IQTISODIY IJTIMOIY HUQUQLAR


IQTISODIY IJ TIMOIY HUQUQLAR
Reja: 1.Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar tizimi. 2.Bilim olish huquqi. 3. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim davlat ta’lim standartlari. 4. Iqtidorli bolalar va iste’donli yoshlar, ularning ilm olishini qollab quvatlovchi va rahbarlantiruvchi jamoat tashkilotlari.
IQTISODIY VA IJTIMOIY HUQUQLAR Iqtisodiy va ijtimoiy hu quqlar fuqarolarning nor mal turmush kechirishini ta'minlovchi, yashash uchun ma'lum darajada o'zi-ning moddiy va ma'naviy ehtiyojini qondiruvchi huquqlardir. Fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi huquqlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiya-sining IX bob, 36—42-moddalarida ko'rsatilgan bo'lib, ular: — shaxslarning mulkdor bo'lish huquqi; — mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqi; — adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, ishsizlik-dan himoyalanish huquqi; — dam olish huquqi; — qariganda, mehnat layoqatini yo'qotganda iqtisodiy ta'minot olish huquqi; — malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi; — bilim olish huquqi; — ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqlaridan iborat.