logo

O’zbekistonda iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkning shakllanishi, bozor munosabatlarining rivojlanishi

Загружено в:

19.11.2024

Скачано:

0

Размер:

1629 KB
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkning 
shakllanishi, bozor munosabatlarining rivojlanishi
•
Reja
•
O'zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining 
shakllanishi, bosqichi va xususiyatlari
•
P ul  islohotini  o'tkazish,  bozor  infratuzilmasini 
yarati lishi
•
Qishloq  xo’jaligidagi  islohotlar,  vazifalar  va 
yo’nalishlari
•
M amlakat  iqtisodiyotini  modernizatsiya  va 
diversifikatsiya  qilish,  bank-moliya  tizimini 
mustahkamlash chora-tadbirlari •
Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy 
yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezident I.Karimov 
tomonidan ishlab chiqilib, dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik 
mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi va o’zining 
hayotiyligini namoyish etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni 
quyidagilardan iborat:
- iqtisod  siyosatdan ustun turib , mafkuraviy tazyiqlarsiz, o’ziga xos ichki 
qonunlarga muvofiq rivojlanmog’i kerak ;
-davlat bosh islohotchi o’rnida bo’lib, u islohotlarning ustuvor 
yo’nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi 
lozim;
•
-bozor munosabatlariga o’tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq 
tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart ;
•
- bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya 
qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o’tkazish;
-ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo’nalishini belgilab beruvchi 
tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o’tish evolyutsion yo’l bilan, 
bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur. 1991-yil 18-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida mulkni 
«Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida»gi Qonun qabul qilindi. Unga ko'ra  
mulkchilik shakllarini o'zgartirish sohasidagi ishlar respublika hamda hududiy maqsadga 
bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan maxsus dasturlar asosida amalga 
oshirilishi qat'iy belgilab qo'yildi .
•
         Masalan, dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy 
uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko'rsatish korxonala-
rini hamda qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini, xullas 
«kichik  xususiylashtirish»  jarayonini  qamrab  oldi.  Fikrimiz  isboti 
uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilaylik. 1992-1993-yillarda 28 
ming 846 yuridik shaxs 53 ming 902 ta xususiy obyekt egasi bo'ldi. 
Bu jarayon vaqt o'tgani sayin ko'paya bordi. 1994-yilda 9744, 1995-
yilda  8584  ta,  1996-yilning  birinchi  yarmida  933  ta  yuridik  shaxs 
xususiy  obyektlar  egasi  bo'ldi.  Yu qorida  aytilganidek  birinchi 
bosqichda  (1992-1993)  bir  million  kvartira  xususiylashtirildi  yoki 
O'zbekiston  shaharlaridagi  har  bir  oilada  o'rtacha  4,7  kishi  bo'lsa, 
qariyb 5 millionga yaqin kishi birgina kvartiralar xususiylashtirilishi 
evaziga mulkdorga aylandi. •
1994- yil 21-yanvarda qabul qilingan «Iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi va 1994-yil 16-martda qabul 
qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida»gi 
Prezident Farmonlari xususiylashtirish jarayonini yana ham yangi 
pog'onaga ko'tarish, uni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi
•
Dehqon xo'jaliklari uchun 193 ming gektar yer ajratib berilib, 7 ming 
dehqon xo'jaligi paydo bo'ldi. 1994-yil oxiriga kelib ular soni 14, 2 
mingtaga yetdi. Mustaqillikning o'tgan davrida xususiy korxonalar soni 7,5 
mingtadan 19 ming 300 taga yetdi. Birgina 1996-yilning o'zida kichik va 
xususiy korxonalar soni 19 ming 100 taga ko'paydi.  1997- yilning 1- 
yanvariga kelib ular soni 100 mingtaga yetdi.
•
1996-yil boshiga kelib agrar sektor hisobiga mamlakatda ishlab chiqarilgan 
yalpi ichki mahsulotning 24 foizi, mamlakat mehnat resurslarining 27 foizi 
to'g'ri keldi. Bu - birinchidan. Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi 
aholisining 60 foizi qishloqlarda istiqomat qiladi. Tug'ilish ko'p bo'lgani 
tufayli ish bilan ta'minlash muammolari ham qishloqlarda eng dolzarb 
masalalardan hisoblanadi. Qishloq aholisining 50 foizidan ortig'i 18 yoshga 
yet-magan yoshlardan iborat. Bu qishloqda eng katta ishchi kuchi po-
tensialijoylashganini, mamlakatimiz iqtisodiyotida yetakchi o'ringa ega 
ekanini ko'rsatadi. •
O‘zbekiston Respublikasi 1991 yil 31 avgustda mustaqillikka 
erishgani e’lon qilingach, mamlakatda sovet rubli pul birligi 
sifatida muomalada qolavergan edi. 1992 yilning yanvaridan 
iste’mol bozorini himoyalash va mahsulotlarni faqat O‘zbekiston 
fuqarolariga sotish uchun bir martalik kuponlar bosib chiqarilgan. 
1993 yilning 15 noyabrida so‘m-kupon chiqarilganidan so‘ng 1 
hafta o‘tib — 22 noyabrgacha gazeta qog‘ozida chop etilgan va 
tashkilotining muhri uriladigan kartochkasi qirqib olinuvchi bir 
martalik kuponlar amal qilgan. 
Oziq-ovqat do‘konlari, umumiy ovqatlanish korxonalarida 
kuponlarning naqd pulda to‘lanishi kerak bo‘lgan hisobga 
yarasha qismi qaychida qirqib olingan. Bunday kuponlar 
10+25=35, 50, 100, 150, 200, 350, 500, 1000, 2000, 3000, 5000 
rublga yarasha kartochkalar bilan chop etilgan. Qirqib olinadigan bir martalik kupon •
So‘m-kupon davri
•
  O‘zbekiston Respublikasi Va zirlar Mahkamasining 
«O‘zbekiston Respublikasi hududida parallel to‘lov vositasi 
sifatida «so‘m-kuponlar»ni muomalaga kiritish to‘g‘risida»gi 
1993 yil 12 noyabrdagi №550-sonli qaroriga ko‘ra, ichki 
bozorni ortiqcha rubl massasidan himoyalash, aholiga pul 
mablag‘larini to‘lashni o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida 
1961–1992 yillarda amalda bo‘lgan sovet rubliga 1:1 nisbatda 
1993 yil 15 noyabrdan boshlab muomalaga kiritiladi.
•
1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘mlik 
pullarning barchasining old qismida O‘zbekiston gerbi va pul 
nominali, orqa qismida esa Samarqanddagi Registon 
maydonida joylashgan Sherdor madrasasining surati 
tushirilgan edi. 1, 3, 5, 10, 25 so‘mlik pullar 120 x 61 mm 
o‘lchamda, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘mlik 
pullar 144 x 69 mm o‘lchamda yasalgan. So‘m-kupon 
Angliyadagi «Harrison & Sons Ltd» bosmaxonasida chop 
etilgan. So‘m-kupon davri •
So‘m-kuponlar 9,5 oy muomalada bo‘lib, 1994 yilning 1 
iyulidan boshlab O‘zbekistonning milliy valutasi — so‘m 
muomalaga kiritilganidan so‘ng ham, 1994 yilning 1 avgustiga 
qadar amal qilgan.
•
O‘zbekistonning amaldagi milliy valutasi so‘m — O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy kengashining 1993 yil 3 sentabrdagi №952-
XII qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi PF-870 sonli farmoniga 
binoan, 1994 yilning 1 iyulida, o‘zigacha amalda bo‘lgan 
so‘m-kuponga 1:1000 nisbatda muomalaga kiritilgan. 
•
So‘m dastlab 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik tangalar hamda, 1, 3, 
5, 10, 25, 50, 100 so‘mlik qog‘oz kupyuralar bilan bir 
vaqtning o‘zida muomalaga kirgan. 1 so‘m 100 tiyinga 
maydalangan. Aytish joizki, so‘m muomalaga kiritilgan kunda 
valuta birjasida 1 AQSh dollarining qiymati roppa-rosa 7 so‘m 
bo‘lgan .
  So‘mning muomalaga kiritilishi So‘mlar qayerda zarb etiladi?
•
1994 yilda muomalaga kiritilgan 100 so‘mgacha 
bo‘lgan jamiki qog‘oz pullar Germaniyaning 
«Giesecke & Devrient» firmasida chop etilgan. 
(Hozir bu yerda YeI valutasi — yevro ham chop 
etiladi). 1997 yili muomalaga kiritilgan 200 
so‘mlikdan boshlab, keyingi barcha kupyuralar 
Toshkentdagi «Davlat belgisi» DIChB davlat 
korxonasida bosilmoqda.  •
1991-1996-yillarda qishloq xo'jaligi kompleksiga rahbarlikni 
yaxshilash, qishloqda o'tkazilayotgan islohotlarning huquqiy asosini 
yaratish choralari ko'rildi. Paxtazorlar 1,5 million gektarga qisqardi, 
sug'oriladigan yerlardagi g'allazorlar 1,2 million gektarga ortdi. 
G'allachilikni jadal rivojlantirish qisqa vaqt ichidayoq xalq 
iste'moliga ishlatiladigan va ozuqabop donga bo'lgan ehtiyojni 
qondirish, bug'doy sotib olishga sarflanayotgan valutani tejab qolish 
imkoniyatini beradigan, eksport-ga ehtiyoj qoldirmaydigan qudratli 
tarmoq yaratildi.
•
Don ekinlari uchun ajratilgan maydonlar 1990-yildan 1998-yilgacha 
bo'lgan davr mobaynida asosan paxta ekinlari maydonini qisqartirish 
hisobiga 1,7 barobar oshdi. Don ishlab chiqarish ikki barobardan 
ko'proq oshib, 4,15 mln. tonnani tashkil qildi. Mazkur ekinlarni 
yetishtirish tajribasining ko'payishi va faol seleksiya ishlari 
natijasida hosildorlik shu yillar mobaynida 1,3 barobar oshdi. Ushbu 
chora-tadbirlar don ekinlari importini sezilarli darajada qisqartirish-
ga imkon berdi. Agar 1990-yilda respublikada iste'mol qilinadigan 
bug'doyning 90 dan ortiq foizi importga to'g'ri kelgan bo'lsa, 1998-
yilda import ulushi 19 foizdan kamroqni tashkil qildi. •
Xo‘sh, O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?
•
O‘zbekiston paxta yetishtirish bo‘yicha bugungi kunda dunyoda 6-o‘rinda 
turadi. Hozirgi kunda respublika bo‘ylab o‘rtacha 1,1-1,2 mln tonna paxta 
hosili olinadi. Savol tug‘ilishi mumkin: ittifoq davrida 5-6 mln tonna hosil 
olingan ekan, o‘sha paytlar O‘zbekiston paxta yetishtirish bo‘yicha yetakchi 
bo‘lganmi?
•
Avvalo u paytlarda 5-6 mln tonnalik xirmon bilan maqtanilgan bo‘lsa-da, 
aslida buncha paxta yetishtirilgani katta shubha ostida bo‘lgan. Qolaversa, 
AQSh, Hindiston kabi davlatlar hosildorligi hozirgidan ham yuqori edi. 
Shuningdek, mahalliy qayta ishlash deyarli bo‘lmagan, paxta asosan xomashyo 
shaklida sotilgan.
•
Mustaqillikdan so‘ng aholining g‘allaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish masalasi 
kun tartibiga chiqdi va paxta maydonlari qisqarib, ko‘proq bug‘doy ekila 
boshladi. Shunday bo‘lsa-da, paxta yakkahokimligi susaymadi, ayniqsa terim 
paytida safarbarlik oldingidek edi.
•
Va qt o‘tib paxta yig‘im-terimi bo‘yicha majburiy mehnatga uzil-kesil chek 
qo‘yildi. Bugungi kunda faqat manfaatdorlik ortidan paxta terilmoqda. Qo‘pol 
qilib aytganda, odamlar yoppasiga paxta termasa ham, davlatning bir yeri 
kamayib qolayotgani yo‘q.
• •
O‘zbekiston tarixida g‘alla xirmoni ilk bor 9 million 
tonnadan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston fermer, dehqon 
xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xabar berdi.
•
Bu yilgi mavsumda suvli maydonlarga ekilgan 
g‘allazorlardan 2 mln 550 ming tonnadan ortiq yoki har 
gektar hisobiga 2,5 tonna bug‘doy jamg‘arilib, davlat xaridi 
to‘liq amalga oshirilgan va birjalarda sotish uchun 
omborlarda zaxira qilingan.
•
Joriy yil hosili uchun biologik eskirgan navlar o‘rniga yangi 
serhosil va ob-havoning noqulay sharoitlariga chidamli 
kuzgi bug‘doy navlarining maydoni 585 ming gektarga 
kengaytirilgan.
•
Ma’lumot uchun, 2023 yilda O‘zbekiston g‘allakorlari 8,1 
mln tonnadan ziyod don yetishtirgandi. Suvli maydonlarda 
o‘rtacha hosildorlik 70,5 sentnerni tashkil etgan.

O’zbekistonda iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkning shakllanishi, bozor munosabatlarining rivojlanishi • Reja • O'zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, bosqichi va xususiyatlari • P ul islohotini o'tkazish, bozor infratuzilmasini yarati lishi • Qishloq xo’jaligidagi islohotlar, vazifalar va yo’nalishlari • M amlakat iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, bank-moliya tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari

• Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi va o’zining hayotiyligini namoyish etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat: - iqtisod siyosatdan ustun turib , mafkuraviy tazyiqlarsiz, o’ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog’i kerak ; -davlat bosh islohotchi o’rnida bo’lib, u islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim; • -bozor munosabatlariga o’tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart ; • - bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o’tkazish; -ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo’nalishini belgilab beruvchi tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o’tish evolyutsion yo’l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur.

1991-yil 18-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida mulkni «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida»gi Qonun qabul qilindi. Unga ko'ra mulkchilik shakllarini o'zgartirish sohasidagi ishlar respublika hamda hududiy maqsadga bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan maxsus dasturlar asosida amalga oshirilishi qat'iy belgilab qo'yildi . • Masalan, dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko'rsatish korxonala- rini hamda qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini, xullas «kichik xususiylashtirish» jarayonini qamrab oldi. Fikrimiz isboti uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilaylik. 1992-1993-yillarda 28 ming 846 yuridik shaxs 53 ming 902 ta xususiy obyekt egasi bo'ldi. Bu jarayon vaqt o'tgani sayin ko'paya bordi. 1994-yilda 9744, 1995- yilda 8584 ta, 1996-yilning birinchi yarmida 933 ta yuridik shaxs xususiy obyektlar egasi bo'ldi. Yu qorida aytilganidek birinchi bosqichda (1992-1993) bir million kvartira xususiylashtirildi yoki O'zbekiston shaharlaridagi har bir oilada o'rtacha 4,7 kishi bo'lsa, qariyb 5 millionga yaqin kishi birgina kvartiralar xususiylashtirilishi evaziga mulkdorga aylandi.

• 1994- yil 21-yanvarda qabul qilingan «Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi va 1994-yil 16-martda qabul qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida»gi Prezident Farmonlari xususiylashtirish jarayonini yana ham yangi pog'onaga ko'tarish, uni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi • Dehqon xo'jaliklari uchun 193 ming gektar yer ajratib berilib, 7 ming dehqon xo'jaligi paydo bo'ldi. 1994-yil oxiriga kelib ular soni 14, 2 mingtaga yetdi. Mustaqillikning o'tgan davrida xususiy korxonalar soni 7,5 mingtadan 19 ming 300 taga yetdi. Birgina 1996-yilning o'zida kichik va xususiy korxonalar soni 19 ming 100 taga ko'paydi. 1997- yilning 1- yanvariga kelib ular soni 100 mingtaga yetdi. • 1996-yil boshiga kelib agrar sektor hisobiga mamlakatda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning 24 foizi, mamlakat mehnat resurslarining 27 foizi to'g'ri keldi. Bu - birinchidan. Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi aholisining 60 foizi qishloqlarda istiqomat qiladi. Tug'ilish ko'p bo'lgani tufayli ish bilan ta'minlash muammolari ham qishloqlarda eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Qishloq aholisining 50 foizidan ortig'i 18 yoshga yet-magan yoshlardan iborat. Bu qishloqda eng katta ishchi kuchi po- tensialijoylashganini, mamlakatimiz iqtisodiyotida yetakchi o'ringa ega ekanini ko'rsatadi.

• O‘zbekiston Respublikasi 1991 yil 31 avgustda mustaqillikka erishgani e’lon qilingach, mamlakatda sovet rubli pul birligi sifatida muomalada qolavergan edi. 1992 yilning yanvaridan iste’mol bozorini himoyalash va mahsulotlarni faqat O‘zbekiston fuqarolariga sotish uchun bir martalik kuponlar bosib chiqarilgan. 1993 yilning 15 noyabrida so‘m-kupon chiqarilganidan so‘ng 1 hafta o‘tib — 22 noyabrgacha gazeta qog‘ozida chop etilgan va tashkilotining muhri uriladigan kartochkasi qirqib olinuvchi bir martalik kuponlar amal qilgan. Oziq-ovqat do‘konlari, umumiy ovqatlanish korxonalarida kuponlarning naqd pulda to‘lanishi kerak bo‘lgan hisobga yarasha qismi qaychida qirqib olingan. Bunday kuponlar 10+25=35, 50, 100, 150, 200, 350, 500, 1000, 2000, 3000, 5000 rublga yarasha kartochkalar bilan chop etilgan.