logo

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining takomillashuvi va yangi ilmiy konsepsiyasi xususiyatlari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

38.658203125 KB
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining takomillashuvi va yangi ilmiy
konsepsiyasi xususiyatlari
Reja:
1. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining yangi ilmiy konsepsiyasi.
2. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining takomillashuvi va faoliyati. 1.   O‘zbekiston   tarixi   davlat   muzeyining   yangi   ilmiy   konsepsiyasi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, muzeylar faoliyatida ham ulkan o‘zgarishlar
ro‘y   bergani   yuqorida   aytildi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining
1992   yil   21   apreldagi   203-sonli   qaroriga   muvofiq,   sobiq   Xalqlar   do‘stligi,
Antikvariat,   Lenin   muzeylari   O‘zbekiston   xalqlari   tarixi   muzeyiga   qo‘shib
yuborilib,   ular   asosida   O‘zbekiston   tarixi   davlat   muzeyi   tashkil   etildi   hamda   u
sobiq Lenin muzeyi binosiga joylashtirildi. 
Aytish mumkinki, o‘zbek xalqi tarixi, o‘tmishi, madaniyati va qadriyatlariga
e’tibor   berish   mustaqil   O‘zbekistonning   davlat   siyosati   darajasiga   ko‘tarildi.
Chunki   tarixiy   xotira   va   o‘tmish   bilan   bog‘liq   qadriyatlar   xalqning   o‘zligini
anglashda muhim vositadir.
O‘zbekiston   tarixi   davlat   muzeyi   endilikda   o‘zining   qariyb   130   yillik
faoliyati   davomida   ilk   marotaba   o‘zbek   xalqining   tarixini   xolisona   ko‘rsatish
imkoniyatiga   ega   bo‘ldi.   Mustabid   sovet   tuzumi   davrida   taqiqlangan   mavzular:
o‘zbek   xalqining   davlatchilik   tarixi,   buyuk   mutafakkirlar,   Amir   Temur   va
temuriylar davri, qatag‘on yillari, «Paxta ishi», O‘sh, Bo‘ka Farg‘ona fojealari kabi
tariximizning   eng   muhim   sahifalarini   xolisona   yoritish   qayta   tashkil   etilgan
muzeyning asosiy vazifasi etib belgilandi.
Muzey   hozirgi   kunda   O‘rta   Osiyo   va   O‘zbekiston   xalqlarining   moddiy   va
ma’naviy osori-atiqalarini saqlash hamda o‘rganish bo‘yicha jahondagi eng boy va
yirik   ilmiy   tadqiqot   markazi   hisoblanadi.   Uning   fondlarida   250   mingga   yaqin
tarixiy, san’at va madaniyat yodgorliklariga oid noyob buyumlar saqlanmoqda 1
. 
XX   asrning   boshlarida   muzeyda   to‘plangan   Turkiston   o‘lkasining   moddiy
boyliklari:   arxeologiya,   etnografiya,   numizmatika,   tabiat   tarixi,   zoologiya,
geologiya,   milliy   liboslar,   sharq   qo‘lyozmalari,   qurol-yarog‘lar   kolleksiyalari
ayrim   «olimlar»,   alohida   shaxslar   tomonidan   o‘zlashtirilib,   dunyoning   turli
burchaklariga tashib ketilgani ham kuzatiladi.
Mustabid   sovet   tuzumi   davrida   o‘zbek   xalqining   tarixi,   madaniyati   va
ma’naviyatini   o‘zida   aks   ettirgan   noyob   buyumlar   Vatanimizdan   tashqaridagi
1
 Исмоилова Ж. Х. Илмий ва маърифий маскан // Мозийдан садо. – Тошкент, 2004. – №1. – Б. 2-3. muzeylar, xususan Rossiyadagi muzeylar kolleksiyalarini boyitdi.
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining 1943 yildan boshlab Respublika Fanlar
akademiyasi   tarkibiga   qo‘shilishi   muhim   ahamiyat   kasb   etib,   uning   faoliyatini
butunlay   o‘zgartirib   yubordi.   Muzey   nafaqat   madaniy,   balki   ilmiy   markazlardan
biriga aylanishi uchun asos bo‘ldi.
Muzey   binosi   1970   yilda   Toshkent   markazida   bunyod   etilib,   poytaxtning
eng muhtasham  inshootlaridan hisoblanadi. Ko‘rinishi jahatdan bino nomutanosib
kub shaklida bo‘lib, Sharq me’morchiligida umrboqiylik ramzini anglatadi. Binoda
o‘zbek me’morchiligining an’anaviy va zamonaviy jihatlari o‘z aksini topib, oddiy
geometrik   shakllar,   rang-barang   va   boy   sath,   naqshlari   bilan   mujassamlashib
ketgan.   Muzeyga   kirish   eshigi   qo‘qonlik   mashhur   usta   K.Haydarovning   yog‘och
o‘ymakorligi   san’ati   namunasidir.   Kirish   zali   balandligi   bo‘yicha   3   qavatga
loyihalashtirilgan.
Muzeyning   doimiy   ekspozitsiyasi   2003   yili   yangidan   yaratilib,   u
O‘zbekistonning   eng   qadimgi   davridan   hozirgi   kunigacha   bo‘lgan   tarixini   aks
ettiradi.   Ekspozitsiyaning   umumiy   maydoni   2000   m 2
  ni   tashkil   etib,   unda   12
mingga   yaqin   eksponat   o‘rin   olgan.   Ekspozitsiya   ibtidoiy   jamoa   davri
ko‘rgazmasidan   boshlanadi.   Taqdim   etilgan   eksponatlar   O‘rta   Osiyoda,   xususan
O‘zbekistonda   odamlarning   Seleng‘ur   g‘ori   davridan   yashay   boshlaganini
tasdiqlovchi   toshdan   mehnat   qurollari   ko‘rgazmasidan   boshlanadi.   Teshiktosh
g‘orida   ochilgan   dunyoga   mashhur   neandertal   bola   skeleti   va   uning   qabri,
tevaragiga   qadalgan   arhar   shoxlari,   Zarautsoyda   topilgan   qoyatosh   tasvirlari,   jez
davriga   oid   moddiy   qadriyatlarni   namoyish   etuvchi   Sopollitepa,   Jarqo‘ton,   Chust
va   boshqa   manzillardan   topilgan   ashyo   va   buyumlar   katta   ilmiy   ahamiyatga   ega.
Muzeyda   O‘rta   Osiyodagi   eng   qadimgi   davlat   uyushmalari,   ularning   Eron
ahmoniylari,   Iskandar   boshchiligidagi   yunon-makedon   bosqinchilariga   qarshi
kurashlari,   Yunon-Baqtriya,   Qang‘   va   Kushon   podsholiklari   davri   ham   o‘z
ifodasini topgan. Yurtimizdagi qadimgi Xorazm, Kushon podsholiklari madaniyati
yuksak   rivojini   aks   ettiruvchi   tarixiy   buyum,   dastlabki   yozuvlar   namunalari   ham
ko‘rgazmadan munosib o‘rin olgan. Ilk o‘rta asrlar, arablarning O‘rta Osiyoni istilo qilishi, xalifalikdan keyingi
dastlabki  mahalliy sulolalar  davri, mo‘g‘ullar istilosi, Amir Temur va Temuriylar
davri,   Buxoro,   Xiva,   Qo‘qon   xonliklari   tarixiga   oid   ashyolar   muzey
ko‘rgazmasining   davomini   tashkil   etadi.   Ekspozitsiyada   VI–VII   asrlarga   oid
Fayoztepadan   topilgan   Budda   haykali,   Varaxsha,   Afrosiyobdan   chiqqan   devoriy
tasvirlar   namunalari,   Usmon   «Qur’oni»ning   ko‘chirma   nusxasi,   Oburdon
qishlog‘idan keltirilgan o‘ymakor ustun va boshqalar o‘rin olgan. Qadimgi Yunon-
Baqtriya,   Kushon   podsholiklari,   Ko‘hna   Xorazm,   ilk   o‘rta   asrlarga   oid   Naxshob,
Buxoro,   Choch,   Samarqand   tangalari   ham   ko‘rgazmadan   munosib   o‘rin   olib,
ularda   mahalliy   hukmdorlar   tasviri,   tamg‘alari,   ismi,   unvonlari   zarb   etilgani
diqqatga   sazovordir.   Tohiriylar,   Somoniylar,   Qaraxoniylar,   Chingiziylar,
Temuriylar,   Shayboniylar   va   Ashtarxoniylar,   Buxoro,   Xiva   va   Qo‘qon   xonliklari
tangalari ekspozitsiyaning uzviy davomi bo‘lib, ushbu davr pul muomalasi haqida
zarur ma’lumotlar beradi. Ekspozitsiyada mehnat qurollari, maishiy turmush bilan
bog‘liq   buyumlar   ham   talaygina.   Vatanimizning   o‘rta   asrlardagi   yuksak   fan   va
madaniyatiga   oid   ma’lumotlarni   ko‘rgazmaning   Al-Xorazmiy,   Abu   Rayhon
Beruniy,   Abu   Nasr   Forobiy,   Abu   Ali   ibn   Sino,   Ahmad   Yassaviy,   Bahouddin
Naqshband,   Mirzo   Ulug‘bek,   Alisher   Navoiy,   Zahiriddin   Muhammad   Bobur,
Abulg‘ozi Bahodirxonga bag‘ishlangan bo‘limidan topamiz.
Ekspozitsiyaning   navbatdagi   to‘rtinchi   qavatida   joylashgan   qismida
O‘zbekistonning   rus   mustamlakachiligi   davri   tarixini   namoyish   etadigan
eksponatlardan   boshlanadi.   Ko‘rgazmada   Rossiya   tomonidan   o‘zbek
xonliklarining bosib olinishi, podsho ma’muriyati zulmi, Turkistonning xom ashyo
bazasiga   aylanishi   aks   ettirilgan.   Mustamlakachilik   zulmiga   qarshi   milliy   ozodlik
harakatlari,   qo‘zg‘alonlar   alohida   bo‘limda   namoyish   etilgan.   Ekspozitsiya
davomida   sovetlar   davri   tarixi,   1917–1991   yillarda   O‘zbekiston   taraqqiyotidagi
yutuq   va   kamchiliklar,   ijobiy   va   salbiy   xususiyatlar   eksponatlarda   o‘z   aksini
topgan.
Yangi   ekspozitsiyaning   asosiy   bo‘limini   Mustaqil   O‘zbekiston
Respublikasining   tarixi   egallaydi.   Unda   O‘zbekistonning   mustaqillikni mustahkamlash   yo‘lida   qo‘ygan   ilk   qadamlari,   uning   jahon   davlatlari   tomonidan
e’tirof etilishi, xorijiy davlatlar bilan o‘zaro manfaatdorlik asosidagi aloqalarini aks
ettiruvchi fotosuratlar, hujjatlar o‘rin olgan 2
.
To‘qimachilik,   kashtachilik,   kandakorlik   va   zargarlik   buyumlari
kolleksiyalari o‘zlarining yorqin ranglari, tayyorlanish usullari, naqshlarining rang-
barangligi   bilan   turli   hunarmandchilik   maktablari   yo‘nalishlarini   aks   ettirdilar.
Ularning   namunalari   maxsus   elshunoslikka   oid   ko‘rgazmadan   o‘rin   olgan.   Unda
qo‘li   gul   o‘zbek   ustalarining   asrlar   osha   bizgacha   yetib   kelgan   beqiyos   did   va
mahorat   bilan   ishlagan,   serjilo   va   fusunkor   nozik   amaliy   san’at   namunalari
qo‘yilgan.
2.   O‘zbekiston   tarixi   davlat   muzeyining   takomillashuvi   va   faoliyati.
O‘zbek   xalqining   boy   tarixiy   an’analari,   urf-odatlari   va   hunarmandchiligini
o‘rganishda   muzeydagi   kolleksiyalarni   to‘plash   va   ular   asosida   ilmiy
tadqiqotlarning   uzviy   ravishda   olib   borilishi   tarix   fanining   rivojiga   o‘zining
salmoqli   hissasini   qo‘shdi   deb   aytish   mumkin.   Albatta   bu   borada   yetakchi
muzeyshunoslarning xizmatlarini alohida ta’kidlab o‘tish zarur.
Muzey   ilmiy   xodimlari   tomonidan   1950   yildan   boshlab   «O‘zbekiston
xalqlari   tarixi   muzeyi   ishlari»,   1960   yillardan   boshlab   esa   «O‘zbekiston   tarixiga
oid   materiallar»   nomli   ilmiy   maqolalar   to‘plami   chop   etila   boshlandi.   Ushbu
to‘plamlardagi   maqolalarda   o‘zbek   xalqining   tarixi,   madaniyati,   muzeyshunoslik
va uning muammolari o‘z aksini topdi 3
. 
Muzeydagi   arxeologiya   fondida   qazishmalar   paytida   turli   yodgorliklardan
topilgan   devoriy   tasvirlar,   uy-ro‘zg‘or   buyumlari,   mehnat   qurollari,   qadimiy
yozuvlar   tasvirlangan   ashyolar   va   boshqa   jihozlar   saqlanadi.   Bu   ashyolar
xalqimizning   qadimiy   tarixini   yoritishda   katta   ahamiyatga   egadir.   Arxeolog
olimlar,   jumladan   L.A.Albaumning   1950–1980   yillardagi   ekspeditsiyalari
natijasida   Varaxsha,   Afrosiyob,   Bolaliktepa,   Fayoztepa   yodgorliklari   ochildi.
Ulardan   topilgan   osori-atiqalar   ilk   o‘rta   asrlardagi   xalqimiz   madaniyati,   san’ati
haqida  hikoya  qiladi.  Ayniqsa,  Fayoztepadan  (Surxondaryo)   topilgan  buddaviylik
2
 Бекмуродов М.Б. Рашидова М.Х. Музейшунослик. Тошкент: Ворис-Али, 2006. –  Б. 52. 
3
 Исмоилова Ж. Х. Илмий ва маърифий маскан // Мозийдан садо. – Тошкент, 2004. – №1. – Б. 2-3. ibodatxona kompleksi va Budda haykali, buddizmning O‘rta Osiyoda qaror topishi
va   rivojlanishini   tadqiq   etishda   muhim   manba   bo‘lib   xizmat   qildi.   Haykalda
muqaddas   Badxi   daraxti   tagida   o‘tirgan   Budda,   ikki   tomonida   turgan   rohiblar
tasvirlangan.   L.I.Albaum   uni   «Fayoztepa   uchligi»   deb   atashni   taklif   etgan   edi.
Ushbu   «uchlik»,   ya’ni   uch   kishining   haykalidan   iborat   nodir   yodgorlik   dunyo
miqyosida keng tanildi 4
.
Arxeologik   yodgorliklarda   olib   borilgan   ilmiy   tadqiqotlar   natijasi   sifatida
«Afrosiyob»   va   «Bolaliktepa»   kabi   monografiyalar,   turli   muammolarga   oid  qator
risola,   ilmiy   maqolalar   nashr   qilinganini   muzey   olimlarining   ijodiy   yutuqlari   deb
atash mumkin.
