Axborot texnologiyalarining asosiy tushunchalari
Axborot texnologiyalarining asosiy tushunchalari Reja: 1. Axborot tushunchasi 2. Axborot tizimi uning turlari va tarkibi 3. Axborot tizimlarining ta`minotlari
Axborot tushunchasi XXI asrni informatikasiz tasavvur etib bo`lmaydi. Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan. Informatika sohasining asosiy resursi axborotdir. «Axborot» so`zi lotincha «information» so`zidan olingan bo`lib, biror ish holati yoki ish faoliyati haqida ma`lum qilish, xabar berish, biror narsa haqidagi ma`lumot, degan ma`noni anglatadi. Keng ma`noda axborot moddiy dunyoning u yoki bu tomoni va unda sodir bo`layotgan jarayonlarni bildiradi. Axborot tushunchasi inson faoliyatining barcha sohalarida foydalaniladi. Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlangan. Masalan: falsafada axborot inson ongiga ta`sir etib, ob`ektiv reallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi kategoriya sifatida izohlanadi. Kibernetikada, informatika fanida axborot voqea - hodisalar to`g`risidagi bilimlarni oshirish yoki mafhumlikni soddalashtirish mezoni sifatida qo`llaniladi. Komp`yuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funktsiyalarini amalga oshiruvchi ob`ekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma`lumot tushunchasi bilan uzviy bog`liq, lekin har qanday ma`lumot axborot bo`lavermaydi. Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. Texnik axborot 2. Agrobiologik axborot 3. Siyosiy axborot 4. Huquqiy axborot 5. Iqtisodiy axborot va boshqalar 6. Axborotning turlari o`zaro bog`liq bo`lib, bir-birini to`ldirib boradi. Bu axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy hisoblanib, u axborot turlarining 80 foiz hajmini tashkil qiladi.
Barcha axborotlar quyidagi xususiyatlarga ega: 1. Uzluksiz hosil bo`lish. 2. Harf raqamlarda ifodalanish. 3. Diskret xarakterdalik. 4. To`plash, uzatish, qayta ishlash va boshqa amallarni bajarish mumkinligi. Axborot inson bilimini oshirish va ish faoliyatini takomillashtirish uchun foydalanadigan yangi ma`lumotlardir. Axborot xalq ho`jaligining barcha tarmoqlari iste`mol etuvchi zahira bo`lib, energetika yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi muhim ahamiyatga ega. Axborot fan va texnikani rejalashtirish natijalari haqidagi, fan va texnika ma`lumotlari bilimlarining yig`indisidir. Axborot resurslari – alohida hujjat va alohida hujjatlar to`plami, axborot tizimlaridagi hujjatlar va hujjatlar to`plamidir. O`zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to`g`risida»gi qonunining ikkinchi moddasida «Axborot texnologiyasi» va «Axborot tizimi» atamalariga quyidagicha ta`rif berilgan: – axborot texnologiyasi axborotni to`plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar majmuyi; – axborot tizimi axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining axborotni to`plash, saqlash izlash, unga ishlov berish va undan foydalanish imkonini beradigan tashkiliy jixatdan tartibga solingan majmuyi. Axborot atrof - muhit ob`ektlari va hodisalari, ularning o`lchamlari, xosiyatlari va holatlari tug`risidagi ma`lumotlardir. Keng ma`noda axborot insonlar o`rtasida ma`lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o`rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir. Informatika fani axborotga hodisalar yoki ob`ektlar to`g`risidagi tasavvurlarimizni o`zgartiruvchi, o`zaro kontseptual bog`liq ma`lumotlar, ko`rsatkichlar, negizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Informatikada axborot bilan bir qatorda ma`lumotlar tushunchasi ham keng qo`llaniladi.
Komp`yuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funktsiyalarini amalga oshiruvchi ob`ekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma`lumot tushunchasi bilan uzviy bog`langan, lekin har qanday ma`lumot axborot bo`lavermaydi. Ma`lumotlarga u yoki bu sabablarga ko`ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma`lumotlardan biror narsa to`g`risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug`ilsa, ma`lumotlar axborotga aylanadi. SHuning uchun axborotni foydalaniladigan ma`lumotlar, deb atasa ham bo`laveradi. Masalan, qog`ozga telefon raqamlarini ma`lum tartibda yozib, uni boshqa kimsaga ko`rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma`lumot sifatida qabul qiladi. Biroq, ana shu har bir telefon raqami to`g`risidagi muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo`yilsa, avvalgi ma`lumot axborotga aylanadi. Ma`lumotlar. Axborot iste`molchiga etib borgunga qadar bir qator o`zgarishlarga uchraydi. Oraliq bosqichlarda xabarning mohiyatiga ko`ra xususiyati ikkinchi darajaga tushib qoladi, natijada «axborot» tushunchasi nisbatan cheklangan «ma`lumotlar» tushunchasi bilan almashtiriladi. SHuning uchun ham ma`lumotlarni axborotning komp`yuterdagi tasviri deb aytish mumkin. Ma`lumotlar bir - biri bilan o`zaro bog`langan dalil va raqamlar, fikrlar to`plamini ifodalaydi. Axborot va ma`lumotlar o`rtasidagi farq ta`kidlanmaydigan hollarda ular anonim sifatida ishlatiladi. Iqtisodiy axborot - axborotning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy resurslar, bozorlar, bank va moliya muassasalari faoliyati bilan to`g`ridan- to`g`ri bog`liqdir. Jamiyatning rivojlanish tarixida bir necha axborot inqiloblari ro`y berdi – axborotni qayta ishlash sohasida tub o`zgarishlar sodir bo`lgani tufayli ijtimoiy munosabatlarda o`zgarishlar yuzaga keldi. Bunday o`zgarishlar oqibati sifatida insoniyat jamiyati yangi sifatga ega bo`ldi.
So`ngi axborot inqilobi yangi soha – yangi bilimlarni ishlab chiqish uchun texnologiyalar, uslublar, texnik vositalarni ishlab chiqarish bilan bog`liq axborot sanoatini oldingi safga olib chiqdi. Axborot texnologiyalari, ayniqsa, telekommunikatsiyalarning barcha turlari axborot sanoatini eng muhim tarkibiy qismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi komp`yuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi. Axborot texnologiyasi (AT) ob`ekt, jarayon yoki hodisaning holati haqida yangi sifat axboroti olish uchun ma`lumotlar yig`ish, qayta ishlash va uzatish (boshlang`ich axborot) vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir. Telekommunikatsiya komp`yuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma`lumotlarni masofadan uzatishdir. Axborot jamiyatning moddiy va texnologik negizini komp`yuter texnikasi va komp`yuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Axborot jamiyati - unda ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo`lmish bilimlarni izlab topish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo`lgan jamiyatdir. XXI asrda ilg`or mamlakatlarda fan va texnika rivojlanishining real amaliyotida nazariyotchilar yaratgan axborot jamiyati manzarasining chizgilari sekin - asta namoyon bo`lmoqda. Butun dunyo intelektual makoni elektron kvartira va kottejlarda yashovchi kishilar yagona komp`yuterlashgan va axborotlashgan jamiyatga aylanishi kutilmoqda. Istalgan turar joylar turli elektron uskunalar va komp`yuterlashgan moslamalar bilan jihozlanadi. Odamlar faoliyati asosan axborotni qayta ishlashga qaratiladi, moddiy ishlab chiqarish esa mashinalarga yuklanadi. Axborot jamiyatiga o`tishda komp`yuter va tellekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi. Bir qator olimlar axborot jamiyatiga xos xususiyatlarni quyidagicha ta`riflaydilar: