Yangi O‘zbekiston milliy tiklanishdan yuksalish sari
Yangi O‘zbekiston: milliy tiklanishdan yuksalish sari Reja 1.Yangi O‘zbekistonni yaratishda Harakatlar strategiyasining ahamiyati 2.Yangi O‘zbekistonda demokratiya va fuqarolik jamiyatini kuchli qilishda Prezident murojaatnomasining ahamiyati 3.Yangi O‘zbekistonda milliy yuksalishning muhim sharti bo‘lgan adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishda tarix faning o‘rni
Insonda ijtimoiy ong shakllangandan buyon baxtli yashaydigan farovon jamiyatni orzu qilib kelmoqda. Bosh maqsadimiz bo‘lgan ozod va obod, farovon jamiyat qurish asosida xalqimizning orzusi bo‘lgan baxtli hayot kechirishini ta’minlash Yangi O‘zbekistonning milliy yuksalishi bilan bog‘liq. Shuning uchun O‘zbekistonning eng yangi tarixi milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari g‘oyasi asosida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan xarakterlanadi. Milliy tiklanishdan milliy yuksalishga o‘tib borayotgan Yangi O‘zbekistonda xalqimizni baxtli, hayotini farovon qilish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ushbu xususda gapirib, “ Mustaqillik tufayli biz dunyo hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo‘lib, yorug‘ kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etmoqdamiz. Istiqlol yillarida erishgan yutuqlarimizga tayanib, milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari dadil qadam qo‘ymoqdamiz. Mamlakatimiz taraqqiyotini yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida Harakatlar strategiyasini qabul qildik.” 1 , – deb alohida ta’kidladi. O‘zbekiston Prezidentining ushbu so‘zlari Yangi O‘zbekistonda milliy yuksalish jarayonidagi ishlarimizning yanada samarali bo‘lishiga xizmat qiladigan omillarni topish bugungi kunning eng dolzarb muammosi ekanligini ko‘rsatib turibdi. Yangi O‘zbekistonda milliy yuksalish to‘g‘risida gapirganda, eng avvalo, Yangi O‘zbekiston tushunchasini mazmun mohiyatini anglab olish lozim. Ma’lumki bu yorug‘ dunyoda yashayotgan har bir inson baxtli hayot to‘g‘risidagi orzu umidlar bilan yashaydi. Buni jahon xalqlari siyosiy lug‘atlaridagi “Amerika orzusi”, “Britaniya orzusi”, “Rossiya orzusi”, “Yaponiya orzusi” va “Xitoy orzusi” kabi tushunchalarda yaqqol ko‘rish mumkin. O‘zbekiston xalqi ham ana shunday orzu umidlar bilan yashab Yangi O‘zbekitsonni barpo etish va Yangi Uyg‘onish davri poydevorini yaratish maqsadi yo‘lida harakat qilmoqda. Bu maqsad yo‘lida harakat qilganda eng avvalo Yangi O‘zbekiston tushunchasi nimani ifodalashini chuqur anglab olish kerak bo‘ladi. Chunki inson nimaga 1 Мирзиёев Ш.М. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади. 3-том. Тошкент – “Ўзбекистон” – 2019 й., 88-бет.
intilayotganligini aniq bilgandagina uning faoliyati samarali bo‘ladi. Xo‘sh Yangi O‘zbekiston tushunchasi nimani ifoda etadi? “Ushbu tushuncha mamlakatimizning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, yurtimizda demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasidagi islohotlarimizning tayanch g‘oyasini ifoda etadi.” 2 Yangi O‘zbekistonni yaratish barchamizning ezgu orzumiz, mehnatkash, tinchliksevar xalqimizning orzusi hisosblanadi. Ushbu xususda gaprib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Yangi O‘zbekiston tushunchasida mujassam bo‘lgan xalq orzusi tarixiy taraqqiyotning barcha davrlarida millatning yetuk vakillarini uni ro‘yobga chiqarish yo‘lida amaliy harakatlarga undab keldi” 3 deb yozadi. Shunday qilib Yangi O‘zbekiston tushunchasida uzoq o‘tmishdan hozirgi davrgacha milliy tafakkurimiz negizida shakllanib kelgan, turli g‘oya va amaliy harakatlarda o‘z ifodasini topgan xalqimizning orzu – umidlari mujassam bo‘lgan deb aytish mumkin. Xalqimizni baxtli hayot to‘g‘risidagi orzu niyatlarini amalga oshirish, yangi hayot qurish yo‘lidagi beqiyos o‘zgarishlarni o‘zida mujassamlagan Yangi O‘zbekiston strategiyasi hammamizdan fidoyilik va bunyodkorlikni yanada katta jonbozlikni talab qiladi. Yangi O‘zbekiston barpo etish borasidagi vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Harakatlar strategiyasida 4 belgilab berilgan. Harakatlar strategiyasi asosida ishlab chiqilgan 2017 yil 22 dekabrdagi, 2018 yil 28 dekabrdagi, 2020 yil 24 yanvardagi va 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga qilgan murojaatnomalari islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga chaqiruv hisoblanadi. Bu murojaatnomalarning mohiyati shundaki ularda nominal demokratiyadan real demokratiyaga o‘tishga xizmat qiladigan yangi siyosiy muhit shakllantirish maqsadi yotibdi. Boshqacha qilib aytganda bugungi kunda mamlakatimizda demokratiyaning shakliga munosib mazmuni shakllanib bormoqda. Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini tushunish uchun Harakatlar 2 Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. Тошкент, 2021 йил, 26-бет. 3 Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. Тошкент, 2021 йил, 16-бет. 4 Мирзиёев Ш.М. 2017 – 2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг беш устувор йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегияси. Тошкент 2017 йил 8 феврал.
strategiyasida belgilab berilgan islohotlarning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib fikrlash kerak. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar O‘zbekistonni rivojlantirish asosida xalqimiz hayotini baxtli qilishga qaratilgan. Demak, murojaatnomani mazmun-mohiyati O‘zbekiston xalqini hayotini baxtli qilishga xizmat qiladigan yangi siyosiy muhitni shakllantirishda faol ishtirok etishga chaqiriq deb aytish mumkin . Islohotlarning maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirish uchun, eng avvalo, xalqning dardini bilish va mavjud ijtimoiy muammolarni aniqlab olish kerak bo‘ladi. Shuning uchun islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan 2017 yilning 7 fevralida tasdiqlangan Harakatlar strategiyasining birinchi bosqichi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlandi. Muammolar aniqlab olingandan so‘ng Harakatlar strategiyasining ikkinchi bosqichiga “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nom berildi. Bozor munosabatlari sharoitida pul omilini birinchi o‘ringa chiqishi va iqtisodiy rivojlanish investitsiyaga bog‘liq bo‘lishi sababli, Harakatlar strategiyasining uchinchi bosqichi “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nomlandi. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish g‘oyasining talablaridan va taraqqiyotning muhim sharti ilm-fan yutuqlariga asoslanish ekanligidan kelib chiqib 2020 yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berildi. Keng ko‘lamli demokratik islohotlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi uyg‘onish davri, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish va COVID-19 koronavirusi pandemiyasi oqibatlarini bartaraf qilish va aholi salomatligini himoya qilish maqsadida 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab- quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” deb nom berildi. Harakatlar strategiyasining mantiqiy ketma-ketlikda bir biriga bog‘langan bosqichlardagi vazifalarni samarali amalga oshirilishi adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatilganligiga bog‘liq. Adolatli ijtimoiy tartibning o‘rnatilganligi Yangi O‘zbekistonni barpo etishning muhim sharti hisoblanadi. Harakatlar strategiyasi asosida ishlab chiqilgan murojaatnomalarda adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan vazifalar
belgilab berilgan. Murojaatnomalarda ijtimoiy hayotning barcha sohalariga doir vazifalar belgilab berilgan. Har bir soha vakillari murojaatnomani o‘rganganda o‘zlariga doir vazifalarni aniqlab olishlari va uni ijrosi borasida chora-tadbirlarni ishlab chiqishlari lozim. Lekin murojaatnomada inson qaysi soha vakili bo‘lishidan qat’iy nazar hamma uchun bir xil ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalar ham mavjud. Bularga O‘zbekiston tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘lidan jadal rivojlanish borasidagi vazifalar, zamonamiz mohiyati bo‘lgan fuqarolik jamiyatini kuchli qilish borasidagi vazifalar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni asosida yotgan liberallashtirish jarayonini takomillashtirish borasidagi vazifalar, barcha sohadagi rahbar kadrlarni o‘z ishiga tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik qoidalariga rioya qilgan holda faoliyat olib borishi borasidagi vazifalar kiradi. Bu vazifalarni amalga oshirish hamma uchun daxli bo‘lgan korrupsiya muammosini bartaraf qilib, adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatib O‘zbekiston xalqini hayotini baxtli qilishga qaratilgan. Baxtli hayot qurish borasida gapirganda yana bir yangilikni aytib o‘tish adolatdan bo‘lar edi. Harakatlar strategiyasida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan baxtli hayot to‘g‘risidagi tushuncha tanqidiy tahlil qilinib bir yangilik kiritildi. Yangilik shundan iboratki - baxtli hayot kelajakda emas, balki bugun bo‘lishi kerak degan fikrda. Chunki bizlar baxtli hayot kelajakda bo‘ladi degan fikrga o‘rganib qolib ertangi kunimiz baxtli bo‘ladi degan fikr to‘g‘ri deb qabul qila boshladik. Lekin hech kim, nima uchun ertangi kunimiz baxtli deb yashashimiz kerak, biz bugun yashaymiz bugungi kunimiz qachon baxtli bo‘ladi degan fikrni hatto xayoliga ham keltirmay keldi. O‘zbekiston Prezidenti ushbu masalaga tanqidiy yondashib odamlar bugun yashaydi va ular bugun baxtli bo‘lishlari kerak degan yangi g‘oyani ilgari surdi. Bu yangi taklifning ahamiyati shundaki agar biz bugun ertangi kunimiz baxtli bo‘ladi deb yashasak, ertaga farzandlarimiz ham ertangi kunimiz baxtli bo‘ladi deb yashaydi, indinga nabiralarimiz ham xuddi shunday fikr bilan yashaydi, natijada baxtli hayot reallikka aylanmay faqat orzu bo‘lib qoladi. Bunga qariyib 80 yil davom etgan sho‘rolar zamoni yaqqol misol bo‘ladi. Sho‘rolar zamoni tarixi bizga saboq bo‘lib