logo

PSIXOLGIYA FANINING DOLZARB VAZIFALARI, PREDMETI ВА METODLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

86.5859375 KB
PSIXOLGIYA FANINING DOLZARB VAZIFALARI, PREDMETI ВА
METODLARI
Reja
1. Psixologiyaning predmetiva  psixologiyaning fan sifatida shakllanishi
2. Miya va psixika
3. Psixologiyaning   fanlar   tizimida   tutgan   o’rni   va   hozirgi   zamon
psixologiyasining tuzilishi
4. Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari
5. Psixika va ongning taraqqiyoti Psixologiyaningpredmeti
Inson   mavjud   ekan ,   u   o ’ z   hayotiy   tajribasiga   asoslanib ,   u   yoki   bu   holda   idrok
etish ,  olamni   anglash ,  narsa   va   hodisalarni   ajratish   kabi   xususiyatlarga   ega   ekanligi
haqida   o ’ ziga   o ’ zi   hisob   beradi .
Biz   kunda   qushlarning   sho ’ x   navosini ,   musiqa   asboblarining   xonishini ,   inson
nutqini ,   uchib   o ’ tayotgan   samolyot   shovqinini   eshitamiz ,   atrofimizni   o ’ rab   turgan
narsa ,   daraxt ,   hayvonlar ,   mashinalarni   ko ’ ramiz .   Ularning  rangi  va  hajmini  ajrata
olamiz.   Mazkur   jarayonlar   insondagi   aks   ettirish   xususiyati   bilan   chambarchas
bog’liq.
Psixologiya   fanining   predmetini   tahlil   qilishda   asosiy   e'tiborni   quyidagilarga
qaratish lozim. Jumladan, shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga   psixologiya
va pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Shunga ko’ra pedagogika shaxsni ta'lim-
tarbiya   jarayonida   kamol   topishini   tadqiq   qilsa,   psixologiya   shaxsda   kechadigan
ruhiy   jarayonlarni   o’rganadi.   Shundan   xulosa   qilishimiz   mumkinki,   psixologiya
fanining predmetini - shaxsning psixikasi va  uning psixologik xususiyatlari tashkil
qiladi.
Psixologiya  so’zining lug’aviy ma'nosi grekcha psyuxe - jon, ruh, logos - fan,
ta'limot   degan  ma'noni  anglatadi.   Psixologiya   fan  sifatida  psixik  faktlar,  ularning
qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganadi. 
Psixologiya   asosan   psixikani   keng   doirada   tadqiq   qiladi.Shunga   ko’ra
psixikaning yuzga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko’rsatilgan. Aynan psixik
faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:
-  bilish faoliyatlari : diqqat, nutq, faoliyat;
-  bilish jarayonlari : sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur;
-  shaxsning, hissiy , irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda;
-   shaxsning   individual   psixologik   xususiyatlari :   temperament,   xarakter,
qobiliyat.
Psixikaning   paydo   bo’lishining   asosiy   shakllari   M.Gamezo   va
Domashenkolarning   "Atlas   po   psixologii"   nomli   qo’llanmasida   quyidagicha
ifodalanadi:  Psixikaning namoyon bo’lish shakllari va ularning o’zoro bog’ligi
Psixik   jarayonlar
(Bilish jarayonlari) Shaxsning   hissiy-
irodaviy sohalari Shaxsning   individual
xususiyatlari
Sezgilar
Idrok
Xotira
Xayol
Diqqat
Nutq
Tafakkur Hissiyot (Emosiya)
Iroda Temperament
Xarakter
Qobiliyat
Shunga   muvofiq   bir   qator   olimlar   tomonidan   psixikaga   ta'riflar   berilib,   uning
mazmun   mohiyati   ochib   berilgan.   Jumladan,   professor   M.G.Davletshin   fikricha,
psixika  deganda - oliy darajadagi materiyaning (miyaning) xususiyati tushunilib, u
ob'ektiv   borliqni   aks   ettirilishida   namoyon   bo’ladi,   sub'ekt   faoliyatini   ma'lum
maqsad   asosida   yo’naltiradi   hamda   xulq-atvor   negizida   shakllanadi,   professor
V.M.Karimova   fikricha   psixika   -   inson   ruhiyatining   shunday   holatiki,   u   tashqi
olamni   (ichki   ruhiy   olamni)   ongli   tarzda   aks   ettirishimizni,   ya'ni   bilishimiz,
anglashimizni ta'minlaydi. 
Psixika   bu   aks   ettirishdir.   Jonli   va   jonsiz   tabiatda   aks   ettirishning   o’ziga   xos
usullari mavjud. Aks ettirish jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin. 
Biologik
PsixikMATERIYANING AKS ETTIRIS H SXEMASI
Anorganik materiya Organik materiyaM
exanik	
Fizik	
Xim
ik Jonsiz materiya uchun aks ettirishning mexanik, kimyoviy va fizik turlari xosdir.
Masalan, ko’zguning aks ettirishi, suvdagi ta'sir va boshqalar. Jonli materiya uchun
aks ettirishning fiziologik, psixik aks ettirish turlari xos bo’lib, ong va o’zini-o’zi
anglash   uning   eng   yuqori   bosqichidir.   Psixik   aks   ettirish   quyidagi   xususiyatlarga
ega:
1) ob'ektiv borliqni to’g’ri aks ettirish imkoniyatini beradi;
2) shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi;
3) doimo rivojlanib va takomillashib boradi.
4) Shaxsning individualligi orqali namoyon bo’ladi.
Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi
Insonda   jismoniy   tanadan   tashqari   undan   farqlanuvchi   yana   nimadir   borligi
haqidagi   tasavvurlar   qadimdanoq   mavjud   bo’lgan.   Eng   qadimgi   davrlardayoq
inson tush ko’rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan,
ovdagi   muvaffaqiyatlar)   o’lim   va   boshqa   hodisalarning   sabablarini   tushuntirishga
intilgan.   Ammo   dastlabki   qarashlar   mifologik   xarakterda  edi.   Ular   fikrlash   orqali
emas,   ko’r-ko’rona   ishonch   vositasida   egallanardi.   Ruh   haqidagi   qarashlar
ko’pincha   nafas   bilan   bog’lanardi,   ruhni   esa   uchar   mahluq   sifatida   tasavvur
etardilar.
Psixologiya   haqidagi   fikrlar   qadim   zamonlardan   beri   mavjuddir.   Ilk   davrlarda
psixologik   xususiyatlarni   jonning   ishi   deb   tushuntirilgan.   Jonning   o’zi   esa   odam
tanasidagi  maxsus   ikkilamchi  jism   deb qaralgan.  Bunday  tasavvurlar   "animizm"
deb   ataladi.   Animizm   so’zi   -anima   "jon"   degan   ma'noni   anglatadi.   Jon   o’z
mohiyatiga ko’ra olovsimon uchqundan iborat ekanligi   Geraklit   tomonidan, yoki
olovsimon atomdan iboratligi  Demokrit  tomonidan ta'kidlangan.
Platonning   "ideyalar   tug’ma   bo’ladi"   degan   g’oyalari   psixologik   fikr
taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shdi.  Platon  ta'limotiga ko’ra "ideyalar" mohiyati abadiy va o’zgarmas, ularning tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud bo’lib,
ularni odam ko’zi bilan ko’ra olmaydi.
Platon   psixologiyada   "dualizm"   oqimining   asoschisi   hisoblanadi.   Dualizm
so’zi   ikki   yoqlamalik   yoki   ikki   mustaqil   fikr   degan   ma'noni   anglatadi.   Dualizm
ta'limoti   mohiyati   moddiy   va   ruhiy   olam   tana   va   psixikaning   bir-biriga   bog’liq
bo’lmagan holda mavjud bo’lib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi.
Platonning   dualizm   shogirdi   Arastu   (Aristotel   eramizdan   oldingi   IV   asr   384-
322 yillar) tomonidan birmuncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Aristotelning  "Jon
haqida"   asari   o’sha   davrdayoq   psixologiya   maxsus   fan   sifatida   maydonga   kela
boshlaganidan dalolat beradi. Ana shu tufayli psixologiya jon haqidagi fan sifatida
maydonga   kelgan   va   hozirgi   kunda   psixologiya   fani   o’z   mazmunini   batamom
o’zgartirgan.
Arastu   kishilik   tafakkuri   tarixida   birinchi   bo’lib   ruh   va   jonli   tananing
ajralmasligini   isbotlab   berdi.   Unga   ko’ra,   jon   qismlarga   bo’linmaydi,   lekin   u
faoliyatimiz   davomida   oziqlanishi,   his   etishi   va   harakatga   kelishi,   aql-idrok   kabi
turlarga   oid   qobiliyatlarda   namoyon   bo’lishi   mumkin.   Birinchi   qobiliyatlar
o’simlik   uchun,   ikkinchisi   va   uchinchisi   hayvonlarga,   to’rtinchisi   esa   insonlar
uchun   xosdir.   O’simliklar,   hayvonlar   ruhi   va   aql   idrok   odam   ruhi   ta'limoti   bilan
Arastu   oliy   qobiliyatlar   va   ularning   negizida   paydo   bo’lishini   bildiradigan
rivojlanish   tamoyilini   joriy   etdi.   Arastu   organizmning   tabiatdan   olgan
qobiliyatlarni faqat o’zining xususiy faolligi orqali ruyobga chiqarishga asoslangan
holda xarakterning faoliyatda shakllanishi to’g’risidagi nazariyani ilgari surdi.
Geraklit,   Demokrit,   Aflotun,   Arastularning   ta'limotlari   keyingi   asrlarda
psixologik g’oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta bo’lib hisoblanadi.
Miya va psixika
Psixika   yuksak   darajada   tashkil   topgan   materiyaning   alohida   xossasi   bo’lib,   u
ob'ektiv   olamni   alohida   bir   tarzda   aks   ettiradi.   Yuksak   darajada   tashkil   topgan
materiya deganda biz miyani tushunamiz. Demak inson va hayvonlar psixikasining
moddiy asosini markaziy nerv sistemasining eng yuksak qismi bo’lmish bosh miya
tashkil   etadi.   Ammo   insonlar   miyasi   hayvonlar   miyasiga   qaraganda   qancha murakkabroq   tuzilgan   bo’ladi.   Odam   miyasi   hajmi   jihatidan   ham   katta.   Agar
maymun   miyasining   og’irligi   400-500   g   bo’lsa,   odam   miyasining   og’irligi   o’rta
hisobda 1400 g dir. 
Miya   funksiyasi   organizm   hayotida   shunchalik   murakkabki,   buni   biz   miya
butun   gavda   og’irligining   2   foizini   tashkil   qilishidan   va   organizmga   kiradigan
kislorodning   18   foizidan   ortiqrog’ini   ishlashidan   ham   ko’rishimiz   mumkin.
Hayvon   taraqqiyotining   qanchalik   yuqoriroq   bosqichida   tursa,   uning   tanasiga
nisbatan miyasi shunchalik og’irroq bo’lib boraveradi. 
Bosh   miya   orqa   miya   bilan   markaziy   nerv   tuzilmasini   tashkil   qilib,   odam
organizmidagi   barcha   organlarning   o’zaro   faoliyati   va   bir-biri   bilan   bog’lanishini
hamda   uning   tashqi   muhit   bilan   bo’ladigan   aloqasini   ta'minlaydi.   Psixik
faoliyatlarning   ko’pgina   qismi   bir   necha   qator   bo’lib,   joylashgan   nihoyatda   ko’p
nerv   hujayralaridan   (15   milliarddan   ko’p)   tashkil   topgan,   kulrang   modda
qatlamidan   iborat   bo’lgan   bosh   miya   katta   yarim   sharlari   qobiq   ining   faoliyati
bilan bog’liqdir. 
Nerv   sistemasining   tuzilishi,   nerv   to’qimasi,   uning
elementlari   va   x ossalari. Nerv   sistemasi   nerv
to’qimasidan   iborat,   bu   to’qima   esa   nerv   hujayralaridan
tuzilgan. 
Nerv   hujayrasi   protoplazmadan   tuzilgan   tana   bo’lib,
ikki   turli   o’simtalari   bor,   bu   o’simtalarning   bir   xillari
kalta,   boshqa   bir   xillari   uzun   bo’ladi.   Kalta   o’simtalari
sertarmoq   bo’lib,   dendrit lar   deb   ataladi.   Uzun
o’simtalari   akson lar   yoki   neyrit lar   deb   ataladi.   Har   bir
hujayrada   bu   o’simtalar   ikkitadan   ortiq   bo’lmaydi.   Neyrit   ikkita   parda   bilan
o’ralgan. Neyritga yopishib turadigan birinchi pardasi  yoysimon parda bo’lib, uni
et   parda   yoki   mielin   pardasi   deb   ataladi.   Ikkinchi   pardasini   shvain   pardasi
deyiladi.   Bu   pardalar   toladan   o’tuvchi   nerv   qo’zg’alishini   ajratib   turuvchi
izolyasiya dek bir vazifani o’taydi. Neyrit, odatda,  nerv tolasi  deb ata ladi. Nerv hujayrasi, uning o’simtalari va ularni qoplovchi pardalar birgalikda  neyron
deb ataladi.  Nerv sistemasi juda ko’p neyronlardan tuzilgan. Nerv tolalari miyadan
tutam-tutam   bo’lib   chiqib   nerv   stvolini   yoki,   oddiy   so’z   bilan   aytganda,   nervni
hosil qiladi. 
Nerv   hujayralari   va   mielinsiz   tolalar   to’plami   miyaning   kul   rang   moddasini,
mielinli nerv tolalarining to’plami esa miyaning oq moddasini tashkil etadi.
Hujayralar   ularning   yadrolari   va   tolalari   sinapslar   degani   mahsus   mayda
tolachalar   yordami  bilan  bevosita  bog’lanadi   (sinaps  grekcha   so’z  bo’lib,  «ilgak»
degan ma’noni bildiradi).
Nerv   sistemasining   mahsus   xossalari   bor,   bu   xossalardan   asosiylari
qo’zg’aluvchanlik va o’tkazuvchanlikdir. Bu xossalar shundan iborat.
Agar nerv tolasining joyiga tegilsa, issiq, sovuq, elektr toki, ximiyaviy moddalar
va   boshqa   shu   kabilar   bilan   ta’sir   etilsa,   yoki   o’zgartirilsa,   nerv   tolasining
qo’zg’atilgan   joyida   mahsus   fiziologik   jarayonlar   ro’y   beradi,   buni
qo’zg’alishdeyiladi.
Agar   nerv   tolasi   yetarli   darajada   qo’zg’atilsa,   bu   qo’zg’alish   sodir   bo’lgan
joyidagina   qolmay,   balki   nerv   tolasi   bo’ylab   tarqaladi   va   bir   nerv   hujayrasidan
ikkinchi   nerv   hujayrasiga   o’tadi,   nihoyat,   qo’zg’atish   kuchi   muayyan   darajaga
yetganda qo’zg’alish butun nerv sistemasiga yoyilishi mumkin.
Nerv to’qimasida qo’zg’alish jarayoni yuz berganda bir qancha hodisalar: elektr,
ximik, issiqlik hodisalari paydo bo’ladi. Yonma-yon turgan bir nerv hujayrasining
aksoni bi lan ikkinchi nerv hujayrasining tutashadigan joyi sinapslar borligi tufayli,
qo’zg’alish   nerv   tolalarida   bir   tomonga   tarqaladi.   Mielin   pardasi   borligidan,
qo’zg’alish   nerv   tolasida   ayrim-ayrim   tarqaladi.   Odamning   nerv   sistemasi
hayvonot olamining uzoq, evolyusiyasi jarayonida va odamning tarixiy taraqqiyoti
davomida vujudga kelgan.
Markaziy   nerv   sistemasi. Markaziy   nerv   sistemasi   bosh   miya   bilan   orqa
miy adan tarkib topgan.
Bosh miya va psixik funksiyalar.  Po’st ostidagi soha va po’st ostidagi tugunlar
differensiallashmagan   va   umumiy   sezuvchanlik   markazidir.   Emosiya   va instinktlarimiz shu soha bilan chambarchas bog’liqdir. Harakatlarimizni idora etish
uchun   po’st   ostidagi   tugunlardan   targ’il   jismning   ahamiyati   ayniqsa   kattadir.
Targ’il jism zararlanganda, odatda, harakat kuchayadi, ammo poyma-poy bo’ladi.
Yuksak   darajada   tashkil   topgan   hayvonlarda   psixik   jarayonlarning   va   odamda
ongli   jarayonlarning   bevosita   moddiy   asosi   bosh   miya   po’stidir.   Bosh   miyaning
pastroqdagi   boshqa   hamma   qismlari,   shuningdek,   orqa   miya   –   ongsiz   reflektor
harakatlarning   markazlari   bo’lib,   xilma-xil   fiziologik   jarayonlarni   idora   etadi.   Bu
yerda yana shuni aytib o’tish kerak.
Bosh miyaning yuqorida aytilgan hamma qismlari va orqa miya markaziy nerv
sistemani   bosib   o’tgan   taraqqiyot   yo’lining   bosqichlaridir.   Bosh   miyaning
taraqqiyotidagi   har   bir   qismi   (pastdan   yuqoriga   qarab   hisob   qilganda)   o’zidan
avvalgi   qismning   ustiga   qoplangan.   Orqa   miya,   undan   keyin   esa   uzunchoq   miya
markaziy   nerv   sistemasining   eng   qadimgi   qismlaridir.   Oldingi   miya   va   po’st
genetik   jihatdan   miyaning   eng   yosh   qismlaridir.   Markaziy   nerv   sistemasining
yuqorigi   qismlari   taraqqiy   qilgunicha   pastdagi   (qadimgi)   qismlari   murakkabroq
psixik   funksiyalarni   ham   bajargan   deb   o’ylash   mumkin.   Markaziy   nerv
sistemasining   yuqorigi   qismlari   tarkib   topib   taraqqiy   qilishi   bilan,   murakkabroq,
psixik   funksiyalar   miyaning   yuksak   taraqqiy   qilgan   qismlariga   o’tdi.   Shu   bilan
birga   psixik   funksiyalar   tobora   murakkablashib   va   takomillashib   bordi.   Psixik
funksiyalar   miyaning   yuksak   taraqqiy   qilgan   qismlariga   o’tishi   bilan   miyaning
pastdagi   qismlari   muayyan   refleks   va   instinktiv   harakatlarinigina   idora   etadigan
bo’lib qoldi.
Buning   xaqiqatan   ham   shunday   ekanligini   quyidagi   hol lar   ko’rsatib   turibdi.
Biologik taraqqiyotning ancha past bosqichlarida turgan hayvonlarning miya po’sti
va   oldingi   miyasi   olib   tashlanganda,   bu   qismlarning   funksiyasini   pastroqdagi
qismlar   o’tay   boshlaydi   (garchi   mukammal   shaklda   bo’lmasa   ham,   har   holda,
o’taydi).   Masalan,   oldingi   miyasi   olib   tashlangan   baqa   tamomila   normal   baqaga
o’xshaydi. Bunday baqa odatdagicha o’tiradi; baqa turgan taxta ag’darila boshlasa,
u   ag’anab   tushmaslikka   harakat   qiladi;   agar   baqa   chalqancha   ag’anab   tushsa, o’nglanib oladi. Shunday qilib (baqa miya yarim  sharlaridan  mahrum  bo’lsa ham
harakat qilish va o’z harakatlarini muvofiqlashtirish qobiliyatini saqlab qoladi.
Yarim   sharlari   olib   tashlangan   kaptar   og’ziga   solingan   ovqatni   yeydi,   turtib
yuborilsa   yuradi;   bunday   kaptar   turtinmasdan   ucha   oladi.   Ammo   kaptar   turtib
yuborilmasa, odatda, qimirlamay turaveradi. Agar it miyasining ikkala yarim shari
olib   tashlansa,   sun’iy   suratda   boqilib   borilsagina   bir   necha   yil   yashay   oladi.
Bunday it og’ziga solingan ovqatni yeydi, yura oladi. It urilsa vangillaydi, qattiq,
tovush   eshitganda   sapchib   tushadi.   Ammo   bunday   it   o’zicha   ovqat   qidirib
topolmaydi   va   hatto   yaqinidagi   ovqatni   ham   topib   yeya   olmaydi.   Bu   it   uni
boquvchi kishilarni tanimaydi. Avval hosil qilgan malakalari yo’qoladi, shu bilan
birga, yangi malakalar hosil qilish qobiliyati ham yo’qoladi.
Ba’zi   fiziologlar   maymunlarning   yarim   sharlarini   olib   tashlab   tajribalar
qilganlar.   Maymunlar   operasiya   qilingandan   keyin   psixik   funksiyalari   yo’qolishi
bilan   birga,   harakatlar,   harakatni   muvofiqlashtirish   ham   buzilgan.   Ular   to’ppa-
to’g’ri   o’tirib   tura   olgan,   shuningdek,   narsalarni   changallay   olgan,   ammo,
murakkabroq   harakatlar,   ayniqsa   yurish   qobiliyati   buzilgan,   shunday   qilib,
evolyusiyaning   yuqori   bosqichlarida   murakkab   harakatlar   va   ularni
muvofiqlashtirish funksiyalari ham miya po’stiga o’tadi.
I.P.Pavlov   yuksak   nerv   faoliyatiga   doir   tekshirishlarida   shunday   hodisalarni
ilmiy asosda tushuntirib berdi.
Hayvonlar   bosh   miyasining   ayrim   qismlarini   olib   tashlash   ustidagi   tajribalar
shuni ko’rsatdiki, hayvon biologik taraqqiyotning qancha yuqori bosqichida tursa,
quyi   qismlarining   yuksak   psixik   funksiyalarni   bajara   olish   imkoniyati   o’shancha
kam bo’ladi.
Odamda miyaning quyi qismlari yuksak psixik funksiyalarni bajarishga mutlaqo
qobil   emas.   Odam   miyasining   po’sti   ostidagi   qismlari   po’st   funksiyasini   loaqal
qisman ham bajara olmasa kerak. Yarim sharlarsiz tug’ilgan bolalar (anzisefallar)
ni   kuzatish   bu   holni   juda   ravshan   tasdiqlaydi.   Odatda   bunday   bolalar   uzoq,
yashamaydi.   Shunday   bolalardan   birining   faqat   uch   yil-u   to’qqiz   oy   yashagani
ma’lum. Bu bola doim yotgan, turishga biron marta ham harakat qilib ko’rmagan. U   narsalarni   ushlashga   hyech   urinmagan,   hatto   nar salarni   qo’lda   ushlab   turishni
ham   bilmagan.   Faqat   yuzida   ba’zi   bir   harakatlar   ko’rilgan;   u   ba’zan   ijirg’angan;
emganda va qoshiqlab ovqat berilganda lablari va tili harakatga kelgan. Bola tagi
xo’l   bo’lganganda   ham   h yech   bir   parvo   qilmagan.  Bu   bola   bilan  gaplashish   yoki
unga   biron   narsa   o’rgatish   aslo   mumkin   bo’lmagan.   Unda   hatto   eng   oddiy
ko’nikmalar ham hosil bo’lmagan.
Yuqorida   aytilganlardan,   miyaning   po’st   ostidagi   qismlarining   psixik   hayotga
hyech   qanday   aloqasi   yo’q   degan   ma’no   chiqmaydi.   Yarim   sharlar   po’sti   o’z
tolalari   bilan   bosh   miyaning   hamma   qismlariga   va   orqa   miyaga   bog’langan.   Shu
bilan birga, yuqorida  aytilganidek, orqa  miyadagi  nerv hujayralarining tolalari  va
po’st   ostidagi   sohalarning   tolalari   yarim   sharlar   po’stining   qismlariga
bog’langandir.   Shu   sababli   butun   markaziy   nerv   sistemasi   va   uning   faoliyati
bo’lmasa, psixik hayot ham bo’lmas edi.
Odam   bosh   miyasi,   miya   katta   yarim   sharlarining   ixtisoslashgan
funksiyalarining mavjudligi haqidagi ma'lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan.
№ Chap yarim shar O'ng yarim shar
1. Xronologik tarkib O'tayotgan vaqt
2. Xarita va chizmalarni o'qish Aniq makon
3. Nomlarni,   izlarni   belgilarni   yodda
saqlab qolish Tasavvurlar,   aniq     voqealarni   yodda
saqlab qolish
4. Nutq faoliyati mohiyatini his etish Emosional holatni idrok etish
5. Olamni   xursandchilikda   osoyishta
k o’ rish Olamni g'amgin holda ko'rish
6. Batafsil idrok qilish Yaxlit idrok qilish
Odamning   har   bir   psixik   jarayoni   holati   va   xususiyati   butun   markaziy   nerv
tizimining faoliyati bilan bog’liqdir.
Ong haqida tushuncha Ong -psixikaning   eng   yuksak   darajasi   bo’lib   u   faqat   insongagina   xosdir.   Ong
ijtimoiy tarixiy sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib topishida til yordamida
boshqa   kishilar   bilan   doimiy   munosabatda   bo’lish   natijasidir.   Bu   ma'noda   ong
mutafakkirlar ta'kidlab o’tganlaridek, ijtimoiy mahsulotdir. 
Ongning birinchi xossasi   - bu anglash demakdir. Inson ongi tevarak atrofdagi
tashqi   olamga   doir   bilimlar   yig’indisidan   iboratdir.   Anglash   tashqi   olamdagi
narsalarni tushunish bo’lib, uning tarkibiga muhim bilish jarayonlari kiradi.
Ongning ikkinchi xossasiga  binoan, ongda ob'ekt bilan sub'ekt o’rtasidagi aniq
farq   o’z   ifodasini   topadi,   ya'ni   odam   "men"   degan   tushunchani   "men   emas"
tushunchasidan farqini ajratadi. Odam o’zini bilish qobiliyatiga ega bo’lgan, ya'ni
psixik faoliyatda o’z-o’zini tekshira oladigan yagona mavjudotdir.
Ongning   uchinchi   xossasiga   asosan   ong   yordami   bilan   odamning   maqsadni
ko’zlash   faoliyati   ta'minlanadi.   Faoliyat   maqsadlarini   yaratish   ongning   vazifasiga
kiradi.   Bunday   faoliyat   motivlari   yuzaga   keladi   va   chamalab   ko’riladi,   irodaviy
qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yo’llari hisobga olinadi.
Ongning to’rtinchi xossasiga  asosan turli munosabatlardan ongli ravishda turli
his-tuyg’ular yuzaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining yig’indisidir.
Ong   yuzaga   kelishining   asosiy   sharti,   vositasi   tildir.   Psixikaning   eng   quyi
darajasi   ongsizlikdir.   Ongsizlik   -   bu   shunday   psixik   jarayonlar   va   hodisalar
yig’indisiki, unda inson o’z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bunga
tush   ko’rish,   ba'zi   patologik   hodisalar,   alaxlash,   gallyusinasiya   kabilar   kiradi.  
Xulosa qilib aytganda, psixologiya hayot faoliyatining o’ziga xos shakli bo’lib,
psixik   rivojlanishning   qonuniyat   va   mexanizmlarini   o’rganuvchi   fandir.
Psixologiya   fanining   asosiy   vazifasi   psixik   hodisalarni   o’rganish   va   ilmiy
asoslashdir.   Psixik   hodisalar   ma'lum   qonuniyatlarga   bo’ysunadi.   Psixologiya
shunday  qonuniyatlarni   mohiyatini   ochishga,   ularni   tarkib   topishi   va
rivojlanishini   o’rganishga   qaratilgandir.   Ushbu   qonuniyatlarni   bilish,   ularni
boshqarish,   tashkil   etish,   ta'lim-tarbiya   jarayonini   to’g’ri   olib   borishga   yordam
beradi.
5. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni Psixologiya   ko’plab   fanlar   bilan   uzviy   bog’liq   holda   rivojlanib   bormoqda.
Fanlar   orasidagi   bog’liqliklar   psixologiyaning   fanlar   tizimidagi   o’rnini   belgilab
beradi.   Bizga   ma'lumki,   mavjud   fanlar   gumanitar,   tabiiy   va   falsafiy   turlarga
bo’linadi.   Bir   qator   bir-biri   bilan   yondosh   bo’lgan   fanlar   mazkur   tasniflashga
kiritiladi,  lekin  psixologiya  mustaqil   fan  sifatida  namoyon  bo’ladi.  U  inson   ruhiy
faoliyatining   tabiiy,   tarixiy   va   ijtimoiy   tomonini   o’rganadi.   Psixologiya   barcha
turdagi   fanlar   orasida   muhim   o’rinni   egallaydi.   Psixologiya   falsafa,   tarix,
san'atshunoslik,   texnika,   pedagogika   fanlari   bilan   uzviy   bog’liq.   Shunga   muvofiq
psixologiyani   fanlar   orasidagi   bog’liqligini   tahlil   qilsak.   Ayniqsa   psixologiya
fanining   fanlar   tizimida   tutgan   o’rni   xususida   quyidagi   jadvalda   ma'lumotlar
keltiriladi:
Psixologiya   falsafa   fani   bilan   chambarchas   bog’langan.   Bu   bog’liqlik   ikkala
fanning inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va rivojlantirish an'analarini
belgilashdagi o’rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. 
Tabiat,   jamiyat   va   inson   tafakkurini   rivojlanishiga   oid   bo’lgan   umumiy
qonuniyatlar  va tamoyillarni  psixologiya falsafaning bazasidan  oladi  va shu bilan
birga   o’zi   ham   inson   ongi   va   tafakkuri   qonuniyatlari   sohasidagi   yutuqlar   bilan
falsafani boy ma'lumotlarga ega bo’lishiga yordam beradi. Shuni alohida ta'kidlash
joizki,   mustaqillik   mafkurasi   va   milliy   ongni   shakllanishiga   taalluqli,   umumiy,
ilmiy   qonuniyatlarni   tizimlashda   bu   ikkala   fan   -   falsafa   va   psixologiyaning
hamkorligi   bevosita   sezilmoqda.   Bu   bog’liqlik   avvalo   yangicha   tafakkur   va
dunyoqarashni   shakllantirish   muammosi   ko’ndalang   turgan   tarixiy   davrda   milliy
istiqlol qoyalarini yurtdoshlarimiz ongi va tafakkurida   shakllantirish kabi dolzarb
vazifalarni bajarishga xizmat qilmoqda. 
Sosiologiya   fani   ham   yangicha   munosabatlar   sharoitida   o’z   taraqqiyotining
muhim bosqichiga erishar ekan, psixologiya ushbu fan tomonidan qo’lga kiritilgan
yutuqlardan   foydalanadi   hamda   ularning   qo’llanilishiga,   ommalashishiga   baholi
qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda rivojlanib, ajralib
chiqqan   bugungi   taraqqiyot   davrimizda   alohida   ahamiyat   kasb   etgan   ijtimoiy
psixologiyaning   sosiologiya   bilan   aloqasi   uzviy   bo’lib,   ular   jamiyatda   ijtimoiy taraqqiyot   va   rivojlanishni   ta'minlash   ishiga   xizmat   qiladi.   qolaversa,   huquqiy-
demokratik   davlat   qurish   ishini   sobitqadamlik   bilan   amalga   oshirayotgan
O’zbekiston   aholisining   huquqiy   madaniyatini   va   demokratik   o’zgarishlarga
psixologik   jihatdan   tayyorligini   amalda   ta'minlash   bu   sohada   muntazam   tarzda
ijtimoiy   fikr,   insonlar   fikr   va   qarashlaridagi   o’zgarishlarni   o’rganish,   bashorat
qilish   va   taraqqiyot   mezonlarini   ishlab   chiqishda   ikkala   fan   metodologiyasi   va
metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi. 
Pedagogika   bilan   psixologiyaning   o’zaro   hamkorligi   va   aloqasi   an'anaviy   va
azaliy   bo’lib,   ularni   yosh   avlod   tarbiyasining   zamon   talablari   ruhida   amalga
oshirishdagi roli va nufuziga xosdir. O’z-o’zidan ravshanki, bunday aloqa hamisha
ham   mavjud   bo’lib   kelgan   va   buni   ilg’or   psixologlar   va   pedagoglar   tushuntirib
berishga harakat qilishgan. Rus pedagogi va psixologi K.D.Ushinskiy pedagogika
uchun   o’z   ahamiyatiga   ko’ra   psixologiya   barcha   fanlar   ichida   birinchi   o’rinda
turadi,   deb   ta'kidlagan   edi.   Kishini   har   jihatdan   tarbiyalamoq   uchun,   -   deb   qayd
etgan edi K.D.Ushinskiy, uni har jihatdan o’rganmoq darkor.
  Respublikamizda   amalga   oshirilayotgan   yangi   "Ta'lim   to’g’risida"gi   qonun
hamda   "Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi"ni   amalga   oshirilishi   ham   ikki   fan
hamkorligi   va  o’zaro  aloqasini   har   qachongidan   ham   dolzarb   qilib   qo’ydi.   Milliy
dasturda   e'tirof   etilgan   yangicha   modeldagi   shaxsni   kamol   toptirish,   uni   chuqur
bilimlar   sohibi   bo’lib   yetishishi,   barkamolligini   kafolatlovchi   shart-sharoitlar
orasida   yangi   pedagogik   texnologiyalarni   ta'lim   va   tarbiya   jarayonlariga   tadbiq
etishda   pedagogikaning   o’z   uslub   va   qoidalari   yetarli   bo’lmaydi.   Shuning   uchun
ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta'lim olish davrlaridagi
rivojlanish   an'analaridan   tortib,   toki   yangicha   o’qitish   texnologiyalarini   bola
tomonidan   o’zlashtirilishi   va   undagi   aqliy   qobiliyatlarga   nechog’li   ta'sir
ko’rsatayotganligini   o’rganish,   shu   asosda   ishni   tashkil   etish,   psixologiyadagi
metodlarni   didaktik   metodlar   bilan   uyg’unlashtirishni   taqozo   etadi.   Ayniqsa,
ma'naviy   barkamollik   tamoyillarini   maktabda   va   yangi   tipdagi   ta'lim
muassasalarida   joriy   etish   ham   shaxs   psixologiyasini   teran   bilgan   holda o’qitishning eng ilg’or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda
tutadi. 
Tabiiy   fanlar   -   biologiya,   fiziologiya,   ximiya,   fizika   va   boshqalar   psixik
jarayonlarning   tabiiy   fiziologik   mexanizmlarini   tushunish   va   shu   orqali   ularning
kechish qonuniyatlarini ob'ektiv o’rganish uchun materiallar beradi. Ayniqsa, bosh
miyaning   hamda   markaziy   asab   tizi-mining   psixik   faoliyatlarini   boshqarishda   va
ularni   muvofiqlash-tirishdagi   rolini   e'tirof   etgan   holda   psixologiya   fani   tabiiy
fanlar   erishgan   yutuqlar   va   ulardagi   tadqiqot   usularidan   omilkorona   foydalanadi.
Masalan,   shaxs   qobiliyatlarini   diagnostika   qilish   uning   tug’ma   layoqatlari   hamda
orttirilgan   sifatlarini   bir   vaqtda   bilishni   taqozo   etganligi   sababli   unga   tabiiy
layoqatning   xususiyatlarini   aniqlashda   psixofiziologiyaning   qator   usullaridan   o’z
o’rnida   foydalanadi   va   biologiya,   anatomiya,   fiziologiya,   neyrofiziologiya   kabi
fanlarning shu kungacha erishgan yutuqlaridan foydalanadi. Shuning uchun tabiiy
fanlar   sohasida   erishilgan   barcha   yutuqlar   psixologiya   fanining   predmetini
mukammalroq yoritishga o’z hissasini qo’shgan. 
Kibernetika   fani   sohasidagi   erishilgan   yutuqlar   psixologiya   uchun   ham
ahamiyatli   va   zarur   bo’lib,   u   inson   shaxsining   o’z-o’zini   boshqarish   va   psixik
jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika fani
tomonidan qo’lgan kiritilgan yutuqlar  va  tadqiqot  metodlari, maxsus  dasturlardan
o’z   o’rnida   foydalanadi.   Ayniqsa,   ma'lumotlar   asri   bo’lgan   XX-asrda   va   har   bir
alohida ma'lumotning qadr-qimmatini oshishi bashorat qilingan XXI-asrda global 
axboriy   jarayonlar   va   yangi   ilg’or   texnologiyalarni   modellashtirish   borasida
psixologiya hamda kibernetika hamkorligining salohiyati  yanada  ortadi. Masalan,
oddiy   muloqot   jarayonini   yanada   takomillashtirish,   har   bir   so’zning   shaxslararo
munosabatlardagi ta'sirchanligini oshirish maqsadida, hamda ana shunday ijtimoiy
faoliyatli jarayonda shaxs tizimini takomillashtirishda turli kibernetik modellardan
o’rinli foydalanish zamonaviy psixologiyaning jamiyatdagi o’rni va rolini oshiradi
va   maxsus   kompyuter   dasturlarining   keng   qo’llanilishi,   inson   miyasi   va   ruhiy
olami sirlarini tez va aniq o’rganishni kafolatlaydi.  Texnika   fanlari   bilan   psixologiyaning   o’zaro   aloqasi   va   hamkorligi   ayniqsa,
hozirgi   kunga   kelib   yaqqol   sezilmoqda.   Bir   tomondan,   murakkab   texnikani
boshqaruvchi   inson   muammosini   yechishda,   ikkinchi   tomondan   psixik   holatni
murakkab qirralarini  ochishda  maxsus  texnik vositalardan foydalanish zarurati  bu
ikki   yo’nalishning   erishgan   yutuqlarini   birlashtirishni   nazarda   tutadi.   Masalaning
yana bir alohida tomoni ham borki, u ham bo’lsa, texnika taraqqiyotiga bir vaqtda
murakkab texnika va mashinalar bilan muloqot qilayotgan shaxs faoliyatini yanada
takomil-lashtirish   va   uning   imkoniyatlariga   mosligi   masalasi   ham   ana   shu
hamkorlikda   qilinishi   lozim   bo’lgan   masalalardir.   Ayniqsa,   mustaqil   O’zbekiston
uchun murakkab zamonaviy texnika sir-asrorlarini biladigan, uning jamiyat va fan
ravnaqiga xizmatini ta'minlash qanchalik dolzarb bo’lsa, ana shu texnikaga qar bir
oddiy   fuqaro   ongi,   tafakkuri   va   qobiliyatlarini   moslashtirish   va   odam-mashina
dialogining eng samarali yo’llarini izlab topish juda muhim. Texnika bilan bemalol
"tillashadigan"   malakali   mutaxassislar   tayyorlash   borasida   ham   texnika   fani
pedagogika va psixologiya fanlari metodlaridan foydalana olsagina muvaffaqiyatga
erishadi. 
Iqtisodiyot   bilan   psixologiyaning   o’zaro   aloqasi   va   hamkorligi   XX   asrning
yangiliklaridan   bo’lib,   ayniqsa,   bozor   munosabatlariga   bosqichma-bosqich   o’tish
sharoitida   iqtisodiy   ong   ham   iqtisodiy   xulqning   o’ziga   xos   namoyon   bo’lish
qonuniyatlarini o’rganishda ikkala fanga xizmat qiladi. 
Prezident   I.A.Karimov   mustaqillikning   dastlabki   yillaridanoq   fuqarolarning
birinchi   navbatda   onglarida   yangicha   iqtisodiy   tafakkurni   shakllantirishning
jamiyat   iqtisodiy   taraqqiyotidagi   ahamiyatiga   e'tiborni   qaratgan   edilar.   Demak,
yangi   davr   shaxsni   tarbiyalash   va   uning   jamiyatga   moslashuvi   masalasida
psixologiya   iqtisodiyot   fanida   qo’lga   kiritilgan   yutuqlar,   yangiliklar   va   iqtisodiy
samaraga   erishish   amaliyotlarini   hisobga   olsa,   iqtisodiyot   o’z   navbatida
islohotlarning ob'ekti   hamda  sub'ekti   bo’lmish  inson  olamidagi   barcha  psixologik
o’zgartirishlarni   aniqlash,   tahlil   qilish   va   shu   asnoda   bashorat   qilish   vazifalarini
yechishi kerak. Bundan tashqari menejment, marketing boshqaruvi sohasidagi  har
bir   izlanish   hoh   u   iqtisodchi   tomonidan   amalga   oshiriladimi,   hoh   psixologlar tomonidanmi,   baribir   ishlab   chiqarishning   samaradorligini   oshirishda   shaxsning
individual   qobiliyatlarini   inobatga   olish   insonlar   o’rtasidagi   o’zaro
munosabatlarning sirlarini mustahkamlash bilan inson resurslari masalasiga to’g’ri,
odilona   yondashishni   taqozo   etadi.   Bu   esa   o’z   navbatida   shaxs   va   guruhlar
psixologiyasini   bilish   va   ishlab   chiqarishning   iqtisodiy   omillarini   odam
qobiliyatiga muvofiqlashtirishni nazarda tutadi.
Psixologiyaning   tabiatshunoslik   bilan   aloqasining   tobora   mustahkamlanishiga
quyidagi   omil   asosiy   sabab   bo’lgan.   Bu   jarayon   XIX   asrning   ikkinchi   yarmida
boshlangan   edi.   Eksperiment   metodining   G.Fexner   tomonidan   fanga   joriy
etilganligi   ana   shu   jumladan   bo’lib,   bu   I.   M.   Sechenovning   "Bosh   miya
reflekslari   kitobi   bosmadan   chiqqanidan   keyin   ayniqsa   keng   tus   olgan   edi.   Bu
kitobda   psixik   hodisalar   ham   xuddi   odam   organizmining   boshqa   barcha
funksiyalari kabi tabiiy hodisalar ekanligi, ular sababsiz yuz bermasdan, balki nerv
sistemasining   reflektor   aks   etishi   faoliyati   natijasi   ekanligi   ko’rsatib   berilgan   edi.
