O‘lkashunoslik faning shakllanishi va rivojlanishi tarixi
O‘lkashunoslik faning shakllanishi va rivojlanishi tarixi.
REJA: O'lkashunoslik turlari T arixiy o'lkashunoslikning rivojlanishi O’rta Osiyo tarixini o'rganishda rus Sharqshunoslarining roli
O'lkashunoslikning turlari O'lkashunoslik uch turga bo'linadi: 1) ilmiy, ya'ni davlat o'lkashunosligi; 2) jamoat o'lkashunosligi; 3) maktab o'lkashunosligi. O'lkashunoslikning har uchala turi o'zaro bir-biriga aloqador bo'lib, biri ikkinchisini to'ldiradi.
Jamoat o'lkashunosligi qishloq, ovul, qo'rg'on, tuman, shahar, viloyat hududidagi tarixiy obidalarni saqlash va asrash ishlariga boshchilik qilish bilan birga joylarda istiqomat qilib turgan xalqlarning kelib chiqishlari (etnogenezi), urf-odatlarini o'rganadi hamda ilg'or mehnatkashlar, Mehnat qahramonlari xotirasini abadiylashtirish uchun haykallar, mangu olovlar, hurmat taxtalari tashkil qiladi. Maktab o'lkashunosligi esa maktablarda tarih inson vajamiyat fani o'qituvchilarining bevosita rahbarligida tashkil qilinadi. Maktab o'lkashunosligining a'zolari V-X (XI) sinflarning eng intizomli vaa'lochi o'quvchilaridan tuzilib, ular o'lka materiallarini tort guruhga bo'lingan holda to'playdilar. To'plangan arxeologik, etnografik, toponimik vaarxiv hujjatlari maktab o'lkashunoslik va tarix muzeylarida namoyish qilinadi.Davlat o'lkashunosligi bilan respublika tarixiy va m adaniy yodgorliklarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish qo'mitasi, muzeylar, respublika Fanlar akademiyasi qoshidagi tarih arxeologiya ilmiy- tadqiqot institutlari shug'ullanadi.
Rus olimi M. V. Lomonosov o'z o'lkasini mukammal o'rganish maqsadida 1761 yili 30 savoldan iborat javob varaqasi tuzib, aholi o'rtasida tarqatgan edi. Ayni vaqtda bu bilan o'lkashunoslik faniga asos solingandi. O'lkani o'nganish masalasi O'rta Osiyo, shu jumladan O'zbekiston hududida Rossiyadan anchagina keyinroq, ya'mi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi.