O‘simliklar immuniteti fanining predmeti, uning maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi.
O‘simlik lar immunit et i fanining predmet i, uning maqsadi, v azifalari v a riv ojlanish t arixi. Re ja 1 Immunitet xaqida tushuncha. 2 O‘simlik, patogen va tashqi muhit. 3 Fitoimmunitet tarixi. Rivojlanish bosqichlari. 4 N.I.Vavilov – fitoimmunitet fanining asoschisi. 5 Fitoimmunitet to‘g‘risidagi g‘oyalarning kelib chiqishi.
Respublikamizning qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish dasturida ko‘rsatilgandek, qishloq xo‘jaligidagi barcha agrotexnika, agrokimyo chora-tadbirlarlarini ilm va fan tavsiyanomalariga, ilg‘or tajribalarga muvofiq o‘tkazish, begona o‘tlarga qarshi kurash choralarini joriy etishda kasalliklarga chidamli navlarni yaratishdagi muammolarni yechishda mutlaqo yangicha munosabat bo‘lishini taqozo qiladi. Qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish dasturida o‘simliklarning kasalliklarga chidamli navlarni yaratish,ularni qishloq xo‘jaligiga joriy etish masalasi eng dolzarb masala qilib belgilab qo‘yilgan.Belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ekinlar hosilining nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. Almashlab ekish qoidalariga amal qilmaslik, mineral o‘g‘itlar, pestitsidlar, gerbitsidlar, fungitsidlardan me’yoridan ortiq foydalanish tuproq biotsenozining buzilishiga, ekinzorlar fitosanitariya holatining yemonlashishiga sabab bo‘ladi. Natijada yetishtirilayotgan navlarning kasalliklarga chidamliligi tezda yo‘qoladi, hosil miqdori va sifati keskin buziladi. Xozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi va seleksiyachi olimlar oldida turgan eng dolzarb masala ekinlarning kasalliklarga chidamlilik xossasini saqlab qolish va uni takomillashtirishdan iborat. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, kasalliklar va zararkunandalar ta’sirida har yili dunyo bo‘yicha 35-40% va hattoki 50% hosil yo‘qotiladi (BMT ning FAO tashkilotining habar berishicha 30%). Jahon statistikasi ma’lumotlariga binoan odamning o‘rtacha oziq-ovqat uchun sarflagan mablag‘i tahminan o‘simliklarni himoya qilishga ketgan xarajatlari bilan teng ekan. Taajub vaziyat ro‘y beradi: kasalliklar va zararkunandalar bilan kurashish qanchalik jadallaщsa, shunchalik ularning zarar keltirishi kuchayadi, soni va egallagan hududlari ko‘payadi. Uning sababini aniqlashga ancha vaqt kerak bo‘ldi, ammo endi javobi topildi – hosilning bu darajada o‘ta ko‘p yo‘q bo‘lishiga odamning o‘zi aybdor ekan. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini jadallashishi va bir joyda to‘planishi foyda keltirishdan tashqari, ziyon ham yetkazadi, chunki bu vaziyatda kasalliklar va zararkunandalarning rivojlanishiga juda qulay sharoit yaratiladi.
Bu sharoitlar ko‘p bo‘lib, faqat ayrimlarini qisqacha ta’riflaymiz. Odam o‘zining faoliyati bilan tabiatni o‘zgartirishga qodirdir. Yangi yerlarni o‘zlashtirib, obod qilaman deb tabiatdagi muvozanatni buzadi: mingyilliklar mobaynida hosil bo‘lgan biotsenozlar tubdan o‘zgaradi, ko‘p holatlarda umuman barbod bo‘ladi. Yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘simlik turlari va ular bilan birgalikda mikrofauna va mikroflora ham talafot ko‘radi, ayrim holatlarda esa umuman nobud bo‘ladi. Tabiiy biotsenozning buzilishi oqibatini bo‘z yerlarini o‘zlashtirish misolida ko‘ramiz (G. Ya. Bey-Bienko ma’lumoti). O‘zlashtirishdan oldin bu yerlarda 312 hasharot turi yashagan, shulardan asosiylari – 38. O‘zlashtirilgandan so‘ng, bug‘doy ekilgan dalada 135-ta hasharot turi, shulardan 19-tasi asosiylari, qolgan. Bir ko‘rinishdan, bug‘doyni himoya qilish uchun hasharotlar kamaygani foyda keltiradi, lekin keyinchalik hisob-kitob qilinsa, quyidagi vaziyat ta’kidlandi: bo‘z yerda 1 kv.m. 106-ta yetuk hasharot va lichinkalar topildi, bug‘doy dalasida esa 1 kv. m. ushbu ko‘rsatkich 332–ga teng bo‘lgan. Aniqlanishicha, g‘alla tunlami bo‘z yerlardagi g‘allagullilarga deyarli zarar yetkazmaydi, bug‘doy dalalarida esa bu zararkunanda endilikda hosilning eng jiddiy kushandalaridan biri hisoblanadi. Yana misol. Tabiiy biotsenozlardagi o‘simliklar ildiz chirish kasalliklardan uncha ko‘p zarar ko‘rmaydi. Haydaladigan yerlarda ildiz chirish qo‘zg‘atuvchilari qishloq xo‘jalik o‘simliklarining asosiy kasalliklariga aylangan. Fitopatologlar ularni hattoki “haydaladigan yerlarning zamburug‘lari” deb nomlashga ham ulgurgan. Ushbu zamburug‘larning zarar keltirishi saprofit mikroorganizmlarning kamayishi evaziga ro‘y beradi, chunki saprofitlar aksariyat hollarda boshqa turdagi mikroorganizmlarning antogonistlari bo‘lib xizmat qiladi. Kasallik va zararkunandalarning rivojlanishi va tarqalishiga yana bitta sabab, bu agrotexnika tadbirlarini bir tarzda o‘tkazilishini ta’min qilish va bir xil sifatli mahsulot olish maqsadida katta maydonlarga bitta navni o‘stirish. Bu holatda, patogenlar ko‘p vaqt o‘tmay, navning chidamliligini yangi rasa hosil qilib yengadi. Masalan, poya zangiga chidamli navning umri 5 yildan uzoq muddatga cho‘zilmaydi. Albatta, bu mavzuni keyingi ma’ruzalarimizda kengroq yoritamiz.
Yana bitta muammo: sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan va o‘simliklarning kasallik va zararkunandalarga chidamli navlarini yaratish yo‘nalishlarini bir-biriga, ma’lum ma’noda, qarama-qarshiligidadir. Bunga misol, mahsulotning ta’mini va to‘yimligini buzadigan ikkilamchi metabolitlarni (alkoloid, glikozid, fenol moddalari) bo‘lajak nav genotipiga kiritmaslik. Albatta, seleksiya yo‘li bilan bunga erishish mumkin, lekin ushbu ikkilamchi metabolitlar ko‘p holatlarda immunitetning asosiy omillari bo‘lib xizmat qiladi va seleksioner bu masalalarni yechimini topishga majbur bo‘ladi. L.A.Yachevskiy “kasalliklarga qarshi kurashning samarali yo‘li o‘simliklarning kasalliklarga chidamli navlarni keltirib chiqarishdir, N.I.Vavilov “O‘simliklarning kasalliklariga qarshi kurashning samarali yo‘li immunitetli navlarni yaratishdir” degan edilar. I.I.Mechnikov fikricha o‘simliklarning kasalliklarga chidamlilik xossasi deganda,ularning mikroorganizmlar ta’siriga berilmasligi tufayli kasallanish jarayoni sustlashib, uning iqtisodiy zarari kamayishi tushuniladi.O‘simliklarlarning chidamlilik darajasi har xil – ba’zilari yuksak chidamlilikni namoyon qilsa, ayrimlari kasallikka juda beriluvchan bo‘ladi. O‘simliklarning kasalliklarga chidamlilik xossasining namoyon bo‘lishida infeksiyaning yuqish darajasining past yoki yuqoriligi muhim ahamitga ega. Immunitet so‘zi aslida lotin tilidan kelib chiqqan va halos bo‘lish, ozod bo‘lish ma’noni bilidiradi ( immunitet ). O‘simliklarning immuniteti deganda, uning patogen bilan munosabatida qulay sharoit bo‘lsa-da, zararlanmasligi, kabul qilmasligi yoki unga chidamlilik xossasi namoyon bo‘lishi tushuniladi. Shunday qilib, kasallik kelib chiqishida o‘simlik, parazit va ekologik sharoit asosiy rol o‘ynaydi. Fitoimmunitet to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega. Masalan kungaboqar o‘simligi gulli parazitlar bilan 100% zararlanadi.Uning kasallikka chidamli navlarini yaratishni yo‘lga qo‘yishi natijasida bu parazitlardan to‘liq qutulish imkoni paydo bo‘ldi.Bo‘g‘doyning qo‘ng‘ir un shudring kasalligiga chidamli Qrim navini, kartoshkaning rakka
chidamli navlarini yaratish eng qo‘lay va samarali yo‘l hisoblanadi.Chidamli navlar yaratish xozirgi kunda eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Tamaki o‘simligining yangi navlarini yaratilishi ularning un shudring va peronosporoz kasalliklariga chidamlilik xossasini namoyon qiladi.Chidamli navlarni yaratish iqtisodiy samaradorligi bilan xarakterlanadi. Xozirgi kunda seleksiya fanining asosiy vazifasi qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining kasalliklarga chidamli navlarini yaratishdan iborat. Yangi navlar yaratish jarayonida yuksak va tuban o‘simlik(zamburug‘)lar orasidagi munosabatlarni to‘g‘ri tashkil qilish lozim. Bu jarayonda o‘simlikka kirib keladigan infeksiya miqdori, muddati va holati muhim ahamiyatga ega. Har qanday o‘simlik fiziologik xossasi yoki anatomik tuzilishiga ko‘ra, tanasiga patogen kirib qolmasligiga harakat qiladi. Ma’ruzamizning boshida aytilganday, immunitet so‘zi lotin tilidan kelib chiqib, ozod bo‘lish, haloslanish ma’noni bildiradi. Agar tarixga nazar tashlasak, immunitet, umuman kasalliklarga chidamlilik sirlari odamlarni azaldan qiziqtirardi. Ayrim manbalarga ko‘ra, buyuk O‘rta Osiyo olimi va mutaffakiri Abu-Ali ibn Sino XI asrda yashab emlash yordamida kasallarni davolagan. Xususan, birinchi bo‘lib quturishday havfli kasallikni davolashda quturgan itni jigaridan tayyorlangan ichimlik foyda berishi to‘g‘risida yozgan Tarixdan ma’lumki, o‘tgan asrlarda, ayniqsa o‘rta asrlarda (14-16 asrlar) vabo, ospa va hokazo yuqumli kasalliklardan juda ko‘p odamlar qirilib ketgan. Odamlarda yuqumli kasalliklarni keng tarqalishi epidemiya deb ataladi. Hayvonlarda esa bu hodisa ro‘y bersa epizootiya, o‘simliklarda – epifitotiya deb ataladi. E’tibor bergan bo‘lsalaring kerak, bu atamalar birinchi bo‘g‘ini bilan bir- biriga o‘xshash. Epi so‘zi grek tilidan olinib o‘ta, kuchli degan ma’noni bildiradi. Demos so‘zining tarjimasi halq, odamlar, zoo – hayvonlar va fito – o‘simliklarni anglatadi.