logo

O‘zbekistonda ijtimoiy nazorat tarixi dolzarb muammolari fanining ob’ekti, predmeti va dolzarb muammolari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

36.8271484375 KB
O‘zbekistonda ijtimoiy nazorat tarixi dolzarb muammolari fanining ob’ekti,
predmeti va dolzarb muammolari .
Reja
1.Ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida Ijtimoiy nazorat fanining o‘rni.
2.   D avlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   faoliyatini   yanada
demokratlashtirish da  ijtimoiy-gumanitar fanlar ning o‘rni.
3.Nazorat faoliyatiga doir bilimni ishlab chiqish va targ‘ib qilishda oliy ta’lim
tizimining o‘rni. Bugungi  kunda ijtimoiy-gumanitar  fanlar  tizimida shakllanayotgan  Ijtimoiy
nazorat   fani   zamonamiz   mohiyati   bo‘lgan   “Kuchli   davlatdan   –   kuchli   fuqarolik
jamiyati sari” tamoyili talablaridan kelib chiqadi. Shuning uchun ushbu fan barcha
jamiyatshunos   olimlarni   hamkorlikdagi   izlanishlarini   taqozo   etadigan   muhim
fanlardan   biri   deb   aytishimiz   mumkin.   Ijtimoiy   nazorat   fanining   ahamiyati   yana
shu   bilan   belgilanadiki   u   jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti   bo‘lgan   ijtimoiy
tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qiladi.   Bundan   tashqari   ushbu   fan   demokratiyaning
muhim   sharti   bo‘lgan   siyosiy-huquqiy   madaniyatni   shakllantirishda   muhim   rol
o‘ynaydi. O‘zbekiston tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘li demokratiya sharoitida
yashashga   qodir   bo‘lgan   siyosiy-huquqiy   madaniyati   yuksak   avlodni   bo‘lishini
talab   qiladi.   Bunday   avlodni   tarbiyalashda   Ijtimoiy   nazorat   fani   beradigan   bilim
muhim ahamiyatga ega, chunki bu fan beradigan bilim ham siyosiy, ham huquqiy
bilimni   oshirishga   xizmat   qiladi.   Ijtimoiy   nazorat   fani   fuqarolik   jamiyati
institutlariga   demokratiya   sharoitida   yashash   uchun   kerak   bo‘lgan   bilimlarni
beradigan   amaliy   fan   hisoblanadi.   Ijtimoiy   nazorat   fanining   ob’ekti   ijtimoiy
tartibni  o‘rnatishga xizmat  qiladigan davlat  va jamiyat  nazoratidan iborat  bo‘lgan
nazorat   tizimi   faoliyati.   Fanning   predmeti   esa   nazorat   faoliyati,   tizimi   va
mexanizmi, davlat va jamiyat sherikligidagi nazoratni tashkil qilish hamda ijtimoiy
tartib   bilan   ijtimoiy   nazorat   o‘rtasidagi   bog‘liqlik   masalalarini   tahlil   qilish.   Har
qanday   fanning   ahamiyati   uning   predmetini   ahamiyati   bilan   belgilanadi.   Ijtimoiy
nazorat   fanining   predmeti   jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti   bo‘lgan   ijtimoiy
tartib   bilan   bog‘liq   bo‘lganligi   uchun   ushbu   fan   ijtimoiy-gumanitar   fanlar   ichida
eng muhim fan ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Umuman olganda barcha ijtimoiy-
gumanitar fanlar o‘z predmetlarini belgilaganda aynan ana shu ijtimoiy tartib ya’ni
ijtimoiy   nazorat   fanining   ob’ekti   bo‘lgan   ijtimoiy   tartib   muammosi   bilan
bog‘lashlari   lozim.   Chunki   ijtimoiy   tartib   jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti
hisoblanadi va shuning uchun ham barcha vaqtlarda olimu ulamolar qanday qilsak
jamiyatda tartib bo‘ladi degan savolni javobini topishga harakat qilishgan.
Nazorat – huquq va axloq asosida qabul qilingan me’yorlar va cheklovlarga
rioya   qilishni   ta’minlash   orqali   jamiyatda   tartib   o‘rnatadigan   mexanizm faoliyatidir. Nazoratning mazmun-mohiyati jamiyatda mustahkam adolatli ijtimoiy
tartibni   o‘rnatish.   Nazorat   mazmunan   ichki   va   tashqi,   shakldan   quyidan   va
yuqoridan bo‘ladi. Nazorat tushunchasi  uzoq vaqtlar davomida, aniqrog‘i sovetlar
zamonida   totalitar   rejim   hukmronlik   qilganligi   tufayli   e’tibordan   chetda   qolib
keldi.   Nazorat   asosan   davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   nazorati   sifatida
qabul   qilinib   kelingan.   Faqat   sobiq   totalitar   tuzum   inqirozga   kirishi   bilan   o‘tgan
asrning   70   yillarini   oxirlarida   davlat   nazorati   bilan   jamiyat   nazorati   bo‘lishi
kerakligi to‘g‘risida fikrlay boshlashdi. Shuning uchun 1979 yilda davlat nazorati
bilan   jamiyat   nazoratiga   amalga   oshirish   maqsadida   xalq   nazorati   to‘g‘risidagi
qonun   qabul   qilindi.   Ushbu   qonun   asosida   xalq   nazorati   tashkiloti   tuzildi   bu
tashkilot   davlat   nazorati   bilan   jamiyat   nazoratini   uyg‘unlashtirishi   kerak   edi.
Lekin,  bu tashkilot  jamiyat   nazoratini  amalga  oshiradigan  vositaga  aylanmay,  tez
orada davlat nazoratini yana bir vositaga bo‘lib qoldi.   Chunki jamiyat nazorati va
nazorat tizimi to‘g‘risidagi tushuncha va bilimlar yetarli emas edi. Chunki sovetlar
zamonasida   hayot   siyosiylashtirilgan   bo‘lsa   ham,   siyosiy   bilim   kommunistik
mafkura   doirasida   kerakli   darajada   berilgan.   Nazorat   to‘g‘risidagi   tushuncha
mukammal bo‘lmaganligi uchun nazoratni amalga oshirish shakllari ham  o‘ shanga
monand bo‘lib, asosan nazorat yuqoridan amalga oshirilgan.
I nsoniyat jamiyatini fan faoliyat sohasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi va qaysi
mamlakat   ilm-fan   yutuqlariga   asoslansa,   o‘sha   mamlakat   taraqqiyotga   erishishi
hamda   gullab-yashnashi   mumkinligini   tarix   yaqqol   ko‘rsatib   turibdi.   Mustaqil
taraqqiyot   yo‘liga   o‘tishi   bilan   O‘zbekistonda   fan   faoliyatini   rivojlanishiga   keng
imkoniyatlar   yaratildi.   Chunki   mustaqillik   O‘zbekiston   xalqiga   erkin   yashash
imkoniyatini   berdi,   erkinlik   esa   har   qanday   faoliyatni,   jumladan   fan   faoliyatini
samarali   qiluvchi   muhim   omildir.   Jamiyat   taraqqiyoti   ko‘p   omillarga   va,   eng
avvalo, xato qilmasdan to‘g‘ri yo‘ldan borishga bog‘liqdir. Xato qilmasdan to‘g‘ri
harakat   qilish   uchun   esa   oldindan   ko‘ra   bilish   kerak   va   buning   uchun   ilm-fan
tavsiyalariga   asoslanib   jamiyatni   boshqarish   lozim.   Chunki   fan   faoliyatining
mahsuli   bo‘lgan   bilim   oldindan   ko‘ra   bilish   imkoniyatini   berib,   bizni   xatodan
saqlanib   to‘g‘ri   harakat   qilishimizni   ta’minlaydi.   Shuning   uchun   hadis   ilmining sultoni Imom  al- Buxoriy   “ Dunyoda ilmdan boshqa   najot  yo‘q  va  bo‘lmagay” 1
 deb
yozgan   yoki   G‘arb   sotsiologiyasining   asoschisi   Ogyust   Kont   “Bilish   oldindan
ko‘ra   bilish   uchun,   oldindan   ko‘ra   bilish   esa   harakat   qilish   uchun” 2
  deb   yozib
qoldirgan.   Bilim   alohida   ongli   ijtimoiy   faoliyat   turi   bo‘lgan   fan   faoliyati   orqali
shakllanadi.   Fan   faoliyati   tabiat,   jamiyat   va   tafakkurning   rivojlanish
qonuniyatlarini   ochib   beradi.   Inson   bilan   tabiat   o‘rtasida   yuz   beradigan
munosabatlardagi   iqtisodiy   ehtiyojdan   kelib   chiqib   tabiiy   fanlar   yuzaga   kelgan.
Ammo hayot jarayonida inson nafaqat tabiat bilan, balki o‘zaro   munosabatga ham
kirishadi   va   ana   shu   ijtimoiy   munosabatlardagi ,   ya’ni   siyosiy   va   huquqiy
munosabatlardagi ehtiyojdan kelib chiqib ijtimoiy-gumanitar fanlar yuzaga keladi.
Aniqroq   qilib   qilib   aytganda,   ijtimoiy   fanlar   jamiyatni   anglashga   xizmat   qilsa,
gumanitar fanlar insonni anglashga xizmat qiladi va, xuddi shunday, tabiiy fanlar
tabiatni anglashga qaratilgandir.
Demak,   ijtimoiy-gumanitar   fanlar   insoniyat   jamiyatidagi   odamlararo
munosabatlarni va bu munosabatlarning ijrochisi bo‘lgan insonni anglashga xizmat
qiladi.   Insoniyat   jamiyati   rivojlanib   borishi   bilan   ijtimoiy   munosabatlar   ham   va
insonning o‘zi ham takomillashib boradi va, demak, ularni o‘rganish, anglab olish
ham murakkablashib boradi. Shuning uchun ijtimoiy-gumanitar fanlarning maqsad
va vazifalari zamon talablaridan kelib chiqib murakkablashib boradi, chunki tarixiy
jarayonning   o‘zi   oddiylikning   murakkablashib   borishidan   iboratdir.   Demak ,
ijtimoiy-gumanitar   fanlarning   dolzarb   muammolarini   aniqlab   olish   uchun   zamon
mohiyatidan   va   talabidan   kelib   chiqish   lozim.   Bugungi   kunning   talabi
mamlakatimizni   demokratlashtirish   va   liberallashtirish   asosida   kuchli   davlatdan
kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tishdan iborat bo‘lib, u zamonamiz mohiyati bo‘lgan
“Kuchli   davlatdan   –   kuchli   fuqarolik   jamiyati   sari ”   tamoyili dan   kelib   chiqadi.
Demak,   ijtimoiy-gumanitar   fanlarning   vazifasi   ana   shu   tamoyil ning   ijrosini
ta’minlashga   xizmat   qiladigan   ilmiy   asos   va   shart-sharoitlarni   yaratishdan   iborat.
Buning   uchun   ular,   eng   avvalo,   bu   borada,   ya’ni   mamlakatni   modernizatsiyalash
borasida qanday muammolar mavjudligini bilishlari lozim va o‘sha muammolarni
1
  Саодат йўли. Тошкент – 2016 йил. 75-бет.
2
 Мухаев Р.Т. Политология. Москва. 1998 год, стр.393. boshqalardan ko‘ra oldinroq ilg‘ab olib, uni bartaraf qilish borasida ilmiy taklif va
xulosalarni ishlab chiqishlari  lozim.   Shuning uchun O‘zbekistonda mustaqillik va
zamon talablaridan kelib chiqib yangi ilmiy asarlar va darsliklar yaratilmoqda.
Barcha   vaqtlarda   ijtimoiy-gumanitar   fanlarning   muammolari   ijtimoiy
tartibni   o‘rnatish   muammosi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan.   Boshqacha   qilib   aytganda,
barcha   vaqtlarda   jamiyatshunos   olimlar   qanday   qilsak   jamiyatda   tartib   bo‘ladi
degan   savolning   javobini   topishga   harakat   qilishgan.   Bugungi   kunda   ham   ushbu
savolga javob topish, oldingidek, o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda.   Chunki, hali-
hanuz   dunyoning   biror-bir   davlati   o‘z   mamlakatida   ijtimoiy   tartib   barqarorligini
to‘liq   ta’minlashga   erisha   olgani   yo‘q.   Zamonamiz   mohiyati   bo‘lgan   “K uchli
davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari ” tamoyili  ham ijtimoiy tartibni o‘rnatish
muammosi   bilan   bevosita   bog‘liqdir.   Chunki,   ijtimoiy   tartib   o‘rnatilishi   uchun
faqat yuqoridan amalga oshiriladigan davlat nazorati yetarli emasligini tarix yaqqol
ko‘rsatib turibdi. Buning uchun quyidan amalga oshiriladigan jamiyat nazorati ham
kerak bo‘lmoqda va jamiyat o‘zining nazorat funksiyasini amalga oshirishi uchun
u,   albatta, kuchli bo‘lishi lozim.  “ Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari ”
tamoyili  asosida ishlab chiqilgan va 2010 yil 12 noyabrda Parlamentning qo‘shma
majlisida   bayon   qilingan   “Mamlakatimizda   demokratik   islohotlarni   yanada
chuqurlashtirish   va   fuqarollik   jamiyatini   rivojlantirish   konsepsiyasi”   hamda   2017
yilning   7   fevralida   tasdiqlangan     “2017-2021   yillarda   O‘zbekistonni
rivojlantirishning   besh   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi”
fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilishning   dolzarb   muammolarini   belgilab   berdi.
Mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi   va Harakatlar strategiyasi da belgilab
berilgan   muammolarni   hal   qilish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   masalalar   ijtimoiy-
gumanitar   fanlarning   ham   dolzarb   muammolari   hisoblanadi,   chunki   mamlakatni
modernizatsiyalash   konsepsiyasi   ham,   Harakatlar   strategiyasi   ham   o‘z   mazmun-
mohiyatiga   ko‘ra,   barcha   vaqtlarda   donishmandlarni   o‘ylantirib   kelgan   savolni,
ya’ni   qanday   qilsak   jamiyatda   tartib   bo‘ladi   degan   savolning   javobini   topish
jarayoniga   salmoqli   hissa   bo‘lib   qo‘shiladi.   Harakatlar   strategiyasi     mamlakatni
demokratlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish   borasida   yangi   davrni boshlab   berdi.   Demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati   inson   huquq   va   erkinliklarini
ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi. “Davlatimiz rahbari 2017 yil 7 fevralda
tasdiqlagan     2017-2021   yillarda     O‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning
beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi   inson   huquqlari,
erkinliklari   va   qonuniy   manfaatlarini   ta’minlash   tizimini   yanada
takomillashtirishning yangi bosqichini boshlab berdi”. 3
2.   D avlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   faoliyatini   yanada
demokratlashtirish da  ijtimoiy-gumanitar fanlar ning o‘rni.
I jtimoiy   tartibni   o‘rnatish   muammosini   hal   qilish   bugungi   kunda
taraqqiyotning   eng   maqbul   yo‘li   deb   tan   olingan   demokratik   taraqqiyot   yo‘lini
tanlash va shu yo‘ldan borish bilan bog‘ l iqdir. Shuning uchun ijtimoiy-gumanitar
fanlar   oldida   turgan   eng   dolzarb   muammolardan   biri- - bu   davlat   hokimiyati   va
boshqaruvi   organlari   faoliyatini   yanada   demokratlashtirish   masalalari   bilan
bog‘liq.   Demokratiya   deganda   hokimiyat   xalq   tomonidan   shakllantirilishi   va
nazorat qilinishi  tushuniladi. Shuning uchun xalqning ushbu jarayonlarda ishtirok
etish   imkoniyatlarini   kengaytirishga   xizmat   qiladigan   omillarni   topish
jamiyatshunos olimlar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Demokratiya
namoyon   bo‘lishi   uchun,   eng   avvalo,   demokratiya   sharoitida   yashashga   qodir
bo‘lgan   fuqarolar   bo‘lishi   kerak   va   bunday   fuqarolar   siyosiy-huquqiy   madaniyat
hamda   yuksak   ma’naviyat   negizida   shakllanadi.   Shuning   uchun   jamiyatning
siyosiy-huquqiy   madaniyatini   oshirish   va   ma’naviyatini   yuksaltirish   masalalari
ijtimoiy-gumanitar fanlarning ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lishi lozim. 
Jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti   bo‘lgan   ijtimoiy   tartibning
o‘rnatilishi  hokimiyat  tarmoqlari  o‘rtasidagi  munosabatda tartibning   mavjudligiga
bog‘liq   bo‘ladi.   Chunki   ijtimoiy   tartibning   o‘rnatilishi,   eng   avvalo,   davlatga
bog‘liq,   lekin   davlat   mamlakatda   tartibni   o‘rnatishga   qodir   bo‘lishi   uchun   oldin
uning   o‘zida   tartib   o‘rnatilgan   bo‘lishi   lozim.   Bunday   tartib   o‘rnatilishi   uchun
hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashganda o‘zaro tiyib turish tizimi
shakllangan   bo‘lishi   lozim.   Shulardan   kelib   chiqib,   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishda
3
 Саидов А.Х. Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон декларацияси тамойиллари ва қадриятларига эҳтиром тимсоли. 
Фуқаролик жамияти – 2018. - №4. – Б.6; o‘zaro   tiyib   turish   va   mafaatlar   muvozanati   samarali   tizimining   o‘rni   mavzusi
bugungi kunda ijtimoiy-gumanitar fanlar oldida turgan dolzarb muammolardan biri
deb   aytish   mumkin.   Ushbu   muammo   keng   va   tor   ma’noda   tushunilishi   mumkin.
Keng   ma’noda,   umuman,   ikki   inson   o‘rtasidagi   o‘zaro   tiyib   turish   sifatida
tushuniladi,   tor   ma’noda   esa   aniq   sub’ektlar   o‘rtasidagi   o‘zaro   tiyib   turish
tushuniladi.   Har   qanday   holatda   ham   inson   o‘zini   tiyib   turishi   uchun   unda
ma’naviyat   yuksak   bo‘lishi   lozim,   ikkinchidan   har   ikkala   tomon   teng   bo‘lishi
lozim.   Agar tomonlar teng bo‘lmasa va tomonlardan biri kuchli bo‘lsa, o‘zaro tiyib
turishni   ta’minlab   bo‘lmaydi,   balki   faqat   bir   tomon,   ya’ni   kuchsiz   tomon   o‘zini
tiyib   turishi   ta’minlanadi ,   xolos.   Demak,   o‘zaro   tiyib   turish   tizimi   shakllanishi
uchun   ikkita   omil,   ya’ni   ma’naviyat   negizida   inson   o‘z   ustidan   hokimiyatga   ega
bo‘lgan bo‘lishi lozim va ikkinchi omil, tomonlar teng bo‘lishlari lozim. Bugungi
kunda bizda kuchli davlat va nisbatan kuchsiz jamiyat mavjud, shuning uchun ular
o‘rtasida   o‘zaro   tiyib   turish   tizimini   shakllantirish   qiyin   kechadi.   Davlat   jamiyat
oldida   o‘zini   tiyib   turishi   uchun   jamiyat   kuchli   bo‘lishi   lozim,   buning   uchun
fuqarolar fuqarolik jamiyati institutlariga birlashgan bo‘lishlari lozim. Zamonamiz
mohiyati   bo‘lgan   “ K uchli   davlatdan -- kuchli   fuqarolik   jamiyati   sari”   tamoyili
o‘zaro   tiyib   turish   tizimini ng   shakllanishiga   xizmat   qiladi,   chunki   ushbu   tamoyil
jamiyatni kuchli qilishga qaratilgan. 
O‘zaro   tiyib   turish   tizimining   shakllanishi   manfaatlarning   to‘g‘ri
ifodalanishini   taqozo   etadi.   Manfaatni   to‘g‘ri   ifodalash   deganda   insonning
jamiyatdagi   ahamiyati   bilan   mavqei   o‘rtasidagi   munosiblikni   tushunish   lozim.
Boshqacha qilib aytganda, inson o‘z manfaatini ifodalaganda o‘zining jamiyatdagi
ahamiyatidan   kelib   chiqib,   ya’ni   o‘shanga   munosib   tarzda   ifodalashi   lozim.
Insonning   jamiyatdagi   ahamiyatini   ifodalaganda   asosan   ikkita   mezondan   kelib
chiqish   to‘g‘ri   bo‘ladi.   Birinchisi,   o‘z   faoliyatiga   ijodiy   yondashib,   biror   bir
yangilik   yaratishi   bo‘lsa,   ikkinchisi,   jamiyatda   bo‘layotgan   voqealarga   va,   eng
avvalo,   adolat   bilan   razolat   o‘rtasidagi   kurashga   nisbatan   befarq   bo‘lmasdan
daxldorlik   hissi   bilan   yashashi.   Ana   shunday   insonlarni,   ya’ni   o‘z   kasbiy
faoliyatiga   ijodiy   yondashib,   yangilik   yaratgan   va   jamiyatga   nisbatan   daxldorlik hissi  bilan yashayotgan odamlarning manfaati  ustun bo‘lishi  lozim. Demak, faqat
o‘z   kasbiy   faoliyatini   yuzaki   amalga   oshirib   yashayotgan   va   jamiyatga   nisbatan
befarq   bo‘lgan   odamlar   o‘z   manfaatlarini   ifodalaganlarida   o‘zlarini   ko‘proq   tiyib
turishlari   lozim.   Va   aksincha,   o‘z   ishiga   ijodiy   yondashib   yangilik   yaratgan   va
dunyoda   bo‘layotgan   voqealarga   nisbatan   daxldorlik   hissi   bilan   yashayotgan
insonlar o‘z manfaatlarini ifodalaganda o‘zlarini   kamroq tiyib turishlari adolatdan
bo‘ladi. Umuman, o‘zaro tiyib turish tamoyili ijtimoiy hayotning barcha sohalarida
va   barcha   sub’ektlar   o‘rtasida   namoyon   bo‘lishi   lozim.   Hatto   global   miqyosda
davlatlar   o‘rtasida   ham   o‘zaro   tiyib   turish   tamoyiliga   amal   qilinishi   kerak.   Bir
davlat   ikkinchi   bir   davlatning   manfaatining   paymol   qilishdan   o‘zini   tiyib   turishi
lozim. Lekin, buning uchun har ikkala davlat ham bir xil kuchli bo‘lishi kerak, agar
biri kuchsiz bo‘lsa, o‘shanisining manfaati paymol qilinish   ehtimoli kuchli bo‘ladi.
Shuning   uchun   davlatlar   turli   xil   xalqaro   tashkilotlarga   birlashgan   holda   o‘z
manfaatlarini ifodalashga harakat qilishadi, chunki birlashish ularni kuchli qiladi.
Ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   hokimiyat   tarmoqlari   ichidan,   eng   avvalo,   sud
hokimiyatiga   bog‘liq   bo‘lganligi   uchun   sud   hokimiyati   faoliyatini
demokratlashtirish va liberallashtirish hamda mustaqilligini ta’minlash muammosi
ham   dolzarb   muammolardan   hisoblanadi.   Bu   borada   jamiyatning   siyosiy   va
huquqiy   madaniyatini   oshirishga   xizmat   qiladigan   omillarni   shakllantirishga
qaratilgan ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi.   Jamiyatshunos olimlar ,  va
eng   avvalo ,   huquqshunos,   siyosatshunos   va   sotsiologlar   sud   hokimiyati
qarorlarining   adolatliligini   kafolatini   t a’minla shga   xizmat   qiladigan   ilmiy
tadqiqotlarni   olib   borishlari   lozim.   Bu   boradagi   muammolardan   biri   shuki,   sud
mustaqilligi   degan   tushuncha   ayrim   odamlarda   sud   nazoratsiz   degan   tushunchani
keltirib   chiqarganligida.   Vaholanki,   sud   hokimiyati   xuddi   hokimiyatning   boshqa
tarmoqlari   singari   jamiyat   nazorati   ostida   bo‘lishi   lozim,   chunki   bu   demokratiya
talabi. Sud mustaqilligiga daxl qilmagan holda   sud hokimiyati ustidan nazoratning
konstitutsion   mexanizmini   topish   va   shu   orqali   sud   hukmining   adolatliligining
kafolatini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy izlanishlar nafaqat huquqshunos, siyosatshunos ,   balki   barcha   jamiyatshunos   olimlarning   kompleks   yondashuvini
talab qiladigan dolzarb muammo   hisoblanadi.
Demokratik tartibotning o‘rnatilishi jamiyatning xabardorligi bilan bevosita
bog‘liq   bo‘lganligi   va   ommaviy   axborot   vositalari   demokratiyaning   tamal   toshi
bo‘lib  xizmat  qilganligi  uchun  axborot   sohasini   isloh  qilish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan
masalalar,   jumladan ,   ochiqlik   va   oshkoralikni   ta’minlash   muammolari   ham
ijtimoiy-gumanitar   fanlarning   dolzarb   muammolari   sirasiga   kiradi.   Davlat
hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   faoliyatining   ochiqligi   va   oshkoraligini
ta’minlaydigan   mexanizmni   shakllantirish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   ilmiy   tadqiqotlar
muhim   ahmiyatga   ega.   Demokratiya   deganda   saylov   va   saylov   deganda
demokratiya   tushunilishini   inobatga   olsak,   saylov   tizimini   takomillashtirish   va
saylovda   fuqarolarning   erkin   ishtirokini   ta’minlash   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
vazifalarni   hal   qilishga   ilmiy   yondashuv   ham   bugungi   kunda   ijtimoiy-gumanitar
fanlar   oldida   turgan   dolzarb   muammolardandir.   Ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   faqat
yuqoridan amalga oshiriladigan davlat nazoratigagina bog‘liq bo‘lmaganligi uchun
va   nazoratni   quyidan   jamiyat   ham   amalga   oshirishi   kerakligidan   kelib   chiqsak,
fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilish   vazifasi   ham   eng   dolzarb   muammo   ekanligini
ko‘rish mumkin. Demokratiyaning barqarorligi  o‘rta sinfning kuchliligiga bog‘liq
bo‘lganligi   va   o‘rta   sinfning   kuchliligi   tadbirkorlik   faoliyatiga   bog‘iqligi   tufayli
tadbirkorlikni   rivojlantirishga   xizmat   qiladigan   iqtisodiy   islohotlarni   amalga
oshirish   va   iqtisodiy   erkinlikni   ta’minlash   masalasini   ham   o‘rganish   bugungi
kunda jamiyatshunoslar oldida turgan dolzarb muammo   hisoblanadi.
Insoniyat   jamiyatining   bugungi   kundagi   manzarasi   globallashuv   tomon
o‘zgarib   bormoqda.   Har   qanday   ijtimoiy   voqelik   singari   globallashuvning   ham
ijobiy   va   salbiy   oqibatlari   mavjud.   Globallashuvning   salbiy   oqibatlari   “ommaviy
madaniyat”   niqobi   ostida   axloqsizlik   va   buzuqlikni   targ‘ib   qilish   imkoniyatining
kengayganligidir.   Barcha   ijtimoiy   hodisalarning,   yuqorida   ta’kidlaganimizdek,
ijobiy   va   salbiy   oqibatlari   bo‘lganligi   kabi   globallashuv   jarayonining   ham,
f uqarolik   jamiyati   shakllanishi   jarayonining   ijobiy   va   salbiy   oqibatlari   bo‘lishi
mumkinligini   dunyoning   rivojlangan   mamlakatlari   tarixi   yaqqol   ko‘rsatib   turibdi. Fuqarolik   jamiyati   shakllanishi   jarayonida   odamlarning   huquqlari   ortib   boradi   va
buning   natijasida   ularga   huquq   vositasida   ta’sir   etish   imkoniyati   pasayib   boradi.
Buning   oqibatida   esa,   to‘g‘ri   yo‘ldan   og‘ish   holatlari   kelib   chiqishi   mumkin.
Bunga G‘arb mamlakatlarda yaqqol namoyon bo‘layotgan  oilaning global inqirozi
misol bo‘la oladi.  Shuning uchun fuqarolik jamiyatini shakllantirib va rivojlantirib
borayotgan   O‘zbekiston   mamlakati   uchun   fuqarolik   jamiyati   shakllanishi
jarayonida   ma’naviyatning   o‘rni   mavzusi   ham   dolzarb   muammolardan   biri
hisoblanishi lozim. Chunki, dunyoning rivojlangan mamlakatlari fuqarolik jamiyati
shakllanishi   jarayonida   axloqiy   tarbiya   negizida   ma’naviyatni   yuksaltirish
masalasiga   yetarli   darajada   e’tibor   qaratmadilar.   Natijada   bugungi   kunda   ular
axloqsizlik   va   buzuqlikni   madaniyat   deb   bilishmoqda   va   o‘sha   madaniyatni
“ommaviy   madaniyat”   niqobi   ostida   butun   dunyoga,   jumladan,   bizlarga   ham
targ‘ib qilishmoqda. 
Insoniyat   jamiyatida   tartib   bo‘lishi   uchun   ikkita   ijtimoiy   regulyator,   ya’ni
huquq   va   axloq   kashf   etilgan.   Fuqarolik   jamiyati   sharoitida   odamning   hulqini
huquq vositasida tartibga solish imkoniyati nisbatan pasayadi, chunki odamlarning
huquqi   ortib   boradi.   Huquq   vositasida   tartibga   solish   imkoniyatining   pasayishini
kompensatsiya   qilish   uchun   axloq   vositasida   tartibga   solishni   kuchaytirish   bilan
bog‘liq   bo‘lgan   ilmiy   tadqiqotlar   ham   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Globallashuv
va   fuqarolik   jamiyatining   shakllanishi   jarayonida   kelib   chiqadigan   ijtimoiy
muammolarni   bartaraf   qilgandan   ko‘ra   ularning   oldini   olish   muhim   hisoblanadi.
Buning   uchun   esa   bunday   tahdidlarga   qarshi   immunitetni   shakllantirishga
qaratilgan   profilaktika   ishlarini   olib   borish   kerak.   Shuning   uchun   bugungi   kunda
globallashuv   va   fuqarolik   jamiyati   shakllanishi   jarayonida   kelib   chiqadigan
ma’naviy   va   mafkuraviy   tahdidga   qarshi   immutitetni   shakllantirish   muammolari
jamiyatshunos olimlarning oldida turgan eng dolzarb mavzu hisoblanadi. 4
Bugungi   murakkab   dunyoda   va   globallashuv   sharoitida   yoshlarning
internetdan foydalanishini nazorat qilib, man qilib yoki jazolab, ularni ma’naviy va
mafkuraviy tahdidlardan himoya qilib bo‘lmaydi. Nazorat va jazolash bilan ijobiy
4
 Набиев Ф.Х. Бахтли ҳаёт шароитлари. Самарқанд-2018й., 85-бет. natijaga   erishib   bo‘lmasligi   to‘g‘risida   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
Sh.M.Mirziyoev   “Lekin   faqat   qamchi   va   qilich   bilan   ijobiy   natijaga   erishib
bo‘ladimi?   Bu   nafaqat   xato   fikr,   balki   chuqur   yanglish,   deb   hisoblayman.   Bu
borada profilaktika ishlarini kim samarali olib boradi?” 5
  deb savol  bilan murojaat
qilganlar. Ushbu savolga javob berish uchun profilaktika ishlarini  amalga oshirish
uchun   kerak   bo‘lgan   “vaksina”   ishlab   chiqilgan   bo‘lishi   lozim.   G‘oyalar
majmuidan   iborat   bo‘lgan   bunday   “vaksina”ni   ishlab   chiqish   jamiyatshunos
olimlarning kompleks yondashuvini talab qiladigan dolzarb muammo hisoblanadi. 
Ijt imoiy   tartibni   o‘rnatish   muammosi   davlat   va   jamiyatdan   iborat   bo‘lgan
nazorat tizimiga bog‘liq ekan, demak,   jamiyat nazoratini kuchli qilish bilan bog‘liq
bo‘lgan   masalalarni   tahlil   qilishga   alohida   e’tibor   qaratish   lozim.   Ijtimoiy-
gumanitar   fanlar   fuqarolik   jamiyatining   iqtisodiy,   siyosiy,   ma’naviy   va   huquqiy
asoslarini   shakllantirishga   xizmat   qiladigan   ilmiy   izlanishlarni   olib   borishlari
lozim.   Jumladan,   fuqarolik   jamiyatining   nazorat   funksiyasini   amalga   oshirishga
xizmat   qiladigan   ilmiy   tadqiqotlarni   olib   borish   alohida   ahamiyat   kasb   etadigan
dolzarb   muammo   hisoblanadi.   Chunki   nazorat   faoliyatiga   doir   ilmiy   izlanishlar
nazoratga   doir   bilimlarni   shakllantiradi   va   ushbu   bilimlarni   yoshlarni ng   ongiga
singdirish orqali nazorat tizimini ng   samarali ishlashini ta’minlashga qodir bo‘lgan
avlodni   tarbiyala sh   mumkin   bo‘ladi.   Bundan   tashqari,   nazoratga   doir   bilim,
aholining,   nafaqat   siyosiy,   balki   huquqiy   madaniyatini   ham   oshirishga   yordam
beradi.   Chunki   nazorat   faoliyati   siyosat   bilan   bog‘liq   bo‘lsa,   nazoratning   asosiy
ob’ekti bo‘lgan qonun huquq sohasi bilan bog‘liq. 
3.Nazorat faoliyatiga doir bilimni ishlab chiqish va targ‘ib qilishda oliy
ta’lim tizimining o‘rni.
Nazoratga   doir   bilimni   targ‘ib   qilish   uchun   oliy   ta’lim   tizimi   o‘quv
dasturiga   “Ijtimoiy   nazorat”   o‘quv   kursini   joriy   qilish   lozim,   chunki   ushbu   kurs
orqali  nazoratga   doir  bilimni   yoshlar   ongiga  singdirish  imkoniyati   kengayadi.  Bu
5
 Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар 
фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Тошкент-“Ўзбекистон”-2017 , 31-бет. borada   birmuncha   ishlar   qilingan   deb   aytish   mumkin,   chunki,   2011-2012   o‘quv
yilidan   boshlab     Sam arqand   D avlat   universiteti ning   “Ijtimoiy   ish”   yo‘nalishida
“Ijtimoiy nazorat” nomli o‘quv kursi joriy qilingan va talabalarga ushbu mavzuda
ma’ruzalar   o‘qilmoqda.   Bundan   tashqari,   Parlament   granti   asosida     O‘qituvchilar
assotsiatsiyasi   tomonidan   Samarqand   shahar   o‘qituvchilari   o‘rtasida   2012   yilda,
2014   yilda   sha h arning   kollej lari   va   litseylari   o‘qituvchilari   o‘rtasida ,   2015   yilda
shahar   nuroniylari   o‘rtasida   va   2016   yilda   mahalla   raislari   o‘rtasida     ijtimoiy
nazoratga doir bilim   targ‘ib qilinmoqda. 
Nazoratga   doir   bilimni   kuchaytirish   uchun   mazkur   mavzuda   ilmiy
izlanishlar olib borish zaruriyatini qondirishga xizmat qiladigan “Ijtimoiy nazorat”
kafedrasini   ochish   maqsadga   muvofiqdir.   Mazkur   kafedra   barcha   vaqtlarda
insoniyat   uchun   eng   dolzarb   bo‘lgan   ijtimoiy   tartib   muammosini   hal   qilishga
xizmat   qiladigan   ijtimoiy   nazorat   mavzularida   ilmiy   tadqiqot   ishlari   olib   borib,
nazoratga doir bilimlarni ishlab chiqadi va ayni bir vaqtning o‘zida yoshlar ongiga
singdirib   borish   imkoniyatini   ham   kengaytiradi.   Shuning   uchun   ijtimoiy   nazorat
masalalari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   mavzular   bugungi   kunning   eng   dolzarb
muammolaridan   hisoblanadi   va   ularning   ahamiyatini   inobatga   olib,   ushbu
mazudagi   ilmiy   izlanishlarni   davlat   ham,   jamiyat   ham   qo‘llab-quvvatlashi   lozim
deb   aytish   mumkin.   Bu   borada   quyidagi   konsepsiyani   taklif   qilish   mumkin:
“ Ijtimoiy   taraqqiyot   –   i jtimoiy   tartib   –   ijtimoiy   nazorat   –   ijtimoiy   buyurtma” .
I jtimoiy   nazorat   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qilar   ekan,   unga   ijtimoiy
buyurtma   berish   maqsadga   muvofiqdir.   Chunki   ijtimoiy   tartibdan   davlat   ham,
jamiyat   ham   bir   xil   manfaatdordir,   nega   deganda   ijtimoiy   tartib   o‘rnatilmagan
joyda   davlat   xodimi   ham,   xuddi   shunday   jamiyat   a’zosi   ham   erkin   va,   demak,
baxtli   ham   bo‘la   olmaydi.   Umuman,   ijtimoiy   tartib,   ya’ni   adolat   o‘rnatilmagan
mamlakatning   kelajagi   bo‘lmaydi   va   ertami-kechmi   bunday   mamlakat   parokanda
bo‘lib, o‘z mustaqilligini qo‘ldan berib qo‘yishi mumkin.
Ijtimoiy   nazoratning   samarali   ishlashi   faqat   nazoratga   doir   bilimlargagina
bog‘liq   emas,   buning   uchun   axloqiy   tarbiya   negizida   shakllanadigan   ma’naviy
yuksaklik   ham   muhim   rol   o‘ynaydi.   Yuksak   ma’naviyat   nazorat   mexanizmini harakatga keltiradigan kuch bo‘lib xizmat qiladi, chunki ma’naviyat insonda ichki
nazoratni   shakllantirib,   o‘zgalarni   ham   nazorat   qilishga   sharoit   yaratadi.   Shuning
uchun   nazorat   tizimini   samarali   qilishda   ma’naviyatning   o‘rni   mavzusi   dolzarb
muammolardan   biri   hisoblanadi.   Umuman,   fuqarolik   jamiyati   shaklanishi
jarayonida   ma’naviyatning   o‘rni   mavzusi   barcha   mamlakatlar   uchun   eng   dolzarb
muammolardan   biri   bo‘lib   hisoblanishi   lozim.   Chunki   bugungi   kunda   insoniyat
jamiyatini   halokat   yoqasiga   olib   kelib   qo‘ygan   global   muammolar   ma’naviy
yuksalishga   ye tarli   darajada   e’tibor   qaratilmaslikning   oqibatida   kelib   chiqqandir.