I.M.   Sechenovning   reflektor   nazariyasi   psixologik   bilimlarning   tabiiy-ilmiy
negizini tashkil etadi. 
Albatta,   bugungi   kunda   psixologiya   fani   ko’plab   fanlar   bilan   uzviy   bog’liqdir.
Buni   psixofizika,   psixofiziologiya,   psixolingivistika,   matematik   psixologiya   va
hokazolar  misolida ko’rish  mumkin. Akademik   B.M.Kedrovning   klassifikasiyasi
bo’yicha   barcha   fanlar   3   guruhga   bo’linadi:   gumanitar,   falsafiy   va   tabiiy   fanlar.
Psixologiya   faniga   to’xtaladigan   bo’lsak:   B.M.Kedrov   fikricha,   bu   katta   uch
guruhdan   fanlar   tizimida   psixologiya   mustaqil   fan   sifatida   namoyon   bo’ladi,
hamda u inson psixik faoliyatini tabiiy- tarixiy va ijtimoiy tomonini o’rganadi. 
2. Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi
Hozirgi zamon psixologiya sohalari hozirgi kunga kelib 300 dan ortiqni tashkil
qiladi. Bu sohalar o’ziga xos ob'ektga ega bo’lib, bir-biridan farq qiladi. Shu bois
fan sohalarini o’rganish qulay bo’lishi uchun tarmoqlarni ma'lum tizimga keltirish
maqsadida   ma'lum   guruhlarga   tasniflash   joriy   qilingan.   Bu   borada   professor
A.V.Petrovskiy  psixologiya fan sohalarini quyidagicha tasniflashni ilgari surdi: 
A. Aniq faoliyat turlari bilan bog’liq bo’lgan psixologiya sohalari: 1.  Mehnat psixologiyasi
Mehnat psixologiyasining bir nechta bo’limlari mavjud;
a)muhandislik   psixologiyasi   -   inson   bilan   mashina   o’rtasidagi   vazifalarni
taqsimlash masalalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o’rganadi;
b)aviasiya psixologiyasi - uchishga  o’rganish jarayoni va uchish moslamalarini
boshqarishda inson faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o’rganadi; 
v) kosmik psixologiya  - vaznsizlik holati, fazoviy tasavvurlar chalkashib ketgan
vaqtda va organizmga juda ko’p ortiqcha ta'sirlar yuklangan paytda asab va ruhiy
zo’r   berish   bilan   bog’liq   bo’lgan   alohida   holatlar   tug’ilganda   odam   faoliyatining
xususiyatlarini o’rganadi.
2.  Pedagogik psixologiya
Pedagogik psixologiya bo’limlari quyidagilardir:
a) ta'lim psixologiyasi;
b) tarbiya psixologiyasi;
v) o’qituvchi psixologiyasi;
6.  Tibbiyot psixologiyasi
a)   neyropsixologiya   -   psixik   hodisalar   bilan   miyadagi   fiziologik   tuzilishlar
o’rtasidagi nisbatni o’rganadi;
b)   psixofarmakalogiya   -   dorivor   moddalarning   shaxs   ruhiy   holatiga   ta'sirini
o’rganadi;
v) psixoterapiya  - bemorni davolash uchun ruhiy ta'sir vositalarini o’rganadi;
3.  Yuridik psixologiya
Uning quyidagi tarmoqlari mavjud .
a)sud   psixologiyasi   -   jinoiy   jarayon   ishtirokchilarining   xulq-atvorini,   ruhiy
xususiyatlarini tahlil qiladi;
b) kriminal psixologiya   - jinoyatchining xulq-atvori, shaxsining shakllanishiga
doir psixologik masalalar, jinoyatning motivlari bilan shug’ullanadi.
4.  Harbiy psixologiya
5.  Savdo psixologiyasi
6.  San’at psixologiyasi 7.  Ilmiy ijodiyot psixologiyasi
Kelajakda   shu   kungacha   ma’lum   bo’lmagan   faoliyat   turlari   bilan   birga
psixologiyaning yangi sohalari ham vujudga kelishi va rivojlanishi mumkin.
B. Rivojlanish sohalari bilan shug’ullanuvchi psixologiya:
1.  Yosh psixologiyasi
2.   Patopsixologiya   miya   faoliyati   buzilishlari   natijasida   kelib   chiqadigan   turli
shakldagi ruhiy rivojlanishdan chetlanishni o’rganadi.
Oligofrenopsixologiya   -   miyaning   tug’ma   kamchiliklari   tufayli   paydo
bo’ladigan bo’limlarni o’rganadi. 
Surdopsixologiya  - eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo’lgan bolalarning 
rivojlanishini o’rganadi. 
Tiflopsixologiya   -   ko’rish   qobiliyati   past   yoki   umuman   ko’rmaydigan   kishi
faoliyatini o’rganadi.
3.  Qiyosiy psixologiya (zoopsixologiya)
4.   Akmeologiya   –   komillik   darajasiga   erishgan   shaxsning   rivojlanishini   yuqori
darajasi,   ularning   qonuniyatlari   va   mexanizmlarini,   ayniqsa   rivojlanishning   eng
yuqori cho’qqisiga erishish xususiyatlarini o’rganadi.
V.   Inson   va   jamiyat   o’rtasidagi   munosabatlarning   psixologik   tomonlarini
o’rganuvchi psixologiya sohalari:
1.  Ijtimoiy psixologiya
2.  Shaxs psixologiyasi  (differensial psixologiya) 
3.  Etnopsixologiya
4.  Boshqaruv 
5.  Siyosiy psixologiya
6.  Marketing psixologiyasi
 7.  Din psixologiyasi
Zamonaviy psixologiya fanining tarmoqlari ana shulardan iborat.
Shu bilan birga psixologiyaning bir qator tadbiqiy sohalari ham mavjud.  Eksperimental   psixologiya   -   eksperimental   metodlar   yordamida   psixik
hodisalarni   tadqiq   qilishning   umumiy   sohasi.   Psixologiya   fan   sifatida   falsafadan
ajralib chiqishida, eksperimental tadqiqotlar o’tkazishda asosiy rol o’ynagan. 
Ekstremal psixologiya   - insonnning o’zgargan muhit shart-sharoitlarida psixik
faoliyatning kechishi qonuniyatlarini o’rganadigan psixologiya sohasi.
Psixofiziologiya   -   odamlarning   individual   psixologik   va   psixofiziologik
farqlarini tadqiq qiluvchi, psixologiya sohasi.
Siyosiy   psixologiya   -   jamiyatning   siyosiy   hayotidagi   psixologik   xususiyatlar,
holatlar,   qonuniyatlar,   ta'sirchanlik   va   ta'sir   ko’rsatish   jarayonlari   kabi   jabhalarni
tekshiruvchi psixologiya so?asi. 
Oila psixologiyasi  - oila psixologiyasini o’rganuvchi, fanlararo tadqiqot qilishga
yo’nalgan psixologiya sohasi.
Parapsixologiya   -   Hozirgi   zamon   fanining   chegarasidan   tashqaridagi,
tushuntirish qiyin bo’lgan psixik hodisalarni o’rganadi.
Fan   rivojlanib,   taraqqiy   etib   borishi   jarayonida   uning   sohalari   ham   kengayib
bormoqda. 
Quyida psixologiya sohalarining tavsifiga qisqacha to’xtalib o’tamiz. 
Psixologiyaning   asosiy   metodlari.   Aniq   izlanish   predmetiga   ega   bo’lgan   har
qanday   fan   o’sha   predmetining   mohiyatini   yoritish   va   materiallar   to’plash   uchun
maxsus   usullar   va   vositalardan   foydalanadi   va   ular   fanning   metodlari   deb
yuritiladi.   Fanning   salohiyati   va   obro’si   ham   birinchi   navbatda   o’sha   metodlar
yordamida   to’plangan   ma’lumotlarning   ishonchliligi   va   validliligiga   bog’liq
bo’ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo’lib, metodlar masalasi
bu   fanda   juda   katta   ahamiyatga   molik   masala   sifatida   qaraladi.   Chunki   yuqorida
ta’kidlaganimizdek, psixik xodisalarni bevosita qo’l bilan ushlab, ko’z bilan ilg’ab,
quloq   bilan   sezish   qiyin.   Lekin   juda   ko’plab   fanlar   bilan   faol   hamkorlik   shunga
olib   kelganki,   psixologiyaning   har   bir   tarmog’i   o’z   vazifalarini   yechish   va
ma’lumotlarga   ega   bo’lish   uchun   ko’plab   metodlarni   sinovlardan   o’tkazib,   eng
ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan. Matematik   statistika   va   ehtimollar   nazariyasining   psixologiya   sohasida
qo’llanilishi   va   unda   erishilgan   muvaffaqiyatlar   avvalo   har   bir   metodning
ishonchlilik   darajasini   aniqlash,   qolaversa,   to’plangan   ma’lumotlarning   qay
darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi.
2-jadvalda asosiy psixologik metodlar va ularni qo’llash shakllari keltirilgan.
Jadval 2.
Psixologiyaning asosiy metodlari
Asosiy metodlar Asosiy metodlarning variantlari
kuzatish metodi Tashqi (obyektiv kuzatish)
Ichki (subyektiv, o’z-o’zini kuzatish)
Erkin kuzatuv Standartlashtirilgan
Guruh ichida kuzatish
Guruh tashqarisida kuzatish
so’roq metodlari Og’zaki so’roq, Yozma so’roq
Erkin so’roq (suhbat) Standartlashtirilgan so’roq
testlar metodi Test-so’rov, Test-topshiriq
Proyektiv test Sosiometrik test
Eksperiment Tabiiy eksperiment Laboratoriya eksperimenti
Modellashtirish Matematik   modellashtirish   Mantiqiy
modellashtirish
Texnik modellashtirish Kibernetik modellashtirish
PSIXIKA VA ONGNING TARAQQIYOTI
Psixikaning   taraqqiyoti   haqida   so’zlaganda:   1)   hayvonlar   psixikasining
taraqqiyotini,   2)   odam   ongining   tarixiy   taraqqiyotini,   3)   odam   psixikasining
yoshga qarab taraqqiy qilishini nazarda tutiladi.
Hayvonlar psixikasi.
Yuqorida   ko’rsatilganidek,   psixika   organik   hayotning   taraqqiyoti   jarayonida
paydo   bo’lgan.   Organik   materiyaning   anorganik   materiyadan   farq   qiladigan
hususiyatlaridan   biri   shuki,   organik   materiya   seskanuvchandir,   ya’ni   tashqaridan
bo’lgan   ta’sirlarga   seskanib   javob   beradi.   Muhitning   ta’siri   bilan   qo’zg’aladi. Masalan,   bittagina   hujayradan   iborat   bo’lgan   amyoba   tashqi   ta’sirga   javob   berar
ekan, shu ta’sirga qarab harakatlanadi yoki undan kochadi.
Organik   materiyaning   bundan   buyongi   taraqqiyot   bosqichlarida   yangi   xossa   –
sezuvchanlik,   sezish   xossasi   paydo   bo’ladi,   ya’ni   organizmga   ta’sir   etadigan
narsalarning   xossalarini   aks   ettiruvchi   sezish   qobiliyati   paydo   bo’lgan.   Bu   sezish
xossasi   nerv   sistemasining   kurtaklariga   ega   bo’lgan   hayvonlar
vujudga kelgan vaqtda, balki undan ham ilgarirok eng boshlang’ich formada paydo
bo’lgan   A.N.Leontev   gipotezasiga   ko’ra,   sezuvchanlik   «…genetik   jihatdan   olib
qaraganda   muhitning   organizmni   boshqa   ta’sirlar   bilan   bog’lovchi,   ya’ni
organizmning muhitda oriyentirovka qilishga yordam beruvchi signallik vazifasini
o’tovchi   ta’sirlarga   seskanuvchanlikdan   boshqa   narsa   emas».   A.N.Leontev
seskanuvchanlikdan sezuvchanlikka o’tish boshqacha hayot tarixi bilan bog’liq deb
ko’rsatadi va yuksak tashkil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi
a’zolari tarkib topadi deb ko’rsatadi. 
Seskanuvchanlik va tropizm
Hamma tirik organizmlar o’simliklardan tortib, hayvonlargacha aks ettirishning
biologik shakli seskanuvchanlik xususiyatiga egadir. 
Seskanuvchanlik   -   tirik   organizmning   biologik   ahamiyatiga   ega   bo’lgan
ta'sirlariga   javob   qaytarish   qobiliyatidir.   Biotik,   ya'ni   biologik   ahamiyatga   ega
bo’lgan omillariga maxsus harakatlar bilan reaksiya qilish usullariga  tropizm yoki
taksislar  deyiladi.
Tropizm turlari quyidagi jadvalda yaqqol aks ettirilga:
Tropizm turlari.
Fototropizm
Termotropizm
Xemotropizm
Gidrotropizm Topotropizm
Geleotropizm
Barotropizm 1.Fototropizm   -   bu   tirik   organizmning   yorug’lik   ta'sirida   harakatga   kelishidir.
Masalan , yoz kuni tungi chiroq yorug’ligiga mayda chivinlarning uchib kelishi.
2.Termotropizm  - tirik organizmning issiqlik ta'siri ostida harakat qilishga 
moyilligidir.   Masalan,   bahor   kelishi   bilan   qashoratlarning   jonlanib   harakatga
kelishi.
3.Xemotropizm   -   tirik   organizmning   fizik-ximiyaviy   muhitni   tanlab   olishga
bo’lgan   moyilligidir.   Masalan ,   achigan,   qatiq,   mevalarga   mayda   chivinlarning
yig’ilishi.
4.Topotropizm   -   tirik   organizmlarning   mexanik   qo’zg’atuvchilar   ta'siri   ostida
harakat   qilishiga   moyiligidir.   Masalan,   chirigan   olmaga   tegilsa,   unga   yig’ilgan
mayda   hashoratlarning   hammasi   uchib   ketadi.   Mimoza   o’simligiga   tegilsa,   u
darhol yaproqini yopib oladi.
5.Gemotropizm   - tirik organizmning quyosh nuri ta'siri ostida harakat qilishga
moyilligidir.   Masalan ,   kungaboqar   o’simligining   quyosh   nuri   tomon
harakatlanishi.
6.Barotropizm   -   tirik   organizmning   havo   bosimi   ostida   harakat   qilishga
moyilligidir.   Masalan,   havo   bulut   bo’lganida,   havoda   uchib   yurgan   hashoratlar
yerga pastga qarab uchadilar.
7.Gidrotropizm   - tirik organizmning namlik suv ta'siri ostida harakat  qilishiga
moyilligidir.
Hayvonlarning instinktlari.
Instinktlar  hayvonlarning o’z ehtiyojlarini  qondirish uchun qiladigan murakkab
tug’ma harakatlaridir.
Masalan, ko’p qushlar juda ustalik bilan in yasar ekan, material (chup-char, loy)
tanlash   va   inni   pishiq   qilib   qurish   yo’lida   xilma-xil   harakatlarni   bajaradi.
Qaldirg’ochlarning   ini   bunga   yaxshi   misol   bo’la   oladi.   O’rgimchaklar   garchi   in to’qish «san’atini» oldindan o’rganmagan bo’lsa ham, o’z inlarini zo’r «mahorat»
bilan   to’qiydilar.   Asalari   o’z   kataklarini,   go’yo   puxta   hisob   qilib   turganday,   aniq
reja   bilan   ko’radi.   Hayvonlarning   instinktlari   juda   xilma-xil   bo’ladi.
Hayvonlarning   biologik   ehtiyojlariga   qarab,   ularning   instinktiv   harakatlarini
quyidagi   turlarga   bo’lish   mumkin;   ovqatlanish   instinkti,   saqlanish   instinkti,   nasl
qoldirish instinkti va poda (to’da) bo’lib yashash instinkti.
Ovqatlanish   instinkti.   Bu   instinkt   hayvonning   o’zi   uchun   zarur   ovqat   qidirib
topish, ovqat g’amlash va shu kabi harakatlarida zohir bo’ladi. Masalan, endigina
tuxum   po’chog’ini   yorib   chiqqan   jo’ja   donni   va   non   uvoqlarini   cho’qiydi,   ularni
qidirib   topa   biladi.   Asalarilarning   asal   qidirib   to’plashi   va   g’amlab   qo’yishi
hammaga ma’lum.
Saqlanish   instinkti.   Bu   instinkt   hayvonlarning   dushmandan   saqlanish   tug’ma
usullarida va dushmanga hujum  qilish qobiliyatida zuhur etadi. Masalan,  mushuk
bolasi o’ziga tikilib turgan kuchukni birinchi marta ko’rganda yo shkafning tagiga
kirib ketadi yoki stulning ustiga, daraxtga chiqib oladi. Bordi-yu, mushukning o’zi
hujum qiladigan bo’lsa, kuchukning nozik joylariga yuz-ko’ziga chang solmoqchi
bo’ladi. 
Nasl   qoldirish   instinkti.   Bu   instinkt   jumladan,   ota-onalik   instinkti   sifatida
yaqqolroq  ko’rinadi.  Hayvonlar  o’z bolalarini  parvarish  qilish  tug’ma  mahoratiga
ega   bo’lib,   u   naslining   kelajagi   haqida   katta   g’amxo’rlik   qiladi.   Hayvonlarning
ba’zi bir turlari, xususan, hasharotlar, o’z avlodini ko’rmaydi, ammo, bolalari o’sib
mustaqil  hayot  kechira  olishi  uchun,   ular  tuxum  qo’yganda  o’z  nasliga  qulay   joy
va ovqatni oldindan tayyorlab ketadi.
Ko’klamda   yo’lda   yoki   yo’l   yoqasida   bir   juft   qo’ng’izning   go’ngni   dumalata-
dumalata   yumaloqlab   ketayotganini   ko’rish   mumkin.   Bu   yumaloqlangan   go’ng
qo’ng’izdan tarqaydigan nasl uchun turar joy va ovqat bo’ladi. Qo’ng’izlar go’ngni
ma’lum   kattalikda   yumaloqlaydi.   Urg’ochi   qo’ng’iz   shu   yumaloqlangan   go’ng
ichiga   tuxum   qo’yadi,   shundan   keyin   uning   og’zini   berkitib,   havf-xatarsiz   joyga
dumalatib   boradi.   Yumaloqlangan   go’ng   ichidagi   tuxumdan   bir   necha   vaqtdan
keyin   qurt   chiqadi.   Bu   qurt   go’ngdagi   moddalar   bilan   oziqlanib   o’sadi,   qurt   shu joyning o’zida g’umbakka aylanadi, keyin bu g’umbak qo’ng’izga aylanadi. Yosh
qo’ng’iz   yumaloq   go’ng   ichidan   teshib   chiqib,   erkin   hayot   kechira   boshlaydi.
Shunday   qilib,   qo’ng’iz   o’zining   g’amxo’r   ota-onasini   ko’rmaydi,   ota-onasi   esa
qo’ng’izni ko’rmaydi.
Poda   (to’da)   bo’lib   yashash   instinkti.   Bu   instinkt   hayvonlarning   turli   usullar
bilan   o’zaro   aloqa   qilishida   va   xilma-xil   shaklda   birgalashib   yashashida   zohir
bo’ladi.   Hayvonlarning   ba’zi   turlari,   asosan,   o’txo’r   va   sut   emizuvchi   hayvonlar
doimo   to’da   bo’lib   yashaydi,   hayvonlarning   boshqa   tur lari,   asosan,   yirtqich
hayvonlar   esa   o’ziga   o’xshash   hayvonlar   bilan   vaqt   bevaqt   birgalashib   yashaydi.
Hasharotlar   galasi,   qushlar   galasi,   sut   emizuvchilar   to’dasi   –   hayvonlarning   poda
(to’da) bo’lib yashash formalaridir.
Instinktlar   mashq   qilish   yoki   o’rganish   yo’li   bilan   hosil   bo’lmaydi   –   ular   ota-
onadan naslga biologik irsiyat sifati da o’tadi.
Instinktlarning nerv-fiziologik asosi–shartsiz reflekslardir. I.P.Pavlov ta’limotiga
ko’ra,   instinktlar   shartsiz   reflekslarning   o’zi-yu,   lekin   ancha   murakkab   turidir.
I.P.Pavlov bunday deydi: «Hozirgi vaqtda instinktlarning ham reflekslardan iborat
ekanligi,   faqat   bir   oz   murakkabroq   reflekslar   ekanligi   yetarli   aniqlangan   deb
hisoblash mumkin» 1. Instinktlar – bir qancha shartsiz reflekslardan iborat bo’lgan
reflekslar   zanjiridir.   Bu   reflekslardan   har   birining   harakatga   kelgan   payti
navbatdagi refleks uchun qo’zg’ovchi bo’ladi.
Avvalo   shuni   aytish   kerakki,   hayvonlardagi   instinktlarning   obyektiv   suratda
bama’niligi bilan g’oyat ajablantiradi.
Xo’sh   hayvonlardagi   instinktiv   harakatlarning   ro’yi   rost   ko’rinadigan   bu
bama’niligi va «oqilonaligi» qanday izohlanadi?
Instinktlarning qanday paydo bo’lganligini birinchi marta Ch.Darvin tushuntirib
berdi.   Darvin   ta’limotiga   ko’ra,   hayvonlarning   instinktlari   uzoq,   evolyusion
taraqqiyot   jarayonida,   tashqi   muhitga   moslashish   jarayonida,   hayot   sharoitiga
bog’liq holda paydo bo’lgan.
Bu   kurashda,   tevarak-atrofdagi   muhitga   moslashishda   foydasiz   bo’lib   qolgan
harakatlar,   shuningdek,   befoyda   organlar   yo’qolib   ketgan,   zararli   harakatlar hayvonni   halokatga   olib   borgan,   foydali   harakatlar   esa   taraqqiyot   jarayonida
mustahkamlanib,   nasldan-naslga   o’tgan.   Shu   bilan   birga,   iistinktlar   butun   bir
avlodga   yoki   hayvonlarning,   butun   bir   turiga   mustahkam   o’rnashib   qolgan
harakatlardan iborat.
Hayvonlarning ko’nikmalari.
Ko’nikma –hayvonlarning individual hayoti davomida paydo qiladigan
harakatlaridir.
Masalan,   o’rgangan   it   qo’l   uzatilsa,   oldingi   oyog’ini   beradi;   it   eshikni   oyog’i
yoki   tumshug’i   bilan   ochadi,   «o’yinga   tushadi»,   keyingi   oyoqlari   bilan   tikka
yuradi, ot aravaga kiradi va hokazo. Bunday harakatlar ko’nikmalar deb ataladi. 
Hayvon instinktiv harakatlar yordami bilan qanday ehtiyojlarini qondirsa, hosil
qilingan   ko’nikma   yo’li   bilan   ham   o’sha   ehtiyojlarini   qondiradi.   Itning   «o’yinga
tushishi»   yoki   «oldingi   oyog’ini   berishi»   uning   ovqat   olishiga   yordam   beradigan
harakatlardir.
Hayvonlarning ko’nikmalari shartsiz reflekslar, instinktlar asosida,  shuningdek,
ilgari   hosil   bo’lgan   shartli   reflekslar   asosida   vujudga   keladi.   Ko’nikmalar
hayvonning   biron   ehtiyojini   qondirishga   yordam   beradigan   yangi   (instinktiv
harakatlardan   uzgacha)   harakatlarni   qayta-qayta   takrorlash   yo’li   bilan   vujudga
keladi.  Shunday  qilib,  ko’nikmaning  nerv-fiziologik  mexanizmi  shartli  refleksdir.
Ko’nikma   hosil   qilish   hayvonda   shartli   reflekslarning   birinchi   yoki   butun   bir
sistemasini hosil qilish demakdir.
Hayvonlar   ko’nikmalar   hosil   qilish   tufayli,   tashqi   muhitning   o’zgaruvchi
sharoitiga chaqqonroq va yaxshiroq moslashadigan bo’lib qoladi.
Hayvonlardagi tafakkur kurtaklari
Yuqori   darajada   taraqqiy   qilgan   hayvonlarning   (masalan,   it,   maymunlarning)
ba’zi harakatlarini ko’rganimizda ba’zan ularga «ziyrak», «sezgir», «tiyrak» degan
va boshqa shu kabi sifatlar beramiz.
Hayvonlarda   shunday   harakatlar   ko’rinadiki,   bu   harakatlardan   bizga   hayvon
qanday   bo’lmasin   maqsadga   yetish   yo’llari   yoki   vositalarini   tanlaganday,   qanday
bo’lmasin   masalani   hal   etganday,   avvalgi   tajribani   yangi   sharoitga   qarab   tatbiq etganday   tuyuladi.   Hayvonlarning   tafakkuri   haqidagi   masala   sohasida   so’nggi
vaqtlarda   g’oyat   ko’p   eksperimental   tekshirish   o’tkazildi,   bu   tajriba   ishlarining
ko’pchiligi maymunlarning turli zotlari ustida olib borildi.
Hayvonlar   o’ylamaydi,   ularning   fikrni   ifodalaydigan   va   ma’lum   bir   shaklga
kiritadigan   tili   yo’q.   Yuqori   darajada   taraqqiy   qilgan   hayvonlarda   faqat   birinchi
signal   sistemasining   muvaqqat   bog’lanishlari   tafakkurning   nerv   fiziologik
mexanizmlari bo’lib xizmat qiladi.
Hayvonlarda vujudga kelgan harakat usullari biridan ikkinchisiga o’tmaydi. Bu
harakat usullarini qaysi hayvon topgan bo’lsa, faqat o’sha ayrim hayvonniki bo’lib
qoladi. Hayvonlarning kurtak holidagi tafakkuri taraqqiy etmaydi. Bu tafakkurning
zohir bo’lishi tafakkurning navbatdagi, yuksak va murakkabroq formalari taraqqiy
etishi   uchun   bir   bosqich   bo’lolmaydi.   Hayvonlarning   tafakkuri   namoyon
bo’ladigan   harakatlar   ularning   fe’l-atvorida   asosiy   o’rin   tutmaydi.   Hayvonlarning
fe’l-atvori (xatti-harakatlari)dagi asosiy formalari instinktlari bilan ko’nikmalardan
iborat. Hayvonlarning ana shu oddiy kurtak holidagi tafakkur faoliyati ayni vaqtda
hayvon psixika taraqqiyotidagi yuksak bosqich hisoblanadi.
Hayvonlar   psixologiyasi   –   zoopsixologiya   degan   mahsus   fan   hayvonlar
psixikasini   tekshirish   bilan   shug’ullanadi.   Bu   fan   hayvonlardagi   psixik   hayot
formalarining   taraqqiyotini   ulardagi   nerv   sistemasining   taraqqiyotiga   va   biologik
sistematikaga   (hayvonlarning   har   xil   turlariga),   shuningdek,   hayvonlarning   hayot
kechirish hususiyatlariga qarab o’rganadi. 
Zoopsixologiya   turli   hayvonlar   psixikasining   taqqoslab   tekshirganidan
chog’ishtirma   psixologiya   deb   ham   ataladi.   Shu   psixologiyaning   o’zi   psixika
taraqqiyotini hayvon organizmlarining biologik tuzilishiga qarab tekshirgani uchun
yana  biologik psixologiya  deb ham yuritiladi. 
3. Ongning paydo bo’lishi va uning ijtimoiy-tarixiy mohiyati
Inson psixikasi bilan yuksak tashkil topgan hayvon psixikasi orasida katta farqqa
ega   bo’lgan   ijtimoiy   voqyelik   hukm   suradi.   Hayvon   o’z   to’dasidagi   a’zolariga
yaqqol holat bilan bog’liq bo’lgan, bevosita favquloddagi vaziyat bilan cheklangan
hodisalar   yuzasidan   «o’zining   tili»da   xabar   uzatishi   odatiy   hodisa.   Odam   undan farkli o’laroq nutq vositasida o’z qabiladoshlariga o’tmish (xotirot), hozirgi davr va
kelajak to’g’risida ma’lumot (axborot) berish hamda ijtimoiy turmush tajribalarini
uzatish imkoniyatiga ega. 
Hayvonot   olami   bilan   insoniyatning   xabar   uzatish   vositasi   orasidagi   farqi
tafakkurda   ham   o’z   aksini   topadi.   Chunki   har   qanday   psixik   funksiya   boshqa
turdagi,   shakldagi,   mazmundagi   funksiyalar   qobig’ida   namoyon   bo’ladi   va
muayyan   shart-sharoitlar   vujudga   kelganida   rivojlanadi.   Yuksak   taraqqiy   etgan
hayvonlarda   amaliy   (sodda)   tafakkur   mavjud   bo’lib,   chamalash   orqali   mo’ljal
olishga,   favquloddagi   vaziyat   yuzaga   keltirgan   vazifani   bajarishga
yo’naltirilgandir.   Hayvonlar,  aniqrog’i   maymunlar   ayrim   hollarda  «qurol»  yasash
va   undan   muayyan   masala   hal   etishda   foydalanish   hodisalari   tajribalarda
kuzatilgan, lekin ulardan birontasi tafakkurni mavhum tarzda amaliyotga tatbiq eta
bilmagan.   Holbuki   shunday   ekan,   hayvonlar   idrok   qilish   ko’lamidan   tashqariga
chiqish   imkoniyatiga   ega   emas,   binobarin,   u   yaqqollikdan   mavhumlikka   o’ta
olmaydi, hatto bunday vaziyatni aks ettirish imkoni ham yo’q. Hayvon yaqqollik,
bevosita   idrok   qilishlikni   quli   bo’lsa,   aksincha   inson   mavhum   fikrlashning
gultojisidir .   Inson   bilan   hayvon   o’rtasidagi   bu   boradagi   tafovut   quyidagilarda
mujassamlashadi: a) shaxsning xulq-atvori, faoliyati yaqqollikdan mavhum holatga
o’tish   imkoniyatiga   ega;   b)   favquloddagi   vaziyat   munosabati   tufayli   vujudga
kelishi   ehtimol   oqibatni   oldindan   payqash   layoqati   mavjud;   v)   qiyinchiliklar
uchrasa, ularni yengish uchun qo’shimcha vositalar qo’llash, o’zgartirishlar kiritish
bilan   ajralib   turadi.   Shuning   uchun   avtomobil   ishdan   chiqsa   inson   uni   sozlaydi,
yomg’ir   yog’sa   narsalarni   panaga   oladi,   ayb   ish   qilib   qo’ysa   himoyalanish   yo’l-
yo’riqlarini o’ylaydi, muammo yechimini qidiradi va hokazo. Shaxs favquloddagi
vaziyatning   quliga   aylanmaydi,   aksincha   u   kelajakni   ko’ra   bilishga   qodir,   aql-
farosat   esa   bashorat   qilish   imkoniyatini   yaratadi.   Faoliyat   mahsulini   oldindan
payqash,   fe’l-atvor   oqibatini   ilgarilab   ketib   sezish   uquviga   egaligi   bilan   inson
ustuvorlik   qiladi.   Hayvonlarning   amaliy   tafakkuri   ularni   yaqqol   vaziyatdan
bevosita ta’sirotga bo’ysunishni taqozo etadi. Shaxsni mavhum fikrlashga nisbatan
qobiliyati   muayyan   vaziyatga   bevosita   bog’liqlikdan   uni   xalos   etadi.   Inson bevosita   muhim   ta’siriga   javob   berish   bilan   qanoatlanib   qolmasdan,   balki   uni
kutayotgan ta’sirini ham bartaraf etish qurbiga egadir. Inson psixikasi bilan hayvon
psixikasi o’rtasidagi birinchi farq shaxsning o’zi anglagan qadriyatga binoan ongli
xatti-harakat qilish qobiliyati mavjudligidir.
Inson psixikasi xayvon psixikasidan uzining quyidagi xususiyatlari bilan farq 
kiladi:
1. Inson uzi anglagan zaruratga ko’ra ongli xatti-harakat qilish qobiliyatiga ega.
2. Odamning xayvondan ikkinchi farqi uning qurollarni yaratishga va saqlashga
layoqatli   ekanligidir.   Xayvonlar   xam   qurol   yasashi   mumkin,   lekin   ular   qurolni
odamlar singari birgalashib,jamoa bo’lib yasamaydi.
3. Inson   psixik   faoliyatining   ajralib   turadigan   uchinchi   belgisi   ijtimoiy
tajribaning biridan ikkinchisiga o’tkazilib turishidir.
4. His-tuygulardagi tafovut xayvon bilan inson o’rtasidagi turtinchi juda muxim
tafovut   bulib   hisoblanadi.   His-tuygu   ikkisida   xam   bor.   Faqat   inson   boshqa
kishining   gam-gussasini   va   quvonchini   birgalikda   baxam   ko’ra   oladi,   faqat
odamgina tabiat manzaralaridan zavqlanadi.
5. Inson psixikasining xayvon psixikasidan eng muxim farqi ularning rivojlanish
shart-sharoitlarida   ko’rinadi.   Agar   xayvonlar   psixakasining   o’sishi   biologik
qonunlar   asosida   ro’y   bersa.   Inson   tajribani   o’zlashtirmasdan,   uziga   o’xshaganlar
bilan   muloqotda   bo’lmasdan   turib   uning   ongi   rivojlanmaydi.   Masalan,   Amola   va
Kamola. Shunday ekan, inson ijtimoiy  munosabatlar maxsulidir.                 Adabiyotlar.
1. Oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi. O.To’rayeva. Tosh-t. O’qit. - 1990.
2. Yusupov E., Ismoilov. Inson odobi bilan. -T., O’zb-n., 1983.
3. Mirtursunov.Z.F. O’zbek xalq pedagogikasi. -T., «Fan», 1973.
4. Oila   pedagogikasi.   A.Munavvarov.   Xalq   pedagogikasi   va   ma’naviy   qadriyatlar   tarbiya   manbai.
Tosh-t. O’qit. - 1992.
5. Talabalar uchun psixologiyasidan topshiriqlar.  L.P.Xoxlova. -T., O’qit. - 1992.
6. Mirzakalon Ismoiliy. Odamiylik qissasi. -T., «O’zbek-n»., 1975.
7. Psixologiya v semye. I.Plotniyeks. Moskva.  «Pedagogika» 1991.
8. Oila tayanchi.Ilmiy maqolalar to’plami., Toshkent T.D.P.U. 1998.

PSIXOLGIYA FANINING DOLZARB VAZIFALARI, PREDMETI ВА METODLARI Reja 1. Psixologiyaning predmetiva psixologiyaning fan sifatida shakllanishi 2. Miya va psixika 3. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni va hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi 4. Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari 5. Psixika va ongning taraqqiyoti

Psixologiyaningpredmeti Inson mavjud ekan , u o ’ z hayotiy tajribasiga asoslanib , u yoki bu holda idrok etish , olamni anglash , narsa va hodisalarni ajratish kabi xususiyatlarga ega ekanligi haqida o ’ ziga o ’ zi hisob beradi . Biz kunda qushlarning sho ’ x navosini , musiqa asboblarining xonishini , inson nutqini , uchib o ’ tayotgan samolyot shovqinini eshitamiz , atrofimizni o ’ rab turgan narsa , daraxt , hayvonlar , mashinalarni ko ’ ramiz . Ularning rangi va hajmini ajrata olamiz. Mazkur jarayonlar insondagi aks ettirish xususiyati bilan chambarchas bog’liq. Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratish lozim. Jumladan, shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya va pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Shunga ko’ra pedagogika shaxsni ta'lim- tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa, psixologiya shaxsda kechadigan ruhiy jarayonlarni o’rganadi. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, psixologiya fanining predmetini - shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil qiladi. Psixologiya so’zining lug’aviy ma'nosi grekcha psyuxe - jon, ruh, logos - fan, ta'limot degan ma'noni anglatadi. Psixologiya fan sifatida psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganadi. Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi.Shunga ko’ra psixikaning yuzga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko’rsatilgan. Aynan psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi: - bilish faoliyatlari : diqqat, nutq, faoliyat; - bilish jarayonlari : sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur; - shaxsning, hissiy , irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda; - shaxsning individual psixologik xususiyatlari : temperament, xarakter, qobiliyat. Psixikaning paydo bo’lishining asosiy shakllari M.Gamezo va Domashenkolarning "Atlas po psixologii" nomli qo’llanmasida quyidagicha ifodalanadi:

Psixikaning namoyon bo’lish shakllari va ularning o’zoro bog’ligi Psixik jarayonlar (Bilish jarayonlari) Shaxsning hissiy- irodaviy sohalari Shaxsning individual xususiyatlari Sezgilar Idrok Xotira Xayol Diqqat Nutq Tafakkur Hissiyot (Emosiya) Iroda Temperament Xarakter Qobiliyat Shunga muvofiq bir qator olimlar tomonidan psixikaga ta'riflar berilib, uning mazmun mohiyati ochib berilgan. Jumladan, professor M.G.Davletshin fikricha, psixika deganda - oliy darajadagi materiyaning (miyaning) xususiyati tushunilib, u ob'ektiv borliqni aks ettirilishida namoyon bo’ladi, sub'ekt faoliyatini ma'lum maqsad asosida yo’naltiradi hamda xulq-atvor negizida shakllanadi, professor V.M.Karimova fikricha psixika - inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya'ni bilishimiz, anglashimizni ta'minlaydi. Psixika bu aks ettirishdir. Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirishning o’ziga xos usullari mavjud. Aks ettirish jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin. Biologik PsixikMATERIYANING AKS ETTIRIS H SXEMASI Anorganik materiya Organik materiyaM exanik Fizik Xim ik

Jonsiz materiya uchun aks ettirishning mexanik, kimyoviy va fizik turlari xosdir. Masalan, ko’zguning aks ettirishi, suvdagi ta'sir va boshqalar. Jonli materiya uchun aks ettirishning fiziologik, psixik aks ettirish turlari xos bo’lib, ong va o’zini-o’zi anglash uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks ettirish quyidagi xususiyatlarga ega: 1) ob'ektiv borliqni to’g’ri aks ettirish imkoniyatini beradi; 2) shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi; 3) doimo rivojlanib va takomillashib boradi. 4) Shaxsning individualligi orqali namoyon bo’ladi. Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud bo’lgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush ko’rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi muvaffaqiyatlar) o’lim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilgan. Ammo dastlabki qarashlar mifologik xarakterda edi. Ular fikrlash orqali emas, ko’r-ko’rona ishonch vositasida egallanardi. Ruh haqidagi qarashlar ko’pincha nafas bilan bog’lanardi, ruhni esa uchar mahluq sifatida tasavvur etardilar. Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning o’zi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar "animizm" deb ataladi. Animizm so’zi -anima "jon" degan ma'noni anglatadi. Jon o’z mohiyatiga ko’ra olovsimon uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan, yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tomonidan ta'kidlangan. Platonning "ideyalar tug’ma bo’ladi" degan g’oyalari psixologik fikr taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shdi. Platon ta'limotiga ko’ra "ideyalar" mohiyati

abadiy va o’zgarmas, ularning tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud bo’lib, ularni odam ko’zi bilan ko’ra olmaydi. Platon psixologiyada "dualizm" oqimining asoschisi hisoblanadi. Dualizm so’zi ikki yoqlamalik yoki ikki mustaqil fikr degan ma'noni anglatadi. Dualizm ta'limoti mohiyati moddiy va ruhiy olam tana va psixikaning bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi. Platonning dualizm shogirdi Arastu (Aristotel eramizdan oldingi IV asr 384- 322 yillar) tomonidan birmuncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Aristotelning "Jon haqida" asari o’sha davrdayoq psixologiya maxsus fan sifatida maydonga kela boshlaganidan dalolat beradi. Ana shu tufayli psixologiya jon haqidagi fan sifatida maydonga kelgan va hozirgi kunda psixologiya fani o’z mazmunini batamom o’zgartirgan. Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo’lib ruh va jonli tananing ajralmasligini isbotlab berdi. Unga ko’ra, jon qismlarga bo’linmaydi, lekin u faoliyatimiz davomida oziqlanishi, his etishi va harakatga kelishi, aql-idrok kabi turlarga oid qobiliyatlarda namoyon bo’lishi mumkin. Birinchi qobiliyatlar o’simlik uchun, ikkinchisi va uchinchisi hayvonlarga, to’rtinchisi esa insonlar uchun xosdir. O’simliklar, hayvonlar ruhi va aql idrok odam ruhi ta'limoti bilan Arastu oliy qobiliyatlar va ularning negizida paydo bo’lishini bildiradigan rivojlanish tamoyilini joriy etdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan qobiliyatlarni faqat o’zining xususiy faolligi orqali ruyobga chiqarishga asoslangan holda xarakterning faoliyatda shakllanishi to’g’risidagi nazariyani ilgari surdi. Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta'limotlari keyingi asrlarda psixologik g’oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta bo’lib hisoblanadi. Miya va psixika Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xossasi bo’lib, u ob'ektiv olamni alohida bir tarzda aks ettiradi. Yuksak darajada tashkil topgan materiya deganda biz miyani tushunamiz. Demak inson va hayvonlar psixikasining moddiy asosini markaziy nerv sistemasining eng yuksak qismi bo’lmish bosh miya tashkil etadi. Ammo insonlar miyasi hayvonlar miyasiga qaraganda qancha