Muzey zaxiralarida numizmatika 5
ga oid noyob kolleksiyalar mavjud bo‘lib,
ular   O‘zbekiston   tarixini   o‘rganishda   muhim   ashyoviy   dalil-manba   sifatida   katta
ahamiyatga egadir. Ular orasida eng qadimgi davrlardan hozirga qadar zarb etilgan
oltin, kumush, mis tangalar, pullar, oltin va kumush medallar, hukmdorlar muhrlari
to‘plangan.   Mavjud   to‘plamlarning   ilmiy   tahlili   sifatida   S.Eshonxonovning
«Numizmatika   kolleksiyalari»,   A.Xairovning   «O‘zbekiston   xalqlari   tarixi
muzeyidagi   muhr   va   shtamplar   kolleksiyasi»,   V.M.Massonning   «Muzeydagi
qadimgi so‘g‘d tangalari», G.A.Pugachenkovaning «Muzey kolleksiyasidagi uchta
Ahmoniylar   tamg‘asi»,   S.Eshonxonovning   «Qo‘qon   tangalari   katalogi»,
G‘.Olimovning   «Somoniylar   va   Qoraxoniylar   davri   tangalari   haqida»,
I.To‘xtaevning   «Sharqiy   Turkiston   tangalari»,   A.Musakaevaning   «G‘arbiy
So‘g‘ddagi   pul   muomalasi   (mil.   av.   IV   –   m.   IV   asr)»   kabi   ilmiy   asarlari   O‘rta
Osiyoda ilk tangalarning zarb qilinishidan boshlab, pul muomalasining rivojlanishi
hamda   uning   tarixiy   taraqqiyotidagi   o‘rnini   belgilashda   muhim   manba   bo‘lib
xizmat qildi.
Muzeyning   etnografik   fondida   esa   nihoyatda   qimmatli   va   noyob   buyumlar
to‘plangan   bo‘lib,   Markaziy   Osiyo   xalqlarining   uy-jihozlari,   kiyim-kechaklari,
zargarlik buyumlari, xalq hunarmandchiligining barcha sohalariga oid ish qurollari
va   mahsulotlar   namunalari   har   bir   etnografik   hududning   o‘ziga   xos   xususiyatlari
4
 Левтеева Л. «Триада» из Фаязтепе // Вечерний Ташкент ,  9 октября 2002  год а .
5
  Нумизматика Узбекистана / Отв. Ред. Акад. Э.В. Ртвеладзе. Ташкент: Фан, 1990. – 212 с. bilan ajralib turadi. Ulardan 10 mingdan ortig‘i o‘zbek xalqining ijtimoiy hayotiga
oid   bo‘lsa,   6   mingi   qardosh   qoraqalpoq,   turkman,   qirg‘iz,   qozoq,   tojik   va
O‘zbekiston   hududida   yashovchi   boshqa   xalqlarga   taalluqlidir.   Bu   eksponatlarni
to‘plash   va   ilmiy   taomilga   kiritishda   T.Mirg‘iyosov,   Sh.Inog‘omov,   G‘.Olimov,
M.Sultonov,   G.Temirgaliev,   T.Abdullaev,   K.Tursunaliev   va   S.Hasanovlarning
xizmatlari katta bo‘lgan. 
Muzey   olimlari   o‘nlab   yillar   davomida   dastlab   O‘rta   Osiyoning,   so‘ng
O‘zbekistonning   turli   viloyatlarida   bo‘lib,   etnografik   ekpeditsiyalar   davomida
Surxondaryo,   Qashqadaryo,   Farg‘ona,   Buxoro   aholisining   turmush   tarzi,   xo‘jalik
faoliyati, moddiy va ma’naviy madaniyati, urf-odatlari, marosimlarining o‘ziga xos
tomonlarini   o‘rganib   keldilar.   Etnografik   ekspeditsiya   muzey   tomonidan   tashkil
etilgani   bois   to‘plangan   buyumlar-ashyolar   uning   fondlarini   to‘ldirgan.   Bu
ekspeditsiyalarda   o‘z   davrining   yetuk   elshunoslaridan   V.G.Mashkova,
A.S.Morozova,   M.S.Andreev,   M.A.Bikjanova,   Sh.Inog‘omov,   A.K.Borovikov,
J.Fayziev,   M.Sultonov   va   boshqalar   faol   ishtirok   etganlar.   Ularning   sa’y-
harakatlari bilan O‘zbekistonning amaliy san’ati namunalari bo‘lmish gilamdo‘zlik
va kashtachilik ma’lum darajada o‘rganilib tahlil etilgan.
Bugungi kunda muzeyda O‘zbekistonning zamonaviy bosqichdagi ijtimoiy-
iqtisodiy   va   siyosiy   hayotidagi   taraqqiyotining   umumiy   qonuniyatlari   va   o‘ziga
xosligi, muzey ishi tarixiga oid katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Muzey
nafaqat   O‘rta   Osiyodagi,   balki   dunyodagi   moddiy   va   ma’naviy   madaniyat   osori-
atiqalari   saqlanadigan   eng   yirik   muassasalardan   biri   sifatida   ularni   tadqiq   etish,
sistemalashtirish   (tizimga   solish),   ilmiy   kataloglashtirish,   namoyish   etishga
tayyorlash   bo‘yicha   ham   keng   faoliyat   ko‘rsatmoqda.   Muzey   boy   arxeologik,
numizmatik,   etnografik   buyumlardan   tashqari,   uning   ilmiy   kutubxonasida   o‘rta
asrlarga oid qo‘lyozmalar, XIX asrga mansub noyob nashrlar, yangi va eng yangi
tarixga oid hujjatlar arxiviga ham egadir. Davlat e’tibori, olim va muzeyshunoslar
sa’y-harakati   natijasida   bu   dargoh   muzey   sohasidagi   eng   zamonaviy   talablarga
javob beradigan ilmiy-ma’rifiy maskanga aylandi.
Muzey   jamoasi   96   kishidan   iborat   bo‘lib,   ulardan   23   kishi   ilmiy   xodim   va shu   jumladan   3   nafar   fan   doktori,   8   nafar   fan   nomzodi   yuqorida   sanab   o‘tilgan
manba, qo‘lyozmalar ustida ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanmoqda.
Mustaqillik   yillarida   muzeyning   xalqaro   aloqalari   ham   kengaydi.   Xususan,
2003  yilning   aprel   oyida  AQShning   Nyu-York   shahrida   «Gilamlar   tarixi   san’ati»
mavzusidagi   ko‘rgazmada   muzey   o‘z   eksponatlari   bilan   qatnashdi.   O‘sha   yilning
may–avgust   oylarida   Nyu-Yorkning   Metropoliten   muzeyida   O‘zbekiston   tarixi
davlat   muzeyining   noyob   eksponati   ikki   boshli   ilon   toshtumor   «Ilk   shaharlar
san’ati» ko‘rgazmasida namoyish etildi. 
2003   yilning   to‘qqiz   oyi   davomida   muzeyda   qator   ko‘rgazmalar   tashkil
etildi. «O‘zbek hunarmandchiligi» (XIX–XX asrlarda) ko‘rgazmasi mart oyida ish
boshlasa,   iyun   oyida   «Xiva   hunarmandchiligi»   (XIX–XX   asrlarda)   nomli
ko‘rgazma ochildi. Avgust oyining oxiridan yana bir ko‘rgazma «Qoratepa – O‘rta
Osiyodagi buddizm markazi» ish boshladi 6
. Hisobot yilining qolgan oylari va 2004
yil   davomida:   «Xitoy   san’ati   va   madaniyati»,   «Xorazm   zargarlik   san’ati»,
«Dunganlarning   turmush   tarzi   va   madaniyati»,   «Amir   Temur   –   Klavixo   –
Samarqand» (Amir Temur va Temuriylar tarixi davlat muzeyi bilan hamkorlikda)
ko‘rgazmalar tashkil qilindi 7
. 
Muzey   ilmiy   xodimlari   tomonidan   keyingi   yillarda   nashr   qilingan
«Temuriylar sulolasi tangalari» (1996 y.), «Katalog metallicheskix i keramicheskix
izdeliy   Uzbekistana   XIII–XIX   v.v.»   (2000   y.),   N.Sodiqovaning   «O‘zbek   milliy
kiyimlari»   (2002   y.),   J.Ismoilovaning   «Farg‘onada   milliy   ozodlik   kurashlari»
(2003 y.), «Toshkentning yangi shahar tarixi» (2004 y.), «O‘zbek milliy liboslari»
(2005,   2006   yy.),   «O‘zbekiston   do‘ppilari»   (2006   y.)   kabi   monografiyalari
O‘zbekistonda   tarix   fanining   rivojlanishiga   salmoqli   hissa   bo‘lib   qo‘shildi   deyish
mumkin. 
O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   O‘zbekiston   tarixi   muzeyida
2006   yili   jahon   madaniy   hayotida   muhim   o‘rin   tutgan   Ma’mun   akademiyasining
1000   yilligi   va   Qarshi   shahrining   2700   yilligiga   bag‘ishlangan   yubiley
6
 Левтеева Л. Юбилейн ы е в ы ставки в музее истории Узбекистана // Мозийдан садо. – Ташкент, 2006. – № 2.
– С. 35-37.
7
 Темурийлар тарихи давлат музейи фаолиятининг 2003 йилги ҳисоботи / Темурийлар тарихи давлат музейи
жорий архиви. ko‘rgazmalari   tashkil   qilindi.   Ularda   ushbu   voqealarga   oid   eksponat,   fotosuratlar
namoyish qilindi.
Respublika   miqyosida   muzeyda   reja   bo‘yicha   va   unga   qo‘shimcha   qator
ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. O‘zR FA tarix instituti bilan hamkorlikda 2006 yil 19
aprelda akademik Yahyo G‘ulomov nomidagi «O‘zbek xalqi va uning davlatchilik
tarixi» Respublika an’anaviy ilmiy seminarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy   anjumanda   taniqli   tarixchi   olimlarning   ma’ruzalari   tinglandi.   Dolzarb
muammolarga   bag‘ishlangan   ma’ruzalar  anjumanda   ishtirok  etgan   olima,   tarixchi
mutaxassis,   talaba,   o‘quvchilarning   Vatan   tarixini   o‘rganishda   yangicha
yondashuvchilar haqida yangi ma’lumotlar olishiga, o‘zlarining nazariy bilimlarini
amaliy jihatdan mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi.
Muzey   fondidagi   noyob   eksponatlar   Germaniya,   AQSh,   Malayziya,
Yaponiya va boshqa xorijiy mamlakatlarda o‘z ko‘rgazmasi bilan qatnashib, jahon
jamoatchiligi   diqqatini   o‘ziga   tortib   kelmoqda.   Muzeyning   arxeologik   va
etnografik   eksponatlari   Yaponiyaning   bir   qator   muzeylarida   «Buyuk   ipak   yo‘li»
nomli ko‘rgazmada namoyish qilindi. Muzeyni ko‘rishga kelgan xorijiy sayyohlar
soni 2006 yili 1700 kishidan ortiqroq bo‘ldi.
Amalga   oshirilgan   tadqiqot   jarayonida   O‘zbekiston   tarixi   davlat   muzeyi
o‘zining   130   yillik   faoliyati   davomida   O‘rta   Osiyo   xalqlari   moddiy   va   ma’naviy
madaniyati   osori-atiqalari   saqlanadigan   yirik   maskanga   aylanganligi   kuzatildi.   U
doimo yuksalishda bo‘lsa-da, faoliyatini uch davrga bo‘lish mumkin: shakllanishi
(1876–1917),   sovetlar   davridagi   faoliyati   (1917–1991)   hamda   mustaqillik
davridagi yuksalishi (1991–2007). 
O‘zbekiston   tarixi   davlat   muzeyining   faoliyati   davomida   ko‘p   o‘zgarishlar
ro‘y   berdi.   1876–1917   yillar   davomida   muzeyda   asosan   to‘plovchilik   faoliyati
yo‘lga qo‘yildi. Muzey eksponatlari tartibga solinib, ro‘yxati tuzildi. Numizmatika,
arxeologiya,   etnografiyaga   oid   eksponatlarning   katalogi   tuzildi.   Bu   muzeyning
faoliyati Turkistonning boshqa hududlarida ham muzeylar tashkil qilinishiga turtki
berdi.
1917   yillardan   esa   mazkur   muzey   nafaqat   O‘zbekiston,   balki   butun   O‘rta Osiyo   hududida   eng   yirik   hisoblangan   ilmiy-tekshirish   va   madaniy-ma’rifiy
muassasaga aylana boshladi. Bu davrda ekspozitsiya tuzish uslublari takomillashdi,
ekspeditsiyalar uyushtirilib, muzey fondlari boyitildi, hujjatlashtirish ishlari yaxshi
yo‘lga   qo‘yildi,   ilmiy   tadqiqot   ishlariga   ham   e’tibor   qaratildi.   Muzey   o‘sha
davrlarda   Respublika   yetakchi   muzeyi   bo‘lib,   viloyat,   shahar,   tuman   muzeylari
uchun yo‘riqnomalar, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar chiqarib turgan. Biroq, ta’kidlash
lozimki,   mazkur   muzey   ham   ko‘p   boshqa   muassasalar   qatorida   sovet   tuzumi
davrida shakllangan g‘oya va qadriyatlarni targ‘ib etuvchi markazga aylangan edi.
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining takomillashuvi va yangi ilmiy konsepsiyasi xususiyatlarini 
tadqiq va tahlil etib, shunday xulosaga kelindi:
- O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, muzey faoliyatiga nisbatan yangicha munosabat 
shakllandi. 1992 yili davlat muzeyi maqomi berilib, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi deb atalishi
uning tarixida yangi davr boshlanganidan darak beradi; 
- Muzey ilmiy xodimlari, yetakchi olimlar, san’at va madaniyat arboblarining mehnati samarasi 
natijasida muzeyning yangi ilmiy konsepsiyasi ishlab chiqildi; 
- Ekspozitsiyalar tubdan o‘zgartirilib, tarixan aniq, ishonchli-hujjatli va badiiy-ifodali qilib 
tuzildi; 
-  Muzeyda O‘zbekistonning eng qadimgi davridan hozirgi kungacha bo‘lgan tarixini aks 
ettiruvchi doimiy ekspozitsiya yaratilib, muzey o‘zbek xalqining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan
hissasini namoyish etadigan ilmiy maskanga aylandi; 
-  O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining takomillashuvi va yangi ilmiy konsepsiyasining 
xususiyatlari, eksponatlarga boyligi, ularni eng zamonaviy talablar darajasida namoyish etishi 
bilan jahonning eng mashhur muzeylari bilan bir qatorga qo‘yish mumkin.
1876  yildan to bugungi kungacha faoliyat ko‘rsatib kelayotgan O‘zbekiston tarixi davlat 
muzeyining taraqqiyot bosqichlarini tadqiq qilish bilan bir qatorda, mustaqillik davrida yangi 
tashkil etilgan muzeyning faoliyatini o‘rganish joiz deb topildi. Keyingi qismda Temuriylar 
tarixi davlat muzeyi mustaqillik bunyodkorligi timsoli sifatida o‘rganiladi.
  Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Bekmurodov M.B. Rashidova M.X. Muzeyshunoslik. Toshkent: Voris-Ali, 
2006.
2. Ismoilova J. X. Ilmiy va ma’rifiy maskan // Moziydan sado. – Toshkent, 2004. –
№1
3.Levteeva L. Yubileynыe vыstavki v muzee istorii Uzbekistana // Moziydan sado.
– Tashkent, 2006. – № 2.
4.Levteeva L. «Triada» iz Fayaztepe // Vecherniy Tashkent ,  9 oktyabrya 2002  
god a .
5.Numizmatika Uzbekistana / Otv. Red. Akad. E.V. Rtveladze. Tashkent: Fan, 
1990.

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining takomillashuvi va yangi ilmiy konsepsiyasi xususiyatlari Reja: 1. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining yangi ilmiy konsepsiyasi. 2. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining takomillashuvi va faoliyati.

1. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining yangi ilmiy konsepsiyasi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, muzeylar faoliyatida ham ulkan o‘zgarishlar ro‘y bergani yuqorida aytildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 21 apreldagi 203-sonli qaroriga muvofiq, sobiq Xalqlar do‘stligi, Antikvariat, Lenin muzeylari O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyiga qo‘shib yuborilib, ular asosida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi tashkil etildi hamda u sobiq Lenin muzeyi binosiga joylashtirildi. Aytish mumkinki, o‘zbek xalqi tarixi, o‘tmishi, madaniyati va qadriyatlariga e’tibor berish mustaqil O‘zbekistonning davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Chunki tarixiy xotira va o‘tmish bilan bog‘liq qadriyatlar xalqning o‘zligini anglashda muhim vositadir. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi endilikda o‘zining qariyb 130 yillik faoliyati davomida ilk marotaba o‘zbek xalqining tarixini xolisona ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mustabid sovet tuzumi davrida taqiqlangan mavzular: o‘zbek xalqining davlatchilik tarixi, buyuk mutafakkirlar, Amir Temur va temuriylar davri, qatag‘on yillari, «Paxta ishi», O‘sh, Bo‘ka Farg‘ona fojealari kabi tariximizning eng muhim sahifalarini xolisona yoritish qayta tashkil etilgan muzeyning asosiy vazifasi etib belgilandi. Muzey hozirgi kunda O‘rta Osiyo va O‘zbekiston xalqlarining moddiy va ma’naviy osori-atiqalarini saqlash hamda o‘rganish bo‘yicha jahondagi eng boy va yirik ilmiy tadqiqot markazi hisoblanadi. Uning fondlarida 250 mingga yaqin tarixiy, san’at va madaniyat yodgorliklariga oid noyob buyumlar saqlanmoqda 1 . XX asrning boshlarida muzeyda to‘plangan Turkiston o‘lkasining moddiy boyliklari: arxeologiya, etnografiya, numizmatika, tabiat tarixi, zoologiya, geologiya, milliy liboslar, sharq qo‘lyozmalari, qurol-yarog‘lar kolleksiyalari ayrim «olimlar», alohida shaxslar tomonidan o‘zlashtirilib, dunyoning turli burchaklariga tashib ketilgani ham kuzatiladi. Mustabid sovet tuzumi davrida o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati va ma’naviyatini o‘zida aks ettirgan noyob buyumlar Vatanimizdan tashqaridagi 1 Исмоилова Ж. Х. Илмий ва маърифий маскан // Мозийдан садо. – Тошкент, 2004. – №1. – Б. 2-3.

muzeylar, xususan Rossiyadagi muzeylar kolleksiyalarini boyitdi. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining 1943 yildan boshlab Respublika Fanlar akademiyasi tarkibiga qo‘shilishi muhim ahamiyat kasb etib, uning faoliyatini butunlay o‘zgartirib yubordi. Muzey nafaqat madaniy, balki ilmiy markazlardan biriga aylanishi uchun asos bo‘ldi. Muzey binosi 1970 yilda Toshkent markazida bunyod etilib, poytaxtning eng muhtasham inshootlaridan hisoblanadi. Ko‘rinishi jahatdan bino nomutanosib kub shaklida bo‘lib, Sharq me’morchiligida umrboqiylik ramzini anglatadi. Binoda o‘zbek me’morchiligining an’anaviy va zamonaviy jihatlari o‘z aksini topib, oddiy geometrik shakllar, rang-barang va boy sath, naqshlari bilan mujassamlashib ketgan. Muzeyga kirish eshigi qo‘qonlik mashhur usta K.Haydarovning yog‘och o‘ymakorligi san’ati namunasidir. Kirish zali balandligi bo‘yicha 3 qavatga loyihalashtirilgan. Muzeyning doimiy ekspozitsiyasi 2003 yili yangidan yaratilib, u O‘zbekistonning eng qadimgi davridan hozirgi kunigacha bo‘lgan tarixini aks ettiradi. Ekspozitsiyaning umumiy maydoni 2000 m 2 ni tashkil etib, unda 12 mingga yaqin eksponat o‘rin olgan. Ekspozitsiya ibtidoiy jamoa davri ko‘rgazmasidan boshlanadi. Taqdim etilgan eksponatlar O‘rta Osiyoda, xususan O‘zbekistonda odamlarning Seleng‘ur g‘ori davridan yashay boshlaganini tasdiqlovchi toshdan mehnat qurollari ko‘rgazmasidan boshlanadi. Teshiktosh g‘orida ochilgan dunyoga mashhur neandertal bola skeleti va uning qabri, tevaragiga qadalgan arhar shoxlari, Zarautsoyda topilgan qoyatosh tasvirlari, jez davriga oid moddiy qadriyatlarni namoyish etuvchi Sopollitepa, Jarqo‘ton, Chust va boshqa manzillardan topilgan ashyo va buyumlar katta ilmiy ahamiyatga ega. Muzeyda O‘rta Osiyodagi eng qadimgi davlat uyushmalari, ularning Eron ahmoniylari, Iskandar boshchiligidagi yunon-makedon bosqinchilariga qarshi kurashlari, Yunon-Baqtriya, Qang‘ va Kushon podsholiklari davri ham o‘z ifodasini topgan. Yurtimizdagi qadimgi Xorazm, Kushon podsholiklari madaniyati yuksak rivojini aks ettiruvchi tarixiy buyum, dastlabki yozuvlar namunalari ham ko‘rgazmadan munosib o‘rin olgan.

