logo

Ijtimoiy prognozlashtirish muammolari 14v

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

87.5 KB
   Ijtimoiy prognozlashtirish muammolari
REJA :
1. Ijtimoiy bashorat tushunchasi, turlari, tiplari, metodlari 
2.Kelajakni prognozlashtirishning о‘ziga xos xususiyatlari.
3.Prognozlashtirishning ijtimoiy jarayonlarga ta’siri.  O‘zining,   o‘z   farzandlarining,   o‘zi   yashayotgan   mamlakatning   kelajagi
haqida   bilishni   istamagan   odam   bo‘lmasa   kerak.   Shu   sababli   qadim   zamonlardan
boshlab   turli   xalqlarda   ertangi   kunga   nazar   tashlash,   kelajakni   bashorat   qilish
qobiliyatiga   ega   bo‘lgan   kishilar   katta   izzat-ikromga   sazovor   bo‘lgan.   Forslar
ularni afsungarlar, bobilliklar va assiriyaliklar – xaldeylar, qadimgi Misr aholisi –
kohinlar   deb   atagan.   Bashoratgo‘ylar   qadimgi   Yunoniston   aholisining   hayotida
alohida o‘rin egallagan. Kelajakni  bashorat  qilishga  falsafa tarixida ham, ijtimoiy
tafakkurda   ham   turli   ko‘rinishlarda   alohida   e'tibor   qaratilgan.   Tarixning   o‘tish
davrlarida, keskin ijtimoiy konfliktlar yuz bergan davrlarda bashoratning ahamiyati
ayniqsa   oshgan.   Bu   insoniyat   hayotining   barcha   jabhalarida   olamshumul
o‘zgarishlar   yuz   berayotgan   hozirgi   davrga   ham   xos.   Yuzaga   kelgan   sharoitda
ijtimoiy   bashorat   masalalari   o‘ta   muhim   nazariy   va   metodologik   ahamiyat   kasb
etmoqda,   ularni   ishlab   chiqish   esa   falsafiy   tafakkurning   dolzarb   vazifalaridan
biriga aylanmoqda. Darhaqiqat, kelajak bilan shug‘ullanmagan falsafaning kelajagi
yo‘q. 
Ushbu   mavzuning   maqsadi   bashoratga   umumiy   tavsif   berish,   uning   asosiy
turlarini   ko‘rib   chiqishdan;   ijtimoiy   prognoz   nimaligini,   uning   metodlari   va
tiplarini   aniqlashdan;   davrimizning   olamshumul   muammolar   bilan   belgilangan
asosiy futurologik konsepsiyalarini tahlil qilishdan iborat. 
Ijtimoiy   bashorat:   turlari,   tiplari,   metodlari.   Bashorat   –   kelajak
haqidagi, ya'ni  hali   amalda  mavjud bo‘lmagan, lekin  rivojlanishning  kutilayotgan
rivojini   belgilovchi   ob'ektiv   va   sub'ektiv   omillar   ko‘rinishida   hozirgi   zamonda
potensial   mavjud   bo‘lgan   hodisalar   va   jarayonlar   haqidagi   bilim.   Bashorat   o‘z
gnoseologik tabiatiga ko‘ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza
–   o‘tmishni   ham,   hozirgi   zamonni   ham,   kelajakni   ham   bilishga   tatbiq   etiladigan
mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yoki hali ma'lum bo‘lmagan hozirgi davrga
qarab mo‘ljal oladi. 
Kelajakni   oldindan   aytish   usuli,   teranlik   va   aniqlik   darajasiga   ko‘ra
bashoratning   uch   turini   farqlash   mumkin:   1)   kundalik   bashorat;   2)   intuitiv bashorat;   3)   ilmiy   bashorat.   kundalik   bashorat   insonning   kundalik   hayot
tajribasiga,   tabiat   va   jamiyatda   u   yoki   bu   voqyealarning   tez-tez   takrorlanishini
bevosita   kuzatishga   asoslanadi.   kundalik   bashoratlarga   xalqda   keng   mashhur
bo‘lgan ob-havo alomatlari misol bo‘lishi mumkin. Masalan, quyosh botayotganda
odatdagidan uzoqroq ushlanib qolgan bo‘lsa, yomg‘irni kutish kerak; yozda ertalab
tuman tushgan bo‘lsa, demak kunduzi havo ochiq bo‘ladi; Sharqdan shamol  essa,
tez orada yomg‘irlar tugaydi. 
Bashoratning   ikkinchi   turi   –   intuitiv   bashorat.   Ma'lumki,   intuitsiya   –   bu
ilmiy   tajriba   va   mantiqiy   mushohadasiz   haqiqatning   tagiga   bevosita   yetish.
Bashoratning bu turi hali yaxshi o‘rganilmagan va ko‘pincha unga yetarlicha baho
berilmaydi. Holbuki, aqlni  lol  qoldiradigan faktlar  ma'lum. Masalan,  to‘rt  yuz yil
oldin   yashagan   fransuz   tabibi   Mishel   Nostradamus   misli   ko‘rilmagan
bashoratgo‘ylik   qobiliyatiga   ega   bo‘lgan.   O‘zining   mashhur   «Senturiyalari»   va
boshqa   asarlarida   u   XX   asrning   texnik   kashfiyotlari   –   suv   osti   kemalari,
samolyotlar,   vodorod   bombasinigina   emas,   balki   fransuz   va   rus   inqiloblarini,
shuningdek   de   Goll,   Franko,   Lenin,   Stalin,   Gitler,   Mussolini   kabi   shaxslarning
paydo bo‘lishini ham bashorat qilgan.
O‘z  davrining mashhur   folbini   Aleksandra  Filippovna  Kirxgof   buyuk shoir
Aleksandr   Pushkinga   uning   hayotidagi   muhim   voqyealarni:   tez   orada   ko‘p   pul
olish,   ikki   surgun,   uylanish,   mashhurlik,   38   yoshda   hayotni   tark   etish   ehtimolini
bashorat qilgan. Afsuski, bu bashorat to‘la ro‘yobga chiqqan. 
Ukrainalik atoqli faylasuf va shoir Grigoriy Skovoroda ham bashorat qilish
qobiliyatiga ega bo‘lgan. U o‘z qishlog‘i – Ivanovkaga oxirgi marta kelganda kasal
bo‘lmagan.   Hammaga   o‘zining   o‘limi   yaqinligini   e'lon   qilgan,   o‘zi   o‘ziga   qabr
qazgan,   o‘z   «xonaqosi»ga   qaytib   kelgan,   ich   kiyimini   almashtirgan,   boshiga   o‘z
asarlarini qo‘ygan va vafot etgan. 
Boshqa   ko‘plab   g‘ayrioddiy   faktlarni   keltirish   mumkin.   Ularning   barchasi
intuitiv bashoratni e'tibordan soqit etish yaramasligidan dalolat beradi.  XX   aso   oxiri   XXI   asr   boshlarida   dunyo   tan   olgan   va   e'tirof   etgan
bashoratchilar Vanga xonim, Juna Davitashvili, er-xotin Pavel va Tamara Globalar
bo‘lib,   ular   1989   yildayoq   1991   yilda   SSSR   parchalanishini,   o‘sha   davrda
hukumatni   boshqarayotgan   V.   Gorbachevning   taxtdan   ag‘darilishini   va   Mustaqil
hamdo‘stlik mamlakatlari tashkil etilib, jamiyat hayotida yangi davr boshlanishini
bashorat qilganlar.
Odatdagi va intuitiv bashoratdan farqli o‘laroq, ilmiy bashorat fan doirasida
yoki   uning   yordamida   amalga   oshiriladi   va   o‘rganilayotgan   jarayonning
qonuniyatlarini bilishga asoslanadi. U kelajakni ancha samarali bashorat qilish va
oldindan ko‘ra bilish imkonini beradi. 
Ilmiy bashoratning ayrim elementlari qadimgi dunyodayoq mavjud bo‘lgan.
Masalan,   faylasuf   Fales   (miloddan   avvalgi   640-562   yillar)   miloddan   avvalgi   585
yilda   quyosh   tutilishini   bashorat   qilgani   ma'lum.   Ammo   bashorat   haqidagi
dastlabki  bilimlar  XV-XVII  asrlardagina tabiiy va ijtimoiy fanlarning rivojlanishi
bilan   bir   vaqtda   ilmiy   tizimga   solina   boshlagan.   Bu   jarayon   XX   asrning   60-
yillarida ancha yaxlit ilmiy nazariyalarning yaratilishi bilan yakunlangan. 
Inson faoliyati sohalari va bilish ob'ektiga qarab ilmiy bashoratning ijtimoiy,
iqtisodiy,   siyosiy,   harbiy   va   boshqa   turlari   farqlangan.   Ijtimoiy   bashoratning
xususiyatini qayd etish uchun «prognoz qilish» tushunchasi muomalaga kiritilgan.
Prognoz   qilish   bashoratning   alohida   shakli   bo‘lib,   u   ijtimoiy   jarayonlarni
o‘rganishda yuqori darajada ilmiy asoslanganlik va ob'ektivlik bilan ajralib turadi.
Ilmiy   bashoratning   boshqa   shakllaridan   farqli   o‘laroq   prognoz   qilish   –   bu   o‘z
metodologiyasi va texnikasiga ega bo‘lgan maxsus tadqiqot. 
G‘arb   mamlakatlarida   ijtimoiy   prognoz   qilish   ilmiy   bashoratning   turii
sifatida   «futurologiya»   (lot.   futurum   –   kelajak   va   yunon.   logos   –   ta'limot)   degan
nom   bilan   vujudga   kelgan.   Bu   atamani   ilk   bor   G‘arbiy   Berlin   Erkin   universiteti
huzuridagi   Otto   Zur   nomidagi   institut   professori   O.Flextgaym   ishlatgan.   Shuni
qayd   etish   lozimki,   «futurologiya»   atamasi   umumiy   e'tirof   etilgani   yo‘q.   Misol uchun,   bashorat   muammolari   bo‘yicha   fransuz   mutaxassislarining   aksariyati
futurologiya   insonning   kelajakni   ishonch   bilan   bashorat   qilish   qobiliyati   haqida
xom   xayol   qilish   uchun   asos   bo‘ladi,   deb   hisoblaydi.   Futurologiya   o‘rniga
«fyutyuribli»   atamasi   taklif   qilingan   bo‘lib,   u   «ehtimol   tutilgan   kelajak»   degan
ma'noni anglatadi. Bunda kelajakning shartliligi, ko‘p variantliligiga urg‘u beradi. 
Mamlakatimizda   ijtimoiy   bashorat   bilan   bog‘liq   tadqiqotlar   «prognostika»
degan nom olgan. Bu yosh fan prognoz qilish qonunlari, tamoyillari va metodlarini
o‘rganadi,   mantiq   muammolarini   va   har   xil   tipdagi   prognostik   tadqiqotlarning
tasniflarini   ishlab   chiqadi.   U   endigina   shakllanish   davrini   boshdan   kechirmoqda,
lekin   hozirning   o‘zidayoq   kelajakning   ilmiy   muqobillarini   yaratishning   muhim
vositasi hisoblanadi. Prognozdashtirish masalasi bilan K Tulenova shug‘ullanadi.
Bugungi   kunda   ijtimoiy   prognoz   qilish   muammolari   bilan   maxsus   xalqaro
tashkilotlar   shug‘ullanadi.   Ularning   orasida   quyidagilar   bor:   Gudzon   instituti,
ReND   va   Kelajak   uchun   resurslar   korporatsiyalari,   Chikago   va   Kaliforniya
universitetlari   (AQSh);   Keyingi   30   yilda   Angliya,   Fransiya,   Germaniya,
Gollandiyadagi   futurologiya   institutlari   va   b.   Yirik   xalqaro   uyushmalar:   Jahon
futurologlar   jamiyati,   Kelajak   dunyosi,   Fyutyuribllar   xalqaro   tashkiloti   tuzilgan.
