Axborot texnologiyalari fanining predmeti. Hisoblash vosutalarining rivojlanish tarixi. Zamonaviy kompyuterlar, ularning turlari, asosiy xarakteristikalari va qo’llash sohalari
Axborot texnologiyalari fanining predmeti. Hisoblash vosutalarining rivojlanish tarixi. Zamonaviy kompyuterlar, ularning turlari, asosiy xarakteristikalari va qo’llash sohalari Reja: 1. Axborot texnologiyalari (АТ) fanining predmeti , maqsadi va vazifalari . 2. Hisoblash vosutalarining rivojlanish tarixi. Axborot texnologiyalarining asosiy tushunchalari va elementlari. 3. Zamonaviy kompyuterlar, ularning turlari, asosiy xarakteristikalari va qo’llash sohalari.
1.1. Axborot texnologiyalari (АТ) fanining predmeti, maqsadi va vazifalari . Ta’lim tizimini isloh etish, moddiy-texnik bazsini mustahkamlash, axborot texnika asrida o‘z o‘rnini topa oladigan, jahon andozalariga mos raqobatdosh, yuqori intellektual salohiyatli kadrlarni tayyorlashda davlat bosh islohotchi sifatida namoyon bo‘ldi. Ma'lumotlar bugungi kunda ta'lim tizimini modernizatsiya qilishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Bu axborot texnologiyalari va texnologiyalarni rivojlantirish bilan bir qatorda, birinchi navbatda, axborot va jamiyat bilan ishlashga qodir bo'lgan insonlarning jamiyatini shakllantirishga yordam beradigan loyihalar va dasturlarni ishlab chiqishning asosiy omiliga aylanadigan o'zgarishlar bilan bog'liq. Pedagogik jamoalarning asosiy maqsadi har bir bolaning qobiliyatini aniqlash va rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish, asosiy bilimlarga ega bo'lgan va zamonaviy hayot sharoitlariga moslasha oladigan shaxsni shakllantirishdir. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) hayotimizning barcha sohalarida mustahkam o'rnashgan. Shunga ko'ra, ta'lim tizimi yosh avlodni tarbiyalash va o'qitish, an'anaviy usullarni almashtirishga olib kelmaydigan, lekin ularning imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradigan yangi yondashuvlarni joriy etish uchun yangi talablarni qo'yadi Ta'limni axborotlashtirish maqsadga erishishning muhim vositalaridan biri sifatida qaralishi kerak. Bu ta'lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonining bosqichlarini aniqlaydigan bir qator ketma-ket vazifalar: texnik jihozlar, didaktik vositalarni yaratish, yangi o'quv texnologiyalarini ishlab chiqish va hokazolarni nazarda tutadi. Darhaqiqat, XXI asrda axborot texnologiyalariga oid bilimlarga ega bo‘lmay turib hayotiy zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirib bo‘lmaydi. Shunga muvofiq zamonaviy ta’limning maqsad va vazifalari ham o‘zgarib, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limustuvorlik kasb etmoqda. Bunday yondashuv asosida o‘quvchi shaxsining to‘la rivojlanishi, tez o‘zgaruvchan hayotga har tomonlama tayyor
bo‘lishini ta’minlash, mustaqil bilim olish ko‘nikmalari, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ulkan axborot makonida informatsiyani tanqidiy nuqtai nazaridan to‘g‘ri izlash, tanlash, mauammolarni nafaqat ko‘ra bilish, balki ularni ifodalash va hal eta olish layoqatini shakllantirish kabi vazifalar mujassamdir. Bunday talab darajasidagi yosh avlodni kamolga yetkazish uchun pedagoglar nafaqat faoliyatni osonlashtiruvchi dasturiy-texnik vositalarni o‘zlashtirishi va amalda qo‘llashi, balki fanga oid intellektual va ijodiy masalalarni hal eta oladigan dasturlardan foydalana olishi ham zarur. Fanni o‘qitishdan maqsad - zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari, zamonaviy shaxsiy komp’yuterlar va ularning atrof qurilmalari, sistemali dasturiy ta’minoti, amaliy dasturiy vositalar, zamonaviy kommunikatsion texnologiyalar, Veb-dizayn asoslari, dasturlash, Microsoft Officening dasturiy vositalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat. Fanining vazifasi: - ta’limdaATlari haqida bir butun tasavvur hosil qilish; - ta’limdaATlarining har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi rolini ochib berish; - ta’limda ATning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va imkoniyatlarining ochib berish; - axborot tizimlari va texnologiyalarini nima maqsadida va qanday kodllash hakida tushuncha hosil qilishdan iborat. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quydagi talablar qo‘yiladi: - zamonaviy axborot texnologiyalari, zamonaviy dasturlash texnologiyalari kompyuter tarmoqlari, axborot tizimlari va ularning turli sohalarda qo‘llanilishi, axborot xavfsizligi va axborotlarni himoyalash, elektron tijoratga doir bilimga; - axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o‘lchovlari, axborot jarayonlarining apparat va dasturiy ta’minoti, operatsion tizimlar, algoritmlash va dasturlash, vizual dasturlash texnologiyalari, amaliy dasturlar bilan ishlash texnologiyalari, kompyuter tarmoqlari va ularning turlari, tarmoq resruslari,
axborot tizimlari, ularning mohiyati, qo‘llanilishi va vazifalari, elektron xujjat aylanishi tizimi, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, zamonaviy multimedia tizimlari, axborot xavfsizligining tashkiliy va huquqiy asoslari, axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalaridan, elektron tijoratlardan foydalanish ko‘nikmasiga; -axborotlarga ishlov berish qurilmalari, axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti, operatsion tizimlar, xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar va utilitalar bilan ishlash, dasturlash tillari va vizual dasturlash orqali dastur tuzish, amaliy dasturlar bilan ishlash (matnli, elektron jadval, taqdimotlar, grafik, ma’lumotlar bazalari va ularni boshqarish tizimlari), kompyuter tarmoqlaridan foydalanish, turli veb sahifalar yaratish dasturlari bilan ishlash, elektron xujjat aylanishi tizimi, zamonaviy multimedia tizimlari imkoniyatlaridan foydalanish malakasiga ega bo‘lishi kerak. Axborotli vositalar (kompyuter, elektron aloqa, radio, televidenie) dan foydalanish darajasi ikki omil bilan aniqlanadi: 1.O‘quv jarayoni uchun axborotli vositalar samara beradigan mavzular yuzasidan didaktik materiallarni ishlab chiqish. 2.Pedagoglarning o‘z amaliy faoliyatlarida texnik vositalar va didaktik materiallardan metodik jihatdan to‘g‘ri foydalana olish tayyorgarligini tekshirish. Axborotli ta’lim jarayoni oldindan pedagogik loyihalangandagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Pedagogik jarayonni kompyuterlashtirish asosiy yo‘nalishlaridan biri va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning shug‘ullanishi lozim bo‘lgan sohasidir. Hozirgi zamon axborot texnologiyalarining asosini quyidagi uchta texnika yutug‘i tashkil etadi: 1. Axborotning mashina o‘qiydigan tushunchalarda jamlash muhitining paydo bo‘lishi (magnit, lentalar, kinofil ь mlar, magnit disklar va h.); 2. Axborotni er sharining istalgan nuqtasiga vaqt va masofa bo‘yicha muhim cheklashlarsiz etkazishini ta’minlovchi aloqa vositalarining rivojlanishi, aholining aloqa vositalari bilan keng qamrab olinishi (radio eshittirish, televidenie, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, yo‘ldosh aloqa, telefon tarmog‘i va h.);
3. Axborotni kompyuterlar yordamida berilgan algoritm bo‘yicha avtomatlashtirilgan ishlab chiqish imkonini (saralash, tasniflash, kerakli shaklda ifodalash, yaratish va h.) oshirish. 1.2. Hisoblash vosutalarining rivojlanish tarixi. Axborot texnologiyalarining asosiy tushunchalari va elementlari. Axborot texnologiyalarining asosiy tushunchalaridan biri – bu axborotdir. Axborot deganda barcha sezgi organlarimiz orqali qabul qila oladigan ma’lumotlar majmuini va ularning o‘zaro bog‘lanish darajasini tushunamiz. Texnologiya grek tilidan (techne) tarjima qilinganda san’at, mahorat, bilish ma’nolarini anglatadi, bular esa o‘z navbatida jarayonlardir. Axborot deganda atrof muhitdan, (tabiatdan yoki jamiyatdan) sezgi a`zolarimiz (ko`z, quloq, burun, og`iz, teri) orqali qabul qilib , anglab oladigan har qanday ma`lumotni tushunamiz (1.1- rasm). 1-rasm: Axborotni inson tomonidan qabul qilinishi