logo

Baliqlarning protozooz kasalliklari. Xilodenillez. Trixodinioz. Kostioz kasalliklari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

32.4306640625 KB
Baliqlarning  protozooz  kasalliklari.  Xilodenillez. Trixodinioz.  Kostioz 
kasalliklari.
Reja:
1. Kostioz kasalliklari.  
2. Xilodenillez kasalligi
3. Trixodinioz kasalligi. Baliqlarning   invazion   kasalliklari   hayvonot   olamiga   mansub   parazitlar
tomonidan   chaqiri ladi.   Bu   kasalliklarning   nomenklaturasi   hozirgi   kun     da   1928
yilda   K.I.Skryabin   va   R.S.Shuls   tomonlaridan   ishlab   chiqilgan   nomenklaturasi
bilan   amalga   oshiriladi   (zoologik   asosida).   Kasalliklarga   qo‘zg‘atuvchilarning
avlodiga «oz» yoki «yoz» suffiks qo‘shimchasini  berishi natijasida n om    berishni
tavsiya   etishgan.   Masalan,   kosti   avlodi   –   kostioz   kasalligi,   Ligula   –   ligulyoz   va
boshqalar. 
Baliqlarning   invazion   kasallik   qo‘zg‘atuvchilar   bir   xujayrali   patogen
organizmlar,   parazit   gelmintlar,   parazit   qisqichbaqalar   va   mollyuskalar   bo‘lishi
mumkin.     SHuning   uchun             ham   ixtiopatologiyada   baliq   kasalliklari
qo‘zg‘atuvchilarning   guruh   va   tiplariga   qarab   q u yidagilarga   bo‘lishi   mumkin:
protozoozlar, trematodozlar, gelmintozlar, krustotseozlar va mollyuskalar.
Baliqlarning   protozooz   kasalliklari.   Bir   xujayrali   patogen   organizmlarga
mansub baliqlarning kasalliklari 500 dan ortiq bo‘lib, bu kasallik qo‘zg‘atuvchilari
chuchuk   suv     havzalarida   urchitilayotgan   baliqlar   organizmida   parazitlik   qilishga
moslashgan   bo‘lib,   og‘ir   ko‘rinishda   kechadi   va   baliqlarning   ommaviy   ravishda
nobud   bo‘lishiga   sababchi   bo‘ladi.   Ko‘pchilik   protozoooz   kasalliklar   yaxshi
o‘rganilgan,   ularning   diagnostika   usullari,   kasallikni   oldini   olish   va   qarshi
k u rashish   tadbirlari   ishlab   chiqilgan.   Biroq,   sporalilar,   mikrosporiydilar,
knidosporidiylar, xivchinlilar tomonidan sodir etiladigan kasalliklar etarli darajada
urganilmagan.   Hozirgacha   bu   kasalliklarning   laboratoriya     sharoitida   diagnoz
qo‘yish   usullari   yo‘q,   radikal   qarshi     ko‘rashish   tadbirlari   ishlab   chiqilmagan.
SHuning   uchun   ham   hozirgi   kunda   barcha   baliqchilik   xo‘jaliklarida   ushbu
kasalliklarga   qarshi   ko‘rashishda   veterinariya-sanitariya,   baliqchilik-biologik   va
meliorativ tadbirlarni m u ntazam ravishda amalga oshirib, suv havzalarida baliqlar
uchun   optimal   zoogigienik   sharoitlarni   yaratish   va   baliqlarning   kasallik
qo‘zg‘atuvchilariga qarshi  tabiiy rezistentligini oshirishga qaratilishi lozim.
Kostioz  - bu baliqlarning invazion  kasalligi bo‘lib, tana terisi ustida k u lrang
dog‘larning   paydo   bo‘lishi,   jabrasining   zararlanishi,   suzgich   kanotlarini   i z dan
chiqishi,   yallig‘lanib   to‘qima   xujayralarning   nekrozi-emirilishi   bilan xarakterlanadi.   Kasallikka     asosan   yosh   baliqlar   moyil.   Kasallik   SHarqiy   va
G‘ arbiy Evropa, SHimoliy Amerika, Xitoyda, Ukrainada va Rossiyaning markaziy
viloyatlarida qayd etilgan.
Etiologiyasi.   Kasallik   qo‘zg‘atuvchisi   –   xivchinlilar   tipiga   mansub   Costia
necatrix   (Bodonidae   oilasi)   paraziti   hisoblanadi.   Parazitning   tana   uzunligi   5-20
mkm, eni 2,5-10 mkm. Uning qorin tomondan shakli ovalsimon yoki buyraksimon,
oldingi tomoni zichlashgan, tanasi sitoplazma, kichkina o‘zak va ikkita qisqaruvchi
vakuol a lardan iborat. Ikkita xivchini bor. Parazit shilliq modda va teri va jabra da n
ajralgan   epitelial   xujayra   bilan   oziqlanadi.   Ikkiga   bo‘linish   yo‘li   bilan   ko‘payadi.
Noqulay   sharoit ga   tushib   qolganida   sistaga   aylanib   bir   necha   vaqt   o‘zining
hayotchanligini saqlab qolishi mumkin.
Epizootologik ma’lumotlar.  Kostioz kasallik qo‘zg‘atuvchisi tabiatda keng
tarqalgan bo‘lib barcha suv  havzalaridagi baliqlarda uchraydi. Biroq, kasallikning
epizootiya  va  enzootiya   ko‘rinishi   tabiiy  suv    havzalaridagi   baliqlar  orasida   qayd
etilmagan,   daryo   va   ko‘llardagi   baliqlar   invaziya   manbai   va   tabiatda gi   rezervuari
bo‘lib   xizmat   qiladi.   Kostioz   bilan   chuchuk   suv     havzalaridagi   barcha   turdagi
baliqlarning   yoshlari   kasallanishi   mumkin,   shuningdek   yarim   o‘tuvchi   baliqlar
(poluproxodn ы e   r ы b ы )   xam.   Kasallikning     epizootiya   ko‘rinishi   asosan   bahor   va
yozda baliq ikralari (urug‘lari) mavjud suv  havzalarida va baliqchilik zavodlarida,
suvning   harorati   + 16-25   grad   bo‘lganida   kuzatiladi.   Bunday   sharoitda
parazitlarning     rivojlanishlari   uchun   qulay   vaziyat   vujudga   keladi.   Sog‘lom
baliqlar   kasallari   bilan   kontaktda   bo‘lganlarida   kasallikka   chalinadi,   hamda
qo‘zg‘atuvchilar   mavjud   bo‘lgan   suv   havzalarida   saqlanganda   zararlanadilar.
Kostiylarning     sistalari   ka t ta   yoshdagi   baliqlarning   shilliqlarida   ko‘p   muddat
davomida   saqlanib   qoladi,   hamda   nam   tuprokda,   hovuzlarning   loyqalarida   ancha
muddat   saqlanadi,   agarda   suv   bilan   to‘ldirilsa,   parazitlarning   harakati   aktivlashib
baliqlarni   zararlanishiga   olib   keladi.   Baliqlar   suv   havzalarda   juda   ham   zich
saqlanganda,   boqilganda,   kasallik   qishda   ham   suv   harorati   2-7   gradus   bo‘lganida
ham   kasallikka   chalinadilar.   Fore l li   xo‘jaliklarda   zararlanish   baliqlarni   xom
farshlar   bilan   qisqaruvlantirilganda   kuzatiladi.   Bir   suv     havzalaridan   ikkinchisiga qo‘zg‘atuvchilar   kasal   baliqlarni   tashish   natijasida   yoki   suv   orqali   keltiriladi.
Kostiozning   rivojlanishida   baliq   organizmning   fiziologik   holati   ham   katta
axamiyatga ega. Baliqlarning semizlik darajasi qanchalik past bo‘lsa, kasallik og‘ir
o‘tadi,   va   aksincha,   semiz   bo‘lsa   –   engil   o‘tadi.   Kostiylarni   ko‘payishi   va
kasallikning   rivojlanishida   ishkorli   muhit   (rN-5,0-5,5   dan   yuqori   bo‘lmasa),
gidrologik,   gidroximik,   gaz   almashinuv   rejimi   hamda   zoogigienik   sharoitlarning
yomonlashuvi ham  qulay imkoniyat yaratadi.
Kasallikning   klinik   belgilari.   Kostiylar   baliqlarning   terisida   va   jabrasida
parazitlik qilishi oqibatida epitelial xujayralarni kuchli kichishi va emirilishiga olib
keladi,   natijada   ko‘p   shilliq   moddasi   ajraladi.   Baliqlarning   tanasida   dastlab
ko‘rimsiz   ko‘lrang   dog‘lar   paydo   bo‘ladi,   keyinchalik   patologik   jarayonning
progressiv   rivojlanishi   oqibatida   bu   dog‘lar   birlashib,   bir-biriga   kushilib   butun
tanani   kamrab   oladi.   Terining   ayrim   qismlarida   nekroz   paydo   bo‘ladi,   u   erda
patogen mikrofloralar va parazit zamburug‘lar kirib olishi va rivojlanishi natijasida
patologik   jarayon   yana   ham   chuqurlashadi.   Qon   q u yilish   kuzatiladi,   s uzg ich
apparatining   ayrim   joylari   emiriladi   va   parchalanadi,   to‘qiladi,   jabra   anemiya
oqibatida   oqish   tusda,   shilliq   bilan   koplangan,   shilliq   moddalarning   teri   va   jabra
epiteliyasi   xujayrasida   k o‘p ayishi   oqibatida   nafas   olish   va   gaz   almashinuvi
buziladi, kasal  baliqlar  suv  oqimida yoki  suvning yuzasiga  tuplanadi, kislorod va
havoni   ko‘proq   yutishga   urinadi,   tashqi   muhit   taasurotlariga   e’tibor   qilmaydi   va
kasallik   baliqlarning   nobud   bo‘lishi   bilan   yakunlanadi.   Kostiozda   baliqlarning
nobud bo‘lishi 95-97%-gacha etadi.
Diagnoz   epizootik   ma’lumotlar,   klinik   belgilar   va   shilliq   moddalarni
mikroskopik   tekshirish   asosida   qo‘yiladi.   Agarda,   mikroskopning   xar   bir   ko‘rish
maydonchasida kamida 10-15 ekz. parazit topilsa kostioz deb diagnoz qo‘yiladi, 1-
2   ekz.   parazit   topilsa   yakunlovchi   diagnoz   bo‘la   olmasada,   biroq,   qulay   sharoit
tugilganida esa parazitlar tezda ko‘payib baliqlar hayoti uchun   xavf to‘g‘diradi.
Davolash, oldini olish va qarshi  ko‘rashish tadbirlari.  Davolashda vanna
usuli   ko‘llaniladi.   YOsh   baliqlarni   1-2%-li   Osh   tuzi   eritmasida   15-20   min.
d avomida   saqlab   turish,   formaldegidning   1:4000     nisbatidagi   eritmasida   bir   soat davomida   ushlab   turish   yaxshi   samara   beradi.   Katta   yoshdagi   baliqlarni   osh
tuzining   5%-li   eritmasida   5   min.   ekspozitsiya   qilinadi.   Qishda   ishlatiladigan
basseylarda   esa   erkin   xlor   0,5-1,0   mg/l   dozada   30-50   min   saqlab   turish   tavsiya
etiladi.
Kasallikni   oldini   olish   va   qarshi     ko‘rashishda   baliqchilik-meliorativ,
veterinariya-sanitariya   va   davolash   tadbirlarini   m u ntazam   ravishda   olib   borish
yaxshi   samara   beradi.   YOsh   baliqlarni   o‘ stiruvchi     suv     havzalarida   ularning
o‘sishi va rivojlanishi uchun   optimal sharoitni yaratish, ona baliqlar sa q lovchi suv
havzalarining   zoogigienik   sharoitini   yaxshilash ,   tashqi   muhitda   va   baliq   tanasida
parazitlarni   yo‘qotishni   amalga   oshirish   maqsadga     muvofikdir.   Zararlangan
havzalarni   baliqlarni   ovlab   bo‘lgach   so‘ndirilmagan   ohak   (25   s/ga),   bilan
dezinfeksiya qilinadi.
Xilodonellez kasalligi . Kasallikni  qo‘zg‘atuvchisi-Chilodonella cyprini, mayda
(uzunligi   0,03-0,07mm,   eni   0,03-0,04   mm)   to‘g‘ri   shakllanmagan   infuzoriya   turi
hisoblanadi.   Tana   shakli   dorzo-ventral   siqilgan   bo‘lib,   yuraksimon.   Bu   infuzoriya
baliqni   terisiga   va   jabrasiga   tezda   tarqaladi.   Asosan,   teri   shilimshik   moddasi   bilan,
to‘qima xujayralari bilan ham. Infuzoriyaning bu  turi organik ifloslangan suvda keng
tarqalgan   bo‘ladi.   Bular   bo‘linish     yuli   bilan   ko‘payadi.   Nokulay   sharoitda   sistaga
o‘raladi.   Sistalar     suvda   suzib   baliqlarga   duch   kelishi   bilan   (masalan-karp)   uning
tanasiga  yopishib oladi.   Ular o‘simlikxo‘r baliqlar, forel va boshqa turdagi baliqlarga
ziyon keltiradi. Infuzoriyaiing bu turi sovuq sevar bo‘lib, suv harorati 4-10°S  bo‘lganda
rivojlanadi,   agarda   suv   harorati   15°S   gacha   ko‘tarilsa   infuzoriyalar   rivojlanishi   va
ko‘payishi   ancha   sekinlashadi.   Suv   harorati   20   'S   bo‘lishi   bilan   ko‘payishi   umuman
to‘xtab   qoladi.  SHuning   uchun  ham   infuzoriyalarning   bu   turi   qish   faslida   baliqlarga
keltiradigan zarari  katta. Xususan qishlash hovuzlarida infuzoriyalarning keltiradigan
zarari katta. 
