logo

MULOQOT SISTEMASI VA UNING XUSUSIYATLARI HAQIDA

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

28.7265625 KB
MULOQOT SISTEMASI VA UNING XUSUSIYATLARI HAQIDA
Reja:
1. Til va nutq.  Til va nutqning vazifalari.Til va tafakkur. 
2. Muloqot   stru k turasi .   Subyekt   va   aloqa   obyekti .   Aloqa   vositalari .
Aloqa funksiyalari .  
3. Kommunikativ   ifoda   tuzilishining,   ya’ni   nutqiy   aktning   illokutiv
maqsadi kommunikativ vaziyat tuzilishiga bog‘liqligini aniqlash.
4. Muloqotning   lingvistik   tuzilishini   o‘rganish.   Muloqotning   har   xil
ko‘rinishlari   va   turlariga   oid   qoida,   usullarni   o‘rganish,   tamoyillarini
shakllantirish va ishlab chiqish. Muloqotning   lingvistik   tuzilishini   o‘rganish.   Keyingi   vaqtlarda
tilshunoslikda   inson   nutqining   voqelanish   usullari,   unda   til   birliklarining
ishtirokiga   alohida   e’tibor   qaratilmoqda.   Inson   nutqiy   faoliyati   tadqiqiga
bag‘ishlangan   ishlarda   «nutqiy   aloqa»,   «nutqiy   ifoda»,   «nutqiy
kommunikatsiya»,   «nutqiy   strategiya»   kabi   atamalarni   qo‘llashga   e’tibor
kuchayganligi   seziladi.   E’tibor   qilinsa,   bu   atamalarning   har   biri   tarkibida
«nutqiy»   so‘zi   qo‘llaniladi.   Buning   sababi   nimada?   Vaholanki,   biz   shu
vaqtga   qadar   til   muloqotning   asosiy   vositasi   ekanligi   haqida   gapiramiz.   Bu
savolga   «til»   va   «nutq»   tushunchalari   orasidagi   farqlarni   aniqlaganimizdan
so‘nggina   javob   topamiz.   Soddagina   qilib   aytish   mumkinki,   til   bu   belgilar
tizimidir.   Belgilarning   o‘zaro   munosabatiga   ko‘ra   pog‘onali   tartiblanishi
natijasida   til   strukturasi   shakllanadi.   Bu   fikr   har   qanday   til   tizimi   haqida
gapirishda qo‘l keladi Tovush, morfema, o‘zak, so‘z, so‘z birikmasi, gap kabi
birliklar   har   qanday   tilda   mavjud     va   ular     umumiy   lisoniy   birliklar
hisoblanadi.   Har   qaysi   birlik   tilning   ma’lum   bir   sathiga   tegishli   bo‘ladi.   Bu
sathlar   o‘zaro   bog‘liq   va   tovush-morfologik-sintaktik-semantik
ko‘rinishidagi   qat’iy   tartibga   ega.   Til   sathlarining   har   birida   shu   sath
doirasida qaraluvchi birliklarni qo‘llash me’yori, qoidalari mavjud.
  Tilimizda   «nutq»   atamasi   ikki   ma’noda   qo‘llaniladi.   Birinchidan,   u
inson   kommunikativ   faoliyatining   bir   ko‘rinishiga   –   tilning   kishilarning
o‘zaro   aloqa qilishida qo‘llanishiga nisbatan ishlatiladi. Bu ma’noda nutq –
og‘zaki   yoki   yozma   shaklda   ifodalanuvchi   aniq   faoliyatdir.   Ikkinchidan,
faoliyat natijasi –matn  (maqola, xabar va shu kabilar) nutq deyiladi. Shunga
ko‘ra   « til »   so‘zida   « sistema,   struktura »   ma’nolari,   « nutq »   so‘zida   –
« faoliyat »   ma’nosi   mujassam.   Shuning   uchun   «kommunikatsiya»
tushunchasini  belgilashda «nutqiy» so‘zini qo‘llash ma’qul bo‘ladi. Tilshunos   A.Nurmonov   o‘z   kuzatishlarida   rus   tilshunosi
V.Ya.Zveginsevning   til   va   nutq   o‘rtasidagi   quyidagi   farqli   belgilarni
aniqlaganligini qayd etadi:  
1.Nutq   individual,   til   umumiy   hodisadir.   Umumxalq   tili   o‘z   taraqqiyoti
davomida doimo ma’lum o‘zgarishlarga uchraydi.
