logo

Yangi O‘zbekistonda milliy tiklanishdan milliy yuksalishga o‘tish jarayonida tarix fanining dolzarb muammolari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

32.501953125 KB
Yangi O‘zbekistonda milliy tiklanishdan milliy yuksalishga o‘tish jarayonida
tarix fanining dolzarb muammolari
Reja
  1. Mamlakatimiz   taraqqiyotini   yanada   yuksak   bosqichga   ko‘tarishda   milliy
tiklanishdan milliy yuksalish sari g‘oyasining o‘rni.
2.Milliy yuksalishda    adolatli ijtimoiy tartibning o‘rni
3. O‘ tmishda ijtimoiy tartib o‘rnatili sh i  masalasining   tarixiy tahlil i. 1. Mamlakatimiz   taraqqiyotini   yanada   yuksak   bosqichga   ko‘tarishda
milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari g‘oyasining o‘rni.
Bosh   maqsadimiz   bo‘lgan   ozod   va   obod,   farovon   jamiyat   qurish   asosida
xalqimizning   baxtli   hayot   kechirishini   ta’minlash   uning   milliy     yuksalishi   bilan
bog‘liq.   Shuning   uchun   O‘zbekistonning   eng   yangi   tarixi   milliy   tiklanishdan   –
milliy   yuksalish   sari   g‘oyasi   asosida   amalga   oshirilayotgan   islohotlar   bilan
xarakterlanadi.   Milliy   tiklanishdan   milliy   yuksalishga   o‘tib   borayotgan
davlatimizda   xalqimizni   baxtli,   hayotini   farovon   qilish   borasida   keng   ko‘lamli
islohotlar   amalga   oshirilmoqda.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
Sh.M.Mirziyoev   ushbu   xususda   gapirib,   “ Mustaqillik   tufayli   biz   dunyo
hamjamiyatining   teng   huquqli   a’zosi   bo‘lib,   yorug‘   kelajagimizni   o‘z   qo‘limiz
bilan   bunyod   etmoqdamiz.   Istiqlol   yillarida   erishgan   yutuqlarimizga
tayanib,   milliy   tiklanishdan   –   milliy   yuksalish   sari   dadil   qadam
qo‘ymoqdamiz.   Mamlakatimiz   taraqqiyotini   yanada   yuksak   bosqichga   ko‘tarish
maqsadida   Harakatlar   strategiyasini   qabul   qildik.” 1
,   –   deb   alohida
ta’kidladi.   Muhtaram   Prezidentimizning   ushbu   so‘zlari   milliy   yuksalish
jarayonidagi ishlarimizning yanada samarali bo‘lishiga xizmat qiladigan omillarni
topish   bugungi   kunning   eng   dolzarb   muammosi   ekanligini   ko‘rsatib   turibdi.
Bunday   omillarni   shakllantirish   ilmiy   yondashuvni   talab   qiladi,   chunki   yuksalish
qonuniyatlarini   topish   jamiyatshunos   olimlarning   vakolati   hisoblanadi.   Buning
uchun   jamiyatshunos   olimlarimiz,   jumladan,   tarixchilar   jamiyat   taraqqiyotiga
xizmat   qiladigan   omillarni     aniqlashga   va   ularni   ta’minlashga   qaratilgan
tadqiqotlarni olib borishlari kerak bo‘ladi.
Jamiyat   taraqqiyoti   to‘g‘risida   gapirishdan   oldin   milliy   tiklanishdan   milliy
yuksalish   sari   tushunchasining   mazmun-mohiyatini   anglab   olish   lozim.     Milliy
tiklanish   deganda   mustamlaka   mamlakatlarning   milliy   davlatchiligining
tiklanishi   va   mustaqil   taraqqiyot   yo‘liga   o‘tishi   bilan   bog‘liq   jarayon
tushuniladi .   Mustamlaka   mamlakatlar   milliy   tiklanish   partiyasini   tuzib,   yillar
1
 Мирзиёев Ш.М. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади. 
 3-том. Тошкент – “Ўзбекистон” – 1919 й., 88-бет. davomida kurashib, minglab qurbonlar berib, mustaqillikka erishadi. Mustaqillikka
erishish   bilan   milliy   davlatchilikning   tiklanish   jarayoni   boshlanadi   va   bu
tiklanishdan yuksalishga o‘tish uchun faqat mustaqillikning o‘zigina yetarli emas.
Mustaqillik   o‘z-o‘zidan   yuksalishni   ta’minlamaydi,   balki   yuksalish   uchun   sharoit
va   imkoniyat     yaratadi,   xolos.   Mustaqillik   beradigan   ana   shunday   imkoniyatdan
foydalana   olgan   davlat   o‘z   yuksalishini   ta’minlay   oladi   va   jahonda   rivojlangan
mamlakatlar   qatoridan   munosib   o‘rin   egallaydi.   Buning   uchun,   eng   avvalo,
mustaqillikning   ahamiyatini   va   u   beradigan   imkoniyatlarni   chuqur   anglab   olish
kerak bo‘ladi.
