TILSHUNOSLIK FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
![TILSHUNOSLIK FANINING PREDMETI, MAQSADI VA
VAZIFALARI
Reja :
1.Tilshunoslik fanining predmeti va vazifalari.
2.«Tilshunoslik nazariyasi» kursining mundarijasi.
3.Tilshunoslik fanining tarmoqlari.
4.Tilshunoslik fanining aspektlari.
5.Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi.](/data/documents/554c6e87-228f-4f3c-a15e-919adb85f90a/page_1.png)
![1. Tilshunoslik fanining predmeti va vazifalari.
Til faqat kishilik jamiyati mahsulidir. Tilsiz hech bir voqelik va hodisani,
insonning tabiatda, jamiyatda tutgan o‘rni, jamiyat taraqqiyoti yo‘llarini bilish,
o‘rganish mumkin emas.
Tilshunoslik yoki til bilimi (lingvistika til haqidagi mustaqil va aniq fan
bo‘lib, tilning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyot jarayonlari va qonuniyatlarini
ilmiy asosda o‘rganadi . Bu fan muayyan va umumiy tilshunoslik sohalaridan
iborat.
Muayyan ( xususiy ) tilshunoslik ma’lum bir tilning lug‘at tarkibi, fonetik
tizimi va grammatik qurilishi, taraqqiyot yo‘llari hamda qardosh tillarga
munosabatini ilmiy asosda sinchiklab o‘rganadi va shu yo‘l bilan tilning lug‘at
boyligi, fonetikasini sinchiklab tekshiradi, ilmiy grammatikasini yaratib beradi.
Umumiy tilshunoslik esa umuman tilning kelib chiqishi, ijtimoiy
mohiyatini, jamiyatdagi o‘rni va vazifasini, taraqqiyot yo‘lini, til bilan
tafakkurning bir-biriga uzviy bog‘liqligini, tilning o‘zaro munosabatini
o‘rganadi hamda tilshunoslikni tekshirish usullarini yaratadi. Umumiy tilshunoslik
ayrim tilshunoslikni, bir guruh tilshunoslikni va qardosh tilshunoslikni o‘rganish,
tekshirish natijasida aniqlangan til hodisasini, til dalillarini umumlashtirib, ilmiy
xulosalar chiqaradi va shu asosda til qonuniyatlarini aniqlab beradi .
Ko‘rinadiki, tilshunoslik inson tilini o‘rganadigan mustaqil fandir.
Tilshunoslik dastlab, amaliy ahamiyatgagina ega bo‘lgan fan sifatida yuzaga
kelgan bo‘lsa, hozir sof nazariy xarakterdagi fanga aylandi.
Bashariyat XX asr bilan xayrlashib, uchinchi ming yillikka qadam qo‘ydi.
Insoniyat bugungi kunga kelib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ulkan
yutuqlarga erishdi. Odamzod o‘zining aql-zakovati va mehnati bilan juda ko‘p
yangiliklar yaratdi.
Ma’naviy boyliklar orasida tilshunoslik ilmida to‘plangan bilimlar muhim
o‘rin tutadi. Har bir davrning buyuk tilshunoslari bo‘ladi. Ular o‘z yurti va
xalqining tili haqidagi fikrlarini o‘rtaga tashlaganlar. Xalqni buyuk maqsadlar sari](/data/documents/554c6e87-228f-4f3c-a15e-919adb85f90a/page_2.png)
![etaklovchi bayroq sifatida namoyon bo‘ladigan g‘oyalarning muayyan davr
mafkurasiga aylanishida tilshunoslik bilimlari katta ahamiyat kasb etadi.
Til va uning ta’rifi . Hozirgacha til ikkita bir-biriga zid dunyoqarash
idealistik va materialistik nuqtai nazardan ta’riflanadi. Ongni birlamchi, materiyani
ikkilamchi deb biluvchi idealistik yo‘nalishdagi olimlar tilga quyidagicha ta’rif
berishadi:
«Til tafakkurni ifoda qiluvchi ishoralar majmuidir» (F.de Soseyur). «Til –
odam ongining ishtirokisiz, uning tashqi dunyoga nisbatan bo‘lgan mexanik
harakatidir» (L.Blumfil’d). «Til fikrni ifoda qilishga mo‘ljallangan, talaffuz
qilinadigan, chegaralangan tovushlar majmuidir» (B.Grosse).
Bu ta’riflarning birortasi tilning to‘liq ta’rifi emas, chunki ular tilning
ijtimoiy mohiyatini ochib berolmaydi.
Olimlar tilning kishilik jamiyatida tutgan o‘rni naqadar muhim ekanini
ko‘rsatib, til kishilarning eng muhim aloqa vositasidir , deb ta’riflaydilar.
Til asrlar davomida jamiyatga xizmat qiladi, ularning ehtiyojlarini to‘la-
to‘kis bajaradi, garchand, til o‘zgaruvchan hodisa bo‘lsa-da, u faqat o‘zining ichki
ob’ektiv qonunlari asosida rivojlanadi.
Til o‘ziga xos semiologik tizim bo‘lib, jamiyatda asosiy va eng muhim fikr
almashish quroli , jamiyat tafakkurining rivojlanishini ta’minlovchi,
avloddan-avlodga madaniy-tarixiy an’analarni etkazuvchi vosita xizmatini
o‘taydi .
2. «Tilshunoslik nazariyasi» kursining mundarijasi .
«Tilshunoslikka kirish» kursi tilning boshqa hodisalar ichida tutgan o‘rni,
tuzilishi va tilning taraqqiy etish qonuniyatlari haqidagi, umuman til haqidagi
fanning asosiy tushunchalari ni o‘rganadi . Bu kursning yana bir muhim vazifasi
shundan iboratki, tilshunoslik fanida qo‘llaniladigan terminlar, tushunchalar
tizimi bilan tanishtiradi . SHuning uchun bu kurs umumiy tilshunoslikning
dastlabki bosqichi bo‘lib, umuman murakkab til hodisalarini to‘g‘ri tushunishga,
ma’lum bir til hamda qardosh til guruhlarini bir-biriga solishtirib, ma’lum til](/data/documents/554c6e87-228f-4f3c-a15e-919adb85f90a/page_3.png)
![hodisalarini, lug‘at tartibini, fonetik tizimi va grammatik qurilishini ilmiy asosda
chuqur o‘rganish uchun nazariy va amaliy jihatdan zamin yaratib beradi .
3. Tilshunoslik fanining tarmoqlari . Kishilarning eng muhim aloqa vositasi
bo‘lgan tilni tilshunoslik fani o‘rganadi. Uning uch tarmog‘i mavjud:
1. E kstralingvistika (ekstra – tashqi, lingvistika – tilga xos) tildan
tashqarida, ammo bevosita til bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlarni o‘rganadi.
ekstralingvistika quyidagi tarmoqlarga ajraladi:
A. Sotsiolingvistika . Bunda tilning tabiati va ijtimoiy vazifasi o‘rganiladi.
B. Metalingvistika . Bunda til va tafakkur, tilning mazmun tomoni, nutq
faoliyati, til birliklarining matn va sharoit bilan aloqasi o‘rganiladi.
2. Intralingvistika . Bunda tilning ichki tizimi, uning birliklari va
kategoriyalari, tilning fonologik, leksikologik va grammatik qurilishi o‘rganiladi.
3. Komparativistika . Bunda tillar qiyosiy tarzda o‘rganiladi. Bu soha uchga
bo‘linadi:
A. Qiyosiy tilshunoslik . Bu soha o‘z navbatida qiyosiy-tarixiy va
chog‘ishtirma tilshunoslikka bo‘linadi.
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik bir-biriga qarindosh bo‘lgan tillarni o‘rganadi.
Turli tizimdagi tillarni qiyosiy o‘rganish chog‘ishtirma tilshunoslik
ob’ektidir.
