logo

Yangi davr fani. Fanning shakllanish jarayoni va uning zamonaviy taraqqiyoti.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

28.1826171875 KB
1 1 -MAVZU: Yangi davr fani. Fanning shakllanish jarayoni va uning
zamonaviy taraqqiyoti.
                                        
Reja:
1.   XVII   asr   o’rtalaridan   XVIII   asr   oxirlarida   fan   va   texnika   taraqqiy   qilgan
ko’pgina davlatlarda ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot.
2. XVII-XVIII asr fani - mexanistik fan.
3.Turkistonda fan va texnika.
Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi : Talabalarda Fan va texnika fanining
tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli
davlatlarda   tadqiqotchilar   tomonidan   Fan   tarixi   faniga   berilgan   ma’lumotlarni
talabalarga tushuntirib berish. 
Dars o’tish vositalari:   doska, plakat, mavzu yuzasidan manba va adabiyotlar,
tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar
Tayanch iboralari:
Fanning  diniy aqidalardan ozod bo’la boshlashi, burjua inqiloblari natijalari,
Ilmiy   bilimlarning   rivojlanishi,     Fransiyadagi   «Tajriba   akademiyasi»   va
Londondagi   «Qirollik   jamiyati»,   soat,   tegirmon,   tabiiy   fanlar,   fizika,   «Boyl-
Mariott   qonuni»,   Blez   Paskal,   Havoning   massasi   haqida»gi   asar,   X.Gyuygens.
Markaziy   Osiyo   Fani,   Yevropa,   buyuk   geografik   kashfiyotlar,   fan,   adabiyot   va
san’at,   Maxmud   ibn   Ahmadning   «Oy   fazalarining   tengligi   haqida   risola»;
Munajjim   Muhammad   Husayn   Buxoriyning   «Qibla   tomonni   topish   ma’rifati»;
Muhammad   Amin   ibn   Ubaydulla   Mo’minobodiyning   «Shabaka   jadvali   amali
hisobi»; Soqi Muhammad Soni Choharyakiyning «Risola dar ilmu hisob» asarlari,
Ahmad Donish, Oy va Quyosh tutilishlari, tabib Ubaydullo ibn Muxammad Yusuf.
         XVII asr o’rtalaridan XVIII asr oxirlarigacha bo’lgan tarixiy davr Yevropada
cherkovni   roli   va   papa   hokimiyatining     halqaro   ta’siri   ancha   pasayib,   fan   va
texnika   taraqqiy   qilgan   ko’pgina   davlatlarda   ijtimoiy-siyosiy   va   madaniy   hayot
sekulyarizasiya (cherkov ta’siridan xalos etish) qilina boshlandi.
         Burjua mafkurasining va yangi rasional hamda empirik bilimlarning rivoji bir
qator   mustaqil   yangi   fan   tarmoqlarining   vujudga   kelishiga   olib   keldi.   Masalan
falsafa, huquq va tibbiyot fanlari diniy aqidalardan ozod bo’la boshladi. Har holda
cherkov   ta’siridan   qo’tilmagan   bo’lsada   bu   davrda   dunyoviy   maktablar   kupaya
boshladi.   Ularda   o’qitishning   yangi   usullari   yaratildi.   Bir   qancha   mamlakatlarda
dunyoviy oliy o’quv yurtlari, ilmiy jamiyatlar va akademiyalar barpo qilindi.              Fan   avvalo   tabiiy   hodisalarning   o’zaro   sabab   va   oqibatlarini   rasional
tushunishga va eksprerimentlar orqali hal qilishga harakat qila boshlaydi.
      Kapitalistik ishlab chiqarish usuli va ilk burjua inqiloblari: (XVI asrning 60-70
yillaridagi   Niderlandiya   burjua   inqilobi;   XVII   asrning   40-80   yillarida   Angliya
burjua   inqilobi;   XVII   asrda   Yevropaning   qator   davlatlarida   bo’lib   o’tgan
inqiloblar,   xullas,   1789-1794   yillardagi   buyuk   fransuz   inqilobi.)   davrida   ilm-fan
rivoji   diniy   dunyoqarashning,   diniy   g’oyalarning   obro’yini   tushirib   yubordi.   Bu
jarayon kapitalistik taraqqiyotga keng yul ochib berdi. Umumevropa miqyosidagi
bu   jarayon   birinchidan   tabiatshunoslik   va   texnika   sohasidagi   ilmiy   bilimlarning
o’sishiga   va   shu   bilan   birga   ishlab   chiqaruvchi   kuchlarning   tez   rivojlanishiga,
ikkinchidan   yuqorida   aytganimizdek   antifeodal   inqilobi   harakatlarning
yuksalishiga   olib   keldi,   ya’ni   hunarmand,   dehqonlar   va   ishchilar     burjuaziya
boshchiligida burjua inqiloblari davomida feodalizmga va yakka hokimiyatchilikka
qahshatgich zarba bera boshladi.
            Kapitalistik   manufakturaning   gullab-yashnashi   va   mashinalashgan   ishlab
chiqarishga   o’tish   fan   va   texnikaning   rivojlanishini   talab   qilardi.   Sanoatning
rivojlanishi   texnika,   matematika,   eksperimental   fanlar   va   tabiiy   fanlarning   jadal
sur’atlar   bilan   rivojlanishiga   yordam   berdi.   Dinga   putur   yetib   va   o’rta   asr
sxolastikasi   kishanlari   parchalanib   borayotgan   ana   shu   sharoitda   fan   taboro
muvaffaqiyatli sur’atda rivojlana boshladi.
            Hozirgi   zamon   fani   o’zining   tez   sur’at   bilan   yuksalib   borgan   taraqqiyotini
xuddi   shu   XVII   asrdan   boshladi   deyish   mumkin.   XVI   asrda   ilmiy   fikr   ba’zi   bir
cheklangan   sohalarda,   masalan,   astronomiya,   tibbiyot   namoyon   bo’lgan   bo’lsa,
XVII   asrning   birinchi   yarmida   ilmiy   bilimlarning   asosiy   prinsiplari   va   metodlari
paydo   bo’lishi   (Bekon,   Galiley,   Nyuton,   Dekart)   bilan   fan   asri   boshlandi.   Lekin
shunga qaramay XVII asrning birinchi yarmi fanning tong otar payti edi, xolos.
            Ilmiy   bilimlarning   g’olibona   rivojlanishi   XVII   asrning   ikkinchi   yarmidan,
ya’ni ingliz burjua inqilobidan keyin boshlandi. Bu rivojlanish Yevropaning barcha
mamlakatlariga   yoyildi   va   xalqaro   tus   oldi.   Olimlar   bir-birlari   bilan   xat   yozishib
turar,   o’z   kuzatishlari,   ixtirolari,   kashfiyotlari,   nazariyalari   haqida   bir-birlariga
xabar yuborar edilar. Birin-ketin akademiyalar – ilmiy markazlar vujudga keldi. Bu
akademiyalarda   tajribalar   o’tkazilar   –   ular   namoyish   qilinar   edi.   Bunday
akademiyalardan   Fransiyadagi   «Tajriba   akademiyasi»   va   Londondagi   «Qirollik
jamiyati» tabiatshunoslik ilmiy jamiyatlarining eng dastlabkilaridan edi. «Qirollik
jamiyati»   birinchi   fuqorolar   urushi   yillaridayoq   tuzilgan   bo’lib,   inqilobdan   keyin
(1662   yildan   boshlab)   katta   ishlar   olib   bordi.   Uning   a’zolari   orasida   Boyl,   Guk,
Nyuton kabi ilg’or olimlar bor edi.
     1652 yilda Germaniyada imperator «Leopold akademiyasi», 1666 yilda Parijda
«Tabiat fanlari akademiyasi», 1700 yili Berlinda «Fanlar akademiyasi», 1724-1725 yillarda   Peterburgda,   1739   yil   Stokgolmda,   1759   yil   Myunxenda   Fanlar
akademiyalari tashkil qilindi va hokazo.
            Akademiyalar   bilan   bir   vaqtda     ilmiy   jurnallar   ham   ta’sis   qilndi.   Bu
jurnallarning   eng   keksasi   Parijda   1665   yildan   chiqa   boshlagan   «Olimlar   jurnali»
hisoblanadi.
          Shunday   qilib,   XVII-XVIII   asrlar   fanining   eng   muhim   ikki   xususiyati
birinchidan   uning   kuzatishga,   tajribaga,   eksprimentga,   ikkinchidan   matematikaga
tayanganida edi. Aniqlik va ishonchlilik yangi fanning bayrog’i bo’lib qoldi. Yangi
fannnig XVII-XVIII asrlardagi taraqqiyoti, bir tomondan, eng muhim ilmiy asbob-
uskunalar   (termometr,   simobli   va   suvli   barometr,   havo   nasosi,   mayatnikli   soat,
elektr   mashina,   teleskop,   mikroskop   va   hokazo)ning   ixtiro   qilishi   va
takomillashtirilishi   asosida   ,   ikkinchi   tomondan   matematikaning   tez     rivojlinishi
asosida bordi. 
          Ammo   XVII-XVIII   asr   fani   ko’proq   manufaktura   ishlab   chiqarishiga   va   ilk
mashinalashgan ishlab chiqarishga bog’liqligi tufayli ham u asosan mexanistik fan
edi.   Boshqacha   qilib   aytganda   yirik   sanoatga   aylanayotgan   manufaktura   davrida
mexanikaning ikki moddiy negizi bu- soat va tegirmonning borligi edi.
       Mashinalashgan sanoatga o’tishda yana shu ikkala moddiy negiz asos bo’lgan
edi:
            Soat   –   amaliy   maqsadlar   uchun   ishlatilgan   birinchi   avtomat   bo’lib,     tekis
harakat   bilan   ishlaydigan   ishlab   chiqarish   nazariyasi   ana   shu   soat   asosida
rivojlangan.
          Tegirmon   –   dastlabki     suv   tegirmoni   qurilgan   vaqtlardan   boshlaboq   unda
mashina organizmining hamma muhim elementlari bor edi. Harakatga keltiruvchi
kuchning   me’yorini   o’lchash,   bu   kuchni   qo’llashdagi   eng   yaxshi   usullar   -   tishli
uzatma, tishlar haqidagi va ishqalanish haqidagi ta’limotga ham ana shu tegirmon
asos bo’ldi.
         Shunday qilib, fan va texnika, ayniqsa, matematika, mexanika va astronomiya
fanlari   mashinalashgan   sanoatga   o’tish,   kapitalistik   sanoatning   taraqqiy   qilishi   va
diniy dunyoqarashni yengish asosida rivojlanib bordi.
           Sanoatning va tabiiy fanlarning tezkor rivoji, ilmiy izlanishlar, eksprimentlar
va   tajribalar   tufayli   erishilayotgan   yutuqlar   va   falsafa   fanining   materiyalistik
yunalishiga turtki berdi… ( falsafiy dunyoqarishni yoritish kerak )
     Tabiiy fanlar:       
             Galiley, Kipler va Nyutonlarning zamondoshlari ichida ko’plab tabiatshunos
olimlar   mavjud edi.  Ana  shulardan biri  italyan  fizigi   va  matematigi     Evandjelista
Torrichelli   (1608-1647)   bo’lib,   Rimda   Benedetti   Kastilli   rahbarligida   matematik
ma’lumot   oladi.   Torrichellining   «Traktat   o   dvijenii   tyajel ы x   tel»,   nomli   asari
Galileyning e’tiborini tortadi. Galiley o’z asarlaridan birini qayta ishlab chiqishni ishonib   unga   topshiradi.   Galiley   o’limidan   so’ng,   1642   yilda   Torrichelli   Pizan
universiteti  matematik professori  lavozimini yoki o’rnini egallaydi. Torrichelli 39
yoshida, ya’ni erta vafot etsada, fan tarixida katta ishlar qilishga erishdi. Torrichelli
matematika,   mexanika,   gidravlika   sohasida   katta   ishlar   qildi.   Uni   fanda   yanada
tanitgan   ishi,   bu   o’ta   oddiy   tajriba   usuli   bilan   Yerning   yuza   qismiga   havoning
bosimi   mavjudligini,   ya’ni   havonining   og’irligini   aniqladi   va   namoyish   qildi,
atmosfera bosimini o’lchash uchun oddiy barometrni ixtiro qildi.
          Fransuz   fizigi   Edm   Mariott   (1620-1684)   turli   sohalar   bilan   shug’ullangan
olimlardan   biri   hisoblanadi.   U   optika,   yorug’lik(svet)   difraksiyasi,   gidravlika   va
ayniqsa u o’zining gazlar hususiyatlari ustida olib borgan tajribalari bilan tanilgan.
         Ingliz olimi Robert Boyl 1662 yilda va undan mustaqil ravishda Edm Mariott
ham   1676   yilda   eksprimental   ravishda   «Boyl-Mariott   qonuni»   deb   ataluvchi
qonunni   aniqladilar,   unga   ko’ra:   muayyan   gaz   massasi   uchun   o’zgarmas
temperaturada bosim hajmga teskari proporsionaldir:          R1 = V2    R2 = V1
             Temperatura ortishi  bilan gaz bosimining ortishini 1787 yilda fransuz fizigi
J.Sharl   eksperimental   ravishda   aniqlaydi.   Bu   –   fanda   Sharl   qonuni   nomi   bilan
ataladi,   ya’ni:   muayyan   gaz   massasining   bosimi   o’zgarmas   hajmda   absolyut
temperaturaga proporsionaldir:         
                          R1 = T1        R2 = T2
           Shuni ta’kidlash kerakki, ya’ni E. Mariott Parij Fanlar Akademiyasining eng
birinchi a’zolaridan biri hisoblanadi.
            Ingliz   ximigi   va   fizigi   Robert   Boyl   (1627-1691)   Irlandiyaning   Lismor
qurg’onida   gersog   oilasida   tug’iladi.   U   Temza   daryosi   bo’yidagi   Iton   shahridagi
taniqli kolledjda o’qidi. Italiya va Fransiya bo’ylab sayohat qilgan Boyl, bir necha
yil   Jenevada   o’qidi.  Dastlab   din  ta’sirida   bo’lgan  Boyl   zohidona  hayot   kechiradi.
Hatto bu davrda Angliyada fuqorolar urushi  ketayotgan davrda, ya’ni O.Kromvel
boshchiligidagi   respublikachilarning   qirol   armiyasi   bilan   jang   olib   borayotganida
ham Boylning barcha qiziqishlari fan bilan bog’liq edi.
      1663 yilda Londonda rasmiy tashkil topgan «Qirollik jamiyati»ning tuzilishida
ham   Boyl   asosiy   tashabbuskorlardan   biri   edi.   1665   yilda   Boyl   Oksford
universitetining fizika fanlari doktori unvoniga sazovor bo’ladi. 1680 yilda R.Boyl
«Qirollik   jamiyati»ning   prezidenti   lavozimiga   saylanadi,   biroq   uning   o’zi   bu
lavozimni rad etadi.
            Dj.Bernal   aytganidek:   «R.Boyl,   shubhasiz,   «Qirollik   jamiyati»ning
boshlang’ich davrida uning asosiy figurasi bo’lgan bo’lsa, shu jumladan I.Nyuton
ham jamiyatning gullab-yashnagan davrida uning asosiy figurasi edi».
            Boylning   yaqin   do’sti   va   birinchi   yordamchisi   bo’lib   uzoq   vaqt   faoliyat
ko’rsatgan keng tarmoqli olim va ajoyib eksperimentator Robert Guk (1635-1703)
edi. U Uayt orolida ruhoniy oilasida tug’iladi. Dj.Bernal yozganidek: «Agar Boyl Qirollik   jamiyatining   yuragi   bo’lsa,   unda   Guk   uning   ko’zi   va   qo’llari   edi.   U
Faradeygacha   bo’lgan   davrning   buyuk   fizik-eksperimentatori   edi.   Mexanika,
fizika,   ximiya   va   biologiya   bilan   qiziqqan   Guk   metallarning   mexanik   xossalari,
materiallarning   elastik   deformasiyalanishlari,   elastiklik   chegarasi   ustida   ish   olib
borib, fanda «Guk qonuni» deb ataladigan ixtironi amalga oshirdi. Uning ixtirosi,
ya’ni   aylanma   prujinli   mayatnik   keyinchalik   aniq   soat   va   xronometrlarning
yaratilishiga asos bo’ldi. 1660 yilda Guk mikroskop sxemasini takomillashtirdi.»
     Endi R.Boylga qaytadigan bo’lsak u Dj.Bernal aytganidek Guk va Faradey kabi
yirik   eksperimentator   bo’lmasada,   yoki   Nyuton   va   Maksvell   kabi   yuksak
matematik   qobiliyatga   ega   bo’lmasada,   biroq   fan   uchun   juda   ko’p   ishlar   qildi.
O’zining   ilmiy   salohiyatiga   ko’ra   Boyl   ensiklopedist   olim   edi.   Uning   fandagi
asosiy xizmati ximiyani mustaqil fanga aylanishini boshlab berdi.
            Fransuz   olimi   Blez   Paskal   (1623-1662)   matematik,   fizik,   yozuvchi   va   diniy
faylasuf   edi.  U  Klermon-  Ferrane   shahrida  matematik  E.Paskal  oilasida   tug’iladi.
1655   yilda   B.Paskal   Por-Royaldagi   yanseniychilik   ( Kalvinizmga   yaqin   diniy-
falsafiy oqim. Gollandiyalik va’zchi  Yanseniy  asos  solgan ) monastiriga joylashib,
bu   oqimning   maslakdoshlaridan   biriga   aylanadi.   Matematika   va   fizika   sohasida
ko’p   ishlar   qilgan   Paskal   gidrostatikaga   asos   soladi.   Bu   qonunga   ko’ra   suyuqlik
yuzasiga   qilingan   tashqi   ta’sir   kuchi   suyuqlik   orqali   barcha   yunalishda   bir   xil
uzatiladi. Masalan:
              «Havoning   massasi   haqida»gi   asarida   Paskal   havo   bosimining   zichligi   Yer
yuzasidan   qancha   yuqoriga   chiqilsa   shuncha   kamayib   borishini   aniqlaydi.   Shu
bilan   birga   barometr   ko’rsatgichi   havoning   holatiga,   ya’ni   temperaturasiga   va
namligiga bog’liq va shuning uchun ham barometr ob-havoni oldindan aytib berish
pribori bo’lib xizmat qilishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi.
            Nyuton   va   Galileyning   zamondoshi   buyuk   golland   matematigi,   fizigi   va
mexanigi   Xristian   Gyuygens   (1629-1695)   Gagada   yozuvchi   va   siyosiy   arbob
oilasida   tug’iladi.   Nederlandiyaning   Leyden   va   Bredi   shaharlaridagi
universitetlarida   o’qib,   huquqshunoslik   va   matematikani   o’rganadi.   22   yoshida
aylana,   ellips   va   giperbola   yoylari   uzunligini   o’lchashga   oid   birinchi   ilmiy   ishini
e’lon qildi.
            Tez   orada   X.Gyuygens   fizik   muammolarga   qiziqib   qoldi.   U   R.Guk   bilan
birgalikda   termometrning   doimiy   nuqtalarini   –   muzning   erish   nuqtasi   va   suvning
qaynash nuqtasini aniqladi. Shu yillardayoq u astronomik trubalar obyektivlarining
yorug’lik   kuchini   oshirib,   ularni   takomillashtirish   ustida   ishladi.   Ular   yordamida
Gyuygens   1655   yilda   Saturn   yo’ldoshlaridan   biri   Titanni   kashf   etdi   va   uning
aylanish   davrini   hisobladi.   Saturnda   hozir   hammaga   ma’lum   bo’lgan   halqalar
borligini   aniqladi.   O’zining   «Mayatnikli   soatlar»   (1658)   nomli   asarida   u
mayatnikning harakati bilan bog’liq bo’lgan qator muammolarni tadqiq qildi.       Gyuygensning matematika, mexanika va astronomiyaga oid asarlari unga katta
shuhrat keltirdi. Gyuygens Londonga kelib ko’plab ingliz olimlari bilan tanishdi va
u 1663 yilda London «Qirollik jamiyati»ning birinchi xorijiy a’zosi bo’ldi.
         Fransuz olimlarining taklifiga ko’ra u 1665 yilda Parijga keldi va bu yerda 16
yil yashadi. Fransuz Fanlar akademiyasi raisligiga taklif qilindi.
         1681 yil Gyuygens vataniga qaytadi va optika bilan shug’ullanadi. U yaratgan
okulyardan   hozirgacha   foydalanilmoqda.   O’zining   optika   haqidagi   ishlarini
Gyuygens 1690 yilda nashr qilingan «Yorug’lik haqida traktat» nomli asarida e’lon
qildi. Bu asarda u birinchi marta yorug’likning to’lqin nazariyasini bayon qildi. M:
island shpati  kristalida ochilgan ikkilanma nur sinish hodisasini  tushuntirib berdi.
Optik   bir   o’qli   kristallardagi   klassik   sinish   nazariyasi   hozirda   ham   Gyuygens
ta’limoti asosida bayon qilinadi.
     «Yorug’lik haqidagi traktat»ga «Og’irlik sabablari» degan ilova qo’shilgan edi.
Bunda   olim   butun   olam   tortishish   qonunini   ochishga   yaqin   kelgan   edi.
Gyuygensning   ko’pgina   muhim   ishlari   uning   vafotidan   keyingina   bosilib   chiqdi.
M:   «Jismlarning   zarba   ta’siridagi   harakatlari   haqida»,   «Diopritika»,
«Kosmoteoros» va boshqalar.
     Endi XVIII asrda tabiiy fanlar sohasidagi ilmiy ishlar rivojini tahlil qilishni biz
buyuk   matematik   va   fizik,   Peterburg   Fanlar   akademiyasi   a’zosi   Leonard   Eyler
faoliyati bilan boshlaymiz.   
Turkistonda   fan.   XVIII   –   XIX   asrlarda   Markaziy   Osiyo   xalqlarining   Markaziy
Osiyo   va   madaniyati   o’ziga   xos   ravishda   rivojlandi.   Chunki   bu   davrdagi   feodal
tarqoqlik urushlari, xonliklar o’rtasidagi bo’lib turgan dahshatli janglar ilm ahliga
qanchalik   kulfat   keltirgan   bo’lmasin,   u   ilm-fan,   san’at,   va   adabiyot   rivojini
to’xtatib qo’ya olmadi. 
      Shunday bo’lsada XVII – XIX asrlarda Markaziy Osiyo regionida IX – XII va
XIV   –   XVI   asrlarga   nisbatan   tabiiy   fanlar   sohasidagi   rivojlanish   bir   muncha
tushkunlikka   uchradi.   Bu   davrga   kelib   bir   paytlar   dunyo   fanining   beshigini
tebratgan yurt, endi o’rta asrlarda, ya’ni xorazmshohlar, somoniylar va temuriylar
davrida   egallagan   ilm-fan   sohasidagi   mavqyeini   Yevropaga   bo’shatib   berayotgan
edi.
          Biz   tahlil   qilayotgan   ushbu   davrlarda   Yevropada   manufakturalar   o’rtasidagi
raqobat, buyuk geografik kashfiyotlar, dengiz orqali savdo qilish, sanoat to’ntarishi
va   kapitalistik   ishlab   chiqarish   jarayonining   yanada   rivojlanishi   natijasida   fan   va
texnika   sohasida   erishiliyotgan   ixtirolar   asosida   katolik   cherkovining   diniy
dogmatikasiga   kuchli   zarba   berilayotgan   bir   paytda   bizda,   ya’ni   O’rta   Osiyoda
xonliklar   o’rtasidagi   urushlar,   jaholat   va   diniy   mutaasiblikning   kuchayishi   tabiiy
fanlar   rivojiga   keskin   to’sqinlik   qila   boshladi.   Ta’lim   maskanlarimizda   (maktab,
madrasa)   asosan   diniy   ta’limotni   o’rganishga   bo’lgan   ruju   dunyoviy   fanlarning davlat   darajasida   e’tibordan   chetda   qolishiga,   shuningdek   jahon   fani   yutuqlarini
o’lkaga   tatbiq   qilish   va   tashqi   ilmiy   aloqalar   o’rnatish   masalalarining   keskin
susayishiga olib keldi.
          Biroq   ushbu   murakkab   tarixiy   davrning   mashaqqatlariga   qaramasdan   fan,
adabiyot   va   san’at   sohasida   iste’dodli   fan   arboblari,   atoqli   shoir   va   yozuvchi
olimlarimiz yetishib chiqdi. Ana shulardan biri  Bobokolon Muftiy bo’lib, (Risola
dar   ilmu   hisob)   uning   matematikaga   oid   traktatlari   XVII   –   XIX   asrlar   davomida
O’rta   Osiyo   madrasalarida   o’quv   qo’llanmasi   bo’lib   xizmat   qildi.   Mirza   Badi   –
Divonning   «Predpisaniye   fiska»   nomli   matematikaga   oid   ishlari   xonlik
devonxonasi xodimlari tomonidan yer-mulk hisob-kitobi ishlarida foydalanilgan.
      Matematika va astronomiya sohasida faoliyat  ko’rsatgan olimlardan: Mahmud
ibn   Ahmadning   «Oy   fazalarining   tengligi   haqida   risola»;   Munajjim   Muhammad
Husayn   Buxoriyning   «Qibla   tomonni   topish   ma’rifati»;   Muhammad   Amin   ibn
Ubaydulla   Mo’minobodiyning   «Shabaka   jadvali   amali   hisobi»;   Soqi   Muhammad
Soni   Choharyakiyning   «Risola   dar   ilmu   hisob»   asarlari   bu   davr   fanining   yorqin
namunalaridan hisoblanadi.
         Astronomiya fani rivojiga katta hissa qo’shgan olimlarimizdan biri bu Ahmad
Donish   (1827-1897)   bo’lib,   u   chuqur   bilimli,   dunyoqarashi   nihoyatda   keng
bo’lganligi sababli zamondoshlari tomonidan Ahmad Kallali -  Donish degan laqab
olgan.   Ahmad   Donish   fan   va   hunarning   bir   necha   sohalariga   qiziqqan.   U
astronomiya,   falsafa,   tarix,   she’riyat,   adabiyot,   pedagogika   va   hattotlik   bilan
shug’ullangan.   Uni   dunyoga   mashhur     qilgan   asarlari   bu   «Jadvali   soat»   (1876);
«Majmui   risolai   nujumiy»(1876);   «Taqvimiy   soli   asr»(1881);   «Navodirul
vaqoye»(1882); «Mang’it amirlari tarix»(1883) va boshqalardir.
         Nodir voqyealar nomli asarida Ahmad Donish – olamning abadiyligi, Yerning
sharsimon ekanligi, planetalarning harakat qilib turishi, Oy va Quyosh tutilishlari
haqida   o’z   fikrlarini   bildirib,   buning   sabablarini   tabiatning   o’zidan   qidirish
zarurligini aytib o’tadi. 
          XVII   asrning   yirik   geograflaridan   biri   qomusiy   olim   Mahmud   ibn   Vali
hisoblanadi.   Uning   1636   yilda   yozilgan   «Bahr   ul   -   asror»   (Sirlar   dengizi)   asari
O’rta   Osiyo   geografiyasiga   bag’ishlanib,   unda   dengizlar,   daryolar,   orollar,
shaharlar va ularning tabiiy boyliklari alfavit tartibida keltirilgan. 
     Bu davrda yashagan Muhammad Tohir  ibn Abulqosimning «Chudesa zemn ы x
poyasov»   nomli   geografiko-kosmografik   asari   asosan   yerning   yetti   iqlim
hududlariga bag’ishlanadi.
          Boburning   xolavachchasi   hisoblangan   Muhammad   Haydar   (1500-1556)ning
«Tarxiy   Rashidiy»   asarida   ham   Qoshg’ar,   Yorkent,   Tibet,   Hindiston   haqida
geografik ma’lumotlar keltiriladi.      Ushbu davrda tibbiyot fani ham rivojlanib, bu sohada bir qator mashhur olimlar
yetishib   chiqadi.   Ana   shulardan   biri   mashhur   tabib   Ubaydullo   ibn   Muhammad
Yusuf   hisoblanadi.   U   asosan   ko’z   kasalliklari   bilan   shug’ullanganligi   uchun   xalq
orasida «Ubaydulla Qahhol» nomini oladi. 1598 yil u «Davolash usullari haqida»
asar   yozadi.   Uning   bo’limlaridan   18   tasida   ayollar   kasaliklari,   bolalar   gigiyenasi,
bolalar   kasalliklari,   toksikologiya,   kosmetika,   semizlik   va   oriqlik   muammolari
yoritilgan. Ashtarxoniy Subhonqulixon ham (1680–1702) tibbiyotga oid «Ihyo at-
tabibiy Subhoniy» (Subhoniy tabobati bo’yicha davolash) degan risola yozgan. 
                
Mavzu bo’yicha savollar:
1. XVII-XIX asr boshlarida fan rivojining tarixiy sharoitlari va uning pasayish 
sabablari nimada?
2. Turkiston xalqlari fani rivoji va unga rus olimlarining qo’shgan hissasi qay 
darajada?
3. Turkiston jadidlarini ilm-fanga qo’shgan hissasi nimalardan iborat?
4. XVII   asr   o’rtalaridan   XVIII   asr   oxirlarida   fan   va   texnika   taraqqiy   qilgan
ko’pgina   davlatlarda   ijtimoiy-siyosiy   va   madaniy   hayot   sekulyarizasiyasini
misollar bilan gapirib bering
5. XVII asrdan fanning tez sur’at bilan yuksalib borishi sabablari nimada?
6. XVII-XVIII asr fanining asosiy olimlaridan kimlarni bilasiz?
Adabiyotlar ro’yhati
1) Bernal D.J. Nauka i obshyestvo.  M. 1953
2) Bernal. D.J.   Nauka i obshyestvo. M. 1956
3) Isxakov F. Nasionalnaya politika sarizma v Turkestane. T. 1997
     4) Lunin B. V Istoriografiya obshyestvenn ы x nauk v Uzbekistane. T. 1972 
     5) Virgenskiy V.S. Istoriya nauki i texniki.  M. 1977
     6) Kurilin  V. A. Stranisi istorii nauki i texniki   M. 1986

1 1 -MAVZU: Yangi davr fani. Fanning shakllanish jarayoni va uning zamonaviy taraqqiyoti. Reja: 1. XVII asr o’rtalaridan XVIII asr oxirlarida fan va texnika taraqqiy qilgan ko’pgina davlatlarda ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot. 2. XVII-XVIII asr fani - mexanistik fan. 3.Turkistonda fan va texnika. Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi : Talabalarda Fan va texnika fanining tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan Fan tarixi faniga berilgan ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. Dars o’tish vositalari: doska, plakat, mavzu yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar Tayanch iboralari: Fanning diniy aqidalardan ozod bo’la boshlashi, burjua inqiloblari natijalari, Ilmiy bilimlarning rivojlanishi, Fransiyadagi «Tajriba akademiyasi» va Londondagi «Qirollik jamiyati», soat, tegirmon, tabiiy fanlar, fizika, «Boyl- Mariott qonuni», Blez Paskal, Havoning massasi haqida»gi asar, X.Gyuygens. Markaziy Osiyo Fani, Yevropa, buyuk geografik kashfiyotlar, fan, adabiyot va san’at, Maxmud ibn Ahmadning «Oy fazalarining tengligi haqida risola»; Munajjim Muhammad Husayn Buxoriyning «Qibla tomonni topish ma’rifati»; Muhammad Amin ibn Ubaydulla Mo’minobodiyning «Shabaka jadvali amali hisobi»; Soqi Muhammad Soni Choharyakiyning «Risola dar ilmu hisob» asarlari, Ahmad Donish, Oy va Quyosh tutilishlari, tabib Ubaydullo ibn Muxammad Yusuf. XVII asr o’rtalaridan XVIII asr oxirlarigacha bo’lgan tarixiy davr Yevropada cherkovni roli va papa hokimiyatining halqaro ta’siri ancha pasayib, fan va texnika taraqqiy qilgan ko’pgina davlatlarda ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot sekulyarizasiya (cherkov ta’siridan xalos etish) qilina boshlandi. Burjua mafkurasining va yangi rasional hamda empirik bilimlarning rivoji bir qator mustaqil yangi fan tarmoqlarining vujudga kelishiga olib keldi. Masalan falsafa, huquq va tibbiyot fanlari diniy aqidalardan ozod bo’la boshladi. Har holda cherkov ta’siridan qo’tilmagan bo’lsada bu davrda dunyoviy maktablar kupaya boshladi. Ularda o’qitishning yangi usullari yaratildi. Bir qancha mamlakatlarda dunyoviy oliy o’quv yurtlari, ilmiy jamiyatlar va akademiyalar barpo qilindi.

Fan avvalo tabiiy hodisalarning o’zaro sabab va oqibatlarini rasional tushunishga va eksprerimentlar orqali hal qilishga harakat qila boshlaydi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli va ilk burjua inqiloblari: (XVI asrning 60-70 yillaridagi Niderlandiya burjua inqilobi; XVII asrning 40-80 yillarida Angliya burjua inqilobi; XVII asrda Yevropaning qator davlatlarida bo’lib o’tgan inqiloblar, xullas, 1789-1794 yillardagi buyuk fransuz inqilobi.) davrida ilm-fan rivoji diniy dunyoqarashning, diniy g’oyalarning obro’yini tushirib yubordi. Bu jarayon kapitalistik taraqqiyotga keng yul ochib berdi. Umumevropa miqyosidagi bu jarayon birinchidan tabiatshunoslik va texnika sohasidagi ilmiy bilimlarning o’sishiga va shu bilan birga ishlab chiqaruvchi kuchlarning tez rivojlanishiga, ikkinchidan yuqorida aytganimizdek antifeodal inqilobi harakatlarning yuksalishiga olib keldi, ya’ni hunarmand, dehqonlar va ishchilar burjuaziya boshchiligida burjua inqiloblari davomida feodalizmga va yakka hokimiyatchilikka qahshatgich zarba bera boshladi. Kapitalistik manufakturaning gullab-yashnashi va mashinalashgan ishlab chiqarishga o’tish fan va texnikaning rivojlanishini talab qilardi. Sanoatning rivojlanishi texnika, matematika, eksperimental fanlar va tabiiy fanlarning jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga yordam berdi. Dinga putur yetib va o’rta asr sxolastikasi kishanlari parchalanib borayotgan ana shu sharoitda fan taboro muvaffaqiyatli sur’atda rivojlana boshladi. Hozirgi zamon fani o’zining tez sur’at bilan yuksalib borgan taraqqiyotini xuddi shu XVII asrdan boshladi deyish mumkin. XVI asrda ilmiy fikr ba’zi bir cheklangan sohalarda, masalan, astronomiya, tibbiyot namoyon bo’lgan bo’lsa, XVII asrning birinchi yarmida ilmiy bilimlarning asosiy prinsiplari va metodlari paydo bo’lishi (Bekon, Galiley, Nyuton, Dekart) bilan fan asri boshlandi. Lekin shunga qaramay XVII asrning birinchi yarmi fanning tong otar payti edi, xolos. Ilmiy bilimlarning g’olibona rivojlanishi XVII asrning ikkinchi yarmidan, ya’ni ingliz burjua inqilobidan keyin boshlandi. Bu rivojlanish Yevropaning barcha mamlakatlariga yoyildi va xalqaro tus oldi. Olimlar bir-birlari bilan xat yozishib turar, o’z kuzatishlari, ixtirolari, kashfiyotlari, nazariyalari haqida bir-birlariga xabar yuborar edilar. Birin-ketin akademiyalar – ilmiy markazlar vujudga keldi. Bu akademiyalarda tajribalar o’tkazilar – ular namoyish qilinar edi. Bunday akademiyalardan Fransiyadagi «Tajriba akademiyasi» va Londondagi «Qirollik jamiyati» tabiatshunoslik ilmiy jamiyatlarining eng dastlabkilaridan edi. «Qirollik jamiyati» birinchi fuqorolar urushi yillaridayoq tuzilgan bo’lib, inqilobdan keyin (1662 yildan boshlab) katta ishlar olib bordi. Uning a’zolari orasida Boyl, Guk, Nyuton kabi ilg’or olimlar bor edi. 1652 yilda Germaniyada imperator «Leopold akademiyasi», 1666 yilda Parijda «Tabiat fanlari akademiyasi», 1700 yili Berlinda «Fanlar akademiyasi», 1724-1725

yillarda Peterburgda, 1739 yil Stokgolmda, 1759 yil Myunxenda Fanlar akademiyalari tashkil qilindi va hokazo. Akademiyalar bilan bir vaqtda ilmiy jurnallar ham ta’sis qilndi. Bu jurnallarning eng keksasi Parijda 1665 yildan chiqa boshlagan «Olimlar jurnali» hisoblanadi. Shunday qilib, XVII-XVIII asrlar fanining eng muhim ikki xususiyati birinchidan uning kuzatishga, tajribaga, eksprimentga, ikkinchidan matematikaga tayanganida edi. Aniqlik va ishonchlilik yangi fanning bayrog’i bo’lib qoldi. Yangi fannnig XVII-XVIII asrlardagi taraqqiyoti, bir tomondan, eng muhim ilmiy asbob- uskunalar (termometr, simobli va suvli barometr, havo nasosi, mayatnikli soat, elektr mashina, teleskop, mikroskop va hokazo)ning ixtiro qilishi va takomillashtirilishi asosida , ikkinchi tomondan matematikaning tez rivojlinishi asosida bordi. Ammo XVII-XVIII asr fani ko’proq manufaktura ishlab chiqarishiga va ilk mashinalashgan ishlab chiqarishga bog’liqligi tufayli ham u asosan mexanistik fan edi. Boshqacha qilib aytganda yirik sanoatga aylanayotgan manufaktura davrida mexanikaning ikki moddiy negizi bu- soat va tegirmonning borligi edi. Mashinalashgan sanoatga o’tishda yana shu ikkala moddiy negiz asos bo’lgan edi: Soat – amaliy maqsadlar uchun ishlatilgan birinchi avtomat bo’lib, tekis harakat bilan ishlaydigan ishlab chiqarish nazariyasi ana shu soat asosida rivojlangan. Tegirmon – dastlabki suv tegirmoni qurilgan vaqtlardan boshlaboq unda mashina organizmining hamma muhim elementlari bor edi. Harakatga keltiruvchi kuchning me’yorini o’lchash, bu kuchni qo’llashdagi eng yaxshi usullar - tishli uzatma, tishlar haqidagi va ishqalanish haqidagi ta’limotga ham ana shu tegirmon asos bo’ldi. Shunday qilib, fan va texnika, ayniqsa, matematika, mexanika va astronomiya fanlari mashinalashgan sanoatga o’tish, kapitalistik sanoatning taraqqiy qilishi va diniy dunyoqarashni yengish asosida rivojlanib bordi. Sanoatning va tabiiy fanlarning tezkor rivoji, ilmiy izlanishlar, eksprimentlar va tajribalar tufayli erishilayotgan yutuqlar va falsafa fanining materiyalistik yunalishiga turtki berdi… ( falsafiy dunyoqarishni yoritish kerak ) Tabiiy fanlar: Galiley, Kipler va Nyutonlarning zamondoshlari ichida ko’plab tabiatshunos olimlar mavjud edi. Ana shulardan biri italyan fizigi va matematigi Evandjelista Torrichelli (1608-1647) bo’lib, Rimda Benedetti Kastilli rahbarligida matematik ma’lumot oladi. Torrichellining «Traktat o dvijenii tyajel ы x tel», nomli asari Galileyning e’tiborini tortadi. Galiley o’z asarlaridan birini qayta ishlab chiqishni

ishonib unga topshiradi. Galiley o’limidan so’ng, 1642 yilda Torrichelli Pizan universiteti matematik professori lavozimini yoki o’rnini egallaydi. Torrichelli 39 yoshida, ya’ni erta vafot etsada, fan tarixida katta ishlar qilishga erishdi. Torrichelli matematika, mexanika, gidravlika sohasida katta ishlar qildi. Uni fanda yanada tanitgan ishi, bu o’ta oddiy tajriba usuli bilan Yerning yuza qismiga havoning bosimi mavjudligini, ya’ni havonining og’irligini aniqladi va namoyish qildi, atmosfera bosimini o’lchash uchun oddiy barometrni ixtiro qildi. Fransuz fizigi Edm Mariott (1620-1684) turli sohalar bilan shug’ullangan olimlardan biri hisoblanadi. U optika, yorug’lik(svet) difraksiyasi, gidravlika va ayniqsa u o’zining gazlar hususiyatlari ustida olib borgan tajribalari bilan tanilgan. Ingliz olimi Robert Boyl 1662 yilda va undan mustaqil ravishda Edm Mariott ham 1676 yilda eksprimental ravishda «Boyl-Mariott qonuni» deb ataluvchi qonunni aniqladilar, unga ko’ra: muayyan gaz massasi uchun o’zgarmas temperaturada bosim hajmga teskari proporsionaldir: R1 = V2 R2 = V1 Temperatura ortishi bilan gaz bosimining ortishini 1787 yilda fransuz fizigi J.Sharl eksperimental ravishda aniqlaydi. Bu – fanda Sharl qonuni nomi bilan ataladi, ya’ni: muayyan gaz massasining bosimi o’zgarmas hajmda absolyut temperaturaga proporsionaldir: R1 = T1 R2 = T2 Shuni ta’kidlash kerakki, ya’ni E. Mariott Parij Fanlar Akademiyasining eng birinchi a’zolaridan biri hisoblanadi. Ingliz ximigi va fizigi Robert Boyl (1627-1691) Irlandiyaning Lismor qurg’onida gersog oilasida tug’iladi. U Temza daryosi bo’yidagi Iton shahridagi taniqli kolledjda o’qidi. Italiya va Fransiya bo’ylab sayohat qilgan Boyl, bir necha yil Jenevada o’qidi. Dastlab din ta’sirida bo’lgan Boyl zohidona hayot kechiradi. Hatto bu davrda Angliyada fuqorolar urushi ketayotgan davrda, ya’ni O.Kromvel boshchiligidagi respublikachilarning qirol armiyasi bilan jang olib borayotganida ham Boylning barcha qiziqishlari fan bilan bog’liq edi. 1663 yilda Londonda rasmiy tashkil topgan «Qirollik jamiyati»ning tuzilishida ham Boyl asosiy tashabbuskorlardan biri edi. 1665 yilda Boyl Oksford universitetining fizika fanlari doktori unvoniga sazovor bo’ladi. 1680 yilda R.Boyl «Qirollik jamiyati»ning prezidenti lavozimiga saylanadi, biroq uning o’zi bu lavozimni rad etadi. Dj.Bernal aytganidek: «R.Boyl, shubhasiz, «Qirollik jamiyati»ning boshlang’ich davrida uning asosiy figurasi bo’lgan bo’lsa, shu jumladan I.Nyuton ham jamiyatning gullab-yashnagan davrida uning asosiy figurasi edi». Boylning yaqin do’sti va birinchi yordamchisi bo’lib uzoq vaqt faoliyat ko’rsatgan keng tarmoqli olim va ajoyib eksperimentator Robert Guk (1635-1703) edi. U Uayt orolida ruhoniy oilasida tug’iladi. Dj.Bernal yozganidek: «Agar Boyl

Qirollik jamiyatining yuragi bo’lsa, unda Guk uning ko’zi va qo’llari edi. U Faradeygacha bo’lgan davrning buyuk fizik-eksperimentatori edi. Mexanika, fizika, ximiya va biologiya bilan qiziqqan Guk metallarning mexanik xossalari, materiallarning elastik deformasiyalanishlari, elastiklik chegarasi ustida ish olib borib, fanda «Guk qonuni» deb ataladigan ixtironi amalga oshirdi. Uning ixtirosi, ya’ni aylanma prujinli mayatnik keyinchalik aniq soat va xronometrlarning yaratilishiga asos bo’ldi. 1660 yilda Guk mikroskop sxemasini takomillashtirdi.» Endi R.Boylga qaytadigan bo’lsak u Dj.Bernal aytganidek Guk va Faradey kabi yirik eksperimentator bo’lmasada, yoki Nyuton va Maksvell kabi yuksak matematik qobiliyatga ega bo’lmasada, biroq fan uchun juda ko’p ishlar qildi. O’zining ilmiy salohiyatiga ko’ra Boyl ensiklopedist olim edi. Uning fandagi asosiy xizmati ximiyani mustaqil fanga aylanishini boshlab berdi. Fransuz olimi Blez Paskal (1623-1662) matematik, fizik, yozuvchi va diniy faylasuf edi. U Klermon- Ferrane shahrida matematik E.Paskal oilasida tug’iladi. 1655 yilda B.Paskal Por-Royaldagi yanseniychilik ( Kalvinizmga yaqin diniy- falsafiy oqim. Gollandiyalik va’zchi Yanseniy asos solgan ) monastiriga joylashib, bu oqimning maslakdoshlaridan biriga aylanadi. Matematika va fizika sohasida ko’p ishlar qilgan Paskal gidrostatikaga asos soladi. Bu qonunga ko’ra suyuqlik yuzasiga qilingan tashqi ta’sir kuchi suyuqlik orqali barcha yunalishda bir xil uzatiladi. Masalan: «Havoning massasi haqida»gi asarida Paskal havo bosimining zichligi Yer yuzasidan qancha yuqoriga chiqilsa shuncha kamayib borishini aniqlaydi. Shu bilan birga barometr ko’rsatgichi havoning holatiga, ya’ni temperaturasiga va namligiga bog’liq va shuning uchun ham barometr ob-havoni oldindan aytib berish pribori bo’lib xizmat qilishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi. Nyuton va Galileyning zamondoshi buyuk golland matematigi, fizigi va mexanigi Xristian Gyuygens (1629-1695) Gagada yozuvchi va siyosiy arbob oilasida tug’iladi. Nederlandiyaning Leyden va Bredi shaharlaridagi universitetlarida o’qib, huquqshunoslik va matematikani o’rganadi. 22 yoshida aylana, ellips va giperbola yoylari uzunligini o’lchashga oid birinchi ilmiy ishini e’lon qildi. Tez orada X.Gyuygens fizik muammolarga qiziqib qoldi. U R.Guk bilan birgalikda termometrning doimiy nuqtalarini – muzning erish nuqtasi va suvning qaynash nuqtasini aniqladi. Shu yillardayoq u astronomik trubalar obyektivlarining yorug’lik kuchini oshirib, ularni takomillashtirish ustida ishladi. Ular yordamida Gyuygens 1655 yilda Saturn yo’ldoshlaridan biri Titanni kashf etdi va uning aylanish davrini hisobladi. Saturnda hozir hammaga ma’lum bo’lgan halqalar borligini aniqladi. O’zining «Mayatnikli soatlar» (1658) nomli asarida u mayatnikning harakati bilan bog’liq bo’lgan qator muammolarni tadqiq qildi.