Bu   futurologik   tashkilotlar   orasida   Rim   klubi   alohida   o‘rin   egallaydi.   Mazkur
xalqaro nohukumat tashkiloti 1968 yil aprelda italiyalik jamoat arbobi, «Olivetti»
kompaniyasining   vitse-prezidenti,   FIAT   kompaniyasi   ma'muriy   kengashining
a'zosi   Aurelio   Pechchei   tashabbusi   bilan   ta'sis   etilgan.   Klub   Jenevadagi   maxsus
reestrda   shtat   va   byudjetga   ega   bo‘lmagan,   a'zolari   soni   cheklangan   tashkilot
sifatida   ro‘yxatdan   o‘tkazilgan.   Bugungi   kunda   Rim   klubiga   jahonning   47
mamlakatida   yashab   ijod   qiluvchi,   ilmiy-texnika   inqilobi   davrida   insoniyat
rivojlanishining   istiqbollarini   aniqlashni   o‘z   oldiga   maqsad   qilib   qo‘ygan   yuzdan
ortiq   fan   va   madaniyat   arboblari   a'zo.   Klub   faoliyatining   asosiy   shakli   –   hozirgi
davrning olamshumul muammolarini o‘rganishni tashkil etishdan iborat. 
Ijtimoiy prognoz qilishning asosiy xususiyatlari qaysilar xos? Ijtimoiy   prognoz   qilish   asosan   quyidagi   ilmiy-nazariy   xususiyatlar   bilan
tavsiflanadi:
1.   Prognoz   qilish   jarayoni   ob'ektiv   va   sub'ektiv   asoslarga   ega.   Prognoz
qilishning   ob'ektiv   asosi   o‘tmish,   hozirgi   zamon   va   kelajakning   qonuniy   aloqasi
bilan belgilanadi. Kelajak hozirgi zamonda bo‘lg‘usi oqibatni vujudga keltiruvchi
sabab   ko‘rinishida;   muayyan   sharoitlarda   muqarrar   tarzda   voqyelikka   aylanuvchi
imkoniyat   ko‘rinishida;   hozirgi   davrning   kelajakda   yangi   sifat   paydo   bo‘lishiga
olib   kelishi   muqarrar   bo‘lgan   hodisalaridagi   muayyan   miqdoriy   va   tarkibiy
o‘zgarishlar   ko‘rinishida   zohirdir.   Kelajak   hozirgi   zamonda   hodisalarning   ular
mavjudligining   muayyan   sharoitlaridagi   muhim   aloqalarini   ochib   beruvchi
qonunlar   ko‘rinishida   zohirdir.   Bularning   barchasi   bilish   jarayonida   ma'lumdan
noma'lumga, o‘tmish va hozirgi zamondan kelajakka o‘tish imkonini beradi. Agar
biron-bir   hodisaning   (jarayonning)   rivojlanish   qonuni   ma'lum   bo‘lsa,   bu   hodisani
(jarayonni)   o‘rganish   orqali   biz   uning   hozirgi   holatini   qayd   etibgina   qolmasdan,
balki yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarning yo‘nalishi va xususiyati haqida
xulosalar   chiqarishimiz   ham   mumkin.   Shunday   qilib,   kelajakni   prognoz   qilish
uchun real voqyelikni bilishdan, aniqroq aytganda, tizimning hozirgi holatida zohir
bo‘lgan   imkoniyatlar,   tendensiyalar,   qonuniyatlarni   anglab   yetishdan   boshqa   yo‘l
yo‘q. 
Bashorat   qilishning   sub'ektiv   asosi   inson   tafakkurining   o‘tmishdan   hozirgi
zamon   orqali   kelajakka   eltuvchi   qonuniy   tendensiyalarini   aniqlash   va   qayd   etish
asosida kelajakni oldindan aytish imkoniyatida zohirdir. Kelajakni oldindan aytish
bo‘lg‘usi voqyealar haqida xulosalar chiqarish qobiliyati ko‘rinishini kasb etgan. 
Prognoz   qilishning   ob'ektiv   va   sub'ektiv   asoslarini   aniqlash   uni   ba'zan
bashorat bilan bog‘lanadigan soxta bashoratgo‘yliklardan farqlash imkonini beradi.
Odatda,   soxta   bashoratgo‘yliklar   ob'ektiv   jarayonlarni   o‘rganishga   emas,   balki
sub'ektivistik   o‘zboshimchalikka,   ya'ni   ko‘ngliga   kelgan   fikrni   ilgari   surishga
asoslanadi.  2.   Ijtimoiy   prognoz   qilish   mavjud   nazariyalar   bilan   uzviy   bog‘liq,   ulardan
kelib   chiqadi.   Ma'lumki,   har   qanday   nazariya   uch   funksiyani:   sintez   qilish,
tushuntirish va prognoz qilishni bajaradi. Ya'ni nazariya u yoki bu sohada mavjud
holatni tushuntiradi va uning rivojlanish tendensiyasini bashorat qiladi. Binobarin,
ilmiy prognoz qilish nazariyadan boshlanadi. 
Ilmiy bashoratning keyingi mantiqiy tuzilishi quyidagi ko‘rinishga ega:
- bashorat muammosini aniqlash; 
- gipotezani ilgari surish;
-   prognoz   qilish   (bashoratning   umumiy   muammosi   doirasida   ayrim
vazifalarni yechish uchun prognozlarni ilgari surish);
- ilgari surilgan prognozlar asosida prognostik faoliyat rejasini tuzish;
-   prognozlarning   haqqoniyligi,   ishonchliligini   asoslash   va   ularni   imkoniyat
darajasida amaliyot sinovidan o‘tkazish yo‘li bilan tasdiqlash.
Bilish   jarayonida   olingan   yangi   xulosalar   odamlarning   bu   xulosalarga
muvofiq   amalga   oshirilgan   muayyan   harakatlari   mo‘ljallangan   natijalarni   bergan
holdagina ishonchli deb e'tirof etiladi. Bashorat qilingan, yangi bilimlarga muvofiq
ta'riflangan   natijaning   olingan   yangi   bilimlarni   hisobga   olib   erishilgan   amaliy
natija bilan mos kelishi odamlar tomonidan aks ettirilgan ob'ektlar rivojlanishining
muayyan qonunlari va xossalari haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilish uchun asos
bo‘ladi. 
3.   Ijtimoiy   prognoz   qilish   kelajakni   muayyan   tarzda   davriylashtirishni
nazarda   tutadi.   Kelajak   haqidagi   bilimlar   hozirgi   davrdan   uzoqlashishiga   qarab
o‘zining muayyanlik va aniqlik xossalarini yo‘qotib, umumiyroq va nomuayyanroq
tus   olib   borgani   bois,   bevosita,   ko‘zga   ko‘rinadigan   va   uzoq   kelajak   haqida   so‘z
yuritilsa,   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.   Bevosita   kelajakning   vaqtdagi   chegarasi   30
yildan oshmaydi. Ilmiy kashfiyot yaratilganidan u amalda gavdalantirilgunga qadar
taxminan 20 yil vaqt o‘tadi. Shunga asoslanib iqtisodiyotning joriy yuz yillikning 40-yillaridagi   texnologik   darajasi   haqida   ishonch   bilan   hukm   chiqarish   mumkin.
Joriy   yuz   yillikning   kattagina   qismini   qamrab   oluvchi   ko‘zga   ko‘rinadigan
kelajakka   kelsak,   bizning   u   haqdagi   bilimlarimiz,   ta'bir   joiz   bo‘lsa,   haqiqatnamo
xususiyat   kasb   etadi   va   ularga   ehtiyotkorlik   bilan   yondashish   talab   etiladi.   Jahon
aholisi sonining jadal sur'atlarda o‘sishi XXI asrning ikkinchi yarmida to‘xtashini,
2100   yilga   borib   u   taxminan   10-12,5   mlrd.   kishiga   yetishini   kutish   mumkin.
Keyingi   yuz   yillik   chegarasi   ortida   yotgan   uzoq   kelajak   xususida   real
imkoniyatlarga   ega   bo‘lmagan   turli   gipotetik   farazlarga   muvofiq   hukm   chiqarish
mumkin.   Ammo   bu   farazlar   tarixiy   muddatlar   va   ularning   hayotda   gavdalanish
shakllari nuqtai nazaridan muayyan taxminiy baholar bo‘lishi ham mumkin emas. 
4.   Prognoz   qilish   –   bu   maxsus   ilmiy   metodlar   yordamida   kelajak   haqida
bilimlar  olish jarayoni. Bu  metodlar  prognoz tuzish  maqsadida empirik axborotni
tanlash va tahlil qilish usullari va amallari yig‘indisidan iborat. Prognoz qilishning
ilmiy   vositalari   to‘plami   kelajakni   bilishning   200   dan   ortiq   metodlari,   maxsus
metodikalari   va   mantiqiy   vositalarini   o‘z   ichiga   oladi.   Ammo   ularni   besh   asosiy
guruhga birlashtirish mumkin (qolganlari ularning variantlari hisoblanadi):
Prognozlashtirishning metodlari: 
1. Ekstrapolyasiya metodlari.
2. Tarixiy analogiya.
3. Modellashtirish.
4. Ekspertiza usulida baholash.
5. Kelajak ssenariylari. 
Ko‘rsatilgan kelajakni bashorat qilish metodlarining har biri o‘z afzalliklari
va kamchiliklariga ega. 
Ekstrapolyasiya   metodlari   -   qonuniyatlari   o‘tmishda   va   hozirgi   davrda
yaxshi   ma'lum   bo‘lgan   tendensiyalarni   kelajakka   tatbiq   etishga   asoslanadi. Masalan,   biron-bir   tizimga   o‘tmishda   muayyan   o‘zgarmas   tezlik   yoki   tezlanish
bilan rivojlanish xos bo‘lgan bo‘lsa, bizda bu tezlik yoki tezlanish kelajakda ham
muayyan   vaqt   oralig‘ida   o‘zgarishsiz   qoladi   deb   hisoblash   uchun   asoslar   bor.
Shunday qilib, o‘sish (pasayish) egri chiziqlarini grafik yoki analitik usulda davom
ettirish   va   prognoz   ob'ekti   bo‘lg‘usi   holatining   miqdor   ko‘rsatkichlarini   hisoblab
chiqarish   mumkin.   Shunga   qaramay,   agar   o‘rganilayotgan   tendensiya   boshqa
tendensiyalar bilan o‘zaro ta'sirga kirishish natijasida o‘zgarsa va bu o‘zaro ta'sirni
lozim   darajada   o‘rganish   imkoniyati   mavjud   bo‘lmasa,   ekstrapolyasiya   metodi
uncha samarali bo‘lmasligi mumkin. 
Tarixiy   analogiya   –   bu   taqqoslash   yo‘li   bilan   bilish.   Taqqoslanayotgan
ijtimoiy   hodisalar   o‘rtasida   farq   ham,   o‘xshashlik   ham   mavjud   bo‘lishi   kerak.
Taqqoslash  uchun asos bo‘luvchi  omillar taqqoslanishi  lozim bo‘lgan hodisalarga
qaraganda   tanishroq   bo‘lishi   lozim.   Tarixiy   analogiyaning   ijtimoiy   bashoratga
moslashuvchanlik darajasi cheklangan. Bu tabiiy bir holdir, zero kelajakka boshqa
tarixiy   sharoitlar   yo‘ldosh.   Tarixiy   analogiya   ko‘proq   tarixiy   faktni   faol   tanqidiy
tahlil qilishga ko‘maklashadi. 
