Sun'iy intellektning asosiy tushunchalari va rivojlanish bosqichlari
Sun'iy intellektning asosiy tushunchalari va rivojlanish bosqichlari . Reja: 1. Asosiy tushunchalar va yo’nalishlarlari. 2. Sun'iy intellektning rivojlanish bosqichlari. Tayanch iboralar: intellekt (intelligence), sun'iy intellekt ( artificial intelligence ), sun'iy intellekt tizimi (artificial intelligence system), algoritm (algorithm), neyrotarmoq (neuralnetwork), nayrokompyuter (neurocomputer), evristik qidiruv (heuristic search), "MANTIQCHI-NAZARIYOTCHI" (LOGICS THEORISTS), "UMUMIY MASALALARNI YECHUVCHI" (UNIVERSAL SOLVERS), Lisp (LISP), Perseptron (perceptron), predikatlar mantiqi (predicate logic), robot (robot), sezish xususiyatiga ega robotlar (sensual robots), ТА IR (TAIR), DENDRAL, MYCIN, PROSPECTOR, SHRDLU, LUNAR, PLANNER, Prolog (Prologue), ekspert tizim (expert system), integratsiya(o’zaro birlashuv) (integration), detsentralizatsiya (markazlashgan sistemadan markazlashmagam sistemaga o’tish)(decentralization). 1. Asosiy tushunchalar va yo’nalishlarlari. Tadqiqotlar va odamlar intellektual deb hisoblagan xatti-harakatlarni aniqlaydigan mashinalarni yaratilishini biz sun'iy intellekt (SI) deb ataymiz. Eng keng tarqalgan va zamonaviy mashinalar - kompyuter texnikasi va aloqa vositalari hisoblanadi, shuning uchun ham SIyo'nalishi kompyuterlar va hisoblash tizimlari sohasiga tegishli hisoblanadi. Intellekt atamasi lotincha intellektus so’zidan olingan bo’lib - bu aql, idrok, ong tushunchalarini anglatadi; insonning fikrlash qobilyati [1]. Shunga ko'ra, SI( artificial intelligence ) - inson intellektining alohida funksiyalarini bajarishni ta’minlovchi avtomatik tizim sifatida qaraladi, masalan, oldindan to’plangan 1
tajribalarga asoslangan bilimlar va tashqi ta’sirlarni ratsional tahlil qilish asosida optimal tanlash va qaror qabul qilish. SI ning turli xil ta'riflari mavjud. Quyida ulardan ba'zilarini keltiramiz [1-3]: 1) "[avtomatlashtirish] qaror qabul qilish, muammoni hal qilish, o’qitish, o’rgatish … kabi insoniy fikrlash bilan bog'liq bo'lgan faoliyat turlari " (Belman, 1978). 2) "Hisoblash modellarini qo'llash orqali intellektual qobiliyatlarni o'rganish" (Charniak, McDermott, 1985). 3) "Inson tomonidan amalga oshirilganda intellektni talab qiluvchi funksiyalarni bajaruvchi mashinalarni yaratish san'ati" (Kurzweil, 1990). 4) "Hisoblash jarayonlari nuqtai nazaridan intellektual xatti-harakatlarni tushuntirish va takrorlash bilan shug'ullanadigan fan sohasi" (Shalkoff, 1990). 5) "Anglab olishni, fikrlashni va harakat qilishni ta'minlaydigan hisoblashlarni o'rganish” (Winston, 1992). 6) "Intellektual xarakter(xulq-atvor)larni avtomatlashtirish bilan shug'ullanadigan informatika sohasi" (Luger, Stubblefield, 1993). Barcha urinishlarga qaramasdan hozirgacha "sun'iy intellekt» (SI) tushunchasining aniq ta'rifi mavjud emas, va u yangi ilmiy g'oyalar paydo bo’lishi bilan uning ta’rifi yana o’zgaradi [4]. Keling, bu kontseptsiyaning hech bo’lmaganda chegaralarini aniglaylik. I. Rich SIni hozirgi vaqtda inson yaxshi bajara oladigan funksiyalarni amalga oshiruvchi kompyuterlarni yaratishga yo’haltirilgan tadqiqotlar sohasi sifatida qaraydi [5]. Odamlarda namoyon bo’ladigan bunday funksiyalarga, idrok etish, tahlil, mulohaza yuritish, bilimdan foydalanish, harakatlarni rejalashtirish, mantiqiy xulosalash va hokazolar kiradi. J. Allen SIga juda yaqin tarif bergan: "SI - insonlar echishi mumkin bo’lgan masalalarni echa oladigan mashinalarni yaratish haqidagi fan. . . “ [6]. . . "[6]. Bu yerda SI markazida inson tomonidan muvaffaqiyatli echiladigan va kompyuterlar tomonidan yomon echiladigan masalalar qaralgan. Keltirilgan ikkita ta’rifda inson va mashina imkonoyatlari taqqoslangan . Mashinalarning intellektual darajasini aniqlash uchun 1959 yillarda A.Tyuring tomonidan empirik test taklif etilgan. Ushbu testfa ko’ra ekspert kopyuter yoki inson 2
bilan muloqot qilaolgan. A.Tyuringning fikricha - agar kompyuter muloqotda qatnasha olsa, u holda u intellektual hisoblangan. Shuningdek, SI- intellektual mashina umumiy nazariyalarini yaratish va ushbu nazariyalarni amaliy masalalarni echish ushun intellektual tizim(IT)larni yaratishda qo’llashdan iborat. Har birimizning inson intellektuali to’g’risida o’zimizning sub’ektiv tasavvurlarimiz bo’lsada, oxirgi vaqtlarda SI to’g’risida olimlarning turlicha ta’riflari mavjud [4]. 1) Har qanday, ayniqsa, tegishli xatti-harakatlar orqali yangi vaziyatga muvaffaqiyatli javob berish qobiliyati. 2) Maqsadga erishishga olib boradigan harakatlarning rivojlanishi uchun haqiqiy faktlar o'rtasidagi munosabatlarni tushunish qobiliyati. 3) Yangi dasturiy texnologiyalarni ishlab chiqish va yangi kompyuter arxitekturalariga o'tish. 4) Oldindan yaratilgan tizimlar uchun yaroqsiz bo'lgan amaliy muammolarni hal qilish qobiliyati. 5) Oqilona xatti-harakatlarni avtomatlashtirish bilan shug'ullanadigan kompyuter fanlari sohasi. 7) Nazorat kompyuteri bilan muammoni hal qilishning rasmiy usullari tabiiy intellektdan yomon emas. 6) Boshqarish masalalarini tabiiy intellektga nisbatan kompyuter yordamida yomon echmaydigan usullarni formallashtirish. 7) Yangi g'oyalar, kompyuterda muammolarni yechish yondashuvlari - yangi dasturlash texnologiyasi, parallel mashinalarga o'tish. 8) Insonning intellektli faoliyatini modellashtirishga bag'ishlangan informatika bo'limi. 9) Intellektli avtomatlashtirish bilan bog'liq bo'lgan informatika bo'limi. 10) Mantiqiy xulosalash va xarakatni, o'rganishni amalga oshiradigan hisob- kitoblar haqidagi fan. 11) Informatika yo'nalishlaridan biri bo’lib, uning maqsadi: an'anaviy intellektli, qabul qilinadigan vazifalarni, tilni tushunish, xulosa, bilimni boshqarish, 3
ta'lim, favqulodda rejalashtirish va amalga oshirish imkoniga ega bo'lgan kompyuter tizimini rivojlantirish hisoblanadi. 12) Insonning faoliyatini yetarlicha intellektli qiladigan sun'iy tizimlarni yaratishga qaratilgan fan. Taniqli britaniyalik A.Endryu biologik va biofizik muammolarga va SI modellariga alohida e'tibor qaratdi. D. Xofstadter SIning fundamental matematika, rasm va mumtoz musiqa bilan yaqin aloqalarini ko’rsatdi [4]. Shunday qilib, bugungi kunda SI ni aniq tarzda ta'riflaydigan hech qanday ta'rif yo'q. Ko'pchilik nuqtai nazardan quyidagi uchta ta’rifda umumiylik mavjud [4, 7]. 1) Intellektual hisoblangan va oldindan rasmiylashtirilmagan va avtomatlashtirilmagan masalalarni echish uchun yangi modellar va usullar ishlab chiqilayotgan asosiy tadqiqotlar. 2) Fon Neymann arxitekturasi emas, balki yangi dasturiy texnologiyalarni ishlab chiqish va kompyuterga o'tish bilan kompyuterda muammolarni hal qilish bo'yicha yangi g'oyalar bilan bog'liq tadqiqot. 3) Ilgari yaratilgan tizimlar bilan echib bo'lmaydigan amaliy masalalarni echa oladigan amaliy tizimlar to’plami haqidagi tadqiqotlar. Sun'iy intellekt tizim (SIT) - bu kompyuterli, kreativ tizim (ko’p funksiyali, integratsiyali, intellektualli), murakkab strukturali moslashish, o'rnatish uchun, (sintaktik, semantik, pragmatik axborot) maqsadga erishish uchun (aniq maqsadlilik) muhit o’zgarishiga moslashish va soha o’zgarishidagi ichki holat hisoblanadi. D.V. Gaskarov intellektli tizimlar uchun uchta ta'rifni keltiradi [4, 8]: 1) IT - bu operatorlarni jalb qilmasdan muammolarni hal qilish uchun intellektual qo'llab-quvvatlovchi axborotli hisoblash tizimi. 2) Intellektuallashtirilgan tizim - bu operator ishtirokida muammolarni hal qilishda intellektual qo'llab-quvvatlaydigan axborotli hisoblash tizimi. 3) Intellektual qo'llab-quvvatlaydigan tizim- mustaqil qaror qabul qilishi qobiliyatiga ega bo'lgan tizimdir. SIT deganda quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lgan apparat dasturiy majmualari tushuniladi [9, 10]: 4
• olam va ommalashgan tajrabalarga asoslamgan bilimlarni faol idrok etish asosida ularni yig’ish va tuzatish ; • mantiqiy xulosalash asosida xarakatlarni maqsadga yo’naltirish, noaniqliklarni tavsivlashning turli darajadagi algoritmlari va murakkab tizimlarni boshqarish. 2. Sun'iy intellektning rivojlanish bosqichlari 1200 yillardayoq, sun'iy odam va uning aqlini yaratish uchun urinishlar bo'lgan. Ixtirochi Raymond Lullius turli tushunchalarni, tabiiy hodisalani, sub’yektlar va ob’yektlarni ramzlarini anglatuvchi harflar bilan belgilangan va turli ranglarga bo’yalgan doiralardan tashkil topgan mashinani ishlab chiqqan [4]. Mantiqiy amallar yordamida ularning turli kombinatsiylaridan "bilimlar formulalari" hosil qilindi. 20-asrning 40-yillarida, elektron hisoblash mashina(EHM)larning paydo bo'lishi, sun'iy intellektning rivojlanishiga sezilarni ta’sir ko’rsatdi. SIsohasidagi tadqiqotlar ikkita maqsadga yo’naltirilgan [4]: 1) Tabiiy intellektning mohiyatini tushuntirish (inson intellekti); 2) Yangi bilimlarni qayta o’zgartirish va intellektual masalalarni echish uchun mashina intellektini qo'llash. Birinchi maqsadni psixologlar amalga oshiradilar. Ular masalani echishda inson harakati modelini nazorat qiladi va uni tuzatadilar. Ikkinchi maqsadni tadqiqotchi bajaradi. U odamlar foydalanadigan usullardan qat'iy nazar, tizimning intellektual xatti-harakatini sintez qiladi Bu maqsadlarga muvofiq, sun'iy intellekt, ikki asosiy qismga bo'linadi: neyrokibirnetika va kibernetika "qora quti" [4]. Birinchi yo’nalish ta’kidlaydiki, faqat inson miyasi fikrlash qobilyatiga ega, shuning uchun ixtiyoriy mashina inson miyasining strukturasi va unug ishlash prinsipini bajarishi lozim. 5