Mustaqillikning   ahamiyati   shundan   iboratki,   mustaqil   davlat   o‘z     xalqiga
insonlar   baxtli   bo‘lishining   muhim   sharti   hisoblangan   erkinlikni   beradi.   Erkinlik
nafaqat   baxtli   hayotning,   balki   jamiyat   taraqqiyotining   ham   muhim   sharti
hisoblanadi.   Lekin   yuqorida   ta’kidlaganimizdek   mustaqillik   beradigan   erkinlik
o‘z-o‘zidan  taraqqiyotni   ta’minlamaydi   balki   unga   sharoit   yaratadi   xolos.   Buning
uchun   yana   bir   sharoit,   ya’ni     adolatli   ijtimoiy   tartib   o‘rnatilgan   bo‘lishi   kerak.
Qachon   va   qaerdaki   mustaqillik   va   adolatli   ijtimoiy   tartib   o‘rnatilgan
bo‘lsagina, o‘sha vaqtda va o‘sha joyda yuksalish bo‘ladi.   Demak, mustaqillik
bergan   milliy   tiklanishdan   milliy   yuksalishga   o‘tish   uchun   mamlakatda   adolatli
ijtimoiy   tartib   o‘rnatilgan   bo‘lishi   lozim.   Bunday   tartibning   o‘rnatilishi   esa
demokratik   davlat   va   fuqarolik   jamiyatining   kuchlilik   darajasiga   bog‘liq.   Chunki
demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati   adolatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishning   eng
maqbul yo‘li hisoblanadi. Mamlakatimizda demokratik davlat va
fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasidagi      vazifalarini  amalga oshirish uchun
demokratiyaning   mohiyatidan   kelib   chiqib   harakat   qilish   kerak.   Demokratiya
sharoitida   xalq   hokimiyatga   emas,   balki   hokimiyat   xalqqa   xizmat   qilishi   kerak.
Buning   uchun   esa,   eng   avvalo,   hokimiyat   xalqning   dardini   bilishi   va   mavjud
ijtimoiy   muammolarni   aniqlab   olishi   kerak   bo‘ladi.   Shuning   uchun   islohotlarni
amalga   oshirishga   qaratilgan   2017   yilning   7   fevralida   tasdiqlangan   Harakatlar
strategiyasining   birinchi   bosqichi   “Xalq   bilan   muloqot   va   inson   manfaatlari   yili”
deb nomlandi.  Muammolar    aniqlab  olingandan so‘ng  Harakatlar  strategiyasining ikkinchi   bosqichiga   “Faol   tadbirkorlik,   innovatsion   g‘oyalar   va   texnologiyalarni
qo‘llab-quvvatlash   yili”   deb   nom   berildi.   Bozor   munosabatlari   sharoitida   pul
omilining birinchi o‘ringa chiqishi va iqtisodiy   rivojlanish investitsiyaga bog‘liq
bo‘lganligi   sababli   Harakatlar   strategiyasining   uchinchi   bosqichi,   ya’ni   2019   yil
“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nomlandi. Milliy tiklanishdan
milliy yuksalish sari g‘oyasining talablaridan va taraqqiyotning muhim sharti ilm-
fan   yutuqlariga   asoslanish   ekanligidan   kelib   chiqib,   2020   yilga   “Ilm,   ma’rifat   va
raqamli   iqtisodiyotni   rivojlantirish   yili”   deb   nom   berildi.   Harakatlar
strategiyasining   mantiqiy   ketma-ketlikda   bir   biriga   bog‘langan   bosqichlardagi
vazifalarning   samarali   amalga   oshirilishi   adolatli   ijtimoiy   tartibning
o‘rnatilganligiga bog‘liq.  
2.Milliy yuksalishda    adolatli ijtimoiy tartibning o‘rni
Milliy   yuksalishning   muhim   sharti   bo‘lgan   adolatli   ijtimoiy   tartib
o‘rnatilishi   masalasi   demokratik   davlatning   asosiy   funksiyasi   hisoblanadi.
Shuning uchun adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatish muammosi fan faoliyatining ham
eng   dolzarb   muammosi   bo‘lishi   lozim.   Chunki,   fan   muammosining   dolzarbligi
zamon   talabidan   kelib   chiqib,   davlat   tomonidan   belgilab   beriladi.     Tarixga   nazar
solsak,     barcha   davrlarda   ijtimoiy   tartib   muammosi   jamiyatshunos   olimlar   oldida
turgan   eng   dolzarb   va   eng   murakkab   muammo   bo‘lib   kelgan.   Masalan,   yunon
faylasufi Platon “Davlat” nomli asarida ijtimoiy tartib o‘rnatilishi uchun jamiyatni
intellektual   elita  boshqarishi   kerak   deb   yozadi.   Qadimgi   dunyo   faylasuflaridan
yana   biri   Aristotel   o‘zining   “Siyosat”   nomli   asarida   asosiy   e’tiborni   jamiyat
strukturasini tahlil qilishga qaratgan va jamiyatda tartib bo‘lishi uchun “ o‘rta sinf
kuchli bo‘lishi kerak” 2
, –  deb yozadi.