Modellashtirish   metodi   bilish   ob'ektlarining   o‘zini   emas,   balki   ularning
modellarini   o‘rganishga   asoslanadi.   Tadqiqot   ob'ektini   modellashtirish   –   uni
prognostik xususiyatga ega bo‘lgan xulosalar chiqarish uchun qulay bo‘lgan sodda,
sxematik ko‘rinishda gavdalantirish demak. Tadqiqot natijalari modeldan ob'ektga
ko‘chiriladi.   Prognoz   qilishning   modelli   metodlari   shakllarining   rang-barangligi
bilan   tavsiflanadi.   Modellashtirishning   moddiy,   fizik,   belgili   (matematik),
imitatsion, kompyuterda modellashtirish kabi turlarini farqlash mumkin. 
Ekspertiza usulida baholash-  bu ilmiy metodning mohiyati ekspertlar (fan
va   texnikaning   turli   sohasidagi   yetakchi   mutaxassislar)   tomonidan   muammoni
tahlil qilish va so‘ngra natijalarni formallashtirilgan asosda qayta ishlashdan iborat.
Ekspertlarning   umumiy   xulosasi   muammoning   mumkin   bo‘lgan   eng   maqbul
yechimi   sifatida   qabul   qilinadi.   Bu   metodlar   guruhiga,   odatda,   quyidagilar
kiritiladi: konsensus (kelajakka doir muayyan masala bo‘yicha ekspertlar umumiy bir  to‘xtamga kelishi); «aqliy hujum» (muammolarni  yechish vositasi  va prognoz
qilish usuli, ayniqsa kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bir nechta vaziyatni
ko‘rib   chiqishga   ehtiyoj   tug‘ilgan   holda).   Metodning   mohiyati   shundan   iboratki,
muammoga   doir   har   qanday,   hatto   «g‘alati»   g‘oyalar   ilgari   suriladi;   bu   g‘oyalar
rivojlantiriladi,   o‘z   g‘oyalarini   taklif   qilish   mumkin,   lekin   ularni   tanqid   qilishga
ruxsat   etilmaydi;   «Delfi»   metodi   (qadimgi   Yunonistonning   mashhur   orakuli   ismi
bilan   atalgan).   U   ekspertlar   o‘rtasida   so‘rov   o‘tkazishga   asoslangan.   Bunda
oldinma-ketin so‘rov jarayonida har bir ekspert boshqa ekspertlarning fikrlari bilan
tanishtiriladi; bir nechta sikllar natijasi o‘laroq ustuvor fikr aniqlanadi. Ekspertiza
usulida   baholashning   yana   bir   o‘ziga   xos   metodi   –   sotsiologik   so‘rov   mavjud
bo‘lib, u so‘nggi yillarda bizda ham, chet elda ham tobora keng qo‘llanilmoqda. 
Kelajak   ssenariylari   –   bu   kuzatilayotgan   tendensiyaning   ehtimol   tutilgan
kelajagi   haqidagi   u   yoki   bu   tusmolni   asoslovchi   dastlabki   farazlarning   tartibga
solingan   yig‘indisi.   Ssenariylar:   a)   u   yoki   bu   nazariy   vaziyatni   qay   yo‘l   bilan
bosqichma-bosqich   amalga   oshirish   mumkinligini;   b)   voqyealarning   muayyan
rivojiga   yo‘l   qo‘ymaslik,   ularni   yengillashtirish   yoki   chetlab   o‘tish   uchun
voqyealarning   har   bir   ishtirokchisi   uchun   har   bir   bosqichda   qanday   variantlar
mavjudligini aniqlaydi. 
Shunday qilib, ssenariy murakkab tizimlarni o‘rganishga nisbatan tizimli va
tarixiy yondashuvlarni birlashtiruvchi ko‘p variantli prognozdir; aksariyat hollarda
u   tavsifiy   xususiyat   kasb   etadi   va   kompleks   prognozlarni   tuzishda   keng
qo‘llaniladi.
Shuni qayd etib o‘tish lozimki, ko‘rib chiqilgan metodlarning birortasi ham
alohida holda prognozning yuksak darajada ishonchliligini ta'minlay olmaydi. Shu
sababli   amalda   odatda   murakkab,   kompleks   metodlardan   foydalaniladi.   Mazkur
yondashuv   ayrim   metodlarning   kamchiliklarini   bartaraf   etish   va   prognozlarning
ko‘proq darajada aniqligi va ishonchliligini kafolatlash imkonini beradi.  Ijtimoiy   hodisalar   va   jarayonlarning   rivojlanish   imkoniyatlarini   prognoz
qilish   natijasi   prognoz   hisoblanadi.   U   kelajak   u   yoki   bu   muammolarining
rivojlanishi   va   ularni   yechishning   mumkin   bo‘lgan   barcha   variantlarini,   ularning
bir-birini istisno etuvchi variantlarini, stixiyali va ongli jarayonlarni, ularning vaqt
va   ko‘lam   parametrlarini   aniqlash   imkonini   beradi.   Kelajakning   ijtimoiy
prognozlar   taklif   qilayotgan   tavsifining   mazmuniga   qarab,   ular   insonni   yo   unga
faol   intilishga,   yo   uning   yuz   berishiga   qarshi   harakat   qilishga,   yo   uni   passiv
kutishga da'vat etadi. Shu sababli har qanday ijtimoiy prognoz ilmiy-bilishga doir
mazmunni   ham,   muayyan   mafkuraviy   vazifani   ham   o‘zida   birlashtiradi.   Bunda
bilishga   doir   funksiya   ustunlik   qilishi   ham,   mafkuraviy   funksiya   ustunlik   qilishi
ham mumkin. Turli prognozlarning mazmuni va vazifasidan kelib chiqib, ularning
to‘rt asosiy tipini farqlash mumkin. 
Qidiruv   prognozi   –   ijtimoiy   ob'ektning   kelajagi   qanday   bo‘lishi
mumkinligini   ko‘rsatish   uchun   tuziladigan   prognoz.   U   rivojlanish   qaysi
yo‘nalishda   yuz   beradi,   kelajakning   muayyan   davrida   prognoz   ob'ektining   holati
qanday bo‘lishi mumkin, degan savollarga javob beradi. 
Normativ   prognoz   –   boshqaruvni   optimallashtirish   yo‘llarining   oqilona
tashkil   etilgan   tahlili.   Bu   prognoz   obrazli   qilib   «teskari   prognoz»   deb   ataladi,
chunki   unda   o‘rganish   teskari   yo‘nalishda   –   kelajakdan   hozirgi   davrga   qarab
amalga   oshiriladi.   Normativ   prognoz   qo‘yilgan   maqsadlarga   erishish   yoki
qo‘yilgan vazifalarni yechish uchun nima qilish mumkin yoki kerak, degan savolga
javob   beradi.   Normativ   prognozning   predmeti   sifatida   ijtimoiy   jarayonlar
xususiyatini   butunlay   o‘zgartirishga   qodir   bo‘lgan   g‘oyalar,   gipotezalar,   farazlar,
axloqiy me'yorlar, ijtimoiy ideallar, maqsadlar va mo‘ljallar amal qiladi. 
Analitik prognoz. U kelajakni o‘rganishning turli metodlari va vositalarining
bilishga doir qimmatini ilmiy maqsadlarda aniqlash uchun tuziladi. 
Prognoz-ogohlantirish.   Bu   prognoz   kishilarni   ehtimol   tutilgan   kelajakning
masalan,   yuz   berishi   kutilayotgan   ekologik   halokatlarning   oldini   olishga   majbur qilish   maqsadida   ularning   ongi   va   xulq-atvoriga   bevosita   ta'sir   ko‘rsatish   uchun
ishlab chiqiladi. 
Shuni   qayd   etish   lozimki,   prognozlarning   bu   asosiy   tiplari   o‘rtasidagi   farq
shartlidir;   ayni   bir   konkret   ijtimoiy   prognozda   bir   necha   turdagi   belgilar   mavjud
bo‘lishi mumkin. 
Shunday qilib, ijtimoiy hayotni tartibga solishning ijtimoiy qonun, zaruriyat,
ehtiyoj,   manfaat,   muammo,   maqsad,   vazifa,   ideal,   norma,   kishilar   faoliyatining
tamoyili vositalaridan ongli ravishda foydalanish zamirida prognoz qilish yotadi. U
bilishni amaliyot bilan bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida amal qiladi, fanning nazariyani
kundalik hayot bilan, bilishning amaliy voqyeligi bilan uzviy bog‘lovchi funksiyasi
hisoblanadi.   Ilmiy   boshqarish,   xususan,   uning   muhim   funksiyalaridan   biri   –
rejalashtirish   prognoz   qilishga   asoslanadi.   Prognoz   qilish   yuz   berishi   muqarrar
bo‘lgan   yoki   ehtimol   tutilgan   maqbul   ijtimoiy   hodisalar   haqidagi   bilimlarni   ham,
nomaqbul ijtimoiy hodisalar haqidagi bilimlarni ham shakllantiradi. 
Xulosalar.   Bizning   davrimizda   kelajakni   prognoz   qilish   insoniyat   uchun
tobora   ulkan   ahamiyat   kasb   etmoqda.   Bugungi   kunda   kelajak   avlodlar   taqdiri
prognoz qilishga ko‘p jihatdan bog‘liq. 
  Ijtimoiy   tadqiqotlarning   hozirgi   darajasi   kelajak   haqida   ancha   aniq   bilim
olish   va   ijtimoiy   bashoratni   «utopiyalar»   sohasidan   fan   sohasiga   o‘tkazish
imkonini beradi.
Kelajakni   prognoz   qilish   insoniyat   istiqbollarini   fanlararo   kompleks
o‘rganish   bo‘lib,   u   faqat   gumanitar,   tabiiy-ilmiy   va   ilmiy-texnikaviy   bilimni
birlashtirish jarayonida samarali bo‘lishi mumkin. ADABIYOT
ASOSIY :
1. Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-18 jildlar. T. O‘zbekiston. 1996-2011
2. Karimov   I.A.   Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch.   –T.:   Ma’naviyat,
2008. -176. 
3. Karimov I.A.  Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida
uni   bartaraf   etishning   yo‘llari   va   choralari.   –   Toshkent:   O‘zbekiston,
2009. 
4. Karimov   I.A.   Vatanimizning   bosqichma-bosqich   va   barqaror
rivojlanishini   ta’minlash   -     bizning   oliy   maqsadimiz.   T.17.   –Toshkent:
O‘zbekiston, 2009.
5. Karimov   I.A.   Hamkorlik,   taraqqiyot   va   xavfsizlikni   ta’minlash
yo‘lidan // Xalq so‘zi. – 2010 yil 22 sentabr.
6. Karimov   I.A.   Mamlakatimizda   demokratik   islohotlarni   yanada
chuqurlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish   konsepsiyasi:
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimovning   O‘zbekiston
Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik   palatasi   va   Senatining   qo‘shma
majlisidagi ma’ruza. 12 noyabr. – Toshkent: O‘zbekiston, 2010. 
7. Karimov   I.A.   Bu   muqaddas   vatanda   azizdir   inson//   O‘zbekiston
mustaqilligining   19   yilligiga   bag‘ishlangan   ma’ruza//   Xalq   so‘zi.2010   1
sentabr Karimov I.A. Bu muqaddas vatanda azizdir inson// O‘zbekiston
mustaqilligining   19   yilligiga   bag‘ishlangan   ma’ruza//   Xalq   so‘zi.2010   1
sentabr 
8. Karimov   I.A.   BMT   sammitining   mingyillik   rivojlanish   maqsadlariga
bag‘ishlangan yalpi majlisdagi nutq.-T.: O‘zbekiston, 2010.
9. Karimov   I.A.   O‘zbekiston   mustaillikka   erishish   ostonasida.T.:
o‘zbekiston, 2011 386 b 10. Karimov   I.A.   Buyuk   va   muqaddassan   mustaqil   vatan.O‘zbekiston
mustaqilligining   20   yilligiga   bag‘ishlangan   ma’ruza.   T.:   O‘zbekiston,
2011  
11. Romanenko   Y.M.   Bitiye   i   yestestvo:   Ontologiya   i   metafizika   kak   tipi
filosofskogo znaniY. – M., 2003.  784 s.
12. Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005
13. Shermuxamedova N.A. GnoseologiY. –T.O‘FMJ. 2007
14. G‘arb falsafasi. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005.
15. Nazarov Q.N. Bilish falsafasi. –T.: Universitet,  2005.
16. Falsafa. Ahmedova M. Tahriri ostida –T.: OFMJ, 2006
17. Jahon   falsafasi   tarixidan   lavhalar.     Nazarov   Q.   tahriri   ostida.   –T.:
Sharq, 2004
18. Shermuxamedova N. A. Falsafa va fan metodologiyasi. –T.: Universitet,
2005.

Ijtimoiy prognozlashtirish muammolari REJA : 1. Ijtimoiy bashorat tushunchasi, turlari, tiplari, metodlari 2.Kelajakni prognozlashtirishning о‘ziga xos xususiyatlari. 3.Prognozlashtirishning ijtimoiy jarayonlarga ta’siri.

O‘zining, o‘z farzandlarining, o‘zi yashayotgan mamlakatning kelajagi haqida bilishni istamagan odam bo‘lmasa kerak. Shu sababli qadim zamonlardan boshlab turli xalqlarda ertangi kunga nazar tashlash, kelajakni bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar katta izzat-ikromga sazovor bo‘lgan. Forslar ularni afsungarlar, bobilliklar va assiriyaliklar – xaldeylar, qadimgi Misr aholisi – kohinlar deb atagan. Bashoratgo‘ylar qadimgi Yunoniston aholisining hayotida alohida o‘rin egallagan. Kelajakni bashorat qilishga falsafa tarixida ham, ijtimoiy tafakkurda ham turli ko‘rinishlarda alohida e'tibor qaratilgan. Tarixning o‘tish davrlarida, keskin ijtimoiy konfliktlar yuz bergan davrlarda bashoratning ahamiyati ayniqsa oshgan. Bu insoniyat hayotining barcha jabhalarida olamshumul o‘zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrga ham xos. Yuzaga kelgan sharoitda ijtimoiy bashorat masalalari o‘ta muhim nazariy va metodologik ahamiyat kasb etmoqda, ularni ishlab chiqish esa falsafiy tafakkurning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Darhaqiqat, kelajak bilan shug‘ullanmagan falsafaning kelajagi yo‘q. Ushbu mavzuning maqsadi bashoratga umumiy tavsif berish, uning asosiy turlarini ko‘rib chiqishdan; ijtimoiy prognoz nimaligini, uning metodlari va tiplarini aniqlashdan; davrimizning olamshumul muammolar bilan belgilangan asosiy futurologik konsepsiyalarini tahlil qilishdan iborat. Ijtimoiy bashorat: turlari, tiplari, metodlari. Bashorat – kelajak haqidagi, ya'ni hali amalda mavjud bo‘lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob'ektiv va sub'ektiv omillar ko‘rinishida hozirgi zamonda potensial mavjud bo‘lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. Bashorat o‘z gnoseologik tabiatiga ko‘ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o‘tmishni ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yoki hali ma'lum bo‘lmagan hozirgi davrga qarab mo‘ljal oladi. Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko‘ra bashoratning uch turini farqlash mumkin: 1) kundalik bashorat; 2) intuitiv

bashorat; 3) ilmiy bashorat. kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat va jamiyatda u yoki bu voqyealarning tez-tez takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi. kundalik bashoratlarga xalqda keng mashhur bo‘lgan ob-havo alomatlari misol bo‘lishi mumkin. Masalan, quyosh botayotganda odatdagidan uzoqroq ushlanib qolgan bo‘lsa, yomg‘irni kutish kerak; yozda ertalab tuman tushgan bo‘lsa, demak kunduzi havo ochiq bo‘ladi; Sharqdan shamol essa, tez orada yomg‘irlar tugaydi. Bashoratning ikkinchi turi – intuitiv bashorat. Ma'lumki, intuitsiya – bu ilmiy tajriba va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga bevosita yetish. Bashoratning bu turi hali yaxshi o‘rganilmagan va ko‘pincha unga yetarlicha baho berilmaydi. Holbuki, aqlni lol qoldiradigan faktlar ma'lum. Masalan, to‘rt yuz yil oldin yashagan fransuz tabibi Mishel Nostradamus misli ko‘rilmagan bashoratgo‘ylik qobiliyatiga ega bo‘lgan. O‘zining mashhur «Senturiyalari» va boshqa asarlarida u XX asrning texnik kashfiyotlari – suv osti kemalari, samolyotlar, vodorod bombasinigina emas, balki fransuz va rus inqiloblarini, shuningdek de Goll, Franko, Lenin, Stalin, Gitler, Mussolini kabi shaxslarning paydo bo‘lishini ham bashorat qilgan. O‘z davrining mashhur folbini Aleksandra Filippovna Kirxgof buyuk shoir Aleksandr Pushkinga uning hayotidagi muhim voqyealarni: tez orada ko‘p pul olish, ikki surgun, uylanish, mashhurlik, 38 yoshda hayotni tark etish ehtimolini bashorat qilgan. Afsuski, bu bashorat to‘la ro‘yobga chiqqan. Ukrainalik atoqli faylasuf va shoir Grigoriy Skovoroda ham bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan. U o‘z qishlog‘i – Ivanovkaga oxirgi marta kelganda kasal bo‘lmagan. Hammaga o‘zining o‘limi yaqinligini e'lon qilgan, o‘zi o‘ziga qabr qazgan, o‘z «xonaqosi»ga qaytib kelgan, ich kiyimini almashtirgan, boshiga o‘z asarlarini qo‘ygan va vafot etgan. Boshqa ko‘plab g‘ayrioddiy faktlarni keltirish mumkin. Ularning barchasi intuitiv bashoratni e'tibordan soqit etish yaramasligidan dalolat beradi.