B. Areal (maydon) tilshunoslik . Tilning tarqalish doirasi, tillar xaritasi,
mamlakatlarni til tomondan tasvirlash areal tilshunoslik predmeti sanaladi.
V. Tipologik tilshunoslik . Tipologiya tillarning qurilishidagi umumiy,
universal holatlarni tekshiradi. Bunda barcha tillar, ularning qarindosh yoki
qarindosh emasligidan qat’iy nazar o‘rganilaveradi.
Tilshunoslik fanining sanab o‘tilgan tarmoqlari negizida turli nazariyalar
paydo bo‘lgan.
4. Tilshunoslik fanining aspektlari . Tilshunoslik fani ham ko‘p aspektli
fanlar qatoriga kiradi. Uning aniq til faktlariga ko‘ra bir necha turi mavjud:
Struktural tilshunoslik.](/data/documents/554c6e87-228f-4f3c-a15e-919adb85f90a/page_4.png)
![Xususiy tilshunoslik.
Umumiy tilshunoslik.
Amaliy tilshunoslik.
Nazariy tilshunoslik.
Tilshunoslikda til komponentlarining ichki munosabatlarini, o‘zaro
bog‘liqligini, tilning struktura tomonini yoritish maqsad qilib qo‘yilgan yo‘nalishi
struktural tilshunoslik deb ataladi.
Xususiy (konkret) tilshunoslik har bir konkret tilning fonetik tizimi, lug‘at
tarkibi, grammatik qurilishi va ularning taraqqiyot yo‘llari hamda bu tilning
boshqa tillarga munosabatini o‘rganadi va shu asosda konkret tilning ilmiy
grammatikasini yaratishga intiladi.
Umumiy tilshunoslik ma’lum bir tilning emas, balki umuman til qonunlari,
tilning paydo bo‘lishi, tilning jamiyatdagi o‘rni va vazifasi kabi masalalarni tadqiq
etadi. Shuningdek, bu fanda konkret tillarni, til guruhlarni, qardosh tillarni
o‘rganish natijasida aniqlangan til faktlari umumlashtirilib, muhim ilmiy-nazariy
xulosalar chiqariladi.
Umumiy tilshunoslik fani tilning tabiati va mohiyati, tilning jamiyat va
tafakkur bilan munosabati, tilning strukturasi va sistemalilik xarakteri, tilning kelib
chiqishi va taraqqiyot qonunlari, tillar tipologiyasi va tasnifi, tilni o‘rganish
metodlari kabi muammolarni o‘rganadi.
Tilshunoslikning lingvistik masalalarini amaliy yo‘l bilan o‘rganuvchi
sohalari amaliy tilshunoslik sanaladi. Uning eksperimental fonetika, lingvistik
tahlil, leksikografiya kabi yo‘nalishlari mavjud.
Nazariy tilshunoslik – tilshunoslikka doir asosiy qarashlar, g‘oyalar,
nazariyalar haqidagi tizimdir. Unda til haqidagi asosiy tushuncha va tamoyillar,
qarashlar umumlashtiriladi. Tilning asosiy muammolari va dolzarb masalalari
haqidagi yangi nazariyalar olg‘a suriladi.
«Tilshunoslik nazariyasi» kursida tillarni o‘rganish sohasida quyidagi
muammolar doirasida mavjud bo‘lgan nazariyalar haqida ma’lumot beriladi:](/data/documents/554c6e87-228f-4f3c-a15e-919adb85f90a/page_5.png)
![1. Tilshunoslik tarixida mavjud bo‘lgan oqimlar va maktablarda til
muammolarining o‘rganilishi.
2.Tilshunoslikdagi falsafiy yo‘nalish.
3.Tilning nazariy masalalari. Til va nutq. Til va tafakkur. Tildagi belgining
tabiati haqida. Mantiqiy va grammatik kategoriyalar. Til va jamiyat. Tilda shakl va
mazmun.
