Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari
Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari Reja 1. Jamiyat taraqqiyoti da ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rni. 2.S ud hokimiyati faoliyatini demokratlashtirish va liberallashtirish, hamda mustaqilligini ta’minlash muammosi . 3.F uqarolik jamiyati shaklanishi jarayonida ma’naviyatning o‘rni masalasi dolzarb muammo sifatida.
1. Jamiyat taraqqiyoti da ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rni. Bugungi kunda insoniyat jamiyatini fan faoliyat sohasisiz tassavvur qilib bo‘lmaydi va qaysi mamlakat ilm-fan yutuqlariga asoslansa, o‘sha mamlakat taraqqiyotga erishishi hamda gullab-yashnashi mumkinligini tarix yaqqol ko‘rsatib turibdi. Jamiyat taraqqiyoti ko‘p omillarga va eng avvalo, xato qilmasdan to‘g‘ri yo‘ldan borishga bog‘liqdir. Xato qilmasdan to‘g‘ri harakat qilish uchun esa, oldindan ko‘ra bilish kerak va buning uchun esa, ilm-fan tavsiyalariga asoslanib jamiyatni boshqarish lozim. Chunki, fan faoliyatining mahsuli bo‘lgan bilim oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini berib bizni xatodan saqlanib to‘g‘ri harakat qilishimizni ta’minlaydi. Shuning uchun xadis ilmining sultoni Imom Buxoriy “Odamlarning najoti faqat bilim va undan boshqasi bo‘lmagay” deb yozgan yoki G‘arb sotsiologiyasining asoschisi Ogyust Kont “Bilish oldindan ko‘ra bilish uchun, oldindan ko‘ra bilish esa harakat qilish uchun” deb yuzib qoldirgan. Bilim alohida ongli ijtimoiy faoliyat turi bo‘lgan fan faoliyati orqali shakllanadi. Fan faoliyati tabiat, jamiyat va tafakkur rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Inson bilan tabiat o‘rtasida yuz beradigan munosabatlardagi iqtisodiy ehtiyojdan kelib chiqib tabiiy fanlar yuzaga kelgan. Ammo hayot jarayonida inson nafaqat tabiat bilan, balki, o‘zaro ham munosabatga kirishadi va ana shu ijtimoiy munosabatlardagi ya’ni siyosiy va huquqiy munosabatlardagi ehtiyojdan kelib chiqib ijtimoiy-gumanitar fanlar yuzaga keladi. Aniqroq qilib qilib aytganda ijtimoiy fanlar jamiyatni anglashga xizmat qilsa, gumanitar fanlar insonni anglashga xizmat qiladi va xuddi shunday tabiiy fanlar tabiatni anglashga qaratilgan. Demak, ijtimoiy-gumanitar fanlar insoniyat jamiyatidagi odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni va bu munosabatlarni ijrochisi bo‘lgan insonni anglashga xizmat qiladi. Insoniyat jamiyati rivojlanib borishi bilan ijtimoiy munosabatlar ham va insonning o‘zi ham takomillashib boradi va demak ularni o‘rganish va anglab olish ham murakkablashib boradi. Shuning uchun ijtimoiy - gumanitar fanlarning maqsad va vazifalari zamon talablaridan kelib chiqib murakkablashib boradi,
chunki tarixiy jarayonning o‘zi oddiylikni murakkablashib borishidan iboratdir. Demak ijtimoiy - gumanitar fanlarning dolzarb muammolarini aniqlab olish uchun zamon mohiyatidan va talabidan kelib chiqish lozim. Bugungi kunimizning talabi mamlakat i mizni demokratlashtirish va liberallashtirish asosida kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tishdan iborat bo‘lib u zamonamiz mohiyati bo‘lgan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasidan kelib chiqadi. Demak, ijtimoiy -gumanitar fanlarning vazifasi ana shu konsepsiyani ijrosini ta’minlashga xizmat qiladigan ilmiy asos va shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Buning uchun ular, eng avvalo, bu borada ya’ni mamlakatni modernizatsiyalash borasida qanday muammolar mavjudligini bilishlari lozim va o‘sha muammolarni boshqalardan ko‘ra oldinroq ilg‘ab olib, uni bartaraf qilish borasida ilmiy taklif va xulosalarni ishlab chiqishlari lozim. Barcha vaqtlarda ijtimoiy-gumanitar fanlarning muammolari jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoyi tartibni o‘rnatish muammosi bilan bog‘liq bo‘lgan. Boshqacha qilib aytganda barcha vaqtlarda jamiyatshunos olimlar qanday qilsak jamiyatda tartib bo‘ladi ? degan savolni javobini topishga harakat qilishgan. Bugungi kunda ham ushbu savolni javobini topish oldingidek o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda, chunki, hali – hanuz dunyoning biror-bir davlati o‘z mamlakkatida ijtimoiy tartibni barqarorligini to‘liq ta’minlashga erisha olgani yo‘q. Zamonamiz mohiyati bo‘lgan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasi ham ijtimoiy tartibni o‘rnatish muammosi bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki, ijtimoiy tartib o‘rnatilishi uchun faqat yuqoridan amalga oshiriladigan davlat nazorati yetarli emasligini tarix yaqqol ko‘rsatib turibdi. Buning uchun quyidan amalga oshiriladigan jamiyat nazorati ham kerak bo‘lmoqda va jamiyat o‘zini nazorat funksiyasini amalga oshirishi uchun u albatta kuchli bo‘lishi lozim. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari konsepsiyasi asosida ishlab chiqilgan va 2010 yil 12 noyabrda Parlamentning qo‘shma majlisida bayon qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarollik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” fuqarolik jamiyatini kuchli qilishning dolzarb muammolarini belgilab berdi. Ana
shu mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasida belgilab berilgan muammolarni hal qilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham dolzarb muammolari bo‘lib hisoblanadi, chunki mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, barcha vaqtlarda donishmandlarni uylantirib kelgan savolni ya’ni qanday qilsak jamiyatda tartib bo‘ladi degan savolni javobini topish jarayonida salmoqli hissa bo‘lib hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibni o‘rnatish muammosini hal qilish bugungi kunda taraqqiyotning eng maqbul yo‘li deb tan olingan demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlash va shu yo‘ldan yurish bilan bog‘iqdir. Shuning uchun ijtimoiy–gumanitar fanlar oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri bu davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini yanada demokratlashtirish masalalari bilan bog‘liq. Demokratiya deganda hokimiyat xalq tomonidan shakllantirilishi va nazorat qilinishi tushuniladi. Shuning uchun xalqni ushbu jarayonlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan omillarni topish jamiyatshunos olimlar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Demokratiya namoyon bo‘lishi uchun, eng avvalo demokratiya sharoitida yashashga qodir bo‘lgan fuqarolar bo‘lishi kerak va bunday fuqarolar siyosiy – huquqiy madaniyat hamda yuksak ma’naviyat negizida shakllanadi. Shuning uchun jamiyatning siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirish va ma’naviyatni yuksaltirish masalalari ijtimoiy-gumanitar fanlarning ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lishi lozim. Jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibni o‘rnatilishi hokimiyat tarmoqlari o‘rtasidagi munosabatda tartibni mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi. Chunki, ijtimoiy tartibni o‘rnatilishi eng avvalo davlatga bog‘liq, lekin davlat mamlakatda tartibni o‘rnatishga qodir bo‘lishi uchun oldin uni o‘zida tartib o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Bunday tartib o‘rnatilishi uchun hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashganda o‘zaro tiyib turish tizimi shakllangan bo‘lishi lozim. Shulardan kelib chiqib Ijtimoiy tartibni o‘rnatishda o‘zaro tiyib turish va mafaatlar muvozanatining samarali tizimini o‘rni mavzui bugungi kunda ijtimoiy-
gumanitar fanlar oldida turgan dolzarb muammolardan deb aytish mumkin. Ushbu muammo keng va tor ma’noda tushunilishi mumkin, keng ma’noda umuman ikki inson o‘rtasidagi o‘zaro tiyib turish sifatida tushuniladi, tor ma’noda esa, aniq sub’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro tiyib turish tushuniladi. Har qanday holatda ham inson o‘zini tiyib turishi uchun unda ma’naviyat yuksak bo‘lishi lozim, ikkinchidan har ikkala tomon teng bo‘lishi lozim. Agar tomonlar teng bo‘lishmasa va tomonlardan biri kuchli bo‘lsa, o‘zaro tiyib turishni ta’minlab bo‘lmaydi, balkim faqat bir tomon ya’ni kuchsiz tomon o‘zini tiyib turishi ta’minlanadi xolos. Demak, o‘zaro tiyib turish tizimi shakllanishi uchun ikkita omil ya’ni ma’naviyat negizida inson o‘z ustidan hokimiyatga ega bo‘lgan bo‘lishi lozim va ikkinchi omil, tomonlar teng bo‘lishlari lozim. Bugungi kunda bizlarda kuchli davlat va nisbatan kuchsiz jamiyat mavjud, shuning uchun ular o‘rtasida o‘zaro tiyib turish tizimini shakllantirish qiyin kechadi. Davlat jamiyat oldida o‘zini tiyib turishi uchun jamiyat kuchli bo‘lishi lozim, buning uchun fuqarolar fuqarolik jamiyati institutlariga birlashgan bo‘lishlari lozim. Zamonamiz mohiyati bo‘lgan kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari konsepsiyasi o‘zaro tiyib turish tizimini shakllanishiga xizmat qiladi, chunki ushbu konsepsiya jamiyatni kuchli qilishga qaratilgan. O‘zaro tiyib turish tizimini shakllanishi manfaatlarni to‘g‘ri ifodalashni taqozo etadi. Manfaatni to‘g‘ri ifodalash deganda insonni jamiyatdagi ahamiyati bilan mavqei o‘rtasida munosiblikni tushunish lozim. Boshqacha qilib aytganda inson o‘z manfaatini ifodalaganda o‘zini jamiyatdagi ahamiyatidan kelib chiqib ya’ni o‘shanga munosib tarzda ifodalashi lozim. Insonni jamiyatdagi ahamiyatini ifodalaganda asosan ikkita me’zondan kelib chiqish to‘g‘ri bo‘ladi. Birinchisi, o‘z faoliyatiga ijodiy yondashib biror bir yangilik yaratishi bo‘lsa, ikkinchisi, jamiyatda bo‘layotgan voqealarga nisbatan befarq bo‘lmasdan daxldorlik hissi bilan yashashi. Ana shunday insonlarni ya’ni o‘z kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashib yangilik qilgan va jamiyatga nisbatan daxldorlik hissi bilan yashayotgan odamlarni manfaati ustun bo‘lishi lozim. Demak, faqat o‘z kasbiy faoliyatini yuzaki amalga oshirib yashayotgan va jamiyatga nisbatan befarq bo‘lib