G‘arb   olimu   donishmandalaridan   farq   qilib,   Sharqda   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatishda   asosiy   e’tibor   ma’naviyatni   yuksaltirishga   qaratilgan.   Masalan,
qadimgi   Xitoy   mutafakkiri   Konfutsiy   ta’limotida   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishda
ma’naviy   yuksaklikka   alohida   e’tibor   qaratilganligini   ko‘rish   mumkin.   Konfutsiy
2
  .Рубанов А.В. Социальн ый порядок: традиции    и современные подходы к изучению.   Журн. Белорус. Гос.   
Ун-та. Философия. Психология. 2017. №1.С. 46. insoni yat  jamiyat i da  ma’naviyat ning roli yuqori ekanligini quyidagicha ko‘rsatgan:
“ Agar   jamiyat   qonunlar   yordamida   boshqarilsa   va   tartibot   jazolashlar   vositasida
amalga oshirilsa, odamlar jazolashlardan o‘zlarini olib qochishga intiladilar, lekin
ular   o‘zlarida   or-nomusni   his   qilmay   qo‘yadilar ;   agar   jamiyat   axloq   vositasida
boshqarilsa, tartibot axloqiy qadriyatlar bilan ta’minlansa, odamlar or-nomusni his
qiladilar, halol va sofdil bo‘ladilar ” 3
. Konfutsiy   ijtimoiy tartib o‘rnatishni   axloqiy
tarbiya   negizida   ma’naviyatni   yusaltirish   bilan   bog‘lagan ligini   tushunish   qiyin
emas.   Sharq   Arastusi   deb   nom     olgan   Abu   Nasr   Farobiyning   asarlarida   ham
ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishda   ma’naviyatga   alohida   e’tibor   qaratilganligini   ko‘rish
mumkin. 
Bugungi   kunda   ham   ijtimoiy   tartib   muammosi   fan   faoliyatining   dolzarb
muammosi bo‘lib qolmoqda, chunki hali hanuz insoniyat qanday qilsak jamiyatda
tartib   bo‘ladi,   degan   savolning   mukammal   javobini   topa   olgani   yo‘q.   Ushbu
muammoning yechimi fan faoliyatiga, va, eng avvalo, ijtimoiy-gumanitar fanlarga,
jumladan,     tarix   faniga   bog‘liqdir.   Shuning   uchun   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish
maqsadida i jtimoiy-gumanitar fanlar ichida, eng avvalo, tarix fanining rivojlanishi
uchun keng imkoniyatlar ochib berish lozim. Tarixiy bilimsiz biror-bir ijtimoiy fan
rivojlana  olmaydi, aniqroq  qilib  aytganda,  faylasuf  ham,  sotsiolog  ham,  politolog
ham,   iqt i sodchi   ham,   psixolog   ham   faqat   tarixiy   bilim   negizidagini   tadqiqot   olib
borishi   mumkin.   Chunki   tarixiy   bilim   insonga   fikrlash   uchun   kerak   bo‘lgan
materialni berada va uning tafakkurini rivojlantiradi. 
Umuman,   tarixni   bilmasdan   turib   inson   s a vodli   bo‘lishi   mumkin   emas,
chunki tarixiy bilim ,   yuqorida ta’kidlaganimizdek ,   tafakkurni rivojlantirib,   barcha
ijtimoiy   fanlarning   negizini   tashkil   qiladi.   Mashhur   donishmandlardan   biri ning
tarixni  bilmagan  odam  ma’lumotli   bo‘la  olmaydi  va  o‘zini  tasodif  deb  hisoblashi
lozim ,   deb   yozgani   bejiz   emas.   Mustaqillik   sharofati   bilan   biz da   o‘z   tariximizni
ob’ektiv o‘rganish imkoniyati   paydo bo‘ldi va shuning uchun ham b ugungi kunda
3
3 . История политических и правовых учений. Древний мир. М.: Наука, 1985. с.170. O‘zbekiston   tarixini   o‘rganish   milliy   g‘oya   ruhi   bilan   sug‘orilgan   bo‘lishi   lozim.
Eng   avvalo,   “O‘zbekiston   tarixini   xolisona,   ob’ektiv   o‘rganishda   mustaqillikning
ahamiyati”     va   “Milliy   davlatchiligimizning   tiklanishida   mustaqillikning
ahamiyati”   mavzu lar ida   ilmiy   tadqiqot lar   olib   borish   lozim ,   chunki   milliy
g‘oyaning asosida mustaqillikni anglash yotadi .  
Tarixiy   tadqiqotlar   milliy   g‘oya   ruhida   bo‘lishi
uchun   tarixiy   jarayon   xronologik   ketma-ketlikda   o‘rganilib,   vatanni   tashqi
dushmandan   himoya   qilish   va   mustaqillik   uchun   olib   borilgan   kurashlar   tarixiga
alohida   e’tibor   qaratish   lozim.   Aytaylik,   1916   yil   qo‘zg‘aloni   mardikorlikka
bormaslik   uchun   kurash   tarzida   kelib   chiqqan   bo‘lsa   ham,   uning   mohiyatida
istiqlol g‘oyasi  yotganligini ochib berish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tadqiqot
hisoblanadi. Bundan tashqari, totalitar sho‘rolar zamonida     ming lab    ziyolilarning
istiqlol   g‘oyasi   uchun   qurbon   bo‘lganliklarini   ham   alohida   tadqiqot   mavzusi
sifatida   yanada  kengroq   o‘rganish  lozim.   Sho‘ro mustabid  tuzumining   rivojlanish
imkoniyatlari   tugaganligini   yorituvchi   “Ma’muriy-buyruqbozlikka   asoslangan
totalitar   sho‘ro tuzumidagi xato va kamchiliklar” mavzu s idagi ilmiy tadqiqot bozor
munosabatlari   yo‘lini   tanlagan   va   davlat ni   demokratlashtirish,   jamiyatni
liberallashtirish  yo‘lidan borayotgan mamlakat  uchun  muhim  tarixiy saboq  bo‘lib
xizmat qilishi mum k in. 
3. O‘ tmishda   ijtimoiy   tartib   o‘rnatili sh i   masalasining     tarixiy
tahlil i.
Ijtimoiy-gumanitar   fanlarning   eng   dolzarb   muammosi ,     yuqorida
ta’kidlanganligidek,   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   bilan   bog‘liq   bo‘lganligi   uchun
tarixchilar   tomonidan   o‘tmishda   ijtimoiy   tartib   qanday   qilib   o‘rnatilganligini
tarixiy   tahlil   qilish   muhim   ilmiy  ahamiyat   kasb   etadi.   Shuning  uchun   tarixchi
olimlar, insoniyat tarixini ijtimoiy tartibni o‘rnatish nuqtai nazaridan o‘rganishlari
zamon talabi  hisoblanadi  deb aytish mumkin. Insoniyat  tarixining turli  davrlarida
ijtimoiy   tartib   qanday   o‘rnatilganligini   tadqiq   qilish   bugungi   kunda   tartibni
o‘rnatish borasida muhim amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatini beradi.  Bu borada   buyuk   bobokalonimiz   Amir   Temur   davrida   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   va,
umuman,   o‘sha   davr   tarixiy   tajribasini   o‘rganish   va   ijodiy   qo‘llash   alohida
ahamiyatga   ega.   Chunki   Amir   Temur   bobomiz   zamonasida   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatish   “Kuch   –   adolatda”     tamoyili   asosida   amalga   oshirilgan.   Bugungi   kunda
ushbu   tamoyilni   ijodiy   qo‘llash   taraqqiyotning   o‘zbek   modeli   tamoyillaridan   biri
bo‘lgan qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Sobiq   sho‘rolar   zamoni   va   mustaqillik   davri   tarixiga   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatish   nuqtai   nazaridan   qarash   bugungi   kunda   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish
borasida   muhim   tarixiy   saboq   bo‘lishi   mumkin.   Sobiq   sho‘rolar   davlatida
XXasrning   70-yillarga   kelib   turg‘unlik   va   inqiroz   alomatlari   namoyon   bo‘la
boshladi.   Bunday   holatning   kelib   chiqishi     mamlakatdagi   buzuq   byurokratiya   va
korrupsiya   illatida   namoyon   bo‘lgan   ijtimoiy   tartibsizlik   bilan   bog‘liq   edi .
Shuning   uchun   sho‘rolar   davlati   oliy   rahbariyati   ijtimoiy   tartibni   saqlash
maqsadida   jamiyat nazoratini joriy qilishga xizmat qiladigan qonun qabul qiladi 4
.
Chunki,   faqat   davlat   nazoratining   o‘zi   bilangina   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   ilojsiz
ekanligi     yaqqol   namoyon   bo‘lgan   edi.   Ular   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   uchun
nazorat   jarayoniga   jamiyatni   ham   jalb   qilish   kerakligini   tushunib   yetishgan   va
anglab   olishgan   edi.   Lekin   ushbu   qonun   asosida   tashkil   topgan   xalq   nazorati
qo‘mitalari   ularga   yuklatilgan   vazifani,   ya’ni   jamiyat   nazoratini   tashkil   qila
olmadilar .   Oqibatda   sho‘rolar   mamlakati   parokandalikka   uchrab,   barbod   bo‘ldi.
Yangi   tashkil   topgan   mustaqil   mamlakatlar   bundan   tegishli   xulosa   chiqarib,
ijtimoiy tartib muammosini o‘zlari hal qilishlari kerak.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida  amalga oshirilayotgan siyosiy
islohotlar   –   demokratlashtirish   va   liberallashtirish   jarayonini   yanada
chuqurlashtirib,   mamlakatda   mukammal   nazorat   jarayonini   shakllantirishga
qaratil gan .   Buni   2010   yil   12   noyabrda   o‘tkazilgan   Parlamentning   qo‘shma
majlisida O‘zbekiston Respublikasi   Birinchi   Prezidenti Islom Karimov tomonidan
bayon qilingan   “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni  yanada chuqurlashtirish
4
  “СССРда халқ назорати тўғрисида”ги қонун. 30 ноябрь 1979 йил. va   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish   konsepsiyasi”   va   2017   yil   7   fevralda
muhtaram   Prezidentimiz   Shavkat   Mirziyoev   tomonidan   ishlab   chiqilgan   “2017-
2021   yillarda   O‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   besh   ustuvor
yo‘nalishi   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi” da   nazorat   tizimini   takomillashtirish
borasidagi   takliflardan   yaqqol   ko‘rish   mumkin.   Ushbu   takliflar   adolatli   ijtimoiy
tartibni o‘rnatishga qodir bo‘lgan davlat boshqaruvi  va nazoratini shakllantirishda
muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatni   modernizatsiyalash   konsepsiya si   va   Harakatlar   strategiyasi da
asosiy   e’tibor   nazorat   tizimining   samarali   ishlab   turishini   ta’minlaydigan
mexanizm ni   shakllantirish   va   u ning   huquqiy   asosini   yaratishga   qaratilgan.
Xususan,   taklif qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining
ochiqligi   to‘g‘risida”gi,   “Korrupsiyaga   qarshi   kurash   to‘g‘risida”gi,
“O‘zbekistonda   jamoatchilik   nazorati   to‘g‘risida”gi,   “Ijtimoiy   sherikchilik
to‘g‘risida”gi   va   boshqa   qonunlar   nazorat   mexanizmining   huquqiy   asosi   bo‘lib
xizmat qiladi.  Albatta,   nazorat   jarayonining   samarali   ishlashi   uchun   huquqiy
asos   muhim   ahamiyatga   ega,   lekin,   shu   bilan   birgalikda,   ushbu   qonunlarning
ishlashi   uchun   kerak   bo‘lgan   siyosiy-huquqiy   madaniyat   yanada   muhimroq
ahmiyatga   ega.   Shuning   uchun   mamlakatni   modernizatsiyalash   konsepsiyasi   va
Harakatlar   strategiyasi da   jamiyatning   siyosiy-huquqiy   madaniyatini   oshirishga
qaratilgan   kompleks   chora-tadbirlar   ishlab   chiqish   vazifasi   belgilab   berilgan.
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda tarixchi olimlarimiz ham o‘zlarining munosib
o‘rinlariga   ega   bo‘lishlari   lozim.   Buning   uchun   insoniyat   tarixini   siyosiy-
huquqiy madaniyat prizmasi orqali o‘rganish  maqsadga muvofiq.
 Jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyatining yuksaklik darajasi nafaqat
nazorat   tizimi   jarayoni   ishlashini ng ,   balki ,   umuman   demokratlashtirish
jarayonining   ham   eng   muhim   sharti   hisoblanadi.   Chunki   demokratiya   o‘rnatilishi
uchun, eng avvalo, demokratiya sharoitida yashay oladigan va fuqarolik pozitsiyasi
shakllangan   shaxslar   kerak.   Agar   jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy   madaniyati
yetarli  bo‘lmasa,  demokratiya namoyon bo‘lmaydi  va oxlokratiyadan farq qilmay
qoladi.   Shuning   uchun   bo‘lsa   kerak ,   Aristotel   o‘zining   “Siyosat”   nomli   asarida demokratiya   to‘g‘risida   gapirib,   unga   salbiy   baho   bergan   va   demokratiya
boshqaruvning yomon shakli   deb aytgan. Chunki Aristotel zamonida odamlarning
siyosiy-huquqiy   madaniyati   past   bo‘lgan   va ,   demak,   demokratiya   talablari
darajasida   bo‘lmagan.   Agar   bugungi   kunda   ham   jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy
madaniyati zamon talablariga javob bermasa, demokratiya yuzaga kelmaydi va u,
ya’ni   demokratiya   oxlokratiyadan   farq   qilmay   qoladi.   Shuning   uchun,   bugungi
kunda   mamlakatimizda,   asosiy   e’tibor   jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy
madaniyatini oshirish masalalariga qaratilmoqda.  Bugun bizlarda demokratiyaning
shakli   bor,   endi   biz   ana   shu   shaklga   munosib   mazmunni   yaratishimiz   kerak.
Mazmun   deganda   siyosiy-huquqiy   madaniyati   shakllangan   va   demokratiya
sharoitida   yashashga   qodir   bo‘lgan   jamiyat   tushuniladi.   Ana   shunday   jamiyat
shakllanishi   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatining   muhim   sharti   hisoblanadi.
Buning   uchun   tarixchi   olimlarimiz   zamon   talabidan   kelib   chiqib,   keng   ko‘lamli
tadqiqotlar olib borishlari lozim.
Zamon talabi esa, mamlakatimizda demokratik va fuqarolik jamiyatini
qurish   hisoblanadi.   Shuning   uchun   tarixchilar   demokratiya   va   fuqarolik
jamiyatini   rivojlantirishga   xizmat   qiladigan   yangi   g‘oyalarni   ishlab
chiqishlari lozim.   Buning uchun demokratiya va fuqarolik jamiyatining talabidan
kelib   chiqib   fikrlash   lozim.   Demokratiya   ham,   fuqarolik   jamiyati   ham   nazorat
faoliyati bilan bog‘liq. Chunki demokratiya bu nafaqat hokimiyat xalq tomonidan
shakllantirilishi,   balki   nazorat   qilinishi   hamdir.   Fuqarolik   jamiyatining   asosiy
funksiyasi   hokimiyat   tomonidan   huquq   va   axloq   normalariga   rioya   etilishini
nazorat   qilishdan   iborat.   Nazorat   faoliyati   kuchayishi   uchun   esa   jamiyatning
nazorat   faoliyatiga   doir   bilimi   kuchli   bo‘lishi   kerak.   Hozirgacha   oliy   ta’lim
tizimida   biror-bir   fan   jamiyatga   nazoratga   doir   bilimni   berayotgani   yo‘q.
Demokratik   davlat   va   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilish   nazorat   faoliyatiga   doir
bilimga   ehtiyojni   keltirib   chiqaradi.   Ana   shu   ehtiyojdan   kelib   chiqib,     nazorat
faoliyatiga   doir   bilimni   ishlab   chiqish,     nafaqat   tarixchilar,   balki   barcha
jamiyatshunos   olimlarning   kompleks   yondashuvini   taqozo   etadigan     zamon
talabi  hisoblanadi.  Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkinki,   milliy   yuksalish   adolatli   ijtimoiy
tartibga, tartib esa nazorat faoliyatiga bog‘liq ekan asosiy e’tibor nazorat faoliyatini
takomillashtirishga   qaratilmog‘i   lozim.   Nazorat   faoliyatini   takomillashtirish,   har
qanday   faoliyat   bilan   bo‘lgani   kabi,   o‘sha   faoliyatga   doir   bilimga   bog‘liq.
Insoniyat   jamiyatida   nazorat   faoliyatining   o‘rni,   uning   vujudga   kelishi   va
rivojlanishi   masalasi   tarixchi   olimlarimizning   bugungi   kundagi   eng   dolzarb
muammosi   hisoblanadi.   Ushbu   mavzuda   olib   boriladigan   tadqiqotlar   jarayonida
shakllanadigan   bilimlarni   jamiyatga   berish   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati
sharoitida   yashashga   qodir   bo‘lgan   avlodni   tarbiyalaydi.   Ana   shunday   avlod
mamlakatni   milliy   tiklanishdan   milliy   yuksalishga   o‘tishini   ta’minlashga   va
xalqimiz hayotini baxtli qiladigan davlatni shakllantirishga qodir bo‘ladi.  Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
.Mirziyoev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   kat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy   javobgarlik
barcha   darajadagi   rahbarlarning   kundalik   hayot   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   2017-2021   yillvarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘ycha Harkatlar strategiyasi. Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
3.Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021 yil.- 464 b.
4.Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. O‘zbekiston. 2010 y.
5.Bafoev   Sh.   Jamoatchilik   nazorati   demokratik   huquqiy   davlat   va   fuqarolik
jamiyati qurishning muhim omili sifatida // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. – 2007
№ 1.
6.Mustafoev M. Jamoatchilik nazorati – jamiyat muvozanati // Muloqot 2004 y. №
4
7.Muxtorov   N.   Amnistiya   aktlarini   qo‘llanilishida   jamoatchilik   nazorati:   davlat
boshqaruv   organlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   hamkorligi   //   Fuqarolik
jamiyati – Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 y. № 3
8.Nabiev T., Soleev A. O‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining
sub’ekti   sifatida   //   Fuqarolik   jamiyati   –   Grajdanskoe   obщestvo   –   Civil   Society.
2008 y. № 4
9.Nabiev   F.   X.   Obespechenie   i   sovershenstvovanie   obщestvennogo   kontrolya   v
programmnыx dokumentax politicheskix  partiy Uzbekistana  //  Fuqarolik jamiyati
– Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 № 3
10.Nabiev F. X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand. 2016 yil.

Yangi O‘zbekistonda milliy tiklanishdan milliy yuksalishga o‘tish jarayonida tarix fanining dolzarb muammolari Reja 1. Mamlakatimiz taraqqiyotini yanada yuksak bosqichga ko‘tarishda milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari g‘oyasining o‘rni. 2.Milliy yuksalishda adolatli ijtimoiy tartibning o‘rni 3. O‘ tmishda ijtimoiy tartib o‘rnatili sh i masalasining tarixiy tahlil i.

1. Mamlakatimiz taraqqiyotini yanada yuksak bosqichga ko‘tarishda milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari g‘oyasining o‘rni. Bosh maqsadimiz bo‘lgan ozod va obod, farovon jamiyat qurish asosida xalqimizning baxtli hayot kechirishini ta’minlash uning milliy yuksalishi bilan bog‘liq. Shuning uchun O‘zbekistonning eng yangi tarixi milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari g‘oyasi asosida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan xarakterlanadi. Milliy tiklanishdan milliy yuksalishga o‘tib borayotgan davlatimizda xalqimizni baxtli, hayotini farovon qilish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ushbu xususda gapirib, “ Mustaqillik tufayli biz dunyo hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo‘lib, yorug‘ kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etmoqdamiz. Istiqlol yillarida erishgan yutuqlarimizga tayanib, milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari dadil qadam qo‘ymoqdamiz. Mamlakatimiz taraqqiyotini yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida Harakatlar strategiyasini qabul qildik.” 1 , – deb alohida ta’kidladi. Muhtaram Prezidentimizning ushbu so‘zlari milliy yuksalish jarayonidagi ishlarimizning yanada samarali bo‘lishiga xizmat qiladigan omillarni topish bugungi kunning eng dolzarb muammosi ekanligini ko‘rsatib turibdi. Bunday omillarni shakllantirish ilmiy yondashuvni talab qiladi, chunki yuksalish qonuniyatlarini topish jamiyatshunos olimlarning vakolati hisoblanadi. Buning uchun jamiyatshunos olimlarimiz, jumladan, tarixchilar jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan omillarni aniqlashga va ularni ta’minlashga qaratilgan tadqiqotlarni olib borishlari kerak bo‘ladi. Jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risida gapirishdan oldin milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari tushunchasining mazmun-mohiyatini anglab olish lozim. Milliy tiklanish deganda mustamlaka mamlakatlarning milliy davlatchiligining tiklanishi va mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tishi bilan bog‘liq jarayon tushuniladi . Mustamlaka mamlakatlar milliy tiklanish partiyasini tuzib, yillar 1 Мирзиёев Ш.М. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади. 3-том. Тошкент – “Ўзбекистон” – 1919 й., 88-бет.

davomida kurashib, minglab qurbonlar berib, mustaqillikka erishadi. Mustaqillikka erishish bilan milliy davlatchilikning tiklanish jarayoni boshlanadi va bu tiklanishdan yuksalishga o‘tish uchun faqat mustaqillikning o‘zigina yetarli emas. Mustaqillik o‘z-o‘zidan yuksalishni ta’minlamaydi, balki yuksalish uchun sharoit va imkoniyat yaratadi, xolos. Mustaqillik beradigan ana shunday imkoniyatdan foydalana olgan davlat o‘z yuksalishini ta’minlay oladi va jahonda rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin egallaydi. Buning uchun, eng avvalo, mustaqillikning ahamiyatini va u beradigan imkoniyatlarni chuqur anglab olish kerak bo‘ladi. Mustaqillikning ahamiyati shundan iboratki, mustaqil davlat o‘z xalqiga insonlar baxtli bo‘lishining muhim sharti hisoblangan erkinlikni beradi. Erkinlik nafaqat baxtli hayotning, balki jamiyat taraqqiyotining ham muhim sharti hisoblanadi. Lekin yuqorida ta’kidlaganimizdek mustaqillik beradigan erkinlik o‘z-o‘zidan taraqqiyotni ta’minlamaydi balki unga sharoit yaratadi xolos. Buning uchun yana bir sharoit, ya’ni adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Qachon va qaerdaki mustaqillik va adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilgan bo‘lsagina, o‘sha vaqtda va o‘sha joyda yuksalish bo‘ladi. Demak, mustaqillik bergan milliy tiklanishdan milliy yuksalishga o‘tish uchun mamlakatda adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Bunday tartibning o‘rnatilishi esa demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining kuchlilik darajasiga bog‘liq. Chunki demokratiya va fuqarolik jamiyati adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishning eng maqbul yo‘li hisoblanadi. Mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasidagi vazifalarini amalga oshirish uchun demokratiyaning mohiyatidan kelib chiqib harakat qilish kerak. Demokratiya sharoitida xalq hokimiyatga emas, balki hokimiyat xalqqa xizmat qilishi kerak. Buning uchun esa, eng avvalo, hokimiyat xalqning dardini bilishi va mavjud ijtimoiy muammolarni aniqlab olishi kerak bo‘ladi. Shuning uchun islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan 2017 yilning 7 fevralida tasdiqlangan Harakatlar strategiyasining birinchi bosqichi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlandi. Muammolar aniqlab olingandan so‘ng Harakatlar strategiyasining

ikkinchi bosqichiga “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nom berildi. Bozor munosabatlari sharoitida pul omilining birinchi o‘ringa chiqishi va iqtisodiy rivojlanish investitsiyaga bog‘liq bo‘lganligi sababli Harakatlar strategiyasining uchinchi bosqichi, ya’ni 2019 yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nomlandi. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari g‘oyasining talablaridan va taraqqiyotning muhim sharti ilm- fan yutuqlariga asoslanish ekanligidan kelib chiqib, 2020 yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berildi. Harakatlar strategiyasining mantiqiy ketma-ketlikda bir biriga bog‘langan bosqichlardagi vazifalarning samarali amalga oshirilishi adolatli ijtimoiy tartibning o‘rnatilganligiga bog‘liq. 2.Milliy yuksalishda adolatli ijtimoiy tartibning o‘rni Milliy yuksalishning muhim sharti bo‘lgan adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilishi masalasi demokratik davlatning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Shuning uchun adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatish muammosi fan faoliyatining ham eng dolzarb muammosi bo‘lishi lozim. Chunki, fan muammosining dolzarbligi zamon talabidan kelib chiqib, davlat tomonidan belgilab beriladi. Tarixga nazar solsak, barcha davrlarda ijtimoiy tartib muammosi jamiyatshunos olimlar oldida turgan eng dolzarb va eng murakkab muammo bo‘lib kelgan. Masalan, yunon faylasufi Platon “Davlat” nomli asarida ijtimoiy tartib o‘rnatilishi uchun jamiyatni intellektual elita boshqarishi kerak deb yozadi. Qadimgi dunyo faylasuflaridan yana biri Aristotel o‘zining “Siyosat” nomli asarida asosiy e’tiborni jamiyat strukturasini tahlil qilishga qaratgan va jamiyatda tartib bo‘lishi uchun “ o‘rta sinf kuchli bo‘lishi kerak” 2 , – deb yozadi. G‘arb olimu donishmandalaridan farq qilib, Sharqda ijtimoiy tartibni o‘rnatishda asosiy e’tibor ma’naviyatni yuksaltirishga qaratilgan. Masalan, qadimgi Xitoy mutafakkiri Konfutsiy ta’limotida ijtimoiy tartibni o‘rnatishda ma’naviy yuksaklikka alohida e’tibor qaratilganligini ko‘rish mumkin. Konfutsiy 2 .Рубанов А.В. Социальн ый порядок: традиции и современные подходы к изучению. Журн. Белорус. Гос. Ун-та. Философия. Психология. 2017. №1.С. 46.

insoni yat jamiyat i da ma’naviyat ning roli yuqori ekanligini quyidagicha ko‘rsatgan: “ Agar jamiyat qonunlar yordamida boshqarilsa va tartibot jazolashlar vositasida amalga oshirilsa, odamlar jazolashlardan o‘zlarini olib qochishga intiladilar, lekin ular o‘zlarida or-nomusni his qilmay qo‘yadilar ; agar jamiyat axloq vositasida boshqarilsa, tartibot axloqiy qadriyatlar bilan ta’minlansa, odamlar or-nomusni his qiladilar, halol va sofdil bo‘ladilar ” 3 . Konfutsiy ijtimoiy tartib o‘rnatishni axloqiy tarbiya negizida ma’naviyatni yusaltirish bilan bog‘lagan ligini tushunish qiyin emas. Sharq Arastusi deb nom olgan Abu Nasr Farobiyning asarlarida ham ijtimoiy tartibni o‘rnatishda ma’naviyatga alohida e’tibor qaratilganligini ko‘rish mumkin. Bugungi kunda ham ijtimoiy tartib muammosi fan faoliyatining dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda, chunki hali hanuz insoniyat qanday qilsak jamiyatda tartib bo‘ladi, degan savolning mukammal javobini topa olgani yo‘q. Ushbu muammoning yechimi fan faoliyatiga, va, eng avvalo, ijtimoiy-gumanitar fanlarga, jumladan, tarix faniga bog‘liqdir. Shuning uchun ijtimoiy tartibni o‘rnatish maqsadida i jtimoiy-gumanitar fanlar ichida, eng avvalo, tarix fanining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochib berish lozim. Tarixiy bilimsiz biror-bir ijtimoiy fan rivojlana olmaydi, aniqroq qilib aytganda, faylasuf ham, sotsiolog ham, politolog ham, iqt i sodchi ham, psixolog ham faqat tarixiy bilim negizidagini tadqiqot olib borishi mumkin. Chunki tarixiy bilim insonga fikrlash uchun kerak bo‘lgan materialni berada va uning tafakkurini rivojlantiradi. Umuman, tarixni bilmasdan turib inson s a vodli bo‘lishi mumkin emas, chunki tarixiy bilim , yuqorida ta’kidlaganimizdek , tafakkurni rivojlantirib, barcha ijtimoiy fanlarning negizini tashkil qiladi. Mashhur donishmandlardan biri ning tarixni bilmagan odam ma’lumotli bo‘la olmaydi va o‘zini tasodif deb hisoblashi lozim , deb yozgani bejiz emas. Mustaqillik sharofati bilan biz da o‘z tariximizni ob’ektiv o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi va shuning uchun ham b ugungi kunda 3 3 . История политических и правовых учений. Древний мир. М.: Наука, 1985. с.170.