4.Til qurilishi masalalari. Til qurilishida pragmatika va sintagmatika. Til
fonologiyasi, leksikologiyasi, grammatikasi, so‘z yasalishi. Lingvistik tipologiya.
Tillarning tipologik va geneologik tasnifi.
5.Tillarni o‘rganishdagi qiyosiy-tarixiy, chog‘ishtirish, tasviriy, matematik,
avtomatlashtirish, areal metodlar va ularning mohiyati.
5. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi . Til tilshunoslik fanining
ob’ekti bo‘lib, u insonning bevosita kuzatishi va mustaqil ilmiy izlanishlari uchun
ham xizmat qiladi.
Tilshunoslik fani til bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borganda, boshqa fan
materiallarini ham hisobga oladi. Jumladan:
1. Tilshunoslik birinchi navbatda falsafa bilan chambarchas bog‘liqdir,
chunki falsafa tilshunoslikning metodologiyasini belgilab beradi. Masalan,
dialektika, sinergetika, til va tafakkur haqidagi ta’limot tilshunoslikning
metodologik asoslarini tashkil etadi.
2. Tilshunoslik psixologiya bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Tilshunoslik
bilan psixologiya o‘rtasida mavjud bo‘lgan muammolar psixolingvistikada
o‘rganiladi.
3. Tilshunoslik tarix bilan ham o‘zaro bog‘liq, chunki tilning lug‘at tarkibi,
uning ish ko‘rish doirasi va xarakteri jamiyat tarixi bilan uzviy aloqadadir.
4. Tilshunoslik e tnografiya bilan ham bog‘liq. etnografiya xalqlarning kelib
chiqishi, tarkibi, urf-odatlari, moddiy, ma’naviy va ijtimoiy madaniyatini
o‘rganadi. Tilshunoslik fani u yoki bu tilni o‘rganishda xalq etnografiyasi
materiallaridan foydalanib ish ko‘radi.](/data/documents/554c6e87-228f-4f3c-a15e-919adb85f90a/page_6.png)
![5. Tilshunoslik tafakkur qonunlari va fikrlash shakllari haqidagi fan bo‘lgan
mantiq bilan ham bog‘liq.
6. Ma’lumki, ijtimoiy tuzumga aloqador, hayot bilan va kishilarning
jamiyatdagi munosabatlari bilan bog‘langan; ijtimoiy jamiyatning sinflarga
bo‘linishi, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq
qonunlarni sotsiologiya fani o‘rganadi. Bu fan tilshunoslik bilan uzviy bog‘liq
holda taraqqiy etadi.
7. Qadimiy moddiy madaniyat yodgorliklari asosida kishilik jamiyatining
o‘tmishini o‘rganuvchi fan – arxeologiya ham tilshunoslik bilan bog‘liqdir.
8. Tilshunoslik adabiyotshunoslik bilan uzviy bog‘lan gandir. Ularning
aloqasi, stilistika, adabiy til tarixi, badiiy adabiyot muammolarini o‘rganishda
yaqqol ko‘zga tashlanadi.
9. Garchi tilshunoslik fani ijtimoiy fan bo‘lsa-da, fizika, kibernetika,
matematika, fiziologiya kabi tabiiy fanlar bilan ham bog‘liq holda rivojlanadi.
Nutq tovushlari xususiyatlarini tasnif qilish tamoyillarini o‘rganishda fizika
fanining akustika bo‘limi tilshunoslikka, uning fonetika sohasiga katta yordam
bermoqda.
Chet tillarni o‘qitish, mashina yordamida tarjima qilish, turli tipdagi
lug‘atlarni tuzishda tilshunoslik matematik metodlarga va kibernetika fani
yutuqlariga tayanadi.
Tovushlar artikulyatsiyasi va eshitish qobiliyatini o‘rganganda, nutqiy
qobiliyatning buzilish sabablarini tekshirganda tilshunoslik fiziologiya , tibbiyot
singari fanlarning yutuqlariga tayanib ish ko‘radi.
Tilshunoslikning turli fanlar bilan aloqasi natijasida har xil nazariyalar
paydo bo‘ldi.
Tilshunoslik til haqidagi mustaqil ijtimoiy-tarixiy fan bo‘lib, uning ob’ekti
bo‘lgan til tilshunoslikdan tashqari bir necha fanlar tomonidan o‘rganishni talab
qiladigan murakkab soha bo‘lib hisoblanadi.
Shunday qilib, tilshunoslik tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, til va
tafakkur, til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi o‘rni, ichki](/data/documents/554c6e87-228f-4f3c-a15e-919adb85f90a/page_7.png)
![tuzilishi – tilning tasnifi, uni tahlil qilish usullari va shu kabi masalalarni
o‘rganadigan fandir.](/data/documents/554c6e87-228f-4f3c-a15e-919adb85f90a/page_8.png)
![Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirziyoev Sh. Buyuk kelajagimizni m ard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz. – T oshkent : O‘zbekiston . 2017.
2.Mirziyoev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash –
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: O‘zbekiston,
2017.
3. Abduazizov A.Tilshunoslik nazariyasiga kirish. -Toshkent, 2010.
4. Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш. -Тошкент, 2009.
5. Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. - Т oshkent, 2013.
6. Тилшунослик назарияси ва методологияси. Тузувчи: Ҳ.
Дадабоев. –Тошкент, 2004.
7. Х olmanova Z. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2007.](/data/documents/554c6e87-228f-4f3c-a15e-919adb85f90a/page_9.png)
TILSHUNOSLIK FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI Reja : 1.Tilshunoslik fanining predmeti va vazifalari. 2.«Tilshunoslik nazariyasi» kursining mundarijasi. 3.Tilshunoslik fanining tarmoqlari. 4.Tilshunoslik fanining aspektlari. 5.Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi.
1. Tilshunoslik fanining predmeti va vazifalari. Til faqat kishilik jamiyati mahsulidir. Tilsiz hech bir voqelik va hodisani, insonning tabiatda, jamiyatda tutgan o‘rni, jamiyat taraqqiyoti yo‘llarini bilish, o‘rganish mumkin emas. Tilshunoslik yoki til bilimi (lingvistika til haqidagi mustaqil va aniq fan bo‘lib, tilning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyot jarayonlari va qonuniyatlarini ilmiy asosda o‘rganadi . Bu fan muayyan va umumiy tilshunoslik sohalaridan iborat. Muayyan ( xususiy ) tilshunoslik ma’lum bir tilning lug‘at tarkibi, fonetik tizimi va grammatik qurilishi, taraqqiyot yo‘llari hamda qardosh tillarga munosabatini ilmiy asosda sinchiklab o‘rganadi va shu yo‘l bilan tilning lug‘at boyligi, fonetikasini sinchiklab tekshiradi, ilmiy grammatikasini yaratib beradi. Umumiy tilshunoslik esa umuman tilning kelib chiqishi, ijtimoiy mohiyatini, jamiyatdagi o‘rni va vazifasini, taraqqiyot yo‘lini, til bilan tafakkurning bir-biriga uzviy bog‘liqligini, tilning o‘zaro munosabatini o‘rganadi hamda tilshunoslikni tekshirish usullarini yaratadi. Umumiy tilshunoslik ayrim tilshunoslikni, bir guruh tilshunoslikni va qardosh tilshunoslikni o‘rganish, tekshirish natijasida aniqlangan til hodisasini, til dalillarini umumlashtirib, ilmiy xulosalar chiqaradi va shu asosda til qonuniyatlarini aniqlab beradi . Ko‘rinadiki, tilshunoslik inson tilini o‘rganadigan mustaqil fandir. Tilshunoslik dastlab, amaliy ahamiyatgagina