logo

O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

5457 KB
    
Mavzu :   
O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishirivojlanishi
                                 Mustaqillik  yillarida 
O‘zbekiston  Respublikasi 
ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishda 
ulkan  muvaffaqiyatlarga  erishdi. 
Hattoki, 2008-2009     yillarda    ro‘y
bergan  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  sharoilida  ham 
O‘zbekiston  milliy  iqtisodiyotining  o‘sish  sur'atlari  bo'yicha 
dunyo mamlakatlari ichida eng yuqorilaridan biri bo'ldi. 
2010 -yildan  buyon  O‘zbekiston  YIMning  yillik  o‘sish  sur’atlari 
8  foizdan  past  bo'lmagan  darajada  qayd  etilmoqda.  Jahon 
hamjamiyati  ekspertlari  tomonidan  tan  olingan  bu  ijobiy 
natijalar  zamirida  respublikamiz  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishining  ulkan  salohiyati  hamda  mamlakatimizda 
bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishning  "o‘zbek  modeli”  asosida 
bosqichma-bosqich  ravishda  amalga  oshirilayotgan  aniq 
maqsadlarga yo‘naltirilgan islohotlar    yotadi. 
                O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy 
Osiyo  doirasida 
tranzit  imkoniyatlari 
qulay  iqtisodiy-
geografik  o‘ringa  ega 
bo'lib,  subregion 
davlatlarining  o'zaro 
integratsiyalashuvida 
juda  muhim  rol 
o'ynaydi.  
          R espublikamiz  ko'p 
tarmoqli  milliy 
iqtisodiyotning 
shakllanishi  va 
rivojlanishi  uchun 
ulkan  imkoniyatla rn i 
yaratadigan  tabiiy 
boyliklariga  ega.  Eng 
avvalo,  davlatimizning 
mineral-resurs 
salohiyati  alohida 
e’tiborga sazovor. 
       O‘zbekiston hududida jami  120  ga 
yaqin  turdagi  foydali  qazilmalarning 
2700   ta  коnlari  topilgan.  Jumladan, 
O‘zbekiston  jahon  mamlakatlari 
orasida  oltin  zaxiralari  bo‘yicha  4-
o‘rin ,  uran  bo'yi c ha  7-o‘rin ,  molibden 
bo'yi c ha  8-o‘rin ,  mis  bo'yi c ha  esa  10-
o‘rin da turadi.                   Turli  foydali  qazilmalarning  yirik  konlariga,  asosan,  Navoiy, 
Toshkent,  Qashqadaryo,  Buxoro  viloyatlari  va  Qoraqalpog'iston 
Respublikasi  boy  hisoblanadi.  Demak,  mineral  resursla rn ing  ulkan 
zaxiralari yurtimizda rangli metallurgiya, yoqilg'i, kimyo va qurilish 
materiallari sanoatini rivojlantirishga keng imkoniyatlar    yaratadi.  
 
 
 
 
 
   O‘zbekiston hududida jami  120  ga yaqin turdagi 
foydali qazilmalarning  2700  ta коnlari topilgan .  
O‘zbekiston jahon mamlakatlari orasida :

oltin 
zaxiralari 
bo‘yicha 

4-o‘rin
uran 
bo'yi c ha 
7-o‘rinmolibden 
bo'yi c ha 
8-o‘rin
mis 
bo'yi c ha 
esa 
10-o‘rinYoqilg'i-energetika 
resurslari ichida 
tabiiy gaz eng katta 
ahamiyatga ega 
bo'lib, uning 
zaxiralari bo'yicha 
O‘zbekiston dunyoda 
14-o‘rin  egallavdi.            Mamlakatimiz qishloq xo'jalikni 
rivojlantirish  uchun  qulay  sharoit 
yaratuvchi  agroiqlim  resurslariga 
ega.  Vegetasiya  davrning 
davomiyligi,  issiq  va  quyoshli 
kunlarning  ko'pligi  tufayli 
O'zbekistonda  paxtaсhilik, 
bog'dorchilik.  uzumchilik, 
sabzavotchilik,  polizchilik  kabi 
yuqori  daromadli  dehqonchilik 
tarmoqlari  intensiv  ravishda 
rivojlanmoqda.  Lekin,  qishloq 
xo‘jaligi  asosan  sun'iy  sug‘orish 
yordamida  rivojlanayotganligi 
sababli,  respublikamiz  qishloq 
xo‘jaligi  qat'iy  darajada  suv 
resurslariga bog‘liq.   
 