Ilk o‘rta asrlar, arablarning O‘rta Osiyoni istilo qilishi, xalifalikdan keyingi dastlabki mahalliy sulolalar davri, mo‘g‘ullar istilosi, Amir Temur va Temuriylar davri, Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonliklari tarixiga oid ashyolar muzey ko‘rgazmasining davomini tashkil etadi. Ekspozitsiyada VI–VII asrlarga oid Fayoztepadan topilgan Budda haykali, Varaxsha, Afrosiyobdan chiqqan devoriy tasvirlar namunalari, Usmon «Qur’oni»ning ko‘chirma nusxasi, Oburdon qishlog‘idan keltirilgan o‘ymakor ustun va boshqalar o‘rin olgan. Qadimgi Yunon- Baqtriya, Kushon podsholiklari, Ko‘hna Xorazm, ilk o‘rta asrlarga oid Naxshob, Buxoro, Choch, Samarqand tangalari ham ko‘rgazmadan munosib o‘rin olib, ularda mahalliy hukmdorlar tasviri, tamg‘alari, ismi, unvonlari zarb etilgani diqqatga sazovordir. Tohiriylar, Somoniylar, Qaraxoniylar, Chingiziylar, Temuriylar, Shayboniylar va Ashtarxoniylar, Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklari tangalari ekspozitsiyaning uzviy davomi bo‘lib, ushbu davr pul muomalasi haqida zarur ma’lumotlar beradi. Ekspozitsiyada mehnat qurollari, maishiy turmush bilan bog‘liq buyumlar ham talaygina. Vatanimizning o‘rta asrlardagi yuksak fan va madaniyatiga oid ma’lumotlarni ko‘rgazmaning Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abulg‘ozi Bahodirxonga bag‘ishlangan bo‘limidan topamiz. Ekspozitsiyaning navbatdagi to‘rtinchi qavatida joylashgan qismida O‘zbekistonning rus mustamlakachiligi davri tarixini namoyish etadigan eksponatlardan boshlanadi. Ko‘rgazmada Rossiya tomonidan o‘zbek xonliklarining bosib olinishi, podsho ma’muriyati zulmi, Turkistonning xom ashyo bazasiga aylanishi aks ettirilgan. Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakatlari, qo‘zg‘alonlar alohida bo‘limda namoyish etilgan. Ekspozitsiya davomida sovetlar davri tarixi, 1917–1991 yillarda O‘zbekiston taraqqiyotidagi yutuq va kamchiliklar, ijobiy va salbiy xususiyatlar eksponatlarda o‘z aksini topgan. Yangi ekspozitsiyaning asosiy bo‘limini Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tarixi egallaydi. Unda O‘zbekistonning mustaqillikni

mustahkamlash yo‘lida qo‘ygan ilk qadamlari, uning jahon davlatlari tomonidan e’tirof etilishi, xorijiy davlatlar bilan o‘zaro manfaatdorlik asosidagi aloqalarini aks ettiruvchi fotosuratlar, hujjatlar o‘rin olgan 2 . To‘qimachilik, kashtachilik, kandakorlik va zargarlik buyumlari kolleksiyalari o‘zlarining yorqin ranglari, tayyorlanish usullari, naqshlarining rang- barangligi bilan turli hunarmandchilik maktablari yo‘nalishlarini aks ettirdilar. Ularning namunalari maxsus elshunoslikka oid ko‘rgazmadan o‘rin olgan. Unda qo‘li gul o‘zbek ustalarining asrlar osha bizgacha yetib kelgan beqiyos did va mahorat bilan ishlagan, serjilo va fusunkor nozik amaliy san’at namunalari qo‘yilgan. 2. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining takomillashuvi va faoliyati. O‘zbek xalqining boy tarixiy an’analari, urf-odatlari va hunarmandchiligini o‘rganishda muzeydagi kolleksiyalarni to‘plash va ular asosida ilmiy tadqiqotlarning uzviy ravishda olib borilishi tarix fanining rivojiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shdi deb aytish mumkin. Albatta bu borada yetakchi muzeyshunoslarning xizmatlarini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Muzey ilmiy xodimlari tomonidan 1950 yildan boshlab «O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi ishlari», 1960 yillardan boshlab esa «O‘zbekiston tarixiga oid materiallar» nomli ilmiy maqolalar to‘plami chop etila boshlandi. Ushbu to‘plamlardagi maqolalarda o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati, muzeyshunoslik va uning muammolari o‘z aksini topdi 3 . Muzeydagi arxeologiya fondida qazishmalar paytida turli yodgorliklardan topilgan devoriy tasvirlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, mehnat qurollari, qadimiy yozuvlar tasvirlangan ashyolar va boshqa jihozlar saqlanadi. Bu ashyolar xalqimizning qadimiy tarixini yoritishda katta ahamiyatga egadir. Arxeolog olimlar, jumladan L.A.Albaumning 1950–1980 yillardagi ekspeditsiyalari natijasida Varaxsha, Afrosiyob, Bolaliktepa, Fayoztepa yodgorliklari ochildi. Ulardan topilgan osori-atiqalar ilk o‘rta asrlardagi xalqimiz madaniyati, san’ati haqida hikoya qiladi. Ayniqsa, Fayoztepadan (Surxondaryo) topilgan buddaviylik 2 Бекмуродов М.Б. Рашидова М.Х. Музейшунослик. Тошкент: Ворис-Али, 2006. – Б. 52. 3 Исмоилова Ж. Х. Илмий ва маърифий маскан // Мозийдан садо. – Тошкент, 2004. – №1. – Б. 2-3.