ega bo‘lgan fan sifatida yuzaga kelgan bo‘lsa, hozir sof nazariy xarakterdagi fanga aylandi. Bashariyat XX asr bilan xayrlashib, uchinchi ming yillikka qadam qo‘ydi. Insoniyat bugungi kunga kelib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ulkan yutuqlarga erishdi. Odamzod o‘zining aql-zakovati va mehnati bilan juda ko‘p yangiliklar yaratdi. Ma’naviy boyliklar orasida tilshunoslik ilmida to‘plangan bilimlar muhim o‘rin tutadi. Har bir davrning buyuk tilshunoslari bo‘ladi. Ular o‘z yurti va xalqining tili haqidagi fikrlarini o‘rtaga tashlaganlar. Xalqni buyuk maqsadlar sari
etaklovchi bayroq sifatida namoyon bo‘ladigan g‘oyalarning muayyan davr mafkurasiga aylanishida tilshunoslik bilimlari katta ahamiyat kasb etadi. Til va uning ta’rifi . Hozirgacha til ikkita bir-biriga zid dunyoqarash idealistik va materialistik nuqtai nazardan ta’riflanadi. Ongni birlamchi, materiyani ikkilamchi deb biluvchi idealistik yo‘nalishdagi olimlar tilga quyidagicha ta’rif berishadi: «Til tafakkurni ifoda qiluvchi ishoralar majmuidir» (F.de Soseyur). «Til – odam ongining ishtirokisiz, uning tashqi dunyoga nisbatan bo‘lgan mexanik harakatidir» (L.Blumfil’d). «Til fikrni ifoda qilishga mo‘ljallangan, talaffuz qilinadigan, chegaralangan tovushlar majmuidir» (B.Grosse). Bu ta’riflarning birortasi tilning to‘liq ta’rifi emas, chunki ular tilning ijtimoiy mohiyatini ochib berolmaydi. Olimlar tilning kishilik jamiyatida tutgan o‘rni naqadar muhim ekanini ko‘rsatib, til kishilarning eng muhim aloqa vositasidir , deb ta’riflaydilar. Til asrlar davomida jamiyatga xizmat qiladi, ularning ehtiyojlarini to‘la- to‘kis bajaradi, garchand, til o‘zgaruvchan hodisa bo‘lsa-da, u faqat o‘zining ichki ob’ektiv qonunlari asosida rivojlanadi. Til o‘ziga xos semiologik tizim bo‘lib, jamiyatda asosiy va eng muhim fikr almashish quroli , jamiyat tafakkurining rivojlanishini ta’minlovchi, avloddan-avlodga madaniy-tarixiy an’analarni etkazuvchi vosita xizmatini o‘taydi . 2. «Tilshunoslik nazariyasi» kursining mundarijasi . «Tilshunoslikka kirish» kursi tilning boshqa hodisalar ichida tutgan o‘rni, tuzilishi va tilning taraqqiy etish qonuniyatlari haqidagi, umuman til haqidagi fanning asosiy tushunchalari ni o‘rganadi . Bu kursning yana bir muhim vazifasi shundan iboratki, tilshunoslik fanida qo‘llaniladigan terminlar, tushunchalar tizimi bilan tanishtiradi . SHuning uchun bu kurs umumiy tilshunoslikning dastlabki bosqichi bo‘lib, umuman murakkab til hodisalarini to‘g‘ri tushunishga, ma’lum bir til hamda qardosh til guruhlarini bir-biriga solishtirib, ma’lum til
hodisalarini, lug‘at tartibini, fonetik tizimi va grammatik qurilishini ilmiy asosda chuqur o‘rganish uchun nazariy va amaliy jihatdan zamin yaratib beradi . 3. Tilshunoslik fanining tarmoqlari . Kishilarning eng muhim aloqa vositasi bo‘lgan tilni tilshunoslik fani o‘rganadi. Uning uch tarmog‘i mavjud: 1. E kstralingvistika (ekstra – tashqi, lingvistika – tilga xos) tildan tashqarida, ammo bevosita til bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlarni o‘rganadi. ekstralingvistika quyidagi tarmoqlarga ajraladi: A. Sotsiolingvistika . Bunda tilning tabiati va ijtimoiy vazifasi o‘rganiladi. B. Metalingvistika . Bunda til va tafakkur, tilning mazmun tomoni, nutq faoliyati, til birliklarining matn va sharoit bilan aloqasi o‘rganiladi. 