logo

Yangi nasr va uning poetik xususiyatlari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

32.2119140625 KB
Yangi nasr va uning poetik xususiyatlari. 
Reja:
1. Yangi nasr va uning poetikasi
2. Ilk  mustamlakatchilik davri adabiy muhiti.
3. Satira va yumorning vujudga kelishi.
4. Ilk  mustamlakatchilik davri adabiyoti  namoyondalari.
  XIX   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlab   CHor   Rossiyasi   O’rta   Osiyoni
istilo   qilish   harakatiga   tushdi.   O’rta   Osiyo   o’sha   paytda   uch   xonlikdan   –
Buxoro,   Xiva   va   Qo’qon   xonliklaridan   tashkil   topgan   edi.   Ana   shu
yo’nalishlar bo’yicha CHor askarlari o’z harakatlarini boshladilar. Dastlabki
harakatlar   Yoyiq   va   Ural   kazaklarining   Xivaga   qilgan   hujumlari   bo’lib,
asosan ular qaroqchilikdan iborat bo’lgan. Ruslarning birinchi Xivaga yurishi
1717   yili   Petr   I   hukmronligi   davrida   Bikovich-CHerkasskiy   tomonidan
uyushtirildi. Bunga Xiva xoni SHohniyozning Petr I ga elchi jo’natishi va o’z
fuqarolariga   kuchi   yetmay   qolganligi,   rus   podshosi   himoyasiga   muhtojligi
ifodalangan xatni yo’llashi bilan boshlanadi. 1714 yilda esa Xo’ja Nafas ismli
bir   turkman   Xivadan   Petr   I   oldiga   kelib   Amudaryoning   quyi   oqimidagi
yerlarda   oltin   qum   zarralari   borligini   ma’lum   qiladi.   Knyaz     Bikovich-
CHerkasskiy Kaspiy dengizi  yoqalarini o’rganish va ekspeditsiya bahonasida
uch   yil   holatni   o’rganadi.   Ammo   SHohniyoz   vafot   etib,   Xiva   shahri   taxtiga
o’tirgan   SHerg’ozixonning   ruslarga   munosabati   boshqacha   bo’lib,   u
boshqacha   siyosat   yurgizadi.   Bikovich-CHerkasskiy   4000   qo’shin   bilan
Xivaga   ekspeditsiya   bahonasida   yurish   qiladi.   SHerg’ozixon   ularni   qabul
qilish   qiyinligini   aytib,   turli   shaharlarga   bo’lib   yuborib,   tor-mor   etadi.
Knyazning   o’zi   zindonga   tashlanib,   boshi   olinadi.   4000   qo’shindan   40
kishigina   omon   qoladi.   Xivaliklar   ularni   uzoq   ushlab   turgach,   katta   tovon
evaziga ozod etadilar.
1839   yilda   general   Perovskiy   boshchiligidagi   “ekspeditsiya”
Orenburgdan   5   ming   kishilik   otryad,   22   dala   to’pi,   10000   tuya   bilan   yo’lga
chiqadi.   Ammo   qishning   sovuq   kelishi,   sovuqning   32   darajaga   yetishi
qo’shinlarni   nobud   qiladi.   Qo’shindan     2   ming   kishigina   omon   qoladi.   Bu
Xivaga  qilingan  beshinchi  yurish  edi.  General  fon  Kaufman  boshchiligidagi
oltinchi yurishning dahshatini Mak-Goxan (Yanuari Alauz) (1844-1877)ning
“O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” maqolasida batafsil bayon qilingan.   Mak-Goxan   amerikalik   jurnalist   bo’lib,   “Nь yu -York   Joralьd”
gazetasining   muxbiri   sifatida   Xiva   yurishida   ishtirok   etgan.   Bu   yurishda
general   CHaykovskiy   ham   qatnashgan.   Unda   turkmanlarning   yovmut
qabilasining   qirilishi   tasvirlangan:   “Bir-biriga   zich   qo’yilgan   aravalar
o’rtasida   qonga   belangan,   qilich   bilan   boshi   yoki   yuzi   chopilgan   o’liklar
qalashib yotardi. Ularga qarashning o’zi dahshatli edi. Ammo aravalar ostiga
yashirinib   olgan   va   tilsiz-zabonsiz   maxluq   kabi   ayollarning   qiyofalari
o’liklardan   ko’ra   ayanchliroq   ko’rinardi.   Ular   o’lib   yotgan   erlari,
sevishganlari yoki og’a-inilarining murdasi orasiga kirib olishganicha dahshat
ichra   g’oliblarintiqomini   kutishardi...   O’z   qoniga   belanib   yotgan   uchta
yovmut   jasadi   yonida   to’rt   yashardan   olti   yashargacha   bo’lgan   olti   bola
turganini   ko’rdim.   Kattasi   –   miqti,   kelishgani   ukalariga   g’amxo’rlik
ko’rsatardi. U sochilgan paxta, eski gilamlar va to’zg’ib yotgan choponlarni –
ma’mur   ro’zg’ordan   yodgor   qolgan   ayanch   latta-puttalarni   yig’ib   kelib,   joy
hozirlardi.   Men   yaqinlashar   ekanman,   bola   loaqal   boshini   ko’tarib   nazar
solgani   ham   yo’q,   indamay   ishini   qilaverdi.   Uning   bolalarcha   beg’ubor
qalbida menga nisbatan g’azab va nafrat jo’sh urib turganini aniq his etdim.
Bu bola yuragidagi intiqom hissi qanchalik kuchli ekanini yana 20 yillardan
keyin qaysidir bir kofir o’z boshida sinab ko’rishiga shubhalanmayman”.