2.Nutq psixik hodisa, til ijtimoiydir.
3.Nutq   harakatchan,   rivojlanuvchi,   til   esa   barqarorlikka,   turg‘unlikka
intiladi.
4.Nutq tarixiy, til diaxronik xususiyatga ega.
5.Nutqiy   elementlar   o‘rtasida   sababiy   tobelik,   til   elementlari   o‘rtasida
funksional tobelik mavjud.
6.Til   lingvistik   qonuniyatlarga   bo‘ysunadi.   U   lingvistik   barqaror,   nutq
esa lingvistik barqaror bo‘lmagan, o‘zgaruvchan xarakterga ega.
7.Nutq   o‘z   funksiyasini   real   birliklar   vositasida   bajaradi.   Mohiyat     va
shakl o‘rtasida farqlanish mavjud. Shu asosda   til ham mavhum tizim sifatida
amal qiladi. 
Shuni e’tiborga olish kerakki, nutq tushunchasini ifodalashda   «lisoniy
kommunikatsiya»   ifodasi   ham   sinonim   sifatida   qo‘llaniladi.   Umuman
olganda,   hozirgacha   «til»   va   «nutq»   hodisalarining   mohiyati   to‘la   ochib
berilmaganligi,   ular   o‘rtasidagi   chegara   aniq   belgilab   olinmaganligi   bois,
ularni farqlamay qo‘llash davom etib kelmoqda.
Til va nutqning vazifalari
    Til va nutq orasidagi chegarani belgilash ancha qiyin .   Gap shundaki,
har   qanday   og‘zaki   yoki   yozma   ko‘rinishdagi   lisoniy   ifoda     –   bu   nutq.
Bundan keyin biz shu asosda fikr yuritamiz.
Tilning   asosiy   vazifalari     (bu   nutqiy   kommunikatsiyani   belgilashga
tegishli): 1)   xabar   –   ma’lumot   yetkazish,   insonlarning   maqsad   va   mo‘ljallari,
fikrlari haqida ma’lumot.
2) tashviqot –   istak, chaqiriq, iltimos.
        3)  his-tuygularni  bevosita ifodalash, emotsiyalar.
Bundan   tashqari,   metalisoniy   (predmetni   tavsiflash   uchun   tildan
foydalanish) va fatik (muloqot ishtirokchilari o‘rtasida aloqaning o‘rnatilishi)
vazifaning   mavjudligi.   Masalan,   tadqiqotlarda,   ilmiy   tushunchalarni   keng
izohlovchi   lug‘atlarda   til   metalisoniy   vazifada   kuzatish   obyektini   tavsiflash,
ularni   belgilash   uchun   qo‘llaniladi.   Kundalik   maishiy   muloqotlarda   «Ishlar
qanday?»,   «Nima   yangiliklar   bor?»   kabi   jumlalar   so‘rashish,   shuningdek,
aloqa o‘rnatish uchun  muhimdir.
Til insonning nutqiy faoliyatida turli lisoniy birliklarning qo‘llanishida
namoyon   bo‘ladi.   Masalan,   gazeta   maqolasida   tilning   xabar   funksiyasi
yetakchilik qiladi, shuningdek, unda tashviqot va emotiv vazifa ham ishtirok
etadi.
Til va tafakkur
    Kommunikatsiya   jarayonida   nutqning   faoliyat   sifatidagi   asosiy
funksiyasi   fikrni   ifodalash   hisoblanadi.   Inson   chuqur   uyquni   hisobga
olmaganda ,  doimo fikrlaydi. Mana shunday hollarda fikr nafaqat shakllanadi,
balki   to‘liq   va   tugallangan   holda   vujudga   keladi.   Nutq     tafakkurdan
ajralmasdir.  L.S.Vigotskiy  fikriga  ko‘ra  «nutq  tafakkurning  so‘zga  aylanish,
materiallashish  jarayonidir» 1
. Tafakkur jarayoni hozirgacha to‘liq anglangan
emas. 
Olimlarning   e’tirof   etishicha,   tafakkurda   mavjud   hodisalar   mohiyatini
umumlashtirish   muhim   o‘rin   tutadi.   Tushunchalar     muloqot   uchun   material
bo‘lgan   so‘z   orqali   ifodalanadi.   Demak,   fikrlash   –   tushunchalardan
1
  Выготский, Л.С. Мышление и речь: Психологические исследования. – М., Лабиринт, 1996. –  C .415. foydalanish,   ularni   ifodalovchi   so‘zlarni   bilishdir.   Shuning   uchun   lisoniy
vositalar   (so‘z   zahirasi,   grammatik   shakllar   va   qurilmalar)ni   bilish   tafakkur
va idrok etish faoliyatini rivojlantirishni taqozo qiladi. 
Bu   yerda   biz   nutq   va   tafakkur   masalasiga   yetib   keldik.   Bu   ikki
tushuncha albatta, bir xil emas. Bir tomondan, tafakkur nutqqa nisbatan keng,
u nafaqat tilda aks etadi, balki nutqiy fikrlash bilan bir qatorda amaliy natija
beradigan   va   ko‘rgazmali-obrazli   fikrlashni   ham   qamrab   oladi.   Boshqa
tomondan,   qaysidir   ma’noda,   nutq   tafakkurga   nisbatan   keng,   u   nafaqat
tushuncha   mazmuni   haqida   xabar   beradi,   balki   qo‘shimcha   ravishda   his-
tuyg‘ularni ham ifodalaydi. Bundan tashqari, nutq uslubiy jihatdan bo‘yoqdor
va ijtimoiy tabaqalashtirilgan hamda o‘zgaruvchandir.
    Tafakkur   mexanizmlari,   shubhasiz,   odamlarning   millati   va   ijtimoiy
holatidan   qat’iy   nazar,   hamma   uchun   umumiydir.Nutqning     ikki   ko‘rinishi:
ichki va tashqi ko‘rinish farqlanadi. Ichki nutq fikrlarni og‘zaki yoki yozma
shakliga   e’tibor   bermay   ifodalaydi.   U   lisoniy   ma’nodan   va   aniq
kommunikatsiya   jarayonidan   tashqarida   foydalaniladi.   Hatto   nomlashning
o‘zidan ham tushunarliki, bu jarayon bevosita kuzatishdan yashirin, shuning
uchun   u   hali   to‘liq   o‘rganilmagan.   Ichki   nutq   jarayoni   tez   sur’atda   sodir
bo‘ladi   va   uning   lisoniy   shakllanishi   sharoitga   bog‘liqligi   darajasiga     ko‘ra
farqlanadi.
    Ichki nutqning uch turi  farqlanadi:
♦   Ichki so‘zlash,   tashqi nutq strukturasini   saqlab qolgan, ammo tovush
yoki   grafik   jihatdan   rasmiylashmagan   so‘zlashdir.   Bunday   nutq   qiyin
sharoitlarda tafakkur vazifalarini hal qilish uchun xosdir;
  ♦   Shaxsiy   ichki   nutq   -   fikrlash   vositasi   sifatida   ishtirok   etuvchi   o‘z
ichki   nutqi.   Bunda   inson   maxsus   birliklardan   (predmet   kodlari,   obrazlar
kodlari   kabilardan)   foydalanadi.   Bunday   nutq   tashqi   nutq   tuzilishidan   farq
qiluvchi o‘ziga xos tuzilishga ega ; ♦  Ichki dasturlash  – bu nutqiy ifoda, yaxlit matn yoki uning qismlariga
xos maxsus birliklarning shakllanishi va mustahkamlanishi;
    Tashqi   nutq   –   bu   turli   kodlashtirish   mexanizmlari     va   kodlangan
xabarlarni   o‘qishni   qamrab   olgan   nutqiy   faoliyat   jarayonidir.   Qisqagina
ta’riflansa,   tashqi   nutq   –   bu   biz   talaffuz   qiladigan,   eshitadigan,   yozadigan,
o‘qiydigan nutqdir.
Muloqot strukturasi
Muloqot   strukturasi   –   bu   muloqot   jarayonini   tashkil   etuvchi   asosiy
unsurlarning   ma’lum   tartibdagi   yig‘indisidir.   Bunda   muloqotning   tuzilish
tavsifi   asosiy   elementlarga   mos   va   ulardan   har   birining   ichki   tuzilishiga
taalluqli bo‘ladi .  
Aloqaning asosiy komponentlari:
 ♦    subyektlar;
 ♦    lisoniy va nolisoniy vositalar;
  ♦    ehtiyoj, motiv va kommunikativ maqsad;
 ♦    nutqiy strategiya va taktika, o‘zaro ta’sirning aloqa     jarayonida aks
etishi;
 ♦    nutqiy samara.
Aloqa   strukturasiga   boshqacha,   bu   jarayonning   turli   tomonlarini
qamrovchi   umumlashgan   yondashuvlar   ham   mavjud.Tadqiqotlarda
kommunikativ, interaktiv va perseptiv tomonlar qayd qilinadi: 
1. Kommunikativ (bir tomonlama) axborot uzatish.
2. Interaktiv (ikki tomonlama o‘zaro ta’sir).
3. Perseptiv (o‘zaro bir-birini idrok qilish).
Jumladan,   muomalaning   birinchi   tomonida     -   tilga   va   uning   amaliy
ifodasi   bo‘lmish   nutq   faoliyatiga   bevosita   murojaat   qiladilar.   Muomalaning
ikkinchi   tomoni   -   muloqotga   kirishuvchilarning   o‘zaro   ta’siri,   ularning   nutq
faoliyatida nafaqat so‘z orqali fikr almashinuvi, balki hatti-harakati va xulq- atvori   bilan   o‘zaro   ta’sir   o‘tkazish,   ta’sirlanishidan   iborat.   Muomalaning
uchinchi   tomonida     -   muloqotga   kirishuvchilarning   o‘zaro   bir-birini   idrok
qilish jarayoni namoyon bo‘ladi, insonni inson tomonidan idrok qilish yuzaga
keladi 2
. 
Har   bir   yondashuv   o‘zicha   to‘g‘ri   bo‘lib,   ijtimoiy-psixologik   aloqaning
xususiy   tuzilishi   mezonlarini   izohlaydi.   Aloqaning   semantik   tomoniga
kommunikativ yo‘nalishda, interaksiya jarayonining shakliy-axloqiy jihatdan
namoyon   bo‘lishi   sifatida   qarash   to‘g‘ri   bo‘ladi.Ularning   har   biri   o‘z
navbatida shakliy va tuzilish jihatdan idrok qilinishi mumkin. 
Yuqorida   aytilganlardan   xulosa   qilish   mumkinki,   muloqot   mohiyatini
yoritib   berishda   psixologik   yondashuv   inson   ruhiy   kechinmalari,   holatlari
to‘g‘risida bahs yuritish bilan cheklanadi. Ularning ifodalanishi bevosita nutq
faoliyatiga   bog‘liq.   Mana   shu   holatlar   lisoniy   birliklar   vositasida     o‘z
tavsifiga   ega   bo‘ladi.   Bu   esa   til     va   faoliyat   tushunchasining     o‘zaro
chambarchas   bog‘liqligi,   ularni   bir-biridan   ajratib   bo‘lmasligi   hamda   shu
ma’noda,   tilga   tilshunoslikning   zamonaviy   yo‘nalishlaridan   bo‘lgan
pragmalingvistikaning   asosida   yotuvchi   faoliyat   sifatida   qarashning   to‘g‘ri
ekanligini yana bir karra isbotlaydi.
Muloqotda subyekt va obyekt munosabati
Muloqot   jarayonining   asosini   til     vositasida   o‘zaro   munosabatga
kirishish   imkoniga   ega   bo‘lgan   shaxslar   tashkil   qiladi.   Aloqaning   amalga
oshishi   ana   shu   shaxslarning   mavjudligiga   bog‘liq.   Boshqacha   aytganda,
aloqaning   bo‘lishi   uchun   so‘zlovchi   yoki   yozuvchi     hamda   nutq   qaratilgan
shaxs   –   tinglovchi   yoki   o‘quvchining   bo‘lishi   shart.   Agar   ulardan   birortasi
bo‘lmas   ekan,   nutqiy   aloqa   amalga   oshmaydi.   Ularning   har   biri   muloqot
jarayonida   tutgan   o‘rniga   ko‘ra   aloqaning   obyekti   yoki   subyekti   bo‘lishi
mumkin.   Inson bir muloqot jarayonida o‘rni bilan so‘zlovchi yoki tinglovchi
2
 Ғозиев Э. Муомала психологияси. –Тошкент, Университет, 2001. 55-бет. vazifasida ishtirok etadi. Bunda u muloqot xarakteri, mavzuga bog‘liqligi va
mazkur   jarayonda   tutgan   o‘rniga   qarab   o‘z   vazifasini   o‘zgartirishi   mumkin.
Umuman   olganda,   dialogik   nutqda   muloqotchilarning   nutq   jarayonida
so‘zlovchi yoki tinglovchi vazifasida ishtirok etishi qat’iy belgilangan emas.
Nutq   ishtirokchilarining   so‘zlovchidan   tinglovchiga   yoki   tinglovchidan
so‘zlovchiga   aylanib   turishi   nutq   jarayonining   rivojlanishi,   yangi   nutqiy
vaziyatlarning yuzaga kelishi uchun yo‘l ochadi. 
Muloqot vositalari
Kishilar   orasida   aloqa   imkoniyati   mavjud   bo‘lishi   uchun   muloqotni
ta’minlashga   xizmat   qiluvchi   vositalar   bo‘lishi   zarur.O‘zaro   aloqada
mazmunli   bo‘lgan   va     lisoniy,   madaniy   va   tasviriy   vositalarga   boy   nutq
asosiy   o‘rin   tutadi.   O‘zaro   muloqotda   ishtirok   etuvchi   vositalarni   quyidagi
turlarga ajratish mumkin:
♦  Nutqiy muloqotning verbal vositalari 
♦  Nutqiy muloqotning noverbal vositalari
Nutq tilning og‘zaki yoki yozma ko‘rinishida juda ahamiyatli bo‘lsa-da,
bor-yo‘g‘i   insoniy   aloqalarda   qurol   yoki   vositadir.   Bu   aloqaning   verbal
vositasidir.   Aloqaning   noverbal   vositalari:     mimika,   ko‘z   ifodasi,
pantomimika   (turish,   ishora,   harakat,   yurish)   o‘zini   tutish   tarzi,
aloqachilarning   o‘zaro   masofasi,   ayniqsa,   kishining   tasviriy   mimikasi   juda
muhimdir. 
Nutqiy   muloqotning   etnosotsiopragmatik   xususiyatlari   bo‘yicha
kuzatish   olib   borgan   Sh.Safarov   va   G.Toirovalar   muloqotni   tashkil     etuvchi
omillarni   quyidagicha   ko‘rsatadilar:   «Muloqotning   tashqi   omillari   (tarkibiy
qismlari)   muloqotning   maqsadi,   undagi   tinglovchi   va   so‘zlovchining
maqsadi,   muloqot   voqelanayotgan   shart-sharoit,   vaziyat   kabilarni   kiritish
mumkin.   Chunonchi,   muloqot   maqsadi   muloqot   mazmunini   belgilaydi.
Vaziyat   uning   shaklini   va   ko‘p   hollarda   muloqotning   ichki   tarkibiy   qismi bo‘lgan   lisoniy   va   nolisoniy   omillar   tabiati   va   turlarini   belgilaydi.   Shunday
qilib,   muloqotning   ichki   omillariga:   lisoniy   va   nolisoniy   vositalarni   kiritish
to‘g‘ri   bo‘ladi.   Muloqotning   «salomlashish»   bosqichida   muloqot   ibtidosini
belgilovchi   salomlashish,   ko‘rishish,   so‘rashish   kabi   lisoniy   birliklar:   so‘z,
so‘z   birikmalari,   undov   va   hokazolar   muloqotning   ichki   omili   sifatidagi
uning lisoniy vositasi sanaladi... Muloqotning ichki omili bo‘lmish nolisoniy
vositalarga   quyidagilarni   kiritish   mumkin:   milliy-etnik   vositalar,   madaniy-
etik   vositalar.   Ular   ham   o‘ziga   xos   paradigmalarni   tashkil   etadi   va   o‘z
navbatida informasion va ifoda ma’no kasb etadi» 3
. 
Ko‘rinadiki, nutqiy muloqotning voqelanishi uchun verbal va noverbal
vositalarning   bo‘lishi,   ularning   o‘zaro   uyg‘unligi   talab   etiladi.   Fikrning
verbal   yoki   noverbal   vositalar   yordamida   nutqning   u   yoki   bu   ko‘rinishida
ifodalanishi   pragmatik   mazmunning   yuzaga   chiqishini   ta’minlaydi.   Shu
nuqtai   nazardan   verbal   va   noverbal   vositalar   so‘zlovchi   kommunikativ
maqsadining amalga oshishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Muloqot vazifalari
Tilshunoslikda   kommunikatsiya   juda   keng   ma’noda   tushuniladi.
Insonda  hamma narsa  -  nutqning tuzilishidan gavdaning qay holatda turishi,
imo-ishora,   mimika   va   tovushning   jaranglashigacha   ma’lumot   ma’nosiga
ega.   Ammo   bu   boshqalar   uni   qabul   qilish   va   tushunishlari   uchun   tayyor
bo‘lgandagina     ma’lumotga   aylanadi.   Tilshunoslikka   oid   zamonaviy
adabiyotlarda   tilning,   asosan,   to‘rt-besh   vazifasi   qayd   etiladi.   Tadqiqotlarda     tilning
kommunikativ (aloqa quroli,   vositasi), ekspressiv (fikrlarni ifodalash), konstruktiv
(fikr larni   shakllantirish),   akkumulyativ   (ijtimoiy   tajriba   va   bilim- larni   to‘plash,
saklash)   vazifalari   mavjudligi   va   ularni   farqlash   lozimligini   ta’kidlanadi 4
.
Tilning   o‘z   kommunikativ   xususiyatlarini   namoyon   etishi   bevosita   muloqot
3
Сафаров   Ш.,Тоирова   Г.Нутқнинг   этносоциопрагматик   таҳлили   асослари.   –   Самарқанд ,   2007.
34-37 -бетлар .
4
 Аврорин В.А. Проблемы изучения функииональной стороны языка. -Л.,1975. -С.  44 . ishtirokchilarining ruhiy holatiga bog‘liq bo‘ladi. Nutqning qanday vaziyatda
amalga   oshayotganligi,   muloqot   ishtirokchilarining   ijtimoiy   mavqeyi   va
o‘zaro   munosabati,   so‘zlovchining   kommunikativ   maqsadi   va   uning   qanday
nutqiy strategiyalardan foydalanishi til birliklarining aloqa jarayonida qanday
vazifa   bajarishini   belgilab   beradi.   Shu   tufayli   ilmiy   tadqiqotlarda   tilning
«ekspressiv   vazifasi»,   «tilning   poetik   vazifasi»,   «tilning   badiiy   vazifasi»,   «tilning
estetik vazifasi»   kabi   turlicha   vazifalari   qayd   etiladi.   « Ammo shuni ham aytish
kerakki,   «til ning   estetik   vazifasi»   atamasi   filologik   adabiyotlarda   nisbatan   ko‘p
ishlatiladi.   Bunday   bo‘lishi   ham   tabiiy,   chunki   estetik   vazifa   tushunchasi
ekspressivlik, badiiylik, poetiklik kabi bir qator  tushunchalarni ham o‘z ichiga olgan
holda ularni umumlashtira oladi.   Boshqacha qilib aytganda, mazkur tushunchalarga
qaraganda estetik  vazifa tushunchasining qamrovi anchayin keng» 5
.   Keltirilgan
ta’riflardan   ham   ma’lum   bo‘ladiki,   muloqotning   qanday   vazifa   bajarishi
so‘zlovchi   kommunikativ   maqsadi   va   til   birliklarining   nutqda   ishtirok   etish
funksiyasiga bog‘liq. Bu esa nutqiy muloqot xarakterini belgilab beradi.
5
 Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. –Тошкент: Фан, 2008. 4-бет.

MULOQOT SISTEMASI VA UNING XUSUSIYATLARI HAQIDA Reja: 1. Til va nutq. Til va nutqning vazifalari.Til va tafakkur. 2. Muloqot stru k turasi . Subyekt va aloqa obyekti . Aloqa vositalari . Aloqa funksiyalari . 3. Kommunikativ ifoda tuzilishining, ya’ni nutqiy aktning illokutiv maqsadi kommunikativ vaziyat tuzilishiga bog‘liqligini aniqlash. 4. Muloqotning lingvistik tuzilishini o‘rganish. Muloqotning har xil ko‘rinishlari va turlariga oid qoida, usullarni o‘rganish, tamoyillarini shakllantirish va ishlab chiqish.

