Axborot texnologiyalari, ularning rivojlanish bosqichlari va qo’llanish sohalari 16v
Samarqand Davlat Universiteti Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti Amaliy psixologiya yo‘nalishi Axborot texnologiyalari fanidan Mustaqil ishi
Axborot texnologiyalari, ularning rivojlanish bosqichlari va qo’llanish sohalari Reja: 1. Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari . 2. Axborot texnologiyalari turlari, zamonaviy axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalari. 3. Axborot texnologiyalarining qo’llanilish sohalari 4. Zamonaviy axborot texnologiyalarining hozirgi kundagi o’rni. O’zbekiston mustaqillikga erishganidan boshlab ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanib, xalqaro integratsiyaga qo’shilmoqda. Insoniyat ishlab chiqarish jarayonida tartibsiz mexanik operatsiyalardan tartibli boshqaruv operatsiyalari tomon jadal xarakatlanmoqda. Elektron ofislar xar hil axborotlashtirish vositalari bilan ta’minlangan. Ma’lumotlarning electron shakli xayotning barcha jabxalarda inson faoliyati xarakterini o’zgartirmoqda. Axborot texnologiyasi va uning dasturiy ta’minotining rivojlanishi, ofisda ish o’rinlarining evolutsion va information to’yinishiga sharoit yaratadi. Texnologiyani quyidagicha ta'riflash mumkin. Texnologiya — bu sun'iy ob'ektlarni yaratishga yunaltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yunalishda borishini ta'minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu yerda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini uzgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot xosil qilish maqsadida xam boshqariladi. Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari.
Shaxsiy kompyuterning yaratilishi bilan axborot texnologiyasining taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Yangi davrning asosiy maqsadi kasbiy va maishiy xizmat sohalarida insonning shaxsiy axborot talabini qondirish bo’lib bormoqda. Axborotni qayta ishlash vazifalari va jarayonlarining ko’rinishi bo’yicha: 1bosqich (1960-70 yillar) malumotlarni qayta ishlash hisoblash markazlarida (jamoa bolib ishlash tartibida) amalga oshirilgan. Axborot texnologiyasi taraqqiyotining asosiy yo’nalishi insonning qo’l mehnatini avtomatlashtirishdan iborat edi. 2bosqich (1980 yillar)dan strategik vazifalarni yechish uchun axborot texnologiyalari yaratildi. Jamiyatni axborotlashtirish yo’lidagi muammolar bo’yicha: 1bosqich (1960-yillar oxirlarigacha) apparat vositalari imkoniyatlari cheklangan sharoitlarda katta hajmlardagi malumotlarni qayta ishlash muammosi bilan ajralib turadi. 2bosqich (1970yillar oxirlarigacha) IBM 360 turkumidagi EHM yaratilishi bilan bogliq. Bu bosqich muammosi dasturiy taminotining apparat vositalari rivojlanishi darajasida orqada qolishidir. 3bosqich (1980yillar boshlari) kompyuter malakasi bo’lmagan foydalanuvchining quroli bo’lib qoldi. Axborot tizimlari esa foydalanuvchining qarorlarini qabul qilishni qo’llab quvvatlovchi vosita
sifatida ishlatilmoqda. Bu bosqichda foydalanuvchi ehtiyojlarini yuqori darajasida qondirish va kompyuter muhitida ishlovchi tegishli interfeysni yaratish muammolari mavjud. 4bosqich (1990yillar boshlaridan) tashkilotlarda aloqalar va axborot tizimlari zamonaviy texnologiyalarini yaratish. Bu bosqichda muammolar juda ko’p. Ulardan muhimlari quyidagilardir: kompyuter aloqasi uchun kelishuvlari ishlab chiqish va standartlar, protokollarni o’rnatish; strategik axborotga kirishni tashkil etish; axborotni muhofaza qilish va xavfsizligini taminlash; Kompyuter texnologiyasining afzalliklari boyicha: 1bosqich (1960yillar boshidan) hisoblash markazlari zaxiralaridan markazlashgan tarzda foydalanishga yo’naltirilgan qo’l mehnati amallarini bajarishda axborotni ancha samarali qayta ishlash bilan ajralib turadi. 2bosqich (1970yillar o’rtalaridan) shaxsiy kompyuterning paydo bolishi bilan bogliq. 3bosqich (1990yillar boshlaridan) tijoratda strategik afzalliklar tahlili tushunchasi bilan bogliq va axborotni taqsimlovchi qayta ishlash telekommunikatsiya texnologiyalari yutuqlariga asoslangan. Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika xodisasi bo’lmasdan, iqtisodiy rivojlanishning muhim omiliga aylanmoqda. Axborot bilan qamrab olinmagan biror muhim xujalik sektorini (ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya soxasi, savdo) misol keltirish qiyin. Ayni paytda kompyuterlar va aloqa vositalari asosida axborotni to’plash, saqlash va taqdim etishning zamonaviy usullari, yangi axborot texnologiyalari va xizmatlarni sotish (tarqatish) maqsadlarida ishlab chiqarish mustaqil tarmoq sifatida shakllandi va ajralib chiqdi. Shunday qilib, xalq xujaligini axborotlashtirish kelgusiga yorib o’tish demakdir. Axborot texnologiyalari, shu jumladan, kompyuterlar bugungi kunda barcha soxalarda keng qo’lanilib kelinmoqda, masalan:
Biznes soxasida axborot texnologiyalari yangi korxona yoki firmaning muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatishida katta rol uynashi mumkin. Masalan: biznes reja tuzishda va kutilayotgan daromad va chiqimlarni xisoblashda; kompaniya yoki firmaning emblemasini va tegishli xujjatlarini tartibga keltirishda; kompaniya yoki firmaning taqdimot marosimini o’tkazishda; reklamalarning loyixasini tuzish va reklama materiallarini tayinlash, xisobotlar, shartnomalarni tayyorlashda; mijozlar xakidagi ma`lumotlar ro’yxatini saqlash va u bilan ishlashda; boshqa firmalar, potensial ta`minotchi, ulgurji xaridorlar bilan bog’lanishda; mijozlar va ta`minotchilar bilan muzokara olib borish va xokazolarda. Bank soxasi, bank tizimi o’zining ish faoliyatida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatiga ega. Masalan: yil davomida sutkasiga 24 soat mijozlarga aloqa uchun va tegishli ma`lumotlarni olish, balansni tekshirish, xisobni tulash imkoniyatini yaratish; mijozlarga xizmat ko’rsatish madaniyatini oshirish; kredit kartochkalari yordamida telefon yoki Internet orqali xizmatni yulga qo’yish va boshqalar Axborot texnologiyasi — bu axboriy ma'lumotni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jixatidan yangi ko’rinishga keltirish, axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir. Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jixozlar, stanoklar, uskunalar va boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun xam o’zining «uskunalari», vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshqa vositalardir. Bu vositalar orqali axborotga ishlov berilib, uzgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qullanilmoqda. Axborot