   qiladi.   Jumladan,   jamiyat
taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan
nazorat faoliyatida ham ma’lum bir o‘ziga xosliklar kelib chiqqan. 
Jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti   bo‘lgan   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish
to‘g‘risida   gapirishdan   oldin,   jamiyat   taraqqiyotini   belgilaydigan   ko‘rsatkichlarni
aniqlab   olish   va   o‘sha   ko‘rsatkichlardan   kelib   chiqib   fikrlash   lozim.
Jamiyatshunoslik   fanida   jamiyat   taraqqiyotining   ko‘rsatkichlari   sifatida   ishlab
chiqaruvchi   kuchlarning   rivojlanish   darajasi,   odamlarning   moddiy   va   ma’naviy
ehtiyojlarining qondirilganlik darajasi va boshqa mezonlar qabul qilingan. Albatta,
bu   ko‘rsatkichlar   jamiyat   taraqqiyotini   belgilashda   muhim   ahamiyatga   ega,   lekin
4
2.Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 
кафолатлари. – Тошкент, “Ўзбекистон”, 1997 йил, 94 бет jamiyat   taraqqiyoti   oxir-oqibatda   odamlarning   hayotini   baxtli   qilishga
qaratilganligidan kelib chiqsak, taraqqiyotni ko‘rsatuvchi boshqa muhimroq mezon
bo‘lishi mumkin. Buning uchun baxtli hayot nima ekanligidan kelib chiqish lozim.
Biz   baxtli   hayot   deganda   odamning   moddiy   va   ma’naviy   ehtiyojlarining   to‘liq
qondirilganlik   holatini   tushunishga   odatlanganmiz.   Lekin   inson   baxtliligining
boshqa   muhim   sharti   bor,   bu   unda   qo‘rquvsiz,   erkin   yashash   hissining
mavjudligidir.   Demak,   baxtli   hayot   deganda   nafaqat   moddiy   va   ma’naviy
ehtiyojlarning   to‘liq   qondirilganlik   holati,   balkim   qo‘rquvsiz,   erkin   yashash
hissining   mavjudligini   tushunish   to‘g‘riroqdir.   Inson   qo‘rqmasdan   erkin   yashashi
uchun esa jamiyatda   adolatli ijtimoiy tartib   o‘rnatilgan bo‘lishi lozim va bunday
tartib   faqat   mukammal   nazorat   tizimi   orqaligina   ta’minlanishi   mumkin.   Adolatli
ijtimoiy   tartibning   barqarorlik   darajasi   jamiyat   taraqqiyotini   belgilaydigan   asosiy
ko‘rsatkich deb aytish mumkin.   Shuning uchun nazorat tizimini  samarali  qilishga
qaratilgan chora-tadbirlar davlat va jamiyat tomonidan qullab-quvvatlanadigan eng
ustuvor   vazifa   bo‘lishi   lozim.   Nazorat   tizimining   samarali   ishlashi,   eng   avvalo,
nazoratga   doir   bilimning   kuchliligiga   bog‘liq   bo‘lganligi   uchun   asosiy   e’tibor
nazoratga   doir   bilimlarni   ishlab   chikadigan   ilmiy   tadqiqotlarga   qaratilishi
maqsadga muvofiqdir.
3.Mustaqillik   yillarida   nazorat   faoliyatini   ilmiy   tadqiq   qilinishi   va
Ijtimoiy nazorat fanini yaratilishi.
Mustaqillikkacha   bo‘lgan   uzoq   yillar   davomida   nazorat   faoliyatiga   doir
ilmiy   tadqiqotlar   asosan   yuqoridan   amalga   oshiriladigan   davlat   nazorati
masalalariga   bag‘ishlangan.   Quyidan   amalga   oshiriladigan   jamiyat   nazorati
mavzusidagi   ilmiy   tadqiqotlar   deyarli   olib   borilmagan.   Faqat   totalitar   tuzum
inqiroz   davriga   kira   boshlagandan   so‘ng   jamiyat   nazorati   to‘g‘risida   fikrlay
boshlashgan.   Jamiyat   nazoratining   huquqiy   asosini   tashkil   qilish   bo‘yicha   1979
yilda   «Xalq   nazorati   to‘g‘risida»gi   qonunning   qabul   qilinishi   ijtimoiy   nazorat
mavzusida   ilmiy   tadqiqotlar   olib   borish   zaruriyatini   keltirib   chiqaradi.   Lekin mustabid   tuzum   davlat   raxbarlari   bunday   zaruriyatni   ko‘ra   bilmadilar   va   o‘sha
zamonga   xos   bo‘lgan   ma’muriy   buyruqbozlik   asosida   jamiyat   nazoratini   tashkil
qilmoqchi bo‘lishdi. Oqibatda yuqorida qayd etilgan qonun asosida tashkil qilingan
xalq   nazorati   komitetlari   ularga   yuklatilgan   jamiyat   nazoratini   tashkil   qilish
vazifasini   bajara   olmay,   bir   yilga   borib   –   bormasdan   yuqoridan   bo‘lgan
nazoratning   yana   bir   vositasiga   aylanib   qolishdi.   Mustabid   tuzumning   barbod
bo‘lishiga olib kelgan sabablar ichida jamiyat nazoratini tashkil qila olmaganliklari
asosiy   sabab   bo‘ldi.   O‘sha   zamonda   boshqacha   bo‘lishi   mumkin   ham   emas   edi,
chunki   jamiyat   nazoratini   tashkil   qilish   uchun   jamiyat   kuchli   bo‘lishi   kerak,
vaholanki mustabid tuzum davrida davlat kuchli, jamiyat esa mutlaqo kuchsiz edi.