Ma’naviy   qashshoqlik   insoniyat   jamiyatining   keyingi   taraqqiyotini   va   hatto
keyingi   mavjud   bo‘lishini   gumon   qilib   qo‘ymoqda.   Bugungi   kunda   odamlarning
najoti,   mashhur   alloma   Imom   al- Buxoriyning   aytganidek,   faqat   bilim   bilangina
bog‘liq bo‘lmay qoldi, endi odamlarni najoti bilim va ma’navi ya tga bog‘liq bo‘lib
qoldi.  Shuning  uchun   ma’naviyatni   yuksaltirish   bilan   bog‘iq   bo‘lgan   muammolar
ijtimoiy-gumanitar   fanlarning   eng   dolzarb   vazifalari   bo‘lishi   lozim.   Ma’naviyatni
yuksaltirish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   muammolardan   biri   ma’naviy   yuksaklik
darajasini   baholash   mezoni   aniq   emasligidir.   Insonning   ma’naviyatiga   baho
berganda   uning   qilgan   amallariga   qarab   emas,   balki   amallarining   motiviga   qarab
beriladi. Inson harakati motivini o‘rganish psixologiya fanining dolzarb muammosi
hisoblanadi.   Muammo   shundaki,   motivni   anglab   olish   oson   emas,   buning   uchun
alohida   tafakkur   kerak   bo‘ladi,   ya’ni   sotsiologik   bilimga   asoslangan   analitik
tafakkur kerak.
Insoniyat   jamiyatining   mavjud   bo‘lishi   va   rivojlanishi   ijtimoiy   tartibga,
tartib esa, bilim va ma’naviyatga bog‘iq ekan, bilim va ma’naviyatni rivojlantirish
masalalarining   o‘zi   ham   bugungi   kunning   eng   dolzarb   muammolaridan
hisoblanadi.   Jamiyatda   bilim   va   ma’naviyat   yuksalishi   uchun   ular   qadrlanishi
lozim,   chunki   jamiyatda   nima   qadrlansa,   odamlar   o‘shanga   intilib   yashaydilar.
Xuddi shunday odamlar bilim va ma’naviyatga intilib yashashlari  uchun bilim va
ma’naviyat   boylik  sifatida   qadrlanishi   lozim.  Boshqacha  qilib  aytganda,  jismoniy
mehnat mahsuli qanday qadrlansa, aqliy mehnat mahsuli ham xuddi shunday qabul
qilinishi   va   yanada   kuchliroq   qadrlanishi   lozim.   Yana   ham   oddiyroq   qilib aytganda,   g‘oya   aqliy   mehnat   mahsuli   sifatida   tan   olinishi   va   qadrlanishi   lozim,
ya’ni   g‘oyani   tovar ga   aylantirish   imkoniyati   bo‘lishi   lozim.   Qachon   jamiyatda
bilim  va ma’naviyat  boylik sifatida qabul  qilinsa, o‘shanda odamlar  ularga intilib
yashashadi  va, natijada, bilim va ma’naviyat yuksala boshlaydi.   Demak, ijtimoiy-
gumanitar   fanlarning   rivojlanishi   bilim   va   ma’naviyatning   qadrlanishi   hamda
xususiy   intellektual   mulk   tushunchasining   shakllanishi   bilan   bog‘liqdir.   Bugungi
kunda   mustaqillik   sharofati   bilan   intellektual   mulkni   qadrlash   imkoniyati   paydo
bo‘ldi,   chunki   mustaqillik   erkin   fikrlash   imkoniyatini   berdi.   Faqat   erkin   fikrlay
olgan avlodgina buyuk kashfiyotlar qilishga qodir, chunki erkinlik insonning ichki
imkoniyatlarini to‘liq namoyon qilishga sharoit yaratadi.
Ijtimoiy-gumanitar   fanlar   ichida,   eng   avvalo,   tarix   fanining   rivojlanishi
uchun keng imkoniyatlar ochib berish lozim. Chunki, tarixiy bilim barcha ijtimoiy-
gumanitar fanlarning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Tarixiy bilimsiz biror-bir ijtimoiy
fan   rivojlana   olmaydi,   aniqroq   qilib   aytganda,   faylasuf   ham,   sotsiolog   ham,
politolog   ham,   iqtosodchi   ham,   psixolog   ham   faqat   tarixiy   bilim   negizidagini
tadqiqot   olib   borishi   mumkin.   Umuman,   tarixni   bilmasdan   turib   inson   sovodli
bo‘lishi   mumkin   emas,   chunki   tarixiy   bilim   yuqorida   ta’kidlaganimizdek   barcha
ijtimoiy fanlarning negizini tashkil  qiladi. Mashhur  donishmandlardan biri  tarixni
bilmagan   odam   ma’lumotli   bo‘la   olmaydi   va   o‘zini   tasodif   deb   hisoblashi   lozim
deb   yozgani   bejiz   emas.   Mustaqillik   sharofati   bilan   biz   o‘z   tariximizni   ob’ektiv
o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Bugungi kunda O‘zbekiston tarixini o‘rganish
milliy   g‘oya   ruhi   bilan   sug‘orilgan   bo‘lishi   lozim.   Eng   avvalo,   “O‘zbekiston
tarixini   xolisona, ob’ektiv o‘rganishda mustaqillikning ahamiyati” mavzusida ilmiy
tadqiqot olib borish lozim. 
Tarixiy   tadqiqotlar   milliy   g‘oya   ruhida   bo‘lishi   uchun   tarixiy   jarayon
xronologik ketma-ketlikda o‘rganilib, vatanni tashqi dushmandan himoya qilish   va
mustaqillik   uchun   olib   borilgan   kurashlar   tarixiga   alohida   e’tibor   qaratish   lozim.
Aytaylik,   1916 yil qo‘zg‘aloni mardikorlikka bormaslik uchun kurash tarzida kelib
chiqqan   bo‘lsa   ham,   uning   mohiyatida   istiqlol   g‘oyasi   yotganligini   ochib   berish
muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   tadqiqot   hisoblanadi.   Bundan   tashqari,   totalitar sho‘rolar   zamonida   40   mingdan   ziyodroq   ziyolilarning   istiqlol   g‘oyasi   uchun
qurbon   bo‘lganliklarini   ham   alohida   tadqiqot   mavzusi   sifatida   yanada   kengroq
o‘rganish   lozim.   Sho‘ro   mustabid   tuzumining   rivojlanish   imkoniyatlari
tugaganligini   yorituvchi   “Ma’muriy-buyruqbozlikka   asoslangan   totalitar   sho‘ro
tuzumidagi xato va kamchiliklar” mavzuidagi  ilmiy tadqiqot bozor  munosabatlari
yo‘lini   tanlagan   va   jamiyatni   demokratlashtirish,   liberallashtirish   yo‘lidan
borayotgan   mamlakat   uchun   muhim   tarixiy   saboq   bo‘lib   xizmat   qilishi   mumkin.
Ijtimoiy-gumanitar   fanlarning   eng   dolzarb   muammosi   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish
bilan   bog‘liq   bo‘lganligi   uchun,   tarixchilar   tomonidan,   o‘tmishda   ijtimoiy   tartib
qanday qilib o‘rnatilganligini tarixiy tahlil qilish muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Bu   borada   buyuk   bobokalonimiz   Amir   Temur   davrida   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish
va,   umuman,   o‘sha   davr   tarixiy   tajribasini   o‘rganish   va   ijodiy   qo‘llash   alohida
ahamiyatga   ega.   Chunki   Amir   Temur   bobomiz   zamonasida   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatish   “Kuch   -   adolatda”     tamoyili   asosida   amalga   oshirilgan.   Bugungi   kunda
ushbu   tamoyilni   ijodiy   qo‘llash   taraqqiyotning   o‘zbek   modeli   tamoyillaridan   biri
bo‘lgan qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Ijtimoiy - gumanitar   fanlarning rivojlanishiga to‘siq bo‘lgan   sabablardan biri
bu   ularga   bo‘lgan   ehtiyojni ng   tabiiy   fanlarga   bo‘lgan   ehtiyojdan   nisbatan
pastligidir.   Chunki   ijtimoiy - gumanitar   fanlar   beradigan   iqtisodiy   samarani   xuddi
tabiiy   fanlar   beradigan   samara   sifatida   raqamlarda   ifodalash   ancha   mushkul   ish.
Shuning   uchun   ularga   bo‘lgan   ehtiyoj   ham   tabiiy   fanlarga   bo‘lgan   ehtiyojdan
nisbatan pastroq bo‘lmoqda. Lekin ijtimoiy - gumanitar fanlar beradigan foyda hech
qanday raqamlar bilan o‘lchab bo‘lmaydigan boylik hisoblanadi. Chunki ijtimoiy-
gumanitar   fanlar   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qiladigan   nazorat   faoliyatini
takomillashtirish   borasidagi   ilmiy   xulosalarni   beradi.   Bundan   tashqari ,   ijtimoiy-
gumanitar   fanlar   odamni   nafaqat   aq l li ,   balki ,   dono   bo‘lishini   ham   ta’minlaydi.
Bugungi kunda faqat bilim negizida shakllanadigan aql bilangina ijtimoiy tartibni
ta’minlab   bo‘lmaydi.   Buning   uchun   ma’naviyat   negizida   shakllanadigan   donolik
ham   kerak   bo‘lmoqda   va   bunday   dono   avlodni   tarbiyalashda   ijtimoiy - gumanitar fanlar  hal  qiluvchi  rol   o‘ynaydi.  Bularni  anglab   olish   ijtimoiy - gumanitar  fanlarga
bo‘lgan ehtiyojni oshirishga va buning natijasida fan rivojiga kuchli turtki beradi.
Xulosa qilib shuni  aytish mumkinki, ijtimoiy tartibni o‘rnatish muammosi
doimo   ijtimoiy-gumanitar   fanlarning   dolzarb   muammosi   bo‘lib   kelgan   va   bugun
ham   shunday   bo‘lib   qolmoqda.   Ijtimoiy   tartibning   o‘rnatilishi   esa   nazorat
tizimini ng  samarali ishlashini ta’minlaydigan mexanizm shakllanganligiga bog‘liq.
Shuning uchun  nazorat  tizimi  faoliyati   bilan  bog‘liq  bo‘lgan  ilmiy tadqiqotqlarga
keng imkoniyatlar ochib berish va bu borada barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarning
hamkorligini   ta’minlash   maqsadga   muvofiqdir.   Buning   uchun   barcha   vaqtlarda
dolzarb   muammo   bo‘lgan   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   masalalarini   tadqiq   qilishga
xizmat   qiladigan   “Ijtimoiy   nazorat”   kafedrasini   ochish   va   ushbu   kafedrada
jamiyatshunos   olimlarning   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   borasida   kompleks   ilmiy
tadqiqotlar   olib   borishlarini   ta’minlash   lozim.   Jamiyat   taraqqiyotining   muhim
sharti   bo‘lgan   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qiladigan   ijtimoiy   nazorat
faoliyatini   takomillashtirish   muammolarini   yechishga   qaratilgan   ilmiy   izlanishlar
barcha   ijtimoiy-gumanitar   fan   namoyandalarining   kompleks   yondashuvini   taqozo
etadi. Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
.Mirziyoev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   kat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy   javobgarlik
barcha   darajadagi   rahbarlarning   kundalik   hayot   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   2017-2021   yillvarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘ycha Harkatlar strategiyasi. Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
3.Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021 yil.- 464 b.
4.Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. O‘zbekiston. 2010 y.
5.Bafoev   Sh.   Jamoatchilik   nazorati   demokratik   huquqiy   davlat   va   fuqarolik
jamiyati qurishning muhim omili sifatida // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. – 2007
№ 1.
6.Mustafoev M. Jamoatchilik nazorati – jamiyat muvozanati // Muloqot 2004 y. №
4
7.Muxtorov   N.   Amnistiya   aktlarini   qo‘llanilishida   jamoatchilik   nazorati:   davlat
boshqaruv   organlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   hamkorligi   //   Fuqarolik
jamiyati – Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 y. № 3
8.Nabiev T., Soleev A. O‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining
sub’ekti   sifatida   //   Fuqarolik   jamiyati   –   Grajdanskoe   obщestvo   –   Civil   Society.
2008 y. № 4
9.Nabiev   F.   X.   Obespechenie   i   sovershenstvovanie   obщestvennogo   kontrolya   v
programmnыx dokumentax politicheskix  partiy Uzbekistana  //  Fuqarolik jamiyati
– Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 № 3
10.Nabiev F. X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand. 2016 yil.

O‘zbekistonda ijtimoiy nazorat tarixi dolzarb muammolari fanining ob’ekti, predmeti va dolzarb muammolari . Reja 1.Ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida Ijtimoiy nazorat fanining o‘rni. 2. D avlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini yanada demokratlashtirish da ijtimoiy-gumanitar fanlar ning o‘rni. 3.Nazorat faoliyatiga doir bilimni ishlab chiqish va targ‘ib qilishda oliy ta’lim tizimining o‘rni.

Bugungi kunda ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida shakllanayotgan Ijtimoiy nazorat fani zamonamiz mohiyati bo‘lgan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili talablaridan kelib chiqadi. Shuning uchun ushbu fan barcha jamiyatshunos olimlarni hamkorlikdagi izlanishlarini taqozo etadigan muhim fanlardan biri deb aytishimiz mumkin. Ijtimoiy nazorat fanining ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki u jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladi. Bundan tashqari ushbu fan demokratiyaning muhim sharti bo‘lgan siyosiy-huquqiy madaniyatni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘li demokratiya sharoitida yashashga qodir bo‘lgan siyosiy-huquqiy madaniyati yuksak avlodni bo‘lishini talab qiladi. Bunday avlodni tarbiyalashda Ijtimoiy nazorat fani beradigan bilim muhim ahamiyatga ega, chunki bu fan beradigan bilim ham siyosiy, ham huquqiy bilimni oshirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy nazorat fani fuqarolik jamiyati institutlariga demokratiya sharoitida yashash uchun kerak bo‘lgan bilimlarni beradigan amaliy fan hisoblanadi. Ijtimoiy nazorat fanining ob’ekti ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan davlat va jamiyat nazoratidan iborat bo‘lgan nazorat tizimi faoliyati. Fanning predmeti esa nazorat faoliyati, tizimi va mexanizmi, davlat va jamiyat sherikligidagi nazoratni tashkil qilish hamda ijtimoiy tartib bilan ijtimoiy nazorat o‘rtasidagi bog‘liqlik masalalarini tahlil qilish. Har qanday fanning ahamiyati uning predmetini ahamiyati bilan belgilanadi. Ijtimoiy nazorat fanining predmeti jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartib bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ushbu fan ijtimoiy-gumanitar fanlar ichida eng muhim fan ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Umuman olganda barcha ijtimoiy- gumanitar fanlar o‘z predmetlarini belgilaganda aynan ana shu ijtimoiy tartib ya’ni ijtimoiy nazorat fanining ob’ekti bo‘lgan ijtimoiy tartib muammosi bilan bog‘lashlari lozim. Chunki ijtimoiy tartib jamiyat taraqqiyotining muhim sharti hisoblanadi va shuning uchun ham barcha vaqtlarda olimu ulamolar qanday qilsak jamiyatda tartib bo‘ladi degan savolni javobini topishga harakat qilishgan. Nazorat – huquq va axloq asosida qabul qilingan me’yorlar va cheklovlarga rioya qilishni ta’minlash orqali jamiyatda tartib o‘rnatadigan mexanizm

faoliyatidir. Nazoratning mazmun-mohiyati jamiyatda mustahkam adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatish. Nazorat mazmunan ichki va tashqi, shakldan quyidan va yuqoridan bo‘ladi. Nazorat tushunchasi uzoq vaqtlar davomida, aniqrog‘i sovetlar zamonida totalitar rejim hukmronlik qilganligi tufayli e’tibordan chetda qolib keldi. Nazorat asosan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari nazorati sifatida qabul qilinib kelingan. Faqat sobiq totalitar tuzum inqirozga kirishi bilan o‘tgan asrning 70 yillarini oxirlarida davlat nazorati bilan jamiyat nazorati bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida fikrlay boshlashdi. Shuning uchun 1979 yilda davlat nazorati bilan jamiyat nazoratiga amalga oshirish maqsadida xalq nazorati to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun asosida xalq nazorati tashkiloti tuzildi bu tashkilot davlat nazorati bilan jamiyat nazoratini uyg‘unlashtirishi kerak edi. Lekin, bu tashkilot jamiyat nazoratini amalga oshiradigan vositaga aylanmay, tez orada davlat nazoratini yana bir vositaga bo‘lib qoldi. Chunki jamiyat nazorati va nazorat tizimi to‘g‘risidagi tushuncha va bilimlar yetarli emas edi. Chunki sovetlar zamonasida hayot siyosiylashtirilgan bo‘lsa ham, siyosiy bilim kommunistik mafkura doirasida kerakli darajada berilgan. Nazorat to‘g‘risidagi tushuncha mukammal bo‘lmaganligi uchun nazoratni amalga oshirish shakllari ham o‘ shanga monand bo‘lib, asosan nazorat yuqoridan amalga oshirilgan. I nsoniyat jamiyatini fan faoliyat sohasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi va qaysi mamlakat ilm-fan yutuqlariga asoslansa, o‘sha mamlakat taraqqiyotga erishishi hamda gullab-yashnashi mumkinligini tarix yaqqol ko‘rsatib turibdi. Mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tishi bilan O‘zbekistonda fan faoliyatini rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratildi. Chunki mustaqillik O‘zbekiston xalqiga erkin yashash imkoniyatini berdi, erkinlik esa har qanday faoliyatni, jumladan fan faoliyatini samarali qiluvchi muhim omildir. Jamiyat taraqqiyoti ko‘p omillarga va, eng avvalo, xato qilmasdan to‘g‘ri yo‘ldan borishga bog‘liqdir. Xato qilmasdan to‘g‘ri harakat qilish uchun esa oldindan ko‘ra bilish kerak va buning uchun ilm-fan tavsiyalariga asoslanib jamiyatni boshqarish lozim. Chunki fan faoliyatining mahsuli bo‘lgan bilim oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini berib, bizni xatodan saqlanib to‘g‘ri harakat qilishimizni ta’minlaydi. Shuning uchun hadis ilmining

sultoni Imom al- Buxoriy “ Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” 1 deb yozgan yoki G‘arb sotsiologiyasining asoschisi Ogyust Kont “Bilish oldindan ko‘ra bilish uchun, oldindan ko‘ra bilish esa harakat qilish uchun” 2 deb yozib qoldirgan. Bilim alohida ongli ijtimoiy faoliyat turi bo‘lgan fan faoliyati orqali shakllanadi. Fan faoliyati tabiat, jamiyat va tafakkurning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Inson bilan tabiat o‘rtasida yuz beradigan munosabatlardagi iqtisodiy ehtiyojdan kelib chiqib tabiiy fanlar yuzaga kelgan. Ammo hayot jarayonida inson nafaqat tabiat bilan, balki o‘zaro munosabatga ham kirishadi va ana shu ijtimoiy munosabatlardagi , ya’ni siyosiy va huquqiy munosabatlardagi ehtiyojdan kelib chiqib ijtimoiy-gumanitar fanlar yuzaga keladi. Aniqroq qilib qilib aytganda, ijtimoiy fanlar jamiyatni anglashga xizmat qilsa, gumanitar fanlar insonni anglashga xizmat qiladi va, xuddi shunday, tabiiy fanlar tabiatni anglashga qaratilgandir. Demak, ijtimoiy-gumanitar fanlar insoniyat jamiyatidagi odamlararo munosabatlarni va bu munosabatlarning ijrochisi bo‘lgan insonni anglashga xizmat qiladi. Insoniyat jamiyati rivojlanib borishi bilan ijtimoiy munosabatlar ham va insonning o‘zi ham takomillashib boradi va, demak, ularni o‘rganish, anglab olish ham murakkablashib boradi. Shuning uchun ijtimoiy-gumanitar fanlarning maqsad va vazifalari zamon talablaridan kelib chiqib murakkablashib boradi, chunki tarixiy jarayonning o‘zi oddiylikning murakkablashib borishidan iboratdir. Demak , ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolarini aniqlab olish uchun zamon mohiyatidan va talabidan kelib chiqish lozim. Bugungi kunning talabi mamlakatimizni demokratlashtirish va liberallashtirish asosida kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tishdan iborat bo‘lib, u zamonamiz mohiyati bo‘lgan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari ” tamoyili dan kelib chiqadi. Demak, ijtimoiy-gumanitar fanlarning vazifasi ana shu tamoyil ning ijrosini ta’minlashga xizmat qiladigan ilmiy asos va shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Buning uchun ular, eng avvalo, bu borada, ya’ni mamlakatni modernizatsiyalash borasida qanday muammolar mavjudligini bilishlari lozim va o‘sha muammolarni 1 Саодат йўли. Тошкент – 2016 йил. 75-бет. 2 Мухаев Р.Т. Политология. Москва. 1998 год, стр.393.

boshqalardan ko‘ra oldinroq ilg‘ab olib, uni bartaraf qilish borasida ilmiy taklif va xulosalarni ishlab chiqishlari lozim. Shuning uchun O‘zbekistonda mustaqillik va zamon talablaridan kelib chiqib yangi ilmiy asarlar va darsliklar yaratilmoqda. Barcha vaqtlarda ijtimoiy-gumanitar fanlarning muammolari ijtimoiy tartibni o‘rnatish muammosi bilan bog‘liq bo‘lgan. Boshqacha qilib aytganda, barcha vaqtlarda jamiyatshunos olimlar qanday qilsak jamiyatda tartib bo‘ladi degan savolning javobini topishga harakat qilishgan. Bugungi kunda ham ushbu savolga javob topish, oldingidek, o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. Chunki, hali- hanuz dunyoning biror-bir davlati o‘z mamlakatida ijtimoiy tartib barqarorligini to‘liq ta’minlashga erisha olgani yo‘q. Zamonamiz mohiyati bo‘lgan “K uchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari ” tamoyili ham ijtimoiy tartibni o‘rnatish muammosi bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki, ijtimoiy tartib o‘rnatilishi uchun faqat yuqoridan amalga oshiriladigan davlat nazorati yetarli emasligini tarix yaqqol ko‘rsatib turibdi. Buning uchun quyidan amalga oshiriladigan jamiyat nazorati ham kerak bo‘lmoqda va jamiyat o‘zining nazorat funksiyasini amalga oshirishi uchun u, albatta, kuchli bo‘lishi lozim. “ Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari ” tamoyili asosida ishlab chiqilgan va 2010 yil 12 noyabrda Parlamentning qo‘shma majlisida bayon qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarollik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” hamda 2017 yilning 7 fevralida tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” fuqarolik jamiyatini kuchli qilishning dolzarb muammolarini belgilab berdi. Mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi va Harakatlar strategiyasi da belgilab berilgan muammolarni hal qilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ijtimoiy- gumanitar fanlarning ham dolzarb muammolari hisoblanadi, chunki mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi ham, Harakatlar strategiyasi ham o‘z mazmun- mohiyatiga ko‘ra, barcha vaqtlarda donishmandlarni o‘ylantirib kelgan savolni, ya’ni qanday qilsak jamiyatda tartib bo‘ladi degan savolning javobini topish jarayoniga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shiladi. Harakatlar strategiyasi mamlakatni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida yangi davrni