logo

Bilish jarayoni, uning namoyon bo’lish shakli va strukturasi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

25.4033203125 KB
Bilish jarayoni, uning namoyon bo’lish shakli va   strukturasi  
 
R e j a
1. Mehnat va bilish jarayoni
2. Bilishni stixiyali - empirik jarayoni
3. Ilmiy bilish tushunchasi
4. Fan bilish jarayonini maxsus shakli sifatida Mehnat va bilish jarayoni . 
Ilmiy   tadqiqot   mehnat   faoliyatini   bir   ko’rinishidir.   Ilmiy   tadqiqotni
asosiy   tarkibiy   qismi   bilish   jarayoni dir.   Bilish   jarayoni   voqyelikni   in’ikos
etishga   qaratilgan   tasavvurlarini,   tushunchalarni   ishlab   chiqarishdir.
Ixtisoslashgan   bilish   jarayonini   borlikni   ikki   tomonga   obyekt   va   subyektga
bo’linganligidan   darak   beradi.   Bu   bilimni   insonni   borlikka   bo’lgan
gnoseologik munosabatini bir ko’rinishidir.
Bilish   jarayoni   ikki   xil   bo’ladi:   ixtisoslanmagan   va   ixtisoslashtirilgan.
Birinchisi, har kunlik hayotda sodir bo’ladigan  b ilish jarayoni. Ikkinchisi esa
ixtisoslashgan   mehnat   faoliyati   bo’lib,   unda   to’xtovsiz   yangi   bilim   olish,
olingan bilimni hayotga amaliyot va texnologiyaga ishlab chiqarishga tatbiq
qilish maqsad qilib qo’yiladi.
Ikkalasini   umumiy   tomoni   quyidagilardir:   bilish   jarayoni   simvolik
vositalar   orqali   voqyelik   haqida   tasvir,   tushuncha   hosil   qilishdir.   Bularni
asosida ega insonni mehnat qilish
Bilish   jarayoni   ikki   xil   bo’ladi:   ixtisoslanmagan   va   ixtisoslashtirilgan.
Birinchisi har kunlik hayotda sodir bo’ladigan bilish jarayoni. Ikkinchisi esa
ixtisoslashgan   mehnat   faoliyati   bo’lib,   unda   to’xtovsi   yangi   bilim   olish,
olingan bilimni hayotga amaliyot va texnologiyaga ishlab chiqarishga tatbiq
qilish maqsad qilib qo’yiladi.
Ikkalasini   umumiy   tomoni   quyidagilardir:   bilish   jarayoni   simvolik
vositalar   orqali   voqyelik   haqida   tasvir,   tushuncha   hosil   qilishdir.   Bularni
asosida   ega   insonni   mehnat   qilish   qobiliyati   yotadi.   Tarixan   bilish   jarayoni
mehnat bilan birga va uni asosida vujudga keladi.
(Ko’r   odamni   ko’zi   birinchi   marta   ochilganda   u   yorug’   va   turli   rang-
barang shakllarni ko’radi, predmetlarni bir-biridan farq qilmaydi). Har   ikkala   shakldagi   bilish   jarayoni   murakkab   sensitiv   va   intellektual
jarayonlarni   natijasidir.   Bu   esa   ijtimoiy   ishlab   chiqilgan   kommunikativ   va
simvolik   vositalarni   bo’lishini   taqozo   etadi.   O’z   navbatida   mazkur   vositalar
mehnatni   tarixiy   va   ijtimsoiy   madaniy   natijasidir.   Mehnat   jarayoni   uch
tarkibiy   qismdan   iborat:   insonni   mehnat   faoliyati,   mehnat   predmeti
(obyektlar) va mehnat qurollari.
Mehnat jarayonini sub ye ktiv va obyektiv tomonlari
Obyektiv   tomonlari   -   uchchala   tarkibiy   qismlarini   o’zaro   ta’siri.
Subyektiv   tomoni   -   maqsad,   jarayoni   anglash   (jarayon   qanday   ketayapti,
n ima bo’layotganini anglash), mehnat natijasini oldindan tasavvur qilish.
Anglash   va   oldindan   tasavvur   qilish   mehnat   jarayonini   tarixiy
oqibatidir, natijasidir.
Mehnat jarayonini evolyusiyasi natijasida til taraqqiy etib, muloqot va
tafakkur vositasiga aylandi.
Mehnat,   ishlab   chiqarish   bilan   faoliyati   va   jarayonini
murakkablashtiruvchi omil, asos bo’lib xizmat qiladilar.
Ijtimoiy   mehnat   taqsimoti,   shu   jumladan   aqliy   mehnatni   jismoniy
mehnatdan   ajralib   chiqqandan   keyin   kishilar   guruhi   uchun   bilish   jarayoni
kasbiy   faoliyat   turiga   aylandi.   Shu   vaqtdan   boshlab   bilish   faoliyati   o’zini
strukturasi, jarayon bosqichlariga ega bo’lgan holda rivojlana boshlaydi.
Bilish   jarayoni   murakkab   tizimli   strukturali   jarayon   sifatida   quyidagi
qismlardan iborat:
1. Kishilarni bilish faoliyati;
2. Bilish vositalari;
3. Bilish obyekti (predmeti);
4.   Bilish   faoliyatini   natijalari:   Bilimlar,   usullar,   mulohaza   yuritish
tartiboti va jarayonlari va boshqalar. Fan   va   ilmiy   bilish   sohasini   taraqqiyoti   jarayonida,   fan   tomonida
ijtimoiy   ehtiyojlarni   qondirishga   ijtimoiy   buyurtmalarni   bajarish   jarayonida
bilish faoliyati ijtimoiy ishlab chiqarishni turiga aylana bordi.
Jamiyat industrial bosqichga o’tar ekan, fanni o’zida mehnat taqsimoti
va sohalarni tarmoqlanishuvi yuz bera boshladi.
Fan sohasida turli kasb egalari paydo bo’la boshladi: nazariyotchilar va
amaliyotchilar,   olimlar   va   muhandislar,   tadqiqotchilar   va   laboratoriya   va
hokazo.
Bilish faolityai ikki tomonlama jarayondir:
1.  V oqyelik, obyektlar haqida bilimga ega bo’lish:
Taraqqiyot   yangidan   -   yangi   bilimlarni   ishlab   chiqishda   namoyon
bo’ladi.
2. Olingan bilimlarni ifodalash uchun kerak bo’ladigan bilish shakllari
va vositalarini, gnoseologik qadriyatlarni yaratish.
Marks   aytgan   edi:   "Tabiat   parovoz   qurmaydi".   Bu   mulohazani
boshqacha   shaklda   berish   mumkin.   Tabiat   tushunchalarni,   nazariyalarni
yaratmaydi.   Ularni   inson   shakllantiradi.   Bilish,   Berdyayevni   aytishicha,
borlikni   ichida   yuz   beradi.   Inson   subyekt   sifatida,   gnoseologik   ma’noda
obyektga karama-qarshi turadi.
Bilishda   gnoseologik   obrazlar   yaratiladi,   shakllanadi,   bir-biriga   ta’sir
qiladi, unda shuuriylik va noshuuriylik jihatlari bo’ladi va hokazolar.
Bilish   faoliyatini   maqsadi   jamiyat   tomonidan   belgilanadi.   Ijtimoiy
ehtiyoj   va   buyurtma   bilvosita   yo’llar   bilan   muammolarga,   loyihalarga,
dasturlarga aylanadi.
2. Bilishni stixiyali - empirik jarayoni Stixiyali   -   empirik   bilish   ilk   jamiyatta,   madaniyat   va   ma’rifat   ma’lum
darajada rivojlangan sivilizasiyalarga xosdir.
Stixiyali   empirik   bilish   har   qanday   mehnat   faoliyatini   yo’ldoshi,
tarkibiy qismdir. Bu bilishni o’zi ilk va rivojlangan bosqichdan iborat bo’lishi
mumkin.
Qadimgi   Misr   va   Bobilda   mavjud   bo’lgan   matematik,   astronomik,
tibbiy bilimlar old fan, resepturali bilish shaklida taraqqiy etgan.
Tarixan   shakllangan   va   rivojlangan   mehnat   reseptlari   (yo’l-yo’riqlari)
qishloq xo’jaligida hunarmandchilikda stixiyali empirik bilishga asoslangan.
Xalq   tibbiyoti,   ixtisoslashgan   mehnat,   madaniy-ma’naviy   jarayonlarni
tarkibiy qismiga stixiyali - empirik bilish kirgan.
Stixiyali   -   empirik bilishda maqsad va bilish harakatlarini obyekti bir-
biridan farqlanmagan.
Subyekt   va   obyekt   bir-biriga   nisbatan   nazariy,   konseptual   qarama-
qarshi qo’yilmagan.
3. Ilmiy bilish tushunchasi
Bilish   voqyelikni   inson   tafakkurida   in’ikos   etish,   tasvirlash,   qayta
tiklash   (modellashtirish)   jarayoni   bo’lib,   natijada   olam   haqida   yangi   bilim
hosil bo’ladi.
Bilish - jarayon, bilim uni natijasidir.
Bilish   jarayonini   mexanizmi,   intellektual   quroli   tafakkurdir.
Tafakkurda   tushunchalar   va   obrazlar   bir - biri   bilan   bog’lanadi.   Bunday
bog’lanish h ukmlarda yuz beradi. Hukmlar oddiy va murakkab, haqiqiy va yolg’on
bo’lishi mumkin.
Bilim   bilish   faoliyati   natijasini   tartiblashtirish   va   mavjud   bo’lish
shaklidir. Bilish va bilim   odatiy va ilmiy, ochiq (bevosita) va bilvosita (ochiq
bo’lmagan),   shaxsiyatlari   va   nazariy   mantiqiy   ko’rinishlarda   mavjud
bo’ladilar.
Bilish   amaliyotdan,   muloqotdan   o’sib   chiqib   ilmiy   bilish   darajasiga
ko’tariladi.
Ilmiy bilish  darajasida narsa va hodisalarni ichki  xossalari,  harakat  va
yashash   qonuniyatlari,   sababiy   bog’lanishlari   ochiladi.   Bu   insonga   o’zini
ehtiyojini   qondiradigan   texnologiyalarni,   moslamalar,   uskunalar   va
mashinalarni   yaratish,   borliqni   borgani   sari   chuqur   va   to’g’ri   tushunish   va
tushuntirish imkoniyatini beradi.
Demak ilmiy bilish olamdagi narsalarni xossalari, harakat va mavjudlik
qonuniyatlarini,   mohiyatini   tafakkurda   tushunchalar,   nazariyalar   va
ta’limotlar   ishlab   chiqish   yo’li   bilan   in’iks   etish,   tushuntirishdir.   Bilish
ziddiyatli,   dialektik   jaryondir.   Uning   vanorasional,   shuuriy   va   g’ayrishuuriy
shakllari   o’rtasida   murakkab   nisbatlar   va   munosabatlar   borligida   namoyon
bo’ladilar.
Bilishni boshqa dialektik jihatlari ham bor.
Masalan:   bilimimizni   tarixiy   cheklanganligi   va   borlikni   cheksiz
murakkabligi   o’rtasidagi   ziddiyat.   Bilish   faoliyatini   har   bir   tarixiy   davrida
shu   ziddiyatni   ma’lum   bir   miqyosi,   darajasi   xid*   etilib   boriladi.   Buni
ko’rsatkichi:   borgan   sari   chuqur   va   yangi   bilimlarga   ega   bo’lish,   bilimni
amaliyotda   tatbiq   qilinishi,   yangidan-yangi   ta’limotlarni,   loyihalarni,
texnologiyalarni yaratilishi. Bilish  inson  uchun  voqyelikni  o’zlashtirish,  predmetlarni  o’rganish  va
o’zlashtirish,   o’z-o’zini   anglash   quroli   bo’lib   xizmat   qiladi.   Buning   uchun
bilimlar haqiqiy bo’lish kerak.
Haqiqiy   bilimga   erishish   yo’llarini   mantiq   fani,   "mantiqiy   tafakkur
madaniyati" deb atalgan yo’nalish ko’rsatadilar.
Ilmiy bilishni darajalari, shakllari, vositalari mavjud.
Hissiy va aqliy bilish odatiy va nazariy tafakkur
Tafakkur   shakllari:   tushuncha,   hukm   va   xulosa.   Ilmiy   bilish   shakllari:
muammo, ilmiy g’oya (hodisani oraliq isbotlarsiz intuitiv tushuntirish, yangi
fikrni tug’ilish jarayoni va natijasi) gipoteza, aksioma qonunlar.
Ilmiy   bilish   usullari:   muammoni   qo’yish   va   shakllantirish,   nazariya
kurash,   hissiy   bosqichdan   nazariy   tafakkur   bosqichga   ko’tarilish,   tadqiqot
usullarini ishlab chiqarish va hokazolar.
Fan bilish jarayonini maxsus shakli sifatida
Fan   bilish   jarayonini   maxsus,   ixtisoslashgan   sohasi   sifatida
sivilizasiyani   ma’lum   bosqichida   vujudga   keladi.   Buning   birinchi   omili
jismoniy mehnatdan aqliy mehnatni ajratib chiqishi.
Endi   bilish   faoliyati   maxsus   tayyorgarlik   ko’rgan   kishilar   guruhi
tomonidan   amalga   oshiriladigan   bo’ldi.   Fanda   bilishni   maxsus   usullari   va
vositalari ishlab chiqarila boshlandi.
Fan tufayli kishilar harakatini belgilaydigan qonunlar va qonuniyatlarni
kashf qila boshladilar.
Ilmiy   bilish   murakkablanishi   jarayonida   bilishni,   uni   amalga   oshirish
usullari va vositalarini o’rganish ehtiyoji paydo bo’ldi. Natijada metodologik
tadqiqotlar   sohasi   vujudga   keldi.   Fan   ichidagi   mehnat   taqsimoti,   yangidan- yangi tadqiqot predmetlarini ochilishi fanlarni differensiyasi va integrasiyasi
jarayonlarini keltirib chiqardi.
Fan   ma’lum   ma’naviy,   ijtimoiy   siyosiy   muhitda   rivojlanadi,   shunday
muhit   bilan   aloqada   bo’ladi.   Bu   esa   fanni   falsafiy,   dunyoqarashlik
muammolarini keltirib chiqardi.
Fan   va   noilmiy   bilish.   Astrologiya   parapsixologiya   teosofiya,   okkul’t
bilishdir.   Muxofillikdan   bir-birini   tushunish   holatiga   tish.   Hozirgi   paytda
noilmiy   bilishni   turli   shakllarini   tadqiqot   qilish   fan   falsafasi   va
metodologiyasini   dolzarb   muammosiga   aylanmoqda.   Noilmiy   bilish   ilmiy
tadqiqot   andazalariga   javob   bera   olmasa   ham,   ma’naviy   hayotda   muhim
o’rinni   egallaydi.   XXI   asrda   esa   noilmiy   bilimni   noan’anaviy   ko’rinishlari
ko’payib ketdi. Falsafada ularni tahlil qilish boshlandi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR  RO‘YXATI :
1. O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi.   –   Toshkent:
O‘zbekiston NMIU, 2017. – B. 74.
2. 2017 – 2021   yillarda   O‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning
beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi .2017.   yil   7   fevral
(PF4947) .
3. To‘raev B.O. Tabiatshunoslik falsafasi.-T.:Tafakkur, 2010
4. T o‘ raev B.O. Abu Rayhon Beruniy. – T.: Tafakkur, 2010. – B. 96
5. To‘raev B.O. Ontologiya, gnoseologiya, logika va fan falsafasi 
muammolari. Tanlangan asarlar: I jild. O‘zMK nashriyoti, 2015. –B. 376.
6. To‘raev   B.   Hozirgi   zamon   tabiatshunoslik   konsepsiyasi.   –   T.:
Tafakkur. 2009. –B. 208
7. Turaev   B.O.   Sinergetika:   mohiyati,   qonuniyatlari   va   amaliyotda
namoyon bo‘lishi. Jamoaviy monografiya. – T.: Navro‘z, 2017. –B. 36 4 .
8. Qo‘shoqov Sh. Tabiatshunoslik falsafasi. S.:Samarqand; 2004. 9. Qo‘shoqov Sh.S. Tabiiy, texnik va ijtimoiy – gumanitar fanlarning
falsafiy muammolari.S.:SamDU, 2000.
10. Shermuxamedova  N.  Falsafa va  fan metodologiyasi.-T.: 
Universitet,  2005.
11.   Shermuxamedova   N.   Falsafa   va   fan   metodologiyasi    –   T.:   
Axborot texnologiyalari, 2008.
12. Shermuxamedova  N.A. Gnoseologiya –  bilish falsafasi. -
T.:“Noshir”,   2011.

Bilish jarayoni, uning namoyon bo’lish shakli va strukturasi R e j a 1. Mehnat va bilish jarayoni 2. Bilishni stixiyali - empirik jarayoni 3. Ilmiy bilish tushunchasi 4. Fan bilish jarayonini maxsus shakli sifatida

Mehnat va bilish jarayoni . Ilmiy tadqiqot mehnat faoliyatini bir ko’rinishidir. Ilmiy tadqiqotni asosiy tarkibiy qismi bilish jarayoni dir. Bilish jarayoni voqyelikni in’ikos etishga qaratilgan tasavvurlarini, tushunchalarni ishlab chiqarishdir. Ixtisoslashgan bilish jarayonini borlikni ikki tomonga obyekt va subyektga bo’linganligidan darak beradi. Bu bilimni insonni borlikka bo’lgan gnoseologik munosabatini bir ko’rinishidir. Bilish jarayoni ikki xil bo’ladi: ixtisoslanmagan va ixtisoslashtirilgan. Birinchisi, har kunlik hayotda sodir bo’ladigan b ilish jarayoni. Ikkinchisi esa ixtisoslashgan mehnat faoliyati bo’lib, unda to’xtovsiz yangi bilim olish, olingan bilimni hayotga amaliyot va texnologiyaga ishlab chiqarishga tatbiq qilish maqsad qilib qo’yiladi. Ikkalasini umumiy tomoni quyidagilardir: bilish jarayoni simvolik vositalar orqali voqyelik haqida tasvir, tushuncha hosil qilishdir. Bularni asosida ega insonni mehnat qilish Bilish jarayoni ikki xil bo’ladi: ixtisoslanmagan va ixtisoslashtirilgan. Birinchisi har kunlik hayotda sodir bo’ladigan bilish jarayoni. Ikkinchisi esa ixtisoslashgan mehnat faoliyati bo’lib, unda to’xtovsi yangi bilim olish, olingan bilimni hayotga amaliyot va texnologiyaga ishlab chiqarishga tatbiq qilish maqsad qilib qo’yiladi. Ikkalasini umumiy tomoni quyidagilardir: bilish jarayoni simvolik vositalar orqali voqyelik haqida tasvir, tushuncha hosil qilishdir. Bularni asosida ega insonni mehnat qilish qobiliyati yotadi. Tarixan bilish jarayoni mehnat bilan birga va uni asosida vujudga keladi. (Ko’r odamni ko’zi birinchi marta ochilganda u yorug’ va turli rang- barang shakllarni ko’radi, predmetlarni bir-biridan farq qilmaydi).

Har ikkala shakldagi bilish jarayoni murakkab sensitiv va intellektual jarayonlarni natijasidir. Bu esa ijtimoiy ishlab chiqilgan kommunikativ va simvolik vositalarni bo’lishini taqozo etadi. O’z navbatida mazkur vositalar mehnatni tarixiy va ijtimsoiy madaniy natijasidir. Mehnat jarayoni uch tarkibiy qismdan iborat: insonni mehnat faoliyati, mehnat predmeti (obyektlar) va mehnat qurollari. Mehnat jarayonini sub ye ktiv va obyektiv tomonlari Obyektiv tomonlari - uchchala tarkibiy qismlarini o’zaro ta’siri. Subyektiv tomoni - maqsad, jarayoni anglash (jarayon qanday ketayapti, n ima bo’layotganini anglash), mehnat natijasini oldindan tasavvur qilish. Anglash va oldindan tasavvur qilish mehnat jarayonini tarixiy oqibatidir, natijasidir. Mehnat jarayonini evolyusiyasi natijasida til taraqqiy etib, muloqot va tafakkur vositasiga aylandi. Mehnat, ishlab chiqarish bilan faoliyati va jarayonini murakkablashtiruvchi omil, asos bo’lib xizmat qiladilar. Ijtimoiy mehnat taqsimoti, shu jumladan aqliy mehnatni jismoniy mehnatdan ajralib chiqqandan keyin kishilar guruhi uchun bilish jarayoni kasbiy faoliyat turiga aylandi. Shu vaqtdan boshlab bilish faoliyati o’zini strukturasi, jarayon bosqichlariga ega bo’lgan holda rivojlana boshlaydi. Bilish jarayoni murakkab tizimli strukturali jarayon sifatida quyidagi qismlardan iborat: 1. Kishilarni bilish faoliyati; 2. Bilish vositalari; 3. Bilish obyekti (predmeti); 4. Bilish faoliyatini natijalari: Bilimlar, usullar, mulohaza yuritish tartiboti va jarayonlari va boshqalar.

Fan va ilmiy bilish sohasini taraqqiyoti jarayonida, fan tomonida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga ijtimoiy buyurtmalarni bajarish jarayonida bilish faoliyati ijtimoiy ishlab chiqarishni turiga aylana bordi. Jamiyat industrial bosqichga o’tar ekan, fanni o’zida mehnat taqsimoti va sohalarni tarmoqlanishuvi yuz bera boshladi. Fan sohasida turli kasb egalari paydo bo’la boshladi: nazariyotchilar va amaliyotchilar, olimlar va muhandislar, tadqiqotchilar va laboratoriya va hokazo. Bilish faolityai ikki tomonlama jarayondir: 1. V oqyelik, obyektlar haqida bilimga ega bo’lish: Taraqqiyot yangidan - yangi bilimlarni ishlab chiqishda namoyon bo’ladi. 2. Olingan bilimlarni ifodalash uchun kerak bo’ladigan bilish shakllari va vositalarini, gnoseologik qadriyatlarni yaratish. Marks aytgan edi: "Tabiat parovoz qurmaydi". Bu mulohazani boshqacha shaklda berish mumkin. Tabiat tushunchalarni, nazariyalarni yaratmaydi. Ularni inson shakllantiradi. Bilish, Berdyayevni aytishicha, borlikni ichida yuz beradi. Inson subyekt sifatida, gnoseologik ma’noda obyektga karama-qarshi turadi. Bilishda gnoseologik obrazlar yaratiladi, shakllanadi, bir-biriga ta’sir qiladi, unda shuuriylik va noshuuriylik jihatlari bo’ladi va hokazolar. Bilish faoliyatini maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi. Ijtimoiy ehtiyoj va buyurtma bilvosita yo’llar bilan muammolarga, loyihalarga, dasturlarga aylanadi. 2. Bilishni stixiyali - empirik jarayoni

Stixiyali - empirik bilish ilk jamiyatta, madaniyat va ma’rifat ma’lum darajada rivojlangan sivilizasiyalarga xosdir. Stixiyali empirik bilish har qanday mehnat faoliyatini yo’ldoshi, tarkibiy qismdir. Bu bilishni o’zi ilk va rivojlangan bosqichdan iborat bo’lishi mumkin. Qadimgi Misr va Bobilda mavjud bo’lgan matematik, astronomik, tibbiy bilimlar old fan, resepturali bilish shaklida taraqqiy etgan. Tarixan shakllangan va rivojlangan mehnat reseptlari (yo’l-yo’riqlari) qishloq xo’jaligida hunarmandchilikda stixiyali empirik bilishga asoslangan. Xalq tibbiyoti, ixtisoslashgan mehnat, madaniy-ma’naviy jarayonlarni tarkibiy qismiga stixiyali - empirik bilish kirgan. Stixiyali - empirik bilishda maqsad va bilish harakatlarini obyekti bir- biridan farqlanmagan. Subyekt va obyekt bir-biriga nisbatan nazariy, konseptual qarama- qarshi qo’yilmagan. 3. Ilmiy bilish tushunchasi Bilish voqyelikni inson tafakkurida in’ikos etish, tasvirlash, qayta tiklash (modellashtirish) jarayoni bo’lib, natijada olam haqida yangi bilim hosil bo’ladi. Bilish - jarayon, bilim uni natijasidir. Bilish jarayonini mexanizmi, intellektual quroli tafakkurdir. Tafakkurda tushunchalar va obrazlar bir - biri bilan bog’lanadi. Bunday bog’lanish h