Biometriya faning predmeti va asosiy tushunchalari, biometriyaning rivojlanish tarixi.


Biometriya faning predmeti va asosiy tushunchalari, biometriyaning rivojlanish tarixi. 1. Biometriya fani predmeti va asosiy tushunchalari 2. Biometriyaning biologiya fanlari tizimidagi o‘rni 3. Biometriyaning rivojlanish tarixi
1. Biometriya fani predmeti va asosiy tushunchalari Biometriya – bu biologik tadqiqotlarda tajriba va ko‘zatuvlarda matematik statistika usullarining qo‘llanilishi haqidagi fandir. Matematik satatistika usullari, extimollar nazariyasi va matetmatik statistika soxalaridan olingan. Matematik statistika va biometriya bir–birini to‘ldiradi va boyitadi. Lekin biometriya bu aynan matematik statistikaga o‘xshash fan deyish noto‘g‘ri, chunki biometriyada tirik organizmlarga xos bo‘lgan xususiyatlar inobatga olinadi. Biometriya fani tadqiqotchilarga tajriba va ko‘zatuvlarni to‘g‘ri tahlil etish, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va ulardan ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish hamda tadqiqotlar davomida vujudga kelgan farazlarni ehtimoliy baholay olish, ko‘nikma va malakalarni shaklantiriladi. Ularda statistik tafakkurni tarbiyalaydi va umumiy ilmiy dunyoqarashini kengatiradi. Biometriyani o‘zlashtirib, ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, olingan natijalarga statistik ishlov berish mumkin. Biometriyada amaliy fanlar va matematik usullardan foydalanib, aniq biologik ob’ektlar o‘rganiladi (masalan: odam, hayvon va o‘simliklar). Odatda ma’lum bir masalalarni echishda deduktiv va induktiv usullardan foydalaniladi. Detuktiv usulda – birinchi o‘rinda matematik model bo‘lib, so‘ngra shu model asosida tajriba natijalari o‘rganiladi. Biometriyada ko‘proq induktiv usulga tayaniladi. YA’ni bunda aniq dalillar yig‘iladi, ular matematik usullar yordamida tahlil qilinadi. Biometriyada aloxida ob’ektlarda bo‘lmaydigan gruppali xususiyatlar va qonuniyatlar o‘rganiladi.
Biometriya atamasi 1889 yil F.Galton tomonidan fanga kiritilagn. Keyinchalik echim 1899 yil G.Dunker variotsion statistika nomi bilan atalishini taklif etadi. Biometriya so‘zi lotincha bios–xayot, metron–o‘lcham degan ma’noni anglatadi. Variatsion statistika so‘zi esa lotincha variatio–izmeninie kolbanie (farqli o‘zgaruvchanlik) va status–sostoyanie polojenie vishiy ma’nolarini anglatadi. Undan tashqari biologiyada statistik metodlar (Beyli 1957 yil), biologik statistika (Rokitskiy 1964 yil), biometrik usular (Urbax 1964 yil) atamalar kiritilib, bu atamalar biometriya fanining sinonim nomlari sifatida ham ishlatilishi mumkin. Biometriyaning predmeti bo‘lib sanash yoki o‘lchash usulini qo‘llab, o‘rganilayotgan har qanday biologik ob’ekt xizmat qiladi. Bunda alohida ob’ekt emas balki gruppali ob’ektlar nazarda tutiladi. Agar ko‘zatish bir juft ob’ektlarda ya’ni bir tur bir xil jins va yoshdagi ob’ektlarda olib borilsa bu–alohida kuzatishlar deyiladi. Ko‘p sondagi nisbatan bir jinsni lekin bir–biridan farq qiladigan o‘rganish uchun bir guruxga birlashtirilgan gurux yoki to‘plam statistik to‘plam deyiladi. Uning sifat tarkibi nisbatdan bir jinsni bitta to‘plamga har xil jins yoki yoshdagi individlarni kiritish mumkin emas yoki modifeksion o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini genetik bir jinsli bo‘lmagan materialda o‘rganish mumkin emas. Statistik kompleks tushunchasi ham mavjud har xil guruxlarni bitta kompleksga birlashtirish natijasida paydo bo‘ladi. Bunda statistik kompleksga kiradigan bir gurux bir xil elementlardan tashkil topishi kerak. Biometriyada juda ko‘p sonli tushuncha va terminlardan foydalaniladi.
1. Statistik to‘plam –sifat tarkibi bir jinsli bo‘lib, bir belgiga tegishli bo‘lgan o‘zgaruvchi qiymatlar to‘plami (o‘rganiladigan tarkibiy qismlar yig‘indisi). 2. Varianta –statistik to‘plamga kiruvchi alohida birliklar yoki o‘zgarayotgan belgining mumkin bo‘lgan qiymatlari (X 1 , X 2 ,… X n ). 3. To‘plam hajmi –statistik to‘plamga kiruvchi variantalar soni (N) bosh to‘plam uchun, (n) tanlanma to‘plam uchun. 4. Statistik kompleks –statistik to‘plam bir necha belgilardan iborat bo‘lishi, bir necha xil guruxlardan tarkib topishi va ular bitta kompleksga birlashtirilishi mumkin. 5. Bosh to‘plam –baholanadigan barcha tarkibiy qismlar yig‘indisi. 6. Tanlanma to‘plam yoki tanlanma –o‘rganish uchun bosh to‘plamdan tanlab olingan qism. 7. Takror tanlanma –agar tanlanmaning elementlari bosh to‘plamdan tanlangan elementni (keyingisini olishdan oldin) yana bosh to‘plamga qaytarilsa. 8. Takrormas tananma –bosh to‘plamga qaytarilmasa. 9. Reprezentativ tanlanma –ham to‘plamdagi nisbatni etarlicha aniq takrorlovchi tanlanma. 10. Variatsion qator –tarkiblashtirilgan to‘plamda yoki variantalar qatorida variantalarning chastotalari ham ko‘rsatilsa bu variatsion qator deyiladi. X:, Р:. 11. Chastota –har bir variantalarning to‘plamdagi ulushi. 2. Biometriyaning biologik fanlar tizimidagi o‘rni Biometriya fani matematik statistika va extimollar nazariyasi usullaridan foydalanishga asoslangan bo‘lsada, ammo unda bu usullar biologik, ekologik jarayonlarini o‘rganishga qaratilagan shuning uchun ham bu fan biologiya va