Lasossimonlarda bu parazitlar yoz fasliga ham ziyon keltiradi. Baliq  tanasi va
jabrasiga infuzoriyalar ko‘p sonli rivojlangandan keyin  baliq tanasi ko‘k-sarg‘ish tus
oladi,   avvaliga   dog‘lar   paydo   bo‘ladi,   so‘ngra   baliqning   butun   tanasini   qoplaydi. Kasal baliq bezovtalanadi, suv yuzasiga ko‘tariladi. Qishlash hovuzlarida muz ostida
yaxlab qoladi va  nobud bo‘ladi.
Trixodinoz.   Trixodinoz   yoki   trixodiniazis   deyiladi.   Baliqlarning   invazion
kasalliklaridan  biri   trixodinozdir.   Bu kasallikning   qo‘zg‘atuvchisi  kiprikli duksimon
infuzoriya.  Baliqlarda (karplarda ) trixodina infuzoriyalarining 2 turi parazitlik qiladi.
Yirik trixodina -Trichodina megamicronucleata , mayda trixodina- Trichodina  carassii .
Ular   ipaksimon xivchinli  a’zosi  bilan baliqning qorin terisiga yopishadi. Parazitning
rivojlanishida   mavsumiylik   kuzatilmaydi.   Infuzoriya   baliqning   tanasi   va   jabrasida
butun   yil   davomida   uchraydi.   Asosan   karp,   o‘simlikxo‘r   baliqlar,   lasossimonlarni
zaralaydi. Trixodinoz   ko‘payganda baliq terisida, jabrasida ko‘kimtir sariq dog‘lar
paydo   bo‘ladi.   Bu   dog‘lar   shilimshik   modda   va   o‘lgan   epiteliy   to‘qimasining
q oldiklaridir. Baliqlar kuchli zararlanganda ommaviy  o‘ladi.
Profilaktika va davolash vositasi xuddi xilodonellezga o‘xshagan  bo‘ladi.
Baliqlarning   protozo z   kasalliklariga   kasalliklariga   qarshi   kurash.
Profilaktika   maqsadida   eng   avval   segoletkalar   semiz   va   qishga   chidamli   bo‘lishi
kerak.   Qishlash   hovuziga   begona   baliqlarni   kirishiga   yo‘l   qo‘ymaslik   kerak.
Antiparazitar   vannalar   orqali   5   %   osh   tuzi   eritmasi   tayyorlanib,   eritmada   yosh
karpsimon   baliqlar   5   minut,   forel   yoshlari   uchun   0,2   %   osh   tuzi   eritmasiga   10-15
minut, 0,1-0,2 % osh tuzi   eritmasiga yoki ammiakdan 0,1-0,2 % eritma tayyorlab 1-2
minut saqlash  tavsiya etiladi. So‘ngra vannadagi baliqlarni oqar suvga 2 soat saqlanadi.
Bu   muddat   ichida   baliq   tanasidagi   barcha   infuzoriyalar   yuvilib   ketadi.   Agarda
epizootiya   keng   tarqalgan   bo‘lsa,   baliqlarni   davolash   ishlari   h ovuzni   o‘zida   olib
boriladi.   Unda   hovuz   suviga   0,1-0,2%   konsetratsiyali   osh   tuzi   eritmasi   tayyorlanib
(baliqlar 2 sutka davomida suvda saqlanadi)   yoki gazsimon xlorli suvga eritilib, suvda
0,2-0,4   mg/l   eritma   tayyorlab   12-24   soat   shu   eritmaga.   saqlanadi.   Hovuzlardagi
qishlaydigan   baliqlardagi   kasalliklarga   qarshi   kurashishda   farmalin   eritmasi
(1:5000 eritmaga 1 soat saqlanadi) yoki xlorli oxak 1,5 mg preparat 1 l  suvga eritiladi
va baliq 30 minut saqlanadi. 
Katta   mikdorda   rivojlanadigan   infuzoriyalar   baliq   terisini   huddi   oq   kepakga
o‘xshash   modda   tananing   dum   qismidan   boshlab   keng   tarqaladi.   Ayniqsa,   ko‘z shoxpardasiga   kelib   uni   ishdan   chiqaradi   va   baliq   ko‘r   bo‘ladi.   Infuzoriyalarni
rivojlanishi   uchun   qulay   harorat   16-22°S   bo‘lib   infuzoriya   6-7   sutka   davomida
rivojlanadi.   SHarsimon   infuzoriyalar   baliqlarni   qishda   ham   zararlaydi.   Agarda   suv
havzasi muzlasa, muz   sindirilmasa   unda  suv   tubi   harorati   4-5   °S   gacha   ko‘tariladi.
SHuning   uchun   ham   qishda   muzni   sindirib   suv   tubi   harorati   ko‘tarilishiga   yo‘l
qo‘y maslik   kerak.   Ayniqsa,   baliqlarni   qishlash   hovuzlariga   katta   e’tibor   berish   lozim.
CHunki, qishlash hovuzida baliq kam harakat bo‘ladi va  infuzoriya  rivojlanishi uchun
imkoniyat   paydo   bo‘ladi.   Suv   tubi   harorati   5-8   S   bo‘lganda   infuzoriya   8   haftada
rivojlanadi.   Agarda   suv   harorat   1- 2   °S   bo‘lganda   infuzoriya   rivojlanishi   uchun   6   oy
kerak   bo‘ladi.   Demak,   suv   tubi   haroratini   ko‘tarilishiga   yo‘l   qo‘ymaslik   katta   amaliy
ahamiyatga   ega.   Kasallikka   qarshi   kurashishning   profilaktik   choralardan   asosan
sanitariya qoidalariga amal qilish bilan bir qatorda suv havzasining meliorativ holatini
yaxshilashdir.   Tabiiy   nerest   (urchitish)   o‘tkazilgan   hovuzlardan   nerest   o‘tishi   bilan
darhol   ota-ona   baliqlarni   olish   ham   tadbirlardan   biri   hisoblanadi.   Bunday   paytlarda
qo‘zg‘atuvchi   infuzoriya     bilan   kasallangan   ota-ona   baliqlar   boshqa   hovuzga
ko‘chirilishi   bilan   ular   tezda   nobud   bo‘ladi.   Uvildiriq   va   chavoqlar   kasalliklardan
tug‘ma   ravishda   himoyalangan   bo‘ladi.   Mayda   baliqlar   katta   yoshdagi   baliqlardan
alohida   saqlansa,   mayda   baliqlar   kasallika   chalinmaydi.   Sex   usulida   olingan
chavoqlarga   ham   kasallik   yuqmaydi.   Qishki   xovuz     suvlari   yaxshi   oqadigan,   tez-tez
almashinib turadigan bo‘lishi kerak. Bunday, paytda   daydi   infuzoriyalar   suv   oqimi
bilan chiqib ketadi.  Asosiy adabiyotlar:
1.   Gerasimchik   V,A.,   E.F.   Sadovnikova   ”Bolezni   r i b   i   pchel”   uchebnoe   posobie,
Minsk, 2017 god
2.   Osetrov   V.S.   (pod   redaksiey)   «Bolezni   rib».   Spravochnik,   Moskva   VO
Agropromizdat, 1989.
3 .    Poltev I., Neshataeva E .V.// Bolezni vrediteli pchel. Moskva, Kolos, 1977 god
4.  Haqberdiev   P.S.,   Tursunqulov   A.R.   «Baliqlarning   yuqumli   va   yuqumsiz
kasalliklari». O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 2010 yil.
5.  Haqberdiev P.S.  va boshqalar/   «Baliqchilik  va baliq  kasalliklari»,   Samarkand,
2008.
6.  Haqberdiev   P.S.,   Qurbonov   F.I.,   Qarshiyeva   V.SH.   «Baliq   va   asalari
kasalliklari» O‘quv qullanma. Toshkent, 2016 y. 
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. Karimov I.A. «YUksak ma’naviyat engilmas kuch».Ma’naviyat T, 2008.
2.   Mirziyoev   SH.M.   Erkin   va   farovon   demokratik   O‘zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.
3.   Mirziyoev   SH.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta’minlash   yurt
taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi.   Toshkent,   “O‘zbekiston”   NMIU,
2017. – 47 b.
4. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. Toshkent, “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.
5. O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2017 yil  7 fevraldagi  “O‘zbekiston
Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   harakatlar   strategiyasi
to‘g‘risida”gi   PF-4947-sonli   Farmoni.   Toshkent,   O‘zbekiston   Respublikasi
qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda. 
6.   Haqberdiev   P.S.,   Tursunqulov   A.R.   «Baliqlarning   yuqumli   va   yuqumsiz
kasalliklari».O‘quv qo‘llanma., Samarqand, 2010.
7.   Haqberdiev   P.S.,   Tayloqov   T.I.   «Baliqlarning   parazitar   kasalliklari».   O‘quv
qo‘llanma., Samarqand, 2009 yil. 8.   Haqberdiev   P.S.,   Qarshieva   V.SH.   «Baliqlarning   zaharlanishi».O‘quv
qo‘llanma., Samarqand, 2009.
Internet ma’lumotlari.
w ww.ziyonet.uz
Email:zooveterinariya@ mail.ru
Email:veterinariya@ astavis.ru/
www. sea@mail.net21.ru
www. veterinary@actavis.ru

Baliqlarning protozooz kasalliklari. Xilodenillez. Trixodinioz. Kostioz kasalliklari. Reja: 1. Kostioz kasalliklari. 2. Xilodenillez kasalligi 3. Trixodinioz kasalligi.

Baliqlarning invazion kasalliklari hayvonot olamiga mansub parazitlar tomonidan chaqiri ladi. Bu kasalliklarning nomenklaturasi hozirgi kun da 1928 yilda K.I.Skryabin va R.S.Shuls tomonlaridan ishlab chiqilgan nomenklaturasi bilan amalga oshiriladi (zoologik asosida). Kasalliklarga qo‘zg‘atuvchilarning avlodiga «oz» yoki «yoz» suffiks qo‘shimchasini berishi natijasida n om berishni tavsiya etishgan. Masalan, kosti avlodi – kostioz kasalligi, Ligula – ligulyoz va boshqalar. Baliqlarning invazion kasallik qo‘zg‘atuvchilar bir xujayrali patogen organizmlar, parazit gelmintlar, parazit qisqichbaqalar va mollyuskalar bo‘lishi mumkin. SHuning uchun ham ixtiopatologiyada baliq kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarning guruh va tiplariga qarab q u yidagilarga bo‘lishi mumkin: protozoozlar, trematodozlar, gelmintozlar, krustotseozlar va mollyuskalar. Baliqlarning protozooz kasalliklari. Bir xujayrali patogen organizmlarga mansub baliqlarning kasalliklari 500 dan ortiq bo‘lib, bu kasallik qo‘zg‘atuvchilari chuchuk suv havzalarida urchitilayotgan baliqlar organizmida parazitlik qilishga moslashgan bo‘lib, og‘ir ko‘rinishda kechadi va baliqlarning ommaviy ravishda nobud bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Ko‘pchilik protozoooz kasalliklar yaxshi o‘rganilgan, ularning diagnostika usullari, kasallikni oldini olish va qarshi k u rashish tadbirlari ishlab chiqilgan. Biroq, sporalilar, mikrosporiydilar, knidosporidiylar, xivchinlilar tomonidan sodir etiladigan kasalliklar etarli darajada urganilmagan. Hozirgacha bu kasalliklarning laboratoriya sharoitida diagnoz qo‘yish usullari yo‘q, radikal qarshi ko‘rashish tadbirlari ishlab chiqilmagan. SHuning uchun ham hozirgi kunda barcha baliqchilik xo‘jaliklarida ushbu kasalliklarga qarshi ko‘rashishda veterinariya-sanitariya, baliqchilik-biologik va meliorativ tadbirlarni m u ntazam ravishda amalga oshirib, suv havzalarida baliqlar uchun optimal zoogigienik sharoitlarni yaratish va baliqlarning kasallik qo‘zg‘atuvchilariga qarshi tabiiy rezistentligini oshirishga qaratilishi lozim. Kostioz - bu baliqlarning invazion kasalligi bo‘lib, tana terisi ustida k u lrang dog‘larning paydo bo‘lishi, jabrasining zararlanishi, suzgich kanotlarini i z dan chiqishi, yallig‘lanib to‘qima xujayralarning nekrozi-emirilishi bilan

xarakterlanadi. Kasallikka asosan yosh baliqlar moyil. Kasallik SHarqiy va G‘ arbiy Evropa, SHimoliy Amerika, Xitoyda, Ukrainada va Rossiyaning markaziy viloyatlarida qayd etilgan. Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – xivchinlilar tipiga mansub Costia necatrix (Bodonidae oilasi) paraziti hisoblanadi. Parazitning tana uzunligi 5-20 mkm, eni 2,5-10 mkm. Uning qorin tomondan shakli ovalsimon yoki buyraksimon, oldingi tomoni zichlashgan, tanasi sitoplazma, kichkina o‘zak va ikkita qisqaruvchi vakuol a lardan iborat. Ikkita xivchini bor. Parazit shilliq modda va teri va jabra da n ajralgan epitelial xujayra bilan oziqlanadi. Ikkiga bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Noqulay sharoit ga tushib qolganida sistaga aylanib bir necha vaqt o‘zining hayotchanligini saqlab qolishi mumkin. Epizootologik ma’lumotlar. Kostioz kasallik qo‘zg‘atuvchisi tabiatda keng tarqalgan bo‘lib barcha suv havzalaridagi baliqlarda uchraydi. Biroq, kasallikning epizootiya va enzootiya ko‘rinishi tabiiy suv havzalaridagi baliqlar orasida qayd etilmagan, daryo va ko‘llardagi baliqlar invaziya manbai va tabiatda gi rezervuari bo‘lib xizmat qiladi. Kostioz bilan chuchuk suv havzalaridagi barcha turdagi baliqlarning yoshlari kasallanishi mumkin, shuningdek yarim o‘tuvchi baliqlar (poluproxodn ы e r ы b ы ) xam. Kasallikning epizootiya ko‘rinishi asosan bahor va yozda baliq ikralari (urug‘lari) mavjud suv havzalarida va baliqchilik zavodlarida, suvning harorati + 16-25 grad bo‘lganida kuzatiladi. Bunday sharoitda parazitlarning rivojlanishlari uchun qulay vaziyat vujudga keladi. Sog‘lom baliqlar kasallari bilan kontaktda bo‘lganlarida kasallikka chalinadi, hamda qo‘zg‘atuvchilar mavjud bo‘lgan suv havzalarida saqlanganda zararlanadilar. Kostiylarning sistalari ka t ta yoshdagi baliqlarning shilliqlarida ko‘p muddat davomida saqlanib qoladi, hamda nam tuprokda, hovuzlarning loyqalarida ancha muddat saqlanadi, agarda suv bilan to‘ldirilsa, parazitlarning harakati aktivlashib baliqlarni zararlanishiga olib keladi. Baliqlar suv havzalarda juda ham zich saqlanganda, boqilganda, kasallik qishda ham suv harorati 2-7 gradus bo‘lganida ham kasallikka chalinadilar. Fore l li xo‘jaliklarda zararlanish baliqlarni xom farshlar bilan qisqaruvlantirilganda kuzatiladi. Bir suv havzalaridan ikkinchisiga

qo‘zg‘atuvchilar kasal baliqlarni tashish natijasida yoki suv orqali keltiriladi. Kostiozning rivojlanishida baliq organizmning fiziologik holati ham katta axamiyatga ega. Baliqlarning semizlik darajasi qanchalik past bo‘lsa, kasallik og‘ir o‘tadi, va aksincha, semiz bo‘lsa – engil o‘tadi. Kostiylarni ko‘payishi va kasallikning rivojlanishida ishkorli muhit (rN-5,0-5,5 dan yuqori bo‘lmasa), gidrologik, gidroximik, gaz almashinuv rejimi hamda zoogigienik sharoitlarning yomonlashuvi ham qulay imkoniyat yaratadi. Kasallikning klinik belgilari. Kostiylar baliqlarning terisida va jabrasida parazitlik qilishi oqibatida epitelial xujayralarni kuchli kichishi va emirilishiga olib keladi, natijada ko‘p shilliq moddasi ajraladi. Baliqlarning tanasida dastlab ko‘rimsiz ko‘lrang dog‘lar paydo bo‘ladi, keyinchalik patologik jarayonning progressiv rivojlanishi oqibatida bu dog‘lar birlashib, bir-biriga kushilib butun tanani kamrab oladi. Terining ayrim qismlarida nekroz paydo bo‘ladi, u erda patogen mikrofloralar va parazit zamburug‘lar kirib olishi va rivojlanishi natijasida patologik jarayon yana ham chuqurlashadi. Qon q u yilish kuzatiladi, s uzg ich apparatining ayrim joylari emiriladi va parchalanadi, to‘qiladi, jabra anemiya oqibatida oqish tusda, shilliq bilan koplangan, shilliq moddalarning teri va jabra epiteliyasi xujayrasida k o‘p ayishi oqibatida nafas olish va gaz almashinuvi buziladi, kasal baliqlar suv oqimida yoki suvning yuzasiga tuplanadi, kislorod va havoni ko‘proq yutishga urinadi, tashqi muhit taasurotlariga e’tibor qilmaydi va kasallik baliqlarning nobud bo‘lishi bilan yakunlanadi. Kostiozda baliqlarning nobud bo‘lishi 95-97%-gacha etadi. Diagnoz epizootik ma’lumotlar, klinik belgilar va shilliq moddalarni mikroskopik tekshirish asosida qo‘yiladi. Agarda, mikroskopning xar bir ko‘rish maydonchasida kamida 10-15 ekz. parazit topilsa kostioz deb diagnoz qo‘yiladi, 1- 2 ekz. parazit topilsa yakunlovchi diagnoz bo‘la olmasada, biroq, qulay sharoit tugilganida esa parazitlar tezda ko‘payib baliqlar hayoti uchun xavf to‘g‘diradi. Davolash, oldini olish va qarshi ko‘rashish tadbirlari. Davolashda vanna usuli ko‘llaniladi. YOsh baliqlarni 1-2%-li Osh tuzi eritmasida 15-20 min. d avomida saqlab turish, formaldegidning 1:4000 nisbatidagi eritmasida bir soat

davomida ushlab turish yaxshi samara beradi. Katta yoshdagi baliqlarni osh tuzining 5%-li eritmasida 5 min. ekspozitsiya qilinadi. Qishda ishlatiladigan basseylarda esa erkin xlor 0,5-1,0 mg/l dozada 30-50 min saqlab turish tavsiya etiladi. Kasallikni oldini olish va qarshi ko‘rashishda baliqchilik-meliorativ, veterinariya-sanitariya va davolash tadbirlarini m u ntazam ravishda olib borish yaxshi samara beradi. YOsh baliqlarni o‘ stiruvchi suv havzalarida ularning o‘sishi va rivojlanishi uchun optimal sharoitni yaratish, ona baliqlar sa q lovchi suv havzalarining zoogigienik sharoitini yaxshilash , tashqi muhitda va baliq tanasida parazitlarni yo‘qotishni amalga oshirish maqsadga muvofikdir. Zararlangan havzalarni baliqlarni ovlab bo‘lgach so‘ndirilmagan ohak (25 s/ga), bilan dezinfeksiya qilinadi. Xilodonellez kasalligi . Kasallikni qo‘zg‘atuvchisi-Chilodonella cyprini, mayda (uzunligi 0,03-0,07mm, eni 0,03-0,04 mm) to‘g‘ri shakllanmagan infuzoriya turi hisoblanadi. Tana shakli dorzo-ventral siqilgan bo‘lib, yuraksimon. Bu infuzoriya baliqni terisiga va jabrasiga tezda tarqaladi. Asosan, teri shilimshik moddasi bilan, to‘qima xujayralari bilan ham. Infuzoriyaning bu turi organik ifloslangan suvda keng tarqalgan bo‘ladi. Bular bo‘linish yuli bilan ko‘payadi. Nokulay sharoitda sistaga o‘raladi. Sistalar suvda suzib baliqlarga duch kelishi bilan (masalan-karp) uning tanasiga yopishib oladi. Ular o‘simlikxo‘r baliqlar, forel va boshqa turdagi baliqlarga ziyon keltiradi. Infuzoriyaiing bu turi sovuq sevar bo‘lib, suv harorati 4-10°S bo‘lganda rivojlanadi, agarda suv harorati 15°S gacha ko‘tarilsa infuzoriyalar rivojlanishi va ko‘payishi ancha sekinlashadi. Suv harorati 20 'S bo‘lishi bilan ko‘payishi umuman to‘xtab qoladi. SHuning uchun ham infuzoriyalarning bu turi qish faslida baliqlarga keltiradigan zarari katta. Xususan qishlash hovuzlarida infuzoriyalarning keltiradigan zarari katta. Lasossimonlarda bu parazitlar yoz fasliga ham ziyon keltiradi. Baliq tanasi va jabrasiga infuzoriyalar ko‘p sonli rivojlangandan keyin baliq tanasi ko‘k-sarg‘ish tus oladi, avvaliga dog‘lar paydo bo‘ladi, so‘ngra baliqning butun tanasini qoplaydi.