Muloqotning lingvistik tuzilishini o‘rganish. Keyingi vaqtlarda tilshunoslikda inson nutqining voqelanish usullari, unda til birliklarining ishtirokiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Inson nutqiy faoliyati tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarda «nutqiy aloqa», «nutqiy ifoda», «nutqiy kommunikatsiya», «nutqiy strategiya» kabi atamalarni qo‘llashga e’tibor kuchayganligi seziladi. E’tibor qilinsa, bu atamalarning har biri tarkibida «nutqiy» so‘zi qo‘llaniladi. Buning sababi nimada? Vaholanki, biz shu vaqtga qadar til muloqotning asosiy vositasi ekanligi haqida gapiramiz. Bu savolga «til» va «nutq» tushunchalari orasidagi farqlarni aniqlaganimizdan so‘nggina javob topamiz. Soddagina qilib aytish mumkinki, til bu belgilar tizimidir. Belgilarning o‘zaro munosabatiga ko‘ra pog‘onali tartiblanishi natijasida til strukturasi shakllanadi. Bu fikr har qanday til tizimi haqida gapirishda qo‘l keladi Tovush, morfema, o‘zak, so‘z, so‘z birikmasi, gap kabi birliklar har qanday tilda mavjud va ular umumiy lisoniy birliklar hisoblanadi. Har qaysi birlik tilning ma’lum bir sathiga tegishli bo‘ladi. Bu sathlar o‘zaro bog‘liq va tovush-morfologik-sintaktik-semantik ko‘rinishidagi qat’iy tartibga ega. Til sathlarining har birida shu sath doirasida qaraluvchi birliklarni qo‘llash me’yori, qoidalari mavjud. Tilimizda «nutq» atamasi ikki ma’noda qo‘llaniladi. Birinchidan, u inson kommunikativ faoliyatining bir ko‘rinishiga – tilning kishilarning o‘zaro aloqa qilishida qo‘llanishiga nisbatan ishlatiladi. Bu ma’noda nutq – og‘zaki yoki yozma shaklda ifodalanuvchi aniq faoliyatdir. Ikkinchidan, faoliyat natijasi –matn (maqola, xabar va shu kabilar) nutq deyiladi. Shunga ko‘ra « til » so‘zida « sistema, struktura » ma’nolari, « nutq » so‘zida – « faoliyat » ma’nosi mujassam. Shuning uchun «kommunikatsiya» tushunchasini belgilashda «nutqiy» so‘zini qo‘llash ma’qul bo‘ladi.

Tilshunos A.Nurmonov o‘z kuzatishlarida rus tilshunosi V.Ya.Zveginsevning til va nutq o‘rtasidagi quyidagi farqli belgilarni aniqlaganligini qayd etadi: 1.Nutq individual, til umumiy hodisadir. Umumxalq tili o‘z taraqqiyoti davomida doimo ma’lum o‘zgarishlarga uchraydi. 2.Nutq psixik hodisa, til ijtimoiydir. 3.Nutq harakatchan, rivojlanuvchi, til esa barqarorlikka, turg‘unlikka intiladi. 4.Nutq tarixiy, til diaxronik xususiyatga ega. 5.Nutqiy elementlar o‘rtasida sababiy tobelik, til elementlari o‘rtasida funksional tobelik mavjud. 6.Til lingvistik qonuniyatlarga bo‘ysunadi. U lingvistik barqaror, nutq esa lingvistik barqaror bo‘lmagan, o‘zgaruvchan xarakterga ega. 7.Nutq o‘z funksiyasini real birliklar vositasida bajaradi. Mohiyat va shakl o‘rtasida farqlanish mavjud. Shu asosda til ham mavhum tizim sifatida amal qiladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, nutq tushunchasini ifodalashda «lisoniy kommunikatsiya» ifodasi ham sinonim sifatida qo‘llaniladi. Umuman olganda, hozirgacha «til» va «nutq» hodisalarining mohiyati to‘la ochib berilmaganligi, ular o‘rtasidagi chegara aniq belgilab olinmaganligi bois, ularni farqlamay qo‘llash davom etib kelmoqda. Til va nutqning vazifalari Til va nutq orasidagi chegarani belgilash ancha qiyin . Gap shundaki, har qanday og‘zaki yoki yozma ko‘rinishdagi lisoniy ifoda – bu nutq. Bundan keyin biz shu asosda fikr yuritamiz. Tilning asosiy vazifalari (bu nutqiy kommunikatsiyani belgilashga tegishli):

1) xabar – ma’lumot yetkazish, insonlarning maqsad va mo‘ljallari, fikrlari haqida ma’lumot. 2) tashviqot – istak, chaqiriq, iltimos. 3) his-tuygularni bevosita ifodalash, emotsiyalar. Bundan tashqari, metalisoniy (predmetni tavsiflash uchun tildan foydalanish) va fatik (muloqot ishtirokchilari o‘rtasida aloqaning o‘rnatilishi) vazifaning mavjudligi. Masalan, tadqiqotlarda, ilmiy tushunchalarni keng izohlovchi lug‘atlarda til metalisoniy vazifada kuzatish obyektini tavsiflash, ularni belgilash uchun qo‘llaniladi. Kundalik maishiy muloqotlarda «Ishlar qanday?», «Nima yangiliklar bor?» kabi jumlalar so‘rashish, shuningdek, aloqa o‘rnatish uchun muhimdir. Til insonning nutqiy faoliyatida turli lisoniy birliklarning qo‘llanishida namoyon bo‘ladi. Masalan, gazeta maqolasida tilning xabar funksiyasi yetakchilik qiladi, shuningdek, unda tashviqot va emotiv vazifa ham ishtirok etadi. Til va tafakkur Kommunikatsiya jarayonida nutqning faoliyat sifatidagi asosiy funksiyasi fikrni ifodalash hisoblanadi. Inson chuqur uyquni hisobga olmaganda , doimo fikrlaydi. Mana shunday hollarda fikr nafaqat shakllanadi, balki to‘liq va tugallangan holda vujudga keladi. Nutq tafakkurdan ajralmasdir. L.S.Vigotskiy fikriga ko‘ra «nutq tafakkurning so‘zga aylanish, materiallashish jarayonidir» 1 . Tafakkur jarayoni hozirgacha to‘liq anglangan emas. Olimlarning e’tirof etishicha, tafakkurda mavjud hodisalar mohiyatini umumlashtirish muhim o‘rin tutadi. Tushunchalar muloqot uchun material bo‘lgan so‘z orqali ifodalanadi. Demak, fikrlash – tushunchalardan 1 Выготский, Л.С. Мышление и речь: Психологические исследования. – М., Лабиринт, 1996. – C .415.

foydalanish, ularni ifodalovchi so‘zlarni bilishdir. Shuning uchun lisoniy vositalar (so‘z zahirasi, grammatik shakllar va qurilmalar)ni bilish tafakkur va idrok etish faoliyatini rivojlantirishni taqozo qiladi. Bu yerda biz nutq va tafakkur masalasiga yetib keldik. Bu ikki tushuncha albatta, bir xil emas. Bir tomondan, tafakkur nutqqa nisbatan keng, u nafaqat tilda aks etadi, balki nutqiy fikrlash bilan bir qatorda amaliy natija beradigan va ko‘rgazmali-obrazli fikrlashni ham qamrab oladi. Boshqa tomondan, qaysidir ma’noda, nutq tafakkurga nisbatan keng, u nafaqat tushuncha mazmuni haqida xabar beradi, balki qo‘shimcha ravishda his- tuyg‘ularni ham ifodalaydi. Bundan tashqari, nutq uslubiy jihatdan bo‘yoqdor va ijtimoiy tabaqalashtirilgan hamda o‘zgaruvchandir. Tafakkur mexanizmlari, shubhasiz, odamlarning millati va ijtimoiy holatidan qat’iy nazar, hamma uchun umumiydir.Nutqning ikki ko‘rinishi: ichki va tashqi ko‘rinish farqlanadi. Ichki nutq fikrlarni og‘zaki yoki yozma shakliga e’tibor bermay ifodalaydi. U lisoniy ma’nodan va aniq kommunikatsiya jarayonidan tashqarida foydalaniladi. Hatto nomlashning o‘zidan ham tushunarliki, bu jarayon bevosita kuzatishdan yashirin, shuning uchun u hali to‘liq o‘rganilmagan. Ichki nutq jarayoni tez sur’atda sodir bo‘ladi va uning lisoniy shakllanishi sharoitga bog‘liqligi darajasiga ko‘ra farqlanadi. Ichki nutqning uch turi farqlanadi: ♦ Ichki so‘zlash, tashqi nutq strukturasini saqlab qolgan, ammo tovush yoki grafik jihatdan rasmiylashmagan so‘zlashdir. Bunday nutq qiyin sharoitlarda tafakkur vazifalarini hal qilish uchun xosdir; ♦ Shaxsiy ichki nutq - fikrlash vositasi sifatida ishtirok etuvchi o‘z ichki nutqi. Bunda inson maxsus birliklardan (predmet kodlari, obrazlar kodlari kabilardan) foydalanadi. Bunday nutq tashqi nutq tuzilishidan farq qiluvchi o‘ziga xos tuzilishga ega ;