Rus   hukumati   1867   yilda   Turkiston   general   –   gubernatorligini   tashkil
etib,   K.P.Kaufman   (1867-1882)   birinchi   gubernator   qilib   tayinlandi.   U
bosqinchilik   va   talonchilik   harakatlarini   davom   ettirib,   Buxoro,   Xiva   va
qo’qon   xonliklarini   bosib   oldi.   Quyidagi   Turkistonga   tayinlangan
gubernatorlar qattiqqo’llikdan bir-biridan qolishmas edi:
K.P.Kaufman (1867-1882)
M.G.CHernyaev (1882-1884)
N.O.Rozenbax (1884-1888)
A.B.Vrevskiy (1889-1898) S.M.Duxovskiy (1898-1901)
N.A.Ivanov (1901-1904)
N.A.Tevyanov (1904-1905)
D.I.Subbotich (1905-1906)
N.I.Gredekov (1907-1908)
P.I.Mishenko (1909)
A.I.Samsonov (1909-1913)
A.N.Kurapatkin (1916-1917)
Bulardan   tashqari   1914-1916   yillarda   Flug,   Martson,   Yerofeevlar
vaqtincha gubernator bo’lganlar.
CHor   mustamlakasiga   qarshi   o’lkada   qator   qo’zg’olonlar   bo’lib   o’tdi.
Oloy   malikasi     Qurbonjon   dodhoh     (O’sh   shahrining   Modi   qishlog’ida
cho’pon   Mamat   xonadonida   1811   yilda   tug’ilgan)   bo’lib,   u   kenja   beshinchi
o’g’il   Qamchibek   Fon   Kaufman   tomonidan   asir   olinib,   dorga   tortilganda,
uning   oldiga   otda   keladi   va   “SHahid   ketmoq   biz   uchun   ota   meros,   bergan
sutimga   roziman”   deydi-yu,   mag’rur   yurib   ketadi.   Qurboshjon   Yettisuvdan
Xitoy   chegarasigacha   bo’lgan   joylarga   hukmronlik   qiladi.   Buxoro   amiri
Muzaffar   unga   general   unvoni   yorlig’ini   topshiradi.   Xudoyorxon   Oloy
vodiysiga Qurbonjon dodhohni hokim etib tayinlaydi.
1873   yilda   Qo’qonda   Po’latxon   deb   nom   olgan   Isoq   Hasan   o’g’li
qo’zg’olon   ko’taradi.   Qurbonxon   unga   madad   beradi.   1876   yil   19   fevralda
Po’latxon   asir   olinadi.   U   Fon   Kaufman   buyrug’i   bian   26   fevralda
Marg’ilonda     dorga   osib   o’ldiriladi.   Ammo   Qurbonjon   va   uning   o’g’illari
chor   askarlariga     taslim   bo’lmaydilar.   Qurbonjon   Qashqarga   va   undan
Afg’onistonga   o’tib   ketadi.   Skobelev   Oloy   malikasi   bilan   sulh   tuzish
harakatiga tushadi. Natijada u Qurbonjonning barcha talablarini bajaradi, asir
olingan qo’zg’olonchilarning barchasini ozod etadi. Sulhdan so’ng Skobelev
Qurbonjonga zarbof to’n yopadi. Turkiston general-gubernatori uni shaharda ot   mingan   holda,   otdan   tushmasdan   Duxovskiyni   qarshi   oladi.   1901   yili
general   Kurapatkin   (harbiy   vazir)   O’sh   shahrida   podshoh   Nikolay   II   ning
rafiqasi Mariya nomidan unga olmos uzuk taqdim etadi. 
Qurbonjon   mamat   qizi   1907   yil   1   fevralda   O’shda   vafot   etadi.   O’sha
paytda uning ikki nafar  o’g’li,  ikki  qizi,  31 nevara,  57 chevara  va 6  evarasi
hayot edi. (“Sanam” jurnali, 1998 yil, 3-son).
So’ng   Andijonning   Mingtepasida   Muhammadali   halifa   sobir   o’g’li   –
Dukchi   eshon   (1856-1898)   boshchiligidagi   qo’zg’olon   ko’tarildi.   Bu
qo’zg’olonning sabablari Fozilbek Otabek o’g’lining “Dukchi eshon voqeasi”
kitobida   batafsil   bayon   etilgan.   Mahalliy   xalqning   chor   amaldorlari
tomonidan   ezilishi,   huquqlarining   cheklanishi,   hosildor   yerlarning     rus
mujiklari   egallab   olganliklari   xalqning   noroziligiga   sabab   bo’ldi.   Asli
CHimyonlik, avlodlari qashqarlik bo’lgan. Otasi usta sobir beshik, belakchak,
paxtani   chigitdan   ajratadigan   chig’iriq   hamda   yik   (yoki   duk)   tayyorlagan.
Eshon ham shu hunarlarni bilgan. 
Muhamadali   Sultonxon   to’ra   eshonga   murid   bo’ladi.   1886   yilda   hajga
boradi   va   o’zini   Muhamadali   eshon   deb   e’lon   qiladi.   Sultonxon   to’raning
farzandlari   kelib   e’tiroz   bildirganlarida,   u   Sultonxon   to’radan   qolgan   imzo
qo’yilib, muhr bosilgan xati-irshodni (yo’llanma xatni) ko’rsatadi.
1898   yilning   aprelida   esa   Muhamadali   halifa   hajga   borgan   Abdujalil
Mirsodiq qori o’g’li orqali Turk sultonidan farmon oladi. Fors tilida bitilgan
ushbu   farmon-yorliqda   Turk   sultonining   venzeli   (ismi-sharifi   bosh   harflari)
tushirilgan   edi.   Alloh   va   uning   rasuli   Muhammad   alayhissalom   sha’niga
hamdu sanolar aytilgandan keyin:
“Eshonlik   Muhammad   payg’ambardan   boshlanib,   undan   Abu   bakr
Sidiqqa,   undan   Muhammad   payg’ambarning   o’g’li   hazrat   Qosimga,   undan
Sulton   Boyazid   Bastomiyga,   undan   hazrat   SHayx   Abulhasan   Haraqoniyga,
undan hazrat xo’ja Ali Farmodiyga, undan Sayyid Ali Hamadoniyga, undan Xo’ja   Abduxoliq   G’ijdivoniyga,   undan   hazrat   Xo’ja   Orifga,   undan   hazrat
Xo’ja   Mahmud   Fag’naviyga,   undan   Xo’ja   Ali   Romitoniyga,   undan   hazrat
Boboyi Sammomiyga, undan hazrat Amir Kulolga, undan hazrat Bahouddin
Naqshbandiyga,   undan   Mavlono   Yoqub   CHarxiyga,   undan   Xo’ja   Ahror
Valiyga,   undan   hazrat   Mavlono   Zohidga,   undan   hazrat   Xo’ja   Darveshga,
undan   hazrat   Xo’ja   Amloniyga,   undan   hazrat   imom   Boqi   Biomga,   undan
hazrat   imom   rabboniyga,   ikki   ming   yillik   boshlanishidan   hazrat   Xo’ja
Muhammad   Saidga,   undan   hazrat   Mahzum   Eshon   Xo’ja   Miyon   obidga,
undan   harat   Said   Mo’saxon   Dog’bidiyga,   undan   hazrat   halifa   Muhammad
Sidiqqa,   undan   hazrat   SHayx   Muhammad   Ziyouddin   Yorkentiyga,   undan
hazrat   Muhibbul   Fuxaro   Va’ima   Sokinga,   undan   hazrat   sulton
Abdulhamidxonga,   undan   mingtepalik   halfa   Muhammadaliga   meros   bo’lib
qolgan” deb yozilgan edi.