XX aso oxiri XXI asr boshlarida dunyo tan olgan va e'tirof etgan bashoratchilar Vanga xonim, Juna Davitashvili, er-xotin Pavel va Tamara Globalar bo‘lib, ular 1989 yildayoq 1991 yilda SSSR parchalanishini, o‘sha davrda hukumatni boshqarayotgan V. Gorbachevning taxtdan ag‘darilishini va Mustaqil hamdo‘stlik mamlakatlari tashkil etilib, jamiyat hayotida yangi davr boshlanishini bashorat qilganlar. Odatdagi va intuitiv bashoratdan farqli o‘laroq, ilmiy bashorat fan doirasida yoki uning yordamida amalga oshiriladi va o‘rganilayotgan jarayonning qonuniyatlarini bilishga asoslanadi. U kelajakni ancha samarali bashorat qilish va oldindan ko‘ra bilish imkonini beradi. Ilmiy bashoratning ayrim elementlari qadimgi dunyodayoq mavjud bo‘lgan. Masalan, faylasuf Fales (miloddan avvalgi 640-562 yillar) miloddan avvalgi 585 yilda quyosh tutilishini bashorat qilgani ma'lum. Ammo bashorat haqidagi dastlabki bilimlar XV-XVII asrlardagina tabiiy va ijtimoiy fanlarning rivojlanishi bilan bir vaqtda ilmiy tizimga solina boshlagan. Bu jarayon XX asrning 60- yillarida ancha yaxlit ilmiy nazariyalarning yaratilishi bilan yakunlangan. Inson faoliyati sohalari va bilish ob'ektiga qarab ilmiy bashoratning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, harbiy va boshqa turlari farqlangan. Ijtimoiy bashoratning xususiyatini qayd etish uchun «prognoz qilish» tushunchasi muomalaga kiritilgan. Prognoz qilish bashoratning alohida shakli bo‘lib, u ijtimoiy jarayonlarni o‘rganishda yuqori darajada ilmiy asoslanganlik va ob'ektivlik bilan ajralib turadi. Ilmiy bashoratning boshqa shakllaridan farqli o‘laroq prognoz qilish – bu o‘z metodologiyasi va texnikasiga ega bo‘lgan maxsus tadqiqot. G‘arb mamlakatlarida ijtimoiy prognoz qilish ilmiy bashoratning turii sifatida «futurologiya» (lot. futurum – kelajak va yunon. logos – ta'limot) degan nom bilan vujudga kelgan. Bu atamani ilk bor G‘arbiy Berlin Erkin universiteti huzuridagi Otto Zur nomidagi institut professori O.Flextgaym ishlatgan. Shuni qayd etish lozimki, «futurologiya» atamasi umumiy e'tirof etilgani yo‘q. Misol

uchun, bashorat muammolari bo‘yicha fransuz mutaxassislarining aksariyati futurologiya insonning kelajakni ishonch bilan bashorat qilish qobiliyati haqida xom xayol qilish uchun asos bo‘ladi, deb hisoblaydi. Futurologiya o‘rniga «fyutyuribli» atamasi taklif qilingan bo‘lib, u «ehtimol tutilgan kelajak» degan ma'noni anglatadi. Bunda kelajakning shartliligi, ko‘p variantliligiga urg‘u beradi. Mamlakatimizda ijtimoiy bashorat bilan bog‘liq tadqiqotlar «prognostika» degan nom olgan. Bu yosh fan prognoz qilish qonunlari, tamoyillari va metodlarini o‘rganadi, mantiq muammolarini va har xil tipdagi prognostik tadqiqotlarning tasniflarini ishlab chiqadi. U endigina shakllanish davrini boshdan kechirmoqda, lekin hozirning o‘zidayoq kelajakning ilmiy muqobillarini yaratishning muhim vositasi hisoblanadi. Prognozdashtirish masalasi bilan K Tulenova shug‘ullanadi. Bugungi kunda ijtimoiy prognoz qilish muammolari bilan maxsus xalqaro tashkilotlar shug‘ullanadi. Ularning orasida quyidagilar bor: Gudzon instituti, ReND va Kelajak uchun resurslar korporatsiyalari, Chikago va Kaliforniya universitetlari (AQSh); Keyingi 30 yilda Angliya, Fransiya, Germaniya, Gollandiyadagi futurologiya institutlari va b. Yirik xalqaro uyushmalar: Jahon futurologlar jamiyati, Kelajak dunyosi, Fyutyuribllar xalqaro tashkiloti tuzilgan. Bu futurologik tashkilotlar orasida Rim klubi alohida o‘rin egallaydi. Mazkur xalqaro nohukumat tashkiloti 1968 yil aprelda italiyalik jamoat arbobi, «Olivetti» kompaniyasining vitse-prezidenti, FIAT kompaniyasi ma'muriy kengashining a'zosi Aurelio Pechchei tashabbusi bilan ta'sis etilgan. Klub Jenevadagi maxsus reestrda shtat va byudjetga ega bo‘lmagan, a'zolari soni cheklangan tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bugungi kunda Rim klubiga jahonning 47 mamlakatida yashab ijod qiluvchi, ilmiy-texnika inqilobi davrida insoniyat rivojlanishining istiqbollarini aniqlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan yuzdan ortiq fan va madaniyat arboblari a'zo. Klub faoliyatining asosiy shakli – hozirgi davrning olamshumul muammolarini o‘rganishni tashkil etishdan iborat. Ijtimoiy prognoz qilishning asosiy xususiyatlari qaysilar xos?