Shu   munosabat   bilan   zamonamiz   mohiyati   bo‘lgan   “ Kuchli   davlatdan   –
kuchli fuqarolik jamiyati sari ” tamoyili ning mohiyatini anglab olish lozim. Barcha
sivilizatsiyalashgan   mamlakatlar   xalqning   boyligi,   eng   avvalo,   har   bir   oilaning
to‘kinchiligi va boyligidan tashkil topshini, xalqning erkinligi esa har bir odamning
erkinligidan   tashkil   topshini   tushunib   yetishgan.   Sobiq   sho‘rolar   zamonida  davlat
oila   boyligi   va   odam   erkinligining   iqtisodiy   asosi   bo‘lgan   xususiy   mulkni   bekor
qilishda   chegaradan   chiqib   ketdi.   Oldin   ular   xususiy   mulkni   pomeщchik
(zamindor)  va kapitalistlardan  tortib  olishdi. Bu o‘sha zamonda hukmronlik qilgan
kommunistik mafkuraga asosan to‘g‘ri edi. Lekin keyinchalik ular xususiy mulkni,
ya’ni   yerni   dehqondan,   zavodlarni   ishchilardan,   intellektual   mulkni   ziyolilardan
tortib  olishdi.  Bu  esa   katta xato  edi. Chunki  bu  odamni  har   taraflama,  ya’ni   total
tarzda   davlatga   tobe   bo‘lishiga   olib   keldi.   Barcha   narsani:   kim   qaerda   ishlashi
kerak, kim qancha ish haqi olishi kerak, qaerda va hatto kim bilan yashashi kerak,
barchasini   davlat   belgilab   berardi.   Natijada   inson   totalitar   tuzum   rahbarlari   orzu
qilganidek gigant davlat mexanizmining kichkina bir murvatchasiga aylanib bordi.
Hatto   adolatsiz   majburlov   va   davlat   ekspluatatsiyasining   ob’ektiga   aylana
boshladi. Lekin inson ongli mavjudot sifatida murvatcha bo‘lishni xoxlamas edi. U
ongli,   erkin   fikrlaydigan   jonli   mavjudot   bo‘lishni   xoxlaydi   va   oqibatda   bu   odam
davlatdan   turli   shakllarda   o‘ch   ola   boshlaydi.   Ya’ni,   o‘zining   behafsala,   beg‘am
mehnati,   ichkilikbozligi,   o‘g‘riligi,   ijtimoiy   befarqligi   bilan   o‘ch   olar   edi.   O‘sha jamiyatning barbod bo‘lishiga olib kelgan turg‘unlik va inqirozning sabablari ham
ana shularda edi. 
Bunday   holat   kuchli   davlat   va   kuchsiz   fuqarolik   jamiyatini   anglatadi   va
bunda   fuqarolik   jamiyati   davlatni   nazorat   qila   olmaydi.   Vaholanki,   fuqarolik
jamiyatining asosiy vazifalaridan biri – bu davlat ustidan nazoratni amalga oshirib,
hokimiyatning   hukmronlikka   aylanib   ketishining   oldini   olishdan   iborat.   Sobiq
sho‘rolar   zamonida   fuqarolik   jamiyati   o‘zining   iqtisodiy,   siyosiy   va   ma’naviy
asoslaridan mahrum bo‘lgan edi. Xususiy mulkning bekor qilinishi bilan fuqarolik
jamiyatining   iqtisodiy   asosi   yo‘q   qilingan   edi.   Kommunistik   mafkura   esa   ham
siyosiy,   ham   ma’naviy   sohada   o‘z   hukmronligini   o‘rnatib,   siyosiy   va   ma’naviy
erkinlikni   bo‘g‘ib   qo‘ygan   edi.   Faqat   mustaqillik   sharofati   bilan   fuqarolik
jamiyatining  shakllanishi   uchun  iqtisodiy,  siyosiy   va  ma’naviy  asos   vujudga  kela
boshladi.   Fuqarolik   jamiyati   odamga   erkin   fikrlash,   boshqacha   qilib   aytganda,
qo‘rquvni   bartaraf   qilib,   erkin   fikr   yuritish   imkonini   beradi.   Erkin   fikrlagan
odamda   yangi   g‘oyalar   paydo   bo‘ladi.   Sobiq   sho‘rolar   zamonida   erkin   fikrlash
uchun   sharoit   bo‘lmaganligi   sababli   yangi   ilg‘or   g‘oyalar   va,   umuman,   ilmiy
kashfiyotlar   deyarli   bo‘lmagan,   bo‘lganlari   ham   amaliyotga   tatbiq   qilinmasdan
qolib ketgan. 
Bugungi   kunda   mustaqillik   yaratgan   sharoit   ijtimoiy   hayotning   barcha
sohalarini,   jumladan ,   nazorat   faoliyatini   ilmiy   asosda   tashkil   qilishga   keng
imkoniyatlar   bermoqda.   Bu   borada   ma’lum   bir   yutuqlarga   erishilgan   bo‘lishiga
qaramasdan O‘zbekistonning eng yangi tarixiga   bag‘ishlangan  zamon talablariga
javob beradigan ilmiy-tadqiqotlar yetarli emas. “Shuning uchun zamon talablariga
javob   beradigan   darsliklar   va   o‘quv   qo‘llanmalarni   ishlab   chiqish   O‘zbekiston
tarixchilari   va   boshqa   ijtimoiy-gumanitar   fanlar   vakillarining     muhim   vazifasi
hisoblanadi.” 5
  O‘tgan   shu   qisqa   tarixiy   davrda   respublikamiz   jamiyatshunos
olimlari tomonidan nazorat faoliyatiga doir, eng avvalo, jamiyat nazoratiga doir bir
qator ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Natijada ko‘plab ilmiy maqolalar, risolalar  va
monografiyalar   yaratildi.   Ushbu   ilmiy   tadqiqotlarga   asoslangan   holda   zamon
5
  Новейшая история Узбекистана. Учебник для вузов. Под.ред. д.и.н., проф.М.А.Рахимова.Ташкент – 2018 г. 
Стр.12. talablaridan   kelib   chiqib,   nazorat   faoliyati   tahlil   qilinib   “ijtimoiy   nazorat”   nomli
monografiya 6
  va     darslik 7
    yaratildi .   Bunday   monografiya   va   darslik   beradigan
bilimlari   bilan   mamlakatimizda   shakllanayotgan   nazorat   tizimining   samarali
ishlashini   ta’minlash g a     qodir   bo‘lgan   avlodni   tarbiyalashda   ilmiy   asos   bo‘lib
xizmat qiladi.
6
  Набиев Ф.Х. Ижтимоий назорат. Самарқанд 2016 йил.
7
  Набиев Ф.Х. Ижтимоий назорат. Самарқанд 2020 йил.

Yangi O‘zbekistonda yangi Ijtimoiy nazorat fanining yaratilishi va ijtimoiy nazoratni shakllanishi. Reja 1.Harakatlar strategiyasiya d a jamiyatni kuchli qilish va nazorat tizim ini takomillashtirish masalalari . 2.Jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibning o‘rnatilishi nazorat faoliyatiga bog‘liqligi. 3.Mustaqillik yillarida nazorat faoliyatini ilmiy tadqiq qilinishi va Ijtimoiy nazorat fanini yaratilishi.

1.Harakatlar strategiyasiya d a jamiyatni kuchli qilish va nazorat tizim ini takomillashtirish masalalari . N azorat faoliyatiga doir bilimning ahamiyati va dolzarbligi jamiyat taraqqiyotining mu h im sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibning o‘rnatilishi nazorat faoliyatiga bog‘liqligi bilan belgilanadi. Ijtimoiy tartib nafaqat jamiyat taraqqiyotining, balkim jamiyat mavjud bo‘lishining ham muhim sharti ekanligi nazorat faoliyati masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotning naqadar dolzarbligini yaqqol ko‘rsati b turibdi . O‘zbekiston tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘li ham mavzuning dolzarbligini ko‘rsat a di, chunki demokratiya faqat hokimiyat xalq tomonidan shakllantirilishigina emas, balki nazorat qilinishini ham bildiradi. Zamonamiz mohiyati bo‘lgan “ Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari ” tamoyili va O‘ zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ishlab chiqilgan Harkatlar strategiyasi 1 ham mavzuning dolzarbligini ko‘rsatib turibdi. Chunki ushbu Harakatlar strategiyasiya d a jamiyatni kuchli qilish va nazorat tizim ini takomillashtirish masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgan . Ushbu xususda gapirib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishda jamoatchilik nazoratini tizimli yo‘lga qo‘yish eng maqbul yo‘ldir. Bu - jahon tajribasida sinovdan o‘tgan yo‘l. Davlat qachon o‘z vazifasini muvaffaqiyatli ado etadi? Qachonki davlat idoralari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazorati o‘rnatilgan bo‘lsa. Afsuski, hozirgi kunda jamoatchilik nazoratining ta’siri amalda sezilmayapti. Odamlar orasida haligacha boqimandalik kayfiyati hukm surmoqda. Davlat bor-ku, boqsin-da, degan kayfiyatlardan, afsuski, to‘liq qutula olmayapmiz. Jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha Prezidentning davlat maslahatchisi rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi keyingi paytda qariyb barcha hududlarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish uchun jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni 1 Мирзиёев Ш.М. 2017-2021 йилларда Ўзбекистонни ривожлантиришнинг беш устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси. 2017 йил 7 феврал.

amalga oshirmoqda. Lekin shuning o‘zi yetarli emas. Barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, ana shu muammolarni birgalikda yechmasak, chetdan kelib hech kim ularni hal qilib bermaydi” 2 deb ta’kidlagan. Jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibning o‘rnatilishini faqat yuqoridan amalga oshiriladigan davlat nazorati bilan to‘liq ta’minlab bo‘lmaydi, buning uchun quyidan amalga oshiriladigan jamiyat nazorati h am kerak bo‘ladi. Davlat va jamiyat nazoratidan iborat b o‘ lgan nazorat tizimini ijtimoiy nazorat degan tushuncha bilan ifodalash mumkin. Shuning uchun ijtimoiy nazorat mavzus i bugunning eng dolzarb m uammo si deb aytishimiz mumkin. Nazorat faoliyatiga doir bilimni beradigan fanga bo‘lgan ehtiyoj natijasida mustaqillik yillarida O‘zbekistonda Ijtimoiy nazorat fani shakllanmoqda. Ijtimoiy nazorat iborasiga biz davlat va jamiyat nazoratidan iborat bo‘lgan nazorat tizimini anglatuvchi ma’no yuklayapmiz. Ijtimoiy nazoratni keng va tor ma’noda, ya’ni keng ma’noda ijtimoiy nazorat, tor ma’noda jamoatchilik nazorati deb tushunish mumkin. Ijtimoiy nazorat jamoatchilik nazoratini ham qamrab oladi, lekin ilmiy tadqiqotlarda zarurat bo‘lganda, aniqlik kiritish maqsadida ularni farq qila bilish kerak. Jamoatchilik nazorati deganda , fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tushuniladi. Ijtimoiy nazorat deganda esa davlat va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan birgalikda , uyg‘unlikda amalga oshiriladigan nazorat tushuniladi. Ijtimoiy nazorat iborasiga bunday ma’no berilishining sabablaridan yana biri - buning ijtimoiy tartib, ijtimoiy taraqqiyot va ijtimoiy buyurtma iboralari bilan uyg‘unligi da dir. Ijtimoiy tartib deganda biz mamlakatdagi tartibni tushunamiz, mamlakat esa davlat va jamiyatdan iborat. Demak, ijtimoiy tartib davlat va jamiyatdagi tartibni anglatadi deb aytish mumkin. Tartib esa huquq va axloq me’yorlariga rioya qilish ining ta’minlanganlik holatidir. Bunday holat nazorat faoliyati orqali ta’minlanadi. Ijtimoiy tartib davlat va jamiyatdagi tartibni anglatar 2 Мирзиёев Ш.М. Ижтимоий барқарорликни таъминлаш, муқаддас динимизнинг софлигини асраш – давр талаби мавзусидаги анжуманда сўзлаган нутқи. 2017 йил 15 июн

ekan , ijtimoiy nazorat iborasi ham davlat va jamiyatning uyg‘unlikdagi nazoratini anglatadi deb aytish mumkin. Xuddi shunday, ijtimoiy taraqqiyot tushunchasi ham mamlakat taraqqiyotini anglatib, davlat va jamiyat taraqqiyotidan tashkil topadi. Ijtimoiy buyurtma iborasini ham davlat va jamiyatning buyurtmasi deb tushunish mumkin. Tadqiqotda ilgari surilayotgan “Ijtimoiy taraqqiyot – ijtimoiy tartib – ijtimoiy nazorat – ijtimoiy buyurtma” taklifi ham ijtimoiy nazoratni davlat va jamiyat nazoratidan iborat bo‘lgan tizim sifatida tushunish mumkinligini ko‘rsatib turibdi. Umuman, davlat va jamiyatning birgalikdagi nazorati yoki nazorat borasida davlat va jamiyatning ijtimoiy sherikligi degan iboralardan ko‘ra ijtimoiy nazorat iborasi qulayroqdir. 2.Jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibning o‘rnatilishi nazorat faoliyatiga bog‘liqligi. Jamiyat taraqqiyoti masalalarini o‘rganishda ijtimoiy tartibni o‘rnatish muammosiga alohida e’tibor qaratiladi, chunki, ijtimoiy tartib jamiyat taraqqiyotining muhim sharti hisoblanadi. Ijtimoiy tartib, shuning uchun jamiyat taraqqiyotining muhim sharti hisoblanadiki, agar tartib bo‘lmasa, insoniyat jamiyatida tabiiy ravishda kelib chiqadigan ziddiyatlar keskinlashib ketadi va, oxir- oqibatda, jamiyat son-sanoqsiz urushlardan iborat bo‘ladi va ertami-kechmi bunday jamiyat halok bo‘ladi. Demak, ijtimoiy tartib bo‘lmagan joyda, nafaqat taraqqiyot ta’minlanmaydi, balki jamiyat halokatga yuz tutishi ehtimoli kuchayadi. Shuning uchun ijtimoiy tartib nafaqat jamiyat taraqqiyotining balki jamiyat mavjud bo‘lishining ham muhim sharti deb aytish mumkin. Ijtimoiy tartibni o‘rnatish muammosi barcha vaqtlarda donishmandlarni o‘ylantirib kelgan eng dolzarb va eng murakkab muammo bo‘lgan . Shuning uchun olimu-ulamolar doimo qanday qilsak , jamiyatda tartib bo‘ladi degan savolning javobini topishga harakat qilishgan.

Bugungi kunda ham ushbu savolga javob topish o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. Chunki ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan ko‘plab taklif va tafsiyalar ilmiy asosda ishlab chiqilgan bo‘lishiga qaramasdan, muammo o‘zining yechimini to‘liq topa olgani yo‘q. Ushbu savolga turli davrlarda turlicha javob berilgan bo‘lsa ham, hali-hanuz ijtimoiy tartibning barqarorligini ta’minlash muammo bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy tartib barqarorligining to‘liq ta’minlanmaganligi va uni o‘rnatish naqadar murakkabligini “Insoniyat tarixi – urushlar tarixi” degan ayanchli aforizmning kelib chiqqanligidan ham ko‘rish mumkin. Insoniyat taraqqiyotining buguni kunida ijtimoiy tartibni o‘rnatishning eng maqbul yo‘li sifatida demokratik taraqqiyot yo‘li tan olingan. Demokratik tartibot demokratiya sharoitida yashashga qodir bo‘lgan siyosiy-huquqiy madaniyati yuksak jamiyatni taqozo etadi. Jamiyatning huquqiy madaniyatini oshirish borasida mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasida quyidagi fikrlar bildirilgan: “Jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati, ko‘p jihatdan, odamlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liqdir. Yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori va huquqiy tizimning yetuklik ko‘rsatkichidir” . 3 Demokratiya nafaqat hokimiyat xalq tomonidan shakllantirilishini, balki nazorat qilinishini ham anglatadi. Demak, ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan nazorat tizimini takomillashtirish demokratik tartibotning mustahkamligiga bog‘liq. Ijtimoiy tartibni o‘rnatish huquq va axloq normalariga rioya qilish, eng avvalo, qonunga rioya qilish orqali ta’minlanadi. Huquq va axloq normalariga rioya qilinishi esa nazorat tizimiga va uning tarkibiy qismi bo‘lgan jamiyat nazoratiga bog‘liqdir. Shuning uchun O‘zbekison Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov ushbu xususda gapirib, jumladan, shunday degan edi: “Oilada, maktabda, mehnat jamoasida, mahallada olib borilayotgan axloqiy tarbiya, jamoatchilik fikrining kuchi, ommaviy axborot vositalari, ruhoniylarning obro‘-e’tibori – hamma-hammasi odamlarimizda qonun buzilishi bilan bog‘liq har 3 1. Каримов И.А. Мамлакатимзда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. – Тошкент, “Ўзбекистон”, 2010 йил, 27 бет.