2. Intralingvistika . Bunda tilning ichki tizimi, uning birliklari va kategoriyalari, tilning fonologik, leksikologik va grammatik qurilishi o‘rganiladi. 3. Komparativistika . Bunda tillar qiyosiy tarzda o‘rganiladi. Bu soha uchga bo‘linadi: A. Qiyosiy tilshunoslik . Bu soha o‘z navbatida qiyosiy-tarixiy va chog‘ishtirma tilshunoslikka bo‘linadi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik bir-biriga qarindosh bo‘lgan tillarni o‘rganadi. Turli tizimdagi tillarni qiyosiy o‘rganish chog‘ishtirma tilshunoslik ob’ektidir. B. Areal (maydon) tilshunoslik . Tilning tarqalish doirasi, tillar xaritasi, mamlakatlarni til tomondan tasvirlash areal tilshunoslik predmeti sanaladi. V. Tipologik tilshunoslik . Tipologiya tillarning qurilishidagi umumiy, universal holatlarni tekshiradi. Bunda barcha tillar, ularning qarindosh yoki qarindosh emasligidan qat’iy nazar o‘rganilaveradi. Tilshunoslik fanining sanab o‘tilgan tarmoqlari negizida turli nazariyalar paydo bo‘lgan. 4. Tilshunoslik fanining aspektlari . Tilshunoslik fani ham ko‘p aspektli fanlar qatoriga kiradi. Uning aniq til faktlariga ko‘ra bir necha turi mavjud: Struktural tilshunoslik.
Xususiy tilshunoslik. Umumiy tilshunoslik. Amaliy tilshunoslik. Nazariy tilshunoslik. Tilshunoslikda til komponentlarining ichki munosabatlarini, o‘zaro bog‘liqligini, tilning struktura tomonini yoritish maqsad qilib qo‘yilgan yo‘nalishi struktural tilshunoslik deb ataladi. Xususiy (konkret) tilshunoslik har bir konkret tilning fonetik tizimi, lug‘at tarkibi, grammatik qurilishi va ularning taraqqiyot yo‘llari hamda bu tilning boshqa tillarga munosabatini o‘rganadi va shu asosda konkret tilning ilmiy grammatikasini yaratishga intiladi. Umumiy tilshunoslik ma’lum bir tilning emas, balki umuman til qonunlari, tilning paydo bo‘lishi, tilning jamiyatdagi o‘rni va vazifasi kabi masalalarni tadqiq etadi. Shuningdek, bu fanda konkret tillarni, til guruhlarni, qardosh tillarni o‘rganish natijasida aniqlangan til faktlari umumlashtirilib, muhim ilmiy-nazariy xulosalar chiqariladi. Umumiy tilshunoslik fani tilning tabiati va mohiyati, tilning jamiyat va tafakkur bilan munosabati, tilning strukturasi va sistemalilik xarakteri, tilning kelib chiqishi va taraqqiyot qonunlari, tillar tipologiyasi va tasnifi, tilni o‘rganish metodlari kabi muammolarni o‘rganadi. Tilshunoslikning lingvistik masalalarini amaliy yo‘l bilan o‘rganuvchi sohalari amaliy tilshunoslik sanaladi. Uning eksperimental fonetika, lingvistik tahlil, leksikografiya kabi yo‘nalishlari mavjud. Nazariy tilshunoslik – tilshunoslikka doir asosiy qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar haqidagi tizimdir. Unda til haqidagi asosiy tushuncha va tamoyillar, qarashlar umumlashtiriladi. Tilning asosiy muammolari va dolzarb masalalari haqidagi yangi nazariyalar olg‘a suriladi. «Tilshunoslik nazariyasi» kursida tillarni o‘rganish sohasida quyidagi muammolar doirasida mavjud bo‘lgan nazariyalar haqida ma’lumot beriladi: