O‘zbekistonda ma’muriy buyruqbozlik boshqaruvi tizimining shakllanishi
O‘zbekistonda ma’muriy buyruqbozlik boshqaruvi tizimining shakllanishi Reja 1. O‘zbekiston SSR da sovet siyosiy tuzumining mustahkamlanishi 2. O‘zbekiston SSR da sovet siyosiy tuzumining ziddiyatli jihatlari 3. Sovet siyosiy tuzumida totalitar xususiyatning kuchayishi
O‘zbekiston SSR 1925 yil fevralda tashkil etilgach, Markaz o‘zining yangi sovet siyosiy tizimi institutlarini mustahkamlashni boshladi. Bu tizimda asosiy o‘rin respublikadagi siyosiy hokimiyat institutlariga berildi va birinchi navbatda, shunday tashkilotlardan biri RKP(b) MKning respublikadagi filiali O‘zbekiston Kommunistik partiyasi bo‘lishi kerak edi. O‘ zbekiston SSRdagi sovet mustabid tuzumining asosiy tayanchi O‘ zbekiston Kommunistik partiyasi edi. O‘ zbekiston SSR tashkil qilingach, RKP (b) MK Siyosiy byurosining 1924 yil 12 iyundagi Turkiston, Buxoro va Xorazm sovet respublikalaridagi kompartiyalarni qayta tashkil qilish va ular asosida O‘ zbekiston, Turkmaniston va oblast partiya tashkilotlarini tuzish haqidagi qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Kompartiyasini tuzishga amaliy rahbarlik bevosita RKP (b) MK O‘rta Osiyo byurosi tashkilotiga yuklandi. Mazkur davrda O‘zbekiston partiya tashkilotlarida RKP(b)ning 8 359 a’zosi va 8 012 nafar a’zolikka nomzodlari mavjud edi, ularning 6 883 nafari o‘zbek, 6 666 nafari rus, 964 nafari tojik, 744 nafari qozoq, 384 nafari tatar va qolganlari boshqa millatlarga mansub bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, kommunistlarning asosiy qismi savodsiz va chalasavod edilar. 1924 yilning 1 dekabridagi ma’lumotlarga asosan 16 000 nafar kommunistdan 6 000 nafardan ko‘prog‘i umuman savodsiz bo‘lgan. SHuningdek, mazkur tashkilot sinfiy asosda tuzilgan bo‘lib, uning katta qismini, ya’ni 36,1 foizini ishchilar, 38 ,1 foizini dehqonlar tashkil qilgan. Xususan, bolsheviklarning geosiyosiy manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshirilgan milliy chegaralanishdan so‘ng, RKP(b) MK O‘zbekistonda milliy kompartiyani va sovet organlarini tashkil etish va mustahkamlashga kirishdi. 1925 yilning fevral oyi boshlarida Markaz milliy sovet respub likalaridagi sovet hokimiyati siyosiy institutlarining yaratilishiga «bevosita yordam berish» maqsadida respublikaga bolshevistik partiya va sovet davlati rahbarlaridan biri M.I. Kalininni jo‘natdi.
1925 yil 6-12 fevralda Buxoro shahrida O‘zbekiston Kommunistik (bolsheviklar) partiyasining I s’ezdi bo‘lib o‘tdi va unda RKP(b)ning «tarkibiy va ajralmas qismi» bo‘lgan O‘zbekiston Kommunistik partiyasi tashkil topib, u Turkiston, Buxoro va Xorazm kommunistik tashkilotlarini birlashtirdi. Vladimir Ivanov va Akmal Ikromov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti sekretarlari qilib saylandilar. S’edda M. Kalinin nutq so‘zladi va u o‘zining nutqida, birinchi navbatda, Markazning siyosiy manfaatlarini ilgari surib, barcha sovet respublikalari o‘rtasidagi ittifoqni kuchaytirish va shu orqali sovet tuzumini mustahkamlashga chaqirdi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markazning qat’iy ko‘rsatmalari va uning mintaqadagi siyosiy tashkiloti bo‘lgan O‘rta Osiyo byurosining amaliy rahbarligi asosida tashkil qilindi. YUqorida e’tirof qilinganidek, uning a’zolarining aksariyat qismi umuman savodsiz yoki chalasavod bo‘lgan, chunki bunday kishilarni boshqarish va ular orasida bolshevistik g‘oyalarni singdirish oson edi. Bolsheviklar O‘zbekiston Kompartiyasining «g‘oyaviy ko‘makchilari» bo‘lgan boshqa siyosiy va ijtimoiy tashkilotlarni ham respublikada tashkil qilishga e’tibor qaratishgan. CHunki bunday tashkilotlarning tuzilishi, bolshevistik rahbariyatning fikriga ko‘ra, respublika mehnatkashlarini «sotsialistik qurilishga keng jalb qilish» imkoniyatini berar edi. 1924 yil dekabrda O‘zbekiston kasaba uyushmasining Tashkiliy byurosi tarkibi tasdiqlandi. Mehnatkashlarning eng ommaviy hisoblangan ushbu tashkiloti bolshevistik partiya yo‘riqlari asosida tashkil qilingan bo‘lib, 1925 yil boshlarida u 90 mingdan ortiq kishini birlashtirgan edi. Mamlakatda qaror topgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi va uning rahbar o‘zagi hisoblangan kommunistik partiya kasaba uyushmalarini qadam-baqadam o‘z maqsadlari va vazifalariga bo‘ysundirib bordi. Partiya hukmronligi mustahkamlanib borgan sari kasaba uyushmalari yollanma ishchilar va xizmatchilarning
hayotiy manfaatlarini ta’minlashdan iborat o‘zlarining funksiyalarini bajarishdan, ularning ijtimoiy muhofazalanishiga yordam berishdan mahrum bo‘lib bordilar. Oxir-oqibatda, ular mutlaq hukmron bo‘lgan Kommunistik partiyaning «dastyori» ga aylanib qoldilar. Bolsheviklarning siyosiy manfaatlariga sodiq xizmat qilgan tashkilotlardan biri, bu Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar ittifoqi (komso mol) edi. Sovet hokimiyati yosh avlodni kommunistik ruhda tarbiyalab borishga muntazam e’tibor qaratgan va shu maqsadda 1924 yil dekabrda O‘zbekiston leninchi kommunistik yoshlar soyuzining Tashkiliy va Ijroiya byurolari tashkil qilindi. 1925 yil 5-8 aprelda poytaxt Samarqand shahrida O‘zbekiston komsomolining birinchi ta’sis s’ezdi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston leninchi kommunistik yoshlar soyuzi (UzLKSM) tuzildi. U Butunittifoq leninchi kommu nistik yoshlar soyuzi (VLKSM)ning tarkibiy qismi bo‘lgan. YOshlarni ongiga bolshevistik mafkurani singdirish, ularni kommunistik jamiyat soldatlariga aylantirishda kommunistik yoshlar ittifoqi asosiy rol o‘ynadi. Komsomol partiya va uning tashkilotlariga yanada ko‘proq bo‘ysundirilgan edi. Bolsheviklar partiyasi uni o‘zining yordamchisi va «jangovar rezervi» deb hisoblardi. Bolshevistik partiya komsomol ii «sinfiy dushman»ga qarshi kurashda, «Hujum» kampaniyasi hamda qishlok xo‘jaligini jamoalashtirish va xalqqa son-sanoqsiz ofatlar keltirgan sovet hokimiyatining boshqa «sotsialistik tajribalari»ni ma’muriy-buyruqbozlik usullari bilan amalga oshirishda o‘zining zarbdor mushtiga aylantirdi. O‘zbekiston Kommunistik partiyasi RKP(b)ning tarkibiy qismi sifatida uning nizom va direktivalari asosida tashkil kilindi. Jumladan, Markazdan yuborilgan direktivaga ko‘ra, O‘ zbekiston Kompartiyasi Tashkiliy byurosi plenumi Ijroiya byuro zimmasiga:
a) o‘zining kelgusidagi ishida O‘zbekiston SSRning bir qadar chekkadagi viloyatlariga ko‘proq e’tibor qaratishni, u erlarda kuyi sovet apparatini va ancha faol bo‘lgan partiya tashkilotlarini vujudga keltirishni; b) O‘zbekiston Kompartiyasi o‘zining barcha tashkilotlariga RKP(b) Ustavi hamda partiyaning XII va XIII s’ezdlari qarorlarida belgilangan yangi a’zolar va nomzodlarni qabul qilish shartlarini tarqatishni yukladi. SHuningdek, O‘ zbekiston Kompartiyasi barcha tashkilotlarida RKP(b) Markaziy Komitet i belgilagan yagona namunadagi partiya va nomzodlik biletlari joriy etildi. O‘ zbekiston Kompartiyasi oldiga respublikada sovet boshqaruv tizimini shakllantirish vazifasi qo‘yildi. Uning oldida, birinchi navbatda, hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari bo‘lgan sovetlarni hamda ijroiy qo‘mitalarni, shuningdek, ijtimoiy tashkilotlar kasaba uyushmalari va kommunistik yoshlar tashkiloti, «milliy armiya», respublikaning sud, prokuratura, militsiya kabi organlarini tuzish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish vazifasi topshirildi. Bu yo‘nalishdagi birinchi qadamlar 1926 yil boshlarida, ya’ni O‘zbekiston Kompartiyasi tashkil qilingandan keyin ko‘p o‘tmay yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston SSRning, hokimiyat davlat organlarining tashkil qilinganligini qonunlashtirish maqsadida 1925 yil 13-17 fevralda Buxoroda O‘zbekiston SSR Sovetlarining I s’ezdi bo‘lib o‘tdi va unda sovet apparatini kuchaytirish vazifasi ilgari surildi. SHuningdek, quyi sovet apparatini mustahkamlash masalasida ham ba’zi bir qarorlar qabul qilindi. Unga ko‘ra Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida revkomlar o‘rniga «saylab qo‘yiladigan» sovet organlari, ba’zi bir viloyatlar (Xorazm va Buxoro)dagi amin va oqsoqollik mahalliy boshqaruv organlari o‘rniga esa qishloq sovetlarini tashkil qilish haqidagi qaror ham qabul qilindi.