Abdujalil   eshonga   farmon-yorliq   berish   bilan   birga   Turkiya   sultoni
sovg’a qilib yuborgan to’n va “mo’yi muborak”ni – Muhammad payg’ambar
soqolidan olgan tukni topshiradi. Turk sultoni Muhammadali halifadan xalqni
kofirlardan saqlashga, g’azovot urushga ko’tarishni so’raganlarini aytadi. Bu
chor ma’murlari qo’liga tushmasligi uchun og’zaki aytilgan edi. 1898 yil 17
mayda Tojik qishloqda eshon xalqqa murojaat qiladi. Qo’zg’olon 1898 yil 18
mayga   o’tar   kechasi   qo’zg’olonchilar   Andijon   gornizoni   lageriga   hujum
uyushtiradilar   va   20-batalьyon   askarlaridan   21   nafarini   o’ldiradilar.   Bu
qo’zg’olon   23   may   kuni   bostirildi.   1898   yil   12   iyunь   kuni   Muhammadali
halifa va uning sheriklari, 27-28 iyunь, 8-9-13 iyulь, 15-17 sentyabrь kunlari
13   kishi   osib   o’ldiriladi.   Jami   777   kishi   hibsga   olinadi   va   surgun   qilinadi.
Osish   marosimini   yosh   bolalarni   majburan   ko’rsatib   amalga   oshirildi.
Mingtepa   o’qqa   tutildi.   Mingtepa,   Qashqar,   Tojik   qishloqlaridan   odamlar
quvg’in   qilindi.   Dastlab   bu   joylar   “vayron”   so’ng   “Duxovskiy   maydoni”
nomi   bilan   atalgan.   So’ng   oqposhsho   isyonkor   Mingtepa   aholisini Turkistondan   badarg’a   qilmay   marhamat   ko’rsatganligi   uchun   “Marhamat”
nomi   bilan   ataldi.   1899   yil   4   martidan   bu   yerga   rus   mujiklari   ko’chirib
keltirila   boshladi,   Dukchi   eshon   uyi   buzib   tashlanib,   uning   o’rniga   cherkov
qurildi.
Andijon   qo’zg’olonidan   so’ng   Muhammadali   halifaning   onasi   Asalbibi
Ortiqboy   qizini   Farg’ona   viloyati   harbiy   gubernatori   CHaykovskiyning   o’zi
so’roq qildi. Uning aybi yo’qligi ma’lum bo’lsa-da, uni Turkistonda yashashi
muvofiq emas deb topildi. Dukchi eshonning 81 yoshli onasi Asalbibi, to’rt
xotini – 22 yoshli Ruqiya bibi Ismoilova, 30 yoshli Tojibibi Maqsudxojieva,
28   yoshli   Isxorabibi   Abdujalilova   va   20   yoshli   Oyimcha   Saidqulova,
o’g’illari – 13 yoshli Musurmonqul, 3 yoshli Abdurahim, 7 yoshli Abdujalil;
qizlari  –  3  yoshli  Hamrobibi  va  8  yoshli  Ne’matsholar  Penza  guberniyasiga
surgun   qilinganlar.   Asalbibi   1900   yil   9   iyunda   Penza   shahrida   og’ir
betoblikdan vafot etdi. Bir qancha iltimoslardan so’nggina ularga 1904 yil 4
martda   Turkistonga   qaytishga   ruxsat   berilgan.   Alinazar   Egamnazarov   1993
yilda   Marhamatda   bo’lib,   eshon   avlodi,   eshonning   kenja   o’g’li
Abdurahimning qizi Anora Rahimova bilan uchrashgan.
Ma’lumki,   1865   yilda   M.G.CHernyaev   qo’shinlari   Toshkentni   istilo
qildi.   Bu   hodisa   shu   yilning   14   iyunь   kuni   ro’y   beradi.   Toshkentlik   bir
xoinning maslahati bilan Kaykovus arig’i to’g’oni buzilib, suvni CHirchiqqa
burib   yuboriladi.   Toshkent   uch   kunlik   suvsizlikda   jang   qiladi.   Qo’qondan
lashkarboshi Alimqul yordamga keladi. Ammo Alimqul jangda halok bo’ladi.
Toshkent  1865 yil  17 iyulida taslim  bo’ldi.  CHernyaev jahon afkor ommasi
oldida   o’z   bosqinchilik   harakatlarini   oqlash   uchun   “toshkent   ixtiyoriy
ravishda   rus   qo’shinlariga   bo’ysunganligi”   to’g’risida   xat   uyushtirishga
kirishdi.   SHahar   kattalarini   yig’ib   xat   mazmuni   bilan   tanishtirib,   imzo
qo’ydirmoqchi bo’ldi. Toshkentlik Solihboy Ohund bunga rad javobini berdi.
U bu shakkokligi uchun uni yoqlab chiqqan 7 kishi bilan birgalikda Sibirga surgun qilinib, qamoqda zaharlab o’ldirildi. “Xat-ahdnomaga” majburiy qo’l
qo’ydirilib,   savdogarning   qo’li   bilan   Peterburgga   oq   poshshoga   jo’natildi,
undan chetga tarqatildi.
Toshkentlik Solihboy Ohundning general CHernyaevga javob xatida rus
qo’shinlari   odamlarni   qirish,   shaharni   vayron   qilish,   zulmkorlik   hisobiga
Toshkentni   egallaganliklari   ro’y-rost   yozilgan   edi.   Bu   xatdan   keyin
CHernyaev   Solihboy   Ohundni   huzuriga   chaqirtirib,   “Siz   kim   bilan
o’ynashayotganingizni   bilasizmi,   hozir   sizni   pashshadek   ezib,   urug’-
aymog’ingiz   bilan   yo’q   qilib   yuboraman”,   -   deydi.   U   esa:   “Men   yolg’iz
tangridan qo’rqaman, oqposhsho ham tangrining bandasi, agar tangri saqlasa,
siz bu ishni amalga oshirmaysiz”, deydi.
Bu   istilodan   so’ng   Farg’ona,   Xo’jand,   O’ratepa,   Jizzax,   Marg’ilon
olindi. Ularning qanday bosib olinganligi voqealari Ishoqxon  Junaydillaxo’ja
o’g’li   Ibrat   (1862-1937)ning   “Tarixi   Farg’ona”   asarida   batafsil   hikoya
qilingan.
CHor   mustamlakachiligiga   qarshi   1876   yilda   Po’latxon   qo’zg’oloni,
1878   yilda   Mingtepada   bo’lgan   Yetimxon   isyoni,   1884   yilda   Okbuvra
sohillarida eshonlardan birining ko’targan isyoni, 1892 yilda Toshkentda yuz
bergan “vabo isyoni”, 1893 yilda Farg’onada bo’lgan Sobirxon isyoni, 1910
yillar   arafasida   bo’lgan   samarqand   Atrofidagi   Namoz   Pirimqul   o’g’li
qo’zg’oloni,   1916   yilgi   mardikorlikka   olishga   qarshi   ko’tarilgan   isyonlarni
keltirish mumkin.
Adabiy harakatchilik an’anaga ko’ra ko’proq Qo’qon, Xiva, Samarqand,
Buxoroda   rivoj   topdi.   Biroq,   Toshkent   ham   yangi   poytaxt   sifatida   tez
yuksalib, adabiy-madaniy markazga aylana boshladi. 
Xivada   Komil   Xorazmiy   (1825-1899),   Muhammadrasul   Mirzo   (1840-
1922),   Muhammad   Rahimxon   Feruz   (1844-1910),   Ahmad   Tabibiy   (1869-
1911),   Muhammad   Yusuf   Bayoniy   (1840-1923),   Ilyos   Mulla   Muhammad o’g’li   So’fi   (1860-1916),   Mutrib   Xonaxarobiy     (1870-1925),   Muhammad
Yusuf   CHokar   (1872-1951),   Avaz   O’tar   o’g’li   (1884-1919),   Abdurazzoq
Faqiriy   (1884-1925),   Safo   Mug’anniy   (1882-1938),   Komiljon   Devoniy
(1887-1938),   Muhammad   Rahim   Rog’ib   (1918   yilda   vafot   etgan)   kabi
ko’plab shoilra yashab ijod etdilar.
Adabiy harakat ko’proq ma’rifatparvar podshoh  Muhammad Rahimxon
Soniy   –   Feruz   saroyida   tashkil   topdi.   U   taxtda   47   yil   hukmronlik   qildi.   U
O’rta   Osiyo   xonlari   orasida   eng   aqlli,   ziyolisi   edi.     U   “usuli   jadid”ga   yo’l
berdi.   Ruslar   kelmasidan     ancha   ilgari   Xivada   toshbosma   tashkil   etdi.   U
ko’plab   madrasalar   qurdirdi,   kitobxonlik   rivojlandi,   matbaachilik   avj   oldi.
Feruz tashabbusi bilan Xorazm tarjima maktabi maydonga keldi. XIX asrning
o’rtalarida   Xivada   80   dan   ortiq   kishi   tarjima   bilan   shug’ullandi.   120   asar
tarjima qilingan.
Buxoro adabiy muhitida an’anaviy ikki tillilik davom etdi. Uning bobosi
Amir Haydar (1800-1826) ham “Sayyid” taxallusi bilan shoir edi. 
XIX   asrning   oxiri   XX   asr   boshi   Buxoro   tazkirachilik   maktabining
boshida,   shubhasiz,   Qori   Rahmatulloh   Qozoq   (1818-1894)   turadi.   Uning
1871   yilda   tuzilgan   “Tuhfatul   ahbay   fi   tazkirasi   til   ashob”   (“Suhbatdoshlar
zikrida do’stlar tuhfasi”) tazkirasi XVIII asr oxiri XIX asr Turkiston shoirlari
qamrab olgan edi.
Buxoro   adabiy   muhitining   xarakterli   xususiyatlaridan   biri   ko’plab
tazkiralar   tuzilishi   bo’lsa,   ikkinchisi   hajv   va   she’riy   sayohatnomalarning
udumga kirishidir.
Ahmad   Donish   (1826-1897)   “Navodirul   voqea”   tarixiy,   falsafiy,
memuar   asarlar   yaratib,   Rossiyaga   qilgan   uch   bora   sayohati   xotiralari   o’rin
olgan.
Mirza   Sahbo   (1845/46-1918)   ijod   qildi.   Keyinchalik   S.Ayniy,   Fitrat
yetishib chiqdi. Qo’qonda   Muqimiy   (1810-1903),   Furqat   (1819-1909),   Zavqiy   (1853-
1921), Nisbatiy (1903 y. v.h.), Muhayyir (1845-1918), Qori Yusuf Mushtariy
(1899   yil   vafot   etgan),   Usmoxo’ja   Zoriy   (1839-1916),   Muhyi   (1835-1911),
Ziyovuddin   Haziniy   (1867-1923),   Hoji   xo’ja   Roviy   (1830-1918),   Nodim
(1844-1910), Ibrat (1862-1937) kabilar yetishib chiqdi. 
Bu maktabda Dilshod Otin (1800-1905/06), Nodim Namangoniy (1844-
1910), Zavqiy (1853-1921), Anbar Otin (1870-1914/17) ijod etdi.
Samarqandda   Abdulazim   Sipandiy   (1829-1909),   Siddiqiy   Ajziy   (1864-
1927),   Saidahmad   Vasliy   (1869/7-1925),   Ochilmurod   Miriy   (1830-1999)
mansubdir.
Toshkent   adabiy   muhitida   Karimbek   Kamiy   (1865-1922),   Qodirqori
Ramziy   (1861-1943),   Afandixon   Axtariy   (1870-1946),   Sayid   Habibullo
Xislat   (1880-1945),   Mulla   qo’shoq   Miskin   (1880-1937),   Sirojiddin   Sidqiy
Xondayliqiy   (1884-1934),   Yusuf   Saryomiy   (1845-1912),   Saidrasul   Aziziy
(1866-1933) mansubdir.
Turkistonda   mustamlakachilik   davrining   boshlanishi   bilan   o’zbek
adabiyotida   ham   yangilanish   jarayoni   ro’y   bera   boshladi.   An’anaviy   adabiy
harakatchilik   ko’proq   Qo’qon,   Xiva,   Samarqand   va   Buxoroda   rivoj   topdi.
Xiva   va   Buxoro   har   holda   ma’lum   bir   payt   rus   bosqinidan   holi   bo’lib,
ko’proq   mumtoz   adabiyotimiz   an’analari   asosida   taraqqiy   topgan   bo’lsa,
Qo’qon adabiy muhiti  o’ziga xos yangilanish yo’lidan bordi. Qo’qon adabiy
muhitida   Muqimiy,   Furqat,   Zavqiy,   Muhayyir,   Muh’yi     kabilar   alohida   rol
o’ynaydi.   Bu   shoirlar   an’anaviy   usullardan   chekinmagan   holda   adabiyotga
yangi mavzu va yangicha ruh olib kirdilar.
Muhammadaminxo’ja Muqimiy (1860-1903) ilk mustamlakachilik davri
adabiyotining   yangilanishiga   eng   munosib   xissa   qo’shgan   ijodkordir.   Uning
ijodida  garchi  aruz  vazni  yetakchi,  mumtoz  lirik  janrlar  ustun  bo’lib  qolgan
bo’lsada,   shoir  asarlari  mazmunida  jiddiy   o’zgarishlar  yuz   berdi.   An’anaviy ishq   mavzusidan   ijtimoiy   muammolarni   qamrab   oluvchi   g’azallar,
muhammaslar,   murabba   va   ruboiylar   dunyoga   kela   boshladi.   Ularda
oshiqning   nolasi,   ma’shuqaning   jabru-sitamidan   emas,   balki   jamiyatning
zulmidan,   tengsizligidan   nolalari   aks   etgan   edi.   Muqimiyning   qo’shiqqa
aylanib   ketgan   mashhur   “SHunchalar”   radifli   g’azalidagi   “Zulm   ila   qahru
g’azab izhor qilmoq shunchalar, oshig’i bechoraga ozor qilmoq shunchalar”
satrlari buning dalilidir.
Muqimiy   g’azal   mazmunida   o’zgarish   yasabgina   qolmay,   lirik   turda
sayohatnoma   shaklini   vujudga   kelishiga   ham   munosib   hissa   qo’shdi.   Uch
bo’limdan   iborat   bo’lgan,   o’tkir   satirik   usulda   yozilgan   ushbu   asarda
Muqimiy   qishloqlardagi   vayronalik,   qishloq   ahlining   og’ir   hayoti,   ochligi
«kelsa   kishi   yeyar   tariq»   kabi,   mahalliy   boy   va   amaldorlarning   ochko’zligi,
poraxo’rligi   chor   chinovniklarining   zulmi   va   mustamlakachilik   siyosatining
oqibati   ekaniga   urg’u   beradi.   “Sayohatnoma”da   shoir   amaldorlarni   nomma-
nom fosh etadi. 
Bu   davr   adabiyotida   hajviyot   oyoqqa   turdi,   bu   adabiyotning   tom
ma’noda   demokratik   ruh   olishga   ko’hmaklashdi.   Hajviyot   o’zining   ikki
qanoti   -   satira   va   yumor   bilan   baland   parvoz   qildi.   O’zining   an’anaviy
ildiziga ega bo’lgan hajviyot shu yerda mumtoz adabiyotimiz namoyondalari
A.Navoiy,   Turdi,   Maxmur,   Gulxaniy   kabilarning   hajviy   asarlari   to’g’risida
ma’lumot   beraman   yangicha   ko’rinishlar   kasb   etdi.   Bu   yangilik   hajviy
asarlarning adresli, ya’ni ob’ektli va sub’ektli ekanligida ko’rindi. Bu borada
ham Muqimiy peshvolik qildi.
Muqimiydan o’rnak olgan Zavqiy «Qirq olti kishini afsona qildim, kim
chiqsa o’qiydi Mo’yimarakka» deb «Rasta ahli haqida hajv»iniyozdi. Albatta,
bu   jasorati   jazosiz   qolmaydi.   Hajviyada   nomma-nom   zikr   qilingan   shahar
boylari va zodagonlari shoirga qarshi ochiq hujum boshlaydilar.  Uni do’stlari,
shahar hunarmandlari himoya qiladilar va jarima to’lab kafillikka oladilar. XIX   asrning   2-yarmidagi   adabiy   jarayonda   Xeva   adabiy   muhiti   ham
o’ziga   xos  o’rin   tutadi.   Bu   davrda   Xorazm   taxtini   asosan   shoir   Muhammad
Rahimxon   -   Feruz   boshqardi.   Tarixchi   va   adabiyotshunos   olimlarning
fikricha, u O’rta Osiy xonlari orasida eng ziyolisi edi. 47 yil taxtda o’tirgan
Muhammad Rahimxon 1865-1912 davrida Xorazm mamlakati ham iqtisodiy,
ham   madaniy   jihatdan   gullab-yashnadi.   Xon   xalqining   tinchligini   ko’zlab,
tishini   qayrab   turgan   Rusiya   bilan   til   topisha   oldi:   u   bilan   shartnoma   tuzdi,
unga   go’yo   vassal   bo’lib,   mustaqil   ish   yuritdi.   Xon   asosiy   e’tiborni
obodonchilikka   hamda   adabiyot   va   sanoatni   rivojlantirishga   qaratdi.   1874
yildayoq   Xevaga   litografiya   bosmaxonasi   keltirdi.   Saroyda   yuzdan   ortiq
shoiru olimga homiylik qilib, adabiy, tarixiy va tarjima asarlari yaratilishiga
bosh-qosh   bo’ldi.   Birgina   tarjima   ishlari   bilan   82   olim   shug’ullangan.
Natijada   bu   yillarda   jahon   adabiyotining   yuzlab   shoh   asarlari   o’zbek   tiliga
o’girildi.
Feruz   topshirig’i   bilan   A h mad   Tabibiy   1869-1911   “ Majmuat   “ ustoz-
shogird ” -shuaroyi   Feruzshohi ”   tazkirasini   yaratdi.   Unda   xon   va   shoir
Feruzning   o’zidan   tashqari   Komil,   Avaz   O’tar,   Muhammad   Rasulmirzo
singari   30   ijodkor   asarlaridan   namunalar   berilgan.   Bu   davrda   Xorazmda
ayniqsa she’riyat g’oyat riv o jlangan. 
Adabiyotda   ikki   tillilik   /zullisonaynlik/   an’anasi   davom   etdi.   Ijodkorlar
asosan   madrasada   ta ’ lim   olganliklari   tufayli   arab   va   fors   tillarini   yaxshi
bilardilar. SHu bois bu tillarda ko’pchilik ijod qildi. XIX asrning 2-yarmida
yangilanayotgan   o’zbek   adabiyotida   vatanparvarlik,   xalqchilik   g’oyalari
ustivor yo’nalish sifatida ko’zga tashlana boshlandi. 
Ilk   mustamlakachilik   davri   adabiyotining   muhim   g’oyaviy
yo’nalishlaridan yana biri ma’rifatparvarlikdir. 
Bu davr   ma’rifatparvarlik adabiyotining yirik vakillaridan biri Zokirjon
Xolmuhammad   o’g’li   Furqat   (1958-1909)dir.   Furqat   ijodidagi ma’rifatparvarlik g’oyalari yoshligidayoq tug’ilgan edi. Uning “ilk xosiyati”,
“Gimnaziya”, “Nag’ma bazmi xususida”, “Vistavka xususida”, “Teatr haqida
manzuma”   singari   o’nlab   she’rlari   o’zi   ko’rgan   voqea-hodisalar   asosida
yuzaga keldi.
Adabiyotimiz   tarixida   ma’rifatparvarlik   g’oyalarini   yangicha   sharoitda
davom ettirgan Avaz O’tar o’g’li (1884-1919) bo’lib, uning “Xalq”, “Fidoyi
xalqimga”,   “Maktab”,   “Millat”,   “Til”   kabi   o’nlab   she’rlarida   erkinlik,
ma’rifatparvarlik,   xalqparvarlik   g’oyalari   o’zining   mukammal   ifodasini
topgan. 
Xorazm   adabiy   muhitida   Komil,   Bayoniy,   Feruz,   Buxoro   adabiy
muhitidan   Miriy,   Qo’qon   adabiy   muhitidan   Nodim,   Anbar   otinni   keltirish
mumkin.
Xorazm adabiy muhitining shakllanishi Komil  ( 1825-1899 )  muhim o’rin
tutadi.   X i vada   tug’ilgan   va   yashab   ijod   qilgan   bu   shoirning   asl   ismi
Muhammadniyoz bo’lib, Komil uning adabiy taxallusi dir. Komil Muhammad
Rahimxon   Feruz   saroyida   mirzaboshi   lavozimida   ishlagan.   1873   yildan
umrining oxirigacha devonbegi lavozimini egallagan. Ikki marta S.Peterburg
va   Toshkentga   sayohat   qilgan.   SHoir   she’riyatining   badiiyati   nihoyatda
yuksak bo’lib, g’azaliyotida she’riy san’atlarning mahorat bilan foydalanadi.
Masalan,   shoir   quyidagi   misralarida   mubolag’aning   eng   yuqori   ko’rinishi
bo’lgan g’ulu san’atini qo’llaydi: “Jamoling vasfi tahririn tamom etmak emas
mumkin, Qalam – ashjor esa, daryo-siyoh, osmon-qog’oz”. 
Xorazm adabiy muhitining namyayondalaridan birida Muhammad Yusuf
Bayoniy (1840-1923) timsolida tarixchi olimni ko’ramiz.  Ayni paytda u shoir
va xattot sifatida ham mashhur bo’lgan. SHoirning o’zi tartib bergan «Devoni
Bayoniy»   -   qo’lyozma   nusxasi   bizga   to’la   yetib   kelgan.   Bayoniy   ham   o’z
zamondoshlari   singari   lirik   turning   o’ndan   ziyod   janrida   qalam   tebratgan.
Lekin   biz   bu   yerda   Bayoniyning   «SHajarayi   Xorazmshohiy»   va   «Xorazm tarixi»   deb   nomlangan   tarixiy   asarlari   to’g’risida   gaplashamiz.   CHunki
tariximizni   o’rganishga   g’oyat   katta   e’tibor   berilayotgan   shu   kunlarda
adibning bu tarixiy asarlari Xorazm va Markaziy Osiyo xalqlari tarixini, XIX
asr Xorazm  adabiy muhitini, siyosiy-ijtimoiy  hodisalarni  o’rganishda g’oyat
nodir   manbadir.   Tarixchi   olim   o’z   asarlarida   rus   imperiyasining   O’rta
Osiyoni   zabt   etish   davomidagi   butun   dahshatli   qilmishlarini   ro’y-rost
ko’rsatadi.
«SHajarayi Xorazmshohiy» asari 1873-1914 yillar voqealarini o’z ichiga
oladi.   Demak,   u   Ogahiyning   «Iqboli   Feruziy»   asaridan   keyingi   tarixdir.
Bayoniy   ham   ustozlari   Munis   va   Ogahiylar   singari   o’zi   ko’rgan,   guvoh
bo’lgan   va   bilgan   voqealarini   qalamga   oladiki,   undagi   ko’p   faktlar   arxiv
hujjatlariga mos keladi. SHu  jihatdan bu  asar  X sinf  darsligiga  kiritilganligi
va   u   orqali   mamlakatimizning   hozirgi   mustaqilligini   mustahkamlashga
xizmat   qilishi   bilan   e’tiborlidir.   U   orqali   yoshlarni   mustaqillik   mafkurasi
ruhida tarbiyalaymiz.
Buxoro   adabiy   muhitining   yirik   vakili,   o’ z bek,   fors-tojik,   ozarbayjon
tillari   va   adabiyotlarini   yaxshi   bilgan,   o’z   ijodi   bilan   faqat   Buxoroda   emas,
balki   Farg’ona   vodiysida   ham   shuhrat   qozongan   zullisonayn   shoir
Ochilmurod   Miriy   Ne’matullo   o’g’li   (1839-1899)   Kattaqo’rg’onning
Eshonqishloq   mavzeida   tug’ilgan.   Kattaqo’rg’on   va   Buxoro   madrasalarida
ta’lim   oladi.   Miriy   ko’proq   hajviy   she’rlaryozgan   va   adresli   tanqidni
she’riyatda   birinchi   bo’lib   qo’llagan.   U   jismonan   majruh   bo’lsa   ham   aqlan
yetuk odam bo’lgan.   Uning   merosi g’azallar, muxammaslar, masnaviylar va
ko’proq dostonlardan iborat. 
SHuningdek,   bu   davr   adabiyotida   Nodim   Namangoniy   (1844-1910),
Anbar Otin (1870-1915) ijodini ham keltirish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qosimov   B.   va   b.   Milliy   uyg’onish   davri   o’zbek   adabiyoti.   –   T.:
Ma’naviyat, 2004.
2. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti masalalari. – T.: Universitet,
1998.
3. Ziyoev   N.   Turkistonda   Rossiya   tajovuzi   va   hukmronligiga   qarshi
kurash. –T.: SHarq, 1998.
1. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. –T.: O’zbekiston, 2008.
2. Amir   Sayyid   Olimxon   Buxoro   xalqining   xasrati   tarixi.   –   T.:   Fan,
1991.
3. Fitrat.   Amir   Olimxonning   hukmronlik   davri.   –T.:   “Minxun”   xayriya
nashriyoti, 1992.
4. Narshaxiy.  Buxoro tarixi. –T.: “Meros”, 1991.
5. Sahbo. Tanlangan she’rlar. –T.: Fan, 1993.

Yangi nasr va uning poetik xususiyatlari. Reja: 1. Yangi nasr va uning poetikasi 2. Ilk mustamlakatchilik davri adabiy muhiti. 3. Satira va yumorning vujudga kelishi. 4. Ilk mustamlakatchilik davri adabiyoti namoyondalari.

XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab CHor Rossiyasi O’rta Osiyoni istilo qilish harakatiga tushdi. O’rta Osiyo o’sha paytda uch xonlikdan – Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklaridan tashkil topgan edi. Ana shu yo’nalishlar bo’yicha CHor askarlari o’z harakatlarini boshladilar. Dastlabki harakatlar Yoyiq va Ural kazaklarining Xivaga qilgan hujumlari bo’lib, asosan ular qaroqchilikdan iborat bo’lgan. Ruslarning birinchi Xivaga yurishi 1717 yili Petr I hukmronligi davrida Bikovich-CHerkasskiy tomonidan uyushtirildi. Bunga Xiva xoni SHohniyozning Petr I ga elchi jo’natishi va o’z fuqarolariga kuchi yetmay qolganligi, rus podshosi himoyasiga muhtojligi ifodalangan xatni yo’llashi bilan boshlanadi. 1714 yilda esa Xo’ja Nafas ismli bir turkman Xivadan Petr I oldiga kelib Amudaryoning quyi oqimidagi yerlarda oltin qum zarralari borligini ma’lum qiladi. Knyaz Bikovich- CHerkasskiy Kaspiy dengizi yoqalarini o’rganish va ekspeditsiya bahonasida uch yil holatni o’rganadi. Ammo SHohniyoz vafot etib, Xiva shahri taxtiga o’tirgan SHerg’ozixonning ruslarga munosabati boshqacha bo’lib, u boshqacha siyosat yurgizadi. Bikovich-CHerkasskiy 4000 qo’shin bilan Xivaga ekspeditsiya bahonasida yurish qiladi. SHerg’ozixon ularni qabul qilish qiyinligini aytib, turli shaharlarga bo’lib yuborib, tor-mor etadi. Knyazning o’zi zindonga tashlanib, boshi olinadi. 4000 qo’shindan 40 kishigina omon qoladi. Xivaliklar ularni uzoq ushlab turgach, katta tovon evaziga ozod etadilar. 1839 yilda general Perovskiy boshchiligidagi “ekspeditsiya” Orenburgdan 5 ming kishilik otryad, 22 dala to’pi, 10000 tuya bilan yo’lga chiqadi. Ammo qishning sovuq kelishi, sovuqning 32 darajaga yetishi qo’shinlarni nobud qiladi. Qo’shindan 2 ming kishigina omon qoladi. Bu Xivaga qilingan beshinchi yurish edi. General fon Kaufman boshchiligidagi oltinchi yurishning dahshatini Mak-Goxan (Yanuari Alauz) (1844-1877)ning “O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” maqolasida batafsil bayon

qilingan. Mak-Goxan amerikalik jurnalist bo’lib, “Nь yu -York Joralьd” gazetasining muxbiri sifatida Xiva yurishida ishtirok etgan. Bu yurishda general CHaykovskiy ham qatnashgan. Unda turkmanlarning yovmut qabilasining qirilishi tasvirlangan: “Bir-biriga zich qo’yilgan aravalar o’rtasida qonga belangan, qilich bilan boshi yoki yuzi chopilgan o’liklar qalashib yotardi. Ularga qarashning o’zi dahshatli edi. Ammo aravalar ostiga yashirinib olgan va tilsiz-zabonsiz maxluq kabi ayollarning qiyofalari o’liklardan ko’ra ayanchliroq ko’rinardi. Ular o’lib yotgan erlari, sevishganlari yoki og’a-inilarining murdasi orasiga kirib olishganicha dahshat ichra g’oliblarintiqomini kutishardi... O’z qoniga belanib yotgan uchta yovmut jasadi yonida to’rt yashardan olti yashargacha bo’lgan olti bola turganini ko’rdim. Kattasi – miqti, kelishgani ukalariga g’amxo’rlik ko’rsatardi. U sochilgan paxta, eski gilamlar va to’zg’ib yotgan choponlarni – ma’mur ro’zg’ordan yodgor qolgan ayanch latta-puttalarni yig’ib kelib, joy hozirlardi. Men yaqinlashar ekanman, bola loaqal boshini ko’tarib nazar solgani ham yo’q, indamay ishini qilaverdi. Uning bolalarcha beg’ubor qalbida menga nisbatan g’azab va nafrat jo’sh urib turganini aniq his etdim. Bu bola yuragidagi intiqom hissi qanchalik kuchli ekanini yana 20 yillardan keyin qaysidir bir kofir o’z boshida sinab ko’rishiga shubhalanmayman”. Rus hukumati 1867 yilda Turkiston general – gubernatorligini tashkil etib, K.P.Kaufman (1867-1882) birinchi gubernator qilib tayinlandi. U bosqinchilik va talonchilik harakatlarini davom ettirib, Buxoro, Xiva va qo’qon xonliklarini bosib oldi. Quyidagi Turkistonga tayinlangan gubernatorlar qattiqqo’llikdan bir-biridan qolishmas edi: K.P.Kaufman (1867-1882) M.G.CHernyaev (1882-1884) N.O.Rozenbax (1884-1888) A.B.Vrevskiy (1889-1898)

S.M.Duxovskiy (1898-1901) N.A.Ivanov (1901-1904) N.A.Tevyanov (1904-1905) D.I.Subbotich (1905-1906) N.I.Gredekov (1907-1908) P.I.Mishenko (1909) A.I.Samsonov (1909-1913) A.N.Kurapatkin (1916-1917) Bulardan tashqari 1914-1916 yillarda Flug, Martson, Yerofeevlar vaqtincha gubernator bo’lganlar. CHor mustamlakasiga qarshi o’lkada qator qo’zg’olonlar bo’lib o’tdi. Oloy malikasi Qurbonjon dodhoh (O’sh shahrining Modi qishlog’ida cho’pon Mamat xonadonida 1811 yilda tug’ilgan) bo’lib, u kenja beshinchi o’g’il Qamchibek Fon Kaufman tomonidan asir olinib, dorga tortilganda, uning oldiga otda keladi va “SHahid ketmoq biz uchun ota meros, bergan sutimga roziman” deydi-yu, mag’rur yurib ketadi. Qurboshjon Yettisuvdan Xitoy chegarasigacha bo’lgan joylarga hukmronlik qiladi. Buxoro amiri Muzaffar unga general unvoni yorlig’ini topshiradi. Xudoyorxon Oloy vodiysiga Qurbonjon dodhohni hokim etib tayinlaydi. 1873 yilda Qo’qonda Po’latxon deb nom olgan Isoq Hasan o’g’li qo’zg’olon ko’taradi. Qurbonxon unga madad beradi. 1876 yil 19 fevralda Po’latxon asir olinadi. U Fon Kaufman buyrug’i bian 26 fevralda Marg’ilonda dorga osib o’ldiriladi. Ammo Qurbonjon va uning o’g’illari chor askarlariga taslim bo’lmaydilar. Qurbonjon Qashqarga va undan Afg’onistonga o’tib ketadi. Skobelev Oloy malikasi bilan sulh tuzish harakatiga tushadi. Natijada u Qurbonjonning barcha talablarini bajaradi, asir olingan qo’zg’olonchilarning barchasini ozod etadi. Sulhdan so’ng Skobelev Qurbonjonga zarbof to’n yopadi. Turkiston general-gubernatori uni shaharda

ot mingan holda, otdan tushmasdan Duxovskiyni qarshi oladi. 1901 yili general Kurapatkin (harbiy vazir) O’sh shahrida podshoh Nikolay II ning rafiqasi Mariya nomidan unga olmos uzuk taqdim etadi. Qurbonjon mamat qizi 1907 yil 1 fevralda O’shda vafot etadi. O’sha paytda uning ikki nafar o’g’li, ikki qizi, 31 nevara, 57 chevara va 6 evarasi hayot edi. (“Sanam” jurnali, 1998 yil, 3-son). So’ng Andijonning Mingtepasida Muhammadali halifa sobir o’g’li – Dukchi eshon (1856-1898) boshchiligidagi qo’zg’olon ko’tarildi. Bu qo’zg’olonning sabablari Fozilbek Otabek o’g’lining “Dukchi eshon voqeasi” kitobida batafsil bayon etilgan. Mahalliy xalqning chor amaldorlari tomonidan ezilishi, huquqlarining cheklanishi, hosildor yerlarning rus mujiklari egallab olganliklari xalqning noroziligiga sabab bo’ldi. Asli CHimyonlik, avlodlari qashqarlik bo’lgan. Otasi usta sobir beshik, belakchak, paxtani chigitdan ajratadigan chig’iriq hamda yik (yoki duk) tayyorlagan. Eshon ham shu hunarlarni bilgan. Muhamadali Sultonxon to’ra eshonga murid bo’ladi. 1886 yilda hajga boradi va o’zini Muhamadali eshon deb e’lon qiladi. Sultonxon to’raning farzandlari kelib e’tiroz bildirganlarida, u Sultonxon to’radan qolgan imzo qo’yilib, muhr bosilgan xati-irshodni (yo’llanma xatni) ko’rsatadi. 1898 yilning aprelida esa Muhamadali halifa hajga borgan Abdujalil Mirsodiq qori o’g’li orqali Turk sultonidan farmon oladi. Fors tilida bitilgan ushbu farmon-yorliqda Turk sultonining venzeli (ismi-sharifi bosh harflari) tushirilgan edi. Alloh va uning rasuli Muhammad alayhissalom sha’niga hamdu sanolar aytilgandan keyin: “Eshonlik Muhammad payg’ambardan boshlanib, undan Abu bakr Sidiqqa, undan Muhammad payg’ambarning o’g’li hazrat Qosimga, undan Sulton Boyazid Bastomiyga, undan hazrat SHayx Abulhasan Haraqoniyga, undan hazrat xo’ja Ali Farmodiyga, undan Sayyid Ali Hamadoniyga, undan