Axborot va kompyuter texnologiyalarining asosiy vositalari. Zamonaviy kompyuterlar, ularning asosiy xarakteristikalari,umumiy tuzilishi va foydalanish sohalari
Mav zu : Axborot v a k ompy ut er t exnologiy alarining asosiy v osit alari. Zamonav iy k ompy ut erlar, ularning asosiy xarak t erist ik alari,umumiy t uzilishi v a foy dalanish sohalari Reja: 1. Kompyuterlar haqida umumiy ma’lumotlar. 2. Kompyuterlarning umumiy tuzilishi. 3. Kompyuterlarning asosiy qurilmalari va vazifalari. 4. Kompyuterlarning foydalanish sohalari.
Hozirgi kunda kompyuterlarning imkoniyati kun sayin benihoya kengayib bormoqda. Ular barcha sohalarda: qishloq xo’jaligida, xalq xo’jaligida, sanoatda, ishlab chiqarishda, fan va texnikada, boshqarishda, o’quv dargohlarida va hokazolarda keng qo’llanilmoqda. Kompyuterlar orqali buxgalteriya hisoblari bajarilmoqda, bank faoliyati va ishlab chiqa-rish sistemalari boshqarilmoqda, hujjatlar chiroyli qilib chop etilmoqda, rasm va multfilmlar yaratilmoqda, musiqa yaratilib, ijro etilmoqda, banklararo aloqalar elektron pochtalar yordamida amalga oshirilmoqda, turli xil o’yinlar o’rnatilmoqda, turli predmetlar va chet tillari o’rganilmoqda va hokoza. Kompy ut er degani inglizcha “ comput er” so’zidan olingan bo’lib, “ hisoblagich ” degan ma’noni anglatadi. Kompyuterlarning eng ko’p tarqalgan turlari quyidagilardan iborat: K at t a EHM – bu kompyuterlar katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, o’zining ishonchliligi, yuqori ishlash tezligiga ega ekanligi bilan boshqa kompyuterlardan ajralib turadi. Ular asosan yirik korxonalarda, xalqaro miqyosdagi banklarda, davlat tashkilotlarida va boshqa joylarda ishlatiladi. Ularga minglab displey va klaviaturalarni ham ulash mumkin. Supe r EHM – bu kompyuterlar katta hajmdagi hisoblashlarga ega bo’lgan masalalarni yechish uchun mo’ljallangan. Ular asosan mudofa ishlarida, meteorologiya sohasida, geologiyada, astrologiya sohasida va hokazolarda ishlatiladi.
Mini EHM – bu kompyuterlar ham ma’lum bir sohaga tegishli masalalarni yechish uchun mo’ljallangan. Ular asosan davlat tashkilotlarida oliy o’quv yurtlarida, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarida qo’llaniladi. Ularga o’nlab, yuzlab displey va klaviaturalarni yoki shaxsiy kompyuterlarni qo’shish mumkin. Shaxsiy k ompyut e rlar – bu kompyuterlar unchalik katta bo’lmagan hajmga va og’irlikka ega bo’lib, bitta kishi ishlashi uchun mo’jallangan. Shaxsiy kompyuterga qo’shimcha vosita sifatida: modem, faks-modem, multimedia vositalari, telefon, lokal va global tarmoq vositalarini va boshqa qurilmalarni ulash mumkin. Hozirgi kunda IBM PC v a Pent ium turidagi kompyuterlar eng ko’p tarqalgan shaxsiy kompyuterlar hisoblanadi. Cho’nt ak k ompyut e rlari – bu kompyuter kichik hajmga va og’irlikka ega bo’lib, oddiy batareykalarda ishlashga mo’ljallangan. Ularda qattiq disk, disk yurituvchi yo’q bo’lib, minityur ko’rinishdagi klaviaturadan ma’lumotlarni kiritish uchun foydalaniladi. Hozirgi vaqtda eng ko’p ishlab chiqarilayotgan va amaliyotga qo’llani-layotgan zamonaviy kompyuterlar shaxsiy kompyuterlar hisoblanadi. Zamonaviy kompyuterlar asosan quyidagi asosiy qurilmalardan iborat bo’ladi: 1. Sist e mali blok . 2. Monit y ur 3. Klaviat ura 4. Chop e t ish qurilmasi – print e r.
5. Sichqoncha. 1 . Sistemali blok . Sistemali blok kompyuterning eng asosiy qurilmasi bo’lib, quyidagilarni o’ ichigga oladi: - mik roprose ssor – ko’p hollarda prosessor deb yuritiladi. U hisoblashlarni bajaradi va kompyuter ishini boshqaradi; - xot ira – ma’lumotlarni va hisoblash natijalarini saqlash uchun ishlatiladi; - k irit ish chiqarishni nazorat chilar – bu qurilma displey, magnit disklar, sichqoncha va boshqa qurilmalar ishini nazorat qiladi; - k irit ish-chiqarish port lari – kompyuter va tashqi quril-malar orasida ma’lumotlarni almashtirib turish uchun ishlatiladi; - vinche st e r (qat t iq magnit disk ) – ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun ishlatiladi; - yupqa magnit disk lar (disk e t lar )- ma’lumotlarni doimiy saqlash hamda ularni bir kompyuterdan boshqa kompyuterga o’tkazish uchun ishlatiladi. Disketlarga vinchesterga nisbatan ancha kam miqdordagi axborotlar joylashadi. Mik roprose ssor. Mikroprosessor shaxsiy kompyuterlarning asosiy qurilmasi hisoblanadi. Bu qurilma asosiy “intelektual” ishlarni bajaradi, arifmetik va mantiqiy hisoblashlarni bajaradi. Shu bilan birga kompyuter ishini nazorat qilib boradi. IBM PC va Pentium kompyuterlarida asosan Intel Corporation of Santa Klara firmasi tomonidan yaratilgan mikroprosessorlardan foydalaniladi.
Ular zamonaviyligiga qarab, quyidagi turlarga bo’linadi: 086; 286;386; 486; Pe nt ium P5, Pe nt ium-Pro-P6, Pe nt ium-I I , Pe nt ium-I I I , Pe nt ium-I V va hokoza. Bu raqamlar Intel firmasi prosessorlarining nomini bildiradi. Raqamlarga qarab prosessorlarning quvvatini ham aniqlash mumkin. Bundan tashqari “Epil (Apple) firmasi ham “Makintosh (Macintosh)” turidagi kompyuterlar ishlab chiqaradi. Bu kompyuterlar qo’shimcha ovoz berish qurilmasiga, mikrofonlar, dinamiklar, modellar bilan jihozlangan. Ayniqsa, hozirgi vaqtda bu firma juda baquvvat makintosh kompyuterlarini ishlab chiqarib, amaliyotga tadbiq etmoqda. Makintosh kompyuterlari IBM kompyuterlariga qaraganda narxini ancha qimmatliligi tufayli unchalik keng tarqalmagan. X ot ira . Kompyuterlarning xotira qurilmasi ichk i v a t ashqi xotira qurilmalariga bo’linadi. Ichki xotira qurilmasi o’z navbatida 2 ga bo’li- nadi: doimiy (ROM) v a t ezk or xot ira (RA M). Doimiy xot iradan kompyuterning barcha imkoniyatlaridan to’liq foyda-lanish uchun ishlatiladigan dasturlar majmuasini doimiy saqlab turish uchun foydalaniladi. Doimiy xotirada saqlanayotgan ma’lumotlarni o’zgartirib bo’lmaydi. Te zk or xot ira (RA M) kompyuterning eng muhim elementlaridan biri bo’lib, ma’lumotlarni ma’lum vaqtga saqlab turish uchun ishlatiladi. Tezkor xotirada saqlanayotgan ma’lumotlar kompyuter o’chirilganda o’chib ketadi. Tezkor xotirada hisoblashlar juda tez bajariladi.