 
 
 
 
   
          Qisqa  tarixiy  davr 
mobaynida O‘zbekiston xalqaro 
savdo-iqtisodiy 
munosabatlarga  kirishish, 
milliy  iqtisodiyot  tarkibiy 
tuzilishini  takomillashtirish, 
sanoatni  rivojlantirish, 
mamlakatning  oziq-ovqat, 
energetika  va  transport 
xavfsizligini  ta'minlash  kabi 
murakkab  vazifalar  yechimiga 
bosqichma-bosqich, 
muvaffaqqiyatli erishdi.              Shuningdek,  milliy  iqtisodiyotimiz 
tarmoq  tarkibida  ham  muhim  o‘zgarishlar 
ro`y  berdi.  Eng  avvalo,  sanoatning 
YIMdagi  ulushi  ancha  o‘sganligi  diqqatga 
sazovordir.  1995-yilda  YIMning  17,1  foizi 
sanoatga  to‘g‘ri  kelgan  bo‘lsa,  2014-yilda 
bu  ko`rsatkich  26  foizgacha  ko'tarildi. 
Qishloq  xo'jaligining  milliy 
iqtisodiyotidagi  ulushi  mos  ravishda,  28,1 
foizdan 17,6 foizgacha pasaydi.                       Sanoatning  tarmoq  tarkibi  ham  sezilarli  darajada  o‘zgarib  ketdi. 
Respublika sanoatida elektr energetikasi, yoqilg'i, kimyo, rangli metallurgiya, 
mashinasozlik  va  boshqa  og‘ir  sanoati  tarmoqlarining  o'rni  va  ahamiyati 
o`sib,  mustaqillikdan  oldingi  davrda  respublika  ixlisoslashuvini  belgilab 
turgan  yengil  sanoatining  ulushi  esa  deyarli  3  barobar  kamaydi.  2000-yil 
boshidan  buyon  sanoat  ishlab  chiqarish  hajmi  O‘zbekistonda  muntazam 
ravishda o‘sib kelib, qayta ishlash tarmoqlarining o‘sish sur’atlari undiruvchi 
sanoatga  nisbatan  bir  necha  barobar  yuqori.  Natijada,  2016-yil  yakunlari 
bo‘yicha,  mamlakatimiz  sanoati  tarkibida  salkam  20  foizlik  ulush  bilan 
mashinasozlik mahsulotlari yetakchi o'ringa chiqib oldi.         Noruda  qazilma  boyliklar  bo'yicha  kaliy 
tuzlari  va  fosforitlar  qazishda  dunyoda 
yetakchi o'rinlaridan birida turadi. 
            So‘nggi  yillarida  O‘zbekistonda 
avtomobilsozlik,  mikroelektronika  sanoati, 
kaliy  o‘g‘itlari  va  soda  ishlab  chiqarish, 
farmatsevtika,  shakar  sanoati  va  boshqa 
ishlab  chiqarish  tarmoqlari  bunyod  etildi  
Neft  va  gaz-kimyo  tarmoqlarida  juda 
yirik  korxonalar  ishga  tushirildi. 
2010-yildan  keyingi  davrda  To'palang 
GES,  Ustyurt  gaz-kimyo  majmuasi, 
Xondiza  tog`-metallurgiya  kombinati, 
Dehqonobod  kaliy  zavodi,  Xorazm 
avtomo-bil  zavodi,  Zafarobod  sement 
zavodi  va  boshqa  muhim  ishlab 
chiqarish obyektlari qurib bitirildi.              Hozirgi  paytga  kelib 
O'zbekistonda  mustahkam 
sanoat  ishlab  chiqarish 
salohiyati  yaratildi. 
Respublikamiz  MDH 
mamlakatlari  va  jahon 
miqyosida  oltin,  uran,  tabiiy 
gaz, kadmiy, molibden, sulfat 
kislotasi,  azot  o‘g`itlari, 
gazlamalar,  yengil 
avtomobillar  va  boshqa 
mahsulotlarning  yetakchi 
ishlab  chiqaruvchilari 
qatoridan joy egallaydi .        O‘zbekiston  sanoatining  hududiy tarkibida  ham  
o‘zgarishlar    yuz    berdi.  Masalan,  1980-yillar  oxirida 
Toshkent  shahri    va    viloyatiga    respublika    yalpi 
sanoat    mahsulotining    50    foizi    to‘g‘ri  kelgan   
bo‘lsa,    hozirgi    davrda    esa    bu  hududlarga  30  foiz 
ko‘rsatkich  to‘g‘ri  kelmoqda.    O‘z    navbatida,    qator   
yangi  korxonalar  barpo  etilganligi  hisobiga  Andijon, 
Qashqadaryo,  Navoiy,  Buxoro,  Jizzax  viloyatlari  va 
Qoraqalpog'iston  Respublikasining  mamlakat  sanoati 
tarkibidagi  ulushlari  sezilarli  darajada  ortdi.  Demak, 
borgan  sari  O'zbekiston  hududida  sanoat 
markazlarining soni ko'payib bormoqda.             O‘zbekiston  qishloq  xo'jaligida  ham  katta  o'zgarishlar  ro‘y 
berdi.  Qishloq  xo'jaligida  amalga  oshirilgan  dastlabki 
islohotla rn ing ustuvor maqsadlari paxta yakkahokimligini tugatish, 
don  mustaqilligiga  erishish  hamda  xususiy  fermer  va  dehqon 
xo‘jaliklarini  rivojlantirishdan  iborat  bo'lgan.  Paxta  ekin 
maydonlarining  keskin  qisqartirilishi  hisobiga  g'alla  maydonlari 
1,5  barobar  kengaytirildi.  Shu  tufayli  O‘zbekistonda  bug'doyning 
yalpi  hosili  3,5-4  barobar  oshirilib,  qisqa  vaqt  ichida 
respublikamizda don mustaqilligiga erishildi.        Bundan tashqari, mamlakatning oziq-
ovqat  xavfsizligini  ta’minlashda  katta 
ahamiyat  kasb  etadigan  sabzavotchilik, 
kartoshka  yetishtirish,  bog'dorchilik, 
uzumchilik,  sut-go‘sht  chorvachiligi  kabi 
qishloq  xo'jalik  tarmoqlarini 
rivojlantirishga  katta  e'tibor  qaratildi. 
Natijada,  mustaqillik  yillarida  paxta 
hosili  5,5  m l n  tonnadan  3,4  m l n 
tonnagacha  kamayib,  sabzavot  hosili  2,5 
barobar,  kartoshka  6  barobar,  meva  4 
barobar,  uzum  2,5  barobar  oshdi,  go'sht 
va  sut  ishlab  chiqarish  hajmi  ham  2 
barobar o‘sdi.             Hozirgi  kunda  O‘zbekiston  uzum,  poliz  ekinlari,  ayrim 
mevalami yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha jahondagi yetakchi 
mamlakatlar  qatoriga  kirdi.  Shuningdek,  O‘zbekiston  qishloq 
xo'jaligida  an’anaviy  ixtisoslashgan  tarmoqlar-paxtachilik, 
pillachilik,  qorako'lсhilik  ham  o‘z  ahamiyatini  yo'qotgan  emas. 
Jumladan,  2016 -yil  holatiga  respublikamiz  jahonda  paxta  yalpi 
hosili  bo'yicha  6-o‘rin,  eksporti  bo'yicha  3 -o‘rin,  ipak  ishlab 
chiqarish bo'yicha 6-o‘rin, qorako'l terisini ishlab chiqarish bo'yicha 
esa  2 -o‘rinda turadi.             Transport  tizimi  rivojlanishida  ham  salmoqli  natijalarga 
erishildi.  Bulardan  eng  ahamiyatlisi  respublika  temiryo'l  transporti 
tizimining  bir  butunligiga  erishilganligidir.  O'zbekiston  hududi 
shimoli-g'arbdan  janubi-sharqqa  yuzlab  kilometr  masofaga 
cho'zilganligi, hamda davlat chegaralarining o'ziga xos shaklda tog' 
tizmalari  va  keng  yastanib  yotgan  cho'llar  orqali  o'tganligini 
hisobga  olsak,  bu  masala  dolzarb  strategik  ahamiyatga  ega 
ekanligiga amin bo'lamiz. Surxondaryo viloyati hududi Toshg'uzor 
Boysun  Qumqo'rg'on,  Xorazm  viloyati  va  Qoraqalpog'iston 
Respublikasi  Uchquduq  -  Miskin  Nukus,  Farg'ona  vodiysi Angren 
-  Pop  temiryo`llari  qurilishi  bilan  O`zbekistonning  yagona 
temiryo`llar  tarmog'i  bilan  bog'landi.  Natijada  mamlakatimizning 
transport  xavfsizligi  va  mustaqilligi  ta’minlandi.  Hozirgi  vaqtda 
Navoiy  va  Buxoro  viloyatlarini  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi 
bilan nisbatan qisqa masofada bogiab qo‘yadigan Konimex-Miskin 
temiryo‘li hamda Urganchdan xalqaro turizm markazi hisoblangan 
Xiva shahriga tomon temiryо‘l qurilmoqda.               Bundan  tashqari,  O‘zbekistonda  temiryo'llami  elektrlashtirish 
va  tezyurar  poyezd  yo‘nalishlarini  barpo  etish  bo‘yicha  ham 
salmoqli  ishlar  amalga  oshirildi.  Jumladan,  Toshkent-Samarqand 
yo‘nalishi  bo'yicha  "Afrosiyob”,  Toshkent  Qarshi  yo‘nalishida 
"Nasaf”,  Toshkentdan  Buxorogacha  "Sharq"  tezyurar  poyezdlar 
qatnovi  yo`lga  qo'yildi.  Endi  esa  Qarshi-Termiz,  Qarshi-Kitob  va 
boshqa  temiryo‘llarini  elektrlashtirish  ishlari  ham  boshlangan. 
Bular  poyoniga  yetganidan  so'ng,  respublikamizdagi  tezyurar 
poyezd  yo'nalishlarining  geografiyasi  yanada  kengayishi 
kutilmoqda.               Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  dengiz  portlariga  bir 
nechta  yo'nalishlarda  ishonchli  chiqish  yo ’l lariga  ega  bo`lish, 
Yevrosiyoning  turli  qismlaridagi  regional  transport  tizimlari  bilan 
bog`lanish  orqali  iqtisodiy-geografik  o‘ rn ining  tranzit 
imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish maqsadlarida transport sohasida 
Turkmaniston,  Qozog‘iston,  Rossiya  Federatsiyasi,  Xiloy, 
Ozarbayjon,  Gruziya,  Eron,  Ummon  kabi  davlatlar  bilan  keng 
qamrovli  o‘zaro  hamkorlikni  yo‘lga  qo'ymoqda.  Mamlakatimiz 
yordamida  qurilgan  Afg‘oniston  hududidagi  birinchi  Termiz 
Mozori  Sharif  temiryo`li  O‘zbekistondan  janubiy  yo'nalishda 
dunyo  okeani  portlariga  tomon  eng  qisqa  transport  chiqishini 
yaratishning  dastlabki  bosqichi  bo`ldi.  Afsuski,  Afg‘onistondagi 
geosiyosiy  vaziyatning  beqarorligi  bu  davlat  hududidan  Hind 
okeaniga  tomon  loyihalashtirilgan  transport  magistrallari 
qurilishini noaniq muddatgacha to‘xtatib turibdi.        Transport tizimida amalga oshirilavotgan keng qamrovli ishlar 
mamlakatimizning  tashqi  iqtisodiy  aloqalarini  yanada 
rivojlantirish borasidagi harakatlarning ajralmas qismi bo‘lmoqda. 
Dunyoning  140  ga  yaqin  davlatlari  bilan  tashqi  iqtisodiy 
aloqalarini  yo`lga  qo‘yayotgan  O‘zbekiston  Respublikasining  eng 
muhim  savdo  hamkorlari  qatoriga  Rossiya  Federatsiyasi,  Xitoy, 
Qozog‘iston,  Koreya  Respublikasi,  Turkiya  va  Ye vropa 
mamlakatlari  kiradi.  Transport  tizimining  rivojlanishi 
respublikamiz  tashqi  iqtisodiy  faoliyatini  yangi  geografik 
yo‘na l ishlarda kengaytirishga imkoniyat beradi.
            Respublika  eksportining  tovar  tarkibida  mustaqillik  yillarida 
juda  katta  o‘zgarishlar  ro‘y  berdi.  Mustaqillikka  erishgan  payti 
respublikamiz  eksportida  paxta  tolasining  ulushi  60  foizga  teng 
bo'lgan.                       So‘ngi  yillarda 
hududlarning  sanoat  ishlab 
chiqarish  va  eksport 
salohiyatini  oshirish,  milliy 
iqtisodiyotimizga  xorijiy 
sarmoyalarni  yanada 
ko‘proq  hajmda  jalb  etish 
maqsadida  respublikamiz 
hukumatining  tashabbusi 
bilan  mamlakatimizda  qator 
erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) 
tashkil qilindi.                Dastlab  "Navoiy”,  "Angren”, 
"Jizzax”  (Sirdaryo  viloyatidagi 
filiali  bilan),  keyinchalik  esa 
Xorazm  viloyatida  "Hazorasp", 
Buxoro  viloyatida  "G‘ijduvon" 
Samarqand  viloyatida  "Urgut” 
hamda  Farg'ona  viloyatida 
"Qo‘qon'"  ElZlari  yaratildi. 
Hozirgi  kunga  kelib  bu 
hududlarda  ichki  va  tashqi 
sarmoyadorlar  ishtirokida  yuzlab 
yangi  ishlab  chiqarish  loyihalari 
amalga oshirilmoqda. UYGA  VAZIFA  1. Xaritadan foydalanib tabiiy resurslar konlarini geografik 
o’rnini aniqlang.
2. Asosiy sanoat korxonalari joylashgan hududlarini xaritadan 
toping
3. Erkin iqtisodiy zonalarini yozuvsiz xaritada tasvirlang

Mavzu : O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishirivojlanishi

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Hattoki, 2008-2009 yillarda ro‘y bergan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoilida ham O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining o‘sish sur'atlari bo'yicha dunyo mamlakatlari ichida eng yuqorilaridan biri bo'ldi. 2010 -yildan buyon O‘zbekiston YIMning yillik o‘sish sur’atlari 8 foizdan past bo'lmagan darajada qayd etilmoqda. Jahon hamjamiyati ekspertlari tomonidan tan olingan bu ijobiy natijalar zamirida respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ulkan salohiyati hamda mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning "o‘zbek modeli” asosida bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilayotgan aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan islohotlar yotadi.

 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo doirasida tranzit imkoniyatlari qulay iqtisodiy- geografik o‘ringa ega bo'lib, subregion davlatlarining o'zaro integratsiyalashuvida juda muhim rol o'ynaydi.

 R espublikamiz ko'p tarmoqli milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi uchun ulkan imkoniyatla rn i yaratadigan tabiiy boyliklariga ega. Eng avvalo, davlatimizning mineral-resurs salohiyati alohida e’tiborga sazovor.

 O‘zbekiston hududida jami 120 ga yaqin turdagi foydali qazilmalarning 2700 ta коnlari topilgan. Jumladan, O‘zbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari bo‘yicha 4- o‘rin , uran bo'yi c ha 7-o‘rin , molibden bo'yi c ha 8-o‘rin , mis bo'yi c ha esa